Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Nuh surasi

سورة نوح

Nuh surasi

Nuh · Нуҳ сураси

71-sura28 oyatMakkiy29-pora

Nuh surasi — Qurʼoni Karimning 71-surasi. U 28 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 71:1Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦٓ أَنۡ أَنذِرۡ قَوۡمَكَ مِن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١﴾

    Biz Nuhni oʻz qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Paygʻambar qilib yubordik.

  2. 71:2Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰقَوۡمِ إِنِّي لَكُمۡ نَذِيرࣱ مُّبِينٌ﴿٢﴾

    U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  3. 71:3Mushafda oʻqish ↗

    أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَ ٱتَّقُوهُ وَ أَطِيعُونِ﴿٣﴾

    Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.

  4. 71:4Mushafda oʻqish ↗

    يَغۡفِرۡ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمۡ وَ يُؤَخِّرۡكُمۡ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ إِذَا جَآءَ لَا يُؤَخَّرُ ۚ لَوۡ كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٤﴾

    U sizlarning gunohlaringizdan magʻfirat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi.

  5. 71:5Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ إِنِّي دَعَوۡتُ قَوۡمِي لَيۡلࣰا وَ نَهَارࣰا﴿٥﴾

    U: «Robbim, men oʻz qavmimni kechayu kunduz daʼvat qildim.

  6. 71:6Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمۡ يَزِدۡهُمۡ دُعَآءِيٓ إِلَّا فِرَارࣰا﴿٦﴾

    Mening chaqirigʻim ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.

  7. 71:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنِّي كُلَّمَا دَعَوۡتُهُمۡ لِتَغۡفِرَ لَهُمۡ جَعَلُوٓاْ أَصَٰبِعَهُمۡ فِيٓ ءَاذَانِهِمۡ وَ ٱسۡتَغۡشَوۡاْ ثِيَابَهُمۡ وَ أَصَرُّواْ وَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ ٱسۡتِكۡبَارࣰا﴿٧﴾

    Va albatta, qachonki men ularni Sening magʻfirat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar, hamda (kofirlikda) sobit boʻldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.

  8. 71:8Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنِّي دَعَوۡتُهُمۡ جِهَارࣰا﴿٨﴾

    Soʻngra, albatta, men ularni jahriy daʼvat qildim.

  9. 71:9Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنِّيٓ أَعۡلَنتُ لَهُمۡ وَ أَسۡرَرۡتُ لَهُمۡ إِسۡرَارࣰا﴿٩﴾

    Soʻngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (daʼvat) qildim.

  10. 71:10Mushafda oʻqish ↗

    فَقُلۡتُ ٱسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّكُمۡ إِنَّهُۥ كَانَ غَفَّارࣰا﴿١٠﴾

    Bas, oʻz Robbingizga istigʻfor ayting, albatta, U gunohlarni koʻplab magʻfirat qiluvchidir», dedim.

  11. 71:11Mushafda oʻqish ↗

    يُرۡسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيۡكُم مِّدۡرَارࣰا﴿١١﴾

    «U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomgʻirini yuboradir.

  12. 71:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُمۡدِدۡكُم بِأَمۡوَٰلࣲ وَ بَنِينَ وَ يَجۡعَل لَّكُمۡ جَنَّٰتࣲ وَ يَجۡعَل لَّكُمۡ أَنۡهَٰرࣰا﴿١٢﴾

    Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bogʻu rogʻlar hamda anhorlarni beradir.

  13. 71:13Mushafda oʻqish ↗

    مَّا لَكُمۡ لَا تَرۡجُونَ لِلَّهِ وَقَارࣰا﴿١٣﴾

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohning azamatini oʻylab koʻrmaysizlar?

  14. 71:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَدۡ خَلَقَكُمۡ أَطۡوَارًا﴿١٤﴾

    Holbuki, U sizlarni holatma-holat yaratdi.

  15. 71:15Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَوۡاْ كَيۡفَ خَلَقَ ٱللَّهُ سَبۡعَ سَمَٰوَٰتࣲ طِبَاقࣰا﴿١٥﴾

    Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qoʻyganini koʻrmadingizmi?

  16. 71:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلَ ٱلۡقَمَرَ فِيهِنَّ نُورࣰا وَ جَعَلَ ٱلشَّمۡسَ سِرَاجࣰا﴿١٦﴾

    Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qoʻyganini koʻrmadingizmi?

  17. 71:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ أَنۢبَتَكُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ نَبَاتࣰا﴿١٧﴾

    Va Alloh sizlarni yerdan oʻstirib chiqaradir.

  18. 71:18Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ يُعِيدُكُمۡ فِيهَا وَ يُخۡرِجُكُمۡ إِخۡرَاجࣰا﴿١٨﴾

    Soʻngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir.

  19. 71:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ بِسَاطࣰا﴿١٩﴾

    Va Alloh sizlarga yerni gilamdek toʻshab qoʻydi.

  20. 71:20Mushafda oʻqish ↗

    لِّتَسۡلُكُواْ مِنۡهَا سُبُلࣰا فِجَاجࣰا﴿٢٠﴾

    Unda siz keng yoʻllardan yurishingiz uchun», dedi.

  21. 71:21Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ نُوحࣱ رَّبِّ إِنَّهُمۡ عَصَوۡنِي وَ ٱتَّبَعُواْ مَن لَّمۡ يَزِدۡهُ مَالُهُۥ وَ وَلَدُهُۥٓ إِلَّا خَسَارࣰا﴿٢١﴾

    Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.

  22. 71:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَكَرُواْ مَكۡرࣰا كُبَّارࣰا﴿٢٢﴾

    Va nihoyatda ulkan makr qildilar.

  23. 71:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ لَا تَذَرُنَّ ءَالِهَتَكُمۡ وَ لَا تَذَرُنَّ وَدࣰّا وَ لَا سُوَاعࣰا وَ لَا يَغُوثَ وَ يَعُوقَ وَ نَسۡرࣰا﴿٢٣﴾

    Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suvaʼni ham, Yagʻusni ham, Yaʼuqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar.

  24. 71:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَدۡ أَضَلُّواْ كَثِيرࣰا ۖ وَ لَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا ضَلَٰلࣰا﴿٢٤﴾

    Darhaqiqat, ular koʻplarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi.

  25. 71:25Mushafda oʻqish ↗

    مِّمَّا خَطِيٓـَٰٔتِهِمۡ أُغۡرِقُواْ فَأُدۡخِلُواْ نَارࣰا فَلَمۡ يَجِدُواْ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَنصَارࣰا﴿٢٥﴾

    Ular xatolari tufayli gʻarq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, oʻzlariga Allohdan oʻzga yordamchi topa olmadilar.

  26. 71:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ نُوحࣱ رَّبِّ لَا تَذَرۡ عَلَى ٱلۡأَرۡضِ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ دَيَّارًا﴿٢٦﴾

    Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qoʻymagin.

  27. 71:27Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّكَ إِن تَذَرۡهُمۡ يُضِلُّواْ عِبَادَكَ وَ لَا يَلِدُوٓاْ إِلَّا فَاجِرࣰا كَفَّارࣰا﴿٢٧﴾

    Albatta, sen ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tugʻmaslar.

  28. 71:28Mushafda oʻqish ↗

    رَّبِّ ٱغۡفِرۡ لِي وَ لِوَٰلِدَيَّ وَ لِمَن دَخَلَ بَيۡتِيَ مُؤۡمِنࣰا وَ لِلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ۖ وَ لَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارَۢا﴿٢٨﴾

    Robbim, meni magʻfirat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga moʻmin boʻlib kirganlarni va moʻminlaru moʻminalarni ham. Va zolimlarga halokatdan oʻzga narsani ziyoda qilma», dedi.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Nuh. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — nuh payg‘ambar.

Mazmuni: Sura Nuh alayhissalomning qavmini uzoq vaqt davomida tavhidga chaqirganini hikoya qiladi. Kechirim so‘rashga da’vat, osmon-yerdagi ne’matlar, insonning yaratilishi va qavmning butparastligi orqali payg‘ambarlarning sabri va da’vatning mas’uliyati ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraMaorij surasiKeyingi sura →Jin surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026