سورة الروم
Rum surasi
Rumliklar · Рум сураси
Rum surasi — Qurʼoni Karimning 30-surasi. U 60 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Rumliklar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
الٓمٓ﴿١﴾
Alif. Laam. Miym.
غُلِبَتِ ٱلرُّومُ﴿٢﴾
Rum magʻlub boʻldi.
فِيٓ أَدۡنَى ٱلۡأَرۡضِ وَ هُم مِّنۢ بَعۡدِ غَلَبِهِمۡ سَيَغۡلِبُونَ﴿٣﴾
Yaqin yerda. Va ular magʻlubiyatlaridan keyin tezda gʻolib boʻlajaklar.
فِي بِضۡعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ ٱلۡأَمۡرُ مِن قَبۡلُ وَ مِنۢ بَعۡدُ ۚ وَ يَوۡمَئِذࣲ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿٤﴾
Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. Oʻsha kunda moʻminlar shodlanurlar.
بِنَصۡرِ ٱللَّهِ ۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿٥﴾
Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir.
وَعۡدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخۡلِفُ ٱللَّهُ وَعۡدَهُۥ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٦﴾
(Bu) Allohning vaʼdasidir. Alloh Oʻz vaʼdasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning koʻpi buni bilmaslar.
يَعۡلَمُونَ ظَٰهِرࣰا مِّنَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ هُمۡ عَنِ ٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ غَٰفِلُونَ﴿٧﴾
Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan gʻofildirlar.
أَوَلَمۡ يَتَفَكَّرُواْ فِيٓ أَنفُسِهِم ۗ مَّا خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ وَ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۗ وَ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلنَّاسِ بِلِقَآيِٕ رَبِّهِمۡ لَكَٰفِرُونَ﴿٨﴾
Axir, ular, oʻzlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va maʼlum muddatga yaratganini tafakkur qilib koʻrmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan koʻplari Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.
أَوَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنۡهُمۡ قُوَّةࣰ وَ أَثَارُواْ ٱلۡأَرۡضَ وَ عَمَرُوهَآ أَكۡثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظۡلِمَهُمۡ وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٩﴾
Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari koʻproq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan koʻra koʻproq obod qilgan edilar. Va ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular oʻzlariga zulm qilardilar.
ثُمَّ كَانَ عَٰقِبَةَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔواْ ٱلسُّوٓأَىٰٓ أَن كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ كَانُواْ بِهَا يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿١٠﴾
Soʻngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon boʻldi.
ٱللَّهُ يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ثُمَّ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿١١﴾
Alloh maxluqotni yoʻqdan bor qilur, soʻngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, soʻngra Unga qaytarilursiz.
وَ يَوۡمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُبۡلِسُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿١٢﴾
Qiyomat qoim boʻlgan kunda jinoyatchilar noumid boʻlurlar.
وَ لَمۡ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَآئِهِمۡ شُفَعَٰٓؤُاْ وَ كَانُواْ بِشُرَكَآئِهِمۡ كَٰفِرِينَ﴿١٣﴾
Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar boʻlmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi boʻldilar.
وَ يَوۡمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوۡمَئِذࣲ يَتَفَرَّقُونَ﴿١٤﴾
Qiyomat qoim boʻlgan kuni, oʻsha kuni (guruhlarga) boʻlinurlar.
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَهُمۡ فِي رَوۡضَةࣲ يُحۡبَرُونَ﴿١٥﴾
Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.
وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ لِقَآيِٕ ٱلۡأٓخِرَةِ فَأُوْلَٰٓئِكَ فِي ٱلۡعَذَابِ مُحۡضَرُونَ﴿١٦﴾
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar azobga hozir qilinurlar.
فَسُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ حِينَ تُمۡسُونَ وَ حِينَ تُصۡبِحُونَ﴿١٧﴾
Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.
وَ لَهُ ٱلۡحَمۡدُ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ عَشِيࣰّا وَ حِينَ تُظۡهِرُونَ﴿١٨﴾
Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting).
يُخۡرِجُ ٱلۡحَيَّ مِنَ ٱلۡمَيِّتِ وَ يُخۡرِجُ ٱلۡمَيِّتَ مِنَ ٱلۡحَيِّ وَ يُحۡيِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَا ۚ وَ كَذَٰلِكَ تُخۡرَجُونَ﴿١٩﴾
U oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarur va yerni oʻlimidan keyin tiriltirur. Shunga oʻxshash, siz ham chiqarilursiz.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنۡ خَلَقَكُم مِّن تُرَابࣲ ثُمَّ إِذَآ أَنتُم بَشَرࣱ تَنتَشِرُونَ﴿٢٠﴾
Sizni tuproqdan yaratgani va soʻngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنۡ خَلَقَ لَكُم مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ أَزۡوَٰجࣰا لِّتَسۡكُنُوٓاْ إِلَيۡهَا وَ جَعَلَ بَيۡنَكُم مَّوَدَّةࣰ وَ رَحۡمَةً ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿٢١﴾
Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun oʻzingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoʻygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦ خَلۡقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱخۡتِلَٰفُ أَلۡسِنَتِكُمۡ وَ أَلۡوَٰنِكُمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّلۡعَٰلِمِينَ﴿٢٢﴾
Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha boʻlishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦ مَنَامُكُم بِٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ وَ ٱبۡتِغَآؤُكُم مِّن فَضۡلِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَسۡمَعُونَ﴿٢٣﴾
Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦ يُرِيكُمُ ٱلۡبَرۡقَ خَوۡفࣰا وَ طَمَعࣰا وَ يُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَيُحۡيِۦ بِهِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَآ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٢٤﴾
Va Uning oyatlaridan sizga qoʻrquv va umid uchun chaqmoqni koʻrsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni oʻlgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن تَقُومَ ٱلسَّمَآءُ وَ ٱلۡأَرۡضُ بِأَمۡرِهِۦ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمۡ دَعۡوَةࣰ مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ إِذَآ أَنتُمۡ تَخۡرُجُونَ﴿٢٥﴾
Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. Soʻngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.
وَ لَهُۥ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ كُلࣱّ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ﴿٢٦﴾
Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.
وَ هُوَ ٱلَّذِي يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَ هُوَ أَهۡوَنُ عَلَيۡهِ ۚ وَ لَهُ ٱلۡمَثَلُ ٱلۡأَعۡلَىٰ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢٧﴾
U maxluqotni yoʻqdan bor qilur, soʻngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.
ضَرَبَ لَكُم مَّثَلࣰا مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ ۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِي مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ فَأَنتُمۡ فِيهِ سَوَآءࣱ تَخَافُونَهُمۡ كَخِيفَتِكُمۡ أَنفُسَكُمۡ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٢٨﴾
U sizga oʻzingizdan misol keltirdi. Sizlarning qoʻlingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng boʻlib, ular(haqi)da ham oʻz(haq)ingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.
بَلِ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَهۡوَآءَهُم بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ ۖ فَمَن يَهۡدِي مَنۡ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَ مَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٢٩﴾
Yoʻq!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar boʻlmas.
فَأَقِمۡ وَجۡهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفࣰا ۚ فِطۡرَتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِي فَطَرَ ٱلنَّاسَ عَلَيۡهَا ۚ لَا تَبۡدِيلَ لِخَلۡقِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلۡقَيِّمُ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٠﴾
Bas, sen haqqa moyil boʻlib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.
مُنِيبِينَ إِلَيۡهِ وَ ٱتَّقُوهُ وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ لَا تَكُونُواْ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٣١﴾
(Har bir narsada) Unga qaytguvchi boʻlaroq, Unga taqvo qiling, namozni toʻkis ado eting va mushriklardan boʻlmang.
مِنَ ٱلَّذِينَ فَرَّقُواْ دِينَهُمۡ وَ كَانُواْ شِيَعࣰا ۖ كُلُّ حِزۡبِۭ بِمَا لَدَيۡهِمۡ فَرِحُونَ﴿٣٢﴾
Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh boʻlib olib, har bir firqa oʻz oldidagi narsadan shod boʻlganlardan (boʻlmang).
وَ إِذَا مَسَّ ٱلنَّاسَ ضُرࣱّ دَعَوۡاْ رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيۡهِ ثُمَّ إِذَآ أَذَاقَهُم مِّنۡهُ رَحۡمَةً إِذَا فَرِيقࣱ مِّنۡهُم بِرَبِّهِمۡ يُشۡرِكُونَ﴿٣٣﴾
Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining Oʻzigagina qaytib, duo qilurlar. Soʻngra U ularga Oʻzidan rahmat tottirganda, koʻribsanki, ulardan baʼzi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.
لِيَكۡفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ ۚ فَتَمَتَّعُواْ فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ﴿٣٤﴾
Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!
أَمۡ أَنزَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ سُلۡطَٰنࣰا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُواْ بِهِۦ يُشۡرِكُونَ﴿٣٥﴾
Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida soʻzlarmi?!
وَ إِذَآ أَذَقۡنَا ٱلنَّاسَ رَحۡمَةࣰ فَرِحُواْ بِهَا ۖ وَ إِن تُصِبۡهُمۡ سَيِّئَةُۢ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ إِذَا هُمۡ يَقۡنَطُونَ﴿٣٦﴾
Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod boʻlurlar. Agar ularga oʻz qoʻllari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٣٧﴾
Ular Alloh Oʻzi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
فَـَٔاتِ ذَا ٱلۡقُرۡبَىٰ حَقَّهُۥ وَ ٱلۡمِسۡكِينَ وَ ٱبۡنَ ٱلسَّبِيلِ ۚ ذَٰلِكَ خَيۡرࣱ لِّلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجۡهَ ٱللَّهِ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٣٨﴾
Bas, qarindoshga, miskinga va yoʻlda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana oʻshalar najot topguvchilardir.
وَ مَآ ءَاتَيۡتُم مِّن رِّبࣰا لِّيَرۡبُوَاْ فِيٓ أَمۡوَٰلِ ٱلنَّاسِ فَلَا يَرۡبُواْ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَ مَآ ءَاتَيۡتُم مِّن زَكَوٰةࣲ تُرِيدُونَ وَجۡهَ ٱللَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُضۡعِفُونَ﴿٣٩﴾
Odamlar mollari ichida ziyoda boʻlsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda boʻlmas. Allohning yuzini koʻzlab bergan zakotingiz esa, bas, ana oʻshalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَكُمۡ ثُمَّ رَزَقَكُمۡ ثُمَّ يُمِيتُكُمۡ ثُمَّ يُحۡيِيكُمۡ ۖ هَلۡ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَفۡعَلُ مِن ذَٰلِكُم مِّن شَيۡءࣲ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٤٠﴾
Sizlarni xalq qilgan, soʻngra rizqlantirgan, keyin oʻldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy boʻldi.
ظَهَرَ ٱلۡفَسَادُ فِي ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ بِمَا كَسَبَتۡ أَيۡدِي ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعۡضَ ٱلَّذِي عَمِلُواْ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٤١﴾
Qilgan amallarining baʼzisini tottirish uchun, odamlar qoʻllari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir boʻldi. Shoyadki, ular qaytsalar.
قُلۡ سِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلُ ۚ كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّشۡرِكِينَ﴿٤٢﴾
Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar. Ularning koʻplari mushrik boʻlgan edilar», deb ayt.
فَأَقِمۡ وَجۡهَكَ لِلدِّينِ ٱلۡقَيِّمِ مِن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ يَوۡمࣱ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۖ يَوۡمَئِذࣲ يَصَّدَّعُونَ﴿٤٣﴾
Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval toʻgʻri dinga yuz tut. Oʻsha kunda (odamlar) boʻlak-boʻlak boʻlurlar.
مَن كَفَرَ فَعَلَيۡهِ كُفۡرُهُۥ ۖ وَ مَنۡ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَلِأَنفُسِهِمۡ يَمۡهَدُونَ﴿٤٤﴾
Kim kufr keltirsa, uning kufri oʻziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan boʻlsa, oʻzlari uchun (zamin) tayyorlar.
لِيَجۡزِيَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن فَضۡلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٤٥﴾
U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni Oʻz fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.
وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن يُرۡسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتࣲ وَ لِيُذِيقَكُم مِّن رَّحۡمَتِهِۦ وَ لِتَجۡرِيَ ٱلۡفُلۡكُ بِأَمۡرِهِۦ وَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٤٦﴾
Va Uning oyat-belgilaridan sizga Oʻz rahmatidan tottirish uchun, Oʻz amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوۡمِهِمۡ فَجَآءُوهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَٱنتَقَمۡنَا مِنَ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ ۖ وَ كَانَ حَقًّا عَلَيۡنَا نَصۡرُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٤٧﴾
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. Soʻng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Moʻminlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي يُرۡسِلُ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابࣰا فَيَبۡسُطُهُۥ فِي ٱلسَّمَآءِ كَيۡفَ يَشَآءُ وَ يَجۡعَلُهُۥ كِسَفࣰا فَتَرَى ٱلۡوَدۡقَ يَخۡرُجُ مِنۡ خِلَٰلِهِۦ ۖ فَإِذَآ أَصَابَ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦٓ إِذَا هُمۡ يَسۡتَبۡشِرُونَ﴿٤٨﴾
Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qoʻzgʻatar va u(bulut)ni osmonda Oʻzi xohlaganicha yoyar va boʻlak-boʻlak qilar, bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasan. Qachon u(yomgʻir)ni Oʻz bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod boʻlurlar.
وَ إِن كَانُواْ مِن قَبۡلِ أَن يُنَزَّلَ عَلَيۡهِم مِّن قَبۡلِهِۦ لَمُبۡلِسِينَ﴿٤٩﴾
Holbuki, ustlariga (yomgʻir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.
فَٱنظُرۡ إِلَىٰٓ ءَاثَٰرِ رَحۡمَتِ ٱللَّهِ كَيۡفَ يُحۡيِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٥٠﴾
Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni oʻlib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot oʻliklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.
وَ لَئِنۡ أَرۡسَلۡنَا رِيحࣰا فَرَأَوۡهُ مُصۡفَرࣰّا لَّظَلُّواْ مِنۢ بَعۡدِهِۦ يَكۡفُرُونَ﴿٥١﴾
Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sargʻaygan holda koʻrsalar, undan keyin, albatta, kufroni neʼmat qilishga oʻtarlar.
فَإِنَّكَ لَا تُسۡمِعُ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ لَا تُسۡمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوۡاْ مُدۡبِرِينَ﴿٥٢﴾
Albatta, sen oʻlikka eshittira olmassan va daʼvatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.
وَ مَآ أَنتَ بِهَٰدِ ٱلۡعُمۡيِ عَن ضَلَٰلَتِهِمۡ ۖ إِن تُسۡمِعُ إِلَّا مَن يُؤۡمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسۡلِمُونَ﴿٥٣﴾
Sen koʻrlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana oʻshalar musulmonlardir.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن ضَعۡفࣲ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعۡدِ ضَعۡفࣲ قُوَّةࣰ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعۡدِ قُوَّةࣲ ضَعۡفࣰا وَ شَيۡبَةࣰ ۚ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡقَدِيرُ﴿٥٤﴾
Alloh sizni zaiflikda yaratgan, soʻngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, soʻngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U oʻta ilmli va oʻta qudratlidir.
وَ يَوۡمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُقۡسِمُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ مَا لَبِثُواْ غَيۡرَ سَاعَةࣲ ۚ كَذَٰلِكَ كَانُواْ يُؤۡفَكُونَ﴿٥٥﴾
Qiyomat qoim boʻladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday oʻgirilar edilar.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ وَ ٱلۡإِيمَٰنَ لَقَدۡ لَبِثۡتُمۡ فِي كِتَٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡبَعۡثِ ۖ فَهَٰذَا يَوۡمُ ٱلۡبَعۡثِ وَ لَٰكِنَّكُمۡ كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٥٦﴾
Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi boʻyicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.
فَيَوۡمَئِذࣲ لَّا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَعۡذِرَتُهُمۡ وَ لَا هُمۡ يُسۡتَعۡتَبُونَ﴿٥٧﴾
Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga maʼziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.
وَ لَقَدۡ ضَرَبۡنَا لِلنَّاسِ فِي هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ مِن كُلِّ مَثَلࣲ ۚ وَ لَئِن جِئۡتَهُم بِـَٔايَةࣲ لَّيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا مُبۡطِلُونَ﴿٥٨﴾
Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga moʻʼjiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan oʻzga emassiz», derlar.
كَذَٰلِكَ يَطۡبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٥٩﴾
Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.
فَٱصۡبِرۡ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ ۖ وَ لَا يَسۡتَخِفَّنَّكَ ٱلَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ﴿٦٠﴾
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Rum. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — rimliklar.
Mazmuni: Sura Rumlarning mag‘lubiyati va keyinchalik ustun kelishi haqidagi xabar orqali tarixiy o‘zgarishlar ham Allohning irodasi ostida ekanini ko‘rsatadi. Yaratuvchining belgilariga tabiat, insonning juft yaratilishi, til va ranglarning xilma-xilligi hamda yomg‘ir misol qilib keltiriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.