سورة المعارج
Maorij surasi
Ko‘tarilish yo‘llari · Маориж сураси
Maorij surasi — Qurʼoni Karimning 70-surasi. U 44 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Ko‘tarilish yo‘llari» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
سَأَلَ سَآئِلُۢ بِعَذَابࣲ وَاقِعࣲ﴿١﴾
Soʻrovchi voqeʼ boʻluvchi azob haqida soʻradi.
لِّلۡكَٰفِرِينَ لَيۡسَ لَهُۥ دَافِعࣱ﴿٢﴾
Kofirlarga. Uni dafʼ qiluvchi yoʻqdir.
مِّنَ ٱللَّهِ ذِي ٱلۡمَعَارِجِ﴿٣﴾
U Allohdan — maʼorijlar egasidandir.
تَعۡرُجُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَ ٱلرُّوحُ إِلَيۡهِ فِي يَوۡمࣲ كَانَ مِقۡدَارُهُۥ خَمۡسِينَ أَلۡفَ سَنَةࣲ﴿٤﴾
Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil boʻlgan kunda koʻtarilur.
فَٱصۡبِرۡ صَبۡرࣰا جَمِيلًا﴿٥﴾
Bas, chiroyli sabr qil.
إِنَّهُمۡ يَرَوۡنَهُۥ بَعِيدࣰا﴿٦﴾
Albatta, ular u(qiyomat)ni uzoq deb biladir.
وَ نَرَىٰهُ قَرِيبࣰا﴿٧﴾
Va Biz uni juda yaqin deb bilurmiz.
يَوۡمَ تَكُونُ ٱلسَّمَآءُ كَٱلۡمُهۡلِ﴿٨﴾
U kunda osmon xuddi qora moy qoldiqlariga oʻxshab qoladir.
وَ تَكُونُ ٱلۡجِبَالُ كَٱلۡعِهۡنِ﴿٩﴾
Va togʻlar xuddi titilgan junga oʻxshab qoladir.
وَ لَا يَسۡـَٔلُ حَمِيمٌ حَمِيمࣰا﴿١٠﴾
Va yaqin doʻst oʻz doʻstidan soʻramaydir.
يُبَصَّرُونَهُمۡ ۚ يَوَدُّ ٱلۡمُجۡرِمُ لَوۡ يَفۡتَدِي مِنۡ عَذَابِ يَوۡمِئِذِۭ بِبَنِيهِ﴿١١﴾
Ularni koʻrib turadirlar. Gunohkor oʻsha kun azobidan qutulish uchun oʻz bolalarini ham.
وَ صَٰحِبَتِهِۦ وَ أَخِيهِ﴿١٢﴾
Va xotinini va aka-ukasini ham.
وَ فَصِيلَتِهِ ٱلَّتِي تُـٔۡوِيهِ﴿١٣﴾
Va uni oʻziga olgan qabilasini ham.
وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا ثُمَّ يُنجِيهِ﴿١٤﴾
Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni xohlaydir. Soʻngra oʻzi najot topsa.
كَلَّآ ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ﴿١٥﴾
Yoʻq! Albatta, u(jahannam) kuchli alangadur.
نَزَّاعَةࣰ لِّلشَّوَىٰ﴿١٦﴾
Boshning terisini sidirib oluvchidur.
تَدۡعُواْ مَنۡ أَدۡبَرَ وَ تَوَلَّىٰ﴿١٧﴾
U chaqiradir. Orqaga ketgan va yuz oʻgirganni.
وَ جَمَعَ فَأَوۡعَىٰٓ﴿١٨﴾
Va (molni) yigʻib, berkitganni.
إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ خُلِقَ هَلُوعًا﴿١٩﴾
Albatta, inson «haluʼ» qilib yaratilgandir.
إِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ جَزُوعࣰا﴿٢٠﴾
Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir.
وَ إِذَا مَسَّهُ ٱلۡخَيۡرُ مَنُوعًا﴿٢١﴾
Va agar yaxshilik yetsa, koʻp man qiluvchidir.
إِلَّا ٱلۡمُصَلِّينَ﴿٢٢﴾
Illo, namoz oʻquvchilargina mustasnodir.
ٱلَّذِينَ هُمۡ عَلَىٰ صَلَاتِهِمۡ دَآئِمُونَ﴿٢٣﴾
Ular namozlarida doim boʻladiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ فِيٓ أَمۡوَٰلِهِمۡ حَقࣱّ مَّعۡلُومࣱ﴿٢٤﴾
Ularning molu mulklarida maʼlum haqq bordur.
لِّلسَّآئِلِ وَ ٱلۡمَحۡرُومِ﴿٢٥﴾
Soʻrovchi va bechoralar uchundir.
وَ ٱلَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوۡمِ ٱلدِّينِ﴿٢٦﴾
Va ular qiyomat kunini tasdiqlaydiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ هُم مِّنۡ عَذَابِ رَبِّهِم مُّشۡفِقُونَ﴿٢٧﴾
Va ular oʻz Robbilari azobidan qoʻrqadiganlardir.
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمۡ غَيۡرُ مَأۡمُونࣲ﴿٢٨﴾
Albatta, Robbilarining azobidan omonlik yoʻqdir.
وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ لِفُرُوجِهِمۡ حَٰفِظُونَ﴿٢٩﴾
Va ular oʻz farjlarini saqlaydiganlardir.
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزۡوَٰجِهِمۡ أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُمۡ فَإِنَّهُمۡ غَيۡرُ مَلُومِينَ﴿٣٠﴾
Illo, oʻz xotinlari yoki mulki boʻlganlardan (saqlamasalar), albatta ular malomat qilinmasdir.
فَمَنِ ٱبۡتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡعَادُونَ﴿٣١﴾
Kimki oʻshandan oʻzgani istasa, bas, ular chegaradan chiqqanlardir.
وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ لِأَمَٰنَٰتِهِمۡ وَ عَهۡدِهِمۡ رَٰعُونَ﴿٣٢﴾
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ هُم بِشَهَٰدَٰتِهِمۡ قَآئِمُونَ﴿٣٣﴾
Va ular guvohliklarini toʻgʻri beradiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ عَلَىٰ صَلَاتِهِمۡ يُحَافِظُونَ﴿٣٤﴾
Ular namozlarini muhofaza qiladiganlardir.
أُوْلَٰٓئِكَ فِي جَنَّٰتࣲ مُّكۡرَمُونَ﴿٣٥﴾
Oʻshalar jannatlarda hurmatlanadiganlardir.
فَمَالِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ قِبَلَكَ مُهۡطِعِينَ﴿٣٦﴾
Kufr keltirganlarga ne boʻldiki, sen tomon boʻyin choʻzib shoshilmoqdalar?
عَنِ ٱلۡيَمِينِ وَ عَنِ ٱلشِّمَالِ عِزِينَ﴿٣٧﴾
Oʻng tarafdan va chap tarafdan toʻp-toʻp boʻlmoqdalar?
أَيَطۡمَعُ كُلُّ ٱمۡرِيࣲٕ مِّنۡهُمۡ أَن يُدۡخَلَ جَنَّةَ نَعِيمࣲ﴿٣٨﴾
Ulardan har bir kishi naʼiym jannatga kiritilishni tamaʼ qilurmi?
كَلَّآ ۖ إِنَّا خَلَقۡنَٰهُم مِّمَّا يَعۡلَمُونَ﴿٣٩﴾
Yoʻq! Albatta, Biz ularni oʻzlari bilgan narsadan yaratganmiz.
فَلَآ أُقۡسِمُ بِرَبِّ ٱلۡمَشَٰرِقِ وَ ٱلۡمَغَٰرِبِ إِنَّا لَقَٰدِرُونَ﴿٤٠﴾
Mashriqlar va magʻriblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz.
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ خَيۡرࣰا مِّنۡهُمۡ وَ مَا نَحۡنُ بِمَسۡبُوقِينَ﴿٤١﴾
Oʻrinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga va Biz bu ishni qilishdan ojizmasmiz.
فَذَرۡهُمۡ يَخُوضُواْ وَ يَلۡعَبُواْ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوۡمَهُمُ ٱلَّذِي يُوعَدُونَ﴿٤٢﴾
Ularni tek qoʻy. To vaʼda qilingan kunga yoʻliqqunlaricha (xohlaganlariga) shoʻngʻiyversinlar va oʻynayversinlar.
يَوۡمَ يَخۡرُجُونَ مِنَ ٱلۡأَجۡدَاثِ سِرَاعࣰا كَأَنَّهُمۡ إِلَىٰ نُصُبࣲ يُوفِضُونَ﴿٤٣﴾
U kunda xuddi sanamlar(ibodati)ga shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar.
خَٰشِعَةً أَبۡصَٰرُهُمۡ تَرۡهَقُهُمۡ ذِلَّةࣱ ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡيَوۡمُ ٱلَّذِي كَانُواْ يُوعَدُونَ﴿٤٤﴾
Koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan, oʻzlarini xorlik qoplagan holda tururlar. Bu oʻsha, ularga vaʼda qilingan kundur.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Maorij. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ko‘tarilish pog‘onalari.
Mazmuni: Sura qiyomat azobining shoshilmasligini, ammo muqarrarligini ko‘rsatadi. Insonning tabiatidagi bezovtalik, namozni doimiy tutuvchilar, molida ma’lum haqqi borlar, iffаtni saqlovchilar va omonatga rioya qiluvchilar najot topuvchi sifatida ta’riflanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.