Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Hoqqa surasi

سورة الحاقة

Hoqqa surasi

Haqiqat · Ҳоққа сураси

69-sura52 oyatMakkiy29-pora

Hoqqa surasi — Qurʼoni Karimning 69-surasi. U 52 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Haqiqat» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 69:1Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡحَآقَّةُ﴿١﴾

    Al-Haaqqoh.

  2. 69:2Mushafda oʻqish ↗

    مَا ٱلۡحَآقَّةُ﴿٢﴾

    Al-Haaqqoh nima oʻzi?!

  3. 69:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا ٱلۡحَآقَّةُ﴿٣﴾

    Al-Haaqqoh nimaligini senga nima bildirdi?!

  4. 69:4Mushafda oʻqish ↗

    كَذَّبَتۡ ثَمُودُ وَ عَادُۢ بِٱلۡقَارِعَةِ﴿٤﴾

    Samud va Od qoriʼani yolgʻonga chiqarishdi.

  5. 69:5Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا ثَمُودُ فَأُهۡلِكُواْ بِٱلطَّاغِيَةِ﴿٥﴾

    Bas, ammo Samud haddan oshuvchi bilan halok qilindi.

  6. 69:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا عَادࣱ فَأُهۡلِكُواْ بِرِيحࣲ صَرۡصَرٍ عَاتِيَةࣲ﴿٦﴾

    Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar.

  7. 69:7Mushafda oʻqish ↗

    سَخَّرَهَا عَلَيۡهِمۡ سَبۡعَ لَيَالࣲ وَ ثَمَٰنِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومࣰا ۖ فَتَرَى ٱلۡقَوۡمَ فِيهَا صَرۡعَىٰ كَأَنَّهُمۡ أَعۡجَازُ نَخۡلٍ خَاوِيَةࣲ﴿٧﴾

    U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda halok boʻlib, agʻdarilib yotganini koʻrasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga oʻxsharlar.

  8. 69:8Mushafda oʻqish ↗

    فَهَلۡ تَرَىٰ لَهُم مِّنۢ بَاقِيَةࣲ﴿٨﴾

    Bas, sen ulardan birortasining boqiy qolganini koʻrasanmi?

  9. 69:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ فِرۡعَوۡنُ وَ مَن قَبۡلَهُۥ وَ ٱلۡمُؤۡتَفِكَٰتُ بِٱلۡخَاطِئَةِ﴿٩﴾

    Firʼavn, undan avvalgilar va toʻntarilganliklar xato qildilar.

  10. 69:10Mushafda oʻqish ↗

    فَعَصَوۡاْ رَسُولَ رَبِّهِمۡ فَأَخَذَهُمۡ أَخۡذَةࣰ رَّابِيَةً﴿١٠﴾

    Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy boʻldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi.

  11. 69:11Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا لَمَّا طَغَا ٱلۡمَآءُ حَمَلۡنَٰكُمۡ فِي ٱلۡجَارِيَةِ﴿١١﴾

    Albatta, Biz suv tugʻyonga kelgan paytda sizlarni kemada koʻtarganmiz.

  12. 69:12Mushafda oʻqish ↗

    لِنَجۡعَلَهَا لَكُمۡ تَذۡكِرَةࣰ وَ تَعِيَهَآ أُذُنࣱ وَٰعِيَةࣱ﴿١٢﴾

    Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun.

  13. 69:13Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ نَفۡخَةࣱ وَٰحِدَةࣱ﴿١٣﴾

    Agar dudga birgina puflash-la puflansa...

  14. 69:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ حُمِلَتِ ٱلۡأَرۡضُ وَ ٱلۡجِبَالُ فَدُكَّتَا دَكَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ﴿١٤﴾

    Va yeru togʻlar koʻtarilib, bir martagina silkitilsa...

  15. 69:15Mushafda oʻqish ↗

    فَيَوۡمَئِذࣲ وَقَعَتِ ٱلۡوَاقِعَةُ﴿١٥﴾

    Bas, oʻsha kunda, Voqiʼa voqeʼ boʻlibdir.

  16. 69:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَهِيَ يَوۡمَئِذࣲ وَاهِيَةࣱ﴿١٦﴾

    Va osmon parchalansa, bas, oʻsha kunda, u (osmon) beholdir.

  17. 69:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡمَلَكُ عَلَىٰٓ أَرۡجَآئِهَا ۚ وَ يَحۡمِلُ عَرۡشَ رَبِّكَ فَوۡقَهُمۡ يَوۡمَئِذࣲ ثَمَٰنِيَةࣱ﴿١٧﴾

    Va farishtalar uning atrofida va oʻsha kunda Robbingning arshini sakkiztasi koʻtarib turadir.

  18. 69:18Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَئِذࣲ تُعۡرَضُونَ لَا تَخۡفَىٰ مِنكُمۡ خَافِيَةࣱ﴿١٨﴾

    Bas, oʻsha kunda koʻrikdan oʻtasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydir.

  19. 69:19Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَيَقُولُ هَآؤُمُ ٱقۡرَءُواْ كِتَٰبِيَهۡ﴿١٩﴾

    Bas, kimning kitobi oʻng tarafdan berilsa, u: «Mana, mening kitobimni oʻqib koʻringlar!

  20. 69:20Mushafda oʻqish ↗

    إِنِّي ظَنَنتُ أَنِّي مُلَٰقٍ حِسَابِيَهۡ﴿٢٠﴾

    Albatta, men hisob-kitobimga yoʻliqishimga ishonardim», deydir.

  21. 69:21Mushafda oʻqish ↗

    فَهُوَ فِي عِيشَةࣲ رَّاضِيَةࣲ﴿٢١﴾

    Bas, u rozilik hayotidadir.

  22. 69:22Mushafda oʻqish ↗

    فِي جَنَّةٍ عَالِيَةࣲ﴿٢٢﴾

    Oliy jannatdadir.

  23. 69:23Mushafda oʻqish ↗

    قُطُوفُهَا دَانِيَةࣱ﴿٢٣﴾

    Uning mevalari yaqindir.

  24. 69:24Mushafda oʻqish ↗

    كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ هَنِيٓـَٔۢا بِمَآ أَسۡلَفۡتُمۡ فِي ٱلۡأَيَّامِ ٱلۡخَالِيَةِ﴿٢٤﴾

    Oʻtgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli yenglar va ichinglar, osh boʻlsin.

  25. 69:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ بِشِمَالِهِۦ فَيَقُولُ يَٰلَيۡتَنِي لَمۡ أُوتَ كِتَٰبِيَهۡ﴿٢٥﴾

    Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u: «Voy shoʻrim, koshki menga kitobim berilmasa edi.

  26. 69:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمۡ أَدۡرِ مَا حِسَابِيَهۡ﴿٢٦﴾

    Va hisob-kitob qandoqligini bilmasam edim.

  27. 69:27Mushafda oʻqish ↗

    يَٰلَيۡتَهَا كَانَتِ ٱلۡقَاضِيَةَ﴿٢٧﴾

    Qani endi, (bu dunyodagi oʻlim) oxirgisi boʻlsa edi.

  28. 69:28Mushafda oʻqish ↗

    مَآ أَغۡنَىٰ عَنِّي مَالِيَهۡۜ﴿٢٨﴾

    Molu mulkim meni saqlab qola olmadi.

  29. 69:29Mushafda oʻqish ↗

    هَلَكَ عَنِّي سُلۡطَٰنِيَهۡ﴿٢٩﴾

    Mening sultonim ham halok boʻldi», deydir.

  30. 69:30Mushafda oʻqish ↗

    خُذُوهُ فَغُلُّوهُ﴿٣٠﴾

    Tutinglar uni va kishanlanglar uni!!!

  31. 69:31Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ ٱلۡجَحِيمَ صَلُّوهُ﴿٣١﴾

    Soʻngra jahannamga solinglar uni!!!

  32. 69:32Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ فِي سِلۡسِلَةࣲ ذَرۡعُهَا سَبۡعُونَ ذِرَاعࣰا فَٱسۡلُكُوهُ﴿٣٢﴾

    Soʻngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!!!

  33. 69:33Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ كَانَ لَا يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٣٣﴾

    Chunki, u ulugʻ Allohga iymon keltirmagan edi.

  34. 69:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلۡمِسۡكِينِ﴿٣٤﴾

    Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi.

  35. 69:35Mushafda oʻqish ↗

    فَلَيۡسَ لَهُ ٱلۡيَوۡمَ هَٰهُنَا حَمِيمࣱ﴿٣٥﴾

    Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron chin doʻst yoʻq.

  36. 69:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا طَعَامٌ إِلَّا مِنۡ غِسۡلِينࣲ﴿٣٦﴾

    Va gʻisliyndan oʻzga taom ham yoʻq.

  37. 69:37Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَأۡكُلُهُۥٓ إِلَّا ٱلۡخَٰطِـُٔونَ﴿٣٧﴾

    Uni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.

  38. 69:38Mushafda oʻqish ↗

    فَلَآ أُقۡسِمُ بِمَا تُبۡصِرُونَ﴿٣٨﴾

    Sizlar koʻrib turgan narsalar bilan qasam ichurman.

  39. 69:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَا تُبۡصِرُونَ﴿٣٩﴾

    Va sizlar koʻrmaydigan narsalar bilan ham.

  40. 69:40Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ لَقَوۡلُ رَسُولࣲ كَرِيمࣲ﴿٤٠﴾

    Albatta u (Qurʼon) karamli Rasulning soʻzidir.

  41. 69:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا هُوَ بِقَوۡلِ شَاعِرࣲ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تُؤۡمِنُونَ﴿٤١﴾

    Va u shoirning soʻzi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar.

  42. 69:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا بِقَوۡلِ كَاهِنࣲ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَذَكَّرُونَ﴿٤٢﴾

    Va u folbinning soʻzi ham emas. Sizlar juda oz eslaysizlar.

  43. 69:43Mushafda oʻqish ↗

    تَنزِيلࣱ مِّن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٣﴾

    U olamlar Robbisidan tushirilgandir.

  44. 69:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ تَقَوَّلَ عَلَيۡنَا بَعۡضَ ٱلۡأَقَاوِيلِ﴿٤٤﴾

    Va agar u Bizning (nomimizdan) baʼzan yolgʻon soʻzlarni toʻqisa.

  45. 69:45Mushafda oʻqish ↗

    لَأَخَذۡنَا مِنۡهُ بِٱلۡيَمِينِ﴿٤٥﴾

    Albatta, Biz uni qudrat bilan tutamiz.

  46. 69:46Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ لَقَطَعۡنَا مِنۡهُ ٱلۡوَتِينَ﴿٤٦﴾

    Soʻngra, albatta, uning shoh tomirini kesamiz.

  47. 69:47Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا مِنكُم مِّنۡ أَحَدٍ عَنۡهُ حَٰجِزِينَ﴿٤٧﴾

    Bas, sizlardan hech kim uni toʻsib qola olmas.

  48. 69:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَتَذۡكِرَةࣱ لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٤٨﴾

    Va albatta, u (Qurʼon) taqvodorlar uchun eslatmadir.

  49. 69:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّا لَنَعۡلَمُ أَنَّ مِنكُم مُّكَذِّبِينَ﴿٤٩﴾

    Va albatta, Biz sizlarning ichingizda yolgʻonga chiqaruvchilar borligini bilib turamiz.

  50. 69:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَحَسۡرَةٌ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٥٠﴾

    Va albatta, u (Qurʼon) kofirlar uchun hasratdir.

  51. 69:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَحَقُّ ٱلۡيَقِينِ﴿٥١﴾

    Va albatta, u (Qurʼon) shubhasiz haqiqatdir.

  52. 69:52Mushafda oʻqish ↗

    فَسَبِّحۡ بِٱسۡمِ رَبِّكَ ٱلۡعَظِيمِ﴿٥٢﴾

    Bas, ulugʻ Robbingning ismini poklab yod et.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Haqqah. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — muqarrar haqiqat.

Mazmuni: Sura Haqqah — muqarrar bo‘lgan qiyomat —ni markazga qo‘yadi. Od, Samud va Fir’avn qavmlarining jazosi, amallar kitobining o‘ng yoki chap qo‘lga berilishi va Qur’onning haqiqiy vahiy ekani kuchli tasvirlar bilan bayon qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraQalam surasiKeyingi sura →Maorij surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026