Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Qasas surasi

سورة القصص

Qasas surasi

Qissalar · Қасас сураси

28-sura88 oyatMakkiy20-pora

Qasas surasi — Qurʼoni Karimning 28-surasi. U 88 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Qissalar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 28:1Mushafda oʻqish ↗

    طسٓمٓ﴿١﴾

    To. Siyn. Miym.

  2. 28:2Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ﴿٢﴾

    Ushbular ochiq-oydin kitob oyatlaridir.

  3. 28:3Mushafda oʻqish ↗

    نَتۡلُواْ عَلَيۡكَ مِن نَّبَإِ مُوسَىٰ وَ فِرۡعَوۡنَ بِٱلۡحَقِّ لِقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٣﴾

    Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Firʼavnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz.

  4. 28:4Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِرۡعَوۡنَ عَلَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ جَعَلَ أَهۡلَهَا شِيَعࣰا يَسۡتَضۡعِفُ طَآئِفَةࣰ مِّنۡهُمۡ يُذَبِّحُ أَبۡنَآءَهُمۡ وَ يَسۡتَحۡيِۦ نِسَآءَهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٤﴾

    Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketdi. U oʻsha(er)ning aholisini boʻlib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, oʻgʻillarini soʻyib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzgʻunchilardan boʻlgan edi.

  5. 28:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ نُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ نَجۡعَلَهُمۡ أَئِمَّةࣰ وَ نَجۡعَلَهُمُ ٱلۡوَٰرِثِينَ﴿٥﴾

    Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat neʼmat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkonlar berishni

  6. 28:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ نُمَكِّنَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ نُرِيَ فِرۡعَوۡنَ وَ هَٰمَٰنَ وَ جُنُودَهُمَا مِنۡهُم مَّا كَانُواْ يَحۡذَرُونَ﴿٦﴾

    Firʼavn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz.

  7. 28:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَرۡضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفۡتِ عَلَيۡهِ فَأَلۡقِيهِ فِي ٱلۡيَمِّ وَ لَا تَخَافِي وَ لَا تَحۡزَنِيٓ ۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيۡكِ وَ جَاعِلُوهُ مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٧﴾

    Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qoʻrqqan chogʻingda uni daryoga tashla, qoʻrqma, xafa boʻlma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Paygʻambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik.

  8. 28:8Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرۡعَوۡنَ لِيَكُونَ لَهُمۡ عَدُوࣰّا وَ حَزَنًا ۗ إِنَّ فِرۡعَوۡنَ وَ هَٰمَٰنَ وَ جُنُودَهُمَا كَانُواْ خَٰطِـِٔينَ﴿٨﴾

    Bas, Firʼavn oilasi uni oʻzlariga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, Firʼavn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan boʻlgan edilar.

  9. 28:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَتِ ٱمۡرَأَتُ فِرۡعَوۡنَ قُرَّتُ عَيۡنࣲ لِّي وَ لَكَ ۖ لَا تَقۡتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوۡ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدࣰا وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٩﴾

    Firʼavnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  10. 28:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَصۡبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَٰرِغًا ۖ إِن كَادَتۡ لَتُبۡدِي بِهِۦ لَوۡلَآ أَن رَّبَطۡنَا عَلَىٰ قَلۡبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٠﴾

    Musoning onasining qalbi boʻshab qoldi. Moʻminlardan boʻlishi uchun qalbini mustahkam bogʻlamaganimizda, uni bildirib qoʻyishiga sal qoldi.

  11. 28:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَتۡ لِأُخۡتِهِۦ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتۡ بِهِۦ عَن جُنُبࣲ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿١١﴾

    U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan koʻrdi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  12. 28:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ حَرَّمۡنَا عَلَيۡهِ ٱلۡمَرَاضِعَ مِن قَبۡلُ فَقَالَتۡ هَلۡ أَدُلُّكُمۡ عَلَىٰٓ أَهۡلِ بَيۡتࣲ يَكۡفُلُونَهُۥ لَكُمۡ وَ هُمۡ لَهُۥ نَٰصِحُونَ﴿١٢﴾

    Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgoʻy boʻlguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi.

  13. 28:13Mushafda oʻqish ↗

    فَرَدَدۡنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَيۡ تَقَرَّ عَيۡنُهَا وَ لَا تَحۡزَنَ وَ لِتَعۡلَمَ أَنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٣﴾

    Bas, Biz uni onasiga koʻzi quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasligi va, albatta, Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin koʻplari buni bilmaslar.

  14. 28:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَ ٱسۡتَوَىٰٓ ءَاتَيۡنَٰهُ حُكۡمࣰا وَ عِلۡمࣰا ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٤﴾

    Qachonki u voyaga yetib, mukammal boʻlganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.

  15. 28:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ دَخَلَ ٱلۡمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفۡلَةࣲ مِّنۡ أَهۡلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيۡنِ يَقۡتَتِلَانِ هَٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَ هَٰذَا مِنۡ عَدُوِّهِۦ ۖ فَٱسۡتَغَٰثَهُ ٱلَّذِي مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِي مِنۡ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيۡهِ ۖ قَالَ هَٰذَا مِنۡ عَمَلِ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۖ إِنَّهُۥ عَدُوࣱّ مُّضِلࣱّ مُّبِينࣱ﴿١٥﴾

    Va u shaharga uning aholisi gʻaflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini koʻrdi. Bunisi oʻz guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, oʻz guruhidan boʻlgan dushman boʻlganga qarshi undan yordam soʻradi. Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yoʻldan ozdirguvchidir», dedi.

  16. 28:16Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ إِنِّي ظَلَمۡتُ نَفۡسِي فَٱغۡفِرۡ لِي فَغَفَرَ لَهُۥٓ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٦﴾

    U: «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qildim. Bas, meni magʻfirat qil», dedi. Shunda U zot uni magʻfirat qildi. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi, mehribondir.

  17. 28:17Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ بِمَآ أَنۡعَمۡتَ عَلَيَّ فَلَنۡ أَكُونَ ظَهِيرࣰا لِّلۡمُجۡرِمِينَ﴿١٧﴾

    U: «Ey Robbim, menga bergan neʼmating haqqi-hurmati, hargiz, jinoyatchilarga yordamchi boʻlmasman», dedi.

  18. 28:18Mushafda oʻqish ↗

    فَأَصۡبَحَ فِي ٱلۡمَدِينَةِ خَآئِفࣰا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا ٱلَّذِي ٱسۡتَنصَرَهُۥ بِٱلۡأَمۡسِ يَسۡتَصۡرِخُهُۥ ۚ قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰٓ إِنَّكَ لَغَوِيࣱّ مُّبِينࣱ﴿١٨﴾

    Bas, u ertalab shaharda qoʻrqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam soʻragan yana yordam soʻrab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi.

  19. 28:19Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَنۡ أَرَادَ أَن يَبۡطِشَ بِٱلَّذِي هُوَ عَدُوࣱّ لَّهُمَا قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ أَتُرِيدُ أَن تَقۡتُلَنِي كَمَا قَتَلۡتَ نَفۡسَۢا بِٱلۡأَمۡسِ ۖ إِن تُرِيدُ إِلَّآ أَن تَكُونَ جَبَّارࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا تُرِيدُ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلۡمُصۡلِحِينَ﴿١٩﴾

    Qachonki ikkovlariga dushman boʻlganni tutmoqchi boʻlgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi, meni oʻldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor boʻlishni istarsan va isloh qilguvchilardan boʻlishni istamassan», dedi.

  20. 28:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ رَجُلࣱ مِّنۡ أَقۡصَا ٱلۡمَدِينَةِ يَسۡعَىٰ قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ ٱلۡمَلَأَ يَأۡتَمِرُونَ بِكَ لِيَقۡتُلُوكَ فَٱخۡرُجۡ إِنِّي لَكَ مِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ﴿٢٠﴾

    Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, aʼyonlar seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi.

  21. 28:21Mushafda oʻqish ↗

    فَخَرَجَ مِنۡهَا خَآئِفࣰا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِي مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢١﴾

    Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.

  22. 28:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا تَوَجَّهَ تِلۡقَآءَ مَدۡيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّيٓ أَن يَهۡدِيَنِي سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ﴿٢٢﴾

    Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki, Robbim meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa», dedi.

  23. 28:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا وَرَدَ مَآءَ مَدۡيَنَ وَجَدَ عَلَيۡهِ أُمَّةࣰ مِّنَ ٱلنَّاسِ يَسۡقُونَ وَ وَجَدَ مِن دُونِهِمُ ٱمۡرَأَتَيۡنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطۡبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسۡقِي حَتَّىٰ يُصۡدِرَ ٱلرِّعَآءُ ۖ وَ أَبُونَا شَيۡخࣱ كَبِيرࣱ﴿٢٣﴾

    Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir toʻp odamlarning hayvonlarini sugʻorayotganini koʻrdi va ulardan boshqa (qoʻylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni koʻrdi. U: «Sizlarga ne boʻldi?» dedi. Ular: «Choʻponlar qaytmagunlaricha sugʻora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.

  24. 28:24Mushafda oʻqish ↗

    فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّي لِمَآ أَنزَلۡتَ إِلَيَّ مِنۡ خَيۡرࣲ فَقِيرࣱ﴿٢٤﴾

    Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sugʻorib berdi. Soʻngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi.

  25. 28:25Mushafda oʻqish ↗

    فَجَآءَتۡهُ إِحۡدَىٰهُمَا تَمۡشِي عَلَى ٱسۡتِحۡيَآءࣲ قَالَتۡ إِنَّ أَبِي يَدۡعُوكَ لِيَجۡزِيَكَ أَجۡرَ مَا سَقَيۡتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَ قَصَّ عَلَيۡهِ ٱلۡقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفۡ ۖ نَجَوۡتَ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٥﴾

    Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sugʻorib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qoʻrqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi.

  26. 28:26Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ إِحۡدَىٰهُمَا يَٰٓأَبَتِ ٱسۡتَـٔۡجِرۡهُ ۖ إِنَّ خَيۡرَ مَنِ ٱسۡتَـٔۡجَرۡتَ ٱلۡقَوِيُّ ٱلۡأَمِينُ﴿٢٦﴾

    Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.

  27. 28:27Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنِّيٓ أُرِيدُ أَنۡ أُنكِحَكَ إِحۡدَى ٱبۡنَتَيَّ هَٰتَيۡنِ عَلَىٰٓ أَن تَأۡجُرَنِي ثَمَٰنِيَ حِجَجࣲ ۖ فَإِنۡ أَتۡمَمۡتَ عَشۡرࣰا فَمِنۡ عِندِكَ ۖ وَ مَآ أُرِيدُ أَنۡ أَشُقَّ عَلَيۡكَ ۚ سَتَجِدُنِيٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٢٧﴾

    U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar oʻn yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni koʻrasan», dedi.

  28. 28:28Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ذَٰلِكَ بَيۡنِي وَ بَيۡنَكَ ۖ أَيَّمَا ٱلۡأَجَلَيۡنِ قَضَيۡتُ فَلَا عُدۡوَٰنَ عَلَيَّ ۖ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلࣱ﴿٢٨﴾

    U(Muso): «Bu men bilan sening oramizdadir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga tajovuz qilinmas. Aytayotgan narsamizga Alloh vakildir», dedi.

  29. 28:29Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى ٱلۡأَجَلَ وَ سَارَ بِأَهۡلِهِۦٓ ءَانَسَ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ نَارࣰا ۖ قَالَ لِأَهۡلِهِ ٱمۡكُثُوٓاْ إِنِّيٓ ءَانَسۡتُ نَارࣰا لَّعَلِّيٓ ءَاتِيكُم مِّنۡهَا بِخَبَرٍ أَوۡ جَذۡوَةࣲ مِّنَ ٱلنَّارِ لَعَلَّكُمۡ تَصۡطَلُونَ﴿٢٩﴾

    Muso muddatni tugatib, ahli bilan yoʻlga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni koʻrib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni koʻrdim. Balki, u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ olib kelarman», dedi.

  30. 28:30Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِيَ مِن شَٰطِيِٕ ٱلۡوَادِ ٱلۡأَيۡمَنِ فِي ٱلۡبُقۡعَةِ ٱلۡمُبَٰرَكَةِ مِنَ ٱلشَّجَرَةِ أَن يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّيٓ أَنَا ٱللَّهُ رَبُّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٣٠﴾

    Bas, qachonki uning oldiga yetib kelganida, vodiyning oʻng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan unga: «Ey Muso, albatta, Men, Oʻzim olamlarning Robbi Allohdirman.

  31. 28:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنۡ أَلۡقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهۡتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنࣱّ وَلَّىٰ مُدۡبِرࣰا وَ لَمۡ يُعَقِّبۡ ۚ يَٰمُوسَىٰٓ أَقۡبِلۡ وَ لَا تَخَفۡ ۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلۡأٓمِنِينَ﴿٣١﴾

    Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini koʻrgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qoʻrqma, albatta, sen omonlikdagilardansan.

  32. 28:32Mushafda oʻqish ↗

    ٱسۡلُكۡ يَدَكَ فِي جَيۡبِكَ تَخۡرُجۡ بَيۡضَآءَ مِنۡ غَيۡرِ سُوٓءࣲ وَ ٱضۡمُمۡ إِلَيۡكَ جَنَاحَكَ مِنَ ٱلرَّهۡبِ ۖ فَذَٰنِكَ بُرۡهَٰنَانِ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦٓ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمࣰا فَٰسِقِينَ﴿٣٢﴾

    Qoʻlingni yoqangdan (qoʻltigʻingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq boʻlib chiqur va qoʻrquvdan qanot(qoʻl)ingni oʻzingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Firʼavn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm boʻldilar», (deyildi).

  33. 28:33Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ إِنِّي قَتَلۡتُ مِنۡهُمۡ نَفۡسࣰا فَأَخَافُ أَن يَقۡتُلُونِ﴿٣٣﴾

    U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni oʻldirganman, ular meni oʻldirishlaridan qoʻrqaman.

  34. 28:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَخِي هَٰرُونُ هُوَ أَفۡصَحُ مِنِّي لِسَانࣰا فَأَرۡسِلۡهُ مَعِيَ رِدۡءࣰا يُصَدِّقُنِيٓ ۖ إِنِّيٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ﴿٣٤﴾

    Birodarim Horun mendan koʻra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir. Zero, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqurman», dedi.

  35. 28:35Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَ نَجۡعَلُ لَكُمَا سُلۡطَٰنࣰا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيۡكُمَا بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ أَنتُمَا وَ مَنِ ٱتَّبَعَكُمَا ٱلۡغَٰلِبُونَ﴿٣٥﴾

    U zot: «Biz seni ogʻang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar gʻolibdirsiz», dedi.

  36. 28:36Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا بَيِّنَٰتࣲ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّفۡتَرࣰى وَ مَا سَمِعۡنَا بِهَٰذَا فِيٓ ءَابَآئِنَا ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٣٦﴾

    Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar.

  37. 28:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ مُوسَىٰ رَبِّيٓ أَعۡلَمُ بِمَن جَآءَ بِٱلۡهُدَىٰ مِنۡ عِندِهِۦ وَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٣٧﴾

    Va Muso: «Robbim Oʻz huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga boʻlishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi.

  38. 28:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ فِرۡعَوۡنُ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَأُ مَا عَلِمۡتُ لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرِي فَأَوۡقِدۡ لِي يَٰهَٰمَٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجۡعَل لِّي صَرۡحࣰا لَّعَلِّيٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَ إِنِّي لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٣٨﴾

    Va Firʼavn: «Ey, aʼyonlar, men sizlarga oʻzimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga oʻt yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini koʻrsam. Albatta, men uni yolgʻonchilardan deb oʻylamoqdaman», dedi.

  39. 28:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱسۡتَكۡبَرَ هُوَ وَ جُنُودُهُۥ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ وَ ظَنُّوٓاْ أَنَّهُمۡ إِلَيۡنَا لَا يُرۡجَعُونَ﴿٣٩﴾

    U(Firʼavn) va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda oʻzlarini Bizga qaytarilmaslar deb gumon qildilar.

  40. 28:40Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذۡنَٰهُ وَ جُنُودَهُۥ فَنَبَذۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡيَمِّ ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٠﴾

    Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.

  41. 28:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَٰهُمۡ أَئِمَّةࣰ يَدۡعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ لَا يُنصَرُونَ﴿٤١﴾

    Va ularni doʻzaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas.

  42. 28:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَتۡبَعۡنَٰهُمۡ فِي هَٰذِهِ ٱلدُّنۡيَا لَعۡنَةࣰ ۖ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ هُم مِّنَ ٱلۡمَقۡبُوحِينَ﴿٤٢﴾

    Va bu dunyoda ularga laʼnatni ergashtirib qoʻydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandir.

  43. 28:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ مِنۢ بَعۡدِ مَآ أَهۡلَكۡنَا ٱلۡقُرُونَ ٱلۡأُولَىٰ بَصَآئِرَ لِلنَّاسِ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لَّعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٤٣﴾

    Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan soʻng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar.

  44. 28:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلۡغَرۡبِيِّ إِذۡ قَضَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَى ٱلۡأَمۡرَ وَ مَا كُنتَ مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿٤٤﴾

    Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen gʻarbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham boʻlmagansan.

  45. 28:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَٰكِنَّآ أَنشَأۡنَا قُرُونࣰا فَتَطَاوَلَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡعُمُرُ ۚ وَ مَا كُنتَ ثَاوِيࣰا فِيٓ أَهۡلِ مَدۡيَنَ تَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِنَا وَ لَٰكِنَّا كُنَّا مُرۡسِلِينَ﴿٤٥﴾

    Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri choʻzildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yoʻq. Ammo Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.

  46. 28:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلطُّورِ إِذۡ نَادَيۡنَا وَ لَٰكِن رَّحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوۡمࣰا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرࣲ مِّن قَبۡلِكَ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٤٦﴾

    Biz nido qilgan chogʻimizda Turning yonida yoʻq eding. Lekin Robbingdan rahmat sifatida sendan oldin ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirish uchun (qissalarni senga bildirdik). Shoyadki, eslasalar.

  47. 28:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَآ أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةُۢ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ فَيَقُولُواْ رَبَّنَا لَوۡلَآ أَرۡسَلۡتَ إِلَيۡنَا رَسُولࣰا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ وَ نَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٤٧﴾

    Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va moʻminlardan boʻlar edik», demasalar edi.

  48. 28:48Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلۡحَقُّ مِنۡ عِندِنَا قَالُواْ لَوۡلَآ أُوتِيَ مِثۡلَ مَآ أُوتِيَ مُوسَىٰٓ ۚ أَوَلَمۡ يَكۡفُرُواْ بِمَآ أُوتِيَ مُوسَىٰ مِن قَبۡلُ ۖ قَالُواْ سِحۡرَانِ تَظَٰهَرَا وَ قَالُوٓاْ إِنَّا بِكُلࣲّ كَٰفِرُونَ﴿٤٨﴾

    Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr oʻrtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar.

  49. 28:49Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ فَأۡتُواْ بِكِتَٰبࣲ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ هُوَ أَهۡدَىٰ مِنۡهُمَآ أَتَّبِعۡهُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٤٩﴾

    Sen: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan koʻra toʻgʻriroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin.

  50. 28:50Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن لَّمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَكَ فَٱعۡلَمۡ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهۡوَآءَهُمۡ ۚ وَ مَنۡ أَضَلُّ مِمَّنِ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ بِغَيۡرِ هُدࣰى مِّنَ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥٠﴾

    Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan boʻlgan hidoyatsiz, oʻz havoyi nafsiga ergashgandan koʻra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

  51. 28:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ وَصَّلۡنَا لَهُمُ ٱلۡقَوۡلَ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٥١﴾

    Batahqiq, Biz ularga gapni yetkazib qoʻydik. Shoyadki, eslasalar.

  52. 28:52Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِهِۦ هُم بِهِۦ يُؤۡمِنُونَ﴿٥٢﴾

    U(Qurʼon)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar.

  53. 28:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا يُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِهِۦٓ إِنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّنَآ إِنَّا كُنَّا مِن قَبۡلِهِۦ مُسۡلِمِينَ﴿٥٣﴾

    Ularga tilovat qilingan chogʻda: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.

  54. 28:54Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ يُؤۡتَوۡنَ أَجۡرَهُم مَّرَّتَيۡنِ بِمَا صَبَرُواْ وَ يَدۡرَءُونَ بِٱلۡحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿٥٤﴾

    Ana oʻshalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni dafʼ qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.

  55. 28:55Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا سَمِعُواْ ٱللَّغۡوَ أَعۡرَضُواْ عَنۡهُ وَ قَالُواْ لَنَآ أَعۡمَٰلُنَا وَ لَكُمۡ أَعۡمَٰلُكُمۡ سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمۡ لَا نَبۡتَغِي ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿٥٥﴾

    Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz oʻgirib: «Bizga oʻz amallarimiz, sizga oʻz amallaringiz, omon boʻlinglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar.

  56. 28:56Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّكَ لَا تَهۡدِي مَنۡ أَحۡبَبۡتَ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۚ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿٥٦﴾

    Albatta, sen oʻzing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, oʻshani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.

  57. 28:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُوٓاْ إِن نَّتَّبِعِ ٱلۡهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفۡ مِنۡ أَرۡضِنَآ ۚ أَوَلَمۡ نُمَكِّن لَّهُمۡ حَرَمًا ءَامِنࣰا يُجۡبَىٰٓ إِلَيۡهِ ثَمَرَٰتُ كُلِّ شَيۡءࣲ رِّزۡقࣰا مِّن لَّدُنَّا وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٥٧﴾

    Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, oʻz yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq oʻlaroq yigʻiladi-ku! Ammo koʻplari bilmaslar.

  58. 28:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِن قَرۡيَةِۭ بَطِرَتۡ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلۡكَ مَسَٰكِنُهُمۡ لَمۡ تُسۡكَن مِّنۢ بَعۡدِهِمۡ إِلَّا قَلِيلࣰا ۖ وَ كُنَّا نَحۡنُ ٱلۡوَٰرِثِينَ﴿٥٨﴾

    Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz Oʻzimiz voris boʻlib qoldik.

  59. 28:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ رَبُّكَ مُهۡلِكَ ٱلۡقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبۡعَثَ فِيٓ أُمِّهَا رَسُولࣰا يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِنَا ۚ وَ مَا كُنَّا مُهۡلِكِي ٱلۡقُرَىٰٓ إِلَّا وَ أَهۡلُهَا ظَٰلِمُونَ﴿٥٩﴾

    Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Paygʻambar yubormasdan turib, halok qiluvchi boʻlmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim boʻlgan holdagina halok qilguvchi boʻlganmiz.

  60. 28:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أُوتِيتُم مِّن شَيۡءࣲ فَمَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ زِينَتُهَا ۚ وَ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ وَ أَبۡقَىٰٓ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٦٠﴾

    Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?

  61. 28:61Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَن وَعَدۡنَٰهُ وَعۡدًا حَسَنࣰا فَهُوَ لَٰقِيهِ كَمَن مَّتَّعۡنَٰهُ مَتَٰعَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ثُمَّ هُوَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ مِنَ ٱلۡمُحۡضَرِينَ﴿٦١﴾

    Biz unga goʻzal vaʼda qilgan, keyin oʻshanga erishuvchi kishi, bu hayoti dunyo matohini berganimizdan soʻngra qiyomat kuni (azobga) hozir qilinganlardan boʻlgan kishi kabi boʻlarmidi?!

  62. 28:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يُنَادِيهِمۡ فَيَقُولُ أَيۡنَ شُرَكَآءِيَ ٱلَّذِينَ كُنتُمۡ تَزۡعُمُونَ﴿٦٢﴾

    U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz daʼvo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» der.

  63. 28:63Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقَوۡلُ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَغۡوَيۡنَآ أَغۡوَيۡنَٰهُمۡ كَمَا غَوَيۡنَا ۖ تَبَرَّأۡنَآ إِلَيۡكَ ۖ مَا كَانُوٓاْ إِيَّانَا يَعۡبُدُونَ﴿٦٣﴾

    Ustilariga soʻz(langan azob) tushishi haq boʻlganlar: «Ey Robbimiz, anavi yoʻldan ozdirganlarimizni oʻzimiz yoʻldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga oʻzimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.

  64. 28:64Mushafda oʻqish ↗

    وَ قِيلَ ٱدۡعُواْ شُرَكَآءَكُمۡ فَدَعَوۡهُمۡ فَلَمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَهُمۡ وَ رَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ۚ لَوۡ أَنَّهُمۡ كَانُواْ يَهۡتَدُونَ﴿٦٤﴾

    Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni koʻrurlar. Koshki, hidoyat topgan boʻlganlarida edi!

  65. 28:65Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يُنَادِيهِمۡ فَيَقُولُ مَاذَآ أَجَبۡتُمُ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٦٥﴾

    U kunda U zot ularga nido qilib: «Paygʻambarlarga nima deb javob berdingiz?» der.

  66. 28:66Mushafda oʻqish ↗

    فَعَمِيَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلۡأَنۢبَآءُ يَوۡمَئِذࣲ فَهُمۡ لَا يَتَسَآءَلُونَ﴿٦٦﴾

    Ana oʻsha kunda xabarlar ulardan maxfiy boʻlur va ular bir-birlaridan soʻray olmaslar ham.

  67. 28:67Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا مَن تَابَ وَ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَعَسَىٰٓ أَن يَكُونَ مِنَ ٱلۡمُفۡلِحِينَ﴿٦٧﴾

    Ammo tavba qilgan, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishi, shoyadki, najot topguvchilardan boʻlsa.

  68. 28:68Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَبُّكَ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ وَ يَخۡتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ ٱلۡخِيَرَةُ ۚ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٦٨﴾

    Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yoʻqdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.

  69. 28:69Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَبُّكَ يَعۡلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمۡ وَ مَا يُعۡلِنُونَ﴿٦٩﴾

    Va, Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur.

  70. 28:70Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلۡحَمۡدُ فِي ٱلۡأُولَىٰ وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ لَهُ ٱلۡحُكۡمُ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٧٠﴾

    U Alloh Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq Zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning Oʻzigadir va Ungagina qaytarilursizlar.

  71. 28:71Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمُ ٱلَّيۡلَ سَرۡمَدًا إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ مَنۡ إِلَٰهٌ غَيۡرُ ٱللَّهِ يَأۡتِيكُم بِضِيَآءٍ ۚ أَفَلَا تَسۡمَعُونَ﴿٧١﴾

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizga yorugʻlik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt.

  72. 28:72Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمُ ٱلنَّهَارَ سَرۡمَدًا إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ مَنۡ إِلَٰهٌ غَيۡرُ ٱللَّهِ يَأۡتِيكُم بِلَيۡلࣲ تَسۡكُنُونَ فِيهِ ۚ أَفَلَا تُبۡصِرُونَ﴿٧٢﴾

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Koʻrmaysizlarmi?!» deb ayt.

  73. 28:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِن رَّحۡمَتِهِۦ جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ لِتَسۡكُنُواْ فِيهِ وَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٧٣﴾

    U zot Oʻz rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va Oʻz fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.

  74. 28:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يُنَادِيهِمۡ فَيَقُولُ أَيۡنَ شُرَكَآءِيَ ٱلَّذِينَ كُنتُمۡ تَزۡعُمُونَ﴿٧٤﴾

    U kunda U zot ularga nido qilib: «Sizlar daʼvo qilgan «sherik»larim qani?» der.

  75. 28:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَزَعۡنَا مِن كُلِّ أُمَّةࣲ شَهِيدࣰا فَقُلۡنَا هَاتُواْ بُرۡهَٰنَكُمۡ فَعَلِمُوٓاْ أَنَّ ٱلۡحَقَّ لِلَّهِ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٧٥﴾

    Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va oʻzlari uydirib yurgan narsalari gʻoyib boʻlur.

  76. 28:76Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ قَٰرُونَ كَانَ مِن قَوۡمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيۡهِمۡ ۖ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلۡعُصۡبَةِ أُوْلِي ٱلۡقُوَّةِ إِذۡ قَالَ لَهُۥ قَوۡمُهُۥ لَا تَفۡرَحۡ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡفَرِحِينَ﴿٧٦﴾

    Albatta, Qorun Muso qavmidan boʻlib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham ogʻirlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas.

  77. 28:77Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱبۡتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلۡأٓخِرَةَ ۖ وَ لَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ أَحۡسِن كَمَآ أَحۡسَنَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَ ۖ وَ لَا تَبۡغِ ٱلۡفَسَادَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٧٧﴾

    Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzgʻunchilikni izlama. Albatta, Alloh buzgʻunchilarni suymas», dedilar.

  78. 28:78Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلۡمٍ عِندِيٓ ۚ أَوَلَمۡ يَعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ قَدۡ أَهۡلَكَ مِن قَبۡلِهِۦ مِنَ ٱلۡقُرُونِ مَنۡ هُوَ أَشَدُّ مِنۡهُ قُوَّةࣰ وَ أَكۡثَرُ جَمۡعࣰا ۚ وَ لَا يُسۡـَٔلُ عَن ذُنُوبِهِمُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٧٨﴾

    U (Qorun): «Menga u faqat oʻzimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan koʻra quvvatliroq, undan koʻra koʻproq (mol) toʻplaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmas.

  79. 28:79Mushafda oʻqish ↗

    فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوۡمِهِۦ فِي زِينَتِهِۦ ۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا يَٰلَيۡتَ لَنَا مِثۡلَ مَآ أُوتِيَ قَٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمࣲ﴿٧٩﴾

    Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan boʻlsa edi. Haqiqatan, u ulugʻ nasiba egasidir», dedilar.

  80. 28:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ وَيۡلَكُمۡ ثَوَابُ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ لِّمَنۡ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا ۚ وَ لَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلصَّٰبِرُونَ﴿٨٠﴾

    Ilm berilganlar esa: «Voy boʻlsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.

  81. 28:81Mushafda oʻqish ↗

    فَخَسَفۡنَا بِهِۦ وَ بِدَارِهِ ٱلۡأَرۡضَ فَمَا كَانَ لَهُۥ مِن فِئَةࣲ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُنتَصِرِينَ﴿٨١﴾

    Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham boʻlmadi, uning oʻzi nusratga erishguvchilardan ham boʻlmadi.

  82. 28:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَصۡبَحَ ٱلَّذِينَ تَمَنَّوۡاْ مَكَانَهُۥ بِٱلۡأَمۡسِ يَقُولُونَ وَيۡكَأَنَّ ٱللَّهَ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ وَ يَقۡدِرُ ۖ لَوۡلَآ أَن مَّنَّ ٱللَّهُ عَلَيۡنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيۡكَأَنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٨٢﴾

    Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga oʻxshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga oʻxshaydi-ku!» deyishga oʻtdilar.

  83. 28:83Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ٱلدَّارُ ٱلۡأٓخِرَةُ نَجۡعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوࣰّا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فَسَادࣰا ۚ وَ ٱلۡعَٰقِبَةُ لِلۡمُتَّقِينَ﴿٨٣﴾

    Biz oʻsha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzgʻunchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir.

  84. 28:84Mushafda oʻqish ↗

    مَن جَآءَ بِٱلۡحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيۡرࣱ مِّنۡهَا ۖ وَ مَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجۡزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٨٤﴾

    Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan koʻra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar.

  85. 28:85Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِي فَرَضَ عَلَيۡكَ ٱلۡقُرۡءَانَ لَرَآدُّكَ إِلَىٰ مَعَادࣲ ۚ قُل رَّبِّيٓ أَعۡلَمُ مَن جَآءَ بِٱلۡهُدَىٰ وَ مَنۡ هُوَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٨٥﴾

    Senga Qurʼonni farz qilgan Zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

  86. 28:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كُنتَ تَرۡجُوٓاْ أَن يُلۡقَىٰٓ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبُ إِلَّا رَحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرࣰا لِّلۡكَٰفِرِينَ﴿٨٦﴾

    Sen oʻzingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati boʻlib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi boʻlma.

  87. 28:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَصُدُّنَّكَ عَنۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بَعۡدَ إِذۡ أُنزِلَتۡ إِلَيۡكَ ۖ وَ ٱدۡعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَ لَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٨٧﴾

    Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz toʻsmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Aslo mushriklardan boʻlma.

  88. 28:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَدۡعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۘ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَيۡءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجۡهَهُۥ ۚ لَهُ ٱلۡحُكۡمُ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٨٨﴾

    Allohdan oʻzga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Undan oʻzga har bir narsa halok boʻlguvchidir. Hukm Uning Oʻzigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Qasas. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qissalar.

Mazmuni: Sura Muso alayhissalomning bolaligidan Fir’avnning halokatigacha bo‘lgan hayotini batafsilroq bayon qiladi. Zulmga uchraganlar uchun umid, Allohning nozik tadbiri, onaning tavakkuli, Qorun qissasi va dunyo boyligiga aldanmaslik mavzulari ham asosiy saboqlardandir.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraNaml surasiKeyingi sura →Ankabut surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026