سورة سبأ
Sabaʼ surasi
Saba · Сабаъ сураси
Sabaʼ surasi — Qurʼoni Karimning 34-surasi. U 54 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Saba» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَهُ ٱلۡحَمۡدُ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ وَ هُوَ ٱلۡحَكِيمُ ٱلۡخَبِيرُ﴿١﴾
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohga hamd boʻlsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U oʻta hikmatli, oʻta xabardor Zotdir.
يَعۡلَمُ مَا يَلِجُ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا يَخۡرُجُ مِنۡهَا وَ مَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَ مَا يَعۡرُجُ فِيهَا ۚ وَ هُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلۡغَفُورُ﴿٢﴾
U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U oʻta rahimli va oʻta magʻfiratli Zotdir.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَا تَأۡتِينَا ٱلسَّاعَةُ ۖ قُلۡ بَلَىٰ وَ رَبِّي لَتَأۡتِيَنَّكُمۡ عَٰلِمِ ٱلۡغَيۡبِ ۖ لَا يَعۡزُبُ عَنۡهُ مِثۡقَالُ ذَرَّةࣲ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ لَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَآ أَصۡغَرُ مِن ذَٰلِكَ وَ لَآ أَكۡبَرُ إِلَّا فِي كِتَٰبࣲ مُّبِينࣲ﴿٣﴾
Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yoʻq! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham gʻoyib boʻlmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.
لِّيَجۡزِيَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ رِزۡقࣱ كَرِيمࣱ﴿٤﴾
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana oʻshalarga, magʻfirat va goʻzal rizq bordir.
وَ ٱلَّذِينَ سَعَوۡ فِيٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مِّن رِّجۡزٍ أَلِيمࣱ﴿٥﴾
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi boʻlish uchun harakat qilganlarga esa, ana oʻshalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.
وَ يَرَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ هُوَ ٱلۡحَقَّ وَ يَهۡدِيٓ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَمِيدِ﴿٦﴾
Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziyz va maqtalgan Zotning yoʻliga hidoyat qiladir, deb bilurlar.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ هَلۡ نَدُلُّكُمۡ عَلَىٰ رَجُلࣲ يُنَبِّئُكُمۡ إِذَا مُزِّقۡتُمۡ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمۡ لَفِي خَلۡقࣲ جَدِيدٍ﴿٧﴾
Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chogʻingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini koʻrsataylikmi?!
أَفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِۦ جِنَّةُۢ ۗ بَلِ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ فِي ٱلۡعَذَابِ وَ ٱلضَّلَٰلِ ٱلۡبَعِيدِ﴿٨﴾
U, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidimi yoki jinni boʻlib qoldimi?» – dedilar. Yoʻq! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.
أَفَلَمۡ يَرَوۡاْ إِلَىٰ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ مَا خَلۡفَهُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِن نَّشَأۡ نَخۡسِفۡ بِهِمُ ٱلۡأَرۡضَ أَوۡ نُسۡقِطۡ عَلَيۡهِمۡ كِسَفࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّكُلِّ عَبۡدࣲ مُّنِيبࣲ﴿٩﴾
Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni koʻrmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا دَاوُۥدَ مِنَّا فَضۡلࣰا ۖ يَٰجِبَالُ أَوِّبِي مَعَهُۥ وَ ٱلطَّيۡرَ ۖ وَ أَلَنَّا لَهُ ٱلۡحَدِيدَ﴿١٠﴾
Batahqiq, Biz Dovudga Oʻzimizdan fazl berdik. «Ey togʻlar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.
أَنِ ٱعۡمَلۡ سَٰبِغَٰتࣲ وَ قَدِّرۡ فِي ٱلسَّرۡدِ ۖ وَ ٱعۡمَلُواْ صَٰلِحًا ۖ إِنِّي بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿١١﴾
Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini oʻlchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchiman, dedik.
وَ لِسُلَيۡمَٰنَ ٱلرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهۡرࣱ وَ رَوَاحُهَا شَهۡرࣱ ۖ وَ أَسَلۡنَا لَهُۥ عَيۡنَ ٱلۡقِطۡرِ ۖ وَ مِنَ ٱلۡجِنِّ مَن يَعۡمَلُ بَيۡنَ يَدَيۡهِ بِإِذۡنِ رَبِّهِۦ ۖ وَ مَن يَزِغۡ مِنۡهُمۡ عَنۡ أَمۡرِنَا نُذِقۡهُ مِنۡ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ﴿١٢﴾
Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yoʻl edi. Unga mis bulogʻini oqizib qoʻydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.
يَعۡمَلُونَ لَهُۥ مَا يَشَآءُ مِن مَّحَٰرِيبَ وَ تَمَٰثِيلَ وَ جِفَانࣲ كَٱلۡجَوَابِ وَ قُدُورࣲ رَّاسِيَٰتٍ ۚ ٱعۡمَلُوٓاْ ءَالَ دَاوُۥدَ شُكۡرࣰا ۚ وَ قَلِيلࣱ مِّنۡ عِبَادِيَ ٱلشَّكُورُ﴿١٣﴾
U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.
فَلَمَّا قَضَيۡنَا عَلَيۡهِ ٱلۡمَوۡتَ مَا دَلَّهُمۡ عَلَىٰ مَوۡتِهِۦٓ إِلَّا دَآبَّةُ ٱلۡأَرۡضِ تَأۡكُلُ مِنسَأَتَهُۥ ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ ٱلۡجِنُّ أَن لَّوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ ٱلۡغَيۡبَ مَا لَبِثُواْ فِي ٱلۡعَذَابِ ٱلۡمُهِينِ﴿١٤﴾
Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga oʻlimni hukm etganimizda, ularga uning oʻlimi haqida asosini yeyayotgan yogʻoch qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular gʻaybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan boʻlishlari ayon boʻldi.
لَقَدۡ كَانَ لِسَبَإࣲ فِي مَسۡكَنِهِمۡ ءَايَةࣱ ۖ جَنَّتَانِ عَن يَمِينࣲ وَ شِمَالࣲ ۖ كُلُواْ مِن رِّزۡقِ رَبِّكُمۡ وَ ٱشۡكُرُواْ لَهُۥ ۚ بَلۡدَةࣱ طَيِّبَةࣱ وَ رَبٌّ غَفُورࣱ﴿١٥﴾
Batahqiq, sabaʼliklar uchun oʻz maskanlarida oyat (belgi) — oʻng va chapdan ikki bogʻ bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne goʻzal yurt va oʻta magʻfiratli Robbingiz bor», (dedik).
فَأَعۡرَضُواْ فَأَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ سَيۡلَ ٱلۡعَرِمِ وَ بَدَّلۡنَٰهُم بِجَنَّتَيۡهِمۡ جَنَّتَيۡنِ ذَوَاتَيۡ أُكُلٍ خَمۡطࣲ وَ أَثۡلࣲ وَ شَيۡءࣲ مِّن سِدۡرࣲ قَلِيلࣲ﴿١٦﴾
Ular yuz oʻgirdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bogʻlarini achchiq mevali, yulgʻunzor va bir ozgina sidrli ikki «bogʻ»ga aylantirdik.
ذَٰلِكَ جَزَيۡنَٰهُم بِمَا كَفَرُواْ ۖ وَ هَلۡ نُجَٰزِيٓ إِلَّا ٱلۡكَفُورَ﴿١٧﴾
Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat oʻta noshukrlargagina jazo berurmiz.
وَ جَعَلۡنَا بَيۡنَهُمۡ وَ بَيۡنَ ٱلۡقُرَى ٱلَّتِي بَٰرَكۡنَا فِيهَا قُرࣰى ظَٰهِرَةࣰ وَ قَدَّرۡنَا فِيهَا ٱلسَّيۡرَ ۖ سِيرُواْ فِيهَا لَيَالِيَ وَ أَيَّامًا ءَامِنِينَ﴿١٨﴾
Biz ular bilan Oʻzimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni oʻlchovli etib qoʻygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).
فَقَالُواْ رَبَّنَا بَٰعِدۡ بَيۡنَ أَسۡفَارِنَا وَ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فَجَعَلۡنَٰهُمۡ أَحَادِيثَ وَ مَزَّقۡنَٰهُمۡ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّكُلِّ صَبَّارࣲ شَكُورࣲ﴿١٩﴾
Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va oʻzlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.
وَ لَقَدۡ صَدَّقَ عَلَيۡهِمۡ إِبۡلِيسُ ظَنَّهُۥ فَٱتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقࣰا مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢٠﴾
Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini roʻyobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh moʻminlardan boshqalari unga ergashdilar.
وَ مَا كَانَ لَهُۥ عَلَيۡهِم مِّن سُلۡطَٰنٍ إِلَّا لِنَعۡلَمَ مَن يُؤۡمِنُ بِٱلۡأٓخِرَةِ مِمَّنۡ هُوَ مِنۡهَا فِي شَكࣲّ ۗ وَ رَبُّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٍ حَفِيظࣱ﴿٢١﴾
Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi boʻlmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun boʻldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.
قُلِ ٱدۡعُواْ ٱلَّذِينَ زَعَمۡتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمۡلِكُونَ مِثۡقَالَ ذَرَّةࣲ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ لَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا لَهُمۡ فِيهِمَا مِن شِرۡكࣲ وَ مَا لَهُۥ مِنۡهُم مِّن ظَهِيرࣲ﴿٢٢﴾
Sen: «Allohdan oʻzga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yoʻq. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yoʻq», deb ayt.
وَ لَا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ عِندَهُۥٓ إِلَّا لِمَنۡ أَذِنَ لَهُۥ ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمۡ قَالُواْ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمۡ ۖ قَالُواْ ٱلۡحَقَّ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَلِيُّ ٱلۡكَبِيرُ﴿٢٣﴾
U zotning huzurida faqat Oʻzi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qoʻrqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.
قُلۡ مَن يَرۡزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ وَ إِنَّآ أَوۡ إِيَّاكُمۡ لَعَلَىٰ هُدًى أَوۡ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٢٤﴾
Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.
قُل لَّا تُسۡـَٔلُونَ عَمَّآ أَجۡرَمۡنَا وَ لَا نُسۡـَٔلُ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٢٥﴾
Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan soʻralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan soʻralmasmiz», deb ayt.
قُلۡ يَجۡمَعُ بَيۡنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفۡتَحُ بَيۡنَنَا بِٱلۡحَقِّ وَ هُوَ ٱلۡفَتَّاحُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٢٦﴾
Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, soʻngra haq ila oramizni ochiq qilur. U oʻta ochguvchi va oʻta bilguvchidir», deb ayt.
قُلۡ أَرُونِيَ ٱلَّذِينَ أَلۡحَقۡتُم بِهِۦ شُرَكَآءَ ۖ كَلَّا ۚ بَلۡ هُوَ ٱللَّهُ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢٧﴾
Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga koʻrsating. Yoʻq! Faqat Aziyz va Hakiym boʻlgan Allohgina bordir», deb ayt.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ إِلَّا كَآفَّةࣰ لِّلنَّاسِ بَشِيرࣰا وَ نَذِيرࣰا وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٢٨﴾
Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.
وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٢٩﴾
Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» – derlar.
قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوۡمࣲ لَّا تَسۡتَـٔۡخِرُونَ عَنۡهُ سَاعَةࣰ وَ لَا تَسۡتَقۡدِمُونَ﴿٣٠﴾
Sen: «Sizga bir kunning vaʼdasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن نُّؤۡمِنَ بِهَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ وَ لَا بِٱلَّذِي بَيۡنَ يَدَيۡهِ ۗ وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ مَوۡقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمۡ يَرۡجِعُ بَعۡضُهُمۡ إِلَىٰ بَعۡضٍ ٱلۡقَوۡلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ لِلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ لَوۡلَآ أَنتُمۡ لَكُنَّا مُؤۡمِنِينَ﴿٣١﴾
Kufr keltirganlar: «Ushbu Qurʼonga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen oʻsha zolimlarning Robbilari huzurida turgʻazib qoʻyilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsang edi. Oʻshanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz boʻlmaganingizda, albatta, biz moʻmin boʻlar edik», derlar.
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ لِلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُوٓاْ أَنَحۡنُ صَدَدۡنَٰكُمۡ عَنِ ٱلۡهُدَىٰ بَعۡدَ إِذۡ جَآءَكُم ۖ بَلۡ كُنتُم مُّجۡرِمِينَ﴿٣٢﴾
Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan toʻsdikmi?! Yoʻq! Oʻzingiz jinoyatchi boʻldingiz», derlar.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ لِلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ بَلۡ مَكۡرُ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ إِذۡ تَأۡمُرُونَنَآ أَن نَّكۡفُرَ بِٱللَّهِ وَ نَجۡعَلَ لَهُۥٓ أَندَادࣰا ۚ وَ أَسَرُّواْ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ۚ وَ جَعَلۡنَا ٱلۡأَغۡلَٰلَ فِيٓ أَعۡنَاقِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۖ هَلۡ يُجۡزَوۡنَ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٣٣﴾
Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yoʻq! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (toʻsdi). Oʻshanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qoʻshishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni koʻrgan chogʻlarida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا فِي قَرۡيَةࣲ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتۡرَفُوهَآ إِنَّا بِمَآ أُرۡسِلۡتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ﴿٣٤﴾
Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.
وَ قَالُواْ نَحۡنُ أَكۡثَرُ أَمۡوَٰلࣰا وَ أَوۡلَٰدࣰا وَ مَا نَحۡنُ بِمُعَذَّبِينَ﴿٣٥﴾
Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz koʻproq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.
قُلۡ إِنَّ رَبِّي يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٦﴾
Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar», deb ayt.
وَ مَآ أَمۡوَٰلُكُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُكُم بِٱلَّتِي تُقَرِّبُكُمۡ عِندَنَا زُلۡفَىٰٓ إِلَّا مَنۡ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ جَزَآءُ ٱلضِّعۡفِ بِمَا عَمِلُواْ وَ هُمۡ فِي ٱلۡغُرُفَٰتِ ءَامِنُونَ﴿٣٧﴾
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.
وَ ٱلَّذِينَ يَسۡعَوۡنَ فِيٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ٱلۡعَذَابِ مُحۡضَرُونَ﴿٣٨﴾
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana oʻshalar azob ichiga hozir qilinganlardir.
قُلۡ إِنَّ رَبِّي يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ وَ يَقۡدِرُ لَهُۥ ۚ وَ مَآ أَنفَقۡتُم مِّن شَيۡءࣲ فَهُوَ يُخۡلِفُهُۥ ۖ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلرَّٰزِقِينَ﴿٣٩﴾
Ayt: «Albatta, Robbim rizqni Oʻz bandalaridan kimni xohlasa oʻshanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning oʻrnini U toʻldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».
وَ يَوۡمَ يَحۡشُرُهُمۡ جَمِيعࣰا ثُمَّ يَقُولُ لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ أَهَٰٓؤُلَآءِ إِيَّاكُمۡ كَانُواْ يَعۡبُدُونَ﴿٤٠﴾
Ularning barchalarini jamlaydigan, soʻngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...
قَالُواْ سُبۡحَٰنَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم ۖ بَلۡ كَانُواْ يَعۡبُدُونَ ٱلۡجِنَّ ۖ أَكۡثَرُهُم بِهِم مُّؤۡمِنُونَ﴿٤١﴾
Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yoʻq! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Koʻplari oʻshalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.
فَٱلۡيَوۡمَ لَا يَمۡلِكُ بَعۡضُكُمۡ لِبَعۡضࣲ نَّفۡعࣰا وَ لَا ضَرࣰّا وَ نَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّتِي كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ﴿٤٢﴾
Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqarib yurgan olovning azobini tatib koʻring», dermiz.
وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتࣲ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّا رَجُلࣱ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمۡ عَمَّا كَانَ يَعۡبُدُ ءَابَآؤُكُمۡ وَ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّآ إِفۡكࣱ مُّفۡتَرࣰى ۚ وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمۡ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿٤٣﴾
Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, toʻqilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar oʻzlariga haq kelgan chogʻda: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
وَ مَآ ءَاتَيۡنَٰهُم مِّن كُتُبࣲ يَدۡرُسُونَهَا ۖ وَ مَآ أَرۡسَلۡنَآ إِلَيۡهِمۡ قَبۡلَكَ مِن نَّذِيرࣲ﴿٤٤﴾
Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.
وَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَ مَا بَلَغُواْ مِعۡشَارَ مَآ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ فَكَذَّبُواْ رُسُلِي ۖ فَكَيۡفَ كَانَ نَكِيرِ﴿٤٥﴾
Ulardan ilgari oʻtganlar ham (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning oʻndan biriga ham yetganlari yoʻq. Bas, Paygʻambarlarimni yolgʻonchi qildilar, ammo inkorim qandoq boʻldi?!
قُلۡ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍ ۖ أَن تَقُومُواْ لِلَّهِ مَثۡنَىٰ وَ فُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُواْ ۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنۡ هُوَ إِلَّا نَذِيرࣱ لَّكُم بَيۡنَ يَدَيۡ عَذَابࣲ شَدِيدࣲ﴿٤٦﴾
Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va toʻp-toʻp turib bir fikr yuritib koʻringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yoʻq. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.
قُلۡ مَا سَأَلۡتُكُم مِّنۡ أَجۡرࣲ فَهُوَ لَكُمۡ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدࣱ﴿٤٧﴾
Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq soʻramadim. Bas, u sizga boʻlsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga Oʻzi shohiddir», deb ayt.
قُلۡ إِنَّ رَبِّي يَقۡذِفُ بِٱلۡحَقِّ عَلَّٰمُ ٱلۡغُيُوبِ﴿٤٨﴾
Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot gʻayblarni oʻta bilguvchidir», deb ayt.
قُلۡ جَآءَ ٱلۡحَقُّ وَ مَا يُبۡدِئُ ٱلۡبَٰطِلُ وَ مَا يُعِيدُ﴿٤٩﴾
Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.
قُلۡ إِن ضَلَلۡتُ فَإِنَّمَآ أَضِلُّ عَلَىٰ نَفۡسِي ۖ وَ إِنِ ٱهۡتَدَيۡتُ فَبِمَا يُوحِيٓ إِلَيَّ رَبِّيٓ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعࣱ قَرِيبࣱ﴿٥٠﴾
Sen: «Agar men zalolatga ketgan boʻlsam, oʻz zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot oʻta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.
وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذۡ فَزِعُواْ فَلَا فَوۡتَ وَ أُخِذُواْ مِن مَّكَانࣲ قَرِيبࣲ﴿٥١﴾
Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yoʻq va yaqin makondan tutilishlarini bir koʻrsang edi?
وَ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِهِۦ وَ أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلتَّنَاوُشُ مِن مَّكَانِۭ بَعِيدࣲ﴿٥٢﴾
Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qoʻllari qandoq yetsin?!
وَ قَدۡ كَفَرُواْ بِهِۦ مِن قَبۡلُ ۖ وَ يَقۡذِفُونَ بِٱلۡغَيۡبِ مِن مَّكَانِۭ بَعِيدࣲ﴿٥٣﴾
Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Foyibga uzoq joydan tosh otar edilar.
وَ حِيلَ بَيۡنَهُمۡ وَ بَيۡنَ مَا يَشۡتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشۡيَاعِهِم مِّن قَبۡلُ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ فِي شَكࣲّ مُّرِيبِۭ﴿٥٤﴾
Va ular bilan oʻzlari ishtaha qilgan narsaning orasi toʻsildi. Xuddi oldin oʻtgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Saba. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — saba’ qavmi.
Mazmuni: Sura Dovud va Sulaymon alayhimassalomga berilgan ne’matlar, Saba qavmi va boylikka munosabat misolida shukrning ahamiyatini ko‘rsatadi. Payg‘ambarni inkor etganlarning bahonalari rad qilinib, haqiqiy boylik Allohning roziligi bilan bog‘lanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.