Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Sajda surasi

سورة السجدة

Sajda surasi

Sajda · Сажда сураси

32-sura30 oyatMakkiy21-pora

Sajda surasi — Qurʼoni Karimning 32-surasi. U 30 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 32:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓمٓ﴿١﴾

    Alif. Laam. Miym.

  2. 32:2Mushafda oʻqish ↗

    تَنزِيلُ ٱلۡكِتَٰبِ لَا رَيۡبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢﴾

    Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yoʻq, olamlarning Robbi tomonidandir.

  3. 32:3Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰهُ ۚ بَلۡ هُوَ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوۡمࣰا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرࣲ مِّن قَبۡلِكَ لَعَلَّهُمۡ يَهۡتَدُونَ﴿٣﴾

    Yoki, uning oʻzi toʻqib olgan, derlarmi?! Yoʻq! U sendan oldin oʻzlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.

  4. 32:4Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ﴿٤﴾

    Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan oʻzga doʻst ham, shafoatchi ham yoʻqdir. Axir, eslamaysizlarmi?!

  5. 32:5Mushafda oʻqish ↗

    يُدَبِّرُ ٱلۡأَمۡرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ ثُمَّ يَعۡرُجُ إِلَيۡهِ فِي يَوۡمࣲ كَانَ مِقۡدَارُهُۥٓ أَلۡفَ سَنَةࣲ مِّمَّا تَعُدُّونَ﴿٥﴾

    U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. Soʻngra oʻsha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Unga chiqar.

  6. 32:6Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿٦﴾

    Ana shu Zot gʻoyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.

  7. 32:7Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِيٓ أَحۡسَنَ كُلَّ شَيۡءٍ خَلَقَهُۥ ۖ وَ بَدَأَ خَلۡقَ ٱلۡإِنسَٰنِ مِن طِينࣲ﴿٧﴾

    U Oʻzi yaratgan har bir narsani goʻzal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.

  8. 32:8Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ جَعَلَ نَسۡلَهُۥ مِن سُلَٰلَةࣲ مِّن مَّآءࣲ مَّهِينࣲ﴿٨﴾

    Soʻngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.

  9. 32:9Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَ نَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ۖ وَ جَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرَ وَ ٱلۡأَفۡـِٔدَةَ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَشۡكُرُونَ﴿٩﴾

    Soʻngra uni rostladi va uning ichiga Oʻz ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, koʻzlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.

  10. 32:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُوٓاْ أَءِذَا ضَلَلۡنَا فِي ٱلۡأَرۡضِ أَءِنَّا لَفِي خَلۡقࣲ جَدِيدِۭ ۚ بَلۡ هُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمۡ كَٰفِرُونَ﴿١٠﴾

    Ular: «Biz yer ostida yoʻq boʻlib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yoʻq! Ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.

  11. 32:11Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلۡمَوۡتِ ٱلَّذِي وُكِّلَ بِكُمۡ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمۡ تُرۡجَعُونَ﴿١١﴾

    Sen: «Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi joningizni oladir. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.

  12. 32:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلۡمُجۡرِمُونَ نَاكِسُواْ رُءُوسِهِمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ رَبَّنَآ أَبۡصَرۡنَا وَ سَمِعۡنَا فَٱرۡجِعۡنَا نَعۡمَلۡ صَٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ﴿١٢﴾

    Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, koʻrdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini koʻrsang edi.

  13. 32:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ شِئۡنَا لَأٓتَيۡنَا كُلَّ نَفۡسٍ هُدَىٰهَا وَ لَٰكِنۡ حَقَّ ٱلۡقَوۡلُ مِنِّي لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلۡجِنَّةِ وَ ٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ﴿١٣﴾

    Agar xohlaganimizda, har bir jonga oʻz hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab toʻldirurman», degan soʻz haq boʻldi.

  14. 32:14Mushafda oʻqish ↗

    فَذُوقُواْ بِمَا نَسِيتُمۡ لِقَآءَ يَوۡمِكُمۡ هَٰذَآ إِنَّا نَسِينَٰكُمۡ ۖ وَ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلۡخُلۡدِ بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٤﴾

    «Bas, totib koʻringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib oʻtgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.

  15. 32:15Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا يُؤۡمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُواْ بِهَا خَرُّواْۤ سُجَّدࣰاۤ وَ سَبَّحُواْ بِحَمۡدِ رَبِّهِمۡ وَ هُمۡ لَا يَسۡتَكۡبِرُونَ ۩﴿١٥﴾

    Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.

  16. 32:16Mushafda oʻqish ↗

    تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمۡ عَنِ ٱلۡمَضَاجِعِ يَدۡعُونَ رَبَّهُمۡ خَوۡفࣰا وَ طَمَعࣰا وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿١٦﴾

    Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq boʻlur. Ular Robbilariga qoʻrquv va umidvorlik ila duo qilurlar va oʻzlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.

  17. 32:17Mushafda oʻqish ↗

    فَلَا تَعۡلَمُ نَفۡسࣱ مَّآ أُخۡفِيَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعۡيُنࣲ جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٧﴾

    Bas, hech bir jon oʻzlari uchun qilib oʻtgan amallari mukofotiga berkitib qoʻyilgan koʻz quvonchlarini bilmas.

  18. 32:18Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَن كَانَ مُؤۡمِنࣰا كَمَن كَانَ فَاسِقࣰا ۚ لَّا يَسۡتَوُۥنَ﴿١٨﴾

    Axir, moʻmin boʻlgan odam fosiq boʻlgan odamdek boʻlurmi?! Teng boʻlmaslar.

  19. 32:19Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمۡ جَنَّٰتُ ٱلۡمَأۡوَىٰ نُزُلَۢا بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٩﴾

    Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib oʻtgan amallari uchun jannatul maʼvo manzildir.

  20. 32:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُواْ فَمَأۡوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓاْ أَن يَخۡرُجُواْ مِنۡهَآ أُعِيدُواْ فِيهَا وَ قِيلَ لَهُمۡ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِي كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ﴿٢٠﴾

    Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari doʻzaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan doʻzaxning azobini toting», deyilur.

  21. 32:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَنُذِيقَنَّهُم مِّنَ ٱلۡعَذَابِ ٱلۡأَدۡنَىٰ دُونَ ٱلۡعَذَابِ ٱلۡأَكۡبَرِ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٢١﴾

    Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.

  22. 32:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ثُمَّ أَعۡرَضَ عَنۡهَآ ۚ إِنَّا مِنَ ٱلۡمُجۡرِمِينَ مُنتَقِمُونَ﴿٢٢﴾

    Robbining oyatlari ila eslatilgan, soʻngra ulardan yuz oʻgirgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.

  23. 32:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ فَلَا تَكُن فِي مِرۡيَةࣲ مِّن لِّقَآئِهِۦ ۖ وَ جَعَلۡنَٰهُ هُدࣰى لِّبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿٢٣﴾

    Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning roʻbaroʻ boʻlishidan shubhada boʻlma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.

  24. 32:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا مِنۡهُمۡ أَئِمَّةࣰ يَهۡدُونَ بِأَمۡرِنَا لَمَّا صَبَرُواْ ۖ وَ كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يُوقِنُونَ﴿٢٤﴾

    Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.

  25. 32:25Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفۡصِلُ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿٢٥﴾

    Albatta, Robbing Oʻzi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari toʻgʻrisida ajrim qilur.

  26. 32:26Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَهۡدِ لَهُمۡ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِن قَبۡلِهِم مِّنَ ٱلۡقُرُونِ يَمۡشُونَ فِي مَسَٰكِنِهِمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتٍ ۚ أَفَلَا يَسۡمَعُونَ﴿٢٦﴾

    Oʻzlaridan oldin oʻtgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!

  27. 32:27Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا نَسُوقُ ٱلۡمَآءَ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ ٱلۡجُرُزِ فَنُخۡرِجُ بِهِۦ زَرۡعࣰا تَأۡكُلُ مِنۡهُ أَنۡعَٰمُهُمۡ وَ أَنفُسُهُمۡ ۚ أَفَلَا يُبۡصِرُونَ﴿٢٧﴾

    Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va oʻzlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, koʻrmaydilarmi?!

  28. 32:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡفَتۡحُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٢٨﴾

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, bu fath qachon boʻlur?!» derlar.

  29. 32:29Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَوۡمَ ٱلۡفَتۡحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِيمَٰنُهُمۡ وَ لَا هُمۡ يُنظَرُونَ﴿٢٩﴾

    Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.

  30. 32:30Mushafda oʻqish ↗

    فَأَعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ وَ ٱنتَظِرۡ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ﴿٣٠﴾

    Bas, ulardan yuz oʻgir va muntazir boʻl. Albatta, ular ham muntazirdirlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Sajda. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sajda.

Mazmuni: Sura Qur’onning haq ekanini va insonning qayta tirilishini isbotlovchi dalillarni eslatadi. Odamning yaratilishi, sajda qiluvchilarning kechasi ibodati va inkor qiluvchilarning pushaymoni orqali ixlosli bandalik bilan g‘aflat o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraLuqmon surasiKeyingi sura →Ahzob surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026