Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Luqmon surasi

سورة لقمان

Luqmon surasi

Luqmon · Луқмон сураси

31-sura34 oyatMakkiy21-pora

Luqmon surasi — Qurʼoni Karimning 31-surasi. U 34 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 31:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓمٓ﴿١﴾

    Alif. Laam. Miym.

  2. 31:2Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡحَكِيمِ﴿٢﴾

    Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.

  3. 31:3Mushafda oʻqish ↗

    هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لِّلۡمُحۡسِنِينَ﴿٣﴾

    U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.

  4. 31:4Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ هُم بِٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ يُوقِنُونَ﴿٤﴾

    Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlardir.

  5. 31:5Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدࣰى مِّن رَّبِّهِمۡ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٥﴾

    Ana oʻshalar Robbilaridan boʻlgan hidoyatdadirlar. Ana oʻshalar oʻzlari najot topguvchilardir.

  6. 31:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشۡتَرِي لَهۡوَ ٱلۡحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ وَ يَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿٦﴾

    Odamlar orasida(oʻzlari) ilmsiz ravishda Allohning yoʻlidan adashtirish uchun va u(yoʻl)ni istehzo qilish uchun behuda soʻzni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana oʻshalarga, oʻzlariga xorlovchi azob bor.

  7. 31:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِ ءَايَٰتُنَا وَلَّىٰ مُسۡتَكۡبِرࣰا كَأَن لَّمۡ يَسۡمَعۡهَا كَأَنَّ فِيٓ أُذُنَيۡهِ وَقۡرࣰا ۖ فَبَشِّرۡهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ﴿٧﴾

    Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulogʻida ogʻirlik bordek, mutakabbirlik bilan ortga qarab ketar. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.

  8. 31:8Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمۡ جَنَّٰتُ ٱلنَّعِيمِ﴿٨﴾

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, oʻshalarga neʼmat jannatlari bordir.

  9. 31:9Mushafda oʻqish ↗

    خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣰّا ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٩﴾

    Ular unda abadiy qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.

  10. 31:10Mushafda oʻqish ↗

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيۡرِ عَمَدࣲ تَرَوۡنَهَا ۖ وَ أَلۡقَىٰ فِي ٱلۡأَرۡضِ رَوَٰسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمۡ وَ بَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةࣲ ۚ وَ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَنۢبَتۡنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوۡجࣲ كَرِيمٍ﴿١٠﴾

    U, siz koʻrib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga ogʻir togʻlarni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qoʻygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli goʻzal va karamli juftlarni oʻstirib qoʻydik.

  11. 31:11Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا خَلۡقُ ٱللَّهِ فَأَرُونِي مَاذَا خَلَقَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ بَلِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿١١﴾

    Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga koʻrsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yoʻq! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.

  12. 31:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا لُقۡمَٰنَ ٱلۡحِكۡمَةَ أَنِ ٱشۡكُرۡ لِلَّهِ ۚ وَ مَن يَشۡكُرۡ فَإِنَّمَا يَشۡكُرُ لِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدࣱ﴿١٢﴾

    Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, oʻzi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.

  13. 31:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ لُقۡمَٰنُ لِٱبۡنِهِۦ وَ هُوَ يَعِظُهُۥ يَٰبُنَيَّ لَا تُشۡرِكۡ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱلشِّرۡكَ لَظُلۡمٌ عَظِيمࣱ﴿١٣﴾

    Luqmon oʻgʻliga vaʼz-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey oʻgʻilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».

  14. 31:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَصَّيۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيۡهِ حَمَلَتۡهُ أُمُّهُۥ وَهۡنًا عَلَىٰ وَهۡنࣲ وَ فِصَٰلُهُۥ فِي عَامَيۡنِ أَنِ ٱشۡكُرۡ لِي وَ لِوَٰلِدَيۡكَ إِلَيَّ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٤﴾

    Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtardi.

  15. 31:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن جَٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشۡرِكَ بِي مَا لَيۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمࣱ فَلَا تُطِعۡهُمَا ۖ وَ صَاحِبۡهُمَا فِي ٱلدُّنۡيَا مَعۡرُوفࣰا ۖ وَ ٱتَّبِعۡ سَبِيلَ مَنۡ أَنَابَ إِلَيَّ ۚ ثُمَّ إِلَيَّ مَرۡجِعُكُمۡ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٥﴾

    Agar ikkovlari seni oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zoʻrlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yoʻnalganlarning yoʻliga ergash. Soʻngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.

  16. 31:16Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبُنَيَّ إِنَّهَآ إِن تَكُ مِثۡقَالَ حَبَّةࣲ مِّنۡ خَرۡدَلࣲ فَتَكُن فِي صَخۡرَةٍ أَوۡ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَوۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَأۡتِ بِهَا ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرࣱ﴿١٦﴾

    «Ey oʻgʻilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urugʻicha boʻlsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda boʻlsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh oʻta lutfli va oʻta xabardor Zotdir.»

  17. 31:17Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبُنَيَّ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ وَ أۡمُرۡ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ ٱنۡهَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ ٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَآ أَصَابَكَ ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنۡ عَزۡمِ ٱلۡأُمُورِ﴿١٧﴾

    «Ey oʻgʻilcham, namozni toʻkis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va oʻzingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»

  18. 31:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تُصَعِّرۡ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَ لَا تَمۡشِ فِي ٱلۡأَرۡضِ مَرَحًا ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخۡتَالࣲ فَخُورࣲ﴿١٨﴾

    «Odamlardan takabbur-la yuz oʻgirma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»

  19. 31:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱقۡصِدۡ فِي مَشۡيِكَ وَ ٱغۡضُضۡ مِن صَوۡتِكَ ۚ إِنَّ أَنكَرَ ٱلۡأَصۡوَٰتِ لَصَوۡتُ ٱلۡحَمِيرِ﴿١٩﴾

    «Yurishingda moʻʼtadil boʻl va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.»

  20. 31:20Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَوۡاْ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ أَسۡبَغَ عَلَيۡكُمۡ نِعَمَهُۥ ظَٰهِرَةࣰ وَ بَاطِنَةࣰ ۗ وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِي ٱللَّهِ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ وَ لَا هُدࣰى وَ لَا كِتَٰبࣲ مُّنِيرࣲ﴿٢٠﴾

    Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini va sizga zohiriy va botiniy neʼmatlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (boʻla turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.

  21. 31:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ بَلۡ نَتَّبِعُ مَا وَجَدۡنَا عَلَيۡهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوۡ كَانَ ٱلشَّيۡطَٰنُ يَدۡعُوهُمۡ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ﴿٢١﴾

    Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yoʻq! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, oʻshanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni doʻzax azobiga chaqirayotgan boʻlsa ham-a?!

  22. 31:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُسۡلِمۡ وَجۡهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَ هُوَ مُحۡسِنࣱ فَقَدِ ٱسۡتَمۡسَكَ بِٱلۡعُرۡوَةِ ٱلۡوُثۡقَىٰ ۗ وَ إِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ﴿٢٢﴾

    Kim goʻzal amallarni qilguvchi boʻlgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.

  23. 31:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن كَفَرَ فَلَا يَحۡزُنكَ كُفۡرُهُۥٓ ۚ إِلَيۡنَا مَرۡجِعُهُمۡ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٢٣﴾

    Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni oʻta bilguvchidir.

  24. 31:24Mushafda oʻqish ↗

    نُمَتِّعُهُمۡ قَلِيلࣰا ثُمَّ نَضۡطَرُّهُمۡ إِلَىٰ عَذَابٍ غَلِيظࣲ﴿٢٤﴾

    Ularni bir oz huzurlantirurmiz, soʻngra qattiq azobga majbur qilurmiz.

  25. 31:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّنۡ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٢٥﴾

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb soʻrasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd boʻlsin», deb ayt. Yoʻq! Koʻplari bilmaslar.

  26. 31:26Mushafda oʻqish ↗

    لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡغَنِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿٢٦﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh Oʻzi behojat va maqtalgan Zotdir.

  27. 31:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّمَا فِي ٱلۡأَرۡضِ مِن شَجَرَةٍ أَقۡلَٰمࣱ وَ ٱلۡبَحۡرُ يَمُدُّهُۥ مِنۢ بَعۡدِهِۦ سَبۡعَةُ أَبۡحُرࣲ مَّا نَفِدَتۡ كَلِمَٰتُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٢٧﴾

    Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar boʻlib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) boʻlsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.

  28. 31:28Mushafda oʻqish ↗

    مَّا خَلۡقُكُمۡ وَ لَا بَعۡثُكُمۡ إِلَّا كَنَفۡسࣲ وَٰحِدَةٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُۢ بَصِيرٌ﴿٢٨﴾

    Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchidir.

  29. 31:29Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَ يُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ وَ سَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ كُلࣱّ يَجۡرِيٓ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى وَ أَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿٢٩﴾

    Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini koʻrmadingmi?!

  30. 31:30Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡحَقُّ وَ أَنَّ مَا يَدۡعُونَ مِن دُونِهِ ٱلۡبَٰطِلُ وَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡعَلِيُّ ٱلۡكَبِيرُ﴿٣٠﴾

    Bu, albatta, Allohning Oʻzi haq, albatta, Undan oʻzga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning Oʻzi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.

  31. 31:31Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱلۡفُلۡكَ تَجۡرِي فِي ٱلۡبَحۡرِ بِنِعۡمَتِ ٱللَّهِ لِيُرِيَكُم مِّنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّكُلِّ صَبَّارࣲ شَكُورࣲ﴿٣١﴾

    Kemalar Allohning neʼmati ila sizga Uning oyat-belgilarini koʻrsatish uchun dengizda yurganini koʻrmadingmi?! Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.

  32. 31:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا غَشِيَهُم مَّوۡجࣱ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمۡ إِلَى ٱلۡبَرِّ فَمِنۡهُم مُّقۡتَصِدࣱ ۚ وَ مَا يَجۡحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارࣲ كَفُورࣲ﴿٣٢﴾

    Qachon ularni togʻ kabi toʻlqin oʻrab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, baʼzilari tejamkor boʻlur. Bizning oyatlarimizni faqat oʻta xoin va oʻta kofirlargina inkor eturlar.

  33. 31:33Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمۡ وَ ٱخۡشَوۡاْ يَوۡمࣰا لَّا يَجۡزِي وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَ لَا مَوۡلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيۡـًٔا ۚ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَ لَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلۡغَرُورُ﴿٣٣﴾

    Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi boʻlmaydigan Kundan qoʻrqing. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni gʻururga ketkazmasin. Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin.

  34. 31:34Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥ عِلۡمُ ٱلسَّاعَةِ وَ يُنَزِّلُ ٱلۡغَيۡثَ وَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلۡأَرۡحَامِ ۖ وَ مَا تَدۡرِي نَفۡسࣱ مَّاذَا تَكۡسِبُ غَدࣰا ۖ وَ مَا تَدۡرِي نَفۡسُۢ بِأَيِّ أَرۡضࣲ تَمُوتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرُۢ﴿٣٤﴾

    Albatta, qiyomat soati ilmi yolgʻiz Allohning huzuridadir. Yomgʻirni U yogʻdirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda oʻlishini ham bilmas. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va oʻta xabardordir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Luqmon. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — luqmon.

Mazmuni: Sura Luqmonning o‘g‘liga bergan hikmatli nasihatlari bilan mashhur. Tavhid, ota-onaga hurmat, namoz, yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish, sabr, kibrdan saqlanish va ovozni me’yorida tutish kabi tarbiyaviy tamoyillar ketma-ket beriladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraRum surasiKeyingi sura →Sajda surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026