سورة القلم
Qalam surasi
Qalam · Қалам сураси
Qalam surasi — Qurʼoni Karimning 68-surasi. U 52 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
نٓ ۚ وَ ٱلۡقَلَمِ وَ مَا يَسۡطُرُونَ﴿١﴾
Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam.
مَآ أَنتَ بِنِعۡمَةِ رَبِّكَ بِمَجۡنُونࣲ﴿٢﴾
Sen Robbing neʼmati ila majnun emassan.
وَ إِنَّ لَكَ لَأَجۡرًا غَيۡرَ مَمۡنُونࣲ﴿٣﴾
Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
وَ إِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمࣲ﴿٤﴾
Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
فَسَتُبۡصِرُ وَ يُبۡصِرُونَ﴿٥﴾
Bas, tezda koʻrasan va ular ham koʻrurlar.
بِأَييِّكُمُ ٱلۡمَفۡتُونُ﴿٦﴾
Sizlardan qaysingizda majnunlik borligini.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿٧﴾
Albatta, Robbing Oʻzi kim Uning yoʻlidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.
فَلَا تُطِعِ ٱلۡمُكَذِّبِينَ﴿٨﴾
Bas, yolgʻonga chiqaruvchilarga itoat qilma.
وَدُّواْ لَوۡ تُدۡهِنُ فَيُدۡهِنُونَ﴿٩﴾
Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.
وَ لَا تُطِعۡ كُلَّ حَلَّافࣲ مَّهِينٍ﴿١٠﴾
Itoat qilma! Har bir qasamxoʻr, pastkashga.
هَمَّازࣲ مَّشَّآءِۭ بِنَمِيمࣲ﴿١١﴾
Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.
مَّنَّاعࣲ لِّلۡخَيۡرِ مُعۡتَدٍ أَثِيمٍ﴿١٢﴾
Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga.
عُتُلِّۭ بَعۡدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ﴿١٣﴾
Qoʻpol, undan soʻng, otasining tayini yoʻqqa.
أَن كَانَ ذَا مَالࣲ وَ بَنِينَ﴿١٤﴾
Moli va oʻgʻillari koʻp boʻlganidan.
إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٥﴾
Bizning oyatlarimiz unga oʻqilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.
سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلۡخُرۡطُومِ﴿١٦﴾
Tezda uning tumshugʻiga belgi qoʻyamiz.
إِنَّا بَلَوۡنَٰهُمۡ كَمَا بَلَوۡنَآ أَصۡحَٰبَ ٱلۡجَنَّةِ إِذۡ أَقۡسَمُواْ لَيَصۡرِمُنَّهَا مُصۡبِحِينَ﴿١٧﴾
Albatta, Biz ularni bogʻ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.
وَ لَا يَسۡتَثۡنُونَ﴿١٨﴾
Va istisno qilmadilar.
فَطَافَ عَلَيۡهَا طَآئِفࣱ مِّن رَّبِّكَ وَ هُمۡ نَآئِمُونَ﴿١٩﴾
Ular uxlab yotganda, u(bogʻ)ning ustidan Robbingdan boʻlgan aylanuvchi aylanib chiqdi.
فَأَصۡبَحَتۡ كَٱلصَّرِيمِ﴿٢٠﴾
Bas, u xuddi mevasi terib olinganga oʻxshab qoldi.
فَتَنَادَوۡاْ مُصۡبِحِينَ﴿٢١﴾
Ular tong saharda bir-birlarini chaqirdilar.
أَنِ ٱغۡدُواْ عَلَىٰ حَرۡثِكُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰرِمِينَ﴿٢٢﴾
Agar teradigan boʻlsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.
فَٱنطَلَقُواْ وَ هُمۡ يَتَخَٰفَتُونَ﴿٢٣﴾
Bas, past ovoz bilan gaplashib yurib ketdilar.
أَن لَّا يَدۡخُلَنَّهَا ٱلۡيَوۡمَ عَلَيۡكُم مِّسۡكِينࣱ﴿٢٤﴾
Bugun siz boringizda u(bogʻ)ga miskin kira koʻrmasin, deb.
وَ غَدَوۡاْ عَلَىٰ حَرۡدࣲ قَٰدِرِينَ﴿٢٥﴾
Va ertalabda qasd-la, oʻzlarini qodir sezib, bordilar.
فَلَمَّا رَأَوۡهَا قَالُوٓاْ إِنَّا لَضَآلُّونَ﴿٢٦﴾
Uni koʻrganlarida, biz adashibmiz, dedilar.
بَلۡ نَحۡنُ مَحۡرُومُونَ﴿٢٧﴾
Balki biz mahrum boʻlgandirmiz, dedilar.
قَالَ أَوۡسَطُهُمۡ أَلَمۡ أَقُل لَّكُمۡ لَوۡلَا تُسَبِّحُونَ﴿٢٨﴾
Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi.
قَالُواْ سُبۡحَٰنَ رَبِّنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿٢٩﴾
Robbimiz ayblardan pok boʻldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar.
فَأَقۡبَلَ بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ يَتَلَٰوَمُونَ﴿٣٠﴾
Bas, baʼzilari baʼzilarini malomat qila boshladilar.
قَالُواْ يَٰوَيۡلَنَآ إِنَّا كُنَّا طَٰغِينَ﴿٣١﴾
«Voy, shoʻrimiz qursin, tugʻyonga ketgan ekanmiz.
عَسَىٰ رَبُّنَآ أَن يُبۡدِلَنَا خَيۡرࣰا مِّنۡهَآ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا رَٰغِبُونَ﴿٣٢﴾
Shoyad, Robbimiz uning oʻrniga undan koʻra yaxshirogʻini bersa. Biz oʻz Robbimizga ragʻbatlimiz, dedilar.
كَذَٰلِكَ ٱلۡعَذَابُ ۖ وَ لَعَذَابُ ٱلۡأٓخِرَةِ أَكۡبَرُ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿٣٣﴾
Azob shundoq boʻlur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta boʻladir.
إِنَّ لِلۡمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمۡ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿٣٤﴾
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida naʼiym jannatlari bordur.
أَفَنَجۡعَلُ ٱلۡمُسۡلِمِينَ كَٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٣٥﴾
Musulmonlarni jinoyatkorlarga oʻxshatib qoʻyarmidik?!
مَا لَكُمۡ كَيۡفَ تَحۡكُمُونَ﴿٣٦﴾
Sizlarga nima boʻldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!
أَمۡ لَكُمۡ كِتَٰبࣱ فِيهِ تَدۡرُسُونَ﴿٣٧﴾
Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan oʻqidingizmi?
إِنَّ لَكُمۡ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ﴿٣٨﴾
Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (boʻlaveradi) deyilganmi?!
أَمۡ لَكُمۡ أَيۡمَٰنٌ عَلَيۡنَا بَٰلِغَةٌ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ إِنَّ لَكُمۡ لَمَا تَحۡكُمُونَ﴿٣٩﴾
Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan vaʼdalarimiz boʻlib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu boʻladi, deyilganmi?!
سَلۡهُمۡ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ﴿٤٠﴾
Soʻra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?
أَمۡ لَهُمۡ شُرَكَآءُ فَلۡيَأۡتُواْ بِشُرَكَآئِهِمۡ إِن كَانُواْ صَٰدِقِينَ﴿٤١﴾
Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgoʻy boʻlsalar, oʻsha sheriklarini ham olib kelsinlar.
يَوۡمَ يُكۡشَفُ عَن سَاقࣲ وَ يُدۡعَوۡنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسۡتَطِيعُونَ﴿٤٢﴾
Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir boʻlmaslar.
خَٰشِعَةً أَبۡصَٰرُهُمۡ تَرۡهَقُهُمۡ ذِلَّةࣱ ۖ وَ قَدۡ كَانُواْ يُدۡعَوۡنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَ هُمۡ سَٰلِمُونَ﴿٤٣﴾
Ularning koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik oʻrab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
فَذَرۡنِي وَ مَن يُكَذِّبُ بِهَٰذَا ٱلۡحَدِيثِ ۖ سَنَسۡتَدۡرِجُهُم مِّنۡ حَيۡثُ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٤٤﴾
Bu gapni yolgʻonga chiqaruvchilarni Mening Oʻzimga qoʻyib qoʻy. Biz ularni oʻzlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
وَ أُمۡلِي لَهُمۡ ۚ إِنَّ كَيۡدِي مَتِينٌ﴿٤٥﴾
Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
أَمۡ تَسۡـَٔلُهُمۡ أَجۡرࣰا فَهُم مِّن مَّغۡرَمࣲ مُّثۡقَلُونَ﴿٤٦﴾
Yoki sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?
أَمۡ عِندَهُمُ ٱلۡغَيۡبُ فَهُمۡ يَكۡتُبُونَ﴿٤٧﴾
Yoki huzurlarida gʻoyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi?
فَٱصۡبِرۡ لِحُكۡمِ رَبِّكَ وَ لَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلۡحُوتِ إِذۡ نَادَىٰ وَ هُوَ مَكۡظُومࣱ﴿٤٨﴾
Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar gʻamga toʻlgan holda nido qilgan baliq sohibiga oʻxshama.
لَّوۡلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعۡمَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلۡعَرَآءِ وَ هُوَ مَذۡمُومࣱ﴿٤٩﴾
Agar uni Robbisining neʼmati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan boʻlardi.
فَٱجۡتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَجَعَلَهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٥٠﴾
Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.
وَ إِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَيُزۡلِقُونَكَ بِأَبۡصَٰرِهِمۡ لَمَّا سَمِعُواْ ٱلذِّكۡرَ وَ يَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجۡنُونࣱ﴿٥١﴾
Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni koʻzlari bilan toydirmoqchi boʻldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.
وَ مَا هُوَ إِلَّا ذِكۡرࣱ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿٥٢﴾
Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan oʻzga narsa emas.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Qalam. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qalam.
Mazmuni: Sura Rasulullohning yuksak axloqini himoya qiladi va qarshilik qiluvchilarning bosimini tasvirlaydi. Qalam va yozuvga qasam bilan boshlangan sura, bog‘ egalari qissasi orqali ne’matni tan olmaslik va kambag‘allarning haqqini unutish oqibatini ko‘rsatadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.