Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Hadid surasi

سورة الحديد

Hadid surasi

Temir · Ҳадид сураси

57-sura29 oyatMadaniy27-pora

Hadid surasi — Qurʼoni Karimning 57-surasi. U 29 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Temir» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 57:1Mushafda oʻqish ↗

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١﴾

    Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir.

  2. 57:2Mushafda oʻqish ↗

    لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿٢﴾

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va oʻldirur va U har bir narsaga qodirdir.

  3. 57:3Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلۡأَوَّلُ وَ ٱلۡأٓخِرُ وَ ٱلظَّٰهِرُ وَ ٱلۡبَاطِنُ ۖ وَ هُوَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٌ﴿٣﴾

    U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir.

  4. 57:4Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ يَعۡلَمُ مَا يَلِجُ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا يَخۡرُجُ مِنۡهَا وَ مَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَ مَا يَعۡرُجُ فِيهَا ۖ وَ هُوَ مَعَكُمۡ أَيۡنَ مَا كُنتُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿٤﴾

    U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda boʻlsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.

  5. 57:5Mushafda oʻqish ↗

    لَّهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿٥﴾

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning Oʻzigagina qaytadir.

  6. 57:6Mushafda oʻqish ↗

    يُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَ يُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ ۚ وَ هُوَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٦﴾

    Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U koʻksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.

  7. 57:7Mushafda oʻqish ↗

    ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ أَنفِقُواْ مِمَّا جَعَلَكُم مُّسۡتَخۡلَفِينَ فِيهِ ۖ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَ أَنفَقُواْ لَهُمۡ أَجۡرࣱ كَبِيرࣱ﴿٧﴾

    Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.

  8. 57:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَكُمۡ لَا تُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلرَّسُولُ يَدۡعُوكُمۡ لِتُؤۡمِنُواْ بِرَبِّكُمۡ وَ قَدۡ أَخَذَ مِيثَٰقَكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٨﴾

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Paygʻambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi boʻlsalaringiz.

  9. 57:9Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبۡدِهِۦٓ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ لِّيُخۡرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُمۡ لَرَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿٩﴾

    U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun Oʻz bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir.

  10. 57:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَكُمۡ أَلَّا تُنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ لِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ لَا يَسۡتَوِي مِنكُم مَّنۡ أَنفَقَ مِن قَبۡلِ ٱلۡفَتۡحِ وَ قَٰتَلَ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَعۡظَمُ دَرَجَةࣰ مِّنَ ٱلَّذِينَ أَنفَقُواْ مِنۢ بَعۡدُ وَ قَٰتَلُواْ ۚ وَ كُلࣰّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿١٠﴾

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar boʻla olmas. Ularning darajalari fathdan soʻng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan koʻra ulugʻdir. Alloh barchaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.

  11. 57:11Mushafda oʻqish ↗

    مَّن ذَا ٱلَّذِي يُقۡرِضُ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥ وَ لَهُۥٓ أَجۡرࣱ كَرِيمࣱ﴿١١﴾

    Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta koʻpaytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor.

  12. 57:12Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ تَرَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ يَسۡعَىٰ نُورُهُم بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ بِأَيۡمَٰنِهِم ۖ بُشۡرَىٰكُمُ ٱلۡيَوۡمَ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿١٢﴾

    Moʻmin va moʻminalarni ularning oldilarida va oʻng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda koʻrgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).

  13. 57:13Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ يَقُولُ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقَٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱنظُرُونَا نَقۡتَبِسۡ مِن نُّورِكُمۡ قِيلَ ٱرۡجِعُواْ وَرَآءَكُمۡ فَٱلۡتَمِسُواْ نُورࣰا ۖ فَضُرِبَ بَيۡنَهُم بِسُورࣲ لَّهُۥ بَابُۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحۡمَةُ وَ ظَٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلۡعَذَابُ﴿١٣﴾

    Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «Toʻxtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qoʻrgʻon urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir.

  14. 57:14Mushafda oʻqish ↗

    يُنَادُونَهُمۡ أَلَمۡ نَكُن مَّعَكُمۡ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ وَ لَٰكِنَّكُمۡ فَتَنتُمۡ أَنفُسَكُمۡ وَ تَرَبَّصۡتُمۡ وَ ٱرۡتَبۡتُمۡ وَ غَرَّتۡكُمُ ٱلۡأَمَانِيُّ حَتَّىٰ جَآءَ أَمۡرُ ٱللَّهِ وَ غَرَّكُم بِٱللَّهِ ٱلۡغَرُورُ﴿١٤﴾

    Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha oʻzingizni oʻzingiz fitnaga duchor qildingiz, koʻz tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar gʻururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qoʻydi.

  15. 57:15Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡيَوۡمَ لَا يُؤۡخَذُ مِنكُمۡ فِدۡيَةࣱ وَ لَا مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ مَأۡوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ ۖ هِيَ مَوۡلَىٰكُمۡ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٥﴾

    Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham toʻlov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar.

  16. 57:16Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ يَأۡنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن تَخۡشَعَ قُلُوبُهُمۡ لِذِكۡرِ ٱللَّهِ وَ مَا نَزَلَ مِنَ ٱلۡحَقِّ وَ لَا يَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلُ فَطَالَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡأَمَدُ فَقَسَتۡ قُلُوبُهُمۡ ۖ وَ كَثِيرࣱ مِّنۡهُمۡ فَٰسِقُونَ﴿١٦﴾

    Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa qalblari yumshash, ayni chogʻda, oldin kitob berilgan, soʻng muddat oʻtishi bilan qalblari qotib qolgan, koʻplari fosiq boʻlganlarga oʻxshamaslik vaqti kelmadimi?!

  17. 57:17Mushafda oʻqish ↗

    ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يُحۡيِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَا ۚ قَدۡ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿١٧﴾

    Shuni bilinglarki, albatta Alloh oʻlik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.

  18. 57:18Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُصَّدِّقِينَ وَ ٱلۡمُصَّدِّقَٰتِ وَ أَقۡرَضُواْ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا يُضَٰعَفُ لَهُمۡ وَ لَهُمۡ أَجۡرࣱ كَرِيمࣱ﴿١٨﴾

    Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) koʻpaytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor.

  19. 57:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصِّدِّيقُونَ ۖ وَ ٱلشُّهَدَآءُ عِندَ رَبِّهِمۡ لَهُمۡ أَجۡرُهُمۡ وَ نُورُهُمۡ ۖ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَحِيمِ﴿١٩﴾

    Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana oʻshalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan kishilar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir.

  20. 57:20Mushafda oʻqish ↗

    ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا لَعِبࣱ وَ لَهۡوࣱ وَ زِينَةࣱ وَ تَفَاخُرُۢ بَيۡنَكُمۡ وَ تَكَاثُرࣱ فِي ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَ ٱلۡأَوۡلَٰدِ ۖ كَمَثَلِ غَيۡثٍ أَعۡجَبَ ٱلۡكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصۡفَرࣰّا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمࣰا ۖ وَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابࣱ شَدِيدࣱ وَ مَغۡفِرَةࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَ رِضۡوَٰنࣱ ۚ وَ مَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلۡغُرُورِ﴿٢٠﴾

    Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti oʻyin, koʻngil ermagi va zeb-ziynatdan, oʻzaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani koʻpaytirishdan iboratdir. U, xuddi, oʻsimligi dehqonlarni ajablantirgan yomgʻirga oʻxshaydir. Keyinroq bu oʻsimliklar quriydi va sargʻayganini koʻrasan. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan magʻfirat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti gʻururga ketkazuvchi matodan oʻzga hech narsa emas.

  21. 57:21Mushafda oʻqish ↗

    سَابِقُوٓاْ إِلَىٰ مَغۡفِرَةࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ جَنَّةٍ عَرۡضُهَا كَعَرۡضِ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ أُعِدَّتۡ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ فَضۡلُ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٢١﴾

    Robbingizning magʻfiratiga va Allohga hamda Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha boʻlgan jannatga musobaqalashing. Ana oʻsha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

  22. 57:22Mushafda oʻqish ↗

    مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فِيٓ أَنفُسِكُمۡ إِلَّا فِي كِتَٰبࣲ مِّن قَبۡلِ أَن نَّبۡرَأَهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣱ﴿٢٢﴾

    Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan boʻlur, aks holda, yer yuzida va oʻz shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.

  23. 57:23Mushafda oʻqish ↗

    لِّكَيۡلَا تَأۡسَوۡاْ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمۡ وَ لَا تَفۡرَحُواْ بِمَآ ءَاتَىٰكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخۡتَالࣲ فَخُورٍ﴿٢٣﴾

    Toki, ketgan narsaga qaygʻurib, kelgan narsadan xursand boʻlmasligingiz uchun. Alloh barcha dimogʻdor va maqtanchoqlarni suymas.

  24. 57:24Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَبۡخَلُونَ وَ يَأۡمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلۡبُخۡلِ ۗ وَ مَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡغَنِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿٢٤﴾

    Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz oʻgirsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.

  25. 57:25Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا رُسُلَنَا بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ أَنزَلۡنَا مَعَهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلۡقِسۡطِ ۖ وَ أَنزَلۡنَا ٱلۡحَدِيدَ فِيهِ بَأۡسࣱ شَدِيدࣱ وَ مَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَ لِيَعۡلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَ رُسُلَهُۥ بِٱلۡغَيۡبِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزࣱ﴿٢٥﴾

    Darhaqiqat, Biz Paygʻambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim Oʻziga va Paygʻambarlariga gʻoyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.

  26. 57:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحࣰا وَ إِبۡرَٰهِيمَ وَ جَعَلۡنَا فِي ذُرِّيَّتِهِمَا ٱلنُّبُوَّةَ وَ ٱلۡكِتَٰبَ ۖ فَمِنۡهُم مُّهۡتَدࣲ ۖ وَ كَثِيرࣱ مِّنۡهُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٢٦﴾

    Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Paygʻambar qilib yubordik hamda Paygʻambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning koʻplari fosiqlardir.

  27. 57:27Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ قَفَّيۡنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِرُسُلِنَا وَ قَفَّيۡنَا بِعِيسَى ٱبۡنِ مَرۡيَمَ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ ٱلۡإِنجِيلَ ۖ وَ جَعَلۡنَا فِي قُلُوبِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ رَأۡفَةࣰ وَ رَحۡمَةࣰ ۚ وَ رَهۡبَانِيَّةً ٱبۡتَدَعُوهَا مَا كَتَبۡنَٰهَا عَلَيۡهِمۡ إِلَّا ٱبۡتِغَآءَ رِضۡوَٰنِ ٱللَّهِ فَمَا رَعَوۡهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَـَٔاتَيۡنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنۡهُمۡ أَجۡرَهُمۡ ۖ وَ كَثِيرࣱ مِّنۡهُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٢٧﴾

    Soʻngra ularning ortidan Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni oʻzlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat oʻzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning koʻpi fosiqlardir.

  28. 57:28Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ءَامِنُواْ بِرَسُولِهِۦ يُؤۡتِكُمۡ كِفۡلَيۡنِ مِن رَّحۡمَتِهِۦ وَ يَجۡعَل لَّكُمۡ نُورࣰا تَمۡشُونَ بِهِۦ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygʻambariga iymon keltiringlar. U zot Oʻz rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni magʻfirat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.

  29. 57:29Mushafda oʻqish ↗

    لِّئَلَّا يَعۡلَمَ أَهۡلُ ٱلۡكِتَٰبِ أَلَّا يَقۡدِرُونَ عَلَىٰ شَيۡءࣲ مِّن فَضۡلِ ٱللَّهِ وَ أَنَّ ٱلۡفَضۡلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٢٩﴾

    Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qoʻlida boʻlib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Hadid. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — temir.

Mazmuni: Sura dunyo moli va vaqtinchalik ziynatga berilmasdan, imon va ehsonni ustun qo‘yishga chaqiradi. Temirning kuchi, sadaqa, molni Alloh yo‘lida sarflash va qattiq qalblardan saqlanish haqida so‘z yuritilib, adolat va rahmat muvozanati ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraVoqea surasiKeyingi sura →Mujodala surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026