Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Nur surasi

سورة النور

Nur surasi

Nur · Нур сураси

24-sura64 oyatMadaniy18-pora

Nur surasi — Qurʼoni Karimning 24-surasi. U 64 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 24:1Mushafda oʻqish ↗

    سُورَةٌ أَنزَلۡنَٰهَا وَ فَرَضۡنَٰهَا وَ أَنزَلۡنَا فِيهَآ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ لَّعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿١﴾

    (Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki, eslasangiz.

  2. 24:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱلزَّانِيَةُ وَ ٱلزَّانِي فَٱجۡلِدُواْ كُلَّ وَٰحِدࣲ مِّنۡهُمَا مِاْئَةَ جَلۡدَةࣲ ۖ وَ لَا تَأۡخُذۡكُم بِهِمَا رَأۡفَةࣱ فِي دِينِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ تُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۖ وَ لۡيَشۡهَدۡ عَذَابَهُمَا طَآئِفَةࣱ مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢﴾

    Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan boʻlsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa moʻminlar guvoh boʻlsinlar.

  3. 24:3Mushafda oʻqish ↗

    ٱلزَّانِي لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوۡ مُشۡرِكَةࣰ وَ ٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوۡ مُشۡرِكࣱ ۚ وَ حُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٣﴾

    Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, moʻminlarga harom qilinmishdir.

  4. 24:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يَرۡمُونَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتِ ثُمَّ لَمۡ يَأۡتُواْ بِأَرۡبَعَةِ شُهَدَآءَ فَٱجۡلِدُوهُمۡ ثَمَٰنِينَ جَلۡدَةࣰ وَ لَا تَقۡبَلُواْ لَهُمۡ شَهَٰدَةً أَبَدࣰا ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٤﴾

    Pokiza ayollarga (boʻhton) toshi otib, soʻngra toʻrtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana oʻshalar fosiqlardir.

  5. 24:5Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ وَ أَصۡلَحُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٥﴾

    Magar bundan keyin tavba qilib, oʻzini isloh qilganlar (mustasnodir). Zero, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimlidir.

  6. 24:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يَرۡمُونَ أَزۡوَٰجَهُمۡ وَ لَمۡ يَكُن لَّهُمۡ شُهَدَآءُ إِلَّآ أَنفُسُهُمۡ فَشَهَٰدَةُ أَحَدِهِمۡ أَرۡبَعُ شَهَٰدَٰتِۭ بِٱللَّهِ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٦﴾

    Oʻz juftlariga (boʻhton) toshi otib, faqat oʻzlaridan boshqa guvohlari boʻlmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u rostgoʻylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir.

  7. 24:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡخَٰمِسَةُ أَنَّ لَعۡنَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡهِ إِن كَانَ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٧﴾

    Beshinchisida esa, agar yolgʻonchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini (aytishlikdir).

  8. 24:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَدۡرَؤُاْ عَنۡهَا ٱلۡعَذَابَ أَن تَشۡهَدَ أَرۡبَعَ شَهَٰدَٰتِۭ بِٱللَّهِ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٨﴾

    Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u(er) yolgʻonchilardandir, deb shohidlik berishidir.

  9. 24:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡخَٰمِسَةَ أَنَّ غَضَبَ ٱللَّهِ عَلَيۡهَآ إِن كَانَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٩﴾

    Beshinchisida esa, agar u(er) rostgoʻylardan boʻlsa, oʻzi(ayol)ga Allohning gʻazabi boʻlishini (aytishlikdir).

  10. 24:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ وَ أَنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ حَكِيمٌ﴿١٠﴾

    Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida... Albatta, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va oʻta hikmatli zot boʻlmaganida edi...

  11. 24:11Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلۡإِفۡكِ عُصۡبَةࣱ مِّنكُمۡ ۚ لَا تَحۡسَبُوهُ شَرࣰّا لَّكُم ۖ بَلۡ هُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۚ لِكُلِّ ٱمۡرِيࣲٕ مِّنۡهُم مَّا ٱكۡتَسَبَ مِنَ ٱلۡإِثۡمِ ۚ وَ ٱلَّذِي تَوَلَّىٰ كِبۡرَهُۥ مِنۡهُمۡ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿١١﴾

    Albatta, ifkni keltirganlar oʻzingizdan boʻlgan bir usba (toʻda)dir. Uni oʻzingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini koʻtargan kimsaga buyuk azob bordir.

  12. 24:12Mushafda oʻqish ↗

    لَّوۡلَآ إِذۡ سَمِعۡتُمُوهُ ظَنَّ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ بِأَنفُسِهِمۡ خَيۡرࣰا وَ قَالُواْ هَٰذَآ إِفۡكࣱ مُّبِينࣱ﴿١٢﴾

    U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda moʻminlar va moʻminalar oʻzlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar boʻlmasmidi?!

  13. 24:13Mushafda oʻqish ↗

    لَّوۡلَا جَآءُو عَلَيۡهِ بِأَرۡبَعَةِ شُهَدَآءَ ۚ فَإِذۡ لَمۡ يَأۡتُواْ بِٱلشُّهَدَآءِ فَأُوْلَٰٓئِكَ عِندَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلۡكَٰذِبُونَ﴿١٣﴾

    U(ifkchi)lar oʻsha(ifk)ga toʻrtta guvoh keltirsalar boʻlmasmidi?! Bas, guvohlarni keltira olmagan chogʻda ana oʻshalar oʻzlari Allohning huzurida yolgʻonchidirlar.

  14. 24:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ لَمَسَّكُمۡ فِي مَآ أَفَضۡتُمۡ فِيهِ عَذَابٌ عَظِيمٌ﴿١٤﴾

    Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida, oʻzingiz ichiga shoʻngʻigan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi.

  15. 24:15Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ تَلَقَّوۡنَهُۥ بِأَلۡسِنَتِكُمۡ وَ تَقُولُونَ بِأَفۡوَاهِكُم مَّا لَيۡسَ لَكُم بِهِۦ عِلۡمࣱ وَ تَحۡسَبُونَهُۥ هَيِّنࣰا وَ هُوَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمࣱ﴿١٥﴾

    Oʻshanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, ogʻzingiz ila oʻzingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u (ifk)ni oʻzingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir.

  16. 24:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَآ إِذۡ سَمِعۡتُمُوهُ قُلۡتُم مَّا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَٰذَا سُبۡحَٰنَكَ هَٰذَا بُهۡتَٰنٌ عَظِيمࣱ﴿١٦﴾

    Uni eshitgan chogʻingizda: «Bizga buni gapirmogʻimiz toʻgʻri kelmas. Oʻzing poksan! Bu katta boʻhtondir!» desangiz boʻlmasmidi?!

  17. 24:17Mushafda oʻqish ↗

    يَعِظُكُمُ ٱللَّهُ أَن تَعُودُواْ لِمِثۡلِهِۦٓ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٧﴾

    Agar moʻmin boʻlsangiz, hargiz u(ifk)ga oʻxshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga vaʼz-nasihat qilur.

  18. 24:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴿١٨﴾

    Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir.

  19. 24:19Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ ٱلۡفَٰحِشَةُ فِي ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ وَ أَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿١٩﴾

    Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi koʻradiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar.

  20. 24:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ وَ أَنَّ ٱللَّهَ رَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢٠﴾

    Agar sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida... Va, albatta, Alloh oʻta shafqatli va rahimli boʻlmaganida...

  21. 24:21Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۚ وَ مَن يَتَّبِعۡ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِ فَإِنَّهُۥ يَأۡمُرُ بِٱلۡفَحۡشَآءِ وَ ٱلۡمُنكَرِ ۚ وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ مَا زَكَىٰ مِنكُم مِّنۡ أَحَدٍ أَبَدࣰا وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُزَكِّي مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٢١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishini poklar. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.

  22. 24:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَأۡتَلِ أُوْلُواْ ٱلۡفَضۡلِ مِنكُمۡ وَ ٱلسَّعَةِ أَن يُؤۡتُوٓاْ أُوْلِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينَ وَ ٱلۡمُهَٰجِرِينَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَ لۡيَعۡفُواْ وَ لۡيَصۡفَحُوٓاْ ۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿٢٢﴾

    Sizlardan fazl va boylik egasi boʻlganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yoʻlida muhojir boʻlganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, oʻtib yuborsinlar. Alloh sizlarni magʻfirat qilishini xush koʻrmaysizlarmi?! Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahimli Zotdir.

  23. 24:23Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَرۡمُونَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتِ ٱلۡغَٰفِلَٰتِ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ لُعِنُواْ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿٢٣﴾

    Albatta, pokiza, gʻofila va moʻmina ayollarga (boʻhton) toshi otganlar bu dunyoyu oxiratda laʼnatlanurlar. Ularga katta azob bordur.

  24. 24:24Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ تَشۡهَدُ عَلَيۡهِمۡ أَلۡسِنَتُهُمۡ وَ أَيۡدِيهِمۡ وَ أَرۡجُلُهُم بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٢٤﴾

    U kunda tillari, qoʻllari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.

  25. 24:25Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَئِذࣲ يُوَفِّيهِمُ ٱللَّهُ دِينَهُمُ ٱلۡحَقَّ وَ يَعۡلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡحَقُّ ٱلۡمُبِينُ﴿٢٥﴾

    Oʻsha kunda Alloh ularning haq jazolarini toʻliq berur va ular Allohning Oʻzi ochiq haq ekanini bilurlar.

  26. 24:26Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡخَبِيثَٰتُ لِلۡخَبِيثِينَ وَ ٱلۡخَبِيثُونَ لِلۡخَبِيثَٰتِ ۖ وَ ٱلطَّيِّبَٰتُ لِلطَّيِّبِينَ وَ ٱلطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَٰتِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ مُبَرَّءُونَ مِمَّا يَقُولُونَ ۖ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ رِزۡقࣱ كَرِيمࣱ﴿٢٦﴾

    Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana oʻshalar u(boʻhtonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga magʻfirat va goʻzal rizq bordir.

  27. 24:27Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَدۡخُلُواْ بُيُوتًا غَيۡرَ بُيُوتِكُمۡ حَتَّىٰ تَسۡتَأۡنِسُواْ وَ تُسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَهۡلِهَا ۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿٢٧﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻz uylaringizdan boshqa uylarga to izn soʻramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz.

  28. 24:28Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن لَّمۡ تَجِدُواْ فِيهَآ أَحَدࣰا فَلَا تَدۡخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤۡذَنَ لَكُمۡ ۖ وَ إِن قِيلَ لَكُمُ ٱرۡجِعُواْ فَٱرۡجِعُواْ ۖ هُوَ أَزۡكَىٰ لَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ عَلِيمࣱ﴿٢٨﴾

    Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, oʻsha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchidir.

  29. 24:29Mushafda oʻqish ↗

    لَّيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَدۡخُلُواْ بُيُوتًا غَيۡرَ مَسۡكُونَةࣲ فِيهَا مَتَٰعࣱ لَّكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تُبۡدُونَ وَ مَا تَكۡتُمُونَ﴿٢٩﴾

    Maskan boʻlmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yoʻqdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir.

  30. 24:30Mushafda oʻqish ↗

    قُل لِّلۡمُؤۡمِنِينَ يَغُضُّواْ مِنۡ أَبۡصَٰرِهِمۡ وَ يَحۡفَظُواْ فُرُوجَهُمۡ ۚ ذَٰلِكَ أَزۡكَىٰ لَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا يَصۡنَعُونَ﴿٣٠﴾

    Sen moʻminlarga ayt, koʻzlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.

  31. 24:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُل لِّلۡمُؤۡمِنَٰتِ يَغۡضُضۡنَ مِنۡ أَبۡصَٰرِهِنَّ وَ يَحۡفَظۡنَ فُرُوجَهُنَّ وَ لَا يُبۡدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنۡهَا ۖ وَ لۡيَضۡرِبۡنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَ لَا يُبۡدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوۡ ءَابَآئِهِنَّ أَوۡ ءَابَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوۡ أَبۡنَآئِهِنَّ أَوۡ أَبۡنَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوۡ إِخۡوَٰنِهِنَّ أَوۡ بَنِيٓ إِخۡوَٰنِهِنَّ أَوۡ بَنِيٓ أَخَوَٰتِهِنَّ أَوۡ نِسَآئِهِنَّ أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُنَّ أَوِ ٱلتَّٰبِعِينَ غَيۡرِ أُوْلِي ٱلۡإِرۡبَةِ مِنَ ٱلرِّجَالِ أَوِ ٱلطِّفۡلِ ٱلَّذِينَ لَمۡ يَظۡهَرُواْ عَلَىٰ عَوۡرَٰتِ ٱلنِّسَآءِ ۖ وَ لَا يَضۡرِبۡنَ بِأَرۡجُلِهِنَّ لِيُعۡلَمَ مَا يُخۡفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَ تُوبُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٣١﴾

    Sen moʻminalarga ayt: «Koʻzlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar zohir boʻlgan ziynatlar boʻlsa (mayli). Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar. Ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo ayollariga yo oʻz qoʻllarida mulk boʻlganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (boʻlsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey moʻminlar! Shoyadki, najot topsangizlar».

  32. 24:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنكِحُواْ ٱلۡأَيَٰمَىٰ مِنكُمۡ وَ ٱلصَّٰلِحِينَ مِنۡ عِبَادِكُمۡ وَ إِمَآئِكُمۡ ۚ إِن يَكُونُواْ فُقَرَآءَ يُغۡنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمࣱ﴿٣٢﴾

    Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu choʻrilaringizdan solihlarini nikohlab qoʻying. Agar faqir boʻlsalar, Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, oʻta bilguvchi Zotdir.

  33. 24:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ لۡيَسۡتَعۡفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغۡنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ ۗ وَ ٱلَّذِينَ يَبۡتَغُونَ ٱلۡكِتَٰبَ مِمَّا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ فَكَاتِبُوهُمۡ إِنۡ عَلِمۡتُمۡ فِيهِمۡ خَيۡرࣰا ۖ وَ ءَاتُوهُم مِّن مَّالِ ٱللَّهِ ٱلَّذِيٓ ءَاتَىٰكُمۡ ۚ وَ لَا تُكۡرِهُواْ فَتَيَٰتِكُمۡ عَلَى ٱلۡبِغَآءِ إِنۡ أَرَدۡنَ تَحَصُّنࣰا لِّتَبۡتَغُواْ عَرَضَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ مَن يُكۡرِههُّنَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ مِنۢ بَعۡدِ إِكۡرَٰهِهِنَّ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٣٣﴾

    Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qoʻllaringizda mulk boʻlganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari boʻlsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning oʻtkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (choʻri) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan boʻlsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  34. 24:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكُمۡ ءَايَٰتࣲ مُّبَيِّنَٰتࣲ وَ مَثَلࣰا مِّنَ ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلِكُمۡ وَ مَوۡعِظَةࣰ لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٣٤﴾

    Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin oʻtganlardan misolni va taqvodorlar uchun vaʼzni nozil qildik.

  35. 24:35Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشۡكَوٰةࣲ فِيهَا مِصۡبَاحٌ ۖ ٱلۡمِصۡبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ ۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوۡكَبࣱ دُرِّيࣱّ يُوقَدُ مِن شَجَرَةࣲ مُّبَٰرَكَةࣲ زَيۡتُونَةࣲ لَّا شَرۡقِيَّةࣲ وَ لَا غَرۡبِيَّةࣲ يَكَادُ زَيۡتُهَا يُضِيٓءُ وَ لَوۡ لَمۡ تَمۡسَسۡهُ نَارࣱ ۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورࣲ ۚ يَهۡدِي ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَ يَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡأَمۡثَٰلَ لِلنَّاسِ ۗ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿٣٥﴾

    Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qoʻyilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz boʻlib, sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi oʻziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir.

  36. 24:36Mushafda oʻqish ↗

    فِي بُيُوتٍ أَذِنَ ٱللَّهُ أَن تُرۡفَعَ وَ يُذۡكَرَ فِيهَا ٱسۡمُهُۥ يُسَبِّحُ لَهُۥ فِيهَا بِٱلۡغُدُوِّ وَ ٱلۡأٓصَالِ﴿٣٦﴾

    (U) bir uylardaki, Alloh ularning koʻtarilishiga va ularda Oʻz ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar

  37. 24:37Mushafda oʻqish ↗

    رِجَالࣱ لَّا تُلۡهِيهِمۡ تِجَٰرَةࣱ وَ لَا بَيۡعٌ عَن ذِكۡرِ ٱللَّهِ وَ إِقَامِ ٱلصَّلَوٰةِ وَ إِيتَآءِ ٱلزَّكَوٰةِ يَخَافُونَ يَوۡمࣰا تَتَقَلَّبُ فِيهِ ٱلۡقُلُوبُ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرُ﴿٣٧﴾

    Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakot berishdan mashgʻul qila olmas. Ular qalblar va koʻzlar iztirobga tushadigan kundan qoʻrqarlar.

  38. 24:38Mushafda oʻqish ↗

    لِيَجۡزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحۡسَنَ مَا عَمِلُواْ وَ يَزِيدَهُم مِّن فَضۡلِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ يَرۡزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿٣٨﴾

    Alloh ularni qilgan amallarining eng goʻzali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur.

  39. 24:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَعۡمَٰلُهُمۡ كَسَرَابِۭ بِقِيعَةࣲ يَحۡسَبُهُ ٱلظَّمۡـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمۡ يَجِدۡهُ شَيۡـࣰٔا وَ وَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥ ۗ وَ ٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿٣٩﴾

    Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga oʻxshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini toʻliq qilur. Alloh oʻta tez hisob qilguvchidir.

  40. 24:40Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ كَظُلُمَٰتࣲ فِي بَحۡرࣲ لُّجِّيࣲّ يَغۡشَىٰهُ مَوۡجࣱ مِّن فَوۡقِهِۦ مَوۡجࣱ مِّن فَوۡقِهِۦ سَحَابࣱ ۚ ظُلُمَٰتُۢ بَعۡضُهَا فَوۡقَ بَعۡضٍ إِذَآ أَخۡرَجَ يَدَهُۥ لَمۡ يَكَدۡ يَرَىٰهَا ۗ وَ مَن لَّمۡ يَجۡعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورࣰا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ﴿٤٠﴾

    Yoki xuddi qaʼrsiz dengizdagi zulmatlarga oʻxshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qoʻlini chiqarsa, koʻra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur boʻlmas.

  41. 24:41Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱلطَّيۡرُ صَٰٓفَّٰتࣲ ۖ كُلࣱّ قَدۡ عَلِمَ صَلَاتَهُۥ وَ تَسۡبِيحَهُۥ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِمَا يَفۡعَلُونَ﴿٤١﴾

    Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham koʻrmaysanmi?! Har biri oʻz duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini oʻta bilguvchidir.

  42. 24:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ إِلَى ٱللَّهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿٤٢﴾

    Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir va qaytish ham faqat Allohgadir.

  43. 24:43Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُزۡجِي سَحَابࣰا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيۡنَهُۥ ثُمَّ يَجۡعَلُهُۥ رُكَامࣰا فَتَرَى ٱلۡوَدۡقَ يَخۡرُجُ مِنۡ خِلَٰلِهِۦ وَ يُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن جِبَالࣲ فِيهَا مِنۢ بَرَدࣲ فَيُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ وَ يَصۡرِفُهُۥ عَن مَّن يَشَآءُ ۖ يَكَادُ سَنَا بَرۡقِهِۦ يَذۡهَبُ بِٱلۡأَبۡصَٰرِ﴿٤٣﴾

    Alloh bulutlarni haydashini, soʻngra birga toʻplashini, soʻngra uyib qoʻyishini koʻrmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrursan. U zot osmondan, undagi togʻlardan doʻl tushirib, u bilan Oʻzi xohlagan kishilarga musiybat yetkazur va uni Oʻzi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmogʻining yarqirashi koʻzlarni ketkazgudek boʻlur.

  44. 24:44Mushafda oʻqish ↗

    يُقَلِّبُ ٱللَّهُ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبۡرَةࣰ لِّأُوْلِي ٱلۡأَبۡصَٰرِ﴿٤٤﴾

    Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda koʻzi ochiqlar uchun ibrat bordir.

  45. 24:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةࣲ مِّن مَّآءࣲ ۖ فَمِنۡهُم مَّن يَمۡشِي عَلَىٰ بَطۡنِهِۦ وَ مِنۡهُم مَّن يَمۡشِي عَلَىٰ رِجۡلَيۡنِ وَ مِنۡهُم مَّن يَمۡشِي عَلَىٰٓ أَرۡبَعࣲ ۚ يَخۡلُقُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٤٥﴾

    Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan baʼzilari qorni bilan yuradir, baʼzilari ikki oyoq bilan yuradir va baʼzilari toʻrt (oyoq) bilan. Alloh Oʻzi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

  46. 24:46Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ أَنزَلۡنَآ ءَايَٰتࣲ مُّبَيِّنَٰتࣲ ۚ وَ ٱللَّهُ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٤٦﴾

    Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsani toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir.

  47. 24:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ بِٱلرَّسُولِ وَ أَطَعۡنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقࣱ مِّنۡهُم مِّنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ ۚ وَ مَآ أُوْلَٰٓئِكَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٤٧﴾

    Ular: «Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar. Ana oʻshalar moʻmin emaslar.

  48. 24:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا دُعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ لِيَحۡكُمَ بَيۡنَهُمۡ إِذَا فَرِيقࣱ مِّنۡهُم مُّعۡرِضُونَ﴿٤٨﴾

    Ularni qachonki Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh, ulardan bir guruhi yuz oʻgirguvchilardir.

  49. 24:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن يَكُن لَّهُمُ ٱلۡحَقُّ يَأۡتُوٓاْ إِلَيۡهِ مُذۡعِنِينَ﴿٤٩﴾

    Agar haq ular (tarafda) boʻlsa, u(Paygʻambar)ga boʻyin egib kelurlar.

  50. 24:50Mushafda oʻqish ↗

    أَفِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ٱرۡتَابُوٓاْ أَمۡ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ وَ رَسُولُهُۥ ۚ بَلۡ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٥٠﴾

    Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Paygʻambari ularga zulm qilishidan qoʻrqadilarmi?! Yoʻq! Ularning oʻzlari zolimlardir.

  51. 24:51Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا كَانَ قَوۡلَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ إِذَا دُعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ لِيَحۡكُمَ بَيۡنَهُمۡ أَن يَقُولُواْ سَمِعۡنَا وَ أَطَعۡنَا ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٥١﴾

    Albatta, moʻminlarning Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlanganlaridagi gaplari: «Eshitdik va itoat qildik», demoqlaridir. Ana oʻshalarning oʻzlarigina najot topguvchilardir.

  52. 24:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ يَخۡشَ ٱللَّهَ وَ يَتَّقۡهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَآئِزُونَ﴿٥٢﴾

    Kim Allohga va Uning Paygʻambariga itoat etsa hamda Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana oʻshalargina yutuqqa erishguvchilardir.

  53. 24:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ لَئِنۡ أَمَرۡتَهُمۡ لَيَخۡرُجُنَّ ۖ قُل لَّا تُقۡسِمُواْ ۖ طَاعَةࣱ مَّعۡرُوفَةٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿٥٣﴾

    Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) maʼlum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.

  54. 24:54Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا عَلَيۡهِ مَا حُمِّلَ وَ عَلَيۡكُم مَّا حُمِّلۡتُمۡ ۖ وَ إِن تُطِيعُوهُ تَهۡتَدُواْ ۚ وَ مَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿٥٤﴾

    Sen: «Allohga itoat qilinglar, Paygʻambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz oʻgirib ketsangiz, u(Paygʻambar)ga oʻziga yuklatilgan narsa, sizga oʻzingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Paygʻambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», deb ayt.

  55. 24:55Mushafda oʻqish ↗

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَ لَيُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِينَهُمُ ٱلَّذِي ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَ لَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنࣰا ۚ يَعۡبُدُونَنِي لَا يُشۡرِكُونَ بِي شَيۡـࣰٔا ۚ وَ مَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٥٥﴾

    Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin oʻtganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan soʻng omonlikni badal qilib berishni vaʼda qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari fosiqlardir.

  56. 24:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿٥٦﴾

    Namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Paygʻambarga itoat qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangiz.

  57. 24:57Mushafda oʻqish ↗

    لَا تَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مُعۡجِزِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ مَأۡوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَ لَبِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٥٧﴾

    Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi doʻzaxdir. U naqadar yomon borar joydir!

  58. 24:58Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِيَسۡتَـٔۡذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ وَ ٱلَّذِينَ لَمۡ يَبۡلُغُواْ ٱلۡحُلُمَ مِنكُمۡ ثَلَٰثَ مَرَّٰتࣲ ۚ مِّن قَبۡلِ صَلَوٰةِ ٱلۡفَجۡرِ وَ حِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَ مِنۢ بَعۡدِ صَلَوٰةِ ٱلۡعِشَآءِ ۚ ثَلَٰثُ عَوۡرَٰتࣲ لَّكُمۡ ۚ لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ وَ لَا عَلَيۡهِمۡ جُنَاحُۢ بَعۡدَهُنَّ ۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيۡكُم بَعۡضُكُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٥٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Qoʻlingizda mulk boʻlganlar va oʻzingizdan balogʻatga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn soʻrasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan soʻng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yoʻq. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir.

  59. 24:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا بَلَغَ ٱلۡأَطۡفَٰلُ مِنكُمُ ٱلۡحُلُمَ فَلۡيَسۡتَـٔۡذِنُواْ كَمَا ٱسۡتَـٔۡذَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٥٩﴾

    Qachon sizning yosh bolalaringiz balogʻatga yetsalar, ulardan oldingilar izn soʻraganidek, izn soʻrasinlar. Alloh Oʻz oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir.

  60. 24:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِي لَا يَرۡجُونَ نِكَاحࣰا فَلَيۡسَ عَلَيۡهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعۡنَ ثِيَابَهُنَّ غَيۡرَ مُتَبَرِّجَٰتِۭ بِزِينَةࣲ ۖ وَ أَن يَسۡتَعۡفِفۡنَ خَيۡرࣱ لَّهُنَّ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٦٠﴾

    Ayollardan (keksayib) oʻtirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan holda kiyimlarini qoʻyishlarida gunoh yoʻqdir. Iffat talabida boʻlsalar, oʻzlari uchun yaxshidir. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.

  61. 24:61Mushafda oʻqish ↗

    لَّيۡسَ عَلَى ٱلۡأَعۡمَىٰ حَرَجࣱ وَ لَا عَلَى ٱلۡأَعۡرَجِ حَرَجࣱ وَ لَا عَلَى ٱلۡمَرِيضِ حَرَجࣱ وَ لَا عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ أَن تَأۡكُلُواْ مِنۢ بُيُوتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ ءَابَآئِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أُمَّهَٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ إِخۡوَٰنِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَخَوَٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَعۡمَٰمِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ عَمَّٰتِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ أَخۡوَٰلِكُمۡ أَوۡ بُيُوتِ خَٰلَٰتِكُمۡ أَوۡ مَا مَلَكۡتُم مَّفَاتِحَهُۥٓ أَوۡ صَدِيقِكُمۡ ۚ لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَأۡكُلُواْ جَمِيعًا أَوۡ أَشۡتَاتࣰا ۚ فَإِذَا دَخَلۡتُم بُيُوتࣰا فَسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ تَحِيَّةࣰ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ مُبَٰرَكَةࣰ طَيِّبَةࣰ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٦١﴾

    Koʻzi ojizga gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, choʻloqqa gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, Sizning oʻzingizga ham oʻz uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo togʻalaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik boʻlgan yoki doʻstingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yoʻqdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yoʻqdir. Uylarga kirgan chogʻingizda oʻzlaringizga Allohdan boʻlgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.

  62. 24:62Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ إِذَا كَانُواْ مَعَهُۥ عَلَىٰٓ أَمۡرࣲ جَامِعࣲ لَّمۡ يَذۡهَبُواْ حَتَّىٰ يَسۡتَـٔۡذِنُوهُ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسۡتَـٔۡذِنُونَكَ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۚ فَإِذَا ٱسۡتَـٔۡذَنُوكَ لِبَعۡضِ شَأۡنِهِمۡ فَأۡذَن لِّمَن شِئۡتَ مِنۡهُمۡ وَ ٱسۡتَغۡفِرۡ لَهُمُ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٦٢﴾

    Albatta, moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Paygʻambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda boʻlsalar, undan izn soʻramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn soʻraydiganlar, ana oʻshalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular baʼzi ishlari uchun sendan izn soʻrasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istigʻfor ayt. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahimli Zotdir.

  63. 24:63Mushafda oʻqish ↗

    لَّا تَجۡعَلُواْ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيۡنَكُمۡ كَدُعَآءِ بَعۡضِكُم بَعۡضࣰا ۚ قَدۡ يَعۡلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمۡ لِوَاذࣰا ۚ فَلۡيَحۡذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنۡ أَمۡرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمۡ فِتۡنَةٌ أَوۡ يُصِيبَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿٦٣﴾

    Paygʻambarning orangizdagi daʼvatini bir-biringizning daʼvatingizga oʻxshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sugʻurilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar oʻzlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir boʻlsinlar.

  64. 24:64Mushafda oʻqish ↗

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ قَدۡ يَعۡلَمُ مَآ أَنتُمۡ عَلَيۡهِ وَ يَوۡمَ يُرۡجَعُونَ إِلَيۡهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُواْ ۗ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمُۢ﴿٦٤﴾

    Ogoh boʻlinglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning Oʻziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Nur. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — nur.

Mazmuni: Sura jamiyat pokligini saqlashga katta e’tibor beradi. Zino, tuhmat va iffat masalalariga hukmlar, ifk hodisasi, ko‘zni va farjni asrash, uyga kirish odobi, ayollar va erkaklarning hayo va kiyinish mas’uliyati, Allohning nuri haqidagi mashhur oyat bilan bog‘langan.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraMuʼminun surasiKeyingi sura →Furqon surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026