سورة الحج
Haj surasi
Haj · Ҳаж сураси
Haj surasi — Qurʼoni Karimning 22-surasi. U 78 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمۡ ۚ إِنَّ زَلۡزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَيۡءٌ عَظِيمࣱ﴿١﴾
Ey odamlar! Robbingizdan qoʻrqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.
يَوۡمَ تَرَوۡنَهَا تَذۡهَلُ كُلُّ مُرۡضِعَةٍ عَمَّآ أَرۡضَعَتۡ وَ تَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمۡلٍ حَمۡلَهَا وَ تَرَى ٱلنَّاسَ سُكَٰرَىٰ وَ مَا هُم بِسُكَٰرَىٰ وَ لَٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدࣱ﴿٢﴾
Uni koʻradigan kuningizda, har bir emizuvchi oʻzi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda koʻrarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِي ٱللَّهِ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ وَ يَتَّبِعُ كُلَّ شَيۡطَٰنࣲ مَّرِيدࣲ﴿٣﴾
Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.
كُتِبَ عَلَيۡهِ أَنَّهُۥ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُۥ يُضِلُّهُۥ وَ يَهۡدِيهِ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ﴿٤﴾
Unga bitilganki, albatta, unga kim doʻst boʻlsa, shubhasiz, uni adashtirur va doʻzax azobiga «hidoyat» qilur.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمۡ فِي رَيۡبࣲ مِّنَ ٱلۡبَعۡثِ فَإِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن تُرَابࣲ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةࣲ ثُمَّ مِنۡ عَلَقَةࣲ ثُمَّ مِن مُّضۡغَةࣲ مُّخَلَّقَةࣲ وَ غَيۡرِ مُخَلَّقَةࣲ لِّنُبَيِّنَ لَكُمۡ ۚ وَ نُقِرُّ فِي ٱلۡأَرۡحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ثُمَّ نُخۡرِجُكُمۡ طِفۡلࣰا ثُمَّ لِتَبۡلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمۡ ۖ وَ مِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَ مِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرۡذَلِ ٱلۡعُمُرِ لِكَيۡلَا يَعۡلَمَ مِنۢ بَعۡدِ عِلۡمࣲ شَيۡـࣰٔا ۚ وَ تَرَى ٱلۡأَرۡضَ هَامِدَةࣰ فَإِذَآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡهَا ٱلۡمَآءَ ٱهۡتَزَّتۡ وَ رَبَتۡ وَ أَنۢبَتَتۡ مِن كُلِّ زَوۡجِۭ بَهِيجࣲ﴿٥﴾
Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan boʻlsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, soʻngra nutfadan, soʻngra alaqadan, soʻngra bitgan-bitmagan bir chaynam goʻshtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni maʼlum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. Soʻngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda koʻrarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va koʻpchiydir. Hamda har xil goʻzal juftlarni oʻstiradir.
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡحَقُّ وَ أَنَّهُۥ يُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ أَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٦﴾
Bu(holat)lar koʻrsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U oʻliklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.
وَ أَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةࣱ لَّا رَيۡبَ فِيهَا وَ أَنَّ ٱللَّهَ يَبۡعَثُ مَن فِي ٱلۡقُبُورِ﴿٧﴾
Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yoʻq. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِي ٱللَّهِ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ وَ لَا هُدࣰى وَ لَا كِتَٰبࣲ مُّنِيرࣲ﴿٨﴾
Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega boʻlmasdan turib tortishadiganlari bor.
ثَانِيَ عِطۡفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ لَهُۥ فِي ٱلدُّنۡيَا خِزۡيࣱ ۖ وَ نُذِيقُهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ عَذَابَ ٱلۡحَرِيقِ﴿٩﴾
Allohning yoʻlidan adashtirish uchun, boʻynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.
ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتۡ يَدَاكَ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَيۡسَ بِظَلَّٰمࣲ لِّلۡعَبِيدِ﴿١٠﴾
Bunday boʻlishi oʻz qoʻllaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعۡبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرۡفࣲ ۖ فَإِنۡ أَصَابَهُۥ خَيۡرٌ ٱطۡمَأَنَّ بِهِۦ ۖ وَ إِنۡ أَصَابَتۡهُ فِتۡنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجۡهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡخُسۡرَانُ ٱلۡمُبِينُ﴿١١﴾
Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, koʻngli toʻlur. Agar unga balo yetsa, yuz oʻgirib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon koʻrur. Ana oʻsha ochiq-oydin ziyondir.
يَدۡعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَ مَا لَا يَنفَعُهُۥ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلۡبَعِيدُ﴿١٢﴾
U, Allohni qoʻyib, oʻziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning oʻzi qattiq adashishdir.
يَدۡعُواْ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقۡرَبُ مِن نَّفۡعِهِۦ ۚ لَبِئۡسَ ٱلۡمَوۡلَىٰ وَ لَبِئۡسَ ٱلۡعَشِيرُ﴿١٣﴾
U, manfaatidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon doʻstdir!
إِنَّ ٱللَّهَ يُدۡخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفۡعَلُ مَا يُرِيدُ﴿١٤﴾
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh Oʻzi iroda etgan narsani qiladir.
مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ فَلۡيَمۡدُدۡ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لۡيَقۡطَعۡ فَلۡيَنظُرۡ هَلۡ يُذۡهِبَنَّ كَيۡدُهُۥ مَا يَغِيظُ﴿١٥﴾
Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, soʻngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussani ketkizarmikan?!
وَ كَذَٰلِكَ أَنزَلۡنَٰهُ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ وَ أَنَّ ٱللَّهَ يَهۡدِي مَن يُرِيدُ﴿١٦﴾
Mana shunday qilib, Biz u(Qurʼon)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ وَ ٱلصَّٰبِـِٔينَ وَ ٱلنَّصَٰرَىٰ وَ ٱلۡمَجُوسَ وَ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ يَفۡصِلُ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدٌ﴿١٧﴾
Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida Oʻzi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسۡجُدُۤ لَهُۥۤ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱلشَّمۡسُ وَ ٱلۡقَمَرُ وَ ٱلنُّجُومُ وَ ٱلۡجِبَالُ وَ ٱلشَّجَرُ وَ ٱلدَّوَآبُّ وَ كَثِيرࣱ مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ وَ كَثِيرٌ حَقَّ عَلَيۡهِ ٱلۡعَذَابُ ۗ وَ مَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكۡرِمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفۡعَلُ مَا يَشَآءُ ۩﴿١٨﴾
Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, togʻlar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan koʻplari, albatta, Allohga sajda qilishini koʻrmaysanmi? Koʻplariga esa, azob haq boʻldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi boʻlmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.
هَٰذَانِ خَصۡمَانِ ٱخۡتَصَمُواْ فِي رَبِّهِمۡ ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ قُطِّعَتۡ لَهُمۡ ثِيَابࣱ مِّن نَّارࣲ يُصَبُّ مِن فَوۡقِ رُءُوسِهِمُ ٱلۡحَمِيمُ﴿١٩﴾
Mana bu ikki gʻanim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan oʻta qaynoq suv quyilar.
يُصۡهَرُ بِهِۦ مَا فِي بُطُونِهِمۡ وَ ٱلۡجُلُودُ﴿٢٠﴾
U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.
وَ لَهُم مَّقَٰمِعُ مِنۡ حَدِيدࣲ﴿٢١﴾
Ular uchun temir gurzilar bor.
كُلَّمَآ أَرَادُوٓاْ أَن يَخۡرُجُواْ مِنۡهَا مِنۡ غَمٍّ أُعِيدُواْ فِيهَا وَ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلۡحَرِيقِ﴿٢٢﴾
Ular har qachon undagi gʻamdan chiqmoqchi boʻlsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.
إِنَّ ٱللَّهَ يُدۡخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ يُحَلَّوۡنَ فِيهَا مِنۡ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبࣲ وَ لُؤۡلُؤࣰا ۖ وَ لِبَاسُهُمۡ فِيهَا حَرِيرࣱ﴿٢٣﴾
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.
وَ هُدُوٓاْ إِلَى ٱلطَّيِّبِ مِنَ ٱلۡقَوۡلِ وَ هُدُوٓاْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلۡحَمِيدِ﴿٢٤﴾
Ular shirin soʻzga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yoʻliga hidoyat qilinurlar.
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ٱلَّذِي جَعَلۡنَٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلۡعَٰكِفُ فِيهِ وَ ٱلۡبَادِ ۚ وَ مَن يُرِدۡ فِيهِ بِإِلۡحَادِۭ بِظُلۡمࣲ نُّذِقۡهُ مِنۡ عَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٢٥﴾
Kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qoʻyganimiz Masjidul Haromdan toʻsganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.
وَ إِذۡ بَوَّأۡنَا لِإِبۡرَٰهِيمَ مَكَانَ ٱلۡبَيۡتِ أَن لَّا تُشۡرِكۡ بِي شَيۡـࣰٔا وَ طَهِّرۡ بَيۡتِيَ لِلطَّآئِفِينَ وَ ٱلۡقَآئِمِينَ وَ ٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ﴿٢٦﴾
Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda rukuʼ, sujud qilguvchilar uchun poklagin.
وَ أَذِّن فِي ٱلنَّاسِ بِٱلۡحَجِّ يَأۡتُوكَ رِجَالࣰا وَ عَلَىٰ كُلِّ ضَامِرࣲ يَأۡتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقࣲ﴿٢٧﴾
Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yoʻllardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.
لِّيَشۡهَدُواْ مَنَٰفِعَ لَهُمۡ وَ يَذۡكُرُواْ ٱسۡمَ ٱللَّهِ فِيٓ أَيَّامࣲ مَّعۡلُومَٰتٍ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلۡأَنۡعَٰمِ ۖ فَكُلُواْ مِنۡهَا وَ أَطۡعِمُواْ ٱلۡبَآئِسَ ٱلۡفَقِيرَ﴿٢٨﴾
Va oʻzlariga boʻladigan manfaatlarga shohid boʻlsinlar. Maʼlum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (soʻyishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.
ثُمَّ لۡيَقۡضُواْ تَفَثَهُمۡ وَ لۡيُوفُواْ نُذُورَهُمۡ وَ لۡيَطَّوَّفُواْ بِٱلۡبَيۡتِ ٱلۡعَتِيقِ﴿٢٩﴾
Soʻngra oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.
ذَٰلِكَ ۖ وَ مَن يُعَظِّمۡ حُرُمَٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيۡرࣱ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ۗ وَ أُحِلَّتۡ لَكُمُ ٱلۡأَنۡعَٰمُ إِلَّا مَا يُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ ۖ فَٱجۡتَنِبُواْ ٱلرِّجۡسَ مِنَ ٱلۡأَوۡثَٰنِ وَ ٱجۡتَنِبُواْ قَوۡلَ ٱلزُّورِ﴿٣٠﴾
Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning oʻzi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boʻling va yolgʻon soʻzdan yiroq boʻling.
حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيۡرَ مُشۡرِكِينَ بِهِۦ ۚ وَ مَن يُشۡرِكۡ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخۡطَفُهُ ٱلطَّيۡرُ أَوۡ تَهۡوِي بِهِ ٱلرِّيحُ فِي مَكَانࣲ سَحِيقࣲ﴿٣١﴾
Allohga boʻlgan iymondan ogʻmang, unga shirk keltirguvchi boʻlmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u goʻyoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.
ذَٰلِكَ ۖ وَ مَن يُعَظِّمۡ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقۡوَى ٱلۡقُلُوبِ﴿٣٢﴾
Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulugʻlasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.
لَكُمۡ فِيهَا مَنَٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلۡبَيۡتِ ٱلۡعَتِيقِ﴿٣٣﴾
Sizga u(nishon)larda maʼlum vaqtgacha manfaatlar bordir. Soʻngra ularni (soʻyish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.
وَ لِكُلِّ أُمَّةࣲ جَعَلۡنَا مَنسَكࣰا لِّيَذۡكُرُواْ ٱسۡمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلۡأَنۡعَٰمِ ۗ فَإِلَٰهُكُمۡ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ فَلَهُۥٓ أَسۡلِمُواْ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلۡمُخۡبِتِينَ﴿٣٤﴾
Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon boʻling. Itoatli, mutavozeʼlarga bashorat ber.
ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتۡ قُلُوبُهُمۡ وَ ٱلصَّٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمۡ وَ ٱلۡمُقِيمِي ٱلصَّلَوٰةِ وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿٣٥﴾
Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va oʻzlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni toʻkis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.
وَ ٱلۡبُدۡنَ جَعَلۡنَٰهَا لَكُم مِّن شَعَٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمۡ فِيهَا خَيۡرࣱ ۖ فَٱذۡكُرُواْ ٱسۡمَ ٱللَّهِ عَلَيۡهَا صَوَآفَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتۡ جُنُوبُهَا فَكُلُواْ مِنۡهَا وَ أَطۡعِمُواْ ٱلۡقَانِعَ وَ ٱلۡمُعۡتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرۡنَٰهَا لَكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٣٦﴾
Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bogʻliq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambagʻallarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.
لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَ لَا دِمَآؤُهَا وَ لَٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقۡوَىٰ مِنكُمۡ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمۡ لِتُكَبِّرُواْ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمۡ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٣٧﴾
Ularning goʻshtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.
إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانࣲ كَفُورٍ﴿٣٨﴾
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush koʻrmas.
أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمۡ ظُلِمُواْ ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصۡرِهِمۡ لَقَدِيرٌ﴿٣٩﴾
Oʻzlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.
ٱلَّذِينَ أُخۡرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِم بِغَيۡرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُواْ رَبُّنَا ٱللَّهُ ۗ وَ لَوۡلَا دَفۡعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعۡضَهُم بِبَعۡضࣲ لَّهُدِّمَتۡ صَوَٰمِعُ وَ بِيَعࣱ وَ صَلَوَٰتࣱ وَ مَسَٰجِدُ يُذۡكَرُ فِيهَا ٱسۡمُ ٱللَّهِ كَثِيرࣰا ۗ وَ لَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴿٤٠﴾
Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun oʻz diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan dafʼ qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan boʻlur edi. Albatta, Alloh Oʻziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va gʻolibdir.
ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ أَمَرُواْ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ نَهَوۡاْ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ ۗ وَ لِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ﴿٤١﴾
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻkis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.
وَ إِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدۡ كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحࣲ وَ عَادࣱ وَ ثَمُودُ﴿٤٢﴾
Agar seni yolgʻonchi qilayotgan boʻlsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolgʻonchi qilgan edilar.
وَ قَوۡمُ إِبۡرَٰهِيمَ وَ قَوۡمُ لُوطࣲ﴿٤٣﴾
Ibrohim qavmi, Lut qavmi.
وَ أَصۡحَٰبُ مَدۡيَنَ ۖ وَ كُذِّبَ مُوسَىٰ ۖ فَأَمۡلَيۡتُ لِلۡكَٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذۡتُهُمۡ ۖ فَكَيۡفَ كَانَ نَكِيرِ﴿٤٤﴾
Madyan egalari ham. Va Muso ham yolgʻonchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, soʻngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!
فَكَأَيِّن مِّن قَرۡيَةٍ أَهۡلَكۡنَٰهَا وَ هِيَ ظَالِمَةࣱ فَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَ بِئۡرࣲ مُّعَطَّلَةࣲ وَ قَصۡرࣲ مَّشِيدٍ﴿٤٥﴾
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi boʻlgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).
أَفَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَتَكُونَ لَهُمۡ قُلُوبࣱ يَعۡقِلُونَ بِهَآ أَوۡ ءَاذَانࣱ يَسۡمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعۡمَى ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَ لَٰكِن تَعۡمَى ٱلۡقُلُوبُ ٱلَّتِي فِي ٱلصُّدُورِ﴿٤٦﴾
Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, siynalardagi qalblar koʻr boʻlur.
وَ يَسۡتَعۡجِلُونَكَ بِٱلۡعَذَابِ وَ لَن يُخۡلِفَ ٱللَّهُ وَعۡدَهُۥ ۚ وَ إِنَّ يَوۡمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلۡفِ سَنَةࣲ مِّمَّا تَعُدُّونَ﴿٤٧﴾
Ular sendan azobning tezroq kelishini soʻrarlar. Holbuki, Alloh vaʼdasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.
وَ كَأَيِّن مِّن قَرۡيَةٍ أَمۡلَيۡتُ لَهَا وَ هِيَ ظَالِمَةࣱ ثُمَّ أَخَذۡتُهَا وَ إِلَيَّ ٱلۡمَصِيرُ﴿٤٨﴾
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi boʻlgan holida ham muhlat berdim. Soʻngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.
قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَآ أَنَا۠ لَكُمۡ نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿٤٩﴾
Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.
فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ رِزۡقࣱ كَرِيمࣱ﴿٥٠﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga magʻfirat va ikromli rizq bordir.
وَ ٱلَّذِينَ سَعَوۡاْ فِيٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَحِيمِ﴿٥١﴾
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi boʻlib, saʼyi-harakat qilganlar, ana oʻshalar jahiym egalaridir.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ مِن رَّسُولࣲ وَ لَا نَبِيٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلۡقَى ٱلشَّيۡطَٰنُ فِيٓ أُمۡنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلۡقِي ٱلشَّيۡطَٰنُ ثُمَّ يُحۡكِمُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٥٢﴾
Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan boʻlsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. Soʻngra, Alloh Oʻz oyatlarini mustahkam qilur. Alloh oʻta bilguvchi va hikmatli Zotdir.
لِّيَجۡعَلَ مَا يُلۡقِي ٱلشَّيۡطَٰنُ فِتۡنَةࣰ لِّلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ وَ ٱلۡقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمۡ ۗ وَ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَفِي شِقَاقِۭ بَعِيدࣲ﴿٥٣﴾
Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna boʻlishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.
وَ لِيَعۡلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤۡمِنُواْ بِهِۦ فَتُخۡبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمۡ ۗ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٥٤﴾
Ilm berilganlar u(Qurʼon) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bogʻlanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilguvchidir.
وَ لَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي مِرۡيَةࣲ مِّنۡهُ حَتَّىٰ تَأۡتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغۡتَةً أَوۡ يَأۡتِيَهُمۡ عَذَابُ يَوۡمٍ عَقِيمٍ﴿٥٥﴾
Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) toʻsatdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qurʼon)dan shubhada boʻlishda davom etadilar.
ٱلۡمُلۡكُ يَوۡمَئِذࣲ لِّلَّهِ يَحۡكُمُ بَيۡنَهُمۡ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِي جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿٥٦﴾
Oʻsha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu neʼmat jannatlaridadirlar.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿٥٧﴾
Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, bas, ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.
وَ ٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓاْ أَوۡ مَاتُواْ لَيَرۡزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزۡقًا حَسَنࣰا ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيۡرُ ٱلرَّٰزِقِينَ﴿٥٨﴾
Alloh yoʻlida hijrat qilganlar, soʻngra oʻldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh goʻzal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.
لَيُدۡخِلَنَّهُم مُّدۡخَلࣰا يَرۡضَوۡنَهُۥ ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمࣱ﴿٥٩﴾
Albatta, U zot ularni oʻzlari rozi boʻladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va haliym Zotdir.
ذَٰلِكَ ۖ وَ مَنۡ عَاقَبَ بِمِثۡلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِيَ عَلَيۡهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورࣱ﴿٦٠﴾
Ish bundoq. Kim oʻziga iqob qilinganiga oʻxshash iqob qilsa-yu, soʻngra unga yana zoʻravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va magʻfiratli Zotdir.
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَ يُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُۢ بَصِيرࣱ﴿٦١﴾
Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi Zotdir.
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡحَقُّ وَ أَنَّ مَا يَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ هُوَ ٱلۡبَٰطِلُ وَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡعَلِيُّ ٱلۡكَبِيرُ﴿٦٢﴾
Chunki, Allohning Oʻzigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَتُصۡبِحُ ٱلۡأَرۡضُ مُخۡضَرَّةً ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرࣱ﴿٦٣﴾
Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil boʻlishini koʻrmadingmi?! Albatta, Alloh oʻta lutfli va xabardor Zotdir.
لَّهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلۡغَنِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿٦٤﴾
Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning Oʻzigina behojat va maqtalgan Zotdir.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱلۡفُلۡكَ تَجۡرِي فِي ٱلۡبَحۡرِ بِأَمۡرِهِۦ وَ يُمۡسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا بِإِذۡنِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿٦٥﴾
Alloh yerdagi narsalarni, dengizda Oʻz izni ila yuradigan kemani sizlarga boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.
وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَحۡيَاكُمۡ ثُمَّ يُمِيتُكُمۡ ثُمَّ يُحۡيِيكُمۡ ۗ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَكَفُورࣱ﴿٦٦﴾
Sizlarni tiriltirgan, keyin oʻldiradigan, soʻngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning Oʻzidir. Albatta, inson oʻta noshukrdir.
لِّكُلِّ أُمَّةࣲ جَعَلۡنَا مَنسَكًا هُمۡ نَاسِكُوهُ ۖ فَلَا يُنَٰزِعُنَّكَ فِي ٱلۡأَمۡرِ ۚ وَ ٱدۡعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدࣰى مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٦٧﴾
Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular oʻshanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.
وَ إِن جَٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿٦٨﴾
Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.
ٱللَّهُ يَحۡكُمُ بَيۡنَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كُنتُمۡ فِيهِ تَخۡتَلِفُونَ﴿٦٩﴾
Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa boʻyicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.
أَلَمۡ تَعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ فِي كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣱ﴿٧٠﴾
Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana oʻsha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?!
وَ يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمۡ يُنَزِّلۡ بِهِۦ سُلۡطَٰنࣰا وَ مَا لَيۡسَ لَهُم بِهِۦ عِلۡمࣱ ۗ وَ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرࣲ﴿٧١﴾
Ular Allohni qoʻyib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, oʻzlarida u haqda ilm boʻlmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yoʻqdir.
وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتࣲ تَعۡرِفُ فِي وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلۡمُنكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسۡطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتۡلُونَ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِنَا ۗ قُلۡ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرࣲّ مِّن ذَٰلِكُمُ ۚ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٧٢﴾
Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni koʻrursan. Ular oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga vaʼda qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلࣱ فَٱسۡتَمِعُواْ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخۡلُقُواْ ذُبَابࣰا وَ لَوِ ٱجۡتَمَعُواْ لَهُۥ ۖ وَ إِن يَسۡلُبۡهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيۡـࣰٔا لَّا يَسۡتَنقِذُوهُ مِنۡهُ ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَ ٱلۡمَطۡلُوبُ﴿٧٣﴾
Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan oʻshani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi.
مَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدۡرِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴿٧٤﴾
Ular Allohning qadrini joyiga qoʻymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.
ٱللَّهُ يَصۡطَفِي مِنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلࣰا وَ مِنَ ٱلنَّاسِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُۢ بَصِيرࣱ﴿٧٥﴾
Alloh farishtalardan va odamlardan Paygʻambarlar tanlar. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va koʻrguvchidir.
يَعۡلَمُ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ مَا خَلۡفَهُمۡ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿٧٦﴾
U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolgʻiz Allohgagina qaytarilur.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱرۡكَعُواْ وَ ٱسۡجُدُواْۤ وَ ٱعۡبُدُواْ رَبَّكُمۡ وَ ٱفۡعَلُواْ ٱلۡخَيۡرَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ ۩﴿٧٧﴾
Ey, iymon keltirganlar, rukuʼ, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
وَ جَٰهِدُواْ فِي ٱللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِۦ ۚ هُوَ ٱجۡتَبَىٰكُمۡ وَ مَا جَعَلَ عَلَيۡكُمۡ فِي ٱلدِّينِ مِنۡ حَرَجࣲ ۚ مِّلَّةَ أَبِيكُمۡ إِبۡرَٰهِيمَ ۚ هُوَ سَمَّىٰكُمُ ٱلۡمُسۡلِمِينَ مِن قَبۡلُ وَ فِي هَٰذَا لِيَكُونَ ٱلرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيۡكُمۡ وَ تَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ ۚ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ ٱعۡتَصِمُواْ بِٱللَّهِ هُوَ مَوۡلَىٰكُمۡ ۖ فَنِعۡمَ ٱلۡمَوۡلَىٰ وَ نِعۡمَ ٱلنَّصِيرُ﴿٧٨﴾
Va Alloh (yoʻlida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qurʼon)da Paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar boʻlishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bogʻlaninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Haj. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — haj.
Mazmuni: Sura haj ibodatining ma’nosi, Ibrohim alayhissalomning merosi va Baytullohning muqaddasligi bilan birga qiyomatning jiddiyligini yodga soladi. Qurbonlik, Allohning sha’oirlarini ulug‘lash, zulmga qarshi turish va insonlarning turli holatlarda sinovdan o‘tishi haqida so‘z yuritadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.