سورة الملك
Mulk surasi
Mulk · Мулк сураси
Mulk surasi — Qurʼoni Karimning 67-surasi. U 30 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
Boshqacha nomlari: Mulk surasi · Tabarokallaziy
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
تَبَٰرَكَ ٱلَّذِي بِيَدِهِ ٱلۡمُلۡكُ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿١﴾
Qoʻlida mulk boʻlgan Zot ulugʻ, muqaddas boʻldi. U barcha narsaga qodirdir.
ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلۡمَوۡتَ وَ ٱلۡحَيَوٰةَ لِيَبۡلُوَكُمۡ أَيُّكُمۡ أَحۡسَنُ عَمَلࣰا ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡغَفُورُ﴿٢﴾
U, oʻlim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va oʻta magʻfiratlidir.
ٱلَّذِي خَلَقَ سَبۡعَ سَمَٰوَٰتࣲ طِبَاقࣰا ۖ مَّا تَرَىٰ فِي خَلۡقِ ٱلرَّحۡمَٰنِ مِن تَفَٰوُتࣲ ۖ فَٱرۡجِعِ ٱلۡبَصَرَ هَلۡ تَرَىٰ مِن فُطُورࣲ﴿٣﴾
U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut koʻrmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik koʻryapsanmi?
ثُمَّ ٱرۡجِعِ ٱلۡبَصَرَ كَرَّتَيۡنِ يَنقَلِبۡ إِلَيۡكَ ٱلۡبَصَرُ خَاسِئࣰا وَ هُوَ حَسِيرࣱ﴿٤﴾
Soʻng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir.
وَ لَقَدۡ زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنۡيَا بِمَصَٰبِيحَ وَ جَعَلۡنَٰهَا رُجُومࣰا لِّلشَّيَٰطِينِ ۖ وَ أَعۡتَدۡنَا لَهُمۡ عَذَابَ ٱلسَّعِيرِ﴿٥﴾
Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qoʻydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qoʻydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qoʻydik.
وَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمۡ عَذَابُ جَهَنَّمَ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٦﴾
Oʻz Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy!
إِذَآ أُلۡقُواْ فِيهَا سَمِعُواْ لَهَا شَهِيقࣰا وَ هِيَ تَفُورُ﴿٧﴾
Ular jahannamga tashlangan chogʻlarida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan boʻladir.
تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ ٱلۡغَيۡظِ ۖ كُلَّمَآ أُلۡقِيَ فِيهَا فَوۡجࣱ سَأَلَهُمۡ خَزَنَتُهَآ أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ نَذِيرࣱ﴿٨﴾
U gʻazabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb soʻraydir.
قَالُواْ بَلَىٰ قَدۡ جَآءَنَا نَذِيرࣱ فَكَذَّبۡنَا وَ قُلۡنَا مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ مِن شَيۡءٍ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا فِي ضَلَٰلࣲ كَبِيرࣲ﴿٩﴾
Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolgʻonchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yoʻq, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar.
وَ قَالُواْ لَوۡ كُنَّا نَسۡمَعُ أَوۡ نَعۡقِلُ مَا كُنَّا فِيٓ أَصۡحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ﴿١٠﴾
Va ular: «Agar eʼtibor qulogʻi bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, doʻzaxiylar orasida boʻlmagan boʻlar edik», derlar.
فَٱعۡتَرَفُواْ بِذَنۢبِهِمۡ فَسُحۡقࣰا لِّأَصۡحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ﴿١١﴾
Bas, ular oʻz gunohlarini eʼtirof etdilar. Yoʻqolsin doʻzaxiylar!
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُم بِٱلۡغَيۡبِ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ أَجۡرࣱ كَبِيرࣱ﴿١٢﴾
Albatta, oʻz Robbilaridan gʻoyibdan qoʻrqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.
وَ أَسِرُّواْ قَوۡلَكُمۡ أَوِ ٱجۡهَرُواْ بِهِۦٓ ۖ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿١٣﴾
Va siz soʻzingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U koʻngillardagini ham bilguvchi Zotdir.
أَلَا يَعۡلَمُ مَنۡ خَلَقَ وَ هُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلۡخَبِيرُ﴿١٤﴾
Yaratgan zot Oʻzi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi va xabardordir.
هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ ذَلُولࣰا فَٱمۡشُواْ فِي مَنَاكِبِهَا وَ كُلُواْ مِن رِّزۡقِهِۦ ۖ وَ إِلَيۡهِ ٱلنُّشُورُ﴿١٥﴾
U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga boʻladir.
ءَأَمِنتُم مَّن فِي ٱلسَّمَآءِ أَن يَخۡسِفَ بِكُمُ ٱلۡأَرۡضَ فَإِذَا هِيَ تَمُورُ﴿١٦﴾
Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda boʻldingizmi?
أَمۡ أَمِنتُم مَّن فِي ٱلسَّمَآءِ أَن يُرۡسِلَ عَلَيۡكُمۡ حَاصِبࣰا ۖ فَسَتَعۡلَمُونَ كَيۡفَ نَذِيرِ﴿١٧﴾
Yoki osmondagi Zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda boʻldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qandoq boʻlishini bilasizlar.
وَ لَقَدۡ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ فَكَيۡفَ كَانَ نَكِيرِ﴿١٨﴾
Va, darhaqiqat, ulardan avvalgilari ham yolgʻonga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday boʻldi?!
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ إِلَى ٱلطَّيۡرِ فَوۡقَهُمۡ صَٰٓفَّٰتࣲ وَ يَقۡبِضۡنَ ۚ مَا يُمۡسِكُهُنَّ إِلَّا ٱلرَّحۡمَٰنُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَيۡءِۭ بَصِيرٌ﴿١٩﴾
Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yigʻib (uchayotgan) qushni koʻrmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yoʻq. Albatta, U barcha narsani koʻruvchidir.
أَمَّنۡ هَٰذَا ٱلَّذِي هُوَ جُندࣱ لَّكُمۡ يَنصُرُكُم مِّن دُونِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ۚ إِنِ ٱلۡكَٰفِرُونَ إِلَّا فِي غُرُورٍ﴿٢٠﴾
Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim oʻzi? Kofirlar gʻururdan boshqa hech narsada emaslar!
أَمَّنۡ هَٰذَا ٱلَّذِي يَرۡزُقُكُمۡ إِنۡ أَمۡسَكَ رِزۡقَهُۥ ۚ بَل لَّجُّواْ فِي عُتُوࣲّ وَ نُفُورٍ﴿٢١﴾
U rizqni tortib qoʻysa, sizga rizq beradigan kim oʻzi?! Balki ular abadiy tugʻyonda va haqdan nafratda boʻlurlar.
أَفَمَن يَمۡشِي مُكِبًّا عَلَىٰ وَجۡهِهِۦٓ أَهۡدَىٰٓ أَمَّن يَمۡشِي سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٢٢﴾
Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki toʻgʻri yoʻldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi?
قُلۡ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنشَأَكُمۡ وَ جَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرَ وَ ٱلۡأَفۡـِٔدَةَ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَشۡكُرُونَ﴿٢٣﴾
Ayt: «U sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlarga eshitish, koʻrish va aqlni bergan Zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!»
قُلۡ هُوَ ٱلَّذِي ذَرَأَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٢٤﴾
Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, koʻpaytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga toʻplanursizlar».
وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٢٥﴾
Va ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» – derlar.
قُلۡ إِنَّمَا ٱلۡعِلۡمُ عِندَ ٱللَّهِ وَ إِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿٢٦﴾
Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos».
فَلَمَّا رَأَوۡهُ زُلۡفَةࣰ سِيٓـَٔتۡ وُجُوهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ قِيلَ هَٰذَا ٱلَّذِي كُنتُم بِهِۦ تَدَّعُونَ﴿٢٧﴾
Bas u(azob)ni yaqindan koʻrganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «Soʻragan narsangiz shu boʻlur», deyilur.
قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِنۡ أَهۡلَكَنِيَ ٱللَّهُ وَ مَن مَّعِيَ أَوۡ رَحِمَنَا فَمَن يُجِيرُ ٱلۡكَٰفِرِينَ مِنۡ عَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٢٨﴾
Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan boʻlganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?!
قُلۡ هُوَ ٱلرَّحۡمَٰنُ ءَامَنَّا بِهِۦ وَ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡنَا ۖ فَسَتَعۡلَمُونَ مَنۡ هُوَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٢٩﴾
Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar».
قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِنۡ أَصۡبَحَ مَآؤُكُمۡ غَوۡرࣰا فَمَن يَأۡتِيكُم بِمَآءࣲ مَّعِينِۭ﴿٣٠﴾
Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?»
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Mulk. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — hukmronlik.
Mazmuni: Sura butun mulk va hokimiyat Allohniki ekanini eslatadi. O‘lim va hayotning sinov ekani, osmonlarning mukammalligi, qushlarning parvozi va rizq masalalari orqali insonning ojizligi ko‘rsatiladi; oxiratdagi xavfga tayyorlanish haqida ogohlantiriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.