سورة الأنبياء
Anbiyo surasi
Payg‘ambarlar · Анбиё сураси
Anbiyo surasi — Qurʼoni Karimning 21-surasi. U 112 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Payg‘ambarlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱقۡتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمۡ وَ هُمۡ فِي غَفۡلَةࣲ مُّعۡرِضُونَ﴿١﴾
Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, gʻaflatda, yuz oʻgiruvchi boʻlgan hollarida.
مَا يَأۡتِيهِم مِّن ذِكۡرࣲ مِّن رَّبِّهِم مُّحۡدَثٍ إِلَّا ٱسۡتَمَعُوهُ وَ هُمۡ يَلۡعَبُونَ﴿٢﴾
Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat oʻynayotgan hollarida tinglarlar.
لَاهِيَةࣰ قُلُوبُهُمۡ ۗ وَ أَسَرُّواْ ٱلنَّجۡوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ هَلۡ هَٰذَآ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُكُمۡ ۖ أَفَتَأۡتُونَ ٱلسِّحۡرَ وَ أَنتُمۡ تُبۡصِرُونَ﴿٣﴾
Qalblari gʻofil boʻlib. Zulm qilganlar oʻzaro: «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku. Oʻzingiz koʻrib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.
قَالَ رَبِّي يَعۡلَمُ ٱلۡقَوۡلَ فِي ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٤﴾
U: «Robbim osmonu yerdagi soʻzni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.
بَلۡ قَالُوٓاْ أَضۡغَٰثُ أَحۡلَٰمِۭ بَلِ ٱفۡتَرَىٰهُ بَلۡ هُوَ شَاعِرࣱ فَلۡيَأۡتِنَا بِـَٔايَةࣲ كَمَآ أُرۡسِلَ ٱلۡأَوَّلُونَ﴿٥﴾
Ular: «Balki, algʻov-dalgʻov tushlardir, balki, oʻzi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek moʻʼjiza keltirsin», dedilar.
مَآ ءَامَنَتۡ قَبۡلَهُم مِّن قَرۡيَةٍ أَهۡلَكۡنَٰهَآ ۖ أَفَهُمۡ يُؤۡمِنُونَ﴿٦﴾
Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?!
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا قَبۡلَكَ إِلَّا رِجَالࣰا نُّوحِيٓ إِلَيۡهِمۡ ۖ فَسۡـَٔلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلذِّكۡرِ إِن كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٧﴾
Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Paygʻambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan soʻrang.
وَ مَا جَعَلۡنَٰهُمۡ جَسَدࣰا لَّا يَأۡكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَ مَا كَانُواْ خَٰلِدِينَ﴿٨﴾
Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yoʻq. Ular abadiy qolguvchi ham boʻlgan emaslar.
ثُمَّ صَدَقۡنَٰهُمُ ٱلۡوَعۡدَ فَأَنجَيۡنَٰهُمۡ وَ مَن نَّشَآءُ وَ أَهۡلَكۡنَا ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿٩﴾
Soʻngra, ularga (bergan) vaʼdamiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda Oʻzimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.
لَقَدۡ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكُمۡ كِتَٰبࣰا فِيهِ ذِكۡرُكُمۡ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿١٠﴾
Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!
وَ كَمۡ قَصَمۡنَا مِن قَرۡيَةࣲ كَانَتۡ ظَالِمَةࣰ وَ أَنشَأۡنَا بَعۡدَهَا قَوۡمًا ءَاخَرِينَ﴿١١﴾
Biz zolim boʻlgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
فَلَمَّآ أَحَسُّواْ بَأۡسَنَآ إِذَا هُم مِّنۡهَا يَرۡكُضُونَ﴿١٢﴾
Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.
لَا تَرۡكُضُواْ وَ ٱرۡجِعُوٓاْ إِلَىٰ مَآ أُتۡرِفۡتُمۡ فِيهِ وَ مَسَٰكِنِكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تُسۡـَٔلُونَ﴿١٣﴾
Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, soʻralursizlar.
قَالُواْ يَٰوَيۡلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿١٤﴾
Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim boʻlgan ekanmiz», dedilar.
فَمَا زَالَت تِّلۡكَ دَعۡوَىٰهُمۡ حَتَّىٰ جَعَلۡنَٰهُمۡ حَصِيدًا خَٰمِدِينَ﴿١٥﴾
Ularning oʻsha dod-voylari biz ularni oʻrilgan oʻtday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom boʻldi.
وَ مَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَآءَ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا لَٰعِبِينَ﴿١٦﴾
Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻyin uchun yaratganimiz yoʻq.
لَوۡ أَرَدۡنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهۡوࣰا لَّٱتَّخَذۡنَٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَٰعِلِينَ﴿١٧﴾
Agar Biz koʻngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi boʻlganimizda ham, Oʻz tomonimizdan tutar edik.
بَلۡ نَقۡذِفُ بِٱلۡحَقِّ عَلَى ٱلۡبَٰطِلِ فَيَدۡمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقࣱ ۚ وَ لَكُمُ ٱلۡوَيۡلُ مِمَّا تَصِفُونَ﴿١٨﴾
Yoʻq, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Koʻribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.
وَ لَهُۥ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ مَنۡ عِندَهُۥ لَا يَسۡتَكۡبِرُونَ عَنۡ عِبَادَتِهِۦ وَ لَا يَسۡتَحۡسِرُونَ﴿١٩﴾
Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.
يُسَبِّحُونَ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ لَا يَفۡتُرُونَ﴿٢٠﴾
Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.
أَمِ ٱتَّخَذُوٓاْ ءَالِهَةࣰ مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ هُمۡ يُنشِرُونَ﴿٢١﴾
Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, oʻshalar tiriltiradilarmi?
لَوۡ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ۚ فَسُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلۡعَرۡشِ عَمَّا يَصِفُونَ﴿٢٢﴾
Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan oʻzga xudolar boʻlganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
لَا يُسۡـَٔلُ عَمَّا يَفۡعَلُ وَ هُمۡ يُسۡـَٔلُونَ﴿٢٣﴾
U qilgan narsasidan soʻralmas. Holbuki, ular soʻralurlar.
أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةࣰ ۖ قُلۡ هَاتُواْ بُرۡهَٰنَكُمۡ ۖ هَٰذَا ذِكۡرُ مَن مَّعِيَ وَ ذِكۡرُ مَن قَبۡلِي ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ ٱلۡحَقَّ ۖ فَهُم مُّعۡرِضُونَ﴿٢٤﴾
Yoki Undan oʻzga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yoʻq, ularning koʻplari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz oʻgirguvchilardir.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِيٓ إِلَيۡهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعۡبُدُونِ﴿٢٥﴾
Sendan ilgari yuborgan har bir Paygʻambarga: «Albatta, Mendan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.
وَ قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَلَدࣰا ۗ سُبۡحَٰنَهُۥ ۚ بَلۡ عِبَادࣱ مُّكۡرَمُونَ﴿٢٦﴾
Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yoʻq! Ikrom etilgan bandalardirlar.
لَا يَسۡبِقُونَهُۥ بِٱلۡقَوۡلِ وَ هُم بِأَمۡرِهِۦ يَعۡمَلُونَ﴿٢٧﴾
Ular Undan oldin soʻz aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
يَعۡلَمُ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ مَا خَلۡفَهُمۡ وَ لَا يَشۡفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرۡتَضَىٰ وَ هُم مِّنۡ خَشۡيَتِهِۦ مُشۡفِقُونَ﴿٢٨﴾
U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi boʻlgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qoʻrqinchidan titragan holda tururlar.
وَ مَن يَقُلۡ مِنۡهُمۡ إِنِّيٓ إِلَٰهࣱ مِّن دُونِهِۦ فَذَٰلِكَ نَجۡزِيهِ جَهَنَّمَ ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٩﴾
Ulardan kim: «Men Undan oʻzga ilohman», desa, bas, oʻshani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
أَوَلَمۡ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ كَانَتَا رَتۡقࣰا فَفَتَقۡنَٰهُمَا ۖ وَ جَعَلۡنَا مِنَ ٱلۡمَآءِ كُلَّ شَيۡءٍ حَيٍّ ۚ أَفَلَا يُؤۡمِنُونَ﴿٣٠﴾
Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan boʻlgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?
وَ جَعَلۡنَا فِي ٱلۡأَرۡضِ رَوَٰسِيَ أَن تَمِيدَ بِهِمۡ وَ جَعَلۡنَا فِيهَا فِجَاجࣰا سُبُلࣰا لَّعَلَّهُمۡ يَهۡتَدُونَ﴿٣١﴾
Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun togʻlar qildik va shoyadki, toʻgʻri yoʻl topsalar, deb unda daralar, yoʻllar qildik.
وَ جَعَلۡنَا ٱلسَّمَآءَ سَقۡفࣰا مَّحۡفُوظࣰا ۖ وَ هُمۡ عَنۡ ءَايَٰتِهَا مُعۡرِضُونَ﴿٣٢﴾
Va osmonni saqlangan shift qilib qoʻydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz oʻgirguvchi boʻlmoqdalar.
وَ هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ وَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ كُلࣱّ فِي فَلَكࣲ يَسۡبَحُونَ﴿٣٣﴾
U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.
وَ مَا جَعَلۡنَا لِبَشَرࣲ مِّن قَبۡلِكَ ٱلۡخُلۡدَ ۖ أَفَإِيْن مِّتَّ فَهُمُ ٱلۡخَٰلِدُونَ﴿٣٤﴾
Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yoʻq. Agar sen oʻlsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?
كُلُّ نَفۡسࣲ ذَآئِقَةُ ٱلۡمَوۡتِ ۗ وَ نَبۡلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَ ٱلۡخَيۡرِ فِتۡنَةࣰ ۖ وَ إِلَيۡنَا تُرۡجَعُونَ﴿٣٥﴾
Har bir jon oʻlimni tatib koʻrguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
وَ إِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِي يَذۡكُرُ ءَالِهَتَكُمۡ وَ هُم بِذِكۡرِ ٱلرَّحۡمَٰنِ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿٣٦﴾
Kufr keltirganlar seni koʻrganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga oʻzlari kofirdirlar.
خُلِقَ ٱلۡإِنسَٰنُ مِنۡ عَجَلࣲ ۚ سَأُوْرِيكُمۡ ءَايَٰتِي فَلَا تَسۡتَعۡجِلُونِ﴿٣٧﴾
Inson shoshqaloq oʻlaroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.
وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٣٨﴾
Ular: «Agar sodiq boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur», derlar.
لَوۡ يَعۡلَمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ ٱلنَّارَ وَ لَا عَن ظُهُورِهِمۡ وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿٣٩﴾
Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni toʻsa olmaydigan va oʻzlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
بَلۡ تَأۡتِيهِم بَغۡتَةࣰ فَتَبۡهَتُهُمۡ فَلَا يَسۡتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَ لَا هُمۡ يُنظَرُونَ﴿٤٠﴾
Yoʻq! U ularga toʻsatdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir boʻlmaslar va ularga muhlat ham berilmas.
وَ لَقَدِ ٱسۡتُهۡزِئَ بِرُسُلࣲ مِّن قَبۡلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُواْ مِنۡهُم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٤١﴾
Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga oʻzlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
قُلۡ مَن يَكۡلَؤُكُم بِٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحۡمَٰنِ ۚ بَلۡ هُمۡ عَن ذِكۡرِ رَبِّهِم مُّعۡرِضُونَ﴿٤٢﴾
Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qoʻriydi?» – degin. Yoʻq! Ular Robbilari zikridan yuz oʻgirguvchilardir!
أَمۡ لَهُمۡ ءَالِهَةࣱ تَمۡنَعُهُم مِّن دُونِنَا ۚ لَا يَسۡتَطِيعُونَ نَصۡرَ أَنفُسِهِمۡ وَ لَا هُم مِّنَّا يُصۡحَبُونَ﴿٤٣﴾
Yoki ularning Bizdan oʻzga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular oʻzlariga ham yordam berishga qodir boʻla olmaslar va Bizdan doʻstlik topmaslar.
بَلۡ مَتَّعۡنَا هَٰٓؤُلَآءِ وَ ءَابَآءَهُمۡ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوۡنَ أَنَّا نَأۡتِي ٱلۡأَرۡضَ نَنقُصُهَا مِنۡ أَطۡرَافِهَآ ۚ أَفَهُمُ ٱلۡغَٰلِبُونَ﴿٤٤﴾
Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun koʻrindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni koʻrmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?
قُلۡ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلۡوَحۡيِ ۚ وَ لَا يَسۡمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ﴿٤٥﴾
Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida daʼvatni eshitmaslar», degin.
وَ لَئِن مَّسَّتۡهُمۡ نَفۡحَةࣱ مِّنۡ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَٰوَيۡلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿٤٦﴾
Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar boʻlgan ekanmiz», derlar.
وَ نَضَعُ ٱلۡمَوَٰزِينَ ٱلۡقِسۡطَ لِيَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ فَلَا تُظۡلَمُ نَفۡسࣱ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ إِن كَانَ مِثۡقَالَ حَبَّةࣲ مِّنۡ خَرۡدَلٍ أَتَيۡنَا بِهَا ۗ وَ كَفَىٰ بِنَا حَٰسِبِينَ﴿٤٧﴾
Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qoʻyurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi ogʻirligicha boʻlsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda Oʻzimiz kifoya qilurmiz.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ ٱلۡفُرۡقَانَ وَ ضِيَآءࣰ وَ ذِكۡرࣰا لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٤٨﴾
Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.
ٱلَّذِينَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُم بِٱلۡغَيۡبِ وَ هُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشۡفِقُونَ﴿٤٩﴾
Ular Robbilaridan gʻoyibona qoʻrqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.
وَ هَٰذَا ذِكۡرࣱ مُّبَارَكٌ أَنزَلۡنَٰهُ ۚ أَفَأَنتُمۡ لَهُۥ مُنكِرُونَ﴿٥٠﴾
Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi boʻlasizlarmi?!
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَآ إِبۡرَٰهِيمَ رُشۡدَهُۥ مِن قَبۡلُ وَ كُنَّا بِهِۦ عَٰلِمِينَ﴿٥١﴾
Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.
إِذۡ قَالَ لِأَبِيهِ وَ قَوۡمِهِۦ مَا هَٰذِهِ ٱلتَّمَاثِيلُ ٱلَّتِيٓ أَنتُمۡ لَهَا عَٰكِفُونَ﴿٥٢﴾
Oʻshanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.
قَالُواْ وَجَدۡنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَٰبِدِينَ﴿٥٣﴾
Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.
قَالَ لَقَدۡ كُنتُمۡ أَنتُمۡ وَ ءَابَآؤُكُمۡ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٥٤﴾
U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.
قَالُوٓاْ أَجِئۡتَنَا بِٱلۡحَقِّ أَمۡ أَنتَ مِنَ ٱللَّٰعِبِينَ﴿٥٥﴾
Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki oʻyin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.
قَالَ بَل رَّبُّكُمۡ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ٱلَّذِي فَطَرَهُنَّ وَ أَنَا۠ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿٥٦﴾
U: «Yoʻq! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.
وَ تَٱللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصۡنَٰمَكُم بَعۡدَ أَن تُوَلُّواْ مُدۡبِرِينَ﴿٥٧﴾
Allohga qasamki, sizlar ortga oʻgirilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi.
فَجَعَلَهُمۡ جُذَٰذًا إِلَّا كَبِيرࣰا لَّهُمۡ لَعَلَّهُمۡ إِلَيۡهِ يَرۡجِعُونَ﴿٥٨﴾
Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi.
قَالُواْ مَن فَعَلَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَآ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥٩﴾
Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.
قَالُواْ سَمِعۡنَا فَتࣰى يَذۡكُرُهُمۡ يُقَالُ لَهُۥٓ إِبۡرَٰهِيمُ﴿٦٠﴾
Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.
قَالُواْ فَأۡتُواْ بِهِۦ عَلَىٰٓ أَعۡيُنِ ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَشۡهَدُونَ﴿٦١﴾
Ular: «Uni odamlar koʻzi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh boʻlsalar», dedilar.
قَالُوٓاْ ءَأَنتَ فَعَلۡتَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَا يَٰٓإِبۡرَٰهِيمُ﴿٦٢﴾
Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.
قَالَ بَلۡ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمۡ هَٰذَا فَسۡـَٔلُوهُمۡ إِن كَانُواْ يَنطِقُونَ﴿٦٣﴾
U: «Yoʻq, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan boʻlsalar, ulardan soʻrab koʻringlar», dedi.
فَرَجَعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ فَقَالُوٓاْ إِنَّكُمۡ أَنتُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٦٤﴾
Bas, ular oʻzlariga keldilar va: «Albatta, sizlar oʻzingiz zolimdirsizlar», dedilar.
ثُمَّ نُكِسُواْ عَلَىٰ رُءُوسِهِمۡ لَقَدۡ عَلِمۡتَ مَا هَٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ﴿٦٥﴾
Soʻngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.
قَالَ أَفَتَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَضُرُّكُمۡ﴿٦٦﴾
U: «Siz, Allohni qoʻyib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!
أُفࣲّ لَّكُمۡ وَ لِمَا تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٦٧﴾
Sizga ham, Allohni qoʻyib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib koʻrmaysizlarmi?!» – dedi.
قَالُواْ حَرِّقُوهُ وَ ٱنصُرُوٓاْ ءَالِهَتَكُمۡ إِن كُنتُمۡ فَٰعِلِينَ﴿٦٨﴾
Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan boʻlsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.
قُلۡنَا يَٰنَارُ كُونِي بَرۡدࣰا وَ سَلَٰمًا عَلَىٰٓ إِبۡرَٰهِيمَ﴿٦٩﴾
Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik boʻl!» – dedik.
وَ أَرَادُواْ بِهِۦ كَيۡدࣰا فَجَعَلۡنَٰهُمُ ٱلۡأَخۡسَرِينَ﴿٧٠﴾
Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qoʻydik.
وَ نَجَّيۡنَٰهُ وَ لُوطًا إِلَى ٱلۡأَرۡضِ ٱلَّتِي بَٰرَكۡنَا فِيهَا لِلۡعَٰلَمِينَ﴿٧١﴾
Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.
وَ وَهَبۡنَا لَهُۥٓ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ نَافِلَةࣰ ۖ وَ كُلࣰّا جَعَلۡنَا صَٰلِحِينَ﴿٧٢﴾
Unga Isʼhoqni hadya etdik va Yaʼqubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.
وَ جَعَلۡنَٰهُمۡ أَئِمَّةࣰ يَهۡدُونَ بِأَمۡرِنَا وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡهِمۡ فِعۡلَ ٱلۡخَيۡرَٰتِ وَ إِقَامَ ٱلصَّلَوٰةِ وَ إِيتَآءَ ٱلزَّكَوٰةِ ۖ وَ كَانُواْ لَنَا عَٰبِدِينَ﴿٧٣﴾
Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar boʻldilar.
وَ لُوطًا ءَاتَيۡنَٰهُ حُكۡمࣰا وَ عِلۡمࣰا وَ نَجَّيۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلَّتِي كَانَت تَّعۡمَلُ ٱلۡخَبَٰٓئِثَ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمَ سَوۡءࣲ فَٰسِقِينَ﴿٧٤﴾
Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzgʻunchi qavm edilar.
وَ أَدۡخَلۡنَٰهُ فِي رَحۡمَتِنَآ ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٧٥﴾
Va Biz uni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.
وَ نُوحًا إِذۡ نَادَىٰ مِن قَبۡلُ فَٱسۡتَجَبۡنَا لَهُۥ فَنَجَّيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥ مِنَ ٱلۡكَرۡبِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٧٦﴾
Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.
وَ نَصَرۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمَ سَوۡءࣲ فَأَغۡرَقۡنَٰهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٧٧﴾
Unga oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qildik.
وَ دَاوُۥدَ وَ سُلَيۡمَٰنَ إِذۡ يَحۡكُمَانِ فِي ٱلۡحَرۡثِ إِذۡ نَفَشَتۡ فِيهِ غَنَمُ ٱلۡقَوۡمِ وَ كُنَّا لِحُكۡمِهِمۡ شَٰهِدِينَ﴿٧٨﴾
Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). Oʻshanda u(ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid boʻlgan edik.
فَفَهَّمۡنَٰهَا سُلَيۡمَٰنَ ۚ وَ كُلًّا ءَاتَيۡنَا حُكۡمࣰا وَ عِلۡمࣰا ۚ وَ سَخَّرۡنَا مَعَ دَاوُۥدَ ٱلۡجِبَالَ يُسَبِّحۡنَ وَ ٱلطَّيۡرَ ۚ وَ كُنَّا فَٰعِلِينَ﴿٧٩﴾
Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, togʻlarni va qushlarni boʻyinsundirib qoʻydik. Shularni qilguvchi boʻlgan Bizmiz.
وَ عَلَّمۡنَٰهُ صَنۡعَةَ لَبُوسࣲ لَّكُمۡ لِتُحۡصِنَكُم مِّنۢ بَأۡسِكُمۡ ۖ فَهَلۡ أَنتُمۡ شَٰكِرُونَ﴿٨٠﴾
Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish sanʼatini oʻrgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!
وَ لِسُلَيۡمَٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةࣰ تَجۡرِي بِأَمۡرِهِۦٓ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ ٱلَّتِي بَٰرَكۡنَا فِيهَا ۚ وَ كُنَّا بِكُلِّ شَيۡءٍ عَٰلِمِينَ﴿٨١﴾
Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qoʻydik. Barcha narsani bilguvchi boʻldik.
وَ مِنَ ٱلشَّيَٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَ يَعۡمَلُونَ عَمَلࣰا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَ كُنَّا لَهُمۡ حَٰفِظِينَ﴿٨٢﴾
Va shaytonlardan unga gʻavvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni boʻysundirib qoʻydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi boʻldik.
وَ أَيُّوبَ إِذۡ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّي مَسَّنِيَ ٱلضُّرُّ وَ أَنتَ أَرۡحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿٨٣﴾
Va Ayyubning Oʻz Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening Oʻzing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.
فَٱسۡتَجَبۡنَا لَهُۥ فَكَشَفۡنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرࣲّ ۖ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ أَهۡلَهُۥ وَ مِثۡلَهُم مَّعَهُمۡ رَحۡمَةࣰ مِّنۡ عِندِنَا وَ ذِكۡرَىٰ لِلۡعَٰبِدِينَ﴿٨٤﴾
Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni Oʻz rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma boʻlsin», deb qildik.
وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِدۡرِيسَ وَ ذَا ٱلۡكِفۡلِ ۖ كُلࣱّ مِّنَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿٨٥﴾
Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.
وَ أَدۡخَلۡنَٰهُمۡ فِي رَحۡمَتِنَآ ۖ إِنَّهُم مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٨٦﴾
Va ularni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.
وَ ذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبࣰا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقۡدِرَ عَلَيۡهِ فَنَادَىٰ فِي ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبۡحَٰنَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٨٧﴾
Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oʻziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan oʻzga iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim», deb nido qildi.
فَٱسۡتَجَبۡنَا لَهُۥ وَ نَجَّيۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡغَمِّ ۚ وَ كَذَٰلِكَ نُـۨجِي ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٨٨﴾
Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga gʻamdan najot berdik. Moʻminlarga shunday najot berurmiz.
وَ زَكَرِيَّآ إِذۡ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرۡنِي فَرۡدࣰا وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلۡوَٰرِثِينَ﴿٨٩﴾
Va Zakariyoni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.
فَٱسۡتَجَبۡنَا لَهُۥ وَ وَهَبۡنَا لَهُۥ يَحۡيَىٰ وَ أَصۡلَحۡنَا لَهُۥ زَوۡجَهُۥٓ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡخَيۡرَٰتِ وَ يَدۡعُونَنَا رَغَبࣰا وَ رَهَبࣰا ۖ وَ كَانُواْ لَنَا خَٰشِعِينَ﴿٩٠﴾
Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini oʻnglab qoʻydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga ragʻbat ila va qoʻrqib duo qilishar edi. Ular Bizga taʼzim ila boʻyinsunuvchi edilar.
وَ ٱلَّتِيٓ أَحۡصَنَتۡ فَرۡجَهَا فَنَفَخۡنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَ جَعَلۡنَٰهَا وَ ٱبۡنَهَآ ءَايَةࣰ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿٩١﴾
Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik. Uni va uning oʻgʻlini olamlarga oyat-belgi qildik.
إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمۡ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ وَ أَنَا۠ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُونِ﴿٩٢﴾
Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.
وَ تَقَطَّعُوٓاْ أَمۡرَهُم بَيۡنَهُمۡ ۖ كُلٌّ إِلَيۡنَا رَٰجِعُونَ﴿٩٣﴾
Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.
فَمَن يَعۡمَلۡ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَلَا كُفۡرَانَ لِسَعۡيِهِۦ وَ إِنَّا لَهُۥ كَٰتِبُونَ﴿٩٤﴾
Kim moʻmin holida solih amallardan qilsa, saʼyi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qoʻyguvchidirmiz.
وَ حَرَٰمٌ عَلَىٰ قَرۡيَةٍ أَهۡلَكۡنَٰهَآ أَنَّهُمۡ لَا يَرۡجِعُونَ﴿٩٥﴾
Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.
حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتۡ يَأۡجُوجُ وَ مَأۡجُوجُ وَ هُم مِّن كُلِّ حَدَبࣲ يَنسِلُونَ﴿٩٦﴾
Nihoyat, Yaʼjuj va Maʼjuj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.
وَ ٱقۡتَرَبَ ٱلۡوَعۡدُ ٱلۡحَقُّ فَإِذَا هِيَ شَٰخِصَةٌ أَبۡصَٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَٰوَيۡلَنَا قَدۡ كُنَّا فِي غَفۡلَةࣲ مِّنۡ هَٰذَا بَلۡ كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿٩٧﴾
Va haq vaʼda yaqinlashgandagi holni koʻrsang, kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan gʻaflatda edik. Yoʻq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.
إِنَّكُمۡ وَ مَا تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمۡ لَهَا وَٰرِدُونَ﴿٩٨﴾
Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilgʻisidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
لَوۡ كَانَ هَٰٓؤُلَآءِ ءَالِهَةࣰ مَّا وَرَدُوهَا ۖ وَ كُلࣱّ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٩٩﴾
Agar anavilar xudolar boʻlganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar.
لَهُمۡ فِيهَا زَفِيرࣱ وَ هُمۡ فِيهَا لَا يَسۡمَعُونَ﴿١٠٠﴾
U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.
إِنَّ ٱلَّذِينَ سَبَقَتۡ لَهُم مِّنَّا ٱلۡحُسۡنَىٰٓ أُوْلَٰٓئِكَ عَنۡهَا مُبۡعَدُونَ﴿١٠١﴾
Albatta, Bizdan oʻzlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana oʻshalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar.
لَا يَسۡمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَ هُمۡ فِي مَا ٱشۡتَهَتۡ أَنفُسُهُمۡ خَٰلِدُونَ﴿١٠٢﴾
Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular oʻz nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.
لَا يَحۡزُنُهُمُ ٱلۡفَزَعُ ٱلۡأَكۡبَرُ وَ تَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ هَٰذَا يَوۡمُكُمُ ٱلَّذِي كُنتُمۡ تُوعَدُونَ﴿١٠٣﴾
Ularni buyuk dahshat gʻami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga vaʼda qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.
يَوۡمَ نَطۡوِي ٱلسَّمَآءَ كَطَيِّ ٱلسِّجِلِّ لِلۡكُتُبِ ۚ كَمَا بَدَأۡنَآ أَوَّلَ خَلۡقࣲ نُّعِيدُهُۥ ۚ وَعۡدًا عَلَيۡنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا فَٰعِلِينَ﴿١٠٤﴾
Oʻsha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi vaʼdadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.
وَ لَقَدۡ كَتَبۡنَا فِي ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعۡدِ ٱلذِّكۡرِ أَنَّ ٱلۡأَرۡضَ يَرِثُهَا عِبَادِيَ ٱلصَّٰلِحُونَ﴿١٠٥﴾
Batahqiq, Biz Zikrdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik.
إِنَّ فِي هَٰذَا لَبَلَٰغࣰا لِّقَوۡمٍ عَٰبِدِينَ﴿١٠٦﴾
Albatta, bu(Qurʼon)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli oʻgit bordir.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ إِلَّا رَحۡمَةࣰ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠٧﴾
Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.
قُلۡ إِنَّمَا يُوحَىٰٓ إِلَيَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمۡ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۖ فَهَلۡ أَنتُم مُّسۡلِمُونَ﴿١٠٨﴾
Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon boʻlasizlarmi?!» – deb ayt.
فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقُلۡ ءَاذَنتُكُمۡ عَلَىٰ سَوَآءࣲ ۖ وَ إِنۡ أَدۡرِيٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدࣱ مَّا تُوعَدُونَ﴿١٠٩﴾
Agar ular yuz oʻgirib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik boʻlishi uchun eʼlon qildim. Sizga vaʼda qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.
إِنَّهُۥ يَعۡلَمُ ٱلۡجَهۡرَ مِنَ ٱلۡقَوۡلِ وَ يَعۡلَمُ مَا تَكۡتُمُونَ﴿١١٠﴾
Albatta, U soʻzning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan boʻlsangiz ham biladir.
وَ إِنۡ أَدۡرِي لَعَلَّهُۥ فِتۡنَةࣱ لَّكُمۡ وَ مَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينࣲ﴿١١١﴾
Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt.
قَٰلَ رَبِّ ٱحۡكُم بِٱلۡحَقِّ ۗ وَ رَبُّنَا ٱلرَّحۡمَٰنُ ٱلۡمُسۡتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ﴿١١٢﴾
U: «Ey Robbim, Oʻzing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad soʻraladigan Zotdir», dedi.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Anbiyo. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — payg‘ambarlar.
Mazmuni: Sura payg‘ambarlarning insoniy hayotini va ularning Allohga qilgan iltijolarini bir qator qisqa lavhalar bilan ko‘rsatadi. Ibrohim, Lut, Nuh, Yunus va Ayyub alayhimussalom qissalari orqali sinovda sabr, duo va Allohning najotiga ishonch targ‘ib qilinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.