سورة يس
Yosin surasi
Ёсин сураси
Yosin surasi — Qurʼoni Karimning 36-surasi. U 83 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
Boshqacha nomlari: Yosin surasi · Yasin surasi
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يسٓ﴿١﴾
Yaasiyn.
وَ ٱلۡقُرۡءَانِ ٱلۡحَكِيمِ﴿٢﴾
Qurʼoni Hakim ila qasam.
إِنَّكَ لَمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٣﴾
Albatta, sen Paygʻambarlardandirsan.
عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٤﴾
Sirotul mustaqiymdasan.
تَنزِيلَ ٱلۡعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ﴿٥﴾
Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir.
لِتُنذِرَ قَوۡمࣰا مَّآ أُنذِرَ ءَابَآؤُهُمۡ فَهُمۡ غَٰفِلُونَ﴿٦﴾
Ota-bobolari ogohlantirilmagan, oʻzlari ham gʻofil boʻlgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.
لَقَدۡ حَقَّ ٱلۡقَوۡلُ عَلَىٰٓ أَكۡثَرِهِمۡ فَهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٧﴾
Batahqiq, ularning koʻplariga (azob) soʻzi haq boʻldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.
إِنَّا جَعَلۡنَا فِيٓ أَعۡنَٰقِهِمۡ أَغۡلَٰلࣰا فَهِيَ إِلَى ٱلۡأَذۡقَانِ فَهُم مُّقۡمَحُونَ﴿٨﴾
Biz ularning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular koʻzlari yumuq, osmonga qarab gʻoʻdayib qoldilar.
وَ جَعَلۡنَا مِنۢ بَيۡنِ أَيۡدِيهِمۡ سَدࣰّا وَ مِنۡ خَلۡفِهِمۡ سَدࣰّا فَأَغۡشَيۡنَٰهُمۡ فَهُمۡ لَا يُبۡصِرُونَ﴿٩﴾
Va Biz ularning oldidan ham toʻsiq qildik, orqalaridan ham toʻsiq qildik, koʻzlariga parda tortdik. Bas, ular koʻrmaslar.
وَ سَوَآءٌ عَلَيۡهِمۡ ءَأَنذَرۡتَهُمۡ أَمۡ لَمۡ تُنذِرۡهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٠﴾
Va ularga bari birdir — qoʻrqitsang ham va yoki qoʻrqitmasang ham — iymonga kelmaslar.
إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلذِّكۡرَ وَ خَشِيَ ٱلرَّحۡمَٰنَ بِٱلۡغَيۡبِ ۖ فَبَشِّرۡهُ بِمَغۡفِرَةࣲ وَ أَجۡرࣲ كَرِيمٍ﴿١١﴾
Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga magʻfirat va goʻzal ajrning xushxabarini ber.
إِنَّا نَحۡنُ نُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ نَكۡتُبُ مَا قَدَّمُواْ وَ ءَاثَٰرَهُمۡ ۚ وَ كُلَّ شَيۡءٍ أَحۡصَيۡنَٰهُ فِيٓ إِمَامࣲ مُّبِينࣲ﴿١٢﴾
Albatta, Biz Oʻzimiz oʻliklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(yaʼni nomai aʼmolda) har bir narsaning hisobini olib qoʻyganmiz.
وَ ٱضۡرِبۡ لَهُم مَّثَلًا أَصۡحَٰبَ ٱلۡقَرۡيَةِ إِذۡ جَآءَهَا ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿١٣﴾
Sen ularga Paygʻambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir.
إِذۡ أَرۡسَلۡنَآ إِلَيۡهِمُ ٱثۡنَيۡنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزۡنَا بِثَالِثࣲ فَقَالُوٓاْ إِنَّآ إِلَيۡكُم مُّرۡسَلُونَ﴿١٤﴾
Oʻshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qoʻlladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.
قَالُواْ مَآ أَنتُمۡ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُنَا وَ مَآ أَنزَلَ ٱلرَّحۡمَٰنُ مِن شَيۡءٍ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا تَكۡذِبُونَ﴿١٥﴾
Ular: «Siz bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yoʻq. Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasiz, xolos», dedilar.
قَالُواْ رَبُّنَا يَعۡلَمُ إِنَّآ إِلَيۡكُمۡ لَمُرۡسَلُونَ﴿١٦﴾
Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.
وَ مَا عَلَيۡنَآ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٧﴾
Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq.
قَالُوٓاْ إِنَّا تَطَيَّرۡنَا بِكُمۡ ۖ لَئِن لَّمۡ تَنتَهُواْ لَنَرۡجُمَنَّكُمۡ وَ لَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٨﴾
Ular: «Biz sizlardan badgumon boʻldik. Agar toʻxtamasangiz, sizni albatta toshboʻron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.
قَالُواْ طَٰٓئِرُكُم مَّعَكُمۡ أَئِن ذُكِّرۡتُم ۚ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمࣱ مُّسۡرِفُونَ﴿١٩﴾
Ular: «Badgumonligingiz oʻzingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yoʻq! Siz oʻzingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.
وَ جَآءَ مِنۡ أَقۡصَا ٱلۡمَدِينَةِ رَجُلࣱ يَسۡعَىٰ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱتَّبِعُواْ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٢٠﴾
Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Paygʻambarlarga ergashing!
ٱتَّبِعُواْ مَن لَّا يَسۡـَٔلُكُمۡ أَجۡرࣰا وَ هُم مُّهۡتَدُونَ﴿٢١﴾
Sizdan ajr-haq soʻramaydigan, oʻzlari hidoyatda boʻlgan shaxslarga ergashing!
وَ مَا لِيَ لَآ أَعۡبُدُ ٱلَّذِي فَطَرَنِي وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٢٢﴾
Menga nima boʻlibdiki, oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.
ءَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً إِن يُرِدۡنِ ٱلرَّحۡمَٰنُ بِضُرࣲّ لَّا تُغۡنِ عَنِّي شَفَٰعَتُهُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يُنقِذُونِ﴿٢٣﴾
Men Uni qoʻyib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.
إِنِّيٓ إِذࣰا لَّفِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿٢٤﴾
Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda boʻlurman.
إِنِّيٓ ءَامَنتُ بِرَبِّكُمۡ فَٱسۡمَعُونِ﴿٢٥﴾
Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi.
قِيلَ ٱدۡخُلِ ٱلۡجَنَّةَ ۖ قَالَ يَٰلَيۡتَ قَوۡمِي يَعۡلَمُونَ﴿٢٦﴾
«Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.
بِمَا غَفَرَ لِي رَبِّي وَ جَعَلَنِي مِنَ ٱلۡمُكۡرَمِينَ﴿٢٧﴾
Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi.
وَ مَآ أَنزَلۡنَا عَلَىٰ قَوۡمِهِۦ مِنۢ بَعۡدِهِۦ مِن جُندࣲ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ مَا كُنَّا مُنزِلِينَ﴿٢٨﴾
Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror qoʻshin tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik.
إِن كَانَتۡ إِلَّا صَيۡحَةࣰ وَٰحِدَةࣰ فَإِذَا هُمۡ خَٰمِدُونَ﴿٢٩﴾
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlmadi. Birdan ular soʻnib qoldilar.
يَٰحَسۡرَةً عَلَى ٱلۡعِبَادِ ۚ مَا يَأۡتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٣٠﴾
Bandalarga hasratlar boʻlsin! Har qachon ularga Paygʻambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.
أَلَمۡ يَرَوۡاْ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا قَبۡلَهُم مِّنَ ٱلۡقُرُونِ أَنَّهُمۡ إِلَيۡهِمۡ لَا يَرۡجِعُونَ﴿٣١﴾
Axir, ular oʻzlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, oʻshalar ularga qaytmasliklarini koʻrmaydilarmi?!
وَ إِن كُلࣱّ لَّمَّا جَمِيعࣱ لَّدَيۡنَا مُحۡضَرُونَ﴿٣٢﴾
Albatta, barchalari toʻplangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar.
وَ ءَايَةࣱ لَّهُمُ ٱلۡأَرۡضُ ٱلۡمَيۡتَةُ أَحۡيَيۡنَٰهَا وَ أَخۡرَجۡنَا مِنۡهَا حَبࣰّا فَمِنۡهُ يَأۡكُلُونَ﴿٣٣﴾
Ular uchun oʻlik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.
وَ جَعَلۡنَا فِيهَا جَنَّٰتࣲ مِّن نَّخِيلࣲ وَ أَعۡنَٰبࣲ وَ فَجَّرۡنَا فِيهَا مِنَ ٱلۡعُيُونِ﴿٣٤﴾
Va unda xurmo va uzum bogʻlari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik.
لِيَأۡكُلُواْ مِن ثَمَرِهِۦ وَ مَا عَمِلَتۡهُ أَيۡدِيهِمۡ ۚ أَفَلَا يَشۡكُرُونَ﴿٣٥﴾
Uning mevalaridan va oʻz qoʻllari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!
سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلۡأَزۡوَٰجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلۡأَرۡضُ وَ مِنۡ أَنفُسِهِمۡ وَ مِمَّا لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٦﴾
Yer oʻstiradigan narsalardan, ularning oʻzlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan Zot pok boʻldi.
وَ ءَايَةࣱ لَّهُمُ ٱلَّيۡلُ نَسۡلَخُ مِنۡهُ ٱلنَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظۡلِمُونَ﴿٣٧﴾
Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir.
وَ ٱلشَّمۡسُ تَجۡرِي لِمُسۡتَقَرࣲّ لَّهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقۡدِيرُ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡعَلِيمِ﴿٣٨﴾
Quyosh oʻz istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu oʻta bilguvchi Zotning taqdir qilganidir.
وَ ٱلۡقَمَرَ قَدَّرۡنَٰهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَٱلۡعُرۡجُونِ ٱلۡقَدِيمِ﴿٣٩﴾
Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qoʻyganmiz.
لَا ٱلشَّمۡسُ يَنۢبَغِي لَهَآ أَن تُدۡرِكَ ٱلۡقَمَرَ وَ لَا ٱلَّيۡلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِ ۚ وَ كُلࣱّ فِي فَلَكࣲ يَسۡبَحُونَ﴿٤٠﴾
Na quyoshning oyga yetib olmogʻi durust boʻlar va na kecha kunduzdan oʻzib ketar. Har biri falakda suzib yurar.
وَ ءَايَةࣱ لَّهُمۡ أَنَّا حَمَلۡنَا ذُرِّيَّتَهُمۡ فِي ٱلۡفُلۡكِ ٱلۡمَشۡحُونِ﴿٤١﴾
Ular uchun Biz ularning nasllarini toʻla kemada koʻtarganimiz ham bir oyat(belgi)dir.
وَ خَلَقۡنَا لَهُم مِّن مِّثۡلِهِۦ مَا يَرۡكَبُونَ﴿٤٢﴾
Va Biz ular uchun unga oʻxshash minadigan narsalarni xalq qildik.
وَ إِن نَّشَأۡ نُغۡرِقۡهُمۡ فَلَا صَرِيخَ لَهُمۡ وَ لَا هُمۡ يُنقَذُونَ﴿٤٣﴾
Agar xohlasak, ularni gʻarq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi boʻlmas va ular qutqazilmaslar ham.
إِلَّا رَحۡمَةࣰ مِّنَّا وَ مَتَٰعًا إِلَىٰ حِينࣲ﴿٤٤﴾
Magar Bizdan bir rahmat va maʼlum muddatgacha bahramand boʻlish boʻlsagina (omon qolurlar).
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّقُواْ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيكُمۡ وَ مَا خَلۡفَكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿٤٥﴾
Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qoʻrqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda...
وَ مَا تَأۡتِيهِم مِّنۡ ءَايَةࣲ مِّنۡ ءَايَٰتِ رَبِّهِمۡ إِلَّا كَانُواْ عَنۡهَا مُعۡرِضِينَ﴿٤٦﴾
Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz oʻgirguvchi boʻlurlar.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنُطۡعِمُ مَن لَّوۡ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطۡعَمَهُۥٓ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٤٧﴾
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, Oʻzi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.
وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٤٨﴾
Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» derlar.
مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيۡحَةࣰ وَٰحِدَةࣰ تَأۡخُذُهُمۡ وَ هُمۡ يَخِصِّمُونَ﴿٤٩﴾
Ular talashib-tortishib turganlarida oʻzlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yoʻq.
فَلَا يَسۡتَطِيعُونَ تَوۡصِيَةࣰ وَ لَآ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٥٠﴾
Ular na vasiyat qilishga qodir boʻlarlar va na oʻz ahllariga qaytarlar.
وَ نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ ٱلۡأَجۡدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمۡ يَنسِلُونَ﴿٥١﴾
Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar.
قَالُواْ يَٰوَيۡلَنَا مَنۢ بَعَثَنَا مِن مَّرۡقَدِنَاۜ ۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَ صَدَقَ ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿٥٢﴾
Ular: «Voh, shoʻrimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qoʻzgʻatdi?! Bu Rohman vaʼda qilgan va yuborilgan Paygʻambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.
إِن كَانَتۡ إِلَّا صَيۡحَةࣰ وَٰحِدَةࣰ فَإِذَا هُمۡ جَمِيعࣱ لَّدَيۡنَا مُحۡضَرُونَ﴿٥٣﴾
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlgani yoʻq. Bas, ular birdan toʻplanib, huzurimizda hozir qilingandirlar.
فَٱلۡيَوۡمَ لَا تُظۡلَمُ نَفۡسࣱ شَيۡـࣰٔا وَ لَا تُجۡزَوۡنَ إِلَّا مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٥٤﴾
Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib oʻtgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.
إِنَّ أَصۡحَٰبَ ٱلۡجَنَّةِ ٱلۡيَوۡمَ فِي شُغُلࣲ فَٰكِهُونَ﴿٥٥﴾
Albatta, jannat egalari u kunda rohatlanish ila mashgʻullar.
هُمۡ وَ أَزۡوَٰجُهُمۡ فِي ظِلَٰلٍ عَلَى ٱلۡأَرَآئِكِ مُتَّكِـُٔونَ﴿٥٦﴾
Ular va ularning juftlari soyalarda soʻrilarda yonboshlab yoturlar.
لَهُمۡ فِيهَا فَٰكِهَةࣱ وَ لَهُم مَّا يَدَّعُونَ﴿٥٧﴾
Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalari bordir.
سَلَٰمࣱ قَوۡلࣰا مِّن رَّبࣲّ رَّحِيمࣲ﴿٥٨﴾
Rohiym boʻlgan zot Robbdan «Salom» soʻzi bordir.
وَ ٱمۡتَٰزُواْ ٱلۡيَوۡمَ أَيُّهَا ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٥٩﴾
Ey, jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz!
أَلَمۡ أَعۡهَدۡ إِلَيۡكُمۡ يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ أَن لَّا تَعۡبُدُواْ ٱلشَّيۡطَٰنَ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿٦٠﴾
Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
وَ أَنِ ٱعۡبُدُونِي ۚ هَٰذَا صِرَٰطࣱ مُّسۡتَقِيمࣱ﴿٦١﴾
Va Menga ibodat qiling, mana shu toʻgʻri yoʻldir», deb amr qilmagan edimmi?!
وَ لَقَدۡ أَضَلَّ مِنكُمۡ جِبِلࣰّا كَثِيرًا ۖ أَفَلَمۡ تَكُونُواْ تَعۡقِلُونَ﴿٦٢﴾
Batahqiq, u sizlardan koʻpchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi boʻlmagan edingizmi?!
هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِي كُنتُمۡ تُوعَدُونَ﴿٦٣﴾
Mana bu sizga vaʼda qilingan jahannamdir!
ٱصۡلَوۡهَا ٱلۡيَوۡمَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡفُرُونَ﴿٦٤﴾
Kufr keltirib oʻtganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring!
ٱلۡيَوۡمَ نَخۡتِمُ عَلَىٰٓ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَ تُكَلِّمُنَآ أَيۡدِيهِمۡ وَ تَشۡهَدُ أَرۡجُلُهُم بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٦٥﴾
Bugungi kunda ularning ogʻizlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qoʻllari soʻzlar va oyoqlari guvohlik berur.
وَ لَوۡ نَشَآءُ لَطَمَسۡنَا عَلَىٰٓ أَعۡيُنِهِمۡ فَٱسۡتَبَقُواْ ٱلصِّرَٰطَ فَأَنَّىٰ يُبۡصِرُونَ﴿٦٦﴾
Agar xohlasak, koʻzlarini tep-tekis qilib qoʻyurmiz. Bas, ular yoʻlga shoshilurlar. Ammo, qanday ham koʻrsinlar.
وَ لَوۡ نَشَآءُ لَمَسَخۡنَٰهُمۡ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمۡ فَمَا ٱسۡتَطَٰعُواْ مُضِيࣰّا وَ لَا يَرۡجِعُونَ﴿٦٧﴾
Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qoʻyurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir boʻlmaslar, ortga ham qayta olmaslar.
وَ مَن نُّعَمِّرۡهُ نُنَكِّسۡهُ فِي ٱلۡخَلۡقِ ۚ أَفَلَا يَعۡقِلُونَ﴿٦٨﴾
Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qoʻyamiz. Axir, aql ishlatib koʻrmaydilarmi?!
وَ مَا عَلَّمۡنَٰهُ ٱلشِّعۡرَ وَ مَا يَنۢبَغِي لَهُۥٓ ۚ إِنۡ هُوَ إِلَّا ذِكۡرࣱ وَ قُرۡءَانࣱ مُّبِينࣱ﴿٦٩﴾
Biz unga sheʼrni taʼlim berganimiz yoʻq. Bu uning uchun toʻgʻri ham kelmas. U — zikr va ochiq-oydin Qurʼondan oʻzga narsa emas.
لِّيُنذِرَ مَن كَانَ حَيࣰّا وَ يَحِقَّ ٱلۡقَوۡلُ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٧٠﴾
Tirik boʻlgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) soʻzini haq qilish uchundir.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا خَلَقۡنَا لَهُم مِّمَّا عَمِلَتۡ أَيۡدِينَآ أَنۡعَٰمࣰا فَهُمۡ لَهَا مَٰلِكُونَ﴿٧١﴾
Axir, Biz ular uchun Oʻz qoʻllarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qoʻyganimizni koʻrmaydilarmi?! Bas, ular oʻshalarga molik(ega)dirlar-ku!
وَ ذَلَّلۡنَٰهَا لَهُمۡ فَمِنۡهَا رَكُوبُهُمۡ وَ مِنۡهَا يَأۡكُلُونَ﴿٧٢﴾
Biz ularga oʻsha(hayvon)larni boʻyinsundirib qoʻydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.
وَ لَهُمۡ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَ مَشَارِبُ ۚ أَفَلَا يَشۡكُرُونَ﴿٧٣﴾
Ular uchun oʻshalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?!
وَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةࣰ لَّعَلَّهُمۡ يُنصَرُونَ﴿٧٤﴾
Ular Allohdan oʻzga ilohlar tutdilar. Goʻyoki, ularga yordam berilar emish.
لَا يَسۡتَطِيعُونَ نَصۡرَهُمۡ وَهُمۡ لَهُمۡ جُندࣱ مُّحۡضَرُونَ﴿٧٥﴾
Ularning yordamiga («xudolari») qodir boʻlmaslar. Ular esa, oʻsha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar.
فَلَا يَحۡزُنكَ قَوۡلُهُمۡ ۘ إِنَّا نَعۡلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَ مَا يُعۡلِنُونَ﴿٧٦﴾
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.
أَوَلَمۡ يَرَ ٱلۡإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقۡنَٰهُ مِن نُّطۡفَةࣲ فَإِذَا هُوَ خَصِيمࣱ مُّبِينࣱ﴿٧٧﴾
Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi?!
وَ ضَرَبَ لَنَا مَثَلࣰا وَ نَسِيَ خَلۡقَهُۥ ۖ قَالَ مَن يُحۡيِ ٱلۡعِظَٰمَ وَ هِيَ رَمِيمࣱ﴿٧٨﴾
U Bizga misol keltirdi va oʻz yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltirur? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» – dedi.
قُلۡ يُحۡيِيهَا ٱلَّذِيٓ أَنشَأَهَآ أَوَّلَ مَرَّةࣲ ۖ وَ هُوَ بِكُلِّ خَلۡقٍ عَلِيمٌ﴿٧٩﴾
Sen: «Ularni ilk marta yoʻqdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلۡأَخۡضَرِ نَارࣰا فَإِذَآ أَنتُم مِّنۡهُ تُوقِدُونَ﴿٨٠﴾
U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz.
أَوَلَيۡسَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يَخۡلُقَ مِثۡلَهُم ۚ بَلَىٰ وَ هُوَ ٱلۡخَلَّٰقُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٨١﴾
Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga oʻxshashni yaratishga qodir emasmi?! Yoʻq! U oʻta yaratguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.
إِنَّمَآ أَمۡرُهُۥٓ إِذَآ أَرَادَ شَيۡـًٔا أَن يَقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٨٢﴾
Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Boʻl» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa boʻlur.
فَسُبۡحَٰنَ ٱلَّذِي بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيۡءࣲ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٨٣﴾
Bas, barcha narsaning tom egaligi qoʻlida boʻlgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Yosin. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ya-sin harflari.
Mazmuni: Sura payg‘ambar yuborilgan shahar ahli qissasi orqali haqiqatni rad etish oqibatini ko‘rsatadi. Tabiatdagi belgilar, o‘lik yerning tirilishi, kecha-kunduz va quyosh-oy tartibi qiyomat va qayta tirilish uchun dalil sifatida keltiriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.