Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Voqea surasi

سورة الواقعة

Voqea surasi

Muqarrar voqea · Воқеа сураси

56-sura96 oyatMakkiy27-pora

Voqea surasi — Qurʼoni Karimning 56-surasi. U 96 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Muqarrar voqea» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

Boshqacha nomlari: Voqea surasi · Al-Voqea

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 56:1Mushafda oʻqish ↗

    إِذَا وَقَعَتِ ٱلۡوَاقِعَةُ﴿١﴾

    Voqiʼa voqeʼ boʻlganda.

  2. 56:2Mushafda oʻqish ↗

    لَيۡسَ لِوَقۡعَتِهَا كَاذِبَةٌ﴿٢﴾

    Uning voqeʼ boʻlishini yolgʻonga chiqaruvchi (jon) yoʻqdir.

  3. 56:3Mushafda oʻqish ↗

    خَافِضَةࣱ رَّافِعَةٌ﴿٣﴾

    U, ham pastlatuvchi, ham koʻtaruvchidir.

  4. 56:4Mushafda oʻqish ↗

    إِذَا رُجَّتِ ٱلۡأَرۡضُ رَجࣰّا﴿٤﴾

    Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda.

  5. 56:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ بُسَّتِ ٱلۡجِبَالُ بَسࣰّا﴿٥﴾

    Va togʻlar maydalanib titilganda.

  6. 56:6Mushafda oʻqish ↗

    فَكَانَتۡ هَبَآءࣰ مُّنۢبَثࣰّا﴿٦﴾

    Bas, tarqalgan chang-toʻzonga aylanganda.

  7. 56:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ كُنتُمۡ أَزۡوَٰجࣰا ثَلَٰثَةࣰ﴿٧﴾

    Va siz uch toifa boʻlganingizda.

  8. 56:8Mushafda oʻqish ↗

    فَأَصۡحَٰبُ ٱلۡمَيۡمَنَةِ مَآ أَصۡحَٰبُ ٱلۡمَيۡمَنَةِ﴿٨﴾

    Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!

  9. 56:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡمَشۡـَٔمَةِ مَآ أَصۡحَٰبُ ٱلۡمَشۡـَٔمَةِ﴿٩﴾

    Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!

  10. 56:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّٰبِقُونَ ٱلسَّٰبِقُونَ﴿١٠﴾

    Va peshqadamlar, peshqadamlar.

  11. 56:11Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلۡمُقَرَّبُونَ﴿١١﴾

    Ular (Allohga) yaqin boʻlganlar.

  12. 56:12Mushafda oʻqish ↗

    فِي جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿١٢﴾

    Serneʼmat jannatlardadirlar.

  13. 56:13Mushafda oʻqish ↗

    ثُلَّةࣱ مِّنَ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٣﴾

    Avvalgilardan koʻpchilik.

  14. 56:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَلِيلࣱ مِّنَ ٱلۡأٓخِرِينَ﴿١٤﴾

    Va oxirgilardan ozchilik.

  15. 56:15Mushafda oʻqish ↗

    عَلَىٰ سُرُرࣲ مَّوۡضُونَةࣲ﴿١٥﴾

    Toʻqima soʻrilardadirlar.

  16. 56:16Mushafda oʻqish ↗

    مُّتَّكِـِٔينَ عَلَيۡهَا مُتَقَٰبِلِينَ﴿١٦﴾

    Bir-birlariga roʻbaroʻ boʻlib yonboshlagan holdadirlar.

  17. 56:17Mushafda oʻqish ↗

    يَطُوفُ عَلَيۡهِمۡ وِلۡدَٰنࣱ مُّخَلَّدُونَ﴿١٧﴾

    Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.

  18. 56:18Mushafda oʻqish ↗

    بِأَكۡوَابࣲ وَ أَبَارِيقَ وَ كَأۡسࣲ مِّن مَّعِينࣲ﴿١٨﴾

    Oqar chashma mayi toʻlatilgan qadahlar, koʻzalar va kosalar bilan.

  19. 56:19Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يُصَدَّعُونَ عَنۡهَا وَ لَا يُنزِفُونَ﴿١٩﴾

    Undan bosh ogʻrigʻi ham, mast ham boʻlmaslar.

  20. 56:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ فَٰكِهَةࣲ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ﴿٢٠﴾

    Va xohlagan mevalarini olib.

  21. 56:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَحۡمِ طَيۡرࣲ مِّمَّا يَشۡتَهُونَ﴿٢١﴾

    Ishtahalari tusagan qush goʻshtini olib (aylanib yurarlar).

  22. 56:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ حُورٌ عِينࣱ﴿٢٢﴾

    Yana, koʻzi goʻzal hurlar bor.

  23. 56:23Mushafda oʻqish ↗

    كَأَمۡثَٰلِ ٱللُّؤۡلُوِٕ ٱلۡمَكۡنُونِ﴿٢٣﴾

    Misoli yashirilgan dur kabi.

  24. 56:24Mushafda oʻqish ↗

    جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٢٤﴾

    Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur.

  25. 56:25Mushafda oʻqish ↗

    لَا يَسۡمَعُونَ فِيهَا لَغۡوࣰا وَ لَا تَأۡثِيمًا﴿٢٥﴾

    Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(soʻz)larni eshitmaslar.

  26. 56:26Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا قِيلࣰا سَلَٰمࣰا سَلَٰمࣰا﴿٢٦﴾

    Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar).

  27. 56:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡيَمِينِ مَآ أَصۡحَٰبُ ٱلۡيَمِينِ﴿٢٧﴾

    Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari nedir?!

  28. 56:28Mushafda oʻqish ↗

    فِي سِدۡرࣲ مَّخۡضُودࣲ﴿٢٨﴾

    Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar.

  29. 56:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ طَلۡحࣲ مَّنضُودࣲ﴿٢٩﴾

    Sermeva bananzorlardadirlar.

  30. 56:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ ظِلࣲّ مَّمۡدُودࣲ﴿٣٠﴾

    Va yoyilgan soyalardadirlar.

  31. 56:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآءࣲ مَّسۡكُوبࣲ﴿٣١﴾

    Oqar suvlardadirlar.

  32. 56:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ فَٰكِهَةࣲ كَثِيرَةࣲ﴿٣٢﴾

    Serob mevalardadirlar.

  33. 56:33Mushafda oʻqish ↗

    لَّا مَقۡطُوعَةࣲ وَ لَا مَمۡنُوعَةࣲ﴿٣٣﴾

    Tugamaydigan va man qilinmaydigan.

  34. 56:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ فُرُشࣲ مَّرۡفُوعَةٍ﴿٣٤﴾

    Koʻtarilgan koʻrpachalardadirlar.

  35. 56:35Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَنشَأۡنَٰهُنَّ إِنشَآءࣰ﴿٣٥﴾

    Albatta, Biz u(hur)larni dafʼatan, xos qilib, yaratdik.

  36. 56:36Mushafda oʻqish ↗

    فَجَعَلۡنَٰهُنَّ أَبۡكَارًا﴿٣٦﴾

    Bas, ularni bokira qizlar qilib qoʻydik.

  37. 56:37Mushafda oʻqish ↗

    عُرُبًا أَتۡرَابࣰا﴿٣٧﴾

    Bir xildagi tengdosh mahbubalar.

  38. 56:38Mushafda oʻqish ↗

    لِّأَصۡحَٰبِ ٱلۡيَمِينِ﴿٣٨﴾

    Oʻng taraf egalari uchun.

  39. 56:39Mushafda oʻqish ↗

    ثُلَّةࣱ مِّنَ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٣٩﴾

    Ular avvalgilardan koʻpgina jamoatlardir.

  40. 56:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ ثُلَّةࣱ مِّنَ ٱلۡأٓخِرِينَ﴿٤٠﴾

    Keyingilardan ham koʻpgina jamoatlardir.

  41. 56:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَصۡحَٰبُ ٱلشِّمَالِ مَآ أَصۡحَٰبُ ٱلشِّمَالِ﴿٤١﴾

    Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!

  42. 56:42Mushafda oʻqish ↗

    فِي سَمُومࣲ وَ حَمِيمࣲ﴿٤٢﴾

    Ular oʻt shamol va qaynoq suvdadirlar.

  43. 56:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ ظِلࣲّ مِّن يَحۡمُومࣲ﴿٤٣﴾

    Qop-qora tutun soyasidadirlar.

  44. 56:44Mushafda oʻqish ↗

    لَّا بَارِدࣲ وَ لَا كَرِيمٍ﴿٤٤﴾

    Na salqin emas va na foydali.

  45. 56:45Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَبۡلَ ذَٰلِكَ مُتۡرَفِينَ﴿٤٥﴾

    Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar.

  46. 56:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانُواْ يُصِرُّونَ عَلَى ٱلۡحِنثِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٤٦﴾

    Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar.

  47. 56:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانُواْ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتۡنَا وَ كُنَّا تُرَابࣰا وَ عِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبۡعُوثُونَ﴿٤٧﴾

    Va: «Biz oʻlib, tuproq va suyak boʻlsak ham, qayta tiriltirilamizmi?

  48. 56:48Mushafda oʻqish ↗

    أَوَءَابَآؤُنَا ٱلۡأَوَّلُونَ﴿٤٨﴾

    Avval oʻtgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar.

  49. 56:49Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنَّ ٱلۡأَوَّلِينَ وَ ٱلۡأٓخِرِينَ﴿٤٩﴾

    Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.

  50. 56:50Mushafda oʻqish ↗

    لَمَجۡمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَٰتِ يَوۡمࣲ مَّعۡلُومࣲ﴿٥٠﴾

    Maʼlum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, toʻplanuvchidirlar».

  51. 56:51Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنَّكُمۡ أَيُّهَا ٱلضَّآلُّونَ ٱلۡمُكَذِّبُونَ﴿٥١﴾

    Soʻngra, siz, ey adashganlar, yolgʻonga chiqaruvchilar.

  52. 56:52Mushafda oʻqish ↗

    لَأٓكِلُونَ مِن شَجَرࣲ مِّن زَقُّومࣲ﴿٥٢﴾

    Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.

  53. 56:53Mushafda oʻqish ↗

    فَمَالِـُٔونَ مِنۡهَا ٱلۡبُطُونَ﴿٥٣﴾

    Bas, undan qorinlarni toʻldiruvchisizlar.

  54. 56:54Mushafda oʻqish ↗

    فَشَٰرِبُونَ عَلَيۡهِ مِنَ ٱلۡحَمِيمِ﴿٥٤﴾

    Bas, ustidan oʻta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.

  55. 56:55Mushafda oʻqish ↗

    فَشَٰرِبُونَ شُرۡبَ ٱلۡهِيمِ﴿٥٥﴾

    Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.

  56. 56:56Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا نُزُلُهُمۡ يَوۡمَ ٱلدِّينِ﴿٥٦﴾

    Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!

  57. 56:57Mushafda oʻqish ↗

    نَحۡنُ خَلَقۡنَٰكُمۡ فَلَوۡلَا تُصَدِّقُونَ﴿٥٧﴾

    Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!

  58. 56:58Mushafda oʻqish ↗

    أَفَرَءَيۡتُم مَّا تُمۡنُونَ﴿٥٨﴾

    Oʻzingiz chiqaradigan maniyni oʻylab koʻring-a!

  59. 56:59Mushafda oʻqish ↗

    ءَأَنتُمۡ تَخۡلُقُونَهُۥٓ أَمۡ نَحۡنُ ٱلۡخَٰلِقُونَ﴿٥٩﴾

    Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!

  60. 56:60Mushafda oʻqish ↗

    نَحۡنُ قَدَّرۡنَا بَيۡنَكُمُ ٱلۡمَوۡتَ وَ مَا نَحۡنُ بِمَسۡبُوقِينَ﴿٦٠﴾

    Orangizdagi oʻlimni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.

  61. 56:61Mushafda oʻqish ↗

    عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمۡثَٰلَكُمۡ وَ نُنشِئَكُمۡ فِي مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٦١﴾

    Sizning oʻrningizga sizga oʻxshashlarni almashtirishdan va sizlarni oʻzingiz bilmaydigan holda yaratishdan.

  62. 56:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ عَلِمۡتُمُ ٱلنَّشۡأَةَ ٱلۡأُولَىٰ فَلَوۡلَا تَذَكَّرُونَ﴿٦٢﴾

    Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!

  63. 56:63Mushafda oʻqish ↗

    أَفَرَءَيۡتُم مَّا تَحۡرُثُونَ﴿٦٣﴾

    Oʻzingiz ekayotgan narsani oʻylab koʻring-a!

  64. 56:64Mushafda oʻqish ↗

    ءَأَنتُمۡ تَزۡرَعُونَهُۥٓ أَمۡ نَحۡنُ ٱلزَّٰرِعُونَ﴿٦٤﴾

    Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?

  65. 56:65Mushafda oʻqish ↗

    لَوۡ نَشَآءُ لَجَعَلۡنَٰهُ حُطَٰمࣰا فَظَلۡتُمۡ تَفَكَّهُونَ﴿٦٥﴾

    Agar xohlasak, Biz uni quruq choʻpga aylantirib qoʻyamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:

  66. 56:66Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا لَمُغۡرَمُونَ﴿٦٦﴾

    «Albatta, biz ziyon koʻrganlarmiz.

  67. 56:67Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ نَحۡنُ مَحۡرُومُونَ﴿٦٧﴾

    Balki, mahrum boʻlganlarmiz, (deysizlar).

  68. 56:68Mushafda oʻqish ↗

    أَفَرَءَيۡتُمُ ٱلۡمَآءَ ٱلَّذِي تَشۡرَبُونَ﴿٦٨﴾

    Oʻzingiz ichadigan suvni oʻylab koʻring-a!

  69. 56:69Mushafda oʻqish ↗

    ءَأَنتُمۡ أَنزَلۡتُمُوهُ مِنَ ٱلۡمُزۡنِ أَمۡ نَحۡنُ ٱلۡمُنزِلُونَ﴿٦٩﴾

    Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi?

  70. 56:70Mushafda oʻqish ↗

    لَوۡ نَشَآءُ جَعَلۡنَٰهُ أُجَاجࣰا فَلَوۡلَا تَشۡكُرُونَ﴿٧٠﴾

    Agar xohlasak, Biz uni shoʻr qilib qoʻyamiz. Shukr qilsangiz-chi!

  71. 56:71Mushafda oʻqish ↗

    أَفَرَءَيۡتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِي تُورُونَ﴿٧١﴾

    Oʻzingiz yoqadigan olovni oʻylab koʻring-a!

  72. 56:72Mushafda oʻqish ↗

    ءَأَنتُمۡ أَنشَأۡتُمۡ شَجَرَتَهَآ أَمۡ نَحۡنُ ٱلۡمُنشِـُٔونَ﴿٧٢﴾

    Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?

  73. 56:73Mushafda oʻqish ↗

    نَحۡنُ جَعَلۡنَٰهَا تَذۡكِرَةࣰ وَ مَتَٰعࣰا لِّلۡمُقۡوِينَ﴿٧٣﴾

    Biz u(olov)ni eslatma va yoʻlovchilar uchun manfaat qilib qoʻydik.

  74. 56:74Mushafda oʻqish ↗

    فَسَبِّحۡ بِٱسۡمِ رَبِّكَ ٱلۡعَظِيمِ﴿٧٤﴾

    Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et!

  75. 56:75Mushafda oʻqish ↗

    فَلَآ أُقۡسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ﴿٧٥﴾

    Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman.

  76. 56:76Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَقَسَمࣱ لَّوۡ تَعۡلَمُونَ عَظِيمٌ﴿٧٦﴾

    Albatta, agar bilsangiz, bu ulugʻ qasamdir.

  77. 56:77Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ لَقُرۡءَانࣱ كَرِيمࣱ﴿٧٧﴾

    Albatta, u Qurʼoni Karimdir.

  78. 56:78Mushafda oʻqish ↗

    فِي كِتَٰبࣲ مَّكۡنُونࣲ﴿٧٨﴾

    U Saqlangan kitobdadir.

  79. 56:79Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلۡمُطَهَّرُونَ﴿٧٩﴾

    Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.

  80. 56:80Mushafda oʻqish ↗

    تَنزِيلࣱ مِّن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٨٠﴾

    U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir.

  81. 56:81Mushafda oʻqish ↗

    أَفَبِهَٰذَا ٱلۡحَدِيثِ أَنتُم مُّدۡهِنُونَ﴿٨١﴾

    Bas, sizlar mana shu soʻzga beparvolik qilasizlarmi?

  82. 56:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَجۡعَلُونَ رِزۡقَكُمۡ أَنَّكُمۡ تُكَذِّبُونَ﴿٨٢﴾

    Va yolgʻonga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?

  83. 56:83Mushafda oʻqish ↗

    فَلَوۡلَآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلۡحُلۡقُومَ﴿٨٣﴾

    Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?

  84. 56:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنتُمۡ حِينَئِذࣲ تَنظُرُونَ﴿٨٤﴾

    Holbuki, oʻsha vaqtda oʻzlaringiz qarab turgan boʻlasizlar.

  85. 56:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَحۡنُ أَقۡرَبُ إِلَيۡهِ مِنكُمۡ وَ لَٰكِن لَّا تُبۡصِرُونَ﴿٨٥﴾

    Biz esa, sizdan koʻra unga yaqinmiz, ammo sizlar koʻrmaysizlar.

  86. 56:86Mushafda oʻqish ↗

    فَلَوۡلَآ إِن كُنتُمۡ غَيۡرَ مَدِينِينَ﴿٨٦﴾

    Agar siz hisob bermaydigan boʻlsangiz.

  87. 56:87Mushafda oʻqish ↗

    تَرۡجِعُونَهَآ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٨٧﴾

    U(jon)ni oʻrniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost boʻlsa.

  88. 56:88Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلۡمُقَرَّبِينَ﴿٨٨﴾

    Agar yaqinlashtirilganlardan boʻlsa.

  89. 56:89Mushafda oʻqish ↗

    فَرَوۡحࣱ وَ رَيۡحَانࣱ وَ جَنَّتُ نَعِيمࣲ﴿٨٩﴾

    Rohatda, farogʻatda va serneʼmat jannatdadir.

  90. 56:90Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّآ إِن كَانَ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلۡيَمِينِ﴿٩٠﴾

    Agar oʻng taraf egalaridan boʻlsa.

  91. 56:91Mushafda oʻqish ↗

    فَسَلَٰمࣱ لَّكَ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلۡيَمِينِ﴿٩١﴾

    Bas, senga oʻng taraf egalaridan Salom boʻlsin, (deyilur).

  92. 56:92Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلۡمُكَذِّبِينَ ٱلضَّآلِّينَ﴿٩٢﴾

    Va agar yolgʻonga chiqaruvchi gumrohlardan boʻlsa.

  93. 56:93Mushafda oʻqish ↗

    فَنُزُلࣱ مِّنۡ حَمِيمࣲ﴿٩٣﴾

    Bas, oʻta qaynoq suvdan ziyofat.

  94. 56:94Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَصۡلِيَةُ جَحِيمٍ﴿٩٤﴾

    Va doʻzaxga kirishdir.

  95. 56:95Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ حَقُّ ٱلۡيَقِينِ﴿٩٥﴾

    Albatta, ushbu, taʼkidki, ochiq-oydin haqiqatdir.

  96. 56:96Mushafda oʻqish ↗

    فَسَبِّحۡ بِٱسۡمِ رَبِّكَ ٱلۡعَظِيمِ﴿٩٦﴾

    Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Voqe’a. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sodir bo‘luvchi voqea.

Mazmuni: Sura qiyomat kuni odamlarning uch toifaga ajralishini batafsil tasvirlaydi. O‘ng tomon egalari, chap tomon egalari va oldinga o‘tganlar uchun oqibatlar bayon qilinib, insonni o‘z amallari va hayotdagi yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraRahmon surasiKeyingi sura →Hadid surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026