سورة العنكبوت
Ankabut surasi
O‘rgimchak · Анкабут сураси
Ankabut surasi — Qurʼoni Karimning 29-surasi. U 69 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «O‘rgimchak» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
الٓمٓ﴿١﴾
Alif. Laam. Miym.
أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتۡرَكُوٓاْ أَن يَقُولُوٓاْ ءَامَنَّا وَ هُمۡ لَا يُفۡتَنُونَ﴿٢﴾
Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini oʻyladilarmi?
وَ لَقَدۡ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۖ فَلَيَعۡلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ وَ لَيَعۡلَمَنَّ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٣﴾
Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan oʻtkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq boʻlganlarni ham bilajak, yolgʻonchilarni ham bilajak.
أَمۡ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعۡمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسۡبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ﴿٤﴾
Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni oʻylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!
مَن كَانَ يَرۡجُواْ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَأٓتࣲ ۚ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٥﴾
Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchidir.
وَ مَن جَٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَٰهِدُ لِنَفۡسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِيٌّ عَنِ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦﴾
Kim jihod qilsa, bas, albatta, oʻz foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.
وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنۡهُمۡ سَيِّـَٔاتِهِمۡ وَ لَنَجۡزِيَنَّهُمۡ أَحۡسَنَ ٱلَّذِي كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٧﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta oʻchirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.
وَ وَصَّيۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيۡهِ حُسۡنࣰا ۖ وَ إِن جَٰهَدَاكَ لِتُشۡرِكَ بِي مَا لَيۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمࣱ فَلَا تُطِعۡهُمَآ ۚ إِلَيَّ مَرۡجِعُكُمۡ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٨﴾
Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman.
وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُدۡخِلَنَّهُمۡ فِي ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٩﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni solihlar qatoriga qoʻshurmiz.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ فَإِذَآ أُوذِيَ فِي ٱللَّهِ جَعَلَ فِتۡنَةَ ٱلنَّاسِ كَعَذَابِ ٱللَّهِ ۖ وَ لَئِن جَآءَ نَصۡرࣱ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمۡ ۚ أَوَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِأَعۡلَمَ بِمَا فِي صُدُورِ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠﴾
Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, soʻngra Allohning yoʻlida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning koʻksilaridagi narsalarni oʻta bilguvchi Zot emasmi?!
وَ لَيَعۡلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ لَيَعۡلَمَنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ﴿١١﴾
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni ham yaxshi bilur, munofiqlarni ham yaxshi bilur.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّبِعُواْ سَبِيلَنَا وَ لۡنَحۡمِلۡ خَطَٰيَٰكُمۡ وَ مَا هُم بِحَٰمِلِينَ مِنۡ خَطَٰيَٰهُم مِّن شَيۡءٍ ۖ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿١٢﴾
Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yoʻlimizga ergashinglar, xatolaringizni biz koʻtaraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani koʻtarguvchi emaslar. Albatta, ular yolgʻonchilardir.
وَ لَيَحۡمِلُنَّ أَثۡقَالَهُمۡ وَ أَثۡقَالࣰا مَّعَ أَثۡقَالِهِمۡ ۖ وَ لَيُسۡـَٔلُنَّ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ عَمَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿١٣﴾
Albatta, ular oʻz yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham koʻtarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida soʻralurlar.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمۡ أَلۡفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمۡسِينَ عَامࣰا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَ هُمۡ ظَٰلِمُونَ﴿١٤﴾
Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Paygʻambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. Soʻngra ularni zolim boʻlgan hollarida toʻfon oldi.
فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ أَصۡحَٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَ جَعَلۡنَٰهَآ ءَايَةࣰ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿١٥﴾
Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.
وَ إِبۡرَٰهِيمَ إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَ ٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿١٦﴾
Va Ibrohimni (yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.
إِنَّمَا تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوۡثَٰنࣰا وَ تَخۡلُقُونَ إِفۡكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمۡلِكُونَ لَكُمۡ رِزۡقࣰا فَٱبۡتَغُواْ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزۡقَ وَ ٱعۡبُدُوهُ وَ ٱشۡكُرُواْ لَهُۥٓ ۖ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿١٧﴾
Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar toʻqimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.
وَ إِن تُكَذِّبُواْ فَقَدۡ كَذَّبَ أُمَمࣱ مِّن قَبۡلِكُمۡ ۖ وَ مَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٨﴾
Agar sizlar yolgʻonchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolgʻonchi qilganlar. Paygʻambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», dedi.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ كَيۡفَ يُبۡدِئُ ٱللَّهُ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣱ﴿١٩﴾
Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, soʻngra uni yana qaytarishini koʻrmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.
قُلۡ سِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ بَدَأَ ٱلۡخَلۡقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشۡأَةَ ٱلۡأٓخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٢٠﴾
Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.
يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَ يَرۡحَمُ مَن يَشَآءُ ۖ وَ إِلَيۡهِ تُقۡلَبُونَ﴿٢١﴾
Kimni xohlasa, azoblaydir, kimni xohlasa, rahim qiladir. Ungagina qaytarilursiz.
وَ مَآ أَنتُم بِمُعۡجِزِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فِي ٱلسَّمَآءِ ۖ وَ مَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرࣲ﴿٢٢﴾
Siz na yer yuzida va na koʻkda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham boʻlmas.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ لِقَآئِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ يَئِسُواْ مِن رَّحۡمَتِي وَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٢٣﴾
Allohning oyatlariga va Unga roʻbaroʻ boʻlishga kufr keltirganlar, ana oʻshalar Mening rahmatimdan noumid boʻldilar. Ana oʻshalarning oʻzlariga alamli azob bor.
فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوۡمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱقۡتُلُوهُ أَوۡ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٢٤﴾
Uning qavmining javobi: «Uni oʻldiringlar yoki oʻtda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi. Bas, Alloh uni oʻtdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ قَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذۡتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوۡثَٰنࣰا مَّوَدَّةَ بَيۡنِكُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ ثُمَّ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يَكۡفُرُ بَعۡضُكُم بِبَعۡضࣲ وَ يَلۡعَنُ بَعۡضُكُم بَعۡضࣰا وَ مَأۡوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَ مَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٢٥﴾
U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohni qoʻyib, butlarni tutdingiz. Soʻngra, qiyomat kunida baʼzingiz baʼzingizga kufr keltirursiz va baʼzingiz baʼzingizni laʼnatlarsiz. Va joyingiz doʻzaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar boʻlmas.
فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطࣱ ۘ وَ قَالَ إِنِّي مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّيٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢٦﴾
Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.
وَ وَهَبۡنَا لَهُۥٓ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ وَ جَعَلۡنَا فِي ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ أَجۡرَهُۥ فِي ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ إِنَّهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٢٧﴾
Biz unga Isʼhoqni va Yaʼqubni baxsh etdik va Paygʻambarlik hamda kitobni uning zurriyotida boʻladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan boʻlgay.
وَ لُوطًا إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِۦٓ إِنَّكُمۡ لَتَأۡتُونَ ٱلۡفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنۡ أَحَدࣲ مِّنَ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٨﴾
Va Lutni (ham yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Albatta, siz oʻzingizdan oldin oʻtgan olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz.
أَئِنَّكُمۡ لَتَأۡتُونَ ٱلرِّجَالَ وَ تَقۡطَعُونَ ٱلسَّبِيلَ وَ تَأۡتُونَ فِي نَادِيكُمُ ٱلۡمُنكَرَ ۖ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوۡمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱئۡتِنَا بِعَذَابِ ٱللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٢٩﴾
Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yoʻlni kesasizmi va yigʻinlaringizda munkar ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa boʻlmadi.
قَالَ رَبِّ ٱنصُرۡنِي عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٣٠﴾
U: «Ey Robbim, menga buzgʻunchi qavmlarga qarshi Oʻzing nusrat ber», dedi.
وَ لَمَّا جَآءَتۡ رُسُلُنَآ إِبۡرَٰهِيمَ بِٱلۡبُشۡرَىٰ قَالُوٓاْ إِنَّا مُهۡلِكُوٓاْ أَهۡلِ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ۖ إِنَّ أَهۡلَهَا كَانُواْ ظَٰلِمِينَ﴿٣١﴾
Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan boʻldilar», dedilar.
قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطࣰا ۚ قَالُواْ نَحۡنُ أَعۡلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَ أَهۡلَهُۥٓ إِلَّا ٱمۡرَأَتَهُۥ كَانَتۡ مِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿٣٢﴾
U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok boʻlguvchilardan boʻlgandir», dedilar.
وَ لَمَّآ أَن جَآءَتۡ رُسُلُنَا لُوطࣰا سِيٓءَ بِهِمۡ وَ ضَاقَ بِهِمۡ ذَرۡعࣰا ۖ وَ قَالُواْ لَا تَخَفۡ وَ لَا تَحۡزَنۡ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَ أَهۡلَكَ إِلَّا ٱمۡرَأَتَكَ كَانَتۡ مِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿٣٣﴾
Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun boʻldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham boʻlma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok boʻlguvchilardan boʻlgandir.
إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَىٰٓ أَهۡلِ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ رِجۡزࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ﴿٣٤﴾
Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga, fosiqlik qilganlari tufayli, osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar.
وَ لَقَد تَّرَكۡنَا مِنۡهَآ ءَايَةَۢ بَيِّنَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٣٥﴾
Batahqiq, Biz undan aql yuritguvchi qavmlar uchun ochiq-oydin oyat-belgilar qoldirganmiz.
وَ إِلَىٰ مَدۡيَنَ أَخَاهُمۡ شُعَيۡبࣰا فَقَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَ ٱرۡجُواْ ٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ وَ لَا تَعۡثَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُفۡسِدِينَ﴿٣٦﴾
Va Madyanga birodarlari Shuʼaybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor boʻling va yer yuzida buzgʻunchilik ila harakat qilib yurmang», dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلرَّجۡفَةُ فَأَصۡبَحُواْ فِي دَارِهِمۡ جَٰثِمِينَ﴿٣٧﴾
Bas, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida choʻkkalab qoldilar.
وَ عَادࣰا وَ ثَمُودَاْ وَ قَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَٰكِنِهِمۡ ۖ وَ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَعۡمَٰلَهُمۡ فَصَدَّهُمۡ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَ كَانُواْ مُسۡتَبۡصِرِينَ﴿٣٨﴾
Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon boʻlib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatib, ularni yoʻldan toʻsdi. Holbuki, ular koʻrib-bilib turguvchi edilar.
وَ قَٰرُونَ وَ فِرۡعَوۡنَ وَ هَٰمَٰنَ ۖ وَ لَقَدۡ جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَٱسۡتَكۡبَرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا كَانُواْ سَٰبِقِينَ﴿٣٩﴾
Qorun, Firʼavn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi boʻlmadilar.
فَكُلًّا أَخَذۡنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنۡهُم مَّنۡ أَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِ حَاصِبࣰا وَ مِنۡهُم مَّنۡ أَخَذَتۡهُ ٱلصَّيۡحَةُ وَ مِنۡهُم مَّنۡ خَسَفۡنَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ وَ مِنۡهُم مَّنۡ أَغۡرَقۡنَا ۚ وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظۡلِمَهُمۡ وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٤٠﴾
Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan baʼzilari ustiga tosh yogʻdirdik, baʼzilarini qichqiriq ushladi, baʼzilarini yerga yuttirdik va baʼzilarini gʻarq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm etdilar.
مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوۡلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلۡعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتۡ بَيۡتࣰا ۖ وَ إِنَّ أَوۡهَنَ ٱلۡبُيُوتِ لَبَيۡتُ ٱلۡعَنكَبُوتِ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿٤١﴾
Allohni qoʻyib, oʻzga doʻstlar tutganlarning misoli oʻziga uy tutgan oʻrgimchakka oʻxshaydir. Holbuki, eng zaif uy oʻrgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.
إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا يَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَيۡءࣲ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٤٢﴾
Albatta, Alloh ular Oʻzidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.
وَ تِلۡكَ ٱلۡأَمۡثَٰلُ نَضۡرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَ مَا يَعۡقِلُهَآ إِلَّا ٱلۡعَٰلِمُونَ﴿٤٣﴾
Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan oʻzgalarning aqllari yetmas.
خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٤٤﴾
Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda moʻminlar uchun oyat-belgi bordir.
ٱتۡلُ مَآ أُوحِيَ إِلَيۡكَ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ ۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنۡهَىٰ عَنِ ٱلۡفَحۡشَآءِ وَ ٱلۡمُنكَرِ ۗ وَ لَذِكۡرُ ٱللَّهِ أَكۡبَرُ ۗ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تَصۡنَعُونَ﴿٤٥﴾
Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni toʻkis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur.
وَ لَا تُجَٰدِلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡهُمۡ ۖ وَ قُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱلَّذِيٓ أُنزِلَ إِلَيۡنَا وَ أُنزِلَ إِلَيۡكُمۡ وَ إِلَٰهُنَا وَ إِلَٰهُكُمۡ وَٰحِدࣱ وَ نَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ﴿٤٦﴾
Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz oʻzimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga boʻysunguvchimiz», denglar.
وَ كَذَٰلِكَ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَ مِنۡ هَٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤۡمِنُ بِهِۦ ۚ وَ مَا يَجۡحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٤٧﴾
Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.
وَ مَا كُنتَ تَتۡلُواْ مِن قَبۡلِهِۦ مِن كِتَٰبࣲ وَ لَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذࣰا لَّٱرۡتَابَ ٱلۡمُبۡطِلُونَ﴿٤٨﴾
Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qoʻling bilan xat yozmas eding. Agar shunday boʻlganida, botil ahllari shubhaga tushgan boʻlur edilar.
بَلۡ هُوَ ءَايَٰتُۢ بَيِّنَٰتࣱ فِي صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ ۚ وَ مَا يَجۡحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٤٩﴾
Yoʻq! U(Qurʼon) ilm berilganlar koʻksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.
وَ قَالُواْ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ ءَايَٰتࣱ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلۡ إِنَّمَا ٱلۡأٓيَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَ إِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرࣱ مُّبِينٌ﴿٥٠﴾
Va ular: «Unga Robbidan moʻʼjizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Moʻʼjizalar yolgʻiz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.
أَوَلَمۡ يَكۡفِهِمۡ أَنَّآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ يُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَرَحۡمَةࣰ وَ ذِكۡرَىٰ لِقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٥١﴾
Ularga Bizning senga oʻzlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.
قُلۡ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ شَهِيدࣰا ۖ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱلۡبَٰطِلِ وَ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٥٢﴾
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana oʻshalar oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir», deb ayt.
وَ يَسۡتَعۡجِلُونَكَ بِٱلۡعَذَابِ وَ لَوۡلَآ أَجَلࣱ مُّسَمࣰّى لَّجَآءَهُمُ ٱلۡعَذَابُ ۚ وَ لَيَأۡتِيَنَّهُم بَغۡتَةࣰ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٥٣﴾
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal boʻlmaganida, ularga, albatta, azob kelgan boʻlur edi. Albatta, ularga u toʻsatdan, ular sezmagan holda kelur.
يَسۡتَعۡجِلُونَكَ بِٱلۡعَذَابِ وَ إِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةُۢ بِٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٥٤﴾
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni oʻrab turguvchidir.
يَوۡمَ يَغۡشَىٰهُمُ ٱلۡعَذَابُ مِن فَوۡقِهِمۡ وَ مِن تَحۡتِ أَرۡجُلِهِمۡ وَ يَقُولُ ذُوقُواْ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٥٥﴾
U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan oʻrab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.
يَٰعِبَادِيَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ أَرۡضِي وَٰسِعَةࣱ فَإِيَّٰيَ فَٱعۡبُدُونِ﴿٥٦﴾
Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.
كُلُّ نَفۡسࣲ ذَآئِقَةُ ٱلۡمَوۡتِ ۖ ثُمَّ إِلَيۡنَا تُرۡجَعُونَ﴿٥٧﴾
Har bir jon oʻlimni totajakdir. Soʻngra Bizgagina qaytarilursiz.
وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلۡجَنَّةِ غُرَفࣰا تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعۡمَ أَجۡرُ ٱلۡعَٰمِلِينَ﴿٥٨﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ﴿٥٩﴾
Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.
وَ كَأَيِّن مِّن دَآبَّةࣲ لَّا تَحۡمِلُ رِزۡقَهَا ٱللَّهُ يَرۡزُقُهَا وَ إِيَّاكُمۡ ۚ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٦٠﴾
Oʻz rizqini koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi Zotdir.
وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّنۡ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ سَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴿٦١﴾
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni oʻz izmiga qaratgan kim?» deb soʻrasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!
ٱللَّهُ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ وَ يَقۡدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿٦٢﴾
Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qoʻyadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi Zotdir.
وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَحۡيَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ مِنۢ بَعۡدِ مَوۡتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ﴿٦٣﴾
Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirgan kim?!» deb soʻrasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd boʻlsin!» deb ayt. Yoʻq! Ularning koʻplari aql yuritmaslar.
وَ مَا هَٰذِهِ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا لَهۡوࣱ وَ لَعِبࣱ ۚ وَ إِنَّ ٱلدَّارَ ٱلۡأٓخِرَةَ لَهِيَ ٱلۡحَيَوَانُ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿٦٤﴾
Bu dunyo hayoti faqat oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana oʻsha haqiqiy hayotdir.
فَإِذَا رَكِبُواْ فِي ٱلۡفُلۡكِ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمۡ إِلَى ٱلۡبَرِّ إِذَا هُمۡ يُشۡرِكُونَ﴿٦٥﴾
Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.
لِيَكۡفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ وَ لِيَتَمَتَّعُواْ ۚ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿٦٦﴾
Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا جَعَلۡنَا حَرَمًا ءَامِنࣰا وَ يُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنۡ حَوۡلِهِمۡ ۚ أَفَبِٱلۡبَٰطِلِ يُؤۡمِنُونَ وَ بِنِعۡمَةِ ٱللَّهِ يَكۡفُرُونَ﴿٦٧﴾
Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qoʻyganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning neʼmatiga kufr keltirurlarmi?!
وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ كَذَّبَ بِٱلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيۡسَ فِي جَهَنَّمَ مَثۡوࣰى لِّلۡكَٰفِرِينَ﴿٦٨﴾
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki oʻziga kelgan haqni yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yoʻqmidi?!
وَ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ فِينَا لَنَهۡدِيَنَّهُمۡ سُبُلَنَا ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٦٩﴾
Bizning (yoʻlimizda) jiddu jahd qilganlarni Oʻz yoʻllarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Ankabut. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — o‘rgimchak.
Mazmuni: Sura iymon da’vosining sinovsiz qolmasligini ta’kidlaydi. Odam, Nuh, Ibrohim, Lut, Shuayb va boshqa qissalar orqali odamlarning sinovlari, butlarga sig‘inishning zaifligi va qiyin sharoitlarda hijrat hamda tavakkulning ahamiyati ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.