سورة الفرقان
Furqon surasi
Furqon · Фурқон сураси
Furqon surasi — Qurʼoni Karimning 25-surasi. U 77 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
تَبَارَكَ ٱلَّذِي نَزَّلَ ٱلۡفُرۡقَانَ عَلَىٰ عَبۡدِهِۦ لِيَكُونَ لِلۡعَٰلَمِينَ نَذِيرًا﴿١﴾
Olamlarga ogohlantiruvchi boʻlsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulugʻdir.
ٱلَّذِي لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَمۡ يَتَّخِذۡ وَلَدࣰا وَ لَمۡ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكࣱ فِي ٱلۡمُلۡكِ وَ خَلَقَ كُلَّ شَيۡءࣲ فَقَدَّرَهُۥ تَقۡدِيرࣰا﴿٢﴾
U, osmonlaru yerning mulki Unga xos boʻlgan, Oʻziga farzand tutmagan, mulkida sherigi boʻlmagan, har bir narsani oʻlchov ila oʻlchab yaratgan Zotdir.
وَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةࣰ لَّا يَخۡلُقُونَ شَيۡـࣰٔا وَ هُمۡ يُخۡلَقُونَ وَ لَا يَمۡلِكُونَ لِأَنفُسِهِمۡ ضَرࣰّا وَ لَا نَفۡعࣰا وَ لَا يَمۡلِكُونَ مَوۡتࣰا وَ لَا حَيَوٰةࣰ وَ لَا نُشُورࣰا﴿٣﴾
U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan, oʻzlari uchun zararga ham, nafga ham ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan «xudo»lar tutdilar.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّآ إِفۡكٌ ٱفۡتَرَىٰهُ وَ أَعَانَهُۥ عَلَيۡهِ قَوۡمٌ ءَاخَرُونَ ۖ فَقَدۡ جَآءُو ظُلۡمࣰا وَ زُورࣰا﴿٤﴾
Kufr keltirganlar: «Bu (Qurʼon) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni oʻzi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar koʻmak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolgʻon guvohlik keltirdilar.
وَ قَالُوٓاْ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ ٱكۡتَتَبَهَا فَهِيَ تُمۡلَىٰ عَلَيۡهِ بُكۡرَةࣰ وَ أَصِيلࣰا﴿٥﴾
Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar.
قُلۡ أَنزَلَهُ ٱلَّذِي يَعۡلَمُ ٱلسِّرَّ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٦﴾
Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U magʻfiratli va rahimli Zotdir», degin.
وَ قَالُواْ مَالِ هَٰذَا ٱلرَّسُولِ يَأۡكُلُ ٱلطَّعَامَ وَ يَمۡشِي فِي ٱلۡأَسۡوَاقِ لَوۡلَآ أُنزِلَ إِلَيۡهِ مَلَكࣱ فَيَكُونَ مَعَهُۥ نَذِيرًا﴿٧﴾
Ular: «Bu ne Paygʻambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi boʻlar edi.
أَوۡ يُلۡقَىٰٓ إِلَيۡهِ كَنزٌ أَوۡ تَكُونُ لَهُۥ جَنَّةࣱ يَأۡكُلُ مِنۡهَا ۚ وَ قَالَ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلࣰا مَّسۡحُورًا﴿٨﴾
Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogʻi boʻlsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.
ٱنظُرۡ كَيۡفَ ضَرَبُواْ لَكَ ٱلۡأَمۡثَٰلَ فَضَلُّواْ فَلَا يَسۡتَطِيعُونَ سَبِيلࣰا﴿٩﴾
Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yoʻldan ozdilar. Endi yoʻl topishga qodir emaslar.
تَبَارَكَ ٱلَّذِيٓ إِن شَآءَ جَعَلَ لَكَ خَيۡرࣰا مِّن ذَٰلِكَ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ وَ يَجۡعَل لَّكَ قُصُورَۢا﴿١٠﴾
Agar xohlasa, senga oʻshandan yaxshirogʻini — ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻlarni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulugʻ boʻldi.
بَلۡ كَذَّبُواْ بِٱلسَّاعَةِ ۖ وَ أَعۡتَدۡنَا لِمَن كَذَّبَ بِٱلسَّاعَةِ سَعِيرًا﴿١١﴾
Yoʻq! Ular soatni (qiyomatni) ham yolgʻonga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolgʻonga chiqarganlarga doʻzaxni tayyorlab qoʻydik.
إِذَا رَأَتۡهُم مِّن مَّكَانِۭ بَعِيدࣲ سَمِعُواْ لَهَا تَغَيُّظࣰا وَ زَفِيرࣰا﴿١٢﴾
Vaqtiki u ularni uzoq joydan koʻrganida, uning gʻazabnok qaynashini va boʻkirishini eshiturlar.
وَ إِذَآ أُلۡقُواْ مِنۡهَا مَكَانࣰا ضَيِّقࣰا مُّقَرَّنِينَ دَعَوۡاْ هُنَالِكَ ثُبُورࣰا﴿١٣﴾
Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, oʻsha joyda (oʻzlariga) halokat tilarlar.
لَّا تَدۡعُواْ ٱلۡيَوۡمَ ثُبُورࣰا وَٰحِدࣰا وَ ٱدۡعُواْ ثُبُورࣰا كَثِيرࣰا﴿١٤﴾
«Bugungi kunda bir halokatni emas, koʻp halokatni tilanglar!»
قُلۡ أَذَٰلِكَ خَيۡرٌ أَمۡ جَنَّةُ ٱلۡخُلۡدِ ٱلَّتِي وُعِدَ ٱلۡمُتَّقُونَ ۚ كَانَتۡ لَهُمۡ جَزَآءࣰ وَ مَصِيرࣰا﴿١٥﴾
«Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qoʻyilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.
لَّهُمۡ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ خَٰلِدِينَ ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعۡدࣰا مَّسۡـُٔولࣰا﴿١٦﴾
Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir.
وَ يَوۡمَ يَحۡشُرُهُمۡ وَ مَا يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَقُولُ ءَأَنتُمۡ أَضۡلَلۡتُمۡ عِبَادِي هَٰٓؤُلَآءِ أَمۡ هُمۡ ضَلُّواْ ٱلسَّبِيلَ﴿١٧﴾
U(mushrik)larni va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalarini toʻplagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?!» deydir.
قَالُواْ سُبۡحَٰنَكَ مَا كَانَ يَنۢبَغِي لَنَآ أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ وَ لَٰكِن مَّتَّعۡتَهُمۡ وَ ءَابَآءَهُمۡ حَتَّىٰ نَسُواْ ٱلذِّكۡرَ وَ كَانُواْ قَوۡمَۢا بُورࣰا﴿١٨﴾
Ular: «Oʻzing poksan! Sendan oʻzgani doʻst tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi boʻlib qoldilar», derlar.
فَقَدۡ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسۡتَطِيعُونَ صَرۡفࣰا وَ لَا نَصۡرࣰا ۚ وَ مَن يَظۡلِم مِّنكُمۡ نُذِقۡهُ عَذَابࣰا كَبِيرࣰا﴿١٩﴾
Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolgʻonchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir boʻlmassiz. Sizdan kim zulm qilgan boʻlsa, unga azobni torttiramiz.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا قَبۡلَكَ مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ إِلَّآ إِنَّهُمۡ لَيَأۡكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَ يَمۡشُونَ فِي ٱلۡأَسۡوَاقِ ۗ وَ جَعَلۡنَا بَعۡضَكُمۡ لِبَعۡضࣲ فِتۡنَةً أَتَصۡبِرُونَ ۗ وَ كَانَ رَبُّكَ بَصِيرࣰا﴿٢٠﴾
Biz sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Baʼzilaringizni baʼzilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing koʻrguvchi boʻlgan Zotdir.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرۡجُونَ لِقَآءَنَا لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡنَا ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ أَوۡ نَرَىٰ رَبَّنَا ۗ لَقَدِ ٱسۡتَكۡبَرُواْ فِيٓ أَنفُسِهِمۡ وَ عَتَوۡ عُتُوࣰّا كَبِيرࣰا﴿٢١﴾
Bizga uchrashdan umidsiz boʻlganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni koʻrsak edi, derlar. Batahqiq, ular oʻzlaridan ketdilar va katta tugʻyon-la tugʻyon qildilar.
يَوۡمَ يَرَوۡنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ لَا بُشۡرَىٰ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُجۡرِمِينَ وَ يَقُولُونَ حِجۡرࣰا مَّحۡجُورࣰا﴿٢٢﴾
Ular farishtalarni koʻradigan kunda, ha, oʻsha kunda jinoyatchilarga xushxabar boʻlmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar.
وَ قَدِمۡنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُواْ مِنۡ عَمَلࣲ فَجَعَلۡنَٰهُ هَبَآءࣰ مَّنثُورًا﴿٢٣﴾
Va qilgan amaliga kelib, ularni toʻzon kabi sochib yuboramiz.
أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ يَوۡمَئِذٍ خَيۡرࣱ مُّسۡتَقَرࣰّا وَ أَحۡسَنُ مَقِيلࣰا﴿٢٤﴾
Oʻsha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlari gʻoyat yaxshidir.
وَ يَوۡمَ تَشَقَّقُ ٱلسَّمَآءُ بِٱلۡغَمَٰمِ وَ نُزِّلَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ تَنزِيلًا﴿٢٥﴾
U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar boʻlak-boʻlak tushirilurlar.
ٱلۡمُلۡكُ يَوۡمَئِذٍ ٱلۡحَقُّ لِلرَّحۡمَٰنِ ۚ وَ كَانَ يَوۡمًا عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ عَسِيرࣰا﴿٢٦﴾
U kunda hukmronlik Rohmanga haq boʻlur. U kun kofirlar uchun koʻp qiyin kun boʻlur.
وَ يَوۡمَ يَعَضُّ ٱلظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيۡهِ يَقُولُ يَٰلَيۡتَنِي ٱتَّخَذۡتُ مَعَ ٱلرَّسُولِ سَبِيلࣰا﴿٢٧﴾
U kunda zolim ikki qoʻlini tishlab: «Ey voh!!! Paygʻambar ila bir yoʻlni tutganimda edi!» der.
يَٰوَيۡلَتَىٰ لَيۡتَنِي لَمۡ أَتَّخِذۡ فُلَانًا خَلِيلࣰا﴿٢٨﴾
«Ey voh!!! Koshki falonchini doʻst tutmasam edi», der.
لَّقَدۡ أَضَلَّنِي عَنِ ٱلذِّكۡرِ بَعۡدَ إِذۡ جَآءَنِي ۗ وَ كَانَ ٱلشَّيۡطَٰنُ لِلۡإِنسَٰنِ خَذُولࣰا﴿٢٩﴾
«Batahqiq, menga Zikr (Qurʼon) kelgandan soʻng u (doʻst) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir».
وَ قَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوۡمِي ٱتَّخَذُواْ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانَ مَهۡجُورࣰا﴿٣٠﴾
Va Paygʻambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar», dedi.
وَ كَذَٰلِكَ جَعَلۡنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوࣰّا مِّنَ ٱلۡمُجۡرِمِينَ ۗ وَ كَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيࣰا وَ نَصِيرࣰا﴿٣١﴾
Ana shunday. Har Paygʻambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing Oʻzi kifoya qilur.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡلَا نُزِّلَ عَلَيۡهِ ٱلۡقُرۡءَانُ جُمۡلَةࣰ وَٰحِدَةࣰ ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۖ وَ رَتَّلۡنَٰهُ تَرۡتِيلࣰا﴿٣٢﴾
Kufr keltirganlar: «Unga Qurʼon bir yoʻla nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib oʻqidik.
وَ لَا يَأۡتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئۡنَٰكَ بِٱلۡحَقِّ وَ أَحۡسَنَ تَفۡسِيرًا﴿٣٣﴾
Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va goʻzal sharhini keltirurmiz.
ٱلَّذِينَ يُحۡشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمۡ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُوْلَٰٓئِكَ شَرࣱّ مَّكَانࣰا وَ أَضَلُّ سَبِيلࣰا﴿٣٤﴾
Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana oʻshalar, makonlari eng yomon, yoʻllari eng adashgan kimsalardir.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ وَ جَعَلۡنَا مَعَهُۥٓ أَخَاهُ هَٰرُونَ وَزِيرࣰا﴿٣٥﴾
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik.
فَقُلۡنَا ٱذۡهَبَآ إِلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَدَمَّرۡنَٰهُمۡ تَدۡمِيرࣰا﴿٣٦﴾
Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga boring», dedik. Soʻng ularni yer bilan yakson qildik.
وَ قَوۡمَ نُوحࣲ لَّمَّا كَذَّبُواْ ٱلرُّسُلَ أَغۡرَقۡنَٰهُمۡ وَ جَعَلۡنَٰهُمۡ لِلنَّاسِ ءَايَةࣰ ۖ وَ أَعۡتَدۡنَا لِلظَّٰلِمِينَ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿٣٧﴾
Va Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlarida gʻarq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qoʻydik.
وَ عَادࣰا وَ ثَمُودَاْ وَ أَصۡحَٰبَ ٱلرَّسِّ وَ قُرُونَۢا بَيۡنَ ذَٰلِكَ كَثِيرࣰا﴿٣٨﴾
Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla.
وَ كُلࣰّا ضَرَبۡنَا لَهُ ٱلۡأَمۡثَٰلَ ۖ وَ كُلࣰّا تَبَّرۡنَا تَتۡبِيرࣰا﴿٣٩﴾
Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik.
وَ لَقَدۡ أَتَوۡاْ عَلَى ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلَّتِيٓ أُمۡطِرَتۡ مَطَرَ ٱلسَّوۡءِ ۚ أَفَلَمۡ يَكُونُواْ يَرَوۡنَهَا ۚ بَلۡ كَانُواْ لَا يَرۡجُونَ نُشُورࣰا﴿٤٠﴾
Batahqiq, ular yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shaharga kelgan edilar. Uni koʻrmagan edilarmi?! Yoʻq! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar.
وَ إِذَا رَأَوۡكَ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِي بَعَثَ ٱللَّهُ رَسُولًا﴿٤١﴾
Ular seni koʻrgan vaqtlarida masxaraga olurlar: «Alloh Paygʻambar qilib yuborgan shumi?!
إِن كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنۡ ءَالِهَتِنَا لَوۡلَآ أَن صَبَرۡنَا عَلَيۡهَا ۚ وَ سَوۡفَ يَعۡلَمُونَ حِينَ يَرَوۡنَ ٱلۡعَذَابَ مَنۡ أَضَلُّ سَبِيلًا﴿٤٢﴾
Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal boʻlmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni koʻrgan chogʻlarida — kim yoʻldan ozganroq ekanini bilurlar.
أَرَءَيۡتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيۡهِ وَكِيلًا﴿٤٣﴾
Havoyi nafsini oʻziga xudo qilib olganni koʻrdingmi?! Endi sen unga vakil boʻlasanmi?!
أَمۡ تَحۡسَبُ أَنَّ أَكۡثَرَهُمۡ يَسۡمَعُونَ أَوۡ يَعۡقِلُونَ ۚ إِنۡ هُمۡ إِلَّا كَٱلۡأَنۡعَٰمِ بَلۡ هُمۡ أَضَلُّ سَبِيلًا﴿٤٤﴾
Yoki sen ularning koʻplari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yoʻq. Balki yana ham yoʻldan ozganroqdirlar.
أَلَمۡ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيۡفَ مَدَّ ٱلظِّلَّ وَ لَوۡ شَآءَ لَجَعَلَهُۥ سَاكِنࣰا ثُمَّ جَعَلۡنَا ٱلشَّمۡسَ عَلَيۡهِ دَلِيلࣰا﴿٤٥﴾
Robbingning soyani qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. Soʻngra quyoshni Biz unga dalil qildik.
ثُمَّ قَبَضۡنَٰهُ إِلَيۡنَا قَبۡضࣰا يَسِيرࣰا﴿٤٦﴾
Soʻngra Biz uni Oʻzimizga asta-sekin tortib oldik.
وَ هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ لِبَاسࣰا وَ ٱلنَّوۡمَ سُبَاتࣰا وَ جَعَلَ ٱلنَّهَارَ نُشُورࣰا﴿٤٧﴾
U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.
وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَرۡسَلَ ٱلرِّيَٰحَ بُشۡرَۢا بَيۡنَ يَدَيۡ رَحۡمَتِهِۦ ۚ وَ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ طَهُورࣰا﴿٤٨﴾
U Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.
لِّنُحۡـِۧيَ بِهِۦ بَلۡدَةࣰ مَّيۡتࣰا وَ نُسۡقِيَهُۥ مِمَّا خَلَقۡنَآ أَنۡعَٰمࣰا وَ أَنَاسِيَّ كَثِيرࣰا﴿٤٩﴾
U ila oʻlik yurtni tiriltirishimiz va oʻzimiz yaratgan koʻplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sugʻorishimiz uchun.
وَ لَقَدۡ صَرَّفۡنَٰهُ بَيۡنَهُمۡ لِيَذَّكَّرُواْ فَأَبَىٰٓ أَكۡثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورࣰا﴿٥٠﴾
Batahqiq, Biz u(Qurʼon)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib koʻrdik. Odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.
وَ لَوۡ شِئۡنَا لَبَعَثۡنَا فِي كُلِّ قَرۡيَةࣲ نَّذِيرࣰا﴿٥١﴾
Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik.
فَلَا تُطِعِ ٱلۡكَٰفِرِينَ وَ جَٰهِدۡهُم بِهِۦ جِهَادࣰا كَبِيرࣰا﴿٥٢﴾
Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qurʼon) bilan katta jiddu jahd qil!
وَ هُوَ ٱلَّذِي مَرَجَ ٱلۡبَحۡرَيۡنِ هَٰذَا عَذۡبࣱ فُرَاتࣱ وَ هَٰذَا مِلۡحٌ أُجَاجࣱ وَ جَعَلَ بَيۡنَهُمَا بَرۡزَخࣰا وَ حِجۡرࣰا مَّحۡجُورࣰا﴿٥٣﴾
U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi shoʻr-achchiq qilib oqizib qoʻygan va oralariga koʻrinmas toʻsiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ مِنَ ٱلۡمَآءِ بَشَرࣰا فَجَعَلَهُۥ نَسَبࣰا وَ صِهۡرࣰا ۗ وَ كَانَ رَبُّكَ قَدِيرࣰا﴿٥٤﴾
U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qoʻygan Zotdir. Robbing qodir boʻlgan Zotdir.
وَ يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمۡ وَ لَا يَضُرُّهُمۡ ۗ وَ كَانَ ٱلۡكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِۦ ظَهِيرࣰا﴿٥٥﴾
Ular Allohdan oʻzga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi boʻlgandir.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرࣰا وَ نَذِيرࣰا﴿٥٦﴾
Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos.
قُلۡ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ إِلَّا مَن شَآءَ أَن يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلࣰا﴿٥٧﴾
Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr soʻramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yoʻl olishini (soʻrayman)», deb ayt.
وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱلۡحَيِّ ٱلَّذِي لَا يَمُوتُ وَ سَبِّحۡ بِحَمۡدِهِۦ ۚ وَ كَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا﴿٥٨﴾
Va barhayot, oʻlmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan oʻta xabardor boʻlishda Uning Oʻzi kifoyadir.
ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ ٱلرَّحۡمَٰنُ فَسۡـَٔلۡ بِهِۦ خَبِيرࣰا﴿٥٩﴾
U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, oʻsha oʻta Xabardordan soʻra.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسۡجُدُواْۤ لِلرَّحۡمَٰنِ قَالُواْ وَ مَا ٱلرَّحۡمَٰنُ أَنَسۡجُدُ لِمَا تَأۡمُرُنَا وَ زَادَهُمۡ نُفُورࣰا ۩﴿٦٠﴾
Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.
تَبَارَكَ ٱلَّذِي جَعَلَ فِي ٱلسَّمَآءِ بُرُوجࣰا وَ جَعَلَ فِيهَا سِرَٰجࣰا وَ قَمَرࣰا مُّنِيرࣰا﴿٦١﴾
Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) boʻldi.
وَ هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ خِلۡفَةࣰ لِّمَنۡ أَرَادَ أَن يَذَّكَّرَ أَوۡ أَرَادَ شُكُورࣰا﴿٦٢﴾
U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir.
وَ عِبَادُ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلَّذِينَ يَمۡشُونَ عَلَى ٱلۡأَرۡضِ هَوۡنࣰا وَ إِذَا خَاطَبَهُمُ ٱلۡجَٰهِلُونَ قَالُواْ سَلَٰمࣰا﴿٦٣﴾
Rohmanning bandalari yer yuzida tavozuʼ ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمۡ سُجَّدࣰا وَ قِيَٰمࣰا﴿٦٤﴾
Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor oʻtkazadilar.
وَ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱصۡرِفۡ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا﴿٦٥﴾
Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir.
إِنَّهَا سَآءَتۡ مُسۡتَقَرࣰّا وَ مُقَامࣰا﴿٦٦﴾
Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.
وَ ٱلَّذِينَ إِذَآ أَنفَقُواْ لَمۡ يُسۡرِفُواْ وَ لَمۡ يَقۡتُرُواْ وَ كَانَ بَيۡنَ ذَٰلِكَ قَوَامࣰا﴿٦٧﴾
Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi oʻrtasida moʻʼtadil boʻlurlar.
وَ ٱلَّذِينَ لَا يَدۡعُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ وَ لَا يَقۡتُلُونَ ٱلنَّفۡسَ ٱلَّتِي حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ وَ لَا يَزۡنُونَ ۚ وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ يَلۡقَ أَثَامࣰا﴿٦٨﴾
Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan oʻldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor boʻlur.
يُضَٰعَفۡ لَهُ ٱلۡعَذَابُ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ يَخۡلُدۡ فِيهِۦ مُهَانًا﴿٦٩﴾
Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar koʻpaytirilur va u(azob)da xor boʻlib abadiy qolur.
إِلَّا مَن تَابَ وَ ءَامَنَ وَ عَمِلَ عَمَلࣰا صَٰلِحࣰا فَأُوْلَٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمۡ حَسَنَٰتࣲ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٧٠﴾
Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana oʻshalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh magʻfiratli va rahimli boʻlgan Zotdir.
وَ مَن تَابَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَإِنَّهُۥ يَتُوبُ إِلَى ٱللَّهِ مَتَابࣰا﴿٧١﴾
Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar.
وَ ٱلَّذِينَ لَا يَشۡهَدُونَ ٱلزُّورَ وَ إِذَا مَرُّواْ بِٱللَّغۡوِ مَرُّواْ كِرَامࣰا﴿٧٢﴾
Ular yolgʻon guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan oʻtsalar, hurmatlarini saqlagan holda oʻtarlar.
وَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ لَمۡ يَخِرُّواْ عَلَيۡهَا صُمࣰّا وَ عُمۡيَانࣰا﴿٧٣﴾
Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va koʻrlardek tashlanmaslar.
وَ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبۡ لَنَا مِنۡ أَزۡوَٰجِنَا وَ ذُرِّيَّٰتِنَا قُرَّةَ أَعۡيُنࣲ وَ ٱجۡعَلۡنَا لِلۡمُتَّقِينَ إِمَامًا﴿٧٤﴾
Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi qil», deydiganlardir.
أُوْلَٰٓئِكَ يُجۡزَوۡنَ ٱلۡغُرۡفَةَ بِمَا صَبَرُواْ وَ يُلَقَّوۡنَ فِيهَا تَحِيَّةࣰ وَ سَلَٰمًا﴿٧٥﴾
Ana oʻshalar sabr qilganlari uchun «gʻurfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar.
خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ حَسُنَتۡ مُسۡتَقَرࣰّا وَ مُقَامࣰا﴿٧٦﴾
Ular oʻshanda abadiy qolurlar. U qanday ham goʻzal qarorgoh va manzildir.
قُلۡ مَا يَعۡبَؤُاْ بِكُمۡ رَبِّي لَوۡلَا دُعَآؤُكُمۡ ۖ فَقَدۡ كَذَّبۡتُمۡ فَسَوۡفَ يَكُونُ لِزَامَۢا﴿٧٧﴾
Sen: «Agar duo-iltijolaringiz boʻlmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolgʻonga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim boʻlur», deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Furqon. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — haq va botilni ajratuvchi.
Mazmuni: Sura Qur’onni haq bilan botilni ajratuvchi mezon sifatida ko‘rsatadi. Rahmonning bandalari tavoze’, kechirimlilik, tun ibodati, isrof va shirkdan uzoqlik bilan ta’riflanadi. Avvalgi qavmlar qissalari va qiyomat sahnalari bu mezonning zarurligini mustahkamlaydi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.