سورة المجادلة
Mujodala surasi
Tortishuvchi ayol · Мужодала сураси
Mujodala surasi — Qurʼoni Karimning 58-surasi. U 22 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Tortishuvchi ayol» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
قَدۡ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوۡلَ ٱلَّتِي تُجَٰدِلُكَ فِي زَوۡجِهَا وَ تَشۡتَكِيٓ إِلَى ٱللَّهِ وَ ٱللَّهُ يَسۡمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُۢ بَصِيرٌ﴿١﴾
Albatta, Alloh sen bilan oʻz eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning soʻzini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchidir.
ٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَآئِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَٰتِهِمۡ ۖ إِنۡ أُمَّهَٰتُهُمۡ إِلَّا ٱلَّٰٓـِٔي وَلَدۡنَهُمۡ ۚ وَ إِنَّهُمۡ لَيَقُولُونَ مُنكَرࣰا مِّنَ ٱلۡقَوۡلِ وَ زُورࣰا ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورࣱ﴿٢﴾
Ichlaringizda oʻz xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qoʻysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan oʻzga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va gʻirt yolgʻon soʻzlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va magʻfirat qiluvchidir.
وَ ٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِن نِّسَآئِهِمۡ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُواْ فَتَحۡرِيرُ رَقَبَةࣲ مِّن قَبۡلِ أَن يَتَمَآسَّا ۚ ذَٰلِكُمۡ تُوعَظُونَ بِهِۦ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿٣﴾
Xotinlardan zihor qilganlar oʻz aytganlaridan qaytsalar, (qayta) qoʻshilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu (hukm) vaʼzlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
فَمَن لَّمۡ يَجِدۡ فَصِيَامُ شَهۡرَيۡنِ مُتَتَابِعَيۡنِ مِن قَبۡلِ أَن يَتَمَآسَّا ۖ فَمَن لَّمۡ يَسۡتَطِعۡ فَإِطۡعَامُ سِتِّينَ مِسۡكِينࣰا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۚ وَ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۗ وَ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿٤﴾
Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qoʻshilmasdan avval ikki oy ketma-ket roʻza tutsin. Kim (roʻza tutishga) qodir boʻlmasa, oltmish miskinni toʻygʻazsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ كُبِتُواْ كَمَا كُبِتَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ وَ قَدۡ أَنزَلۡنَآ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ ۚ وَ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿٥﴾
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor boʻlganidek, xor boʻlurlar. Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qoʻyganmiz. Va kofirlarga xorlovchi azob bor.
يَوۡمَ يَبۡعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعࣰا فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓاْ ۚ أَحۡصَىٰهُ ٱللَّهُ وَ نَسُوهُ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدٌ﴿٦﴾
Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ مَا يَكُونُ مِن نَّجۡوَىٰ ثَلَٰثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمۡ وَ لَا خَمۡسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمۡ وَ لَآ أَدۡنَىٰ مِن ذَٰلِكَ وَ لَآ أَكۡثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمۡ أَيۡنَ مَا كَانُواْ ۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُواْ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٌ﴿٧﴾
Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli soʻzlashuvi boʻlsa, albatta, U zot toʻrtinchidir. Beshtaniki boʻlsa, U zot oltinchidir. Bundan oz boʻlsa ham, koʻp boʻlsa ham va qayerda boʻlsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. Soʻng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نُهُواْ عَنِ ٱلنَّجۡوَىٰ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا نُهُواْ عَنۡهُ وَ يَتَنَٰجَوۡنَ بِٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡعُدۡوَٰنِ وَ مَعۡصِيَتِ ٱلرَّسُولِ ۖ وَ إِذَا جَآءُوكَ حَيَّوۡكَ بِمَا لَمۡ يُحَيِّكَ بِهِ ٱللَّهُ وَ يَقُولُونَ فِيٓ أَنفُسِهِمۡ لَوۡلَا يُعَذِّبُنَا ٱللَّهُ بِمَا نَقُولُ ۚ حَسۡبُهُمۡ جَهَنَّمُ يَصۡلَوۡنَهَا ۖ فَبِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٨﴾
Sirli soʻzlashuvdan qaytarilganlarni koʻrmadingmi?! Man etilgan ishga yana qayturlar, gunoh va dushmanlik ila va Paygʻambarga osiy boʻlib, sirli soʻzlarlar. Va huzuringga kelsalar, sen bilan Alloh oʻrgatmagan tarzda soʻrashurlar. Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar. Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy!
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا تَنَٰجَيۡتُمۡ فَلَا تَتَنَٰجَوۡاْ بِٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡعُدۡوَٰنِ وَ مَعۡصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَ تَنَٰجَوۡاْ بِٱلۡبِرِّ وَ ٱلتَّقۡوَىٰ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِيٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Paygʻambarga maʼsiyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga toʻplanib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz.
إِنَّمَا ٱلنَّجۡوَىٰ مِنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ لِيَحۡزُنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ لَيۡسَ بِضَآرِّهِمۡ شَيۡـًٔا إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١٠﴾
Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Moʻminlar Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا قِيلَ لَكُمۡ تَفَسَّحُواْ فِي ٱلۡمَجَٰلِسِ فَٱفۡسَحُواْ يَفۡسَحِ ٱللَّهُ لَكُمۡ ۖ وَ إِذَا قِيلَ ٱنشُزُواْ فَٱنشُزُواْ يَرۡفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ دَرَجَٰتࣲ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿١١﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq oʻtiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini koʻtaradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نَٰجَيۡتُمُ ٱلرَّسُولَ فَقَدِّمُواْ بَيۡنَ يَدَيۡ نَجۡوَىٰكُمۡ صَدَقَةࣰ ۚ ذَٰلِكَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ وَ أَطۡهَرُ ۚ فَإِن لَّمۡ تَجِدُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١٢﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar Paygʻambar bilan sirli suhbat qilmoqchi boʻlsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir.
ءَأَشۡفَقۡتُمۡ أَن تُقَدِّمُواْ بَيۡنَ يَدَيۡ نَجۡوَىٰكُمۡ صَدَقَٰتࣲ ۚ فَإِذۡ لَمۡ تَفۡعَلُواْ وَ تَابَ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمۡ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ ۚ وَ ٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٣﴾
Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish ogʻir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz oʻqingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ تَوَلَّوۡاْ قَوۡمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِم مَّا هُم مِّنكُمۡ وَ لَا مِنۡهُمۡ وَ يَحۡلِفُونَ عَلَى ٱلۡكَذِبِ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿١٤﴾
Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutganlarni koʻrmaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolgʻonga qasam icharlar.
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمۡ عَذَابࣰا شَدِيدًا ۖ إِنَّهُمۡ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٥﴾
Alloh ular uchun ogʻir azobni tayyorlagan. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!
ٱتَّخَذُوٓاْ أَيۡمَٰنَهُمۡ جُنَّةࣰ فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَهُمۡ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿١٦﴾
Ular qasamlarini oʻzlari uchun qalqon qilib oldilar. Bas, Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Ularga xorlovchi azob bordir!
لَّن تُغۡنِيَ عَنۡهُمۡ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿١٧﴾
Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas. Ana oʻshalar doʻzax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.
يَوۡمَ يَبۡعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعࣰا فَيَحۡلِفُونَ لَهُۥ كَمَا يَحۡلِفُونَ لَكُمۡ وَ يَحۡسَبُونَ أَنَّهُمۡ عَلَىٰ شَيۡءٍ ۚ أَلَآ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡكَٰذِبُونَ﴿١٨﴾
Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb oʻylarlar. Ayo, ogoh boʻling, ular, ha, ular yolgʻonchidirlar.
ٱسۡتَحۡوَذَ عَلَيۡهِمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ فَأَنسَىٰهُمۡ ذِكۡرَ ٱللَّهِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حِزۡبُ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزۡبَ ٱلشَّيۡطَٰنِ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿١٩﴾
Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh boʻlinglar, shayton firqasidagilar, ha, oʻshalar yutqazuvchidirlar.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥٓ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ٱلۡأَذَلِّينَ﴿٢٠﴾
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar xor boʻlganlardandir.
كَتَبَ ٱللَّهُ لَأَغۡلِبَنَّ أَنَا۠ وَ رُسُلِيٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزࣱ﴿٢١﴾
Alloh: «Men va Mening Rasullarim gʻalaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va gʻolibdir.
لَّا تَجِدُ قَوۡمࣰا يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ يُوَآدُّونَ مَنۡ حَآدَّ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ لَوۡ كَانُوٓاْ ءَابَآءَهُمۡ أَوۡ أَبۡنَآءَهُمۡ أَوۡ إِخۡوَٰنَهُمۡ أَوۡ عَشِيرَتَهُمۡ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ كَتَبَ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلۡإِيمَٰنَ وَ أَيَّدَهُم بِرُوحࣲ مِّنۡهُ ۖ وَ يُدۡخِلُهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ رَضِيَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ وَ رَضُواْ عَنۡهُ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حِزۡبُ ٱللَّهِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزۡبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٢٢﴾
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga doʻstlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar oʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni Oʻz huzuridan bir ruh bilan qoʻllagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi boʻlur. Ular Allohdan rozi boʻlurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Mujodala. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — bahslashuvchi ayol.
Mazmuni: Sura bir ayolning o‘z eri haqida Rasulullohga arz qilishi bilan boshlanadi va oilaviy muammoda Allohning haqqini unutmaslikni ko‘rsatadi. Majlis odobi, yashirin suhbatlar, Allohni kuzatuvchi deb bilish va haq tarafni qo‘llash mavzulari ham yoritiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.