Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Naml surasi

سورة النمل

Naml surasi

Chumoli · Намл сураси

27-sura93 oyatMakkiy19-pora

Naml surasi — Qurʼoni Karimning 27-surasi. U 93 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Chumoli» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 27:1Mushafda oʻqish ↗

    طسٓ ۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡقُرۡءَانِ وَ كِتَابࣲ مُّبِينٍ﴿١﴾

    To. Siyn. Ushbular Qurʼon — ochiq kitob oyatlaridir.

  2. 27:2Mushafda oʻqish ↗

    هُدࣰى وَ بُشۡرَىٰ لِلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢﴾

    Moʻminlar uchun hidoyat va xushxabardir.

  3. 27:3Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ هُم بِٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ يُوقِنُونَ﴿٣﴾

    Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.

  4. 27:4Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمۡ أَعۡمَٰلَهُمۡ فَهُمۡ يَعۡمَهُونَ﴿٤﴾

    Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab koʻrsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.

  5. 27:5Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَهُمۡ سُوٓءُ ٱلۡعَذَابِ وَ هُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ هُمُ ٱلۡأَخۡسَرُونَ﴿٥﴾

    Ana oʻshalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻrguvchilardir.

  6. 27:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّكَ لَتُلَقَّى ٱلۡقُرۡءَانَ مِن لَّدُنۡ حَكِيمٍ عَلِيمٍ﴿٦﴾

    Albatta, senga bu Qurʼon oʻta hikmatli va oʻta ilmli Zot tomonidan berilur.

  7. 27:7Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِأَهۡلِهِۦٓ إِنِّيٓ ءَانَسۡتُ نَارࣰا سَـَٔاتِيكُم مِّنۡهَا بِخَبَرٍ أَوۡ ءَاتِيكُم بِشِهَابࣲ قَبَسࣲ لَّعَلَّكُمۡ تَصۡطَلُونَ﴿٧﴾

    Muso oʻz ahliga: «Aniqki, men bir olov koʻrdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ keltirurman», deganini esla.

  8. 27:8Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهَا نُودِيَ أَنۢ بُورِكَ مَن فِي ٱلنَّارِ وَ مَنۡ حَوۡلَهَا وَ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٨﴾

    U(olov)ga kelganida, olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va «Olamlarning Robbi — Alloh pokdir», deb nido qilindi.

  9. 27:9Mushafda oʻqish ↗

    يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّهُۥٓ أَنَا ٱللَّهُ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٩﴾

    «Ey Muso! Albatta, bu — Menman! Aziyzu hakiym Allohman!

  10. 27:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَلۡقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهۡتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنࣱّ وَلَّىٰ مُدۡبِرࣰا وَ لَمۡ يُعَقِّبۡ ۚ يَٰمُوسَىٰ لَا تَخَفۡ إِنِّي لَا يَخَافُ لَدَيَّ ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿١٠﴾

    Va asoingni tashla!» Bas, qachonki, Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini koʻrganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qoʻrqma! Zero, Mening huzurimda Paygʻambarlar qoʻrqmaslar!»

  11. 27:11Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا مَن ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسۡنَۢا بَعۡدَ سُوٓءࣲ فَإِنِّي غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١١﴾

    Lekin kim zulm qilsa-yu, soʻngra yomonlik ketidan unga yaxshilikni badal qilsa, bas, Men, albatta, magʻfiratli va mehribondirman.

  12. 27:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَدۡخِلۡ يَدَكَ فِي جَيۡبِكَ تَخۡرُجۡ بَيۡضَآءَ مِنۡ غَيۡرِ سُوٓءࣲ ۖ فِي تِسۡعِ ءَايَٰتٍ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ قَوۡمِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمࣰا فَٰسِقِينَ﴿١٢﴾

    Qoʻlingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqur. Firʼavn va uning qavmiga qaratilgan toʻqqiz moʻʼjiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzgʻunchi qavm boʻldilar.

  13. 27:13Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَتۡهُمۡ ءَايَٰتُنَا مُبۡصِرَةࣰ قَالُواْ هَٰذَا سِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿١٣﴾

    Bas, qachonki ularga oyat-moʻʼjizalarimiz koʻz ochguvchi boʻlib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

  14. 27:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَحَدُواْ بِهَا وَ ٱسۡتَيۡقَنَتۡهَآ أَنفُسُهُمۡ ظُلۡمࣰا وَ عُلُوࣰّا ۚ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿١٤﴾

    Va oʻzlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(moʻʼjiza)larni inkor etdilar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol.

  15. 27:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا دَاوُۥدَ وَ سُلَيۡمَٰنَ عِلۡمࣰا ۖ وَ قَالَا ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي فَضَّلَنَا عَلَىٰ كَثِيرࣲ مِّنۡ عِبَادِهِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٥﴾

    Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar boʻlsin», dedilar.

  16. 27:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَرِثَ سُلَيۡمَٰنُ دَاوُۥدَ ۖ وَ قَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمۡنَا مَنطِقَ ٱلطَّيۡرِ وَ أُوتِينَا مِن كُلِّ شَيۡءٍ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلۡفَضۡلُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٦﴾

    Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi.

  17. 27:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ حُشِرَ لِسُلَيۡمَٰنَ جُنُودُهُۥ مِنَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ وَ ٱلطَّيۡرِ فَهُمۡ يُوزَعُونَ﴿١٧﴾

    Sulaymonga jin, ins va qushlardan boʻlgan askarlari toʻplanib, tizilgan holda turdilar.

  18. 27:18Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَوۡاْ عَلَىٰ وَادِ ٱلنَّمۡلِ قَالَتۡ نَمۡلَةࣱ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّمۡلُ ٱدۡخُلُواْ مَسَٰكِنَكُمۡ لَا يَحۡطِمَنَّكُمۡ سُلَيۡمَٰنُ وَ جُنُودُهُۥ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿١٨﴾

    Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.

  19. 27:19Mushafda oʻqish ↗

    فَتَبَسَّمَ ضَاحِكࣰا مِّن قَوۡلِهَا وَ قَالَ رَبِّ أَوۡزِعۡنِيٓ أَنۡ أَشۡكُرَ نِعۡمَتَكَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتَ عَلَيَّ وَ عَلَىٰ وَٰلِدَيَّ وَ أَنۡ أَعۡمَلَ صَٰلِحࣰا تَرۡضَىٰهُ وَ أَدۡخِلۡنِي بِرَحۡمَتِكَ فِي عِبَادِكَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٩﴾

    Bas, u uning soʻzidan tabassum qildi va: «Robbim, meni Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr etishimga va Sen rozi boʻladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. Oʻz rahmating ila meni solih bandalaringga qoʻshgin», dedi.

  20. 27:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَفَقَّدَ ٱلطَّيۡرَ فَقَالَ مَا لِيَ لَآ أَرَى ٱلۡهُدۡهُدَ أَمۡ كَانَ مِنَ ٱلۡغَآئِبِينَ﴿٢٠﴾

    Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni koʻrmayotirman yoki gʻoyiblardan boʻldimi?» dedi.

  21. 27:21Mushafda oʻqish ↗

    لَأُعَذِّبَنَّهُۥ عَذَابࣰا شَدِيدًا أَوۡ لَأَاْذۡبَحَنَّهُۥٓ أَوۡ لَيَأۡتِيَنِّي بِسُلۡطَٰنࣲ مُّبِينࣲ﴿٢١﴾

    «Albatta, uni shiddatli azob-la azoblarman yoki soʻyib yuborurman yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak.»

  22. 27:22Mushafda oʻqish ↗

    فَمَكَثَ غَيۡرَ بَعِيدࣲ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمۡ تُحِطۡ بِهِۦ وَ جِئۡتُكَ مِن سَبَإِۭ بِنَبَإࣲ يَقِينٍ﴿٢٢﴾

    Koʻp oʻtmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Sabaʼdan ishonchli bir xabar olib keldim.

  23. 27:23Mushafda oʻqish ↗

    إِنِّي وَجَدتُّ ٱمۡرَأَةࣰ تَمۡلِكُهُمۡ وَ أُوتِيَتۡ مِن كُلِّ شَيۡءࣲ وَ لَهَا عَرۡشٌ عَظِيمࣱ﴿٢٣﴾

    Darhaqiqat, men bir ayolni koʻrdim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulugʻ taxti bor ekan.

  24. 27:24Mushafda oʻqish ↗

    وَجَدتُّهَا وَ قَوۡمَهَا يَسۡجُدُونَ لِلشَّمۡسِ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَعۡمَٰلَهُمۡ فَصَدَّهُمۡ عَنِ ٱلسَّبِيلِ فَهُمۡ لَا يَهۡتَدُونَ﴿٢٤﴾

    Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yoʻldan toʻsayotganini koʻrdim. Bas, ular hidoyat topmaslar.

  25. 27:25Mushafda oʻqish ↗

    أَلَّاۤ يَسۡجُدُواْۤ لِلَّهِ ٱلَّذِي يُخۡرِجُ ٱلۡخَبۡءَ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ يَعۡلَمُ مَا تُخۡفُونَ وَ مَا تُعۡلِنُونَ﴿٢٥﴾

    Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!

  26. 27:26Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡعَظِيمِ ۩﴿٢٦﴾

    Alloh — Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻq Zotdir. U ulugʻ arshning Robbidir», dedi.

  27. 27:27Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ سَنَنظُرُ أَصَدَقۡتَ أَمۡ كُنتَ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٢٧﴾

    U: «Koʻramiz, rost soʻzladingmi yoki yolgʻonchilardan boʻldingmi?

  28. 27:28Mushafda oʻqish ↗

    ٱذۡهَب بِّكِتَٰبِي هَٰذَا فَأَلۡقِهۡ إِلَيۡهِمۡ ثُمَّ تَوَلَّ عَنۡهُمۡ فَٱنظُرۡ مَاذَا يَرۡجِعُونَ﴿٢٨﴾

    Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, soʻngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytarurlar», dedi.

  29. 27:29Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَؤُاْ إِنِّيٓ أُلۡقِيَ إِلَيَّ كِتَٰبࣱ كَرِيمٌ﴿٢٩﴾

    U (Malika): «Ey, aʼyonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi.

  30. 27:30Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ مِن سُلَيۡمَٰنَ وَ إِنَّهُۥ بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ﴿٣٠﴾

    Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: «Bismillahir rohmanir rohiym.

  31. 27:31Mushafda oʻqish ↗

    أَلَّا تَعۡلُواْ عَلَيَّ وَ أۡتُونِي مُسۡلِمِينَ﴿٣١﴾

    Menga qarshi bosh koʻtarmay, taslim boʻlgan holingizda keling», deyilmishdir», dedi.

  32. 27:32Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَؤُاْ أَفۡتُونِي فِيٓ أَمۡرِي مَا كُنتُ قَاطِعَةً أَمۡرًا حَتَّىٰ تَشۡهَدُونِ﴿٣٢﴾

    U (Malika): «Ey, aʼyonlar! Menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Sizlar shohid boʻlmaguningizcha, men bir ishga qatʼiy qaror qilmasman», dedi.

  33. 27:33Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ نَحۡنُ أُوْلُواْ قُوَّةࣲ وَ أُوْلُواْ بَأۡسࣲ شَدِيدࣲ وَ ٱلۡأَمۡرُ إِلَيۡكِ فَٱنظُرِي مَاذَا تَأۡمُرِينَ﴿٣٣﴾

    Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish oʻzingga havola. Nima amr qilishingni oʻylab koʻr», dedilar.

  34. 27:34Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ إِنَّ ٱلۡمُلُوكَ إِذَا دَخَلُواْ قَرۡيَةً أَفۡسَدُوهَا وَ جَعَلُوٓاْ أَعِزَّةَ أَهۡلِهَآ أَذِلَّةࣰ ۚ وَ كَذَٰلِكَ يَفۡعَلُونَ﴿٣٤﴾

    U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.

  35. 27:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنِّي مُرۡسِلَةٌ إِلَيۡهِم بِهَدِيَّةࣲ فَنَاظِرَةُۢ بِمَ يَرۡجِعُ ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿٣٥﴾

    Men ularga bir hadya yuborurman, koʻray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.

  36. 27:36Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَ سُلَيۡمَٰنَ قَالَ أَتُمِدُّونَنِ بِمَالࣲ فَمَآ ءَاتَىٰنِۦَ ٱللَّهُ خَيۡرࣱ مِّمَّآ ءَاتَىٰكُم ۚ بَلۡ أَنتُم بِهَدِيَّتِكُمۡ تَفۡرَحُونَ﴿٣٦﴾

    Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.

  37. 27:37Mushafda oʻqish ↗

    ٱرۡجِعۡ إِلَيۡهِمۡ فَلَنَأۡتِيَنَّهُم بِجُنُودࣲ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَ لَنُخۡرِجَنَّهُم مِّنۡهَآ أَذِلَّةࣰ وَ هُمۡ صَٰغِرُونَ﴿٣٧﴾

    (Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qoʻshin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.

  38. 27:38Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَؤُاْ أَيُّكُمۡ يَأۡتِينِي بِعَرۡشِهَا قَبۡلَ أَن يَأۡتُونِي مُسۡلِمِينَ﴿٣٨﴾

    U (Sulaymon): «Ey aʼyonlar! Ular menga taslim boʻlib kelishlaridan oldin qaysingiz huzurimga u(malika)ning taxtini keltira oladi?» dedi.

  39. 27:39Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ عِفۡرِيتࣱ مِّنَ ٱلۡجِنِّ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبۡلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ ۖ وَ إِنِّي عَلَيۡهِ لَقَوِيٌّ أَمِينࣱ﴿٣٩﴾

    Jinlardan boʻlgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi.

  40. 27:40Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلَّذِي عِندَهُۥ عِلۡمࣱ مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبۡلَ أَن يَرۡتَدَّ إِلَيۡكَ طَرۡفُكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسۡتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَٰذَا مِن فَضۡلِ رَبِّي لِيَبۡلُوَنِيٓ ءَأَشۡكُرُ أَمۡ أَكۡفُرُ ۖ وَ مَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشۡكُرُ لِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّي غَنِيࣱّ كَرِيمࣱ﴿٤٠﴾

    Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga koʻzingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning oʻz huzurida qaror topganini koʻrgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni neʼmat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, oʻzi uchungina shukr qilur. Kim kufroni neʼmat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi.

  41. 27:41Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ نَكِّرُواْ لَهَا عَرۡشَهَا نَنظُرۡ أَتَهۡتَدِيٓ أَمۡ تَكُونُ مِنَ ٱلَّذِينَ لَا يَهۡتَدُونَ﴿٤١﴾

    U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qoʻying. Koʻraylik-chi, u(malika) uni tanirmi yoki tanimaydiganlardan boʻlurmi?» dedi.

  42. 27:42Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَتۡ قِيلَ أَهَٰكَذَا عَرۡشُكِ ۖ قَالَتۡ كَأَنَّهُۥ هُوَ ۚ وَ أُوتِينَا ٱلۡعِلۡمَ مِن قَبۡلِهَا وَ كُنَّا مُسۡلِمِينَ﴿٤٢﴾

    Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi oʻshaning oʻzi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon boʻlgan edik».

  43. 27:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ صَدَّهَا مَا كَانَت تَّعۡبُدُ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهَا كَانَتۡ مِن قَوۡمࣲ كَٰفِرِينَ﴿٤٣﴾

    Va u(malika)ni Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsa toʻsdi. Albatta, u kofir qavmlardan boʻlgan edi.

  44. 27:44Mushafda oʻqish ↗

    قِيلَ لَهَا ٱدۡخُلِي ٱلصَّرۡحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتۡهُ حَسِبَتۡهُ لُجَّةࣰ وَ كَشَفَتۡ عَن سَاقَيۡهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ صَرۡحࣱ مُّمَرَّدࣱ مِّن قَوَارِيرَ ۗ قَالَتۡ رَبِّ إِنِّي ظَلَمۡتُ نَفۡسِي وَ أَسۡلَمۡتُ مَعَ سُلَيۡمَٰنَ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٤﴾

    U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni koʻrganida, suv deb oʻylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon boʻldim!» dedi.

  45. 27:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَآ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمۡ صَٰلِحًا أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ فَإِذَا هُمۡ فَرِيقَانِ يَخۡتَصِمُونَ﴿٤٥﴾

    Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh boʻlib tortisha boshladilar.

  46. 27:46Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰقَوۡمِ لِمَ تَسۡتَعۡجِلُونَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبۡلَ ٱلۡحَسَنَةِ ۖ لَوۡلَا تَسۡتَغۡفِرُونَ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿٤٦﴾

    U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan magʻfirat soʻrasangiz-chi?! Shoyad rahim qilinsangiz», dedi.

  47. 27:47Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ ٱطَّيَّرۡنَا بِكَ وَ بِمَن مَّعَكَ ۚ قَالَ طَٰٓئِرُكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ ۖ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمࣱ تُفۡتَنُونَ﴿٤٧﴾

    Ular: «Sendan va sen bilan boʻlganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi.

  48. 27:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانَ فِي ٱلۡمَدِينَةِ تِسۡعَةُ رَهۡطࣲ يُفۡسِدُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا يُصۡلِحُونَ﴿٤٨﴾

    U shaharda toʻqqiz nafarli guruh bor boʻlib, yer yuzida buzgʻunchilik qilishar, isloh qilmas edilar.

  49. 27:49Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ تَقَاسَمُواْ بِٱللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُۥ وَ أَهۡلَهُۥ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِۦ مَا شَهِدۡنَا مَهۡلِكَ أَهۡلِهِۦ وَ إِنَّا لَصَٰدِقُونَ﴿٤٩﴾

    Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda oʻldiramiz, soʻngra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgoʻylarmiz, deymiz», dedilar.

  50. 27:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَكَرُواْ مَكۡرࣰا وَ مَكَرۡنَا مَكۡرࣰا وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٥٠﴾

    Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.

  51. 27:51Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ مَكۡرِهِمۡ أَنَّا دَمَّرۡنَٰهُمۡ وَ قَوۡمَهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٥١﴾

    Nazar sol! Ularning makri oqibati nima boʻldi?! Biz, albatta, ularni va qavmlarini, hammalarini yer bilan yakson qildik.

  52. 27:52Mushafda oʻqish ↗

    فَتِلۡكَ بُيُوتُهُمۡ خَاوِيَةَۢ بِمَا ظَلَمُوٓاْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿٥٢﴾

    Ana, zulmlari sababli uylari huvillab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.

  53. 27:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنجَيۡنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ كَانُواْ يَتَّقُونَ﴿٥٣﴾

    Va iymon keltirib, taqvo qilib yurganlarga najot berdik.

  54. 27:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ لُوطًا إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِۦٓ أَتَأۡتُونَ ٱلۡفَٰحِشَةَ وَ أَنتُمۡ تُبۡصِرُونَ﴿٥٤﴾

    Va Lutni ham (Paygʻambar qilib yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Siz koʻrib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!

  55. 27:55Mushafda oʻqish ↗

    أَئِنَّكُمۡ لَتَأۡتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهۡوَةࣰ مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمࣱ تَجۡهَلُونَ﴿٥٥﴾

    Siz, albatta, ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yoʻq! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.

  56. 27:56Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوۡمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَخۡرِجُوٓاْ ءَالَ لُوطࣲ مِّن قَرۡيَتِكُمۡ ۖ إِنَّهُمۡ أُنَاسࣱ يَتَطَهَّرُونَ﴿٥٦﴾

    Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza boʻlishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa boʻlmadi.

  57. 27:57Mushafda oʻqish ↗

    فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥٓ إِلَّا ٱمۡرَأَتَهُۥ قَدَّرۡنَٰهَا مِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿٥٧﴾

    Bas, Biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida boʻlishini taqdir qildik.

  58. 27:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمۡطَرۡنَا عَلَيۡهِم مَّطَرࣰا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلۡمُنذَرِينَ﴿٥٨﴾

    Va ularning ustlariga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon boʻldi.

  59. 27:59Mushafda oʻqish ↗

    قُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ وَ سَلَٰمٌ عَلَىٰ عِبَادِهِ ٱلَّذِينَ ٱصۡطَفَىٰٓ ۗ ءَآللَّهُ خَيۡرٌ أَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٥٩﴾

    Sen: «Allohga hamd boʻlsin va U tanlab olgan bandalariga salom boʻlsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.

  60. 27:60Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّنۡ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ أَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَنۢبَتۡنَا بِهِۦ حَدَآئِقَ ذَاتَ بَهۡجَةࣲ مَّا كَانَ لَكُمۡ أَن تُنۢبِتُواْ شَجَرَهَآ ۗ أَءِلَٰهࣱ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلۡ هُمۡ قَوۡمࣱ يَعۡدِلُونَ﴿٦٠﴾

    Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan goʻzal bogʻlar oʻstirdik. Siz oʻzingiz uning daraxtini oʻstira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ular oʻzlari tenglashtiradigan qavmdirlar.

  61. 27:61Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّن جَعَلَ ٱلۡأَرۡضَ قَرَارࣰا وَ جَعَلَ خِلَٰلَهَآ أَنۡهَٰرࣰا وَ جَعَلَ لَهَا رَوَٰسِيَ وَ جَعَلَ بَيۡنَ ٱلۡبَحۡرَيۡنِ حَاجِزًا ۗ أَءِلَٰهࣱ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٦١﴾

    Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga togʻlar qilgan va ikki dengiz oʻrtasida toʻsiq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaslar.

  62. 27:62Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّن يُجِيبُ ٱلۡمُضۡطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَ يَكۡشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَ يَجۡعَلُكُمۡ خُلَفَآءَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ أَءِلَٰهࣱ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَذَكَّرُونَ﴿٦٢﴾

    Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!

  63. 27:63Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّن يَهۡدِيكُمۡ فِي ظُلُمَٰتِ ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ وَ مَن يُرۡسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشۡرَۢا بَيۡنَ يَدَيۡ رَحۡمَتِهِۦٓ ۗ أَءِلَٰهࣱ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ تَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٦٣﴾

    Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida toʻgʻri yoʻlga soladigan hamda Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir.

  64. 27:64Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّن يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَ مَن يَرۡزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ أَءِلَٰهࣱ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قُلۡ هَاتُواْ بُرۡهَٰنَكُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٦٤﴾

    Yoki avval boshdan yaratadigan, soʻngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring», degin.

  65. 27:65Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّا يَعۡلَمُ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ٱلۡغَيۡبَ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَ مَا يَشۡعُرُونَ أَيَّانَ يُبۡعَثُونَ﴿٦٥﴾

    Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim gʻaybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.

  66. 27:66Mushafda oʻqish ↗

    بَلِ ٱدَّٰرَكَ عِلۡمُهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ بَلۡ هُمۡ فِي شَكࣲّ مِّنۡهَا ۖ بَلۡ هُم مِّنۡهَا عَمُونَ﴿٦٦﴾

    Balki ilmlari oxiratni idrok qilgandir? Yoʻq, ular undan shak-shubhadadirlar. Yoʻq, ular undan koʻrdirlar.

  67. 27:67Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبࣰا وَ ءَابَآؤُنَآ أَئِنَّا لَمُخۡرَجُونَ﴿٦٧﴾

    Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq boʻlganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!

  68. 27:68Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ وُعِدۡنَا هَٰذَا نَحۡنُ وَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبۡلُ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٦٨﴾

    Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham vaʼda qilingan edi. Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.

  69. 27:69Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ سِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٦٩﴾

    Sen: «Er yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar», deb ayt.

  70. 27:70Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَحۡزَنۡ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا تَكُن فِي ضَيۡقࣲ مِّمَّا يَمۡكُرُونَ﴿٧٠﴾

    Sen ular haqida gʻam chekma va qilayotgan makrlaridan ham siqilma.

  71. 27:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٧١﴾

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» derlar.

  72. 27:72Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعۡضُ ٱلَّذِي تَسۡتَعۡجِلُونَ﴿٧٢﴾

    Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning baʼzisi ortingizga mingashib olgan boʻlsa, ajab emas», deb ayt.

  73. 27:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَشۡكُرُونَ﴿٧٣﴾

    Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning koʻplari shukr qilmaslar.

  74. 27:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ رَبَّكَ لَيَعۡلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمۡ وَ مَا يُعۡلِنُونَ﴿٧٤﴾

    Va, albatta, Robbing ularning dillari berkitgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilur.

  75. 27:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا مِنۡ غَآئِبَةࣲ فِي ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا فِي كِتَٰبࣲ مُّبِينٍ﴿٧٥﴾

    Osmonu yerda hech bir gʻayb narsa yoʻq, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.

  76. 27:76Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانَ يَقُصُّ عَلَىٰ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ أَكۡثَرَ ٱلَّذِي هُمۡ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿٧٦﴾

    Albatta, ushbu Qurʼon Bani Isroilga ular ixtilof qilayotgan narsalarning koʻpini aytib beradir.

  77. 27:77Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَهُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٧٧﴾

    Albatta, u (Qurʼon) moʻminlar uchun hidoyat va rahmatdir.

  78. 27:78Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكَ يَقۡضِي بَيۡنَهُم بِحُكۡمِهِۦ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٧٨﴾

    Albatta, Robbing ular oʻrtasida Oʻz hukmi ila ajrim chiqaradi. U aziyz va bilguvchidir.

  79. 27:79Mushafda oʻqish ↗

    فَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنَّكَ عَلَى ٱلۡحَقِّ ٱلۡمُبِينِ﴿٧٩﴾

    Bas, sen Allohga tavakkal qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan.

  80. 27:80Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّكَ لَا تُسۡمِعُ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ لَا تُسۡمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوۡاْ مُدۡبِرِينَ﴿٨٠﴾

    Albatta, sen oʻliklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.

  81. 27:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَنتَ بِهَٰدِي ٱلۡعُمۡيِ عَن ضَلَٰلَتِهِمۡ ۖ إِن تُسۡمِعُ إِلَّا مَن يُؤۡمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسۡلِمُونَ﴿٨١﴾

    Sen koʻrlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon boʻlgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan.

  82. 27:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا وَقَعَ ٱلۡقَوۡلُ عَلَيۡهِمۡ أَخۡرَجۡنَا لَهُمۡ دَآبَّةࣰ مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ تُكَلِّمُهُمۡ أَنَّ ٱلنَّاسَ كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا لَا يُوقِنُونَ﴿٨٢﴾

    Qachonki ularning boshiga soʻz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi.

  83. 27:83Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ نَحۡشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةࣲ فَوۡجࣰا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُمۡ يُوزَعُونَ﴿٨٣﴾

    Biz har ummatning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlaridan bir guruhini toʻplagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.

  84. 27:84Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُو قَالَ أَكَذَّبۡتُم بِـَٔايَٰتِي وَ لَمۡ تُحِيطُواْ بِهَا عِلۡمًا أَمَّاذَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٨٤﴾

    Toki ular kelib boʻlgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yoʻqsa, nima qilgan edingiz?» der.

  85. 27:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَقَعَ ٱلۡقَوۡلُ عَلَيۡهِم بِمَا ظَلَمُواْ فَهُمۡ لَا يَنطِقُونَ﴿٨٥﴾

    Va ularga, zulm qilganlari sababli, soʻz(langan azob) tushar. Bas, ular soʻzlay olmaslar.

  86. 27:86Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا جَعَلۡنَا ٱلَّيۡلَ لِيَسۡكُنُواْ فِيهِ وَ ٱلنَّهَارَ مُبۡصِرًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٨٦﴾

    Biz sokinlik topishlari uchun kechani, koʻrishlari uchun kunduzni qilganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.

  87. 27:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يُنفَخُ فِي ٱلصُّورِ فَفَزِعَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَ كُلٌّ أَتَوۡهُ دَٰخِرِينَ﴿٨٧﴾

    Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U(zot)ga boʻyin egib kelurlar.

  88. 27:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَى ٱلۡجِبَالَ تَحۡسَبُهَا جَامِدَةࣰ وَ هِيَ تَمُرُّ مَرَّ ٱلسَّحَابِ ۚ صُنۡعَ ٱللَّهِ ٱلَّذِيٓ أَتۡقَنَ كُلَّ شَيۡءٍ ۚ إِنَّهُۥ خَبِيرُۢ بِمَا تَفۡعَلُونَ﴿٨٨﴾

    Togʻlarni koʻrib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning oʻtishidek oʻturlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning sanʼatidir. Albatta, U nima qilayotganingizdan xabardordir.

  89. 27:89Mushafda oʻqish ↗

    مَن جَآءَ بِٱلۡحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيۡرࣱ مِّنۡهَا وَ هُم مِّن فَزَعࣲ يَوۡمَئِذٍ ءَامِنُونَ﴿٨٩﴾

    Kim yaxshilik qilsa, unga undan koʻra yaxshiroq (mukofot) boʻlur. Hamda ular oʻsha kunning dahshatidan omondadirlar.

  90. 27:90Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَكُبَّتۡ وُجُوهُهُمۡ فِي ٱلنَّارِ هَلۡ تُجۡزَوۡنَ إِلَّا مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٩٠﴾

    Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban doʻzaxga tashlanurlar va (ularga): «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).

  91. 27:91Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَآ أُمِرۡتُ أَنۡ أَعۡبُدَ رَبَّ هَٰذِهِ ٱلۡبَلۡدَةِ ٱلَّذِي حَرَّمَهَا وَ لَهُۥ كُلُّ شَيۡءࣲ ۖ وَ أُمِرۡتُ أَنۡ أَكُونَ مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿٩١﴾

    Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan boʻlishga amr etildim.

  92. 27:92Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنۡ أَتۡلُوَاْ ٱلۡقُرۡءَانَ ۖ فَمَنِ ٱهۡتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهۡتَدِي لِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن ضَلَّ فَقُلۡ إِنَّمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُنذِرِينَ﴿٩٢﴾

    Va Qurʼonni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat oʻzi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.

  93. 27:93Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ فَتَعۡرِفُونَهَا ۚ وَ مَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٩٣﴾

    Sen: «Allohga hamd boʻlsin! U sizlarga Oʻz oyat-moʻʼjizalarini koʻrsatur. Siz ularni koʻrib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan gʻofil emasdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Naml. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — chumoli.

Mazmuni: Sura Allohning belgilarini tabiat va tarixdagi voqealar orqali ko‘rsatadi. Muso alayhissalom, Sulaymon alayhissalom va malika Saba bilan bog‘liq voqealar ilm, hokimiyat va shukrni; Solih va Lut alayhimassalom qissalari esa inkorning oqibatini yoritadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraShuaro surasiKeyingi sura →Qasas surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026