سورة الأحزاب
Ahzob surasi
Ittifoqchilar · Аҳзоб сураси
Ahzob surasi — Qurʼoni Karimning 33-surasi. U 73 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Ittifoqchilar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ ٱتَّقِ ٱللَّهَ وَ لَا تُطِعِ ٱلۡكَٰفِرِينَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿١﴾
Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh oʻta olim va oʻta hikmatli Zotdir.
وَ ٱتَّبِعۡ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣰا﴿٢﴾
Va oʻzingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash. Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.
وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلࣰا﴿٣﴾
Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.
مَّا جَعَلَ ٱللَّهُ لِرَجُلࣲ مِّن قَلۡبَيۡنِ فِي جَوۡفِهِۦ ۚ وَ مَا جَعَلَ أَزۡوَٰجَكُمُ ٱلَّٰٓـِٔي تُظَٰهِرُونَ مِنۡهُنَّ أُمَّهَٰتِكُمۡ ۚ وَ مَا جَعَلَ أَدۡعِيَآءَكُمۡ أَبۡنَآءَكُمۡ ۚ ذَٰلِكُمۡ قَوۡلُكُم بِأَفۡوَٰهِكُمۡ ۖ وَ ٱللَّهُ يَقُولُ ٱلۡحَقَّ وَ هُوَ يَهۡدِي ٱلسَّبِيلَ﴿٤﴾
Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. Oʻzlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz ogʻzingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur.
ٱدۡعُوهُمۡ لِأٓبَآئِهِمۡ هُوَ أَقۡسَطُ عِندَ ٱللَّهِ ۚ فَإِن لَّمۡ تَعۡلَمُوٓاْ ءَابَآءَهُمۡ فَإِخۡوَٰنُكُمۡ فِي ٱلدِّينِ وَ مَوَٰلِيكُمۡ ۚ وَ لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحࣱ فِيمَآ أَخۡطَأۡتُم بِهِۦ وَ لَٰكِن مَّا تَعَمَّدَتۡ قُلُوبُكُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمًا﴿٥﴾
Ularni oʻz otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida toʻgʻridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va doʻstlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yoʻq. Ammo dildan qasd qilgan boʻlsangiz, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir.
ٱلنَّبِيُّ أَوۡلَىٰ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ مِنۡ أَنفُسِهِمۡ ۖ وَ أَزۡوَٰجُهُۥٓ أُمَّهَٰتُهُمۡ ۗ وَ أُوْلُواْ ٱلۡأَرۡحَامِ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلَىٰ بِبَعۡضࣲ فِي كِتَٰبِ ٱللَّهِ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُهَٰجِرِينَ إِلَّآ أَن تَفۡعَلُوٓاْ إِلَىٰٓ أَوۡلِيَآئِكُم مَّعۡرُوفࣰا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِي ٱلۡكِتَٰبِ مَسۡطُورࣰا﴿٦﴾
Nabiy moʻminlar uchun oʻzlaridan koʻra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa moʻminlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, doʻstlaringizga yaxshilik qilmogʻingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.
وَ إِذۡ أَخَذۡنَا مِنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِيثَٰقَهُمۡ وَ مِنكَ وَ مِن نُّوحࣲ وَ إِبۡرَٰهِيمَ وَ مُوسَىٰ وَ عِيسَى ٱبۡنِ مَرۡيَمَ ۖ وَ أَخَذۡنَا مِنۡهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظࣰا﴿٧﴾
Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.
لِّيَسۡـَٔلَ ٱلصَّٰدِقِينَ عَن صِدۡقِهِمۡ ۚ وَ أَعَدَّ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿٨﴾
(Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida soʻrash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qoʻydi.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ إِذۡ جَآءَتۡكُمۡ جُنُودࣱ فَأَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ رِيحࣰا وَ جُنُودࣰا لَّمۡ تَرَوۡهَا ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرًا﴿٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan neʼmatini eslang. Oʻshanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz koʻrmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchi edi.
إِذۡ جَآءُوكُم مِّن فَوۡقِكُمۡ وَ مِنۡ أَسۡفَلَ مِنكُمۡ وَ إِذۡ زَاغَتِ ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَ بَلَغَتِ ٱلۡقُلُوبُ ٱلۡحَنَاجِرَ وَ تَظُنُّونَ بِٱللَّهِ ٱلظُّنُونَا۠﴿١٠﴾
Oʻshanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. Oʻshanda koʻzlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz.
هُنَالِكَ ٱبۡتُلِيَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَ زُلۡزِلُواْ زِلۡزَالࣰا شَدِيدࣰا﴿١١﴾
Ana shunda moʻminlar sinovga duchor boʻldilar va shiddatli larzaga tushdilar.
وَ إِذۡ يَقُولُ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ مَّا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥٓ إِلَّا غُرُورࣰا﴿١٢﴾
Oʻshanda munofiqlar va qalblarida kasallik borlar: «Alloh va Uning Rasuli bizga yolgʻondan boshqani vaʼda qilmagan ekan», derdilar.
وَ إِذۡ قَالَت طَّآئِفَةࣱ مِّنۡهُمۡ يَٰٓأَهۡلَ يَثۡرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمۡ فَٱرۡجِعُواْ ۚ وَ يَسۡتَـٔۡذِنُ فَرِيقࣱ مِّنۡهُمُ ٱلنَّبِيَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوۡرَةࣱ وَ مَا هِيَ بِعَوۡرَةٍ ۖ إِن يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارࣰا﴿١٣﴾
Oʻshanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yoʻq. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn soʻrab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.
وَ لَوۡ دُخِلَتۡ عَلَيۡهِم مِّنۡ أَقۡطَارِهَا ثُمَّ سُئِلُواْ ٱلۡفِتۡنَةَ لَأٓتَوۡهَا وَ مَا تَلَبَّثُواْ بِهَآ إِلَّا يَسِيرࣰا﴿١٤﴾
Agar ularning ustiga u(Madina)ning har tarafidan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, uni qiladilar. Hech kechikmaslar. Magar ozginagina.
وَ لَقَدۡ كَانُواْ عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ مِن قَبۡلُ لَا يُوَلُّونَ ٱلۡأَدۡبَٰرَ ۚ وَ كَانَ عَهۡدُ ٱللَّهِ مَسۡـُٔولࣰا﴿١٥﴾
Holbuki, ular bundan oldin ortga qarab qochmaslikka Allohga ahd bergan edilar. Allohga ahd esa, masʼuliyat boʻlgandir.
قُل لَّن يَنفَعَكُمُ ٱلۡفِرَارُ إِن فَرَرۡتُم مِّنَ ٱلۡمَوۡتِ أَوِ ٱلۡقَتۡلِ وَ إِذࣰا لَّا تُمَتَّعُونَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿١٦﴾
Sen: «Qochish sizga hech qanday foyda bermas. Demak, agar oʻlimdan yoki qatl boʻlishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.
قُلۡ مَن ذَا ٱلَّذِي يَعۡصِمُكُم مِّنَ ٱللَّهِ إِنۡ أَرَادَ بِكُمۡ سُوٓءًا أَوۡ أَرَادَ بِكُمۡ رَحۡمَةࣰ ۚ وَ لَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرࣰا﴿١٧﴾
Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan toʻsadigan kim bor?!» deb ayt. Ular oʻzlariga Allohdan oʻzga doʻst va yordam berguvchi topa olmaslar.
قَدۡ يَعۡلَمُ ٱللَّهُ ٱلۡمُعَوِّقِينَ مِنكُمۡ وَ ٱلۡقَآئِلِينَ لِإِخۡوَٰنِهِمۡ هَلُمَّ إِلَيۡنَا ۖ وَ لَا يَأۡتُونَ ٱلۡبَأۡسَ إِلَّا قَلِيلًا﴿١٨﴾
Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) toʻsiqlik qilguvchilarni ham va oʻz birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.
أَشِحَّةً عَلَيۡكُمۡ ۖ فَإِذَا جَآءَ ٱلۡخَوۡفُ رَأَيۡتَهُمۡ يَنظُرُونَ إِلَيۡكَ تَدُورُ أَعۡيُنُهُمۡ كَٱلَّذِي يُغۡشَىٰ عَلَيۡهِ مِنَ ٱلۡمَوۡتِ ۖ فَإِذَا ذَهَبَ ٱلۡخَوۡفُ سَلَقُوكُم بِأَلۡسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى ٱلۡخَيۡرِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَمۡ يُؤۡمِنُواْ فَأَحۡبَطَ ٱللَّهُ أَعۡمَٰلَهُمۡ ۚ وَ كَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣰا﴿١٩﴾
Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chogʻda ularning senga oʻlim talvasasidagi kishiga oʻxshab, koʻzlari aylanib nazar solishlarini koʻrursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochkoʻzlik qilib, sizlarga oʻtkir tillar ila ozor berurlar. Ana oʻshalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi.
يَحۡسَبُونَ ٱلۡأَحۡزَابَ لَمۡ يَذۡهَبُواْ ۖ وَ إِن يَأۡتِ ٱلۡأَحۡزَابُ يَوَدُّواْ لَوۡ أَنَّهُم بَادُونَ فِي ٱلۡأَعۡرَابِ يَسۡـَٔلُونَ عَنۡ أَنۢبَآئِكُمۡ ۖ وَ لَوۡ كَانُواْ فِيكُم مَّا قَٰتَلُوٓاْ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٢٠﴾
Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular aʼrobiylar ichida, choʻlda boʻlib, sizning xabaringizni soʻrab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda boʻlganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan boʻlur edilar.
لَّقَدۡ كَانَ لَكُمۡ فِي رَسُولِ ٱللَّهِ أُسۡوَةٌ حَسَنَةࣱ لِّمَن كَانَ يَرۡجُواْ ٱللَّهَ وَ ٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ وَ ذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرࣰا﴿٢١﴾
Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlganlar uchun va Allohni koʻp zikr qilganlar uchun Rasulullohda goʻzal oʻrnak bor edi.
وَ لَمَّا رَءَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلۡأَحۡزَابَ قَالُواْ هَٰذَا مَا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ وَ صَدَقَ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ ۚ وَ مَا زَادَهُمۡ إِلَّآ إِيمَٰنࣰا وَ تَسۡلِيمࣰا﴿٢٢﴾
Moʻminlar ahzoblarni koʻrganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli vaʼda qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost soʻzlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.
مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ رِجَالࣱ صَدَقُواْ مَا عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ عَلَيۡهِ ۖ فَمِنۡهُم مَّن قَضَىٰ نَحۡبَهُۥ وَ مِنۡهُم مَّن يَنتَظِرُ ۖ وَ مَا بَدَّلُواْ تَبۡدِيلࣰا﴿٢٣﴾
Moʻminlardan Allohga bergan vaʼdalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan baʼzilari ajalini topdi. Baʼzilari esa, intizor boʻlib turibdir. Ular biror narsani almashtirmadilar.
لِّيَجۡزِيَ ٱللَّهُ ٱلصَّٰدِقِينَ بِصِدۡقِهِمۡ وَ يُعَذِّبَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ إِن شَآءَ أَوۡ يَتُوبَ عَلَيۡهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٢٤﴾
Alloh sodiqlarni sadoqatlari sababidan mukofotlashi uchun va munofiqlarni agar xohlasa, azoblashi yoki tavbasini qabul qilishi uchundir. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimlidir.
وَ رَدَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِغَيۡظِهِمۡ لَمۡ يَنَالُواْ خَيۡرࣰا ۚ وَ كَفَى ٱللَّهُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ٱلۡقِتَالَ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزࣰا﴿٢٥﴾
Va Alloh kufr keltirganlarni gʻazablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Moʻminlar uchun urushda Allohning Oʻzi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir.
وَ أَنزَلَ ٱلَّذِينَ ظَٰهَرُوهُم مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ مِن صَيَاصِيهِمۡ وَ قَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعۡبَ فَرِيقࣰا تَقۡتُلُونَ وَ تَأۡسِرُونَ فَرِيقࣰا﴿٢٦﴾
Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan boʻlganlarni qoʻrgʻonlaridan tushirdi va qalblariga qoʻrqinch soldi. Bir guruhini oʻldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar.
وَ أَوۡرَثَكُمۡ أَرۡضَهُمۡ وَ دِيَٰرَهُمۡ وَ أَمۡوَٰلَهُمۡ وَ أَرۡضࣰا لَّمۡ تَطَـُٔوهَا ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣰا﴿٢٧﴾
Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ قُل لِّأَزۡوَٰجِكَ إِن كُنتُنَّ تُرِدۡنَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا وَ زِينَتَهَا فَتَعَالَيۡنَ أُمَتِّعۡكُنَّ وَ أُسَرِّحۡكُنَّ سَرَاحࣰا جَمِيلࣰا﴿٢٨﴾
Ey Nabiy, jufti halollaringga: «Agar bu dunyo hayotini va uning ziynatini iroda qilsangiz, kelinglar, sizlarni bahramand qilay va chiroyli boʻshatish ila boʻshatib qoʻyay.
وَ إِن كُنتُنَّ تُرِدۡنَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ ٱلدَّارَ ٱلۡأٓخِرَةَ فَإِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلۡمُحۡسِنَٰتِ مِنكُنَّ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٢٩﴾
Agar Allohni va Uning Rasulini va oxirat diyorini iroda qiladigan boʻlsangiz, bas, albatta, Alloh sizlardan goʻzal amal qilguvchilarga ulugʻ ajrni tayyorlab qoʻygan», deb ayt.
يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِيِّ مَن يَأۡتِ مِنكُنَّ بِفَٰحِشَةࣲ مُّبَيِّنَةࣲ يُضَٰعَفۡ لَهَا ٱلۡعَذَابُ ضِعۡفَيۡنِ ۚ وَ كَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣰا﴿٣٠﴾
Ey, Nabiyning ayollari! Sizdan kim ochiq gunoh qilsa, unga beriladigan azob ikki marta koʻpaytirilur. Bu esa, Alloh uchun oson boʻlgan ishdir.
وَ مَن يَقۡنُتۡ مِنكُنَّ لِلَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ تَعۡمَلۡ صَٰلِحࣰا نُّؤۡتِهَآ أَجۡرَهَا مَرَّتَيۡنِ وَ أَعۡتَدۡنَا لَهَا رِزۡقࣰا كَرِيمࣰا﴿٣١﴾
Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda boʻlsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun goʻzal rizqni tayyorlaganmiz.
يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِيِّ لَسۡتُنَّ كَأَحَدࣲ مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِنِ ٱتَّقَيۡتُنَّ ۚ فَلَا تَخۡضَعۡنَ بِٱلۡقَوۡلِ فَيَطۡمَعَ ٱلَّذِي فِي قَلۡبِهِۦ مَرَضࣱ وَ قُلۡنَ قَوۡلࣰا مَّعۡرُوفࣰا﴿٣٢﴾
Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin soʻz qilmang, yana, qalbida kasali bor boʻlgan tamaʼ qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.
وَ قَرۡنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَ لَا تَبَرَّجۡنَ تَبَرُّجَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ ٱلۡأُولَىٰ ۖ وَ أَقِمۡنَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتِينَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ أَطِعۡنَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥٓ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُذۡهِبَ عَنكُمُ ٱلرِّجۡسَ أَهۡلَ ٱلۡبَيۡتِ وَ يُطَهِّرَكُمۡ تَطۡهِيرࣰا﴿٣٣﴾
Viqor bilan uyingizda oʻtiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni toʻkis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xohlaydi, ey, ahli bayt!
وَ ٱذۡكُرۡنَ مَا يُتۡلَىٰ فِي بُيُوتِكُنَّ مِنۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ وَ ٱلۡحِكۡمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ لَطِيفًا خَبِيرًا﴿٣٤﴾
Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni eslang. Albatta, Alloh oʻta latiyf va oʻta xabardor boʻlgan Zotdir.
إِنَّ ٱلۡمُسۡلِمِينَ وَ ٱلۡمُسۡلِمَٰتِ وَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ وَ ٱلۡقَٰنِتِينَ وَ ٱلۡقَٰنِتَٰتِ وَ ٱلصَّٰدِقِينَ وَ ٱلصَّٰدِقَٰتِ وَ ٱلصَّٰبِرِينَ وَ ٱلصَّٰبِرَٰتِ وَ ٱلۡخَٰشِعِينَ وَ ٱلۡخَٰشِعَٰتِ وَ ٱلۡمُتَصَدِّقِينَ وَ ٱلۡمُتَصَدِّقَٰتِ وَ ٱلصَّٰٓئِمِينَ وَ ٱلصَّٰٓئِمَٰتِ وَ ٱلۡحَٰفِظِينَ فُرُوجَهُمۡ وَ ٱلۡحَٰفِظَٰتِ وَ ٱلذَّٰكِرِينَ ٱللَّهَ كَثِيرࣰا وَ ٱلذَّٰكِرَٰتِ أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُم مَّغۡفِرَةࣰ وَ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٣٥﴾
Albatta, muslimlar va muslimalar, moʻminlar va moʻminalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushuʼli erkaklar va xushuʼli ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, roʻza tutguvchi erkaklar va roʻza tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni koʻp zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni koʻp) zikr qilguvchi ayollar — oʻshalarga Alloh magʻfiratni va ulugʻ ajrni tayyorlab qoʻygandir.
وَ مَا كَانَ لِمُؤۡمِنࣲ وَ لَا مُؤۡمِنَةٍ إِذَا قَضَى ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥٓ أَمۡرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ ٱلۡخِيَرَةُ مِنۡ أَمۡرِهِمۡ ۗ وَ مَن يَعۡصِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ فَقَدۡ ضَلَّ ضَلَٰلࣰا مُّبِينࣰا﴿٣٦﴾
Hech bir moʻmin erkak va hech bir moʻmina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, oʻz ishlarini oʻzlaricha ixtiyor qilmoq yoʻq. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy boʻlsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.
وَ إِذۡ تَقُولُ لِلَّذِيٓ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِ وَ أَنۡعَمۡتَ عَلَيۡهِ أَمۡسِكۡ عَلَيۡكَ زَوۡجَكَ وَ ٱتَّقِ ٱللَّهَ وَ تُخۡفِي فِي نَفۡسِكَ مَا ٱللَّهُ مُبۡدِيهِ وَ تَخۡشَى ٱلنَّاسَ وَ ٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخۡشَىٰهُ ۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيۡدࣱ مِّنۡهَا وَطَرࣰا زَوَّجۡنَٰكَهَا لِكَيۡ لَا يَكُونَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ حَرَجࣱ فِيٓ أَزۡوَٰجِ أَدۡعِيَآئِهِمۡ إِذَا قَضَوۡاْ مِنۡهُنَّ وَطَرࣰا ۚ وَ كَانَ أَمۡرُ ٱللَّهِ مَفۡعُولࣰا﴿٣٧﴾
Esla, Alloh neʼmat bergan va sen ham neʼmat bergan shaxsga: «Juftingni oʻzing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qoʻrqarding, holbuki, Allohdan qoʻrqmogʻing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan oʻz hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, moʻminlarga oʻz asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik boʻlmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim boʻlgandir.
مَّا كَانَ عَلَى ٱلنَّبِيِّ مِنۡ حَرَجࣲ فِيمَا فَرَضَ ٱللَّهُ لَهُۥ ۖ سُنَّةَ ٱللَّهِ فِي ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلُ ۚ وَ كَانَ أَمۡرُ ٱللَّهِ قَدَرࣰا مَّقۡدُورًا﴿٣٨﴾
Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik boʻlmas. Bu — oldin oʻtganlar haqida ham Alloh tutgan yoʻldir. Allohning amri belgilangan qadar boʻldi.
ٱلَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَٰلَٰتِ ٱللَّهِ وَ يَخۡشَوۡنَهُۥ وَ لَا يَخۡشَوۡنَ أَحَدًا إِلَّا ٱللَّهَ ۗ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبࣰا﴿٣٩﴾
Ular Allohning elchiligini yetkazadigan, Undangina qoʻrqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmaydigan zotlardir. Allohning Oʻzi hisob qilguvchilikka kifoyadir.
مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَآ أَحَدࣲ مِّن رِّجَالِكُمۡ وَ لَٰكِن رَّسُولَ ٱللَّهِ وَ خَاتَمَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣰا﴿٤٠﴾
Muhammad sizlardan biron erkakning otasi boʻlgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Paygʻambarlarning soʻnggisidir. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ ذِكۡرࣰا كَثِيرࣰا﴿٤١﴾
Ey, iymon keltirganlar! Allohni koʻp zikr qilinglar.
وَ سَبِّحُوهُ بُكۡرَةࣰ وَ أَصِيلًا﴿٤٢﴾
Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar.
هُوَ ٱلَّذِي يُصَلِّي عَلَيۡكُمۡ وَ مَلَٰٓئِكَتُهُۥ لِيُخۡرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَ كَانَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ رَحِيمࣰا﴿٤٣﴾
U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun Oʻzi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U moʻminlarga oʻta mehribon boʻlgan Zotdir.
تَحِيَّتُهُمۡ يَوۡمَ يَلۡقَوۡنَهُۥ سَلَٰمࣱ ۚ وَ أَعَدَّ لَهُمۡ أَجۡرࣰا كَرِيمࣰا﴿٤٤﴾
U zotga yoʻliqadigan kundagi soʻrashishlari salomdir. Va ularga goʻzal ajrni tayyorlab qoʻygandir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ شَٰهِدࣰا وَ مُبَشِّرࣰا وَ نَذِيرࣰا﴿٤٥﴾
Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik berguvchi, xushxabarchi va ogohlantirguvchi...
وَ دَاعِيًا إِلَى ٱللَّهِ بِإِذۡنِهِۦ وَ سِرَاجࣰا مُّنِيرࣰا﴿٤٦﴾
Va Oʻz izni ila Allohga daʼvat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik.
وَ بَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَضۡلࣰا كَبِيرࣰا﴿٤٧﴾
Moʻminlarga ularga albatta Allohdan ulugʻ fazlu marhamat boʻlishi haqida xushxabar ber.
وَ لَا تُطِعِ ٱلۡكَٰفِرِينَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ دَعۡ أَذَىٰهُمۡ وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلࣰا﴿٤٨﴾
Kofir va munofiqlarga itoat etma. Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil boʻlishga Allohning Oʻzi kifoyadir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نَكَحۡتُمُ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ثُمَّ طَلَّقۡتُمُوهُنَّ مِن قَبۡلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ فَمَا لَكُمۡ عَلَيۡهِنَّ مِنۡ عِدَّةࣲ تَعۡتَدُّونَهَا ۖ فَمَتِّعُوهُنَّ وَ سَرِّحُوهُنَّ سَرَاحࣰا جَمِيلࣰا﴿٤٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Qachonki moʻminalarni nikohlab olsangiz, soʻngra ularni qoʻl tekkizmay turib, taloq qilsangiz, ular zimmasida siz uchun idda oʻtirish boʻlmas. Bas, siz ularni bahramand qiling va goʻzal boʻshatish ila boʻshatib yuboring.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِنَّآ أَحۡلَلۡنَا لَكَ أَزۡوَٰجَكَ ٱلَّٰتِيٓ ءَاتَيۡتَ أُجُورَهُنَّ وَ مَا مَلَكَتۡ يَمِينُكَ مِمَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَيۡكَ وَ بَنَاتِ عَمِّكَ وَ بَنَاتِ عَمَّٰتِكَ وَ بَنَاتِ خَالِكَ وَ بَنَاتِ خَٰلَٰتِكَ ٱلَّٰتِي هَاجَرۡنَ مَعَكَ وَ ٱمۡرَأَةࣰ مُّؤۡمِنَةً إِن وَهَبَتۡ نَفۡسَهَا لِلنَّبِيِّ إِنۡ أَرَادَ ٱلنَّبِيُّ أَن يَسۡتَنكِحَهَا خَالِصَةࣰ لَّكَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۗ قَدۡ عَلِمۡنَا مَا فَرَضۡنَا عَلَيۡهِمۡ فِيٓ أَزۡوَٰجِهِمۡ وَ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُمۡ لِكَيۡلَا يَكُونَ عَلَيۡكَ حَرَجࣱ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٥٠﴾
Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga oʻlja qilib bergan qoʻl ostingdagi(choʻri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, togʻangning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir moʻmina ayol oʻz nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Moʻminlarga emas. Ularga juftlari va qoʻllari ostidagi mulk(choʻri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik boʻlmasligi uchun qildik. Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir.
تُرۡجِي مَن تَشَآءُ مِنۡهُنَّ وَ تُـٔۡوِيٓ إِلَيۡكَ مَن تَشَآءُ ۖ وَ مَنِ ٱبۡتَغَيۡتَ مِمَّنۡ عَزَلۡتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكَ ۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَن تَقَرَّ أَعۡيُنُهُنَّ وَ لَا يَحۡزَنَّ وَ يَرۡضَيۡنَ بِمَآ ءَاتَيۡتَهُنَّ كُلُّهُنَّ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا فِي قُلُوبِكُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمࣰا﴿٥١﴾
Ulardan xohlaganingni nari qoʻyib, xohlaganingni oʻzingga olursan. Oʻzing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh boʻlmas. Shunday boʻlishi ularning koʻzlari quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi boʻlishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh oʻta bilguvchi va oʻta haliym Zotdir.
لَّا يَحِلُّ لَكَ ٱلنِّسَآءُ مِنۢ بَعۡدُ وَ لَآ أَن تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنۡ أَزۡوَٰجࣲ وَ لَوۡ أَعۡجَبَكَ حُسۡنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتۡ يَمِينُكَ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ رَّقِيبࣰا﴿٥٢﴾
Senga bundan boshqa ayollar halol boʻlmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham boʻlmas. Agar oʻshalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qoʻlingda mulk boʻlgan (choʻri) boʻlsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَدۡخُلُواْ بُيُوتَ ٱلنَّبِيِّ إِلَّآ أَن يُؤۡذَنَ لَكُمۡ إِلَىٰ طَعَامٍ غَيۡرَ نَٰظِرِينَ إِنَىٰهُ وَ لَٰكِنۡ إِذَا دُعِيتُمۡ فَٱدۡخُلُواْ فَإِذَا طَعِمۡتُمۡ فَٱنتَشِرُواْ وَ لَا مُسۡتَـٔۡنِسِينَ لِحَدِيثٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمۡ كَانَ يُؤۡذِي ٱلنَّبِيَّ فَيَسۡتَحۡيِۦ مِنكُمۡ ۖ وَ ٱللَّهُ لَا يَسۡتَحۡيِۦ مِنَ ٱلۡحَقِّ ۚ وَ إِذَا سَأَلۡتُمُوهُنَّ مَتَٰعࣰا فَسۡـَٔلُوهُنَّ مِن وَرَآءِ حِجَابࣲ ۚ ذَٰلِكُمۡ أَطۡهَرُ لِقُلُوبِكُمۡ وَ قُلُوبِهِنَّ ۚ وَ مَا كَانَ لَكُمۡ أَن تُؤۡذُواْ رَسُولَ ٱللَّهِ وَ لَآ أَن تَنكِحُوٓاْ أَزۡوَٰجَهُۥ مِنۢ بَعۡدِهِۦٓ أَبَدًا ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمۡ كَانَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمًا﴿٥٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan boʻlib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb boʻlishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻrang. Shunday qilmogʻingiz oʻz qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmogʻingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir.
إِن تُبۡدُواْ شَيۡـًٔا أَوۡ تُخۡفُوهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣰا﴿٥٤﴾
Gar bir narsani oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, albatta, Alloh barcha narsani oʻta bilguvchi Zotdir.
لَّا جُنَاحَ عَلَيۡهِنَّ فِيٓ ءَابَآئِهِنَّ وَ لَآ أَبۡنَآئِهِنَّ وَ لَآ إِخۡوَٰنِهِنَّ وَ لَآ أَبۡنَآءِ إِخۡوَٰنِهِنَّ وَ لَآ أَبۡنَآءِ أَخَوَٰتِهِنَّ وَ لَا نِسَآئِهِنَّ وَ لَا مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُنَّ ۗ وَ ٱتَّقِينَ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدًا﴿٥٥﴾
Ularga oʻz otalari, oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarning oʻgʻillari, oʻz ayollari va qoʻllari ostida mulk boʻlgan(qul)lari haqida gunoh yoʻqdir. (Ey, Paygʻambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir.
إِنَّ ٱللَّهَ وَ مَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِيِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ صَلُّواْ عَلَيۡهِ وَ سَلِّمُواْ تَسۡلِيمًا﴿٥٦﴾
Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُؤۡذُونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ أَعَدَّ لَهُمۡ عَذَابࣰا مُّهِينࣰا﴿٥٧﴾
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda laʼnatladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻydi.
وَ ٱلَّذِينَ يُؤۡذُونَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ بِغَيۡرِ مَا ٱكۡتَسَبُواْ فَقَدِ ٱحۡتَمَلُواْ بُهۡتَٰنࣰا وَ إِثۡمࣰا مُّبِينࣰا﴿٥٨﴾
Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, oʻz ustlariga ochiq boʻhton va gunohni olibdilar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ قُل لِّأَزۡوَٰجِكَ وَ بَنَاتِكَ وَ نِسَآءِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ يُدۡنِينَ عَلَيۡهِنَّ مِن جَلَٰبِيبِهِنَّ ۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَن يُعۡرَفۡنَ فَلَا يُؤۡذَيۡنَ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٥٩﴾
Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va moʻminlarning ayollariga ayt: jilboblarini oʻzlariga yaqin qilsinlar. Ana oʻsha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir.
لَّئِن لَّمۡ يَنتَهِ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ وَ ٱلۡمُرۡجِفُونَ فِي ٱلۡمَدِينَةِ لَنُغۡرِيَنَّكَ بِهِمۡ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَآ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٦٠﴾
Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar toʻxtamasalar, seni ularga qarshi qoʻzgʻaturmiz. Soʻngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qoʻshni boʻla olmaslar.
مَّلۡعُونِينَ ۖ أَيۡنَمَا ثُقِفُوٓاْ أُخِذُواْ وَ قُتِّلُواْ تَقۡتِيلࣰا﴿٦١﴾
Laʼnatlangan hollarida, qayerda topilsalar, tutilurlar va oʻldirib tashlanurlar.
سُنَّةَ ٱللَّهِ فِي ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلُ ۖ وَ لَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبۡدِيلࣰا﴿٦٢﴾
Ilgari oʻtganlar haqida Alloh tutgan yoʻl ham shudir. Allohning yoʻliga hech badal topa olmassan.
يَسۡـَٔلُكَ ٱلنَّاسُ عَنِ ٱلسَّاعَةِ ۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَ مَا يُدۡرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ تَكُونُ قَرِيبًا﴿٦٣﴾
Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol, oʻsha soat yaqindir.
إِنَّ ٱللَّهَ لَعَنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ وَ أَعَدَّ لَهُمۡ سَعِيرًا﴿٦٤﴾
Albatta, Alloh kofirlarni laʼnatladi va ularga doʻzaxni tayyorlab qoʻydi.
خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ لَّا يَجِدُونَ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرࣰا﴿٦٥﴾
Ular unda abadiy bardavom qolurlar. Na bir doʻst va na bir yordamchi topa olmaslar.
يَوۡمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمۡ فِي ٱلنَّارِ يَقُولُونَ يَٰلَيۡتَنَآ أَطَعۡنَا ٱللَّهَ وَ أَطَعۡنَا ٱلرَّسُولَا۠﴿٦٦﴾
Yuzlari olov ichida aylantirilayotgan kunda ular: «Eh, koshki, Allohga itoat qilsak edi, Rasuliga itoat qilsak edi», derlar.
وَ قَالُواْ رَبَّنَآ إِنَّآ أَطَعۡنَا سَادَتَنَا وَ كُبَرَآءَنَا فَأَضَلُّونَا ٱلسَّبِيلَا۠﴿٦٧﴾
Va: «Ey Robbimiz, albatta, biz boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik. Bas, ular bizni yoʻldan ozdirdilar.
رَبَّنَآ ءَاتِهِمۡ ضِعۡفَيۡنِ مِنَ ٱلۡعَذَابِ وَ ٱلۡعَنۡهُمۡ لَعۡنࣰا كَبِيرࣰا﴿٦٨﴾
Ey Robbimiz, sen ularga azobdan ikki hissa bergin va ularni katta laʼnatlash ila laʼnatlagin!» dedilar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ ءَاذَوۡاْ مُوسَىٰ فَبَرَّأَهُ ٱللَّهُ مِمَّا قَالُواْ ۚ وَ كَانَ عِندَ ٱللَّهِ وَجِيهࣰا﴿٦٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi boʻlmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obroʻli edi.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ قُولُواْ قَوۡلࣰا سَدِيدࣰا﴿٧٠﴾
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va toʻgʻri soʻz soʻzlanglar.
يُصۡلِحۡ لَكُمۡ أَعۡمَٰلَكُمۡ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ذُنُوبَكُمۡ ۗ وَ مَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ فَقَدۡ فَازَ فَوۡزًا عَظِيمًا﴿٧١﴾
U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni magʻfirat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.
إِنَّا عَرَضۡنَا ٱلۡأَمَانَةَ عَلَى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱلۡجِبَالِ فَأَبَيۡنَ أَن يَحۡمِلۡنَهَا وَ أَشۡفَقۡنَ مِنۡهَا وَ حَمَلَهَا ٱلۡإِنسَٰنُ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ ظَلُومࣰا جَهُولࣰا﴿٧٢﴾
Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va togʻlarga taklif qildik. Bas, ular uni koʻtarishdan bosh tortdilar va undan qoʻrqdilar. Uni inson koʻtardi. Darhaqiqat, u oʻta zolim va oʻta johildir.
لِّيُعَذِّبَ ٱللَّهُ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقَٰتِ وَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ وَ ٱلۡمُشۡرِكَٰتِ وَ يَتُوبَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمَۢا﴿٧٣﴾
Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda moʻmin va moʻminalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Ahzob. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — guruhlar.
Mazmuni: Sura oila va jamiyatni boshqarishga oid muhim masalalarni bayon qiladi. Payg‘ambar xonadonlari, hijob va muomala odobi, asrab olingan farzandning nasabi, Ahzob jangi, munofiqlar va Rasulullohga ergashish masalalari orqali mas’uliyatli jamiyat tamoyillari yoritiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.