سورة البقرة
Baqara surasi
Sigir · Бақара сураси
Baqara surasi — Qurʼoni Karimning 2-surasi. U 286 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Sigir» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
Boshqacha nomlari: Baqara surasi · Al-Baqara
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
الٓمٓ﴿١﴾
Alif. Laam. Miym.
ذَٰلِكَ ٱلۡكِتَٰبُ لَا رَيۡبَ ۛ فِيهِ ۛ هُدࣰى لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٢﴾
Bu kitobda shak-shubha yoʻq, u taqvodorlarga hidoyatdir.
ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡغَيۡبِ وَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿٣﴾
Ular gʻaybga iymon keltirurlar, namozni toʻkis oʻqirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar.
وَ ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ وَ مَآ أُنزِلَ مِن قَبۡلِكَ وَ بِٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ يُوقِنُونَ﴿٤﴾
Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar.
أُوْلَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدࣰى مِّن رَّبِّهِمۡ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٥﴾
Ana oʻshalar Robbilaridan boʻlgan hidoyatdadirlar va ana oʻshalar, oʻshalargina najot topguvchilardir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ سَوَآءٌ عَلَيۡهِمۡ ءَأَنذَرۡتَهُمۡ أَمۡ لَمۡ تُنذِرۡهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٦﴾
Albatta, kufr keltirganlarga qoʻrqitasanmi-qoʻrqitmaysanmi — bari bir, iymon keltirmaslar.
خَتَمَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ وَ عَلَىٰ سَمۡعِهِمۡ ۖ وَ عَلَىٰٓ أَبۡصَٰرِهِمۡ غِشَٰوَةࣱ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿٧﴾
Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qoʻygan va koʻzlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ بِٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ مَا هُم بِمُؤۡمِنِينَ﴿٨﴾
Va odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular moʻmin emaslar.
يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ مَا يَخۡدَعُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمۡ وَ مَا يَشۡعُرُونَ﴿٩﴾
Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi boʻlarlar. Va holbuki, sezmasdan oʻzlarini aldarlar.
فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ فَزَادَهُمُ ٱللَّهُ مَرَضࣰا ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمُۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡذِبُونَ﴿١٠﴾
Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolgʻon gapirganlari uchun alamli azob bor.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ قَالُوٓاْ إِنَّمَا نَحۡنُ مُصۡلِحُونَ﴿١١﴾
Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, derlar.
أَلَآ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡمُفۡسِدُونَ وَ لَٰكِن لَّا يَشۡعُرُونَ﴿١٢﴾
Ogoh boʻling, ular, faqat ular fasodchilardir, lekin sezmaslar.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ ءَامِنُواْ كَمَآ ءَامَنَ ٱلنَّاسُ قَالُوٓاْ أَنُؤۡمِنُ كَمَآ ءَامَنَ ٱلسُّفَهَآءُ ۗ أَلَآ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلسُّفَهَآءُ وَ لَٰكِن لَّا يَعۡلَمُونَ﴿١٣﴾
Va agar ularga, odamlar iymon keltirganidek iymon keltiringlar, deyilsa, «Esi pastlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?» derlar. Ogoh boʻling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin oʻzlari bilmaslar.
وَ إِذَا لَقُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَ إِذَا خَلَوۡاْ إِلَىٰ شَيَٰطِينِهِمۡ قَالُوٓاْ إِنَّا مَعَكُمۡ إِنَّمَا نَحۡنُ مُسۡتَهۡزِءُونَ﴿١٤﴾
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar.
ٱللَّهُ يَسۡتَهۡزِئُ بِهِمۡ وَ يَمُدُّهُمۡ فِي طُغۡيَٰنِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿١٥﴾
Alloh ularni istehzo qiladir va tugʻyonlarida dovdirashlariga qoʻyib beradir.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشۡتَرَوُاْ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلۡهُدَىٰ فَمَا رَبِحَت تِّجَٰرَتُهُمۡ وَ مَا كَانُواْ مُهۡتَدِينَ﴿١٦﴾
Ana oʻshalar zalolatni hidoyatga sotib olganlardir. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda ular hidoyat topganlardan boʻlmadilar.
مَثَلُهُمۡ كَمَثَلِ ٱلَّذِي ٱسۡتَوۡقَدَ نَارࣰا فَلَمَّآ أَضَآءَتۡ مَا حَوۡلَهُۥ ذَهَبَ ٱللَّهُ بِنُورِهِمۡ وَ تَرَكَهُمۡ فِي ظُلُمَٰتࣲ لَّا يُبۡصِرُونَ﴿١٧﴾
Ular, misoli, yoqqan oʻti endi atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, qorongʻu zulmatlarda qoldirgan kishilarga oʻxsharlar. Ular koʻrmaslar.
صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡيࣱ فَهُمۡ لَا يَرۡجِعُونَ﴿١٨﴾
Ular kar, soqov, koʻrdirlar. Bas, ular qaytmaslar.
أَوۡ كَصَيِّبࣲ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فِيهِ ظُلُمَٰتࣱ وَ رَعۡدࣱ وَ بَرۡقࣱ يَجۡعَلُونَ أَصَٰبِعَهُمۡ فِيٓ ءَاذَانِهِم مِّنَ ٱلصَّوَٰعِقِ حَذَرَ ٱلۡمَوۡتِ ۚ وَ ٱللَّهُ مُحِيطُۢ بِٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٩﴾
Yoki xuddi osmondan yomgʻir yogʻib, qorongʻu bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, oʻlimdan ehtiyot boʻlayotgan odamga oʻxsharlar. Va Alloh kofirlarni oʻrab oluvchidir.
يَكَادُ ٱلۡبَرۡقُ يَخۡطَفُ أَبۡصَٰرَهُمۡ ۖ كُلَّمَآ أَضَآءَ لَهُم مَّشَوۡاْ فِيهِ وَ إِذَآ أَظۡلَمَ عَلَيۡهِمۡ قَامُواْ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمۡعِهِمۡ وَ أَبۡصَٰرِهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٢٠﴾
Chaqmoq ularning koʻzini olib qoʻyay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorongʻi boʻlsa, toʻxtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning koʻzu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱعۡبُدُواْ رَبَّكُمُ ٱلَّذِي خَلَقَكُمۡ وَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿٢١﴾
Ey odamlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. Shoyadki, taqvodor boʻlsangiz.
ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ فِرَٰشࣰا وَ ٱلسَّمَآءَ بِنَآءࣰ وَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَخۡرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزۡقࣰا لَّكُمۡ ۖ فَلَا تَجۡعَلُواْ لِلَّهِ أَندَادࣰا وَ أَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٢٢﴾
U sizlarga yerni toʻshab, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan Zotdir. Bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmang.
وَ إِن كُنتُمۡ فِي رَيۡبࣲ مِّمَّا نَزَّلۡنَا عَلَىٰ عَبۡدِنَا فَأۡتُواْ بِسُورَةࣲ مِّن مِّثۡلِهِۦ وَ ٱدۡعُواْ شُهَدَآءَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٢٣﴾
Va agar bandamizga tushirgan narsamizga shakingiz boʻlsa, unga oʻxshash bir sura keltiring va rost soʻzlovchilardan boʻlsangiz, Allohdan oʻzga guvohlaringizni chaqiring.
فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ وَ لَن تَفۡعَلُواْ فَٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِي وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَ ٱلۡحِجَارَةُ ۖ أُعِدَّتۡ لِلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٤﴾
Bas, agar qila olmasanglar, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilgʻisi odamlar va tosh boʻlgan, kofirlar uchun tayyorlangan oʻtdan qoʻrqinglar.
وَ بَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ كُلَّمَا رُزِقُواْ مِنۡهَا مِن ثَمَرَةࣲ رِّزۡقࣰا قَالُواْ هَٰذَا ٱلَّذِي رُزِقۡنَا مِن قَبۡلُ ۖ وَ أُتُواْ بِهِۦ مُتَشَٰبِهࣰا ۖ وَ لَهُمۡ فِيهَآ أَزۡوَٰجࣱ مُّطَهَّرَةࣱ ۖ وَ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٥﴾
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand boʻlsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga oʻxshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar.
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَسۡتَحۡيِۦٓ أَن يَضۡرِبَ مَثَلࣰا مَّا بَعُوضَةࣰ فَمَا فَوۡقَهَا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَيَعۡلَمُونَ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّهِمۡ ۖ وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَيَقُولُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلࣰا ۘ يُضِلُّ بِهِۦ كَثِيرࣰا وَ يَهۡدِي بِهِۦ كَثِيرࣰا ۚ وَ مَا يُضِلُّ بِهِۦٓ إِلَّا ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٢٦﴾
Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U oʻsha bilan koʻpchilikni zalolatga ketkizar va koʻpchilikni hidoyatga solar. U oʻsha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar.
ٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهۡدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ مِيثَٰقِهِۦ وَ يَقۡطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَ يُفۡسِدُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٢٧﴾
Ular Allohning ahdini bogʻlanganidan soʻng buzadigan, Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana oʻshalar yutqazuvchilardir.
كَيۡفَ تَكۡفُرُونَ بِٱللَّهِ وَ كُنتُمۡ أَمۡوَٰتࣰا فَأَحۡيَٰكُمۡ ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمۡ ثُمَّ يُحۡيِيكُمۡ ثُمَّ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٢٨﴾
Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, soʻngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar.
هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ لَكُم مَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَسَوَّىٰهُنَّ سَبۡعَ سَمَٰوَٰتࣲ ۚ وَ هُوَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿٢٩﴾
U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan Zot. Soʻngra osmonga yuzlandi va ularni yettita qilib toʻgʻriladi. Va U har bir narsani biluvchi Zotdir.
وَ إِذۡ قَالَ رَبُّكَ لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّي جَاعِلࣱ فِي ٱلۡأَرۡضِ خَلِيفَةࣰ ۖ قَالُوٓاْ أَتَجۡعَلُ فِيهَا مَن يُفۡسِدُ فِيهَا وَ يَسۡفِكُ ٱلدِّمَآءَ وَ نَحۡنُ نُسَبِّحُ بِحَمۡدِكَ وَ نُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّيٓ أَعۡلَمُ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٣٠﴾
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon toʻkadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulugʻlab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi.
وَ عَلَّمَ ءَادَمَ ٱلۡأَسۡمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمۡ عَلَى ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ فَقَالَ أَنۢبِـُٔونِي بِأَسۡمَآءِ هَٰٓؤُلَآءِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٣١﴾
Va U Odamga ismlarning barchasini oʻrgatdi, soʻngra ularni farishtalarga roʻbaroʻ qildi. Keyin: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi.
قَالُواْ سُبۡحَٰنَكَ لَا عِلۡمَ لَنَآ إِلَّا مَا عَلَّمۡتَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٣٢﴾
Ular: «Oʻzing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yoʻq. Albatta, Sening Oʻzing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar.
قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ أَنۢبِئۡهُم بِأَسۡمَآئِهِمۡ ۖ فَلَمَّآ أَنۢبَأَهُم بِأَسۡمَآئِهِمۡ قَالَ أَلَمۡ أَقُل لَّكُمۡ إِنِّيٓ أَعۡلَمُ غَيۡبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ أَعۡلَمُ مَا تُبۡدُونَ وَ مَا كُنتُمۡ تَكۡتُمُونَ﴿٣٣﴾
«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga oʻsha narsalarning ismlarini aytib bergan chogʻida, «Men sizlarga osmonlaru yerning gʻaybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi.
وَ إِذۡ قُلۡنَا لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ ٱسۡجُدُواْ لِأٓدَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبۡلِيسَ أَبَىٰ وَ ٱسۡتَكۡبَرَ وَ كَانَ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٣٤﴾
Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʻldi.
وَ قُلۡنَا يَٰٓـَٔادَمُ ٱسۡكُنۡ أَنتَ وَ زَوۡجُكَ ٱلۡجَنَّةَ وَ كُلَا مِنۡهَا رَغَدًا حَيۡثُ شِئۡتُمَا وَ لَا تَقۡرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٣٥﴾
Va: «Ey Odam, sen oʻz jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh boʻlsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan boʻlasizlar», – dedik.
فَأَزَلَّهُمَا ٱلشَّيۡطَٰنُ عَنۡهَا فَأَخۡرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَ قُلۡنَا ٱهۡبِطُواْ بَعۡضُكُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوࣱّ ۖ وَ لَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُسۡتَقَرࣱّ وَ مَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينࣲ﴿٣٦﴾
Shayton ularni undan ozdirdi va boʻlgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Baʼzingiz baʼzingizga dushman boʻlib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik.
فَتَلَقَّىٰٓ ءَادَمُ مِن رَّبِّهِۦ كَلِمَٰتࣲ فَتَابَ عَلَيۡهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿٣٧﴾
Bas, Odam oʻz Robbisidan soʻzlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.
قُلۡنَا ٱهۡبِطُواْ مِنۡهَا جَمِيعࣰا ۖ فَإِمَّا يَأۡتِيَنَّكُم مِّنِّي هُدࣰى فَمَن تَبِعَ هُدَايَ فَلَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٣٨﴾
Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar», – dedik.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٣٩﴾
Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, ular doʻzax egalaridir, ular unda abadiy qolurlar.
يَٰبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتِيَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ وَ أَوۡفُواْ بِعَهۡدِيٓ أُوفِ بِعَهۡدِكُمۡ وَ إِيَّٰيَ فَٱرۡهَبُونِ﴿٤٠﴾
Ey Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilurman. Va Mendangina qoʻrqing.
وَ ءَامِنُواْ بِمَآ أَنزَلۡتُ مُصَدِّقࣰا لِّمَا مَعَكُمۡ وَ لَا تَكُونُوٓاْ أَوَّلَ كَافِرِۭ بِهِۦ ۖ وَ لَا تَشۡتَرُواْ بِـَٔايَٰتِي ثَمَنࣰا قَلِيلࣰا وَ إِيَّٰيَ فَٱتَّقُونِ﴿٤١﴾
Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi boʻlmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling.
وَ لَا تَلۡبِسُواْ ٱلۡحَقَّ بِٱلۡبَٰطِلِ وَ تَكۡتُمُواْ ٱلۡحَقَّ وَ أَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٤٢﴾
Haqni botilga aralashtirmang va oʻzingiz bilib turib haqni berkitmang.
وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ ٱرۡكَعُواْ مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ﴿٤٣﴾
Namozni toʻkis ado qiling, zakot bering va rukuʼ qiluvchilar bilan rukuʼ qiling.
أَتَأۡمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلۡبِرِّ وَ تَنسَوۡنَ أَنفُسَكُمۡ وَ أَنتُمۡ تَتۡلُونَ ٱلۡكِتَٰبَ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٤٤﴾
Odamlarni yaxshilikka chorlab turib, oʻzingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?!
وَ ٱسۡتَعِينُواْ بِٱلصَّبۡرِ وَ ٱلصَّلَوٰةِ ۚ وَ إِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى ٱلۡخَٰشِعِينَ﴿٤٥﴾
Sabr va namoz ila yordam soʻrang. Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.
ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُواْ رَبِّهِمۡ وَ أَنَّهُمۡ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ﴿٤٦﴾
Ular albatta Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga va albatta Unga qaytib borishlariga ishongan zotlardir.
يَٰبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتِيَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ وَ أَنِّي فَضَّلۡتُكُمۡ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٧﴾
Ey Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qoʻyganimni eslang!
وَ ٱتَّقُواْ يَوۡمࣰا لَّا تَجۡزِي نَفۡسٌ عَن نَّفۡسࣲ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يُقۡبَلُ مِنۡهَا شَفَٰعَةࣱ وَ لَا يُؤۡخَذُ مِنۡهَا عَدۡلࣱ وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿٤٨﴾
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan toʻlov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qoʻrqing.
وَ إِذۡ نَجَّيۡنَٰكُم مِّنۡ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ يَسُومُونَكُمۡ سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ يُذَبِّحُونَ أَبۡنَآءَكُمۡ وَ يَسۡتَحۡيُونَ نِسَآءَكُمۡ ۚ وَ فِي ذَٰلِكُم بَلَآءࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ عَظِيمࣱ﴿٤٩﴾
Sizni yomon azoblarga solib, oʻgʻillaringizni soʻyib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn ahlidan qutqarganimizni eslang. Ana oʻshanda Robbingizdan ulugʻ sinov bordir.
وَ إِذۡ فَرَقۡنَا بِكُمُ ٱلۡبَحۡرَ فَأَنجَيۡنَٰكُمۡ وَ أَغۡرَقۡنَآ ءَالَ فِرۡعَوۡنَ وَ أَنتُمۡ تَنظُرُونَ﴿٥٠﴾
Va dengizni yorib, sizni qutqarib, sizning koʻz oldingizda Firʼavn ahlini gʻarq qilganimizni eslang.
وَ إِذۡ وَٰعَدۡنَا مُوسَىٰٓ أَرۡبَعِينَ لَيۡلَةࣰ ثُمَّ ٱتَّخَذۡتُمُ ٱلۡعِجۡلَ مِنۢ بَعۡدِهِۦ وَ أَنتُمۡ ظَٰلِمُونَ﴿٥١﴾
Va Muso bilan qirq kechaga vaʼdalashganimizni, u (ketgani)dan soʻng zolim boʻlgan holingizda buzoqni (xudo) tutganingizni eslang!
ثُمَّ عَفَوۡنَا عَنكُم مِّنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٥٢﴾
Oʻshandan keyin sizni afv etdik. Shoyadki, shukr qilsangiz.
وَ إِذۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡفُرۡقَانَ لَعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿٥٣﴾
Shoyadki, hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.
وَ إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِۦ يَٰقَوۡمِ إِنَّكُمۡ ظَلَمۡتُمۡ أَنفُسَكُم بِٱتِّخَاذِكُمُ ٱلۡعِجۡلَ فَتُوبُوٓاْ إِلَىٰ بَارِئِكُمۡ فَٱقۡتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمۡ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ عِندَ بَارِئِكُمۡ فَتَابَ عَلَيۡكُمۡ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿٥٤﴾
Musoning oʻz qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila oʻzingizga oʻzingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, oʻzingizni oʻzingiz oʻldiring, shundoq qilmogʻingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani koʻplab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang.
وَ إِذۡ قُلۡتُمۡ يَٰمُوسَىٰ لَن نُّؤۡمِنَ لَكَ حَتَّىٰ نَرَى ٱللَّهَ جَهۡرَةࣰ فَأَخَذَتۡكُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَ أَنتُمۡ تَنظُرُونَ﴿٥٥﴾
«Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan koʻrmagunimizcha, senga ishonmaymiz», deganingizni, shunda sizni oʻzingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang.
ثُمَّ بَعَثۡنَٰكُم مِّنۢ بَعۡدِ مَوۡتِكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٥٦﴾
Soʻngra, oʻlimingizdan keyin qayta tiriltirdik, shoyadki, shukr qilsangiz.
وَ ظَلَّلۡنَا عَلَيۡكُمُ ٱلۡغَمَامَ وَ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَنَّ وَ ٱلسَّلۡوَىٰ ۖ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ ۚ وَ مَا ظَلَمُونَا وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٥٧﴾
Va bulutni ustingizdan soya soldirib qoʻydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilardilar.
وَ إِذۡ قُلۡنَا ٱدۡخُلُواْ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةَ فَكُلُواْ مِنۡهَا حَيۡثُ شِئۡتُمۡ رَغَدࣰا وَ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡبَابَ سُجَّدࣰا وَ قُولُواْ حِطَّةࣱ نَّغۡفِرۡ لَكُمۡ خَطَٰيَٰكُمۡ ۚ وَ سَنَزِيدُ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٥٨﴾
«Ushbu qishloqqa kiringiz va uning xohlagan joyida yenglar, yeganingiz osh boʻlsin va eshikdan taʼzim bilan, hittatun, deb kiring, sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilamiz», deganimizni eslang.
فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ قَوۡلًا غَيۡرَ ٱلَّذِي قِيلَ لَهُمۡ فَأَنزَلۡنَا عَلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ رِجۡزࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ﴿٥٩﴾
Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan soʻzni boshqasiga almashtirdilar. Biz zulm qilganlarga fisq qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik.
وَ إِذِ ٱسۡتَسۡقَىٰ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِۦ فَقُلۡنَا ٱضۡرِب بِّعَصَاكَ ٱلۡحَجَرَ ۖ فَٱنفَجَرَتۡ مِنۡهُ ٱثۡنَتَا عَشۡرَةَ عَيۡنࣰا ۖ قَدۡ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسࣲ مَّشۡرَبَهُمۡ ۖ كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ مِن رِّزۡقِ ٱللَّهِ وَ لَا تَعۡثَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُفۡسِدِينَ﴿٦٠﴾
Muso oʻz qavmini serob qilishni soʻraganida, «Hassang bilan toshni ur!» deganimizni eslang. Bas, undan oʻn ikki buloq otilib chiqdi. Har qabila oʻz suvini bildi. Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar. Yer yuzida buzgʻunchilik ustiga buzgʻunchilik qilmanglar.
وَ إِذۡ قُلۡتُمۡ يَٰمُوسَىٰ لَن نَّصۡبِرَ عَلَىٰ طَعَامࣲ وَٰحِدࣲ فَٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ يُخۡرِجۡ لَنَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلۡأَرۡضُ مِنۢ بَقۡلِهَا وَ قِثَّآئِهَا وَ فُومِهَا وَ عَدَسِهَا وَ بَصَلِهَا ۖ قَالَ أَتَسۡتَبۡدِلُونَ ٱلَّذِي هُوَ أَدۡنَىٰ بِٱلَّذِي هُوَ خَيۡرٌ ۚ ٱهۡبِطُواْ مِصۡرࣰا فَإِنَّ لَكُم مَّا سَأَلۡتُمۡ ۗ وَ ضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلذِّلَّةُ وَ ٱلۡمَسۡكَنَةُ وَ بَآءُو بِغَضَبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَانُواْ يَكۡفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ يَقۡتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّ كَانُواْ يَعۡتَدُونَ﴿٦١﴾
«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda oʻsadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni soʻraysizlarmi? Birorta shaharga tushing, soʻraganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning gʻazabiga loyiq boʻldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ وَ ٱلنَّصَٰرَىٰ وَ ٱلصَّٰبِـِٔينَ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَلَهُمۡ أَجۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٦٢﴾
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, oʻshalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
وَ إِذۡ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَكُمۡ وَ رَفَعۡنَا فَوۡقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُواْ مَآ ءَاتَيۡنَٰكُم بِقُوَّةࣲ وَ ٱذۡكُرُواْ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿٦٣﴾
Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni koʻtarganimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor boʻlsangiz», (deganimizni) eslang.
ثُمَّ تَوَلَّيۡتُم مِّنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ ۖ فَلَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ لَكُنتُم مِّنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٦٤﴾
Soʻngra, oʻshandan keyin yuz oʻgirdingiz. Sizga Allohning fazli boʻlmaganida, albatta yutqazganlardan boʻlardingiz.
وَ لَقَدۡ عَلِمۡتُمُ ٱلَّذِينَ ٱعۡتَدَوۡاْ مِنكُمۡ فِي ٱلسَّبۡتِ فَقُلۡنَا لَهُمۡ كُونُواْ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ﴿٦٥﴾
Batahqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning», – dedik.
فَجَعَلۡنَٰهَا نَكَٰلࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهَا وَ مَا خَلۡفَهَا وَ مَوۡعِظَةࣰ لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٦٦﴾
Biz bu (hodisa)ni uning oldidagilarga va keyinidagilarga va taqvodorlarga mavʼiza qildik.
وَ إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِۦٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَأۡمُرُكُمۡ أَن تَذۡبَحُواْ بَقَرَةࣰ ۖ قَالُوٓاْ أَتَتَّخِذُنَا هُزُوࣰا ۖ قَالَ أَعُوذُ بِٱللَّهِ أَنۡ أَكُونَ مِنَ ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿٦٧﴾
Muso oʻz qavmiga: «Alloh sizga sigir soʻymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan boʻlishimdan Allohdan panoh soʻrayman», – dedi.
قَالُواْ ٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِيَ ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةࣱ لَّا فَارِضࣱ وَ لَا بِكۡرٌ عَوَانُۢ بَيۡنَ ذَٰلِكَ ۖ فَٱفۡعَلُواْ مَا تُؤۡمَرُونَ﴿٦٨﴾
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar. U: «U Zot, qari ham, yosh ham boʻlmagan, ikkovining oʻrtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring», – dedi.
قَالُواْ ٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا لَوۡنُهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةࣱ صَفۡرَآءُ فَاقِعࣱ لَّوۡنُهَا تَسُرُّ ٱلنَّٰظِرِينَ﴿٦٩﴾
Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi.
قَالُواْ ٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِيَ إِنَّ ٱلۡبَقَرَ تَشَٰبَهَ عَلَيۡنَا وَ إِنَّآ إِن شَآءَ ٱللَّهُ لَمُهۡتَدُونَ﴿٧٠﴾
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq boʻlib qoldi, biz, inshoalloh, albatta, hidoyat topuvchimiz», – dedilar.
قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةࣱ لَّا ذَلُولࣱ تُثِيرُ ٱلۡأَرۡضَ وَ لَا تَسۡقِي ٱلۡحَرۡثَ مُسَلَّمَةࣱ لَّا شِيَةَ فِيهَا ۚ قَالُواْ ٱلۡـَٰٔنَ جِئۡتَ بِٱلۡحَقِّ ۚ فَذَبَحُوهَا وَ مَا كَادُواْ يَفۡعَلُونَ﴿٧١﴾
U: «U Zot, oʻsha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sugʻorishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yoʻq, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni soʻydilar. Sal boʻlmasa, qila olmasdilar.
وَ إِذۡ قَتَلۡتُمۡ نَفۡسࣰا فَٱدَّٰرَٰءۡتُمۡ فِيهَا ۖ وَ ٱللَّهُ مُخۡرِجࣱ مَّا كُنتُمۡ تَكۡتُمُونَ﴿٧٢﴾
Bir jonni oʻldirib qoʻyib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.
فَقُلۡنَا ٱضۡرِبُوهُ بِبَعۡضِهَا ۚ كَذَٰلِكَ يُحۡيِ ٱللَّهُ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ يُرِيكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٧٣﴾
«Bas, uni u(sigir)ning baʼzi joyi bilan uring», – dedik. Alloh xuddi shunday qilib oʻliklarni tiriltirur va oyat — alomatlarini sizga koʻrsatur. Shoyadki, aql ishlatsangiz.
ثُمَّ قَسَتۡ قُلُوبُكُم مِّنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ فَهِيَ كَٱلۡحِجَارَةِ أَوۡ أَشَدُّ قَسۡوَةࣰ ۚ وَ إِنَّ مِنَ ٱلۡحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنۡهُ ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۚ وَ إِنَّ مِنۡهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخۡرُجُ مِنۡهُ ٱلۡمَآءُ ۚ وَ إِنَّ مِنۡهَا لَمَا يَهۡبِطُ مِنۡ خَشۡيَةِ ٱللَّهِ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٧٤﴾
Soʻngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq boʻldi, ular toshdek yoki toshdan ham qattiq. Va holbuki, toshlarning baʼzilaridan anhorlar otilib chiqadir, baʼzilari yorilib, undan suv chiqadir va baʼzilari Allohdan qoʻrqqanidan qulab tushadir. Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emas.
أَفَتَطۡمَعُونَ أَن يُؤۡمِنُواْ لَكُمۡ وَ قَدۡ كَانَ فَرِيقࣱ مِّنۡهُمۡ يَسۡمَعُونَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُۥ مِنۢ بَعۡدِ مَا عَقَلُوهُ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿٧٥﴾
Ularning iymon keltirishlarini tamaʼ qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va soʻngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar.
وَ إِذَا لَقُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَ إِذَا خَلَا بَعۡضُهُمۡ إِلَىٰ بَعۡضࣲ قَالُوٓاْ أَتُحَدِّثُونَهُم بِمَا فَتَحَ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمۡ لِيُحَآجُّوكُم بِهِۦ عِندَ رَبِّكُمۡ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٧٦﴾
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar. Baʼzilari baʼzilari bilan xoli qolsalar, ularga: «Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?» derlar.
أَوَلَا يَعۡلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَ مَا يُعۡلِنُونَ﴿٧٧﴾
Alloh ularning sir tutganu oshkor qilgan narsalarini albatta bilishini anglamaydilarmi?
وَ مِنۡهُمۡ أُمِّيُّونَ لَا يَعۡلَمُونَ ٱلۡكِتَٰبَ إِلَّآ أَمَانِيَّ وَ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَظُنُّونَ﴿٧٨﴾
Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos.
فَوَيۡلࣱ لِّلَّذِينَ يَكۡتُبُونَ ٱلۡكِتَٰبَ بِأَيۡدِيهِمۡ ثُمَّ يَقُولُونَ هَٰذَا مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ لِيَشۡتَرُواْ بِهِۦ ثَمَنࣰا قَلِيلࣰا ۖ فَوَيۡلࣱ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتۡ أَيۡدِيهِمۡ وَ وَيۡلࣱ لَّهُم مِّمَّا يَكۡسِبُونَ﴿٧٩﴾
Kitobni oʻz qoʻli bilan yozib, soʻngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat boʻlsin! Ularga qoʻllari bilan yozgan narsalaridan halokat boʻlsin! Ularga topgan foydalaridan halokat boʻlsin!
وَ قَالُواْ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامࣰا مَّعۡدُودَةࣰ ۚ قُلۡ أَتَّخَذۡتُمۡ عِندَ ٱللَّهِ عَهۡدࣰا فَلَن يُخۡلِفَ ٱللَّهُ عَهۡدَهُۥٓ ۖ أَمۡ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٨٠﴾
Va ular: «Bizga (doʻzax) oʻti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt.
بَلَىٰ ۚ مَن كَسَبَ سَيِّئَةࣰ وَ أَحَٰطَتۡ بِهِۦ خَطِيٓـَٔتُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٨١﴾
Yoʻq! Kim gunoh qilsa va uni xatolari oʻrab olgan boʻlsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٨٢﴾
Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
وَ إِذۡ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ لَا تَعۡبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ وَ بِٱلۡوَٰلِدَيۡنِ إِحۡسَانࣰا وَ ذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ قُولُواْ لِلنَّاسِ حُسۡنࣰا وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ثُمَّ تَوَلَّيۡتُمۡ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّنكُمۡ وَ أَنتُم مُّعۡرِضُونَ﴿٨٣﴾
Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslang. Soʻngra, ozginangizdan boshqangiz yuz oʻgirib, ortga qarab ketdingiz.
وَ إِذۡ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَكُمۡ لَا تَسۡفِكُونَ دِمَآءَكُمۡ وَ لَا تُخۡرِجُونَ أَنفُسَكُم مِّن دِيَٰرِكُمۡ ثُمَّ أَقۡرَرۡتُمۡ وَ أَنتُمۡ تَشۡهَدُونَ﴿٨٤﴾
Bir-biringizning qonlaringizni toʻkmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb sizlardan ahdu paymon olganimizni eslang. Soʻngra, guvohlik berib turib iqror boʻldingiz.
ثُمَّ أَنتُمۡ هَٰٓؤُلَآءِ تَقۡتُلُونَ أَنفُسَكُمۡ وَ تُخۡرِجُونَ فَرِيقࣰا مِّنكُم مِّن دِيَٰرِهِمۡ تَظَٰهَرُونَ عَلَيۡهِم بِٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡعُدۡوَٰنِ وَ إِن يَأۡتُوكُمۡ أُسَٰرَىٰ تُفَٰدُوهُمۡ وَ هُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيۡكُمۡ إِخۡرَاجُهُمۡ ۚ أَفَتُؤۡمِنُونَ بِبَعۡضِ ٱلۡكِتَٰبِ وَ تَكۡفُرُونَ بِبَعۡضࣲ ۚ فَمَا جَزَآءُ مَن يَفۡعَلُ ذَٰلِكَ مِنكُمۡ إِلَّا خِزۡيࣱ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰٓ أَشَدِّ ٱلۡعَذَابِ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٨٥﴾
Soʻngra, siz oʻzingizni oʻzingiz oʻldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yoʻlida yordam berasiz. Agar ular asir boʻlsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning baʼzisiga iymon keltirib, baʼzisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan oʻshandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo boʻlishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan gʻofil emas.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشۡتَرَوُاْ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا بِٱلۡأٓخِرَةِ ۖ فَلَا يُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿٨٦﴾
Ana oʻshalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ وَ قَفَّيۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِۦ بِٱلرُّسُلِ ۖ وَ ءَاتَيۡنَا عِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ أَيَّدۡنَٰهُ بِرُوحِ ٱلۡقُدُسِ ۗ أَفَكُلَّمَا جَآءَكُمۡ رَسُولُۢ بِمَا لَا تَهۡوَىٰٓ أَنفُسُكُمُ ٱسۡتَكۡبَرۡتُمۡ فَفَرِيقࣰا كَذَّبۡتُمۡ وَ فَرِيقࣰا تَقۡتُلُونَ﴿٨٧﴾
Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Paygʻambarlarni ketma-ket yubordik. Va Iyso ibn Maryamga ravshan(moʻʼjiza)larni berdik va uni Ruhul Qudus bilan qoʻlladik. Har qachon Paygʻambar sizning havoyi nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, baʼzilarini yolgʻonchiga chiqarib, baʼzilarini oʻldiraverasizmi?!
وَ قَالُواْ قُلُوبُنَا غُلۡفُۢ ۚ بَل لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفۡرِهِمۡ فَقَلِيلࣰا مَّا يُؤۡمِنُونَ﴿٨٨﴾
Va ular: «Qalbimiz gʻiloflangan», deyishar. Yoʻq, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni laʼnatlagan. Bas, ozginagina iymon keltirurlar.
وَ لَمَّا جَآءَهُمۡ كِتَٰبࣱ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقࣱ لِّمَا مَعَهُمۡ وَ كَانُواْ مِن قَبۡلُ يَسۡتَفۡتِحُونَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَلَمَّا جَآءَهُم مَّا عَرَفُواْ كَفَرُواْ بِهِۦ ۚ فَلَعۡنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٨٩﴾
Ularga Allohning huzuridan oʻzlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar. Bas, qachonki ularga oʻzlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning laʼnati boʻlsin.
بِئۡسَمَا ٱشۡتَرَوۡاْ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمۡ أَن يَكۡفُرُواْ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بَغۡيًا أَن يُنَزِّلَ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ ۖ فَبَآءُو بِغَضَبٍ عَلَىٰ غَضَبࣲ ۚ وَ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿٩٠﴾
Ular oʻzlarini sotgan narsa: Alloh bandalaridan xohlaganiga Oʻz fazlidan tushirganiga hasad qilib, Alloh tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq ham yomon. Ular gʻazabning ustiga gʻazabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ ءَامِنُواْ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ نُؤۡمِنُ بِمَآ أُنزِلَ عَلَيۡنَا وَ يَكۡفُرُونَ بِمَا وَرَآءَهُۥ وَ هُوَ ٱلۡحَقُّ مُصَدِّقࣰا لِّمَا مَعَهُمۡ ۗ قُلۡ فَلِمَ تَقۡتُلُونَ أَنۢبِيَآءَ ٱللَّهِ مِن قَبۡلُ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٩١﴾
Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar moʻmin boʻlsangiz, nimaga ilgari Allohning Paygʻambarlarini oʻldirdingiz?!»
وَ لَقَدۡ جَآءَكُم مُّوسَىٰ بِٱلۡبَيِّنَٰتِ ثُمَّ ٱتَّخَذۡتُمُ ٱلۡعِجۡلَ مِنۢ بَعۡدِهِۦ وَ أَنتُمۡ ظَٰلِمُونَ﴿٩٢﴾
Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan(moʻʼjiza)lar ila keldi. Soʻngra, siz undan keyin zolim boʻlgan holingizda buzoqni (xudo) tutdingiz.
وَ إِذۡ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَكُمۡ وَ رَفَعۡنَا فَوۡقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُواْ مَآ ءَاتَيۡنَٰكُم بِقُوَّةࣲ وَ ٱسۡمَعُواْ ۖ قَالُواْ سَمِعۡنَا وَ عَصَيۡنَا وَ أُشۡرِبُواْ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلۡعِجۡلَ بِكُفۡرِهِمۡ ۚ قُلۡ بِئۡسَمَا يَأۡمُرُكُم بِهِۦٓ إِيمَٰنُكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٩٣﴾
Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni koʻtarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq oʻrnashtirildi. Ayt: «Agar moʻmin boʻlsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!»
قُلۡ إِن كَانَتۡ لَكُمُ ٱلدَّارُ ٱلۡأٓخِرَةُ عِندَ ٱللَّهِ خَالِصَةࣰ مِّن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُاْ ٱلۡمَوۡتَ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٩٤﴾
Ayt: «Agar Allohning huzuridagi oxirat hovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga boʻladigan boʻlsa, gapingizda rostgoʻy boʻlsangiz, oʻlimni orzu qiling».
وَ لَن يَتَمَنَّوۡهُ أَبَدَۢا بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ﴿٩٥﴾
Ular qoʻllari taqdim qilgan narsalar sababidan, uni abadiy orzu qilmaslar va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchi Zotdir.
وَ لَتَجِدَنَّهُمۡ أَحۡرَصَ ٱلنَّاسِ عَلَىٰ حَيَوٰةࣲ وَ مِنَ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ ۚ يَوَدُّ أَحَدُهُمۡ لَوۡ يُعَمَّرُ أَلۡفَ سَنَةࣲ وَ مَا هُوَ بِمُزَحۡزِحِهِۦ مِنَ ٱلۡعَذَابِ أَن يُعَمَّرَ ۗ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا يَعۡمَلُونَ﴿٩٦﴾
Ularning hayotga eng hirs qoʻygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr koʻrishni suyadir. Ammo uzoq umr koʻrishi uni azobdan qutqarmas. Va Alloh ularning qilayotganlarini koʻruvchidir.
قُلۡ مَن كَانَ عَدُوࣰّا لِّـجِبۡرِيلَ فَإِنَّهُۥ نَزَّلَهُۥ عَلَىٰ قَلۡبِكَ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَ هُدࣰى وَ بُشۡرَىٰ لِلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٩٧﴾
Jabroilga dushman boʻlganlarga ayt, albatta, Ul u(Qurʼon)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, oʻzidan oldingini tasdiqlovchi va moʻminlar uchun hidoyat va bashorat qilib tushirdi.
مَن كَانَ عَدُوࣰّا لِّلَّهِ وَ مَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَ رُسُلِهِۦ وَ جِبۡرِيلَ وَ مِيكَىٰلَ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَدُوࣱّ لِّلۡكَٰفِرِينَ﴿٩٨﴾
Kim Allohga, Uning farishtalariga, Paygʻambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman boʻlsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir.
وَ لَقَدۡ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ ۖ وَ مَا يَكۡفُرُ بِهَآ إِلَّا ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٩٩﴾
Batahqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltirur.
أَوَكُلَّمَا عَٰهَدُواْ عَهۡدࣰا نَّبَذَهُۥ فَرِيقࣱ مِّنۡهُم ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٠٠﴾
Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yoʻq! Ularning koʻplari iymon keltirmaslar.
وَ لَمَّا جَآءَهُمۡ رَسُولࣱ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقࣱ لِّمَا مَعَهُمۡ نَبَذَ فَرِيقࣱ مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَرَآءَ ظُهُورِهِمۡ كَأَنَّهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٠١﴾
Ulardagi narsani tasdiqlab, Allohning huzuridan ularga Paygʻambar kelsa, kitob berilganlardan bir guruhi, xuddi bilmagandek, Allohning kitobini ortlariga qarab otdilar.
وَ ٱتَّبَعُواْ مَا تَتۡلُواْ ٱلشَّيَٰطِينُ عَلَىٰ مُلۡكِ سُلَيۡمَٰنَ ۖ وَ مَا كَفَرَ سُلَيۡمَٰنُ وَ لَٰكِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ ٱلنَّاسَ ٱلسِّحۡرَ وَ مَآ أُنزِلَ عَلَى ٱلۡمَلَكَيۡنِ بِبَابِلَ هَٰرُوتَ وَ مَٰرُوتَ ۚ وَ مَا يُعَلِّمَانِ مِنۡ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَآ إِنَّمَا نَحۡنُ فِتۡنَةࣱ فَلَا تَكۡفُرۡ ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنۡهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَ زَوۡجِهِۦ ۚ وَ مَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِۦ مِنۡ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ وَ يَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمۡ وَ لَا يَنفَعُهُمۡ ۚ وَ لَقَدۡ عَلِمُواْ لَمَنِ ٱشۡتَرَىٰهُ مَا لَهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنۡ خَلَٰقࣲ ۚ وَ لَبِئۡسَ مَا شَرَوۡاْ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمۡ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿١٠٢﴾
Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yoʻq. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni oʻrgatib, kofir boʻldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir boʻlmagin», demasdan oldin hech kimga oʻrgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning oʻrtasini buzadigan narsani oʻrganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani oʻrganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yoʻq. Agar bilsalar, oʻzlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!
وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ ءَامَنُواْ وَ ٱتَّقَوۡاْ لَمَثُوبَةࣱ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ ۚ لَّوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿١٠٣﴾
Agar ular iymon keltirib, taqvo qilganlarida, gar bilsalar, Allohning huzuridagi savob yaxshi edi.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقُولُواْ رَٰعِنَا وَ قُولُواْ ٱنظُرۡنَا وَ ٱسۡمَعُواْ ۗ وَ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٠٤﴾
Ey, iymon keltirganlar! «Roʼina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob boʻlur.
مَّا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ وَ لَا ٱلۡمُشۡرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيۡكُم مِّنۡ خَيۡرࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ يَخۡتَصُّ بِرَحۡمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿١٠٥﴾
Ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh Oʻz rahmatini kimga xohlasa, oʻshanga xos qiladir. Alloh ulugʻ fazl egasidir.
مَا نَنسَخۡ مِنۡ ءَايَةٍ أَوۡ نُنسِهَا نَأۡتِ بِخَيۡرࣲ مِّنۡهَآ أَوۡ مِثۡلِهَآ ۗ أَلَمۡ تَعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿١٠٦﴾
Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga oʻxshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?
أَلَمۡ تَعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ مَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرٍ﴿١٠٧﴾
Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham yoʻqligini bilmadingmi?
أَمۡ تُرِيدُونَ أَن تَسۡـَٔلُواْ رَسُولَكُمۡ كَمَا سُئِلَ مُوسَىٰ مِن قَبۡلُ ۗ وَ مَن يَتَبَدَّلِ ٱلۡكُفۡرَ بِٱلۡإِيمَٰنِ فَقَدۡ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ﴿١٠٨﴾
Yoki Paygʻambaringizdan, bundan avval Musodan soʻralganidek, savol soʻrashni xohlaysizmi?! Kim iymonni kufrga almashtirsa, batahqiq, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻlur.
وَدَّ كَثِيرࣱ مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ لَوۡ يَرُدُّونَكُم مِّنۢ بَعۡدِ إِيمَٰنِكُمۡ كُفَّارًا حَسَدࣰا مِّنۡ عِندِ أَنفُسِهِم مِّنۢ بَعۡدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلۡحَقُّ ۖ فَٱعۡفُواْ وَ ٱصۡفَحُواْ حَتَّىٰ يَأۡتِيَ ٱللَّهُ بِأَمۡرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٠٩﴾
Ahli kitoblardan koʻplari ularga haq ravshan boʻlganidan keyin, oʻzlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli boʻlganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi boʻlurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli boʻling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَ مَا تُقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُم مِّنۡ خَيۡرࣲ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿١١٠﴾
Namozni qoim qiling, zakot bering, oʻzingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida toparsiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni koʻruvchidir.
وَ قَالُواْ لَن يَدۡخُلَ ٱلۡجَنَّةَ إِلَّا مَن كَانَ هُودًا أَوۡ نَصَٰرَىٰ ۗ تِلۡكَ أَمَانِيُّهُمۡ ۗ قُلۡ هَاتُواْ بُرۡهَٰنَكُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١١١﴾
Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring», – deb ayt.
بَلَىٰ ۚ مَنۡ أَسۡلَمَ وَجۡهَهُۥ لِلَّهِ وَ هُوَ مُحۡسِنࣱ فَلَهُۥٓ أَجۡرُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ وَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿١١٢﴾
Yoʻq! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
وَ قَالَتِ ٱلۡيَهُودُ لَيۡسَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ عَلَىٰ شَيۡءࣲ وَ قَالَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ لَيۡسَتِ ٱلۡيَهُودُ عَلَىٰ شَيۡءࣲ وَ هُمۡ يَتۡلُونَ ٱلۡكِتَٰبَ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ مِثۡلَ قَوۡلِهِمۡ ۚ فَٱللَّهُ يَحۡكُمُ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿١١٣﴾
Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qilurlar. Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga oʻxshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir.
وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ أَن يُذۡكَرَ فِيهَا ٱسۡمُهُۥ وَ سَعَىٰ فِي خَرَابِهَآ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ مَا كَانَ لَهُمۡ أَن يَدۡخُلُوهَآ إِلَّا خَآئِفِينَ ۚ لَهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا خِزۡيࣱ وَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿١١٤﴾
Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana oʻshalar u joylarga faqat qoʻrqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulugʻ azob bordir.
وَ لِلَّهِ ٱلۡمَشۡرِقُ وَ ٱلۡمَغۡرِبُ ۚ فَأَيۡنَمَا تُوَلُّواْ فَثَمَّ وَجۡهُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ وَٰسِعٌ عَلِيمࣱ﴿١١٥﴾
Mashriqu magʻrib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.
وَ قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدࣰا ۗ سُبۡحَٰنَهُۥ ۖ بَل لَّهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ كُلࣱّ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ﴿١١٦﴾
Ular: «Alloh farzand tutdi», derlar. U pokdir. Albatta osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma Unga boʻysunuvchidir.
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ إِذَا قَضَىٰٓ أَمۡرࣰا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿١١٧﴾
U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Biror ishni qilmoqchi boʻlganida, unga: «Boʻl!» desa, boʻlaveradir.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ لَوۡلَا يُكَلِّمُنَا ٱللَّهُ أَوۡ تَأۡتِينَآ ءَايَةࣱ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِم مِّثۡلَ قَوۡلِهِمۡ ۘ تَشَٰبَهَتۡ قُلُوبُهُمۡ ۗ قَدۡ بَيَّنَّا ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يُوقِنُونَ﴿١١٨﴾
Bilmaydigan kimsalar: «Alloh biz bilan gaplashsa edi yoki moʻʼjiza kelsa edi», deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning soʻziga oʻxshash gapirgan edilar. Qalblari oʻxshash boʻldi. Batahqiq, Biz yaxshi biluvchi qavmlarga moʻʼjizalarni bayon qilganmiz.
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ بِٱلۡحَقِّ بَشِيرࣰا وَ نَذِيرࣰا ۖ وَ لَا تُسۡـَٔلُ عَنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلۡجَحِيمِ﴿١١٩﴾
Albatta, Biz seni haq bilan suyunchli xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Va doʻzaxiylar haqida soʻralmassan.
وَ لَن تَرۡضَىٰ عَنكَ ٱلۡيَهُودُ وَ لَا ٱلنَّصَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمۡ ۗ قُلۡ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلۡهُدَىٰ ۗ وَ لَئِنِ ٱتَّبَعۡتَ أَهۡوَآءَهُم بَعۡدَ ٱلَّذِي جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرٍ﴿١٢٠﴾
Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi boʻlmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir», deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) doʻst ham, yordamchi ham yoʻqdir.
ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَتۡلُونَهُۥ حَقَّ تِلَاوَتِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ ۗ وَ مَن يَكۡفُرۡ بِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿١٢١﴾
Biz kitob berganlardan uni oʻrniga qoʻyib tilovat qiladiganlari, ana oʻshalari unga iymon keltiradir. Kim unga kufr keltirsa, ana oʻshalar oʻzlari yutqazganlardir.
يَٰبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتِيَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ وَ أَنِّي فَضَّلۡتُكُمۡ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٢٢﴾
Ey, Bani Isroil, sizga bergan neʼmatlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qoʻyganimni eslang!
وَ ٱتَّقُواْ يَوۡمࣰا لَّا تَجۡزِي نَفۡسٌ عَن نَّفۡسࣲ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يُقۡبَلُ مِنۡهَا عَدۡلࣱ وَ لَا تَنفَعُهَا شَفَٰعَةࣱ وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿١٢٣﴾
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan toʻlov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan Kundan qoʻrqing!
وَ إِذِ ٱبۡتَلَىٰٓ إِبۡرَٰهِـۧمَ رَبُّهُۥ بِكَلِمَٰتࣲ فَأَتَمَّهُنَّ ۖ قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامࣰا ۖ قَالَ وَ مِن ذُرِّيَّتِي ۖ قَالَ لَا يَنَالُ عَهۡدِي ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٢٤﴾
Ibrohimni Robbisi kalimalar ila sinab koʻrganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: «Men, albatta, seni odamlarga imom qilmoqchiman» – dedi. U: «Zurriyotimdan hammi?» – dedi. U zot: «Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaslar», – dedi.
وَ إِذۡ جَعَلۡنَا ٱلۡبَيۡتَ مَثَابَةࣰ لِّلنَّاسِ وَ أَمۡنࣰا وَ ٱتَّخِذُواْ مِن مَّقَامِ إِبۡرَٰهِـۧمَ مُصَلࣰّى ۖ وَ عَهِدۡنَآ إِلَىٰٓ إِبۡرَٰهِـۧمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ أَن طَهِّرَا بَيۡتِيَ لِلطَّآئِفِينَ وَ ٱلۡعَٰكِفِينَ وَ ٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ﴿١٢٥﴾
«Uy»ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni esla. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, rukuʼ va sajda qiluvchilar uchun poklab qoʻyinglar», deb amr qildik.
وَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ رَبِّ ٱجۡعَلۡ هَٰذَا بَلَدًا ءَامِنࣰا وَ ٱرۡزُقۡ أَهۡلَهُۥ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ مَنۡ ءَامَنَ مِنۡهُم بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۚ قَالَ وَ مَن كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُۥ قَلِيلࣰا ثُمَّ أَضۡطَرُّهُۥٓ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلنَّارِ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٢٦﴾
Ibrohimning: «Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», deganini esla. U: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, soʻngra doʻzax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» – dedi.
وَ إِذۡ يَرۡفَعُ إِبۡرَٰهِـۧمُ ٱلۡقَوَاعِدَ مِنَ ٱلۡبَيۡتِ وَ إِسۡمَٰعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلۡ مِنَّآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿١٢٧﴾
Ibrohim bilan Ismoil «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening Oʻzing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb Baytning poydevorlarini koʻtarayotganini esla.
رَبَّنَا وَ ٱجۡعَلۡنَا مُسۡلِمَيۡنِ لَكَ وَ مِن ذُرِّيَّتِنَآ أُمَّةࣰ مُّسۡلِمَةࣰ لَّكَ وَ أَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَ تُبۡ عَلَيۡنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٢٨﴾
«Robbimiz, ikkovimizni Oʻzingga musulmon boʻlganlardan qil va zurriyotimizdan ham Oʻzingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni koʻrsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening Oʻzing tavbalarni koʻplab qabul etuvchi, rahimli Zotsan.»
رَبَّنَا وَ ٱبۡعَثۡ فِيهِمۡ رَسُولࣰا مِّنۡهُمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِكَ وَ يُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ يُزَكِّيهِمۡ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١٢٩﴾
Robbimiz, ularga oʻzlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni oʻrgatadigan, ularni poklaydigan Paygʻambar yubor. Albatta, Sening Oʻzing Aziyz va hikmatli zotsan.
وَ مَن يَرۡغَبُ عَن مِّلَّةِ إِبۡرَٰهِـۧمَ إِلَّا مَن سَفِهَ نَفۡسَهُۥ ۚ وَ لَقَدِ ٱصۡطَفَيۡنَٰهُ فِي ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ إِنَّهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٣٠﴾
Oʻzini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz oʻgirur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan boʻlgay.
إِذۡ قَالَ لَهُۥ رَبُّهُۥٓ أَسۡلِمۡ ۖ قَالَ أَسۡلَمۡتُ لِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٣١﴾
Chunki Robbi unga: «Musulmon boʻl!» deganida, u: «Olamlarning Robbiga musulmon boʻldim», – dedi.
وَ وَصَّىٰ بِهَآ إِبۡرَٰهِـۧمُ بَنِيهِ وَ يَعۡقُوبُ يَٰبَنِيَّ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰ لَكُمُ ٱلدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَ أَنتُم مُّسۡلِمُونَ﴿١٣٢﴾
Ibrohim oʻsha(millat)ni bolalariga vasiyat qildi. Yaʼqub ham: «Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon boʻlmasdan turib oʻlmassiz», – dedi.
أَمۡ كُنتُمۡ شُهَدَآءَ إِذۡ حَضَرَ يَعۡقُوبَ ٱلۡمَوۡتُ إِذۡ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعۡبُدُونَ مِنۢ بَعۡدِي ۖ قَالُواْ نَعۡبُدُ إِلَٰهَكَ وَ إِلَٰهَ ءَابَآئِكَ إِبۡرَٰهِـۧمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ إِلَٰهࣰا وَٰحِدࣰا وَ نَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ﴿١٣٣﴾
Yoki Yaʼqubga oʻlim hozir boʻlib, u oʻz bolalariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida, ular: «Sening Ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Isʼhoqning Ilohiga, yolgʻiz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon boʻluvchimiz», deganlarida guvoh boʻlganmisiz?!
تِلۡكَ أُمَّةࣱ قَدۡ خَلَتۡ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتۡ وَ لَكُم مَّا كَسَبۡتُمۡ ۖ وَ لَا تُسۡـَٔلُونَ عَمَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٣٤﴾
Ular bir ummat edi, oʻtib ketdilar. Ularga oʻzlari kasb qilganlari boʻladi. Sizlarga oʻzingiz kasb qilganingiz boʻladir. Ularning qilgan amallaridan siz soʻralmassiz.
وَ قَالُواْ كُونُواْ هُودًا أَوۡ نَصَٰرَىٰ تَهۡتَدُواْ ۗ قُلۡ بَلۡ مِلَّةَ إِبۡرَٰهِـۧمَ حَنِيفࣰا ۖ وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٣٥﴾
Ular: «Yahudiy yoki nasroniy boʻling, hidoyat topasiz», derlar. «Balki, Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan boʻlmagan», deb ayt.
قُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡنَا وَ مَآ أُنزِلَ إِلَىٰٓ إِبۡرَٰهِـۧمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ وَ ٱلۡأَسۡبَاطِ وَ مَآ أُوتِيَ مُوسَىٰ وَ عِيسَىٰ وَ مَآ أُوتِيَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمۡ لَا نُفَرِّقُ بَيۡنَ أَحَدࣲ مِّنۡهُمۡ وَ نَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ﴿١٣٦﴾
Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Paygʻambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz».
فَإِنۡ ءَامَنُواْ بِمِثۡلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهۡتَدَواْ ۖ وَّ إِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا هُمۡ فِي شِقَاقࣲ ۖ فَسَيَكۡفِيكَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿١٣٧﴾
Agar siz iymon keltirganga oʻxshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz oʻgirsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada boʻlmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir.
صِبۡغَةَ ٱللَّهِ وَ مَنۡ أَحۡسَنُ مِنَ ٱللَّهِ صِبۡغَةࣰ ۖ وَ نَحۡنُ لَهُۥ عَٰبِدُونَ﴿١٣٨﴾
Allohning boʻyogʻini (lozim tuting). Allohning boʻyogʻidan chiroyliroq boʻyoq berguvchi kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz.
قُلۡ أَتُحَآجُّونَنَا فِي ٱللَّهِ وَ هُوَ رَبُّنَا وَ رَبُّكُمۡ وَ لَنَآ أَعۡمَٰلُنَا وَ لَكُمۡ أَعۡمَٰلُكُمۡ وَ نَحۡنُ لَهُۥ مُخۡلِصُونَ﴿١٣٩﴾
Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning oʻz amallarimiz bor, sizning oʻz amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz».
أَمۡ تَقُولُونَ إِنَّ إِبۡرَٰهِـۧمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ وَ ٱلۡأَسۡبَاطَ كَانُواْ هُودًا أَوۡ نَصَٰرَىٰ ۗ قُلۡ ءَأَنتُمۡ أَعۡلَمُ أَمِ ٱللَّهُ ۗ وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن كَتَمَ شَهَٰدَةً عِندَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿١٤٠﴾
Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va asbotlar yahudiy va nasroniy boʻlgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin. Huzuridagi Allohdan boʻlgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir.
تِلۡكَ أُمَّةࣱ قَدۡ خَلَتۡ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتۡ وَ لَكُم مَّا كَسَبۡتُمۡ ۖ وَ لَا تُسۡـَٔلُونَ عَمَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٤١﴾
Ular bir ummat edilar, oʻtib ketdilar. Ularga oʻzlari kasb qilganlari boʻlur. Sizlarga oʻzingiz kasb qilganingiz boʻladir. Ularning qilgan amallaridan sizlar soʻralmassiz.
سَيَقُولُ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَ ٱلنَّاسِ مَا وَلَّىٰهُمۡ عَن قِبۡلَتِهِمُ ٱلَّتِي كَانُواْ عَلَيۡهَا ۚ قُل لِّلَّهِ ٱلۡمَشۡرِقُ وَ ٱلۡمَغۡرِبُ ۚ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿١٤٢﴾
Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz oʻgirtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu magʻrib Allohniki, kimni xohlasa, oʻshani toʻgʻri yoʻlga boshlaydir», deb ayt.
وَ كَذَٰلِكَ جَعَلۡنَٰكُمۡ أُمَّةࣰ وَسَطࣰا لِّتَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ يَكُونَ ٱلرَّسُولُ عَلَيۡكُمۡ شَهِيدࣰا ۗ وَ مَا جَعَلۡنَا ٱلۡقِبۡلَةَ ٱلَّتِي كُنتَ عَلَيۡهَآ إِلَّا لِنَعۡلَمَ مَن يَتَّبِعُ ٱلرَّسُولَ مِمَّن يَنقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِ ۚ وَ إِن كَانَتۡ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۗ وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَٰنَكُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٤٣﴾
Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh boʻlishingiz va Paygʻambar sizlarning ustingizdan guvoh boʻlishi uchun oʻrta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Paygʻambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga ogʻir boʻlsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir.
قَدۡ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجۡهِكَ فِي ٱلسَّمَآءِ ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبۡلَةࣰ تَرۡضَىٰهَا ۚ فَوَلِّ وَجۡهَكَ شَطۡرَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ۚ وَ حَيۡثُ مَا كُنتُمۡ فَوَلُّواْ وُجُوهَكُمۡ شَطۡرَهُۥ ۗ وَ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ لَيَعۡلَمُونَ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّهِمۡ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعۡمَلُونَ﴿١٤٤﴾
Goho yuzingning osmonga tez-tez burilganini koʻrurmiz. Bas, albatta, seni oʻzing rozi boʻlgan qiblaga qaraturmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda boʻlsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz. Albatta, kitob berilganlar uning Robbilaridan boʻlgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.
وَ لَئِنۡ أَتَيۡتَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ بِكُلِّ ءَايَةࣲ مَّا تَبِعُواْ قِبۡلَتَكَ ۚ وَ مَآ أَنتَ بِتَابِعࣲ قِبۡلَتَهُمۡ ۚ وَ مَا بَعۡضُهُم بِتَابِعࣲ قِبۡلَةَ بَعۡضࣲ ۚ وَ لَئِنِ ٱتَّبَعۡتَ أَهۡوَآءَهُم مِّنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ إِنَّكَ إِذࣰا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٤٥﴾
Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan boʻlursan.
ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَعۡرِفُونَهُۥ كَمَا يَعۡرِفُونَ أَبۡنَآءَهُمۡ ۖ وَ إِنَّ فَرِيقࣰا مِّنۡهُمۡ لَيَكۡتُمُونَ ٱلۡحَقَّ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿١٤٦﴾
Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar.
ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُمۡتَرِينَ﴿١٤٧﴾
Bu haq Robbingdandir, hechhech shak qiluvchilardan boʻlma.
وَ لِكُلࣲّ وِجۡهَةٌ هُوَ مُوَلِّيهَا ۖ فَٱسۡتَبِقُواْ ٱلۡخَيۡرَٰتِ ۚ أَيۡنَ مَا تَكُونُواْ يَأۡتِ بِكُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٤٨﴾
Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U oʻshanga boqadir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda boʻlsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
وَ مِنۡ حَيۡثُ خَرَجۡتَ فَوَلِّ وَجۡهَكَ شَطۡرَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ۖ وَ إِنَّهُۥ لَلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿١٤٩﴾
Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan boʻlgan haqdir. Va Alloh siz qilayotgan narsadan gʻofil emasdir.
وَ مِنۡ حَيۡثُ خَرَجۡتَ فَوَلِّ وَجۡهَكَ شَطۡرَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ۚ وَ حَيۡثُ مَا كُنتُمۡ فَوَلُّواْ وُجُوهَكُمۡ شَطۡرَهُۥ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيۡكُمۡ حُجَّةٌ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡهُمۡ فَلَا تَخۡشَوۡهُمۡ وَ ٱخۡشَوۡنِي وَ لِأُتِمَّ نِعۡمَتِي عَلَيۡكُمۡ وَ لَعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿١٥٠﴾
Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda boʻlsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat boʻlmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Va sizga neʼmatimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz.
كَمَآ أَرۡسَلۡنَا فِيكُمۡ رَسُولࣰا مِّنكُمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِنَا وَ يُزَكِّيكُمۡ وَ يُعَلِّمُكُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ يُعَلِّمُكُم مَّا لَمۡ تَكُونُواْ تَعۡلَمُونَ﴿١٥١﴾
Shuningdek, ichingizga oʻzingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni oʻrgatadigan Paygʻambar yubordik.
فَٱذۡكُرُونِيٓ أَذۡكُرۡكُمۡ وَ ٱشۡكُرُواْ لِي وَ لَا تَكۡفُرُونِ﴿١٥٢﴾
Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَعِينُواْ بِٱلصَّبۡرِ وَ ٱلصَّلَوٰةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿١٥٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad soʻranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.
وَ لَا تَقُولُواْ لِمَن يُقۡتَلُ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمۡوَٰتُۢ ۚ بَلۡ أَحۡيَآءࣱ وَ لَٰكِن لَّا تَشۡعُرُونَ﴿١٥٤﴾
Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni «oʻliklar» demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz.
وَ لَنَبۡلُوَنَّكُم بِشَيۡءࣲ مِّنَ ٱلۡخَوۡفِ وَ ٱلۡجُوعِ وَ نَقۡصࣲ مِّنَ ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَ ٱلۡأَنفُسِ وَ ٱلثَّمَرَٰتِ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿١٥٥﴾
Albata, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَٰبَتۡهُم مُّصِيبَةࣱ قَالُوٓاْ إِنَّا لِلَّهِ وَ إِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ﴿١٥٦﴾
Ular musiybat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar.
أُوْلَٰٓئِكَ عَلَيۡهِمۡ صَلَوَٰتࣱ مِّن رَّبِّهِمۡ وَ رَحۡمَةࣱ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُهۡتَدُونَ﴿١٥٧﴾
Ana oʻshalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana oʻshalar hidoyat topganlardir.
إِنَّ ٱلصَّفَا وَ ٱلۡمَرۡوَةَ مِن شَعَآئِرِ ٱللَّهِ ۖ فَمَنۡ حَجَّ ٱلۡبَيۡتَ أَوِ ٱعۡتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِ أَن يَطَّوَّفَ بِهِمَا ۚ وَ مَن تَطَوَّعَ خَيۡرࣰا فَإِنَّ ٱللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ﴿١٥٨﴾
Albatta, Safo va Marva Allohning (dinining) belgilaridandir. Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari oʻrtasida saʼyi qilish gunoh emas. Kim yaxshilikni xolisona qilsa, bas, albatta, Alloh Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi) va biluvchidir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡتُمُونَ مَآ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ ٱلۡهُدَىٰ مِنۢ بَعۡدِ مَا بَيَّنَّٰهُ لِلنَّاسِ فِي ٱلۡكِتَٰبِ أُوْلَٰٓئِكَ يَلۡعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَ يَلۡعَنُهُمُ ٱللَّٰعِنُونَ﴿١٥٩﴾
Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni — oʻshalarni Alloh laʼnatlaydir. Va laʼnatlovchilar laʼnatlaydir.
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ وَ أَصۡلَحُواْ وَ بَيَّنُواْ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَتُوبُ عَلَيۡهِمۡ وَ أَنَا ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٦٠﴾
Magar tavba qilib, ahli solih boʻlib, bayon qilganlarning, ana oʻshalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi va rahimlidirman.
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ مَاتُواْ وَ هُمۡ كُفَّارٌ أُوْلَٰٓئِكَ عَلَيۡهِمۡ لَعۡنَةُ ٱللَّهِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ وَ ٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ﴿١٦١﴾
Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida oʻlganlarga, ana oʻshalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning — barchaning laʼnati boʻlgay.
خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَ لَا هُمۡ يُنظَرُونَ﴿١٦٢﴾
Unda abadiy boʻlurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas.
وَ إِلَٰهُكُمۡ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحۡمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٦٣﴾
Va ilohingiz bir ilohdir. Rohman va Rohiym boʻlmish Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻqdir.
إِنَّ فِي خَلۡقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱخۡتِلَٰفِ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ وَ ٱلۡفُلۡكِ ٱلَّتِي تَجۡرِي فِي ٱلۡبَحۡرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءࣲ فَأَحۡيَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَا وَ بَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةࣲ وَ تَصۡرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ وَ ٱلسَّحَابِ ٱلۡمُسَخَّرِ بَيۡنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿١٦٤﴾
Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgoʻy bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَندَادࣰا يُحِبُّونَهُمۡ كَحُبِّ ٱللَّهِ ۖ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَشَدُّ حُبࣰّا لِّلَّهِ ۗ وَ لَوۡ يَرَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِذۡ يَرَوۡنَ ٱلۡعَذَابَ أَنَّ ٱلۡقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعࣰا وَ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعَذَابِ﴿١٦٥﴾
Odamlar ichida Allohdan oʻzga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni koʻrgan chogʻlarida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!
إِذۡ تَبَرَّأَ ٱلَّذِينَ ٱتُّبِعُواْ مِنَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ وَ رَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ وَ تَقَطَّعَتۡ بِهِمُ ٱلۡأَسۡبَابُ﴿١٦٦﴾
U paytda peshvolar (oʻzlariga) ergashganlardan tonarlar va ular azobni koʻrarlar, ularning bogʻlanishlari kesilur.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ لَوۡ أَنَّ لَنَا كَرَّةࣰ فَنَتَبَرَّأَ مِنۡهُمۡ كَمَا تَبَرَّءُواْ مِنَّا ۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ ٱللَّهُ أَعۡمَٰلَهُمۡ حَسَرَٰتٍ عَلَيۡهِمۡ ۖ وَ مَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنَ ٱلنَّارِ﴿١٦٧﴾
Va ergashganlar: «Qani endi bizga bir ortga qaytish boʻlsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar. Shunday qilib, Alloh ularga amallarining oʻzlariga hasrat boʻlganini koʻrsatur. Va ular doʻzaxdan chiquvchi emaslar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُواْ مِمَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ حَلَٰلࣰا طَيِّبࣰا وَ لَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِينٌ﴿١٦٨﴾
Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.
إِنَّمَا يَأۡمُرُكُم بِٱلسُّوٓءِ وَ ٱلۡفَحۡشَآءِ وَ أَن تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿١٦٩﴾
Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradir.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ بَلۡ نَتَّبِعُ مَآ أَلۡفَيۡنَا عَلَيۡهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوۡ كَانَ ءَابَآؤُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَهۡتَدُونَ﴿١٧٠﴾
Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashingiz», deyilsa, ular: «Yoʻq, biz otalarimizni nimada topsak, shunga ergashamiz», derlar. Otalari hech narsaga aqli yetmagan va hidoyat topmagan boʻlsalar ham-a?!
وَ مَثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ كَمَثَلِ ٱلَّذِي يَنۡعِقُ بِمَا لَا يَسۡمَعُ إِلَّا دُعَآءࣰ وَ نِدَآءࣰ ۚ صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡيࣱ فَهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ﴿١٧١﴾
Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga oʻxshaydi. Ular kar, soqov va koʻrdirlar. Ular aql ishlatmaslar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ وَ ٱشۡكُرُواْ لِلَّهِ إِن كُنتُمۡ إِيَّاهُ تَعۡبُدُونَ﴿١٧٢﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan boʻlsalaringiz.
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَيۡتَةَ وَ ٱلدَّمَ وَ لَحۡمَ ٱلۡخِنزِيرِ وَ مَآ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ ۖ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ غَيۡرَ بَاغࣲ وَ لَا عَادࣲ فَلَآ إِثۡمَ عَلَيۡهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١٧٣﴾
Albatta, U zot sizlarga faqat oʻlimtikni, qonni, choʻchqaning goʻshtini va Allohdan boshqaga soʻyilganni harom qildi. Kimki majbur boʻlsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (esa), unga gunoh boʻlmas. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡتُمُونَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ يَشۡتَرُونَ بِهِۦ ثَمَنࣰا قَلِيلًا أُوْلَٰٓئِكَ مَا يَأۡكُلُونَ فِي بُطُونِهِمۡ إِلَّا ٱلنَّارَ وَ لَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ لَا يُزَكِّيهِمۡ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿١٧٤﴾
Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana oʻshalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشۡتَرَوُاْ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلۡهُدَىٰ وَ ٱلۡعَذَابَ بِٱلۡمَغۡفِرَةِ ۚ فَمَآ أَصۡبَرَهُمۡ عَلَى ٱلنَّارِ﴿١٧٥﴾
Ana oʻshalar adashuvni hidoyatga, azobni magʻfiratga sotib olganlardir. Doʻzax oʻtiga qandoq chidaydilar-a?!
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ نَزَّلَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ ۗ وَ إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخۡتَلَفُواْ فِي ٱلۡكِتَٰبِ لَفِي شِقَاقِۭ بَعِيدࣲ﴿١٧٦﴾
Buning sababi, albatta, Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi. Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar.
لَّيۡسَ ٱلۡبِرَّ أَن تُوَلُّواْ وُجُوهَكُمۡ قِبَلَ ٱلۡمَشۡرِقِ وَ ٱلۡمَغۡرِبِ وَ لَٰكِنَّ ٱلۡبِرَّ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ وَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ وَ ءَاتَى ٱلۡمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ ذَوِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينَ وَ ٱبۡنَ ٱلسَّبِيلِ وَ ٱلسَّآئِلِينَ وَ فِي ٱلرِّقَابِ وَ أَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَ ٱلۡمُوفُونَ بِعَهۡدِهِمۡ إِذَا عَٰهَدُواْ ۖ وَ ٱلصَّٰبِرِينَ فِي ٱلۡبَأۡسَآءِ وَ ٱلضَّرَّآءِ وَ حِينَ ٱلۡبَأۡسِ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُتَّقُونَ﴿١٧٧﴾
Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki magʻrib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Paygʻambarlarga iymon keltirsa va yaxshi koʻrgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُتِبَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡقِصَاصُ فِي ٱلۡقَتۡلَى ۖ ٱلۡحُرُّ بِٱلۡحُرِّ وَ ٱلۡعَبۡدُ بِٱلۡعَبۡدِ وَ ٱلۡأُنثَىٰ بِٱلۡأُنثَىٰ ۚ فَمَنۡ عُفِيَ لَهُۥ مِنۡ أَخِيهِ شَيۡءࣱ فَٱتِّبَاعُۢ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ أَدَآءٌ إِلَيۡهِ بِإِحۡسَٰنࣲ ۗ ذَٰلِكَ تَخۡفِيفࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ رَحۡمَةࣱ ۗ فَمَنِ ٱعۡتَدَىٰ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٧٨﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sizga oʻldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga oʻz birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila soʻralsin va ado etish ham yaxshilikcha boʻlsin. Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor.
وَ لَكُمۡ فِي ٱلۡقِصَاصِ حَيَوٰةࣱ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿١٧٩﴾
Sizlarga qasos olishda hayot bor. Ey, aql egalari! Shoyadki, taqvodor boʻlsangiz.
كُتِبَ عَلَيۡكُمۡ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ إِن تَرَكَ خَيۡرًا ٱلۡوَصِيَّةُ لِلۡوَٰلِدَيۡنِ وَ ٱلۡأَقۡرَبِينَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلۡمُتَّقِينَ﴿١٨٠﴾
Sizlarga, birortangizga oʻlim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan boʻlsa, ota-onasi va yaqinlariga toʻgʻrilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi.
فَمَنۢ بَدَّلَهُۥ بَعۡدَ مَا سَمِعَهُۥ فَإِنَّمَآ إِثۡمُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿١٨١﴾
Kim uni eshitgandan soʻng oʻzgartirsa, bas, gunohi faqat oʻzgartirganlarning oʻziga boʻladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.
فَمَنۡ خَافَ مِن مُّوصࣲ جَنَفًا أَوۡ إِثۡمࣰا فَأَصۡلَحَ بَيۡنَهُمۡ فَلَآ إِثۡمَ عَلَيۡهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٨٢﴾
Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir boʻlishidan qoʻrqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh boʻlmas. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُتِبَ عَلَيۡكُمُ ٱلصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿١٨٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza farz qilindi. Shoyadki, taqvodor boʻlsalaringiz.
أَيَّامࣰا مَّعۡدُودَٰتࣲ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوۡ عَلَىٰ سَفَرࣲ فَعِدَّةࣱ مِّنۡ أَيَّامٍ أُخَرَ ۚ وَ عَلَى ٱلَّذِينَ يُطِيقُونَهُۥ فِدۡيَةࣱ طَعَامُ مِسۡكِينࣲ ۖ فَمَن تَطَوَّعَ خَيۡرࣰا فَهُوَ خَيۡرࣱ لَّهُۥ ۚ وَ أَن تَصُومُواْ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿١٨٤﴾
Sanoqli kunlar. Sizlardan kim bemor yoki musofir boʻlsa, bas, sanogʻini boshqa kunlardan tutadir. Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir. Kim yaxshilikni oʻz ixtiyori ila qilsa, oʻzi uchun yaxshidir. Agar bilsangiz, roʻza tutmogʻingiz siz uchun yaxshidir.
شَهۡرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلۡقُرۡءَانُ هُدࣰى لِّلنَّاسِ وَ بَيِّنَٰتࣲ مِّنَ ٱلۡهُدَىٰ وَ ٱلۡفُرۡقَانِ ۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهۡرَ فَلۡيَصُمۡهُ ۖ وَ مَن كَانَ مَرِيضًا أَوۡ عَلَىٰ سَفَرࣲ فَعِدَّةࣱ مِّنۡ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ بِكُمُ ٱلۡيُسۡرَ وَ لَا يُرِيدُ بِكُمُ ٱلۡعُسۡرَ وَ لِتُكۡمِلُواْ ٱلۡعِدَّةَ وَ لِتُكَبِّرُواْ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمۡ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿١٨٥﴾
Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib Qurʼon tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir boʻlsa, roʻzasini tutsin. Kim bemor yoki safarda boʻlsa, bas, sanogʻini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanogʻini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulugʻlashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsalaringiz.
وَ إِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعۡوَةَ ٱلدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلۡيَسۡتَجِيبُواْ لِي وَ لۡيُؤۡمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمۡ يَرۡشُدُونَ﴿١٨٦﴾
Agar bandalarim sendan Meni soʻrasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, toʻgʻri yoʻlni topsalar.
أُحِلَّ لَكُمۡ لَيۡلَةَ ٱلصِّيَامِ ٱلرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَآئِكُمۡ ۚ هُنَّ لِبَاسࣱ لَّكُمۡ وَ أَنتُمۡ لِبَاسࣱ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمۡ كُنتُمۡ تَخۡتَانُونَ أَنفُسَكُمۡ فَتَابَ عَلَيۡكُمۡ وَ عَفَا عَنكُمۡ ۖ فَٱلۡـَٰٔنَ بَٰشِرُوهُنَّ وَ ٱبۡتَغُواْ مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمۡ ۚ وَ كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ ٱلۡخَيۡطُ ٱلۡأَبۡيَضُ مِنَ ٱلۡخَيۡطِ ٱلۡأَسۡوَدِ مِنَ ٱلۡفَجۡرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّواْ ٱلصِّيَامَ إِلَى ٱلَّيۡلِ ۚ وَ لَا تُبَٰشِرُوهُنَّ وَ أَنتُمۡ عَٰكِفُونَ فِي ٱلۡمَسَٰجِدِ ۗ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَقۡرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴿١٨٧﴾
Sizlarga roʻza kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi. Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz. Alloh sizning oʻzingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi. Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling. Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha yeb-ichavering. Soʻngra, roʻzani kechasigacha batamom qiling. Masjidlarda, eʼtikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang. Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga Oʻz oyatlarini shundoq bayon etadir. Shoyadki, taqvo qilsalar.
وَ لَا تَأۡكُلُوٓاْ أَمۡوَٰلَكُم بَيۡنَكُم بِٱلۡبَٰطِلِ وَ تُدۡلُواْ بِهَآ إِلَى ٱلۡحُكَّامِ لِتَأۡكُلُواْ فَرِيقࣰا مِّنۡ أَمۡوَٰلِ ٱلنَّاسِ بِٱلۡإِثۡمِ وَ أَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿١٨٨﴾
Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang.
يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡأَهِلَّةِ ۖ قُلۡ هِيَ مَوَٰقِيتُ لِلنَّاسِ وَ ٱلۡحَجِّ ۗ وَ لَيۡسَ ٱلۡبِرُّ بِأَن تَأۡتُواْ ٱلۡبُيُوتَ مِن ظُهُورِهَا وَ لَٰكِنَّ ٱلۡبِرَّ مَنِ ٱتَّقَىٰ ۗ وَ أۡتُواْ ٱلۡبُيُوتَ مِنۡ أَبۡوَٰبِهَا ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿١٨٩﴾
Sendan hilollar haqida soʻrarlar. Ular odamlar va haj uchun vaqt oʻlchovidir, deb ayt. Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir. Va uylarga eshiklaridan kiring. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, najot topsangiz.
وَ قَٰتِلُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَكُمۡ وَ لَا تَعۡتَدُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُعۡتَدِينَ﴿١٩٠﴾
Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yoʻlida urush qiling. Va tajovuzkor boʻlmang. Albatta, Alloh tajovuzkor boʻlganlarni xush koʻrmas.
وَ ٱقۡتُلُوهُمۡ حَيۡثُ ثَقِفۡتُمُوهُمۡ وَ أَخۡرِجُوهُم مِّنۡ حَيۡثُ أَخۡرَجُوكُمۡ ۚ وَ ٱلۡفِتۡنَةُ أَشَدُّ مِنَ ٱلۡقَتۡلِ ۚ وَ لَا تُقَٰتِلُوهُمۡ عِندَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ حَتَّىٰ يُقَٰتِلُوكُمۡ فِيهِ ۖ فَإِن قَٰتَلُوكُمۡ فَٱقۡتُلُوهُمۡ ۗ كَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٩١﴾
Ularni topgan yeringizda qatl qiling. Va sizlarni chiqargan joydan ularni ham chiqaring. Fitna qatl etishdan ham yomonroqdir. Masjidul Harom oldida sizga qarshi urushmagunlaricha, siz urushmang. Agar urushsalar, bas, siz ham urushing. Kofirlarning jazosi shunday.
فَإِنِ ٱنتَهَوۡاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٩٢﴾
Agar toʻxtasalar, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir.
وَ قَٰتِلُوهُمۡ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتۡنَةࣱ وَ يَكُونَ ٱلدِّينُ لِلَّهِ ۖ فَإِنِ ٱنتَهَوۡاْ فَلَا عُدۡوَٰنَ إِلَّا عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٩٣﴾
Fitna boʻlmasligi va din Allohga boʻlishi uchun ular bilan jang qiling. Agar toʻxtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yoʻq.
ٱلشَّهۡرُ ٱلۡحَرَامُ بِٱلشَّهۡرِ ٱلۡحَرَامِ وَ ٱلۡحُرُمَٰتُ قِصَاصࣱ ۚ فَمَنِ ٱعۡتَدَىٰ عَلَيۡكُمۡ فَٱعۡتَدُواْ عَلَيۡهِ بِمِثۡلِ مَا ٱعۡتَدَىٰ عَلَيۡكُمۡ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿١٩٤﴾
Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga oʻxshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.
وَ أَنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ لَا تُلۡقُواْ بِأَيۡدِيكُمۡ إِلَى ٱلتَّهۡلُكَةِ وَ أَحۡسِنُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٩٥﴾
Va Allohning yoʻlida nafaqa qiling. Oʻzingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush koʻradir.
وَ أَتِمُّواْ ٱلۡحَجَّ وَ ٱلۡعُمۡرَةَ لِلَّهِ ۚ فَإِنۡ أُحۡصِرۡتُمۡ فَمَا ٱسۡتَيۡسَرَ مِنَ ٱلۡهَدۡيِ ۖ وَ لَا تَحۡلِقُواْ رُءُوسَكُمۡ حَتَّىٰ يَبۡلُغَ ٱلۡهَدۡيُ مَحِلَّهُۥ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوۡ بِهِۦٓ أَذࣰى مِّن رَّأۡسِهِۦ فَفِدۡيَةࣱ مِّن صِيَامٍ أَوۡ صَدَقَةٍ أَوۡ نُسُكࣲ ۚ فَإِذَآ أَمِنتُمۡ فَمَن تَمَتَّعَ بِٱلۡعُمۡرَةِ إِلَى ٱلۡحَجِّ فَمَا ٱسۡتَيۡسَرَ مِنَ ٱلۡهَدۡيِ ۚ فَمَن لَّمۡ يَجِدۡ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامࣲ فِي ٱلۡحَجِّ وَ سَبۡعَةٍ إِذَا رَجَعۡتُمۡ ۗ تِلۡكَ عَشَرَةࣱ كَامِلَةࣱ ۗ ذَٰلِكَ لِمَن لَّمۡ يَكُنۡ أَهۡلُهُۥ حَاضِرِي ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿١٩٦﴾
Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar boʻlganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik oʻz joyiga yetmaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor boʻlsa yoki boshida ozor beruvchi narsa boʻlsa, roʻza tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik soʻyish ila toʻlov toʻlasin. Agar tinch boʻlsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan boʻlsa, muyassar boʻlgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda — hammasi oʻn kun toʻliq roʻza tutsin. Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
ٱلۡحَجُّ أَشۡهُرࣱ مَّعۡلُومَٰتࣱ ۚ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ ٱلۡحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَ لَا فُسُوقَ وَ لَا جِدَالَ فِي ٱلۡحَجِّ ۗ وَ مَا تَفۡعَلُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ يَعۡلَمۡهُ ٱللَّهُ ۗ وَ تَزَوَّدُواْ فَإِنَّ خَيۡرَ ٱلزَّادِ ٱلتَّقۡوَىٰ ۖ وَ ٱتَّقُونِ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿١٩٧﴾
Haj maʼlum oylardir. Kimki ularda oʻziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yoʻqdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari!
لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَبۡتَغُواْ فَضۡلࣰا مِّن رَّبِّكُمۡ ۚ فَإِذَآ أَفَضۡتُم مِّنۡ عَرَفَٰتࣲ فَٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ عِندَ ٱلۡمَشۡعَرِ ٱلۡحَرَامِ ۖ وَ ٱذۡكُرُوهُ كَمَا هَدَىٰكُمۡ وَ إِن كُنتُم مِّن قَبۡلِهِۦ لَمِنَ ٱلضَّآلِّينَ﴿١٩٨﴾
Sizga oʻz Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yoʻqdir. Arafotdan qaytib tushganingizda, Allohni Mashʼarul Haromda zikr qiling. Ilgari adashganlardan boʻlsangiz ham, sizni hidoyatga boshlagani uchun Uni zikr qiling.
ثُمَّ أَفِيضُواْ مِنۡ حَيۡثُ أَفَاضَ ٱلنَّاسُ وَ ٱسۡتَغۡفِرُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٩٩﴾
Soʻngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
فَإِذَا قَضَيۡتُم مَّنَٰسِكَكُمۡ فَٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ كَذِكۡرِكُمۡ ءَابَآءَكُمۡ أَوۡ أَشَدَّ ذِكۡرࣰا ۗ فَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِي ٱلدُّنۡيَا وَ مَا لَهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنۡ خَلَٰقࣲ﴿٢٠٠﴾
Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan baʼzilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yoʻqdir.
وَ مِنۡهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِي ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣰ وَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ حَسَنَةࣰ وَ قِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ﴿٢٠١﴾
Va ulardan baʼzilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni doʻzax olovi azobidan saqlagin», deydir.
أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ نَصِيبࣱ مِّمَّا كَسَبُواْ ۚ وَ ٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿٢٠٢﴾
Ana oʻshalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir.
وَ ٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ فِيٓ أَيَّامࣲ مَّعۡدُودَٰتࣲ ۚ فَمَن تَعَجَّلَ فِي يَوۡمَيۡنِ فَلَآ إِثۡمَ عَلَيۡهِ وَ مَن تَأَخَّرَ فَلَآ إِثۡمَ عَلَيۡهِ ۖ لِمَنِ ٱتَّقَىٰ ۗ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّكُمۡ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٢٠٣﴾
Allohni sanoqli kunlarda eslang. Bas, kim ikki kundan keyin shoshilib, ketsa, unga gunoh yoʻq. Kim kechikib qolsa, unga gunoh yoʻq. Taqvo qiluvchilar uchun. Allohga taqvo qilinglar va bilinglarki, siz albatta Unga toʻplanursiz.
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُعۡجِبُكَ قَوۡلُهُۥ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ يُشۡهِدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا فِي قَلۡبِهِۦ وَ هُوَ أَلَدُّ ٱلۡخِصَامِ﴿٢٠٤﴾
Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir.
وَ إِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِي ٱلۡأَرۡضِ لِيُفۡسِدَ فِيهَا وَ يُهۡلِكَ ٱلۡحَرۡثَ وَ ٱلنَّسۡلَ ۚ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلۡفَسَادَ﴿٢٠٥﴾
Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun va ekin va naslni halok qilish uchun harakat etadir. Va holbuki, Alloh fasodni xush koʻrmas.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتۡهُ ٱلۡعِزَّةُ بِٱلۡإِثۡمِ ۚ فَحَسۡبُهُۥ جَهَنَّمُ ۖ وَ لَبِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ﴿٢٠٦﴾
Agar unga, Allohdan qoʻrqqin, deyilsa, uni kibru havosi gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon oʻrin-a?
وَ مِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشۡرِي نَفۡسَهُ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱللَّهُ رَءُوفُۢ بِٱلۡعِبَادِ﴿٢٠٧﴾
Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱدۡخُلُواْ فِي ٱلسِّلۡمِ كَآفَّةࣰ وَ لَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿٢٠٨﴾
Ey, iymon keltirganlar! Islomga toʻligʻicha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir.
فَإِن زَلَلۡتُم مِّنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡكُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴿٢٠٩﴾
Agar ochiq bayonotlar kelgandan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh Aziyz va hikmatlidir.
هَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن يَأۡتِيَهُمُ ٱللَّهُ فِي ظُلَلࣲ مِّنَ ٱلۡغَمَامِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَ قُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿٢١٠﴾
Ular Alloh va farishtalar soyali bulutlarda kelishi hamda ishning tugashidan boshqaga intizor boʻlmayaptilar, shekilli?! Va barcha ishlar Allohga qaytajak.
سَلۡ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ كَمۡ ءَاتَيۡنَٰهُم مِّنۡ ءَايَةِۭ بَيِّنَةࣲ ۗ وَ مَن يُبَدِّلۡ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٢١١﴾
Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni soʻra. Kimki oʻziga kelgan Allohning neʼmatini oʻzgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَ يَسۡخَرُونَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۘ وَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ فَوۡقَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ وَ ٱللَّهُ يَرۡزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿٢١٢﴾
Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur.
كَانَ ٱلنَّاسُ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ فَبَعَثَ ٱللَّهُ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مُبَشِّرِينَ وَ مُنذِرِينَ وَ أَنزَلَ مَعَهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ لِيَحۡكُمَ بَيۡنَ ٱلنَّاسِ فِيمَا ٱخۡتَلَفُواْ فِيهِ ۚ وَ مَا ٱخۡتَلَفَ فِيهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ أُوتُوهُ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡهُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ بَغۡيَۢا بَيۡنَهُمۡ ۖ فَهَدَى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِمَا ٱخۡتَلَفُواْ فِيهِ مِنَ ٱلۡحَقِّ بِإِذۡنِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمٍ﴿٢١٣﴾
Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar oʻrtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U toʻgʻrisida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan soʻng, kimga berilgan boʻlsa, oʻshalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq toʻgʻrisida ixtilof qilgan narsalarida Alloh Oʻz izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlga boshlaydir.
أَمۡ حَسِبۡتُمۡ أَن تَدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ وَ لَمَّا يَأۡتِكُم مَّثَلُ ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلِكُم ۖ مَّسَّتۡهُمُ ٱلۡبَأۡسَآءُ وَ ٱلضَّرَّآءُ وَ زُلۡزِلُواْ حَتَّىٰ يَقُولَ ٱلرَّسُولُ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ مَتَىٰ نَصۡرُ ٱللَّهِ ۗ أَلَآ إِنَّ نَصۡرَ ٱللَّهِ قَرِيبࣱ﴿٢١٤﴾
Sizdan avval oʻtganlarga kelganga oʻxshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb oʻyladingizmi? Ularni balo va musiybatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Paygʻambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon boʻladir?» deganlar. Ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir.
يَسۡـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ۖ قُلۡ مَآ أَنفَقۡتُم مِّنۡ خَيۡرࣲ فَلِلۡوَٰلِدَيۡنِ وَ ٱلۡأَقۡرَبِينَ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ ٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَ مَا تَفۡعَلُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمࣱ﴿٢١٥﴾
Sendan nimani nafaqa qilishni soʻrarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga boʻlsin. Qanday yaxshilik qilgan boʻlsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.
كُتِبَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡقِتَالُ وَ هُوَ كُرۡهࣱ لَّكُمۡ ۖ وَ عَسَىٰٓ أَن تَكۡرَهُواْ شَيۡـࣰٔا وَ هُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۖ وَ عَسَىٰٓ أَن تُحِبُّواْ شَيۡـࣰٔا وَ هُوَ شَرࣱّ لَّكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ وَ أَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٢١٦﴾
Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa. Alloh biladir, siz bilmassiz.
يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلشَّهۡرِ ٱلۡحَرَامِ قِتَالࣲ فِيهِ ۖ قُلۡ قِتَالࣱ فِيهِ كَبِيرࣱ ۚ وَ صَدٌّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ كُفۡرُۢ بِهِۦ وَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ وَ إِخۡرَاجُ أَهۡلِهِۦ مِنۡهُ أَكۡبَرُ عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱلۡفِتۡنَةُ أَكۡبَرُ مِنَ ٱلۡقَتۡلِ ۗ وَ لَا يَزَالُونَ يُقَٰتِلُونَكُمۡ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمۡ عَن دِينِكُمۡ إِنِ ٱسۡتَطَٰعُواْ ۚ وَ مَن يَرۡتَدِدۡ مِنكُمۡ عَن دِينِهِۦ فَيَمُتۡ وَ هُوَ كَافِرࣱ فَأُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢١٧﴾
Sendan harom oyda urush qilish haqida soʻrarlar. «Unda urush qilish katta gunoh. Allohning yoʻlidan toʻsish, Unga kufr keltirish, Masjidul Haromdan toʻsish, uning ahlini undan chiqarish Allohning huzurida eng katta gunohdir. Fitna oʻldirishdan kattaroqdir», deb ayt. Ular, agar qodir boʻlsalar, sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizga qarshi urush qilaveradilar. Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida oʻlib ketsa, ana oʻshalar bu dunyoyu oxiratda amali habata boʻlganlardir. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolguvchilardir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ ٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ وَ جَٰهَدُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ يَرۡجُونَ رَحۡمَتَ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢١٨﴾
Albatta, iymon keltirganlar, hijrat qilganlar va Allohning yoʻlida jiddu jahd qilganlar — ana oʻshalar Allohning rahmatini umid qiladilar. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡخَمۡرِ وَ ٱلۡمَيۡسِرِ ۖ قُلۡ فِيهِمَآ إِثۡمࣱ كَبِيرࣱ وَ مَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَ إِثۡمُهُمَآ أَكۡبَرُ مِن نَّفۡعِهِمَا ۗ وَ يَسۡـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ۖ قُلِ ٱلۡعَفۡوَ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَتَفَكَّرُونَ﴿٢١٩﴾
Sendan xamr va qimor haqida soʻrarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni soʻrarlar. Sen: «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga Oʻz oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz.
فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۗ وَ يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡيَتَٰمَىٰ ۖ قُلۡ إِصۡلَاحࣱ لَّهُمۡ خَيۡرࣱ ۖ وَ إِن تُخَالِطُوهُمۡ فَإِخۡوَٰنُكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ ٱلۡمُفۡسِدَ مِنَ ٱلۡمُصۡلِحِ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَعۡنَتَكُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٢٢٠﴾
Bu dunyo va oxirat haqida. Sendan yetimlar haqida soʻrarlar. Sen: «Ularga isloh qilish yaxshidir», deb ayt. Agar ularning (mollarini) aralashtirib yuborsangiz, bas, birodarlaringiz. Alloh buzgʻunchini ham, islohchini ham biladi. Agar xohlasa, Alloh sizlarni qiyinchilikka solardi. Albatta, Alloh Aziyz va hikmatli Zotdir.
وَ لَا تَنكِحُواْ ٱلۡمُشۡرِكَٰتِ حَتَّىٰ يُؤۡمِنَّ ۚ وَ لَأَمَةࣱ مُّؤۡمِنَةٌ خَيۡرࣱ مِّن مُّشۡرِكَةࣲ وَ لَوۡ أَعۡجَبَتۡكُمۡ ۗ وَ لَا تُنكِحُواْ ٱلۡمُشۡرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤۡمِنُواْ ۚ وَ لَعَبۡدࣱ مُّؤۡمِنٌ خَيۡرࣱ مِّن مُّشۡرِكࣲ وَ لَوۡ أَعۡجَبَكُمۡ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ يَدۡعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَ ٱللَّهُ يَدۡعُوٓاْ إِلَى ٱلۡجَنَّةِ وَ ٱلۡمَغۡفِرَةِ بِإِذۡنِهِۦ ۖ وَ يُبَيِّنُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٢٢١﴾
Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, moʻmina choʻri mushrikadan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, moʻmin qul mushrikdan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Anavilar doʻzax oʻtiga chaqirarlar. Alloh esa, Oʻz izni ila jannatga va magʻfiratga chaqirar hamda odamlarga Oʻz oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar.
وَ يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡمَحِيضِ ۖ قُلۡ هُوَ أَذࣰى فَٱعۡتَزِلُواْ ٱلنِّسَآءَ فِي ٱلۡمَحِيضِ وَ لَا تَقۡرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطۡهُرۡنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرۡنَ فَأۡتُوهُنَّ مِنۡ حَيۡثُ أَمَرَكُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلتَّوَّٰبِينَ وَ يُحِبُّ ٱلۡمُتَطَهِّرِينَ﴿٢٢٢﴾
Sendan hayz haqida soʻrarlar. Sen: «U koʻngilsiz narsadir. Hayz chogʻida ayollardan chetda boʻling. Ularga pok boʻlmagunlaricha yaqinlashmanglar. Agar pok boʻlsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt.
نِسَآؤُكُمۡ حَرۡثࣱ لَّكُمۡ فَأۡتُواْ حَرۡثَكُمۡ أَنَّىٰ شِئۡتُمۡ ۖ وَ قَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُمۡ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّكُم مُّلَٰقُوهُ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢٢٣﴾
Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling. Oʻzingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga roʻbaroʻ keluvchisiz. Moʻminlarga bashorat ber.
وَ لَا تَجۡعَلُواْ ٱللَّهَ عُرۡضَةࣰ لِّأَيۡمَٰنِكُمۡ أَن تَبَرُّواْ وَ تَتَّقُواْ وَ تُصۡلِحُواْ بَيۡنَ ٱلنَّاسِ ۚ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٢٢٤﴾
Allohga ichgan qasamlaringizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga toʻsiq qilmang. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
لَّا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغۡوِ فِيٓ أَيۡمَٰنِكُمۡ وَ لَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتۡ قُلُوبُكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمࣱ﴿٢٢٥﴾
Alloh sizlarning behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalbdan kasb qilganingiz uchun tutadir. Va Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
لِّلَّذِينَ يُؤۡلُونَ مِن نِّسَآئِهِمۡ تَرَبُّصُ أَرۡبَعَةِ أَشۡهُرࣲ ۖ فَإِن فَآءُو فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢٢٦﴾
Xotinlaridan iylaa qilganlar uchun kutish toʻrt oydir. Agar qaytsalar, bas, albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir.
وَ إِنۡ عَزَمُواْ ٱلطَّلَٰقَ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٢٢٧﴾
Va agar taloqni qasd qilsalar, bas, albatta, Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
وَ ٱلۡمُطَلَّقَٰتُ يَتَرَبَّصۡنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلَٰثَةَ قُرُوٓءࣲ ۚ وَ لَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَن يَكۡتُمۡنَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِيٓ أَرۡحَامِهِنَّ إِن كُنَّ يُؤۡمِنَّ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۚ وَ بُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِي ذَٰلِكَ إِنۡ أَرَادُوٓاْ إِصۡلَٰحࣰا ۚ وَ لَهُنَّ مِثۡلُ ٱلَّذِي عَلَيۡهِنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۚ وَ لِلرِّجَالِ عَلَيۡهِنَّ دَرَجَةࣱ ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴿٢٢٨﴾
Taloq qilingan ayollar uch qurʼu kutarlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan boʻlsalar, ular uchun Alloh rahmlarida xalq qilgan narsani berkitishlari halol boʻlmas. Oʻshanda erlari ularni, agar islohni iroda qilsalar, oʻzlariga qaytarib olishga haqliroqdirlar. Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir. Va erkaklarga ulardan ustun daraja bordir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.
ٱلطَّلَٰقُ مَرَّتَانِ ۖ فَإِمۡسَاكُۢ بِمَعۡرُوفٍ أَوۡ تَسۡرِيحُۢ بِإِحۡسَٰنࣲ ۗ وَ لَا يَحِلُّ لَكُمۡ أَن تَأۡخُذُواْ مِمَّآ ءَاتَيۡتُمُوهُنَّ شَيۡـًٔا إِلَّآ أَن يَخَافَآ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَا فِيمَا ٱفۡتَدَتۡ بِهِۦ ۗ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَعۡتَدُوهَا ۚ وَ مَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٢٢٩﴾
Taloq ikki martadir. Soʻngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qoʻyib yuborish. Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol boʻlmas, magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qoʻrqsalar (boʻlur). Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qoʻrqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yoʻqdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, oʻshalar, ana oʻshalar zolimlardir.
فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُۥ مِنۢ بَعۡدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوۡجًا غَيۡرَهُۥ ۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَآ أَن يَتَرَاجَعَآ إِن ظَنَّآ أَن يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۗ وَ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿٢٣٠﴾
Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol boʻlmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh boʻlmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir.
وَ إِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمۡسِكُوهُنَّ بِمَعۡرُوفٍ أَوۡ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعۡرُوفࣲ ۚ وَ لَا تُمۡسِكُوهُنَّ ضِرَارࣰا لِّتَعۡتَدُواْ ۚ وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ فَقَدۡ ظَلَمَ نَفۡسَهُۥ ۚ وَ لَا تَتَّخِذُوٓاْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوࣰا ۚ وَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ مَآ أَنزَلَ عَلَيۡكُم مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ ٱلۡحِكۡمَةِ يَعِظُكُم بِهِۦ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿٢٣١﴾
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qoʻyvoring. Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim oʻshandoq qilsa, shubhasiz, oʻziga zulm qiladi. Allohning oyatlarini hazil bilmang. Allohning sizga bergan neʼmatini va vaʼz etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting. Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.
وَ إِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعۡضُلُوهُنَّ أَن يَنكِحۡنَ أَزۡوَٰجَهُنَّ إِذَا تَرَٰضَوۡاْ بَيۡنَهُم بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ مِنكُمۡ يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۗ ذَٰلِكُمۡ أَزۡكَىٰ لَكُمۡ وَ أَطۡهَرُ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ وَ أَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٢٣٢﴾
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, yaxshilik bilan oʻzaro rizolashing, erlariga qayta nikohlanishlarini man qilib, qiyinlashtirmang. Ushbu ila sizlardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar vaʼzlanadi. Shundoq qilishingiz siz uchun tozaroq va pokroqdir. Va Alloh biladir, siz esa bilmassiz.
وَ ٱلۡوَٰلِدَٰتُ يُرۡضِعۡنَ أَوۡلَٰدَهُنَّ حَوۡلَيۡنِ كَامِلَيۡنِ ۖ لِمَنۡ أَرَادَ أَن يُتِمَّ ٱلرَّضَاعَةَ ۚ وَ عَلَى ٱلۡمَوۡلُودِ لَهُۥ رِزۡقُهُنَّ وَ كِسۡوَتُهُنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفۡسٌ إِلَّا وُسۡعَهَا ۚ لَا تُضَآرَّ وَٰلِدَةُۢ بِوَلَدِهَا وَ لَا مَوۡلُودࣱ لَّهُۥ بِوَلَدِهِۦ ۚ وَ عَلَى ٱلۡوَارِثِ مِثۡلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنۡ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضࣲ مِّنۡهُمَا وَ تَشَاوُرࣲ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَا ۗ وَ إِنۡ أَرَدتُّمۡ أَن تَسۡتَرۡضِعُوٓاْ أَوۡلَٰدَكُمۡ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ إِذَا سَلَّمۡتُم مَّآ ءَاتَيۡتُم بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۗ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿٢٣٣﴾
Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni toʻliq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif boʻlmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxoʻrga ham xuddi shundoq. Agar oʻzaro rozi boʻlib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh boʻlmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh boʻlmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta koʻrib turuvchidir.
وَ ٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوۡنَ مِنكُمۡ وَ يَذَرُونَ أَزۡوَٰجࣰا يَتَرَبَّصۡنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرۡبَعَةَ أَشۡهُرࣲ وَ عَشۡرࣰا ۖ فَإِذَا بَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِيمَا فَعَلۡنَ فِيٓ أَنفُسِهِنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿٢٣٤﴾
Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari oʻzlaricha toʻrt oyu oʻn kun kutarlar. Muddatlari yetganda oʻzlari haqida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yoʻq. Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir.
وَ لَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِيمَا عَرَّضۡتُم بِهِۦ مِنۡ خِطۡبَةِ ٱلنِّسَآءِ أَوۡ أَكۡنَنتُمۡ فِيٓ أَنفُسِكُمۡ ۚ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمۡ سَتَذۡكُرُونَهُنَّ وَ لَٰكِن لَّا تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلَّآ أَن تَقُولُواْ قَوۡلࣰا مَّعۡرُوفࣰا ۚ وَ لَا تَعۡزِمُواْ عُقۡدَةَ ٱلنِّكَاحِ حَتَّىٰ يَبۡلُغَ ٱلۡكِتَٰبُ أَجَلَهُۥ ۚ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِيٓ أَنفُسِكُمۡ فَٱحۡذَرُوهُ ۚ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمࣱ﴿٢٣٥﴾
U ayollarga ishora ila sovchilik qilishingiz yoki uni oʻz ichingizda tutishingizda gunoh yoʻq. Alloh siz ularni albatta eslashingizni biladir. Lekin ular bilan xufyona vaʼdalashmang. Magar yaxshi gap gapirsangiz, mayli. Idda oʻz muddatiga yetmaguncha, nikoh bogʻlashni qasd qilmang. Va bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladi. Bas, Undan ogoh boʻling. Va bilingki, albatta, Alloh magʻfiratli va Haliymdir.
لَّا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ إِن طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ مَا لَمۡ تَمَسُّوهُنَّ أَوۡ تَفۡرِضُواْ لَهُنَّ فَرِيضَةࣰ ۚ وَ مَتِّعُوهُنَّ عَلَى ٱلۡمُوسِعِ قَدَرُهُۥ وَ عَلَى ٱلۡمُقۡتِرِ قَدَرُهُۥ مَتَٰعَۢا بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٢٣٦﴾
Agar xotinlarga qoʻl tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh boʻlmas. Ularni boy boricha, yoʻq holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir.
وَ إِن طَلَّقۡتُمُوهُنَّ مِن قَبۡلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَ قَدۡ فَرَضۡتُمۡ لَهُنَّ فَرِيضَةࣰ فَنِصۡفُ مَا فَرَضۡتُمۡ إِلَّآ أَن يَعۡفُونَ أَوۡ يَعۡفُوَاْ ٱلَّذِي بِيَدِهِۦ عُقۡدَةُ ٱلنِّكَاحِ ۚ وَ أَن تَعۡفُوٓاْ أَقۡرَبُ لِلتَّقۡوَىٰ ۚ وَ لَا تَنسَوُاْ ٱلۡفَضۡلَ بَيۡنَكُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرٌ﴿٢٣٧﴾
Agar ularga qoʻl tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qoʻygan boʻlsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz, magar ayol yoki nikoh tuguni qoʻlida boʻlgan kishi afv qilsa, bermaysiz. Va afv qilishingiz taqvoga yaqindir. Orangizdagi fazilatni unutmang. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
حَٰفِظُواْ عَلَى ٱلصَّلَوَٰتِ وَ ٱلصَّلَوٰةِ ٱلۡوُسۡطَىٰ وَ قُومُواْ لِلَّهِ قَٰنِتِينَ﴿٢٣٨﴾
Namozlarni va oʻrta namozni muhofaza eting. Va Alloh uchun xushuʼ ila qoim boʻling.
فَإِنۡ خِفۡتُمۡ فَرِجَالًا أَوۡ رُكۡبَانࣰا ۖ فَإِذَآ أَمِنتُمۡ فَٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمۡ تَكُونُواْ تَعۡلَمُونَ﴿٢٣٩﴾
Agar xavfda qolsangiz, yurgan va mingan holingizda, xotirjam boʻlganingizda, bilmagan narsangizni qandoq oʻrgatgan boʻlsa, Allohni shundoq zikr qiling.
وَ ٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوۡنَ مِنكُمۡ وَ يَذَرُونَ أَزۡوَٰجࣰا وَصِيَّةࣰ لِّأَزۡوَٰجِهِم مَّتَٰعًا إِلَى ٱلۡحَوۡلِ غَيۡرَ إِخۡرَاجࣲ ۚ فَإِنۡ خَرَجۡنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِي مَا فَعَلۡنَ فِيٓ أَنفُسِهِنَّ مِن مَّعۡرُوفࣲ ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٢٤٠﴾
Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, oʻz xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yoʻq. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
وَ لِلۡمُطَلَّقَٰتِ مَتَٰعُۢ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٢٤١﴾
Taloq qilingan ayollarga foyda berish taqvodorlar burchidir.
كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٢٤٢﴾
Alloh shunday qilib sizlarga Oʻz oyatlarini bayon etadir. Shoyadki, aql ishlatsangizlar.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ خَرَجُواْ مِن دِيَٰرِهِمۡ وَ هُمۡ أُلُوفٌ حَذَرَ ٱلۡمَوۡتِ فَقَالَ لَهُمُ ٱللَّهُ مُوتُواْ ثُمَّ أَحۡيَٰهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشۡكُرُونَ﴿٢٤٣﴾
Diyorlaridan oʻlimdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?! Bas, Alloh ularga: oʻling, dedi. Soʻngra, ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin koʻp odamlar shukr qilmaslar.
وَ قَٰتِلُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٢٤٤﴾
Allohning yoʻlida jang qiling. Va bilingki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
مَّن ذَا ٱلَّذِي يُقۡرِضُ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥٓ أَضۡعَافࣰا كَثِيرَةࣰ ۚ وَ ٱللَّهُ يَقۡبِضُ وَ يَبۡصُۜطُ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٢٤٥﴾
Allohga yaxshi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki unga berganini koʻp marta koʻpaytirib bersa. Va holbuki, Alloh (rizqni) tor qilur va keng qilur. Va Ungagina qaytasizlar.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلۡمَلَإِ مِنۢ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ مِنۢ بَعۡدِ مُوسَىٰٓ إِذۡ قَالُواْ لِنَبِيࣲّ لَّهُمُ ٱبۡعَثۡ لَنَا مَلِكࣰا نُّقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ هَلۡ عَسَيۡتُمۡ إِن كُتِبَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡقِتَالُ أَلَّا تُقَٰتِلُواْ ۖ قَالُواْ وَ مَا لَنَآ أَلَّا نُقَٰتِلَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ قَدۡ أُخۡرِجۡنَا مِن دِيَٰرِنَا وَ أَبۡنَآئِنَا ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقِتَالُ تَوَلَّوۡاْ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّنۡهُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٤٦﴾
Musodan keyingi Bani Isroildan boʻlgan aʼyonlarni bilmadingmi?! Vaqtiki oʻz Nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yoʻlida urush qilaylik», – dedilar. U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!» – dedi. Ular: «Bizga nima boʻlibdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yoʻlida urushmasak», – dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz oʻgirib ketdilar. Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir.
وَ قَالَ لَهُمۡ نَبِيُّهُمۡ إِنَّ ٱللَّهَ قَدۡ بَعَثَ لَكُمۡ طَالُوتَ مَلِكࣰا ۚ قَالُوٓاْ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ ٱلۡمُلۡكُ عَلَيۡنَا وَ نَحۡنُ أَحَقُّ بِٱلۡمُلۡكِ مِنۡهُ وَ لَمۡ يُؤۡتَ سَعَةࣰ مِّنَ ٱلۡمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰهُ عَلَيۡكُمۡ وَ زَادَهُۥ بَسۡطَةࣰ فِي ٱلۡعِلۡمِ وَ ٱلۡجِسۡمِ ۖ وَ ٱللَّهُ يُؤۡتِي مُلۡكَهُۥ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمࣱ﴿٢٤٧﴾
Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh boʻlsin. Undan koʻra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga koʻproq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning Oʻzi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, oʻshanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi.
وَ قَالَ لَهُمۡ نَبِيُّهُمۡ إِنَّ ءَايَةَ مُلۡكِهِۦٓ أَن يَأۡتِيَكُمُ ٱلتَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ بَقِيَّةࣱ مِّمَّا تَرَكَ ءَالُ مُوسَىٰ وَ ءَالُ هَٰرُونَ تَحۡمِلُهُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لَّكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٢٤٨﴾
Nabiylari ularga: «Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmogʻidir, unda xotirjamlik va Muso hamda Horun ahlidan qolgan qoldiq boʻlib, farishtalar koʻtarib kelur. Agar moʻmin boʻlsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor», – dedi.
فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِٱلۡجُنُودِ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ مُبۡتَلِيكُم بِنَهَرࣲ فَمَن شَرِبَ مِنۡهُ فَلَيۡسَ مِنِّي وَ مَن لَّمۡ يَطۡعَمۡهُ فَإِنَّهُۥ مِنِّيٓ إِلَّا مَنِ ٱغۡتَرَفَ غُرۡفَةَۢ بِيَدِهِۦ ۚ فَشَرِبُواْ مِنۡهُ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّنۡهُمۡ ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُۥ هُوَ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ قَالُواْ لَا طَاقَةَ لَنَا ٱلۡيَوۡمَ بِجَالُوتَ وَ جُنُودِهِۦ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُواْ ٱللَّهِ كَم مِّن فِئَةࣲ قَلِيلَةٍ غَلَبَتۡ فِئَةࣰ كَثِيرَةَۢ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿٢٤٩﴾
Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qoʻli bilan bir hoʻplam hoʻplasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan oʻtganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yoʻq», dedilar. Allohga roʻbaroʻ boʻlishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan koʻp sonli guruhlarga gʻolib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar.
وَ لَمَّا بَرَزُواْ لِجَالُوتَ وَ جُنُودِهِۦ قَالُواْ رَبَّنَآ أَفۡرِغۡ عَلَيۡنَا صَبۡرࣰا وَ ثَبِّتۡ أَقۡدَامَنَا وَ ٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٥٠﴾
Jolut va uning askarlariga roʻbaroʻ kelganlarida: «Robbimiz, bizga sabr toʻkkin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin», – dedilar.
فَهَزَمُوهُم بِإِذۡنِ ٱللَّهِ وَ قَتَلَ دَاوُۥدُ جَالُوتَ وَ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلۡمُلۡكَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ عَلَّمَهُۥ مِمَّا يَشَآءُ ۗ وَ لَوۡلَا دَفۡعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعۡضَهُم بِبَعۡضࣲ لَّفَسَدَتِ ٱلۡأَرۡضُ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ ذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٥١﴾
Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. Soʻngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini oʻrgatdi. Agar Allohning baʼzi (odam)larni baʼzilariga dafʼ qilishi boʻlmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir.
تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتۡلُوهَا عَلَيۡكَ بِٱلۡحَقِّ ۚ وَ إِنَّكَ لَمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٢٥٢﴾
Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Va, albatta, sen Paygʻambarlardandirsan.
تِلۡكَ ٱلرُّسُلُ فَضَّلۡنَا بَعۡضَهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۘ مِّنۡهُم مَّن كَلَّمَ ٱللَّهُ ۖ وَ رَفَعَ بَعۡضَهُمۡ دَرَجَٰتࣲ ۚ وَ ءَاتَيۡنَا عِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ أَيَّدۡنَٰهُ بِرُوحِ ٱلۡقُدُسِ ۗ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقۡتَتَلَ ٱلَّذِينَ مِنۢ بَعۡدِهِم مِّنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡهُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ وَ لَٰكِنِ ٱخۡتَلَفُواْ فَمِنۡهُم مَّنۡ ءَامَنَ وَ مِنۡهُم مَّن كَفَرَ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقۡتَتَلُواْ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَفۡعَلُ مَا يُرِيدُ﴿٢٥٣﴾
Bular Paygʻambarlar. Ularning baʼzilarini baʼzilaridan fazllik qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va baʼzilarining darajasini koʻtargan. Va Iyso ibn Maryamga oydin(moʻʼjiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qoʻlladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar oʻzlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan soʻng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰكُم مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ يَوۡمࣱ لَّا بَيۡعࣱ فِيهِ وَ لَا خُلَّةࣱ وَ لَا شَفَٰعَةࣱ ۗ وَ ٱلۡكَٰفِرُونَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٢٥٤﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-ogʻaynichilik va na shafoatchilik yoʻq Kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar — oʻshalar zolimlardir.
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡحَيُّ ٱلۡقَيُّومُ ۚ لَا تَأۡخُذُهُۥ سِنَةࣱ وَ لَا نَوۡمࣱ ۚ لَّهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ مَن ذَا ٱلَّذِي يَشۡفَعُ عِندَهُۥٓ إِلَّا بِإِذۡنِهِۦ ۚ يَعۡلَمُ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ مَا خَلۡفَهُمۡ ۖ وَ لَا يُحِيطُونَ بِشَيۡءࣲ مِّنۡ عِلۡمِهِۦٓ إِلَّا بِمَا شَآءَ ۚ وَسِعَ كُرۡسِيُّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ ۖ وَ لَا يَـُٔودُهُۥ حِفۡظُهُمَا ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَلِيُّ ٱلۡعَظِيمُ﴿٢٥٥﴾
Alloh, Undan oʻzga iloh yoʻq. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida Oʻzining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar Oʻzi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir.
لَآ إِكۡرَاهَ فِي ٱلدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ ٱلرُّشۡدُ مِنَ ٱلۡغَيِّ ۚ فَمَن يَكۡفُرۡ بِٱلطَّٰغُوتِ وَ يُؤۡمِنۢ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱسۡتَمۡسَكَ بِٱلۡعُرۡوَةِ ٱلۡوُثۡقَىٰ لَا ٱنفِصَامَ لَهَا ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿٢٥٦﴾
Dinga majbur qilish yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim togʻutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan boʻladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
ٱللَّهُ وَلِيُّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُخۡرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۖ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَوۡلِيَآؤُهُمُ ٱلطَّٰغُوتُ يُخۡرِجُونَهُم مِّنَ ٱلنُّورِ إِلَى ٱلظُّلُمَٰتِ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٥٧﴾
Alloh iymon keltirganlarning doʻstidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning doʻstlari togʻutlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِي حَآجَّ إِبۡرَٰهِـۧمَ فِي رَبِّهِۦٓ أَنۡ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلۡمُلۡكَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ رَبِّيَ ٱلَّذِي يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ قَالَ أَنَا۠ أُحۡيِۦ وَ أُمِيتُ ۖ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَأۡتِي بِٱلشَّمۡسِ مِنَ ٱلۡمَشۡرِقِ فَأۡتِ بِهَا مِنَ ٱلۡمَغۡرِبِ فَبُهِتَ ٱلَّذِي كَفَرَ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٥٨﴾
Alloh podshohlik berib qoʻygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: «Mening Robbim tiriltiradi va oʻldiradi», deganda, u: «Men tiriltiraman va oʻldiraman», – dedi. Ibrohim: «Albatta, Alloh quyoshni Mashriqdan chiqarur, bas, sen uni Magʻribdan chiqarging-chi», – dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va, Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
أَوۡ كَٱلَّذِي مَرَّ عَلَىٰ قَرۡيَةࣲ وَ هِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحۡيِۦ هَٰذِهِ ٱللَّهُ بَعۡدَ مَوۡتِهَا ۖ فَأَمَاتَهُ ٱللَّهُ مِاْئَةَ عَامࣲ ثُمَّ بَعَثَهُۥ ۖ قَالَ كَمۡ لَبِثۡتَ ۖ قَالَ لَبِثۡتُ يَوۡمًا أَوۡ بَعۡضَ يَوۡمࣲ ۖ قَالَ بَل لَّبِثۡتَ مِاْئَةَ عَامࣲ فَٱنظُرۡ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَ شَرَابِكَ لَمۡ يَتَسَنَّهۡ ۖ وَ ٱنظُرۡ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَ لِنَجۡعَلَكَ ءَايَةࣰ لِّلنَّاسِ ۖ وَ ٱنظُرۡ إِلَى ٱلۡعِظَامِ كَيۡفَ نُنشِزُهَا ثُمَّ نَكۡسُوهَا لَحۡمࣰا ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥ قَالَ أَعۡلَمُ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٢٥٩﴾
Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan oʻtgan kishiga oʻxshashni koʻrmadingmi? U: «Alloh buni oʻlimdan keyin qanday tiriltirur?» – dedi. Bas, Alloh uni yuz yil oʻldirdi, soʻngra, qayta tiriltirdi. «Qancha yotding?» – dedi. U: «Bir kun yoki bir kunning baʼzisicha yotdim», – dedi. «Balki, yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, oʻzgargani yoʻq va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq goʻsht kiygizamiz», – dedi. Unga ravshan boʻlganda: «Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim», – dedi.
وَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ رَبِّ أَرِنِي كَيۡفَ تُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ ۖ قَالَ أَوَلَمۡ تُؤۡمِن ۖ قَالَ بَلَىٰ وَ لَٰكِن لِّيَطۡمَئِنَّ قَلۡبِي ۖ قَالَ فَخُذۡ أَرۡبَعَةࣰ مِّنَ ٱلطَّيۡرِ فَصُرۡهُنَّ إِلَيۡكَ ثُمَّ ٱجۡعَلۡ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلࣲ مِّنۡهُنَّ جُزۡءࣰا ثُمَّ ٱدۡعُهُنَّ يَأۡتِينَكَ سَعۡيࣰا ۚ وَ ٱعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٢٦٠﴾
Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga oʻliklarni qanday tiriltirishingni koʻrsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam boʻlishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan toʻrtta olgin-da, oʻzingga tortib, kesib maydala, soʻngra, ulardan har bir toqqa boʻlaklarini qoʻygin, keyin ularni oʻzingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir».
مَّثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنۢبَتَتۡ سَبۡعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنۢبُلَةࣲ مِّاْئَةُ حَبَّةࣲ ۗ وَ ٱللَّهُ يُضَٰعِفُ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ﴿٢٦١﴾
Mollarini Allohning yoʻlida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga oʻxshaydir. Undan yetti boshoq oʻsib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana koʻpaytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir.
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ لَا يُتۡبِعُونَ مَآ أَنفَقُواْ مَنࣰّا وَ لَآ أَذࣰى لَّهُمۡ أَجۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٢٦٢﴾
Allohning yoʻlida mollarini sarflab, soʻngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
قَوۡلࣱ مَّعۡرُوفࣱ وَ مَغۡفِرَةٌ خَيۡرࣱ مِّن صَدَقَةࣲ يَتۡبَعُهَآ أَذࣰى ۗ وَ ٱللَّهُ غَنِيٌّ حَلِيمࣱ﴿٢٦٣﴾
Yaxshi soʻz va kechirish ortidan ozor keladigan sadaqadan koʻra yaxshiroqdir. Va Alloh Gʻaniy va Haliym Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُبۡطِلُواْ صَدَقَٰتِكُم بِٱلۡمَنِّ وَ ٱلۡأَذَىٰ كَٱلَّذِي يُنفِقُ مَالَهُۥ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَ لَا يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۖ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ صَفۡوَانٍ عَلَيۡهِ تُرَابࣱ فَأَصَابَهُۥ وَابِلࣱ فَتَرَكَهُۥ صَلۡدࣰا ۖ لَّا يَقۡدِرُونَ عَلَىٰ شَيۡءࣲ مِّمَّا كَسَبُواْ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٦٤﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga oʻxshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga oʻxshaydir. Bas, kuchli yomgʻir yogʻsa, silliq boʻlib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir boʻlmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas.
وَ مَثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمُ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِ ٱللَّهِ وَ تَثۡبِيتࣰا مِّنۡ أَنفُسِهِمۡ كَمَثَلِ جَنَّةِۭ بِرَبۡوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلࣱ فَـَٔاتَتۡ أُكُلَهَا ضِعۡفَيۡنِ فَإِن لَّمۡ يُصِبۡهَا وَابِلࣱ فَطَلࣱّ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرٌ﴿٢٦٥﴾
Mollarini Allohning roziligini istab, oʻzlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa oʻxshaydir. Unga qattiq yomgʻir yogʻsa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomgʻir yogʻmasa, maydalab yoqqani ham boʻlaveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
أَيَوَدُّ أَحَدُكُمۡ أَن تَكُونَ لَهُۥ جَنَّةࣱ مِّن نَّخِيلࣲ وَ أَعۡنَابࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ لَهُۥ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَ أَصَابَهُ ٱلۡكِبَرُ وَ لَهُۥ ذُرِّيَّةࣱ ضُعَفَآءُ فَأَصَابَهَآ إِعۡصَارࣱ فِيهِ نَارࣱ فَٱحۡتَرَقَتۡ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَتَفَكَّرُونَ﴿٢٦٦﴾
Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bogʻi boʻlaturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga oʻtli boʻron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa Oʻz oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنفِقُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا كَسَبۡتُمۡ وَ مِمَّآ أَخۡرَجۡنَا لَكُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ لَا تَيَمَّمُواْ ٱلۡخَبِيثَ مِنۡهُ تُنفِقُونَ وَ لَسۡتُم بِـَٔاخِذِيهِ إِلَّآ أَن تُغۡمِضُواْ فِيهِ ۚ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ﴿٢٦٧﴾
Ey, iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd etib sadaqa qilmang. Holbuki, uni oʻzingiz ham oluvchimassiz, magar koʻz yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan Zotdir.
ٱلشَّيۡطَٰنُ يَعِدُكُمُ ٱلۡفَقۡرَ وَ يَأۡمُرُكُم بِٱلۡفَحۡشَآءِ ۖ وَ ٱللَّهُ يَعِدُكُم مَّغۡفِرَةࣰ مِّنۡهُ وَ فَضۡلࣰا ۗ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمࣱ﴿٢٦٨﴾
Shayton sizga faqirlikni vaʼda qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga Oʻzidan magʻfirat va fazlni vaʼda qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.
يُؤۡتِي ٱلۡحِكۡمَةَ مَن يَشَآءُ ۚ وَ مَن يُؤۡتَ ٱلۡحِكۡمَةَ فَقَدۡ أُوتِيَ خَيۡرࣰا كَثِيرࣰا ۗ وَ مَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٢٦٩﴾
U kimni xohlasa, oʻshanga hikmatni berar. Kimga hikmat berilsa, unga koʻp yaxshilik berilgan boʻlar. Faqat aql egalarigina eslarlar.
وَ مَآ أَنفَقۡتُم مِّن نَّفَقَةٍ أَوۡ نَذَرۡتُم مِّن نَّذۡرࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُهُۥ ۗ وَ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنۡ أَنصَارٍ﴿٢٧٠﴾
Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yoʻqdir.
إِن تُبۡدُواْ ٱلصَّدَقَٰتِ فَنِعِمَّا هِيَ ۖ وَ إِن تُخۡفُوهَا وَ تُؤۡتُوهَا ٱلۡفُقَرَآءَ فَهُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۚ وَ يُكَفِّرُ عَنكُم مِّن سَيِّـَٔاتِكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿٢٧١﴾
Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
لَّيۡسَ عَلَيۡكَ هُدَىٰهُمۡ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۗ وَ مَا تُنفِقُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ فَلِأَنفُسِكُمۡ ۚ وَ مَا تُنفِقُونَ إِلَّا ٱبۡتِغَآءَ وَجۡهِ ٱللَّهِ ۚ وَ مَا تُنفِقُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ يُوَفَّ إِلَيۡكُمۡ وَ أَنتُمۡ لَا تُظۡلَمُونَ﴿٢٧٢﴾
Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻz foydangizga. Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻzingizga toʻlaligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas.
لِلۡفُقَرَآءِ ٱلَّذِينَ أُحۡصِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا يَسۡتَطِيعُونَ ضَرۡبࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ يَحۡسَبُهُمُ ٱلۡجَاهِلُ أَغۡنِيَآءَ مِنَ ٱلتَّعَفُّفِ تَعۡرِفُهُم بِسِيمَٰهُمۡ لَا يَسۡـَٔلُونَ ٱلنَّاسَ إِلۡحَافࣰا ۗ وَ مَا تُنفِقُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ﴿٢٧٣﴾
(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yoʻlida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir boʻlmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb oʻylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib soʻramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir.
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُم بِٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ سِرࣰّا وَ عَلَانِيَةࣰ فَلَهُمۡ أَجۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٢٧٤﴾
Kechasiyu kunduzi mollarini yashirin va oshkora nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
ٱلَّذِينَ يَأۡكُلُونَ ٱلرِّبَوٰاْ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِي يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيۡطَٰنُ مِنَ ٱلۡمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُوٓاْ إِنَّمَا ٱلۡبَيۡعُ مِثۡلُ ٱلرِّبَوٰاْ ۗ وَ أَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَيۡعَ وَ حَرَّمَ ٱلرِّبَوٰاْ ۚ فَمَن جَآءَهُۥ مَوۡعِظَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَ أَمۡرُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَ مَنۡ عَادَ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٧٥﴾
Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday boʻlishi ularning, tijorat ham riboga oʻxshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mavʼiza kelganda toʻxtasa, avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohning Oʻziga havola. Kimki, yana (riboga) qaytsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
يَمۡحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰاْ وَ يُرۡبِي ٱلصَّدَقَٰتِ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ﴿٢٧٦﴾
Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush koʻrmas.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ لَهُمۡ أَجۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٢٧٧﴾
Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ذَرُواْ مَا بَقِيَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓاْ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٢٧٨﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling.
فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ فَأۡذَنُواْ بِحَرۡبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۖ وَ إِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَ لَا تُظۡلَمُونَ﴿٢٧٩﴾
Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan boʻladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz oʻzingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.
وَ إِن كَانَ ذُو عُسۡرَةࣲ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيۡسَرَةࣲ ۚ وَ أَن تَصَدَّقُواْ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٢٨٠﴾
Agar nochor boʻlsa, boyiguncha intizor qiling. Sadaqa qilmogʻingiz, gar bilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshidir.
وَ ٱتَّقُواْ يَوۡمࣰا تُرۡجَعُونَ فِيهِ إِلَى ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا كَسَبَتۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٢٨١﴾
Allohga qaytariladigan kuningizdan qoʻrqing. Soʻngra, har bir jon qilganiga yarasha toʻliq oladur. Ularga zulm qilinmas.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا تَدَايَنتُم بِدَيۡنٍ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى فَٱكۡتُبُوهُ ۚ وَ لۡيَكۡتُب بَّيۡنَكُمۡ كَاتِبُۢ بِٱلۡعَدۡلِ ۚ وَ لَا يَأۡبَ كَاتِبٌ أَن يَكۡتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ ٱللَّهُ ۚ فَلۡيَكۡتُبۡ وَ لۡيُمۡلِلِ ٱلَّذِي عَلَيۡهِ ٱلۡحَقُّ وَ لۡيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ وَ لَا يَبۡخَسۡ مِنۡهُ شَيۡـࣰٔا ۚ فَإِن كَانَ ٱلَّذِي عَلَيۡهِ ٱلۡحَقُّ سَفِيهًا أَوۡ ضَعِيفًا أَوۡ لَا يَسۡتَطِيعُ أَن يُمِلَّ هُوَ فَلۡيُمۡلِلۡ وَلِيُّهُۥ بِٱلۡعَدۡلِ ۚ وَ ٱسۡتَشۡهِدُواْ شَهِيدَيۡنِ مِن رِّجَالِكُمۡ ۖ فَإِن لَّمۡ يَكُونَا رَجُلَيۡنِ فَرَجُلࣱ وَ ٱمۡرَأَتَانِ مِمَّن تَرۡضَوۡنَ مِنَ ٱلشُّهَدَآءِ أَن تَضِلَّ إِحۡدَىٰهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحۡدَىٰهُمَا ٱلۡأُخۡرَىٰ ۚ وَ لَا يَأۡبَ ٱلشُّهَدَآءُ إِذَا مَا دُعُواْ ۚ وَ لَا تَسۡـَٔمُوٓاْ أَن تَكۡتُبُوهُ صَغِيرًا أَوۡ كَبِيرًا إِلَىٰٓ أَجَلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمۡ أَقۡسَطُ عِندَ ٱللَّهِ وَ أَقۡوَمُ لِلشَّهَٰدَةِ وَ أَدۡنَىٰٓ أَلَّا تَرۡتَابُوٓاْ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً حَاضِرَةࣰ تُدِيرُونَهَا بَيۡنَكُمۡ فَلَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَلَّا تَكۡتُبُوهَا ۗ وَ أَشۡهِدُوٓاْ إِذَا تَبَايَعۡتُمۡ ۚ وَ لَا يُضَآرَّ كَاتِبࣱ وَ لَا شَهِيدࣱ ۚ وَ إِن تَفۡعَلُواْ فَإِنَّهُۥ فُسُوقُۢ بِكُمۡ ۗ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۖ وَ يُعَلِّمُكُمُ ٱللَّهُ ۗ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿٢٨٢﴾
Ey, iymon keltirganlar! Maʼlum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda, uni yozib qoʻying. Orangizda bir yozuvchi adolat bilan yozsin. Hech bir yozuvchi Alloh bildirganidek qilib yozishdan bosh tortmasin. Bas, yozsin va haq zimmasiga tushgan kishi aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan hech narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tushgan kishi esi past, zaif yoki aytib tura olmaydigan boʻlsa, uning valiyi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qiling. Agar ikki er kishi boʻlmasa, oʻzingiz rozi boʻladigan guvohlardan bir er kishi va ikki ayol kishi boʻlsin. Ikkovi(ayol)dan birortalari adashsa, birlari boshqalarining esiga soladi. Va chaqirilgan vaqtda guvohlar bosh tortmasinlar. Kichik boʻlsa ham, katta boʻlsa ham, muddatigacha yozishingizni malol olmang. Shundoq qilmogʻingiz, Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuchliroq va shubhalanmasligingiz uchun yaqinroqdir. Magar oralaringizda yurib turgan naqd savdo boʻlsa, yozmasangiz ham, sizga gunoh boʻlmas. Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.
وَ إِن كُنتُمۡ عَلَىٰ سَفَرࣲ وَ لَمۡ تَجِدُواْ كَاتِبࣰا فَرِهَٰنࣱ مَّقۡبُوضَةࣱ ۖ فَإِنۡ أَمِنَ بَعۡضُكُم بَعۡضࣰا فَلۡيُؤَدِّ ٱلَّذِي ٱؤۡتُمِنَ أَمَٰنَتَهُۥ وَ لۡيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ ۗ وَ لَا تَكۡتُمُواْ ٱلشَّهَٰدَةَ ۚ وَ مَن يَكۡتُمۡهَا فَإِنَّهُۥٓ ءَاثِمࣱ قَلۡبُهُۥ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ عَلِيمࣱ﴿٢٨٣﴾
Agar safarda boʻlsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qoʻlga olinadigan garov boʻlsin. Agar baʼzingiz baʼzingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir.
لِّلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ إِن تُبۡدُواْ مَا فِيٓ أَنفُسِكُمۡ أَوۡ تُخۡفُوهُ يُحَاسِبۡكُم بِهِ ٱللَّهُ ۖ فَيَغۡفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿٢٨٤﴾
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, magʻfirat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir.
ءَامَنَ ٱلرَّسُولُ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡهِ مِن رَّبِّهِۦ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ مَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَ كُتُبِهِۦ وَ رُسُلِهِۦ لَا نُفَرِّقُ بَيۡنَ أَحَدࣲ مِّن رُّسُلِهِۦ ۚ وَ قَالُواْ سَمِعۡنَا وَ أَطَعۡنَا ۖ غُفۡرَانَكَ رَبَّنَا وَ إِلَيۡكَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٢٨٥﴾
Paygʻambar unga oʻz Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va moʻminlar ham. Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga hamma-hamma iymon keltirdi. Uning Paygʻambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va: «Eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), magʻfiratingni soʻraymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar.
لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفۡسًا إِلَّا وُسۡعَهَا ۚ لَهَا مَا كَسَبَتۡ وَ عَلَيۡهَا مَا ٱكۡتَسَبَتۡ ۗ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذۡنَآ إِن نَّسِينَآ أَوۡ أَخۡطَأۡنَا ۚ رَبَّنَا وَ لَا تَحۡمِلۡ عَلَيۡنَآ إِصۡرࣰا كَمَا حَمَلۡتَهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِنَا ۚ رَبَّنَا وَ لَا تُحَمِّلۡنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِۦ ۖ وَ ٱعۡفُ عَنَّا وَ ٱغۡفِرۡ لَنَا وَ ٱرۡحَمۡنَآ ۚ أَنتَ مَوۡلَىٰنَا فَٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٨٦﴾
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham oʻz kasbidan, zarari ham oʻz kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga oʻxshash ogʻirlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, magʻfirat qil va rahim et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni gʻolib qil.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Baqara. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sigir.
Mazmuni: Sura imonni faqat e’tiqod sifatida emas, balki hayot tarziga aylantirishni ko‘rsatadi. Qiblaning o‘zgarishi, Bani Isroil bilan bog‘liq saboqlar, ro‘za, haj, nikoh va taloq, qarz, savdo, sadaqa hamda jihodga oid ko‘rsatmalar musulmon jamoasining mas’uliyatli hayotini shakllantiradi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.