سورة الرحمن
Rahmon surasi
Mehribon Zot · Раҳмон сураси
Rahmon surasi — Qurʼoni Karimning 55-surasi. U 78 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Mehribon Zot» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
Boshqacha nomlari: Ar-Rohman surasi · Rahmon surasi
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱلرَّحۡمَٰنُ﴿١﴾
Rohman.
عَلَّمَ ٱلۡقُرۡءَانَ﴿٢﴾
Qurʼonni oʻrgatdi.
خَلَقَ ٱلۡإِنسَٰنَ﴿٣﴾
Insonni yaratdi.
عَلَّمَهُ ٱلۡبَيَانَ﴿٤﴾
Unga bayonni oʻrgatdi.
ٱلشَّمۡسُ وَ ٱلۡقَمَرُ بِحُسۡبَانࣲ﴿٥﴾
Quyosh va oy hisobdadir.
وَ ٱلنَّجۡمُ وَ ٱلشَّجَرُ يَسۡجُدَانِ﴿٦﴾
Oʻt-oʻlan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar.
وَ ٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَ وَضَعَ ٱلۡمِيزَانَ﴿٧﴾
Osmonni baland koʻtardi va (adolat) tarozuni oʻrnatdi.
أَلَّا تَطۡغَوۡاْ فِي ٱلۡمِيزَانِ﴿٨﴾
Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun.
وَ أَقِيمُواْ ٱلۡوَزۡنَ بِٱلۡقِسۡطِ وَ لَا تُخۡسِرُواْ ٱلۡمِيزَانَ﴿٩﴾
Adolat ila oʻlchang va tarozudan urib qolmang.
وَ ٱلۡأَرۡضَ وَضَعَهَا لِلۡأَنَامِ﴿١٠﴾
Va yerni xaloyiq uchun qoʻydi.
فِيهَا فَٰكِهَةࣱ وَ ٱلنَّخۡلُ ذَاتُ ٱلۡأَكۡمَامِ﴿١١﴾
U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.
وَ ٱلۡحَبُّ ذُو ٱلۡعَصۡفِ وَ ٱلرَّيۡحَانُ﴿١٢﴾
Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿١٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
خَلَقَ ٱلۡإِنسَٰنَ مِن صَلۡصَٰلࣲ كَٱلۡفَخَّارِ﴿١٤﴾
Insonni sopolga oʻxshash qurigan loydan yaratdi.
وَ خَلَقَ ٱلۡجَآنَّ مِن مَّارِجࣲ مِّن نَّارࣲ﴿١٥﴾
Va jinlarni oʻt-alangadan yaratdi.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿١٦﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
رَبُّ ٱلۡمَشۡرِقَيۡنِ وَ رَبُّ ٱلۡمَغۡرِبَيۡنِ﴿١٧﴾
U ikki mashriq va ikki magʻribning Robbidir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿١٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
مَرَجَ ٱلۡبَحۡرَيۡنِ يَلۡتَقِيَانِ﴿١٩﴾
Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qoʻydi.
بَيۡنَهُمَا بَرۡزَخࣱ لَّا يَبۡغِيَانِ﴿٢٠﴾
Oʻrtalaridagi toʻsiqdan oshib oʻtolmaslar.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٢١﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
يَخۡرُجُ مِنۡهُمَا ٱللُّؤۡلُؤُ وَ ٱلۡمَرۡجَانُ﴿٢٢﴾
U ikkisidan luʼluʼ va marjon chiqar.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٢٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarrini yolgʻon deya olursiz?!
وَ لَهُ ٱلۡجَوَارِ ٱلۡمُنشَـَٔاتُ فِي ٱلۡبَحۡرِ كَٱلۡأَعۡلَٰمِ﴿٢٤﴾
Dengizlarda togʻdek boʻlib suzib yuruvchilar ham Unikidir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٢٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
كُلُّ مَنۡ عَلَيۡهَا فَانࣲ﴿٢٦﴾
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir.
وَ يَبۡقَىٰ وَجۡهُ رَبِّكَ ذُو ٱلۡجَلَٰلِ وَ ٱلۡإِكۡرَامِ﴿٢٧﴾
Ulugʻlik va ikrom egasi Robbingning Oʻzigina boqiydir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٢٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
يَسۡـَٔلُهُۥ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ كُلَّ يَوۡمٍ هُوَ فِي شَأۡنࣲ﴿٢٩﴾
Undan yeru osmondagi jonzotlar soʻrarlar. U har kuni ishdadir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٣٠﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
سَنَفۡرُغُ لَكُمۡ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ﴿٣١﴾
Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٣٢﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
يَٰمَعۡشَرَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ إِنِ ٱسۡتَطَعۡتُمۡ أَن تَنفُذُواْ مِنۡ أَقۡطَارِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ فَٱنفُذُواْ ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلۡطَٰنࣲ﴿٣٣﴾
Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir boʻlsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٣٤﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
يُرۡسَلُ عَلَيۡكُمَا شُوَاظࣱ مِّن نَّارࣲ وَ نُحَاسࣱ فَلَا تَنتَصِرَانِ﴿٣٥﴾
Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٣٦﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتۡ وَرۡدَةࣰ كَٱلدِّهَانِ﴿٣٧﴾
Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٣٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فَيَوۡمَئِذࣲ لَّا يُسۡـَٔلُ عَن ذَنۢبِهِۦٓ إِنسࣱ وَ لَا جَآنࣱّ﴿٣٩﴾
Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan soʻralmas.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٤٠﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
يُعۡرَفُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ بِسِيمَٰهُمۡ فَيُؤۡخَذُ بِٱلنَّوَٰصِي وَ ٱلۡأَقۡدَامِ﴿٤١﴾
Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٤٢﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِي يُكَذِّبُ بِهَا ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٤٣﴾
Jinoyatkorlar yolgʻonga chiqarayotgan jahannam shu boʻladir.
يَطُوفُونَ بَيۡنَهَا وَ بَيۡنَ حَمِيمٍ ءَانࣲ﴿٤٤﴾
Ular jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylanurlar.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٤٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
وَ لِمَنۡ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ﴿٤٦﴾
Robbisi huzurida turishdan qoʻrqqanlar uchun ikki jannat bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٤٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
ذَوَاتَآ أَفۡنَانࣲ﴿٤٨﴾
U(jannat)lar shox-novdalidirlar.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٤٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِمَا عَيۡنَانِ تَجۡرِيَانِ﴿٥٠﴾
Ikkovlarida ikki oqar buloq bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٥١﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِمَا مِن كُلِّ فَٰكِهَةࣲ زَوۡجَانِ﴿٥٢﴾
Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٥٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشِۭ بَطَآئِنُهَا مِنۡ إِسۡتَبۡرَقࣲ ۚ وَ جَنَى ٱلۡجَنَّتَيۡنِ دَانࣲ﴿٥٤﴾
Ipak astarli toʻshaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin boʻlgan hollarida...
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٥٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِنَّ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرۡفِ لَمۡ يَطۡمِثۡهُنَّ إِنسࣱ قَبۡلَهُمۡ وَ لَا جَآنࣱّ﴿٥٦﴾
Ularda koʻzlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٥٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
كَأَنَّهُنَّ ٱلۡيَاقُوتُ وَ ٱلۡمَرۡجَانُ﴿٥٨﴾
U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga oʻxsharlar.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٥٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
هَلۡ جَزَآءُ ٱلۡإِحۡسَٰنِ إِلَّا ٱلۡإِحۡسَٰنُ﴿٦٠﴾
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٦١﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
وَ مِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ﴿٦٢﴾
U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٦٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
مُدۡهَآمَّتَانِ﴿٦٤﴾
Ikkovlari yam-yashildir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٦٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِمَا عَيۡنَانِ نَضَّاخَتَانِ﴿٦٦﴾
Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٦٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِمَا فَٰكِهَةࣱ وَ نَخۡلࣱ وَ رُمَّانࣱ﴿٦٨﴾
Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٦٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
فِيهِنَّ خَيۡرَٰتٌ حِسَانࣱ﴿٧٠﴾
Ularda yaxshi goʻzallar bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٧١﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
حُورࣱ مَّقۡصُورَٰتࣱ فِي ٱلۡخِيَامِ﴿٧٢﴾
Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٧٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
لَمۡ يَطۡمِثۡهُنَّ إِنسࣱ قَبۡلَهُمۡ وَ لَا جَآنࣱّ﴿٧٤﴾
Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٧٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ رَفۡرَفٍ خُضۡرࣲ وَ عَبۡقَرِيٍّ حِسَانࣲ﴿٧٦﴾
Yashil bolishlarga va goʻzal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴿٧٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!
تَبَٰرَكَ ٱسۡمُ رَبِّكَ ذِي ٱلۡجَلَٰلِ وَ ٱلۡإِكۡرَامِ﴿٧٨﴾
Ulugʻlik va ikrom egasi boʻlmish Robbingizning ismi muborak boʻldi.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Rahmon. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — mehribon.
Mazmuni: Sura Allohning rahmati va ne’matlarini sanab, inson va jinni shukrga chorlaydi. Qur’onning o‘rgatilishi, insonning yaratilishi, dengizlar, mevalar, osmon va yer tartibi hamda qiyomat va jannat ne’matlari bir butun ne’mat manzarasini hosil qiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.