سورة فاطر
Fotir surasi
Yaratuvchi · Фотир сураси
Fotir surasi — Qurʼoni Karimning 35-surasi. U 45 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Yaratuvchi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ جَاعِلِ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًا أُوْلِيٓ أَجۡنِحَةࣲ مَّثۡنَىٰ وَ ثُلَٰثَ وَ رُبَٰعَ ۚ يَزِيدُ فِي ٱلۡخَلۡقِ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١﴾
Hamdu sano osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, toʻrt qanotli elchilar qilgan Allohga boʻlsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
مَّا يَفۡتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحۡمَةࣲ فَلَا مُمۡسِكَ لَهَا ۖ وَ مَا يُمۡسِكۡ فَلَا مُرۡسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعۡدِهِۦ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢﴾
Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ ۚ هَلۡ مِنۡ خَٰلِقٍ غَيۡرُ ٱللَّهِ يَرۡزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤۡفَكُونَ﴿٣﴾
Ey odamlar! Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayon ketmoqdasiz?!
وَ إِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدۡ كُذِّبَتۡ رُسُلࣱ مِّن قَبۡلِكَ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿٤﴾
Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَ لَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلۡغَرُورُ﴿٥﴾
Ey odamlar! Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni gʻururga ketkazmasin. Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin.
إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ لَكُمۡ عَدُوࣱّ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدۡعُواْ حِزۡبَهُۥ لِيَكُونُواْ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ﴿٦﴾
Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U oʻz guruhini faqat oʻta qizigan doʻzaxga ega boʻlishlariga chaqirur.
ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدࣱ ۖ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ أَجۡرࣱ كَبِيرٌ﴿٧﴾
Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga magʻfirat va ulkan ajr bordir.
أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنࣰا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذۡهَبۡ نَفۡسُكَ عَلَيۡهِمۡ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِمَا يَصۡنَعُونَ﴿٨﴾
Axir, qilgan yomon amali oʻziga ziynatlab koʻrsatilib, uni goʻzal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.
وَ ٱللَّهُ ٱلَّذِيٓ أَرۡسَلَ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابࣰا فَسُقۡنَٰهُ إِلَىٰ بَلَدࣲ مَّيِّتࣲ فَأَحۡيَيۡنَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ﴿٩﴾
Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qoʻzgʻatadi. Biz uni oʻlik yurt tomon haydab, u bilan yerni oʻlib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga oʻxshashdir.
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيۡهِ يَصۡعَدُ ٱلۡكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَ ٱلۡعَمَلُ ٱلصَّٰلِحُ يَرۡفَعُهُۥ ۚ وَ ٱلَّذِينَ يَمۡكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدࣱ ۖ وَ مَكۡرُ أُوْلَٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ﴿١٠﴾
Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal koʻtarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana oʻshalarning makri botil boʻlur.
وَ ٱللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابࣲ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةࣲ ثُمَّ جَعَلَكُمۡ أَزۡوَٰجࣰا ۚ وَ مَا تَحۡمِلُ مِنۡ أُنثَىٰ وَ لَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلۡمِهِۦ ۚ وَ مَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرࣲ وَ لَا يُنقَصُ مِنۡ عُمُرِهِۦٓ إِلَّا فِي كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣱ﴿١١﴾
Alloh sizlarni tuproqdan, soʻngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qoʻydi. Qaysi bir urgʻochi nimaga homilador boʻlsa, nimani tugʻsa, faqat Uning ilmi bilan boʻlur. Har bir umr koʻrguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.
وَ مَا يَسۡتَوِي ٱلۡبَحۡرَانِ هَٰذَا عَذۡبࣱ فُرَاتࣱ سَآئِغࣱ شَرَابُهُۥ وَ هَٰذَا مِلۡحٌ أُجَاجࣱ ۖ وَ مِن كُلࣲّ تَأۡكُلُونَ لَحۡمࣰا طَرِيࣰّا وَ تَسۡتَخۡرِجُونَ حِلۡيَةࣰ تَلۡبَسُونَهَا ۖ وَ تَرَى ٱلۡفُلۡكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿١٢﴾
Daryoyu dengiz, ikkisi teng boʻla olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa shoʻr, taxirdir. Siz har biridan toza goʻsht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni koʻrursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.
يُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَ يُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ وَ سَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ كُلࣱّ يَجۡرِي لِأَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ لَهُ ٱلۡمُلۡكُ ۚ وَ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمۡلِكُونَ مِن قِطۡمِيرٍ﴿١٣﴾
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak poʻstlogʻiga ham molik emaslar.
إِن تَدۡعُوهُمۡ لَا يَسۡمَعُواْ دُعَآءَكُمۡ وَ لَوۡ سَمِعُواْ مَا ٱسۡتَجَابُواْ لَكُمۡ ۖ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يَكۡفُرُونَ بِشِرۡكِكُمۡ ۚ وَ لَا يُنَبِّئُكَ مِثۡلُ خَبِيرࣲ﴿١٤﴾
Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. Oʻta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلۡفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَ ٱللَّهُ هُوَ ٱلۡغَنِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿١٥﴾
Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, Oʻzi behojat va maqtalgan Zotdir.
إِن يَشَأۡ يُذۡهِبۡكُمۡ وَ يَأۡتِ بِخَلۡقࣲ جَدِيدࣲ﴿١٦﴾
Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.
وَ مَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزࣲ﴿١٧﴾
Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.
وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةࣱ وِزۡرَ أُخۡرَىٰ ۚ وَ إِن تَدۡعُ مُثۡقَلَةٌ إِلَىٰ حِمۡلِهَا لَا يُحۡمَلۡ مِنۡهُ شَيۡءࣱ وَ لَوۡ كَانَ ذَا قُرۡبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُم بِٱلۡغَيۡبِ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَ مَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفۡسِهِۦ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٨﴾
Oʻzi yukli jon oʻzga jonning yukini koʻtara olmas. Yuki ogʻir jon oʻz yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa koʻtarilmas. Garchi qarindosh boʻlsa ham. Sen faqat gʻaybdagi Robbilaridan qoʻrqadigan va namozni toʻkis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, oʻzi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.
وَ مَا يَسۡتَوِي ٱلۡأَعۡمَىٰ وَ ٱلۡبَصِيرُ﴿١٩﴾
Koʻr bilan koʻzi ochiq teng boʻlmas.
وَ لَا ٱلظُّلُمَٰتُ وَ لَا ٱلنُّورُ﴿٢٠﴾
Zulumotlar bilan nur ham.
وَ لَا ٱلظِّلُّ وَ لَا ٱلۡحَرُورُ﴿٢١﴾
Soya bilan jazirama ham.
وَ مَا يَسۡتَوِي ٱلۡأَحۡيَآءُ وَ لَا ٱلۡأَمۡوَٰتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُسۡمِعُ مَن يَشَآءُ ۖ وَ مَآ أَنتَ بِمُسۡمِعࣲ مَّن فِي ٱلۡقُبُورِ﴿٢٢﴾
Tiriklar bilan oʻliklar teng boʻlmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.
إِنۡ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ﴿٢٣﴾
Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ بِٱلۡحَقِّ بَشِيرࣰا وَ نَذِيرࣰا ۚ وَ إِن مِّنۡ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرࣱ﴿٢٤﴾
Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki boʻlsa, unda ogohlantirguvchi boʻlgan.
وَ إِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدۡ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ بِٱلزُّبُرِ وَ بِٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُنِيرِ﴿٢٥﴾
Agar seni yolgʻonchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin oʻtganlar ham yolgʻonchi qilganlar. Holbuki, Paygʻambarlari ularga ravshan moʻʼjizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.
ثُمَّ أَخَذۡتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۖ فَكَيۡفَ كَانَ نَكِيرِ﴿٢٦﴾
Soʻngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَخۡرَجۡنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتࣲ مُّخۡتَلِفًا أَلۡوَٰنُهَا ۚ وَ مِنَ ٱلۡجِبَالِ جُدَدُۢ بِيضࣱ وَ حُمۡرࣱ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَٰنُهَا وَ غَرَابِيبُ سُودࣱ﴿٢٧﴾
Allohning osmondan suv tushirganini koʻrmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va togʻlardan ham yoʻl-yoʻl, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَ ٱلدَّوَآبِّ وَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ مُخۡتَلِفٌ أَلۡوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخۡشَى ٱللَّهَ مِنۡ عِبَادِهِ ٱلۡعُلَمَٰٓؤُاْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ﴿٢٨﴾
Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qoʻrqarlar. Albatta, Alloh aziyz va oʻta magʻfiratli Zotdir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتۡلُونَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ أَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ سِرࣰّا وَ عَلَانِيَةࣰ يَرۡجُونَ تِجَٰرَةࣰ لَّن تَبُورَ﴿٢٩﴾
Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni toʻkis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor boʻlurlar.
لِيُوَفِّيَهُمۡ أُجُورَهُمۡ وَ يَزِيدَهُم مِّن فَضۡلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ غَفُورࣱ شَكُورࣱ﴿٣٠﴾
Chunki, U zot ularga ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir.
وَ ٱلَّذِيٓ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ هُوَ ٱلۡحَقُّ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرُۢ بَصِيرࣱ﴿٣١﴾
Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, oʻzidan oldingi narsani tasdiqlovchi boʻlgandir. Albatta, Alloh Oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻrguvchidir.
ثُمَّ أَوۡرَثۡنَا ٱلۡكِتَٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصۡطَفَيۡنَا مِنۡ عِبَادِنَا ۖ فَمِنۡهُمۡ ظَالِمࣱ لِّنَفۡسِهِۦ وَ مِنۡهُم مُّقۡتَصِدࣱ وَ مِنۡهُمۡ سَابِقُۢ بِٱلۡخَيۡرَٰتِ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَضۡلُ ٱلۡكَبِيرُ﴿٣٢﴾
Soʻngra bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan oʻziga oʻzi zulm qiluvchilari bor, ulardan oʻrtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga oʻzuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulugʻ fazldir.
جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ يَدۡخُلُونَهَا يُحَلَّوۡنَ فِيهَا مِنۡ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبࣲ وَ لُؤۡلُؤࣰا ۖ وَ لِبَاسُهُمۡ فِيهَا حَرِيرࣱ﴿٣٣﴾
Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.
وَ قَالُواْ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِيٓ أَذۡهَبَ عَنَّا ٱلۡحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورࣱ شَكُورٌ﴿٣٤﴾
Ular: «Bizdan gʻam-qaygʻuni ketkazgan Allohga hamdu sano boʻlsin. Albatta, Robbimiz oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir», – derlar.
ٱلَّذِيٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلۡمُقَامَةِ مِن فَضۡلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبࣱ وَ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبࣱ﴿٣٥﴾
U zot bizlarni Oʻz fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horgʻinlik ham yetmas.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمۡ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقۡضَىٰ عَلَيۡهِمۡ فَيَمُوتُواْ وَ لَا يُخَفَّفُ عَنۡهُم مِّنۡ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي كُلَّ كَفُورࣲ﴿٣٦﴾
Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, oʻlsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.
وَ هُمۡ يَصۡطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا نَعۡمَلۡ صَٰلِحًا غَيۡرَ ٱلَّذِي كُنَّا نَعۡمَلُ ۚ أَوَلَمۡ نُعَمِّرۡكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَ جَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُواْ فَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ﴿٣٧﴾
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yoʻqdir», (deyilur).
إِنَّ ٱللَّهَ عَٰلِمُ غَيۡبِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٣٨﴾
Albatta, Alloh osmonlaru yerning gʻaybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham oʻta bilguvchidir.
هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَكُمۡ خَلَٰٓئِفَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيۡهِ كُفۡرُهُۥ ۖ وَ لَا يَزِيدُ ٱلۡكَٰفِرِينَ كُفۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ إِلَّا مَقۡتࣰا ۖ وَ لَا يَزِيدُ ٱلۡكَٰفِرِينَ كُفۡرُهُمۡ إِلَّا خَسَارࣰا﴿٣٩﴾
U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qoʻygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi oʻziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida gʻazabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.
قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُواْ مِنَ ٱلۡأَرۡضِ أَمۡ لَهُمۡ شِرۡكࣱ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَمۡ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ كِتَٰبࣰا فَهُمۡ عَلَىٰ بَيِّنَتࣲ مِّنۡهُ ۚ بَلۡ إِن يَعِدُ ٱلظَّٰلِمُونَ بَعۡضُهُم بَعۡضًا إِلَّا غُرُورًا﴿٤٠﴾
Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga koʻrsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega boʻlganlarmi?! Yoʻq!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani vaʼda qilmaslar.
إِنَّ ٱللَّهَ يُمۡسِكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ أَن تَزُولَا ۚ وَ لَئِن زَالَتَآ إِنۡ أَمۡسَكَهُمَا مِنۡ أَحَدࣲ مِّنۢ بَعۡدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورࣰا﴿٤١﴾
Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan boʻlsalar, Undan oʻzga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U oʻta haliym va oʻta magʻfiratli boʻlgan Zotdir.
وَ أَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ لَئِن جَآءَهُمۡ نَذِيرࣱ لَّيَكُونُنَّ أَهۡدَىٰ مِنۡ إِحۡدَى ٱلۡأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمۡ نَذِيرࣱ مَّا زَادَهُمۡ إِلَّا نُفُورًا﴿٤٢﴾
Ular jon-jahdlari bilan, agar oʻzlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan koʻra hidoyatli boʻlishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.
ٱسۡتِكۡبَارࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَكۡرَ ٱلسَّيِّيِٕ ۚ وَ لَا يَحِيقُ ٱلۡمَكۡرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهۡلِهِۦ ۚ فَهَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلۡأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبۡدِيلࣰا ۖ وَ لَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحۡوِيلًا﴿٤٣﴾
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat oʻz egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor boʻlmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz oʻzgartirish topa olmassan.
أَوَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَ كَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنۡهُمۡ قُوَّةࣰ ۚ وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعۡجِزَهُۥ مِن شَيۡءࣲ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ لَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَلِيمࣰا قَدِيرࣰا﴿٤٤﴾
Axir, ular yer yuzida yurib oʻzlaridan oldin oʻtganlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oʻshalar bulardan koʻra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot oʻta ilmli va oʻta qodirdir.
وَ لَوۡ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُواْ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهۡرِهَا مِن دَآبَّةࣲ وَ لَٰكِن يُؤَخِّرُهُمۡ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمۡ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرَۢا﴿٤٥﴾
Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan boʻlsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qoʻymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qoʻyib qoʻyur. Oʻsha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini koʻrib turguvchi Zotdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Fotir. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yaratuvchi.
Mazmuni: Sura Allohning yaratishdagi qudratini va farishtalarning vazifalarini eslatadi. Osmonlar, shamol, yomg‘ir va turli ne’matlar orqali tavhid dalillanadi. Ilmli inson bilan bilimsizning teng emasligi, Qur’onni o‘qish va amal qilishning fazilati ham ta’kidlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.