سورة الشعراء
Shuaro surasi
Shoirlar · Шуаро сураси
Shuaro surasi — Qurʼoni Karimning 26-surasi. U 227 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Shoirlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
طسٓمٓ﴿١﴾
To. Siyn. Miym.
تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ﴿٢﴾
Bular ochiq kitobning oyatlaridir.
لَعَلَّكَ بَٰخِعࣱ نَّفۡسَكَ أَلَّا يَكُونُواْ مُؤۡمِنِينَ﴿٣﴾
Ehtimol, (ular) moʻmin boʻlmaganlari uchun sen oʻzingni halok qilmoqchidirsan?!
إِن نَّشَأۡ نُنَزِّلۡ عَلَيۡهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةࣰ فَظَلَّتۡ أَعۡنَٰقُهُمۡ لَهَا خَٰضِعِينَ﴿٤﴾
Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-moʻʼjiza nozil qilamiz. Bas, ularning boʻyinlari unga egilib qoladir.
وَ مَا يَأۡتِيهِم مِّن ذِكۡرࣲ مِّنَ ٱلرَّحۡمَٰنِ مُحۡدَثٍ إِلَّا كَانُواْ عَنۡهُ مُعۡرِضِينَ﴿٥﴾
Ularga Rohmandan yangi eslatma kelibdiki, albatta, undan yuz oʻgirguvchi boʻlganlar.
فَقَدۡ كَذَّبُواْ فَسَيَأۡتِيهِمۡ أَنۢبَٰٓؤُاْ مَا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٦﴾
Bas, batahqiq, yolgʻonga chiqardilar. Yaqinda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari kelajakdir.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ كَمۡ أَنۢبَتۡنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوۡجࣲ كَرِيمٍ﴿٧﴾
Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qoʻyibmiz.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٨﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmaslar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿٩﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
وَ إِذۡ نَادَىٰ رَبُّكَ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱئۡتِ ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٠﴾
Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.
قَوۡمَ فِرۡعَوۡنَ ۚ أَلَا يَتَّقُونَ﴿١١﴾
Firʼavn qavmiga. (Bizdan) qoʻrqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.
قَالَ رَبِّ إِنِّيٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ﴿١٢﴾
U: «Ey Robbim, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqarman.
وَ يَضِيقُ صَدۡرِي وَ لَا يَنطَلِقُ لِسَانِي فَأَرۡسِلۡ إِلَىٰ هَٰرُونَ﴿١٣﴾
Va dilim siqilishidan hamda tilim burro boʻlmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.
وَ لَهُمۡ عَلَيَّ ذَنۢبࣱ فَأَخَافُ أَن يَقۡتُلُونِ﴿١٤﴾
Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni oʻldirishlaridan xavfdaman», dedi.
قَالَ كَلَّا ۖ فَٱذۡهَبَا بِـَٔايَٰتِنَآ ۖ إِنَّا مَعَكُم مُّسۡتَمِعُونَ﴿١٥﴾
U zot: «Yoʻq! Bas, ikkingiz Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.
فَأۡتِيَا فِرۡعَوۡنَ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولُ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦﴾
Bas, Firʼavnga boringlar va unga: «Biz Robbul olamiynning Paygʻambarlarimiz.
أَنۡ أَرۡسِلۡ مَعَنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿١٧﴾
Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor», deb aytinglar, dedi.
قَالَ أَلَمۡ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدࣰا وَ لَبِثۡتَ فِينَا مِنۡ عُمُرِكَ سِنِينَ﴿١٨﴾
U (Firʼavn): «Biz seni goʻdakligingdan oʻz ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda oʻtkazmadingmi?!
وَ فَعَلۡتَ فَعۡلَتَكَ ٱلَّتِي فَعَلۡتَ وَ أَنتَ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٩﴾
Va nonkoʻrlardan boʻlib, qiladigan ishingni qilib qoʻymadingmi?!» dedi.
قَالَ فَعَلۡتُهَآ إِذࣰا وَ أَنَا۠ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ﴿٢٠﴾
U (Muso): «Oʻsha ishni qilgan boʻlsam, bilmasdan qilganman.
فَفَرَرۡتُ مِنكُمۡ لَمَّا خِفۡتُكُمۡ فَوَهَبَ لِي رَبِّي حُكۡمࣰا وَ جَعَلَنِي مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٢١﴾
Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Paygʻambarlardan qildi.
وَ تِلۡكَ نِعۡمَةࣱ تَمُنُّهَا عَلَيَّ أَنۡ عَبَّدتَّ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿٢٢﴾
Oʻsha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi.
قَالَ فِرۡعَوۡنُ وَ مَا رَبُّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٣﴾
Firʼavn: «Robbul olamiyn nima?» dedi.
قَالَ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ﴿٢٤﴾
U (Muso): «Agar anglamoqchi boʻlsangiz, U, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.
قَالَ لِمَنۡ حَوۡلَهُۥٓ أَلَا تَسۡتَمِعُونَ﴿٢٥﴾
U (Firʼavn) atrofidagi kishilarga: «Eshitmayapsizlarmi?!» dedi.
قَالَ رَبُّكُمۡ وَ رَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٢٦﴾
U: «Sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir», dedi.
قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ ٱلَّذِيٓ أُرۡسِلَ إِلَيۡكُمۡ لَمَجۡنُونࣱ﴿٢٧﴾
U: «Albatta, sizga yuborilgan Paygʻambaringiz jinnidir», dedi.
قَالَ رَبُّ ٱلۡمَشۡرِقِ وَ ٱلۡمَغۡرِبِ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٢٨﴾
U: «U zot, agar aql yuritsangiz, mashriqu magʻribning va ular oʻrtasidagi narsalarning Robbidir», dedi.
قَالَ لَئِنِ ٱتَّخَذۡتَ إِلَٰهًا غَيۡرِي لَأَجۡعَلَنَّكَ مِنَ ٱلۡمَسۡجُونِينَ﴿٢٩﴾
U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.
قَالَ أَوَلَوۡ جِئۡتُكَ بِشَيۡءࣲ مُّبِينࣲ﴿٣٠﴾
U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.
قَالَ فَأۡتِ بِهِۦٓ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٣١﴾
U: «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, keltir uni!» dedi.
فَأَلۡقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ ثُعۡبَانࣱ مُّبِينࣱ﴿٣٢﴾
Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.
وَ نَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِيَ بَيۡضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ﴿٣٣﴾
Va qoʻlini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq koʻrindi.
قَالَ لِلۡمَلَإِ حَوۡلَهُۥٓ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمࣱ﴿٣٤﴾
U (Firʼavn) atrofidagi aʼyonlariga: «Albatta, bu oʻta bilimdon sehrgardir.
يُرِيدُ أَن يُخۡرِجَكُم مِّنۡ أَرۡضِكُم بِسِحۡرِهِۦ فَمَاذَا تَأۡمُرُونَ﴿٣٥﴾
U oʻz sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.
قَالُوٓاْ أَرۡجِهۡ وَ أَخَاهُ وَ ٱبۡعَثۡ فِي ٱلۡمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ﴿٣٦﴾
Ular: «Uni va akasini qoʻyib turgin-da, shaharlarga toʻplovchilarni yubor.
يَأۡتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمࣲ﴿٣٧﴾
Senga barcha oʻta bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar», dedilar.
فَجُمِعَ ٱلسَّحَرَةُ لِمِيقَٰتِ يَوۡمࣲ مَّعۡلُومࣲ﴿٣٨﴾
Bas, sehrgarlar maʼlum kuni kelishilgan vaqtda jamlandilar.
وَ قِيلَ لِلنَّاسِ هَلۡ أَنتُم مُّجۡتَمِعُونَ﴿٣٩﴾
Va odamlarga: «Sizlar toʻplanib boʻldingizmi?
لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ ٱلسَّحَرَةَ إِن كَانُواْ هُمُ ٱلۡغَٰلِبِينَ﴿٤٠﴾
Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.
فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالُواْ لِفِرۡعَوۡنَ أَئِنَّ لَنَا لَأَجۡرًا إِن كُنَّا نَحۡنُ ٱلۡغَٰلِبِينَ﴿٤١﴾
Sehrgarlar kelgan chogʻlarida Firʼavnga: «Agar biz gʻolib kelguvchi boʻlsak, bizga, albatta, haq beriladimi?» dedilar.
قَالَ نَعَمۡ وَ إِنَّكُمۡ إِذࣰا لَّمِنَ ٱلۡمُقَرَّبِينَ﴿٤٢﴾
U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan boʻlasiz», dedi.
قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلۡقُواْ مَآ أَنتُم مُّلۡقُونَ﴿٤٣﴾
Muso ularga: «Siz tashlaydigan narsangizni tashlang», dedi.
فَأَلۡقَوۡاْ حِبَالَهُمۡ وَ عِصِيَّهُمۡ وَ قَالُواْ بِعِزَّةِ فِرۡعَوۡنَ إِنَّا لَنَحۡنُ ٱلۡغَٰلِبُونَ﴿٤٤﴾
Bas, ular arqonlari va asolarini tashladilar va «Firʼavnning izzati bilan qasamki, albatta, biz gʻoliblarmiz», dedilar.
فَأَلۡقَىٰ مُوسَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ تَلۡقَفُ مَا يَأۡفِكُونَ﴿٤٥﴾
Soʻngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi.
فَأُلۡقِيَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ﴿٤٦﴾
Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yiqildilar.
قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٧﴾
Ular: «Robbul olamiynga iymon keltirdik.
رَبِّ مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ﴿٤٨﴾
Muso va Horunning Robbiga», dedilar.
قَالَ ءَامَنتُمۡ لَهُۥ قَبۡلَ أَنۡ ءَاذَنَ لَكُمۡ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِي عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحۡرَ فَلَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ ۚ لَأُقَطِّعَنَّ أَيۡدِيَكُمۡ وَ أَرۡجُلَكُم مِّنۡ خِلَٰفࣲ وَ لَأُصَلِّبَنَّكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٤٩﴾
U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qoʻl-oyogʻingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.
قَالُواْ لَا ضَيۡرَ ۖ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ﴿٥٠﴾
Ular: «Zarari yoʻq. Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.
إِنَّا نَطۡمَعُ أَن يَغۡفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَٰيَٰنَآ أَن كُنَّآ أَوَّلَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٥١﴾
Moʻminlarning avvalgisi boʻlganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.
وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَسۡرِ بِعِبَادِيٓ إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ﴿٥٢﴾
Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yoʻlga chiq. Albatta, taʼqib etilursiz», deb vahiy yubordik.
فَأَرۡسَلَ فِرۡعَوۡنُ فِي ٱلۡمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ﴿٥٣﴾
Bas, Firʼavn shaharlarga toʻplovchilar yubordi:
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَشِرۡذِمَةࣱ قَلِيلُونَ﴿٥٤﴾
«Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.
وَ إِنَّهُمۡ لَنَا لَغَآئِظُونَ﴿٥٥﴾
Albatta, ular bizni gʻazablantirguvchilardir.
وَ إِنَّا لَجَمِيعٌ حَٰذِرُونَ﴿٥٦﴾
Albatta, biz hammamiz hushyormiz», deb.
فَأَخۡرَجۡنَٰهُم مِّن جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونࣲ﴿٥٧﴾
Bas, Biz ularni chiqardik, bogʻ-rogʻlar va buloqlardan.
وَ كُنُوزࣲ وَ مَقَامࣲ كَرِيمࣲ﴿٥٨﴾
Xazinalar va muhtaram maskandan.
كَذَٰلِكَ ۖ وَ أَوۡرَثۡنَٰهَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿٥٩﴾
Ana shunday. Oʻsha(narsa)larni Bani Isroilga meros qilib berdik.
فَأَتۡبَعُوهُم مُّشۡرِقِينَ﴿٦٠﴾
Bas, ularni quyosh chiqish paytida quvib yetdilar.
فَلَمَّا تَرَٰٓءَا ٱلۡجَمۡعَانِ قَالَ أَصۡحَٰبُ مُوسَىٰٓ إِنَّا لَمُدۡرَكُونَ﴿٦١﴾
Ikki jamoat bir-birlarini koʻrgan chogʻida, Musoning odamlari: «Endi qoʻlga tushdik», dedilar.
قَالَ كَلَّآ ۖ إِنَّ مَعِيَ رَبِّي سَيَهۡدِينِ﴿٦٢﴾
U (Muso): «Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur», dedi.
فَأَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱضۡرِب بِّعَصَاكَ ٱلۡبَحۡرَ ۖ فَٱنفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرۡقࣲ كَٱلطَّوۡدِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٦٣﴾
Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) boʻlinib, har boʻlagi ulkan togʻdek boʻldi.
وَ أَزۡلَفۡنَا ثَمَّ ٱلۡأٓخَرِينَ﴿٦٤﴾
Va keyin boshqalarni ham yaqinlashtirdik.
وَ أَنجَيۡنَا مُوسَىٰ وَ مَن مَّعَهُۥٓ أَجۡمَعِينَ﴿٦٥﴾
Muso va unga ergashganlarga, hammalariga najot berdik.
ثُمَّ أَغۡرَقۡنَا ٱلۡأٓخَرِينَ﴿٦٦﴾
Soʻngra boshqalarni gʻarq qildik.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٦٧﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿٦٨﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
وَ ٱتۡلُ عَلَيۡهِمۡ نَبَأَ إِبۡرَٰهِيمَ﴿٦٩﴾
Va ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib ber.
إِذۡ قَالَ لِأَبِيهِ وَ قَوۡمِهِۦ مَا تَعۡبُدُونَ﴿٧٠﴾
Oʻshanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» degan edi.
قَالُواْ نَعۡبُدُ أَصۡنَامࣰا فَنَظَلُّ لَهَا عَٰكِفِينَ﴿٧١﴾
Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom boʻlurmiz», dedilar.
قَالَ هَلۡ يَسۡمَعُونَكُمۡ إِذۡ تَدۡعُونَ﴿٧٢﴾
U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?
أَوۡ يَنفَعُونَكُمۡ أَوۡ يَضُرُّونَ﴿٧٣﴾
Yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?» dedi.
قَالُواْ بَلۡ وَجَدۡنَآ ءَابَآءَنَا كَذَٰلِكَ يَفۡعَلُونَ﴿٧٤﴾
Ular: «Yoʻq, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini koʻrdik», dedilar.
قَالَ أَفَرَءَيۡتُم مَّا كُنتُمۡ تَعۡبُدُونَ﴿٧٥﴾
U: «Nimaga ibodat qilayotganingizni bildingizmi?!
أَنتُمۡ وَ ءَابَآؤُكُمُ ٱلۡأَقۡدَمُونَ﴿٧٦﴾
Siz va qadimgi otalaringiz?!
فَإِنَّهُمۡ عَدُوࣱّ لِّيٓ إِلَّا رَبَّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٧٧﴾
Albatta, Robbul olamiyndan boshqa ularning barchasi menga dushmandir», dedi.
ٱلَّذِي خَلَقَنِي فَهُوَ يَهۡدِينِ﴿٧٨﴾
U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning Oʻzi.
وَ ٱلَّذِي هُوَ يُطۡعِمُنِي وَ يَسۡقِينِ﴿٧٩﴾
Va meni taomlantiradigan va sugʻoradigan ham Uning Oʻzi.
وَ إِذَا مَرِضۡتُ فَهُوَ يَشۡفِينِ﴿٨٠﴾
Bemor boʻlganimda menga shifo beradigan ham Uning Oʻzi.
وَ ٱلَّذِي يُمِيتُنِي ثُمَّ يُحۡيِينِ﴿٨١﴾
Meni oʻldiradigan, soʻngra tiriltiradigan ham Uning Oʻzi.
وَ ٱلَّذِيٓ أَطۡمَعُ أَن يَغۡفِرَ لِي خَطِيٓـَٔتِي يَوۡمَ ٱلدِّينِ﴿٨٢﴾
Va mening xatoimni qiyomat kuni magʻfirat qilishidan umidvor boʻlganim ham Uning Oʻzi.
رَبِّ هَبۡ لِي حُكۡمࣰا وَ أَلۡحِقۡنِي بِٱلصَّٰلِحِينَ﴿٨٣﴾
Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qoʻshgin.
وَ ٱجۡعَل لِّي لِسَانَ صِدۡقࣲ فِي ٱلۡأٓخِرِينَ﴿٨٤﴾
Va menga keyin kelguvchilar ichida sodiq maqtovlar boʻladigan qilgin.
وَ ٱجۡعَلۡنِي مِن وَرَثَةِ جَنَّةِ ٱلنَّعِيمِ﴿٨٥﴾
Va meni naʼiym jannati vorislaridan qilgin.
وَ ٱغۡفِرۡ لِأَبِيٓ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ﴿٨٦﴾
Va otamni magʻfirat qil. Albatta, u adashganlardan boʻldi.
وَ لَا تُخۡزِنِي يَوۡمَ يُبۡعَثُونَ﴿٨٧﴾
Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin.
يَوۡمَ لَا يَنفَعُ مَالࣱ وَ لَا بَنُونَ﴿٨٨﴾
U kunda na mol manfaat berar va na bolalar.
إِلَّا مَنۡ أَتَى ٱللَّهَ بِقَلۡبࣲ سَلِيمࣲ﴿٨٩﴾
Magar, kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelsa, (manfaat topar).
وَ أُزۡلِفَتِ ٱلۡجَنَّةُ لِلۡمُتَّقِينَ﴿٩٠﴾
Va jannat taqvodorlarga yaqinlashtirildi.
وَ بُرِّزَتِ ٱلۡجَحِيمُ لِلۡغَاوِينَ﴿٩١﴾
Jahiym igʻvoga uchganlarga zohir qilindi.
وَ قِيلَ لَهُمۡ أَيۡنَ مَا كُنتُمۡ تَعۡبُدُونَ﴿٩٢﴾
Va ularga: «Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?!
مِن دُونِ ٱللَّهِ هَلۡ يَنصُرُونَكُمۡ أَوۡ يَنتَصِرُونَ﴿٩٣﴾
Allohdan oʻzga. Ular sizga yordam bera olurlarmi yoki oʻzlarini qutqara olurlarmi?!» deyildi.
فَكُبۡكِبُواْ فِيهَا هُمۡ وَ ٱلۡغَاوُۥنَ﴿٩٤﴾
Bas, ular, igʻvoga uchganlar unga yuztuban tashlandilar.
وَ جُنُودُ إِبۡلِيسَ أَجۡمَعُونَ﴿٩٥﴾
Va iblisning askarlari hammalari birgalikda.
قَالُواْ وَ هُمۡ فِيهَا يَخۡتَصِمُونَ﴿٩٦﴾
Ular uning ichida bir-birlari ila xusumat qilar ekanlar, dedilar:
تَٱللَّهِ إِن كُنَّا لَفِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿٩٧﴾
«Allohga qasamki, albatta, biz ochiq-oydin adashuvda ekanmiz.
إِذۡ نُسَوِّيكُم بِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٩٨﴾
Chunki, sizlarni Robbul olamiynga tenglashtirardik.
وَ مَآ أَضَلَّنَآ إِلَّا ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٩٩﴾
Bizni faqat jinoyatchilar yoʻldan ozdirdilar.
فَمَا لَنَا مِن شَٰفِعِينَ﴿١٠٠﴾
Mana endi biz uchun shafoatchilar ham yoʻq.
وَ لَا صَدِيقٍ حَمِيمࣲ﴿١٠١﴾
Biron qadrdon doʻst ham yoʻq.
فَلَوۡ أَنَّ لَنَا كَرَّةࣰ فَنَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٠٢﴾
Qani endi ortga qaytsagu moʻminlardan boʻlsak.»
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٠٣﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٠٤﴾
Albatta, Robbing Oʻzi azizu mehribondir.
كَذَّبَتۡ قَوۡمُ نُوحٍ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٠٥﴾
Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.
إِذۡ قَالَ لَهُمۡ أَخُوهُمۡ نُوحٌ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٠٦﴾
Oʻshanda ularga birodarlari Nuh dedi: «Qoʻrqmaysizmi?!
إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٠٧﴾
Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٠٨﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠٩﴾
Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiynning zimmasidadir.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١١٠﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar».
قَالُوٓاْ أَنُؤۡمِنُ لَكَ وَ ٱتَّبَعَكَ ٱلۡأَرۡذَلُونَ﴿١١١﴾
Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.
قَالَ وَ مَا عِلۡمِي بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١١٢﴾
U dedi: «Mening ular nima qilayotganlari haqida ilmim yoʻq.
إِنۡ حِسَابُهُمۡ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّي ۖ لَوۡ تَشۡعُرُونَ﴿١١٣﴾
Agar sezsangiz, ularning hisobi faqat Allohning zimmasidadir.
وَ مَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١١٤﴾
Va men moʻminlarni haydab yuborguvchi emasman.
إِنۡ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿١١٥﴾
Men faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos».
قَالُواْ لَئِن لَّمۡ تَنتَهِ يَٰنُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمَرۡجُومِينَ﴿١١٦﴾
Ular: «Ey Nuh, agar toʻxtamasang, albatta, toshboʻron qilinganlardan boʻlasan», dedilar.
قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوۡمِي كَذَّبُونِ﴿١١٧﴾
U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildilar.
فَٱفۡتَحۡ بَيۡنِي وَ بَيۡنَهُمۡ فَتۡحࣰا وَ نَجِّنِي وَ مَن مَّعِيَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١١٨﴾
Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», dedi.
فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ مَن مَّعَهُۥ فِي ٱلۡفُلۡكِ ٱلۡمَشۡحُونِ﴿١١٩﴾
Bas, Biz unga va u bilan birga boʻlganlarga toʻlgan kemada najot berdik.
ثُمَّ أَغۡرَقۡنَا بَعۡدُ ٱلۡبَاقِينَ﴿١٢٠﴾
Soʻngra, qolganlarni gʻarq qildik.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٢١﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٢٢﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
كَذَّبَتۡ عَادٌ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٢٣﴾
Od qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.
إِذۡ قَالَ لَهُمۡ أَخُوهُمۡ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٢٤﴾
Oʻshanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٢٥﴾
Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٢٦﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٢٧﴾
Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
أَتَبۡنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ ءَايَةࣰ تَعۡبَثُونَ﴿١٢٨﴾
Har tepalikka bir belgi boʻladigan bino qurib, behuda oʻyin qilaverasizmi?
وَ تَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمۡ تَخۡلُدُونَ﴿١٢٩﴾
Va xuddi mangu turajakdek «masnaʼlar» tutasiz.
وَ إِذَا بَطَشۡتُم بَطَشۡتُمۡ جَبَّارِينَ﴿١٣٠﴾
Tutganingizda oʻta jabrchi boʻlib tutdingiz.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٣١﴾
Bas, Allohdan qoʻrqing va menga itoat qiling.
وَ ٱتَّقُواْ ٱلَّذِيٓ أَمَدَّكُم بِمَا تَعۡلَمُونَ﴿١٣٢﴾
Sizga oʻzingiz bilgan narsa ila madad bergan Zotdan qoʻrqing.
أَمَدَّكُم بِأَنۡعَٰمࣲ وَ بَنِينَ﴿١٣٣﴾
U sizlarga chorva hayvonlari va farzandlar ila madad berdi.
وَ جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونٍ﴿١٣٤﴾
Bogʻ-rogʻlar va buloqlar ila.
إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿١٣٥﴾
Men, albatta, sizga ulugʻ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman».
قَالُواْ سَوَآءٌ عَلَيۡنَآ أَوَعَظۡتَ أَمۡ لَمۡ تَكُن مِّنَ ٱلۡوَٰعِظِينَ﴿١٣٦﴾
Ular: «Biz uchun vaʼz qilsang ham yoki vaʼz qilguvchilardan boʻlmasang ham — bari bir.
إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا خُلُقُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٣٧﴾
Bu eskilarning odati, xolos.
وَ مَا نَحۡنُ بِمُعَذَّبِينَ﴿١٣٨﴾
Biz azoblanguvchi emasmiz», dedilar.
فَكَذَّبُوهُ فَأَهۡلَكۡنَٰهُمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٣٩﴾
Ular u(Hud)ni yolgʻonchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٤٠﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
كَذَّبَتۡ ثَمُودُ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٤١﴾
Samud (qavmi) Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.
إِذۡ قَالَ لَهُمۡ أَخُوهُمۡ صَٰلِحٌ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٤٢﴾
Oʻshanda ularga birodarlari Solih dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٤٣﴾
Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٤٤﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٤٥﴾
Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
أَتُتۡرَكُونَ فِي مَا هَٰهُنَآ ءَامِنِينَ﴿١٤٦﴾
Siz bu joydagi narsalarda omon holda tark qilinasizmi?!
فِي جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونࣲ﴿١٤٧﴾
Bogʻ-rogʻlarda, buloqlarda?!
وَ زُرُوعࣲ وَ نَخۡلࣲ طَلۡعُهَا هَضِيمࣱ﴿١٤٨﴾
Ekinzorlaru mayin xurmozor ichlarida-ya?!
وَ تَنۡحِتُونَ مِنَ ٱلۡجِبَالِ بُيُوتࣰا فَٰرِهِينَ﴿١٤٩﴾
Va togʻlardan manmanlik-la uylar yoʻnaverasizmi?!
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٥٠﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ لَا تُطِيعُوٓاْ أَمۡرَ ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿١٥١﴾
Va yer yuzida isrofchilarning ishiga itoat qilmanglar.
ٱلَّذِينَ يُفۡسِدُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا يُصۡلِحُونَ﴿١٥٢﴾
Yer yuzida buzgʻunchilik qiladigan, isloh etmaydiganlarning».
قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلۡمُسَحَّرِينَ﴿١٥٣﴾
Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.
مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُنَا فَأۡتِ بِـَٔايَةٍ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿١٥٤﴾
Sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgoʻylardan boʻlsang, moʻʼjiza keltir», dedilar.
قَالَ هَٰذِهِۦ نَاقَةࣱ لَّهَا شِرۡبࣱ وَ لَكُمۡ شِرۡبُ يَوۡمࣲ مَّعۡلُومࣲ﴿١٥٥﴾
U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga maʼlum bir kun suv ichish.
وَ لَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءࣲ فَيَأۡخُذَكُمۡ عَذَابُ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿١٥٦﴾
Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulugʻ kunning azobi tutadir», dedi.
فَعَقَرُوهَا فَأَصۡبَحُواْ نَٰدِمِينَ﴿١٥٧﴾
Bas, u(tuya)ni soʻydilaru nadomat chekuvchiga aylandilar.
فَأَخَذَهُمُ ٱلۡعَذَابُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٥٨﴾
Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٥٩﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
كَذَّبَتۡ قَوۡمُ لُوطٍ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٦٠﴾
Lut qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.
إِذۡ قَالَ لَهُمۡ أَخُوهُمۡ لُوطٌ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٦١﴾
Oʻshanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٦٢﴾
Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٦٣﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦٤﴾
Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
أَتَأۡتُونَ ٱلذُّكۡرَانَ مِنَ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦٥﴾
Olamlar ichidan erkaklarga borasizmi?!
وَ تَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمۡ رَبُّكُم مِّنۡ أَزۡوَٰجِكُم ۚ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمٌ عَادُونَ﴿١٦٦﴾
Va Robbingiz siz uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilasizmi?! Yoʻq!!! Siz haddan oshgan qavmsiz.
قَالُواْ لَئِن لَّمۡ تَنتَهِ يَٰلُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُخۡرَجِينَ﴿١٦٧﴾
Ular: «Ey Lut, agar toʻxtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan boʻlasan!» dedilar.
قَالَ إِنِّي لِعَمَلِكُم مِّنَ ٱلۡقَالِينَ﴿١٦٨﴾
U: «Albatta, men bu ishingizni oʻta yomon koʻrguvchilardanman.
رَبِّ نَجِّنِي وَ أَهۡلِي مِمَّا يَعۡمَلُونَ﴿١٦٩﴾
Ey Robbim, menga va ahlimga qilayotgan narsalaridan najot bergin!» dedi.
فَنَجَّيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥٓ أَجۡمَعِينَ﴿١٧٠﴾
Bas, unga va ahliga, hammalariga najot berdik.
إِلَّا عَجُوزࣰا فِي ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿١٧١﴾
Magar (azobda) qolguvchilardan boʻlgan bir kampirga (najot bermadik).
ثُمَّ دَمَّرۡنَا ٱلۡأٓخَرِينَ﴿١٧٢﴾
Soʻngra qolganlarini yer bilan yakson qildik.
وَ أَمۡطَرۡنَا عَلَيۡهِم مَّطَرࣰا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلۡمُنذَرِينَ﴿١٧٣﴾
Va ularning ustiga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning yomgʻiri qandoq ham yomon boʻldi.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٧٤﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٧٥﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
كَذَّبَ أَصۡحَٰبُ لۡـَٔيۡكَةِ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٧٦﴾
Qalin daraxtzor egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.
إِذۡ قَالَ لَهُمۡ شُعَيۡبٌ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٧٧﴾
Oʻshanda ularga Shuʼayb dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٧٨﴾
Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿١٧٩﴾
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
وَ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٨٠﴾
Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
أَوۡفُواْ ٱلۡكَيۡلَ وَ لَا تَكُونُواْ مِنَ ٱلۡمُخۡسِرِينَ﴿١٨١﴾
Bas, oʻlchovni toʻliq oʻlchanglar va kamaytirguvchilardan boʻlmanglar.
وَ زِنُواْ بِٱلۡقِسۡطَاسِ ٱلۡمُسۡتَقِيمِ﴿١٨٢﴾
Va toʻgʻri tarozi ila torting.
وَ لَا تَبۡخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشۡيَآءَهُمۡ وَ لَا تَعۡثَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُفۡسِدِينَ﴿١٨٣﴾
Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzgʻunchiliklar qilmang.
وَ ٱتَّقُواْ ٱلَّذِي خَلَقَكُمۡ وَ ٱلۡجِبِلَّةَ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٨٤﴾
Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qoʻrqing».
قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلۡمُسَحَّرِينَ﴿١٨٥﴾
Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.
وَ مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُنَا وَ إِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿١٨٦﴾
Va sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolgʻonchilardan, deb bilamiz.
فَأَسۡقِطۡ عَلَيۡنَا كِسَفࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿١٨٧﴾
Agar rostgoʻylardan boʻlsang, ustimizdan osmonning bir boʻlagini tashlavor», dedilar.
قَالَ رَبِّيٓ أَعۡلَمُ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٨٨﴾
U: «Robbim qilayotgan ishingizni oʻta yaxshi bilguvchidir», dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمۡ عَذَابُ يَوۡمِ ٱلظُّلَّةِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمٍ﴿١٨٩﴾
Bas, ular u(Shuʼayb)ni yolgʻonchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulugʻ kunning azobi edi.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ ۖ وَ مَا كَانَ أَكۡثَرُهُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٩٠﴾
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.
وَ إِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٩١﴾
Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.
وَ إِنَّهُۥ لَتَنزِيلُ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٩٢﴾
Albatta, u(Qurʼon) Robbul olamiynning tushirganidir.
نَزَلَ بِهِ ٱلرُّوحُ ٱلۡأَمِينُ﴿١٩٣﴾
Uni Ruhul Amiyn olib tushdi.
عَلَىٰ قَلۡبِكَ لِتَكُونَ مِنَ ٱلۡمُنذِرِينَ﴿١٩٤﴾
Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan boʻlishing uchun.
بِلِسَانٍ عَرَبِيࣲّ مُّبِينࣲ﴿١٩٥﴾
Ochiq-oydin arab tilida.
وَ إِنَّهُۥ لَفِي زُبُرِ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٩٦﴾
Albatta, u(Qurʼon) avvalgilarning kitoblarida ham bordir.
أَوَلَمۡ يَكُن لَّهُمۡ ءَايَةً أَن يَعۡلَمَهُۥ عُلَمَٰٓؤُاْ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿١٩٧﴾
Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!
وَ لَوۡ نَزَّلۡنَٰهُ عَلَىٰ بَعۡضِ ٱلۡأَعۡجَمِينَ﴿١٩٨﴾
Agar Biz uni baʼzi ajamiylarga nozil qilsak.
فَقَرَأَهُۥ عَلَيۡهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ مُؤۡمِنِينَ﴿١٩٩﴾
Bas, u ularga uni oʻqib bersa ham, unga moʻmin boʻlmas edilar.
كَذَٰلِكَ سَلَكۡنَٰهُ فِي قُلُوبِ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٢٠٠﴾
Biz u(Qurʼon)ni jinoyatchilar qalblariga ana shunday yoʻlladik.
لَا يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ﴿٢٠١﴾
Ular unga to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymon keltirmaslar.
فَيَأۡتِيَهُم بَغۡتَةࣰ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٢٠٢﴾
Bas, ularga u(azob) toʻsatdan kelur. Ular sezmay qolurlar.
فَيَقُولُواْ هَلۡ نَحۡنُ مُنظَرُونَ﴿٢٠٣﴾
Shunda ular: «Bizga muhlat berilarmikan?!» deydilar.
أَفَبِعَذَابِنَا يَسۡتَعۡجِلُونَ﴿٢٠٤﴾
Bizning azobimizning tezroq kelishini istaydilarmi-ya?!
أَفَرَءَيۡتَ إِن مَّتَّعۡنَٰهُمۡ سِنِينَ﴿٢٠٥﴾
Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.
ثُمَّ جَآءَهُم مَّا كَانُواْ يُوعَدُونَ﴿٢٠٦﴾
Soʻngra ularga vaʼda qilingan narsa kelsa.
مَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يُمَتَّعُونَ﴿٢٠٧﴾
Oʻsha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!
وَ مَآ أَهۡلَكۡنَا مِن قَرۡيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ﴿٢٠٨﴾
Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan boʻlsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari boʻlgan.
ذِكۡرَىٰ وَ مَا كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿٢٠٩﴾
Eslatma boʻlishi uchundir. Biz zulm qilguvchi boʻlmagandik.
وَ مَا تَنَزَّلَتۡ بِهِ ٱلشَّيَٰطِينُ﴿٢١٠﴾
U(Qurʼon)ni shaytonlar olib tushganlari yoʻq.
وَ مَا يَنۢبَغِي لَهُمۡ وَ مَا يَسۡتَطِيعُونَ﴿٢١١﴾
Bunga ularning imkonlari yoʻq va unga qodir ham emaslar.
إِنَّهُمۡ عَنِ ٱلسَّمۡعِ لَمَعۡزُولُونَ﴿٢١٢﴾
Albatta, ular eshitishdan chetlatilgandirlar.
فَلَا تَدۡعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَكُونَ مِنَ ٱلۡمُعَذَّبِينَ﴿٢١٣﴾
Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yoʻqsa, azoblanganlardan boʻlasan.
وَ أَنذِرۡ عَشِيرَتَكَ ٱلۡأَقۡرَبِينَ﴿٢١٤﴾
Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.
وَ ٱخۡفِضۡ جَنَاحَكَ لِمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢١٥﴾
Va senga ergashgan moʻminlarga qanotingni pastlat.
فَإِنۡ عَصَوۡكَ فَقُلۡ إِنِّي بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٢١٦﴾
Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallardan bezorman», degin.
وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱلۡعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ﴿٢١٧﴾
Va aziyz va mehribon Zotga tavakkal qil:
ٱلَّذِي يَرَىٰكَ حِينَ تَقُومُ﴿٢١٨﴾
Seni qoim boʻlganingda koʻradigan.
وَ تَقَلُّبَكَ فِي ٱلسَّٰجِدِينَ﴿٢١٩﴾
Va sajda qilguvchilar ichida harakatlanishingni (koʻradigan) Zotga.
إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٢٢٠﴾
Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi Zotdir.
هَلۡ أُنَبِّئُكُمۡ عَلَىٰ مَن تَنَزَّلُ ٱلشَّيَٰطِينُ﴿٢٢١﴾
Sizlarga shaytonlar kimga tushishini aytib beraymi?
تَنَزَّلُ عَلَىٰ كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمࣲ﴿٢٢٢﴾
Ular oʻta uydirmachi va oʻta gunohkorlarga tushurlar.
يُلۡقُونَ ٱلسَّمۡعَ وَ أَكۡثَرُهُمۡ كَٰذِبُونَ﴿٢٢٣﴾
Ular (shaytonlarga) quloq osarlar. Va ularning koʻplari yolgʻonchilardir.
وَ ٱلشُّعَرَآءُ يَتَّبِعُهُمُ ٱلۡغَاوُۥنَ﴿٢٢٤﴾
Va shoirlarga gumrohlar ergashur.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّهُمۡ فِي كُلِّ وَادࣲ يَهِيمُونَ﴿٢٢٥﴾
Ularning har vodiyda daydishini.
وَ أَنَّهُمۡ يَقُولُونَ مَا لَا يَفۡعَلُونَ﴿٢٢٦﴾
Va oʻzlari qilmaydigan ishlarni aytishini koʻrmadingmi?
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ ذَكَرُواْ ٱللَّهَ كَثِيرࣰا وَ ٱنتَصَرُواْ مِنۢ بَعۡدِ مَا ظُلِمُواْ ۗ وَ سَيَعۡلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَيَّ مُنقَلَبࣲ يَنقَلِبُونَ﴿٢٢٧﴾
Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni koʻp zikr etganlar va mazlum boʻlganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi agʻdarilish joyiga agʻdarilishlarini bilurlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Shuaro. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — shoirlar.
Mazmuni: Sura ko‘plab payg‘ambarlar qissalarini bir xil da’vat — Allohdan qo‘rqish va elchiga itoat — atrofida birlashtiradi. Muso, Ibrohim, Nuh, Hud, Solih, Lut va Shuayb alayhimussalom qavmlarining javoblari orqali takabburlik va rad etishning oqibatlari ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.