Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Oli Imron surasi

سورة آل عمران

Oli Imron surasi

Imron oilasi · Оли Имрон сураси

3-sura200 oyatMadaniy3-pora

Oli Imron surasi — Qurʼoni Karimning 3-surasi. U 200 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Imron oilasi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 3:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓمٓ﴿١﴾

    Alif. Laam. Miym.

  2. 3:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡحَيُّ ٱلۡقَيُّومُ﴿٢﴾

    Alloh — Undan oʻzga iloh yoʻq. U tirik va qayyum Zotdir.

  3. 3:3Mushafda oʻqish ↗

    نَزَّلَ عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَ أَنزَلَ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَ ٱلۡإِنجِيلَ﴿٣﴾

    U senga kitobni haq ila oʻzidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.

  4. 3:4Mushafda oʻqish ↗

    مِن قَبۡلُ هُدࣰى لِّلنَّاسِ وَ أَنزَلَ ٱلۡفُرۡقَانَ ۗ إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدࣱ ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزࣱ ذُو ٱنتِقَامٍ﴿٤﴾

    Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir.

  5. 3:5Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَخۡفَىٰ عَلَيۡهِ شَيۡءࣱ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فِي ٱلسَّمَآءِ﴿٥﴾

    Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy qolmaydigan Zotdir.

  6. 3:6Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُصَوِّرُكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡحَامِ كَيۡفَ يَشَآءُ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٦﴾

    U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan oʻzga iloh yoʻq. U Aziyz va Hakiym Zotdir.

  7. 3:7Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ مِنۡهُ ءَايَٰتࣱ مُّحۡكَمَٰتٌ هُنَّ أُمُّ ٱلۡكِتَٰبِ وَ أُخَرُ مُتَشَٰبِهَٰتࣱ ۖ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمۡ زَيۡغࣱ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَٰبَهَ مِنۡهُ ٱبۡتِغَآءَ ٱلۡفِتۡنَةِ وَ ٱبۡتِغَآءَ تَأۡوِيلِهِۦ ۖ وَ مَا يَعۡلَمُ تَأۡوِيلَهُۥٓ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ وَ ٱلرَّٰسِخُونَ فِي ٱلۡعِلۡمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِۦ كُلࣱّ مِّنۡ عِندِ رَبِّنَا ۗ وَ مَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٧﴾

    U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan ogʻish borlar fitna maqsadida va uni taʼviyl qilish maqsadida undan mutashobih boʻlganiga ergashadir. Uning taʼviylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit boʻlganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar.

  8. 3:8Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَا لَا تُزِغۡ قُلُوبَنَا بَعۡدَ إِذۡ هَدَيۡتَنَا وَ هَبۡ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحۡمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡوَهَّابُ﴿٨﴾

    Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan soʻng qalblarimizni ogʻdirmagin va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening Oʻzing koʻplab ato qiluvchisan.

  9. 3:9Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَآ إِنَّكَ جَامِعُ ٱلنَّاسِ لِيَوۡمࣲ لَّا رَيۡبَ فِيهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخۡلِفُ ٱلۡمِيعَادَ﴿٩﴾

    Ey Robbimiz, albatta, Sen odamlarni kelishiga shubha yoʻq kunda yigʻuvchisan. Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas.

  10. 3:10Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغۡنِيَ عَنۡهُمۡ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ وَقُودُ ٱلنَّارِ﴿١٠﴾

    Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas. Ana oʻshalar, oʻzlari doʻzaxning yoqilgʻisidirlar.

  11. 3:11Mushafda oʻqish ↗

    كَدَأۡبِ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ وَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿١١﴾

    Firʼavn ahlining va ulardan oldingilarning holiga oʻxshar. Ular oyatlarimizni yolgʻonga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.

  12. 3:12Mushafda oʻqish ↗

    قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ سَتُغۡلَبُونَ وَ تُحۡشَرُونَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ﴿١٢﴾

    Kufr keltirganlarga: «Tezda magʻlub boʻlasizlar va jahannamga yigʻilasizlar, u qandoq ham yomon joy», deb ayt.

  13. 3:13Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ كَانَ لَكُمۡ ءَايَةࣱ فِي فِئَتَيۡنِ ٱلۡتَقَتَا ۖ فِئَةࣱ تُقَٰتِلُ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ أُخۡرَىٰ كَافِرَةࣱ يَرَوۡنَهُم مِّثۡلَيۡهِمۡ رَأۡيَ ٱلۡعَيۡنِ ۚ وَ ٱللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصۡرِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبۡرَةࣰ لِّأُوْلِي ٱلۡأَبۡصَٰرِ﴿١٣﴾

    «Sizga toʻqnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yoʻlida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular oʻz koʻzlari bilan (dushman) oʻzlariga ikki barobarligini koʻrib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, oʻshani Oʻz nusrati ila qoʻllaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt.

  14. 3:14Mushafda oʻqish ↗

    زُيِّنَ لِلنَّاسِ حُبُّ ٱلشَّهَوَٰتِ مِنَ ٱلنِّسَآءِ وَ ٱلۡبَنِينَ وَ ٱلۡقَنَٰطِيرِ ٱلۡمُقَنطَرَةِ مِنَ ٱلذَّهَبِ وَ ٱلۡفِضَّةِ وَ ٱلۡخَيۡلِ ٱلۡمُسَوَّمَةِ وَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ وَ ٱلۡحَرۡثِ ۗ ذَٰلِكَ مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ ٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسۡنُ ٱلۡمَـَٔابِ﴿١٤﴾

    Odamlarga ayollardan, bolalardan, toʻp-toʻp tillo va kumushdan, goʻzal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor.

  15. 3:15Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَؤُنَبِّئُكُم بِخَيۡرࣲ مِّن ذَٰلِكُمۡ ۖ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ عِندَ رَبِّهِمۡ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَ أَزۡوَٰجࣱ مُّطَهَّرَةࣱ وَ رِضۡوَٰنࣱ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ﴿١٥﴾

    Sen: «Oʻsha narsalaringizdan yaxshirogʻining xabarini beraymi?! Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni koʻrib turuvchidir», deb ayt.

  16. 3:16Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ إِنَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغۡفِرۡ لَنَا ذُنُوبَنَا وَ قِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ﴿١٦﴾

    Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni magʻfirat qilgin va doʻzax azobidan saqlagin», deydiganlardir.

  17. 3:17Mushafda oʻqish ↗

    ٱلصَّٰبِرِينَ وَ ٱلصَّٰدِقِينَ وَ ٱلۡقَٰنِتِينَ وَ ٱلۡمُنفِقِينَ وَ ٱلۡمُسۡتَغۡفِرِينَ بِٱلۡأَسۡحَارِ﴿١٧﴾

    Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istigʻfor aytuvchilardir.

  18. 3:18Mushafda oʻqish ↗

    شَهِدَ ٱللَّهُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَ أُوْلُواْ ٱلۡعِلۡمِ قَآئِمَۢا بِٱلۡقِسۡطِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١٨﴾

    Alloh adolat ila turib, albatta, Undan oʻzga iloh yoʻqligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan oʻzga iloh yoʻq. U aziyz va hakiym Zotdir.

  19. 3:19Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلۡإِسۡلَٰمُ ۗ وَ مَا ٱخۡتَلَفَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلۡعِلۡمُ بَغۡيَۢا بَيۡنَهُمۡ ۗ وَ مَن يَكۡفُرۡ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿١٩﴾

    Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan soʻng, oʻzaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir.

  20. 3:20Mushafda oʻqish ↗

    فَإِنۡ حَآجُّوكَ فَقُلۡ أَسۡلَمۡتُ وَجۡهِيَ لِلَّهِ وَ مَنِ ٱتَّبَعَنِ ۗ وَ قُل لِّلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡأُمِّيِّـۧنَ ءَأَسۡلَمۡتُمۡ ۚ فَإِنۡ أَسۡلَمُواْ فَقَدِ ٱهۡتَدَواْ ۖ وَّ إِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا عَلَيۡكَ ٱلۡبَلَٰغُ ۗ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ﴿٢٠﴾

    Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz oʻgirsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni koʻrib turuvchidir.

  21. 3:21Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ يَقۡتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيۡرِ حَقࣲّ وَ يَقۡتُلُونَ ٱلَّذِينَ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡقِسۡطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرۡهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ﴿٢١﴾

    Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini oʻldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber.

  22. 3:22Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ مَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٢٢﴾

    Ana oʻshalar, amallari bu dunyo-yu oxiratda habata boʻlganlardir va ularga yordam beruvchilar yoʻqdir.

  23. 3:23Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبࣰا مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ يُدۡعَوۡنَ إِلَىٰ كِتَٰبِ ٱللَّهِ لِيَحۡكُمَ بَيۡنَهُمۡ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقࣱ مِّنۡهُمۡ وَ هُم مُّعۡرِضُونَ﴿٢٣﴾

    Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz oʻgirib ortga qaytarlar.

  24. 3:24Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُواْ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامࣰا مَّعۡدُودَٰتࣲ ۖ وَ غَرَّهُمۡ فِي دِينِهِم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٢٤﴾

    Buning sababi — ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech oʻt tegmas», deganlaridadir. Toʻqigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.

  25. 3:25Mushafda oʻqish ↗

    فَكَيۡفَ إِذَا جَمَعۡنَٰهُمۡ لِيَوۡمࣲ لَّا رَيۡبَ فِيهِ وَ وُفِّيَتۡ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا كَسَبَتۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٢٥﴾

    Unda, boʻlishida shubha yoʻq kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday boʻladir?

  26. 3:26Mushafda oʻqish ↗

    قُلِ ٱللَّهُمَّ مَٰلِكَ ٱلۡمُلۡكِ تُؤۡتِي ٱلۡمُلۡكَ مَن تَشَآءُ وَ تَنزِعُ ٱلۡمُلۡكَ مِمَّن تَشَآءُ وَ تُعِزُّ مَن تَشَآءُ وَ تُذِلُّ مَن تَشَآءُ ۖ بِيَدِكَ ٱلۡخَيۡرُ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٢٦﴾

    Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qoʻlingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.

  27. 3:27Mushafda oʻqish ↗

    تُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَ تُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ ۖ وَ تُخۡرِجُ ٱلۡحَيَّ مِنَ ٱلۡمَيِّتِ وَ تُخۡرِجُ ٱلۡمَيِّتَ مِنَ ٱلۡحَيِّ ۖ وَ تَرۡزُقُ مَن تَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿٢٧﴾

    Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, oʻlikdan tirikni chiqarursan va tirikdan oʻlikni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt.

  28. 3:28Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَتَّخِذِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۖ وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ فَلَيۡسَ مِنَ ٱللَّهِ فِي شَيۡءٍ إِلَّآ أَن تَتَّقُواْ مِنۡهُمۡ تُقَىٰةࣰ ۗ وَ يُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفۡسَهُۥ ۗ وَ إِلَى ٱللَّهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿٢٨﴾

    Moʻminlar moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yoʻq. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni Oʻz(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning Oʻzigadir.

  29. 3:29Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِن تُخۡفُواْ مَا فِي صُدُورِكُمۡ أَوۡ تُبۡدُوهُ يَعۡلَمۡهُ ٱللَّهُ ۗ وَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٢٩﴾

    Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.

  30. 3:30Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ تَجِدُ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا عَمِلَتۡ مِنۡ خَيۡرࣲ مُّحۡضَرࣰا وَ مَا عَمِلَتۡ مِن سُوٓءࣲ تَوَدُّ لَوۡ أَنَّ بَيۡنَهَا وَ بَيۡنَهُۥٓ أَمَدَۢا بَعِيدࣰا ۗ وَ يُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفۡسَهُۥ ۗ وَ ٱللَّهُ رَءُوفُۢ بِٱلۡعِبَادِ﴿٣٠﴾

    Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada boʻlishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni Oʻz(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir.

  31. 3:31Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِن كُنتُمۡ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِي يُحۡبِبۡكُمُ ٱللَّهُ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ذُنُوبَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٣١﴾

    Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qiladir», deb ayt. Alloh Gʻafur va Rohiymdir.

  32. 3:32Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٣٢﴾

    Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.

  33. 3:33Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰٓ ءَادَمَ وَ نُوحࣰا وَ ءَالَ إِبۡرَٰهِيمَ وَ ءَالَ عِمۡرَٰنَ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٣٣﴾

    Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.

  34. 3:34Mushafda oʻqish ↗

    ذُرِّيَّةَۢ بَعۡضُهَا مِنۢ بَعۡضࣲ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿٣٤﴾

    Baʼzilari baʼzilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.

  35. 3:35Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَتِ ٱمۡرَأَتُ عِمۡرَٰنَ رَبِّ إِنِّي نَذَرۡتُ لَكَ مَا فِي بَطۡنِي مُحَرَّرࣰا فَتَقَبَّلۡ مِنِّيٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٣٥﴾

    Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini Oʻzingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening Oʻzing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla!

  36. 3:36Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا وَضَعَتۡهَا قَالَتۡ رَبِّ إِنِّي وَضَعۡتُهَآ أُنثَىٰ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا وَضَعَتۡ وَ لَيۡسَ ٱلذَّكَرُ كَٱلۡأُنثَىٰ ۖ وَ إِنِّي سَمَّيۡتُهَا مَرۡيَمَ وَ إِنِّيٓ أُعِيذُهَا بِكَ وَ ذُرِّيَّتَهَا مِنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ﴿٣٦﴾

    Uni (Maryamni) tuqqan chogʻida: «Ey Robbim, men buni qiz tugʻdim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va oʻgʻil qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qoʻydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»

  37. 3:37Mushafda oʻqish ↗

    فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنࣲ وَ أَنۢبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنࣰا وَ كَفَّلَهَا زَكَرِيَّا ۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيۡهَا زَكَرِيَّا ٱلۡمِحۡرَابَ وَجَدَ عِندَهَا رِزۡقࣰا ۖ قَالَ يَٰمَرۡيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَٰذَا ۖ قَالَتۡ هُوَ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَرۡزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابٍ﴿٣٧﴾

    Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda goʻzal oʻstirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq koʻrdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi.

  38. 3:38Mushafda oʻqish ↗

    هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُۥ ۖ قَالَ رَبِّ هَبۡ لِي مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةࣰ طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ﴿٣٨﴾

    Shu chogʻda Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga Oʻz huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.

  39. 3:39Mushafda oʻqish ↗

    فَنَادَتۡهُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَ هُوَ قَآئِمࣱ يُصَلِّي فِي ٱلۡمِحۡرَابِ أَنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحۡيَىٰ مُصَدِّقَۢا بِكَلِمَةࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ سَيِّدࣰا وَ حَصُورࣰا وَ نَبِيࣰّا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٣٩﴾

    Mehrobda namoz oʻqib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan boʻlgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Paygʻambarlardan boʻlgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar.

  40. 3:40Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي غُلَٰمࣱ وَ قَدۡ بَلَغَنِيَ ٱلۡكِبَرُ وَ ٱمۡرَأَتِي عَاقِرࣱ ۖ قَالَ كَذَٰلِكَ ٱللَّهُ يَفۡعَلُ مَا يَشَآءُ﴿٤٠﴾

    U: «Ey Robbim, menga qandoq oʻgʻil boʻlsin?! Oʻzim ulugʻ yoshga kirgan boʻlsam, xotinim tugʻmas boʻlsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi.

  41. 3:41Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱجۡعَل لِّيٓ ءَايَةࣰ ۖ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَةَ أَيَّامٍ إِلَّا رَمۡزࣰا ۗ وَ ٱذۡكُر رَّبَّكَ كَثِيرࣰا وَ سَبِّحۡ بِٱلۡعَشِيِّ وَ ٱلۡإِبۡكَٰرِ﴿٤١﴾

    U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi. U zot: «Sening belging — uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni koʻp esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi.

  42. 3:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَتِ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرۡيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰكِ وَ طَهَّرَكِ وَ ٱصۡطَفَىٰكِ عَلَىٰ نِسَآءِ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٢﴾

    Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.

  43. 3:43Mushafda oʻqish ↗

    يَٰمَرۡيَمُ ٱقۡنُتِي لِرَبِّكِ وَ ٱسۡجُدِي وَ ٱرۡكَعِي مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ﴿٤٣﴾

    Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom boʻl, Unga sajda qil va rukuʼ qiluvchilar bilan rukuʼ qil», deganlarini esla.

  44. 3:44Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ ٱلۡغَيۡبِ نُوحِيهِ إِلَيۡكَ ۚ وَ مَا كُنتَ لَدَيۡهِمۡ إِذۡ يُلۡقُونَ أَقۡلَٰمَهُمۡ أَيُّهُمۡ يَكۡفُلُ مَرۡيَمَ وَ مَا كُنتَ لَدَيۡهِمۡ إِذۡ يَخۡتَصِمُونَ﴿٤٤﴾

    Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili boʻlishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.

  45. 3:45Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَتِ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرۡيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةࣲ مِّنۡهُ ٱسۡمُهُ ٱلۡمَسِيحُ عِيسَى ٱبۡنُ مَرۡيَمَ وَجِيهࣰا فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ مِنَ ٱلۡمُقَرَّبِينَ﴿٤٥﴾

    Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga Oʻzidan boʻlgan soʻzning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obroʻli va yaqin bandalardandir.

  46. 3:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِي ٱلۡمَهۡدِ وَ كَهۡلࣰا وَ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٤٦﴾

    U odamlarga beshikda ham, qarigan chogʻida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla.

  47. 3:47Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي وَلَدࣱ وَ لَمۡ يَمۡسَسۡنِي بَشَرࣱ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ ٱللَّهُ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمۡرࣰا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٤٧﴾

    U: «Ey Robbim, menga bashar qoʻl tekkizmagan boʻlsa, qanday qilib bolam boʻladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Boʻl!» deyishi kifoya, boʻlaveradi», – dedi.

  48. 3:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُعَلِّمُهُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَ ٱلۡإِنجِيلَ﴿٤٨﴾

    Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrgatadi.

  49. 3:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَسُولًا إِلَىٰ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ أَنِّي قَدۡ جِئۡتُكُم بِـَٔايَةࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ أَنِّيٓ أَخۡلُقُ لَكُم مِّنَ ٱلطِّينِ كَهَيۡـَٔةِ ٱلطَّيۡرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيۡرَۢا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۖ وَ أُبۡرِئُ ٱلۡأَكۡمَهَ وَ ٱلۡأَبۡرَصَ وَ أُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۖ وَ أُنَبِّئُكُم بِمَا تَأۡكُلُونَ وَ مَا تَدَّخِرُونَ فِي بُيُوتِكُمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لَّكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٤٩﴾

    Va Bani Isroilga Paygʻambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan moʻʼjiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga oʻxshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush boʻladi. Alloh izni bilan tugʻma koʻr va peslarni tuzataman va oʻlikni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar moʻmin boʻlsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi.

  50. 3:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيَّ مِنَ ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَ لِأُحِلَّ لَكُم بَعۡضَ ٱلَّذِي حُرِّمَ عَلَيۡكُمۡ ۚ وَ جِئۡتُكُم بِـَٔايَةࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿٥٠﴾

    Va oʻzimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib, sizga harom qilinganning baʼzisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan moʻʼjiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.

  51. 3:51Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ رَبِّي وَ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطࣱ مُّسۡتَقِيمࣱ﴿٥١﴾

    Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu — sirotul mustaqiymdir», deydir.

  52. 3:52Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنۡهُمُ ٱلۡكُفۡرَ قَالَ مَنۡ أَنصَارِيٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلۡحَوَارِيُّونَ نَحۡنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ ٱشۡهَدۡ بِأَنَّا مُسۡلِمُونَ﴿٥٢﴾

    Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yoʻlida menga yordamchi boʻladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh boʻl», – dedilar.

  53. 3:53Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَآ ءَامَنَّا بِمَآ أَنزَلۡتَ وَ ٱتَّبَعۡنَا ٱلرَّسُولَ فَٱكۡتُبۡنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿٥٣﴾

    «Ey Robbimiz! Sen tushirgan narsaga iymon keltirdik va Paygʻambarga ergashdik. Bas, bizni guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin».

  54. 3:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَكَرُواْ وَ مَكَرَ ٱللَّهُ ۖ وَ ٱللَّهُ خَيۡرُ ٱلۡمَٰكِرِينَ﴿٥٤﴾

    Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zoʻri»dir.

  55. 3:55Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَىٰٓ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَ رَافِعُكَ إِلَيَّ وَ مُطَهِّرُكَ مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ جَاعِلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوكَ فَوۡقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرۡجِعُكُمۡ فَأَحۡكُمُ بَيۡنَكُمۡ فِيمَا كُنتُمۡ فِيهِ تَخۡتَلِفُونَ﴿٥٥﴾

    Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va Oʻzimga koʻtaruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qoʻyuvchiman. Soʻngra, qaytish joyingiz Oʻzimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz boʻyicha orangizda Oʻzim hukm chiqarurman», deganini esla!

  56. 3:56Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَأُعَذِّبُهُمۡ عَذَابࣰا شَدِيدࣰا فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ مَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٥٦﴾

    Bas, kufr keltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam beruvchilar yoʻqdir.

  57. 3:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمۡ أُجُورَهُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥٧﴾

    Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini toʻliq beradi. Va Alloh zolimlarni xush koʻrmas.

  58. 3:58Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ نَتۡلُوهُ عَلَيۡكَ مِنَ ٱلۡأٓيَٰتِ وَ ٱلذِّكۡرِ ٱلۡحَكِيمِ﴿٥٨﴾

    Bu, senga tilovat qilib berayotgan oyatlarimiz va hakim eslatmadandir.

  59. 3:59Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِندَ ٱللَّهِ كَمَثَلِ ءَادَمَ ۖ خَلَقَهُۥ مِن تُرَابࣲ ثُمَّ قَالَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٥٩﴾

    Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga oʻxshaydir. Uni tuproqdan yaratib, soʻngra unga «Boʻl!» dedi, bas, (u) boʻldi.

  60. 3:60Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلۡمُمۡتَرِينَ﴿٦٠﴾

    Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan boʻlma.

  61. 3:61Mushafda oʻqish ↗

    فَمَنۡ حَآجَّكَ فِيهِ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ فَقُلۡ تَعَالَوۡاْ نَدۡعُ أَبۡنَآءَنَا وَ أَبۡنَآءَكُمۡ وَ نِسَآءَنَا وَ نِسَآءَكُمۡ وَ أَنفُسَنَا وَ أَنفُسَكُمۡ ثُمَّ نَبۡتَهِلۡ فَنَجۡعَل لَّعۡنَتَ ٱللَّهِ عَلَى ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٦١﴾

    Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: «Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz oʻzimizni, siz oʻzingizni chaqiramiz-da, soʻngra yolborib, yolgʻonchilarga Allohning laʼnati boʻlishini soʻraymiz», deb aytgin.

  62. 3:62Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلۡقَصَصُ ٱلۡحَقُّ ۚ وَ مَا مِنۡ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٦٢﴾

    Albatta, bu oʻzi haq qissadir. Allohdan oʻzga hech bir iloh yoʻq. Albatta, Alloh, Uning Oʻzi Aziyz va Hakiym Zotdir.

  63. 3:63Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٦٣﴾

    Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.

  64. 3:64Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ تَعَالَوۡاْ إِلَىٰ كَلِمَةࣲ سَوَآءِۭ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَكُمۡ أَلَّا نَعۡبُدَ إِلَّا ٱللَّهَ وَ لَا نُشۡرِكَ بِهِۦ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَتَّخِذَ بَعۡضُنَا بَعۡضًا أَرۡبَابࣰا مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقُولُواْ ٱشۡهَدُواْ بِأَنَّا مُسۡلِمُونَ﴿٦٤﴾

    Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar soʻzga keling: Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoʻyib, baʼzimiz baʼzimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz oʻgirsalar: «Guvoh boʻlinglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar.

  65. 3:65Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لِمَ تُحَآجُّونَ فِيٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ مَآ أُنزِلَتِ ٱلتَّوۡرَىٰةُ وَ ٱلۡإِنجِيلُ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٦٥﴾

    Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!

  66. 3:66Mushafda oʻqish ↗

    هَٰٓأَنتُمۡ هَٰٓؤُلَآءِ حَٰجَجۡتُمۡ فِيمَا لَكُم بِهِۦ عِلۡمࣱ فَلِمَ تُحَآجُّونَ فِيمَا لَيۡسَ لَكُم بِهِۦ عِلۡمࣱ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ وَ أَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٦٦﴾

    Hoy sizlar, haligilar! Oʻzingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga oʻzingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladir, siz esa bilmaysiz.

  67. 3:67Mushafda oʻqish ↗

    مَا كَانَ إِبۡرَٰهِيمُ يَهُودِيࣰّا وَ لَا نَصۡرَانِيࣰّا وَ لَٰكِن كَانَ حَنِيفࣰا مُّسۡلِمࣰا وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٦٧﴾

    Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmagan edi. Lekin u haq yoʻldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham boʻlmagan edi.

  68. 3:68Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ أَوۡلَى ٱلنَّاسِ بِإِبۡرَٰهِيمَ لَلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ وَ هَٰذَا ٱلنَّبِيُّ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۗ وَ ٱللَّهُ وَلِيُّ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٦٨﴾

    Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirogʻi unga ergashganlar, mana bu Paygʻambar va iymon keltirganlardir. Alloh moʻminlarning valiyidir.

  69. 3:69Mushafda oʻqish ↗

    وَدَّت طَّآئِفَةࣱ مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ لَوۡ يُضِلُّونَكُمۡ وَ مَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمۡ وَ مَا يَشۡعُرُونَ﴿٦٩﴾

    Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar. Ular oʻzlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar.

  70. 3:70Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لِمَ تَكۡفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ أَنتُمۡ تَشۡهَدُونَ﴿٧٠﴾

    Ey, ahli kitoblar, nimaga oʻzingiz guvoh boʻlib turib, Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?!

  71. 3:71Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لِمَ تَلۡبِسُونَ ٱلۡحَقَّ بِٱلۡبَٰطِلِ وَ تَكۡتُمُونَ ٱلۡحَقَّ وَ أَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٧١﴾

    Ey, ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?!

  72. 3:72Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَت طَّآئِفَةࣱ مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ ءَامِنُواْ بِٱلَّذِيٓ أُنزِلَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَجۡهَ ٱلنَّهَارِ وَ ٱكۡفُرُوٓاْ ءَاخِرَهُۥ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٧٢﴾

    Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar.

  73. 3:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تُؤۡمِنُوٓاْ إِلَّا لِمَن تَبِعَ دِينَكُمۡ قُلۡ إِنَّ ٱلۡهُدَىٰ هُدَى ٱللَّهِ أَن يُؤۡتَىٰٓ أَحَدࣱ مِّثۡلَ مَآ أُوتِيتُمۡ أَوۡ يُحَآجُّوكُمۡ عِندَ رَبِّكُمۡ ۗ قُلۡ إِنَّ ٱلۡفَضۡلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمࣱ﴿٧٣﴾

    Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qoʻlida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.

  74. 3:74Mushafda oʻqish ↗

    يَخۡتَصُّ بِرَحۡمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٧٤﴾

    Oʻz rahmatini xohlagan kishisiga xos qiladir va Alloh ulugʻ fazl egasidir», deb ayt.

  75. 3:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ مَنۡ إِن تَأۡمَنۡهُ بِقِنطَارࣲ يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيۡكَ وَ مِنۡهُم مَّنۡ إِن تَأۡمَنۡهُ بِدِينَارࣲ لَّا يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيۡكَ إِلَّا مَا دُمۡتَ عَلَيۡهِ قَآئِمࣰا ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُواْ لَيۡسَ عَلَيۡنَا فِي ٱلۡأُمِّيِّـۧنَ سَبِيلࣱ وَ يَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿٧٥﴾

    Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qoʻysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qoʻysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yoʻl yoʻq, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolgʻon soʻzlarlar.

  76. 3:76Mushafda oʻqish ↗

    بَلَىٰ ۚ مَنۡ أَوۡفَىٰ بِعَهۡدِهِۦ وَ ٱتَّقَىٰ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٧٦﴾

    Yoʻq! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor boʻlsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush koʻradi.

  77. 3:77Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَشۡتَرُونَ بِعَهۡدِ ٱللَّهِ وَ أَيۡمَٰنِهِمۡ ثَمَنࣰا قَلِيلًا أُوْلَٰٓئِكَ لَا خَلَٰقَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ وَ لَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ وَ لَا يَنظُرُ إِلَيۡهِمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ لَا يُزَكِّيهِمۡ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٧٧﴾

    Allohning ahdini va oʻz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana oʻshalarga oxiratda nasiba yoʻqdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.

  78. 3:78Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ مِنۡهُمۡ لَفَرِيقࣰا يَلۡوُۥنَ أَلۡسِنَتَهُم بِٱلۡكِتَٰبِ لِتَحۡسَبُوهُ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ مَا هُوَ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ يَقُولُونَ هُوَ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ وَ مَا هُوَ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۖ وَ يَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿٧٨﴾

    Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan boʻlmagan narsani kitobdan deb oʻylashingiz uchun kitobni tillarini burib oʻqirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolgʻon soʻzlarlar.

  79. 3:79Mushafda oʻqish ↗

    مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤۡتِيَهُ ٱللَّهُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحُكۡمَ وَ ٱلنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُواْ عِبَادࣰا لِّي مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ لَٰكِن كُونُواْ رَبَّٰنِيِّـۧنَ بِمَا كُنتُمۡ تُعَلِّمُونَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ بِمَا كُنتُمۡ تَدۡرُسُونَ﴿٧٩﴾

    Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni berganidan soʻng, u odamlarga: «Allohni koʻyib menga banda boʻlinglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni oʻrgatganingiz va oʻzingiz oʻrganganingiz asosida Robboniylar boʻling», deydi.

  80. 3:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَأۡمُرَكُمۡ أَن تَتَّخِذُواْ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ وَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ أَرۡبَابًا ۚ أَيَأۡمُرُكُم بِٱلۡكُفۡرِ بَعۡدَ إِذۡ أَنتُم مُّسۡلِمُونَ﴿٨٠﴾

    U sizlarni farishtalar va Paygʻambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas. U sizni musulmon boʻlganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!

  81. 3:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ لَمَآ ءَاتَيۡتُكُم مِّن كِتَٰبࣲ وَ حِكۡمَةࣲ ثُمَّ جَآءَكُمۡ رَسُولࣱ مُّصَدِّقࣱ لِّمَا مَعَكُمۡ لَتُؤۡمِنُنَّ بِهِۦ وَ لَتَنصُرُنَّهُۥ ۚ قَالَ ءَأَقۡرَرۡتُمۡ وَ أَخَذۡتُمۡ عَلَىٰ ذَٰلِكُمۡ إِصۡرِي ۖ قَالُوٓاْ أَقۡرَرۡنَا ۚ قَالَ فَٱشۡهَدُواْ وَ أَنَا۠ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿٨١﴾

    Alloh Paygʻambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Paygʻambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror boʻldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror boʻldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh boʻlinglar, men ham guvoh boʻluvchilardanman», – dedi.

  82. 3:82Mushafda oʻqish ↗

    فَمَن تَوَلَّىٰ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٨٢﴾

    Kim bundan keyin yuz oʻgirib ketsa, bas, ana oʻshalar fosiqlardir.

  83. 3:83Mushafda oʻqish ↗

    أَفَغَيۡرَ دِينِ ٱللَّهِ يَبۡغُونَ وَ لَهُۥٓ أَسۡلَمَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ طَوۡعࣰا وَ كَرۡهࣰا وَ إِلَيۡهِ يُرۡجَعُونَ﴿٨٣﴾

    Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga boʻysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!!

  84. 3:84Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ مَآ أُنزِلَ عَلَيۡنَا وَ مَآ أُنزِلَ عَلَىٰٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ وَ ٱلۡأَسۡبَاطِ وَ مَآ أُوتِيَ مُوسَىٰ وَ عِيسَىٰ وَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمۡ لَا نُفَرِّقُ بَيۡنَ أَحَدࣲ مِّنۡهُمۡ وَ نَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ﴿٨٤﴾

    Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Paygʻambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt!

  85. 3:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَبۡتَغِ غَيۡرَ ٱلۡإِسۡلَٰمِ دِينࣰا فَلَن يُقۡبَلَ مِنۡهُ وَ هُوَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٨٥﴾

    Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardan boʻlur.

  86. 3:86Mushafda oʻqish ↗

    كَيۡفَ يَهۡدِي ٱللَّهُ قَوۡمࣰا كَفَرُواْ بَعۡدَ إِيمَٰنِهِمۡ وَ شَهِدُوٓاْ أَنَّ ٱلرَّسُولَ حَقࣱّ وَ جَآءَهُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ ۚ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٨٦﴾

    Iymonidan, Paygʻambarning haqligiga guvohlik berganidan va ularga ochiq bayonotlar kelganidan keyin kufr ketgan qavmni Alloh qanday qilib, hidoyatga solsin. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.

  87. 3:87Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُمۡ أَنَّ عَلَيۡهِمۡ لَعۡنَةَ ٱللَّهِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ وَ ٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ﴿٨٧﴾

    Ana oʻshalarning jazosi ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlishidir.

  88. 3:88Mushafda oʻqish ↗

    خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَ لَا هُمۡ يُنظَرُونَ﴿٨٨﴾

    Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.

  89. 3:89Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ وَ أَصۡلَحُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿٨٩﴾

    Magar shundoq boʻlgandan keyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar boʻlsa, bas, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.

  90. 3:90Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بَعۡدَ إِيمَٰنِهِمۡ ثُمَّ ٱزۡدَادُواْ كُفۡرࣰا لَّن تُقۡبَلَ تَوۡبَتُهُمۡ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلضَّآلُّونَ﴿٩٠﴾

    Albatta, iymonlaridan keyin kufr keltirib, soʻngra kufri ziyoda boʻlganlarning tavbasi hech-hech qabul qilinmas. Ana oʻshalar adashganlardir.

  91. 3:91Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ مَاتُواْ وَ هُمۡ كُفَّارࣱ فَلَن يُقۡبَلَ مِنۡ أَحَدِهِم مِّلۡءُ ٱلۡأَرۡضِ ذَهَبࣰا وَ لَوِ ٱفۡتَدَىٰ بِهِۦٓ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ وَ مَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٩١﴾

    Albatta, kufr keltirib, kofir holida oʻlganlarning birortasidan, agar yer yuzi toʻla oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana oʻshalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yoʻq.

  92. 3:92Mushafda oʻqish ↗

    لَن تَنَالُواْ ٱلۡبِرَّ حَتَّىٰ تُنفِقُواْ مِمَّا تُحِبُّونَ ۚ وَ مَا تُنفِقُواْ مِن شَيۡءࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمࣱ﴿٩٢﴾

    Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir.

  93. 3:93Mushafda oʻqish ↗

    كُلُّ ٱلطَّعَامِ كَانَ حِلࣰّا لِّبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ إِلَّا مَا حَرَّمَ إِسۡرَٰٓءِيلُ عَلَىٰ نَفۡسِهِۦ مِن قَبۡلِ أَن تُنَزَّلَ ٱلتَّوۡرَىٰةُ ۚ قُلۡ فَأۡتُواْ بِٱلتَّوۡرَىٰةِ فَٱتۡلُوهَآ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٩٣﴾

    Tavrot tushishidan oldin Isroil oʻziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Tavrotni keltirib oʻqinglar», deb ayt!

  94. 3:94Mushafda oʻqish ↗

    فَمَنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٩٤﴾

    Shundan keyin ham, kimki Alloh haqida yolgʻon toʻqisa, bas, ana oʻshalar zolimlardir.

  95. 3:95Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ صَدَقَ ٱللَّهُ ۗ فَٱتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبۡرَٰهِيمَ حَنِيفࣰا ۖ وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٩٥﴾

    Alloh rost aytdi. Ibrohimning yoʻldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan boʻlmagan edi.

  96. 3:96Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ أَوَّلَ بَيۡتࣲ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِي بِبَكَّةَ مُبَارَكࣰا وَ هُدࣰى لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿٩٦﴾

    Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qoʻyilgan birinchi uy Bakkadagi uydir.

  97. 3:97Mushafda oʻqish ↗

    فِيهِ ءَايَٰتُۢ بَيِّنَٰتࣱ مَّقَامُ إِبۡرَٰهِيمَ ۖ وَ مَن دَخَلَهُۥ كَانَ ءَامِنࣰا ۗ وَ لِلَّهِ عَلَى ٱلنَّاسِ حِجُّ ٱلۡبَيۡتِ مَنِ ٱسۡتَطَاعَ إِلَيۡهِ سَبِيلࣰا ۚ وَ مَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِيٌّ عَنِ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٩٧﴾

    Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch boʻladir. Odamlardan yoʻlini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir.

  98. 3:98Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لِمَ تَكۡفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا تَعۡمَلُونَ﴿٩٨﴾

    Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.

  99. 3:99Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ تَبۡغُونَهَا عِوَجࣰا وَ أَنتُمۡ شُهَدَآءُ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٩٩﴾

    Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yoʻlidan toʻsib, qaytarasiz?! Oʻzingiz shohid boʻlib turib, u(yoʻl)ning qingʻir boʻlishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir.

  100. 3:100Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تُطِيعُواْ فَرِيقࣰا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ يَرُدُّوكُم بَعۡدَ إِيمَٰنِكُمۡ كَٰفِرِينَ﴿١٠٠﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Agar kitob berilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan keyin sizni kofirlikka qaytaradir.

  101. 3:101Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَيۡفَ تَكۡفُرُونَ وَ أَنتُمۡ تُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ وَ فِيكُمۡ رَسُولُهُۥ ۗ وَ مَن يَعۡتَصِم بِٱللَّهِ فَقَدۡ هُدِيَ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿١٠١﴾

    Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan boʻlsa-yu, Uning Rasuli ichingizda boʻlsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, toʻgʻri yoʻlga hidoyat topgan boʻladir.

  102. 3:102Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِۦ وَ لَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَ أَنتُم مُّسۡلِمُونَ﴿١٠٢﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan oʻting.

  103. 3:103Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡتَصِمُواْ بِحَبۡلِ ٱللَّهِ جَمِيعࣰا وَ لَا تَفَرَّقُواْ ۚ وَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ إِذۡ كُنتُمۡ أَعۡدَآءࣰ فَأَلَّفَ بَيۡنَ قُلُوبِكُمۡ فَأَصۡبَحۡتُم بِنِعۡمَتِهِۦٓ إِخۡوَٰنࣰا وَ كُنتُمۡ عَلَىٰ شَفَا حُفۡرَةࣲ مِّنَ ٱلنَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنۡهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿١٠٣﴾

    Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va boʻlinib ketmang. Va Allohning sizga bergan neʼmatini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning neʼmati ila birodar boʻldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga Oʻz oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.

  104. 3:104Mushafda oʻqish ↗

    وَ لۡتَكُن مِّنكُمۡ أُمَّةࣱ يَدۡعُونَ إِلَى ٱلۡخَيۡرِ وَ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿١٠٤﴾

    Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru maʼruf, nahyu munkar qiladigan bir ummat boʻlsin. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir.

  105. 3:105Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ تَفَرَّقُواْ وَ ٱخۡتَلَفُواْ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿١٠٥﴾

    Oʻzlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin boʻlinib, ixtilofga tushganlarga oʻxshash boʻlmanglar, ana oʻshalarga ulugʻ azob bordir.

  106. 3:106Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ تَبۡيَضُّ وُجُوهࣱ وَ تَسۡوَدُّ وُجُوهࣱ ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسۡوَدَّتۡ وُجُوهُهُمۡ أَكَفَرۡتُم بَعۡدَ إِيمَٰنِكُمۡ فَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡفُرُونَ﴿١٠٦﴾

    Yuzlar oq va yuzlar qora boʻladigan kunda yuzlari qora boʻlganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir boʻldingizmi?! Kufr keltirgan boʻlganingiz uchun azobni tatib koʻring», deyilur.

  107. 3:107Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ ٱبۡيَضَّتۡ وُجُوهُهُمۡ فَفِي رَحۡمَةِ ٱللَّهِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿١٠٧﴾

    Yuzlari oq boʻlganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda abadiy qolurlar.

  108. 3:108Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتۡلُوهَا عَلَيۡكَ بِٱلۡحَقِّ ۗ وَ مَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلۡمࣰا لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠٨﴾

    Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilmoqdamiz. Alloh odamlarga zulmni xohlamas.

  109. 3:109Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿١٠٩﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak.

  110. 3:110Mushafda oʻqish ↗

    كُنتُمۡ خَيۡرَ أُمَّةٍ أُخۡرِجَتۡ لِلنَّاسِ تَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ تَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ تُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ ۗ وَ لَوۡ ءَامَنَ أَهۡلُ ٱلۡكِتَٰبِ لَكَانَ خَيۡرࣰا لَّهُم ۚ مِّنۡهُمُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَ أَكۡثَرُهُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿١١٠﴾

    Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boʻldingiz. Amru maʼruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, oʻzlariga yaxshi boʻlar edi. Ulardan moʻminlari bor. Koʻplari fosiqdirlar.

  111. 3:111Mushafda oʻqish ↗

    لَن يَضُرُّوكُمۡ إِلَّآ أَذࣰى ۖ وَ إِن يُقَٰتِلُوكُمۡ يُوَلُّوكُمُ ٱلۡأَدۡبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ﴿١١١﴾

    Ular sizlarga ozor berishdan oʻzga hech qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. Soʻngra, ularga yordam berilmas.

  112. 3:112Mushafda oʻqish ↗

    ضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيۡنَ مَا ثُقِفُوٓاْ إِلَّا بِحَبۡلࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ حَبۡلࣲ مِّنَ ٱلنَّاسِ وَ بَآءُو بِغَضَبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ ضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلۡمَسۡكَنَةُ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَانُواْ يَكۡفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ يَقۡتُلُونَ ٱلۡأَنۢبِيَآءَ بِغَيۡرِ حَقࣲّ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّ كَانُواْ يَعۡتَدُونَ﴿١١٢﴾

    Alloh ipi boʻlmasa yoki odamlar ipi boʻlmasa, ularga qayerda boʻlsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning gʻazabi lozim boʻldi va miskinlik bitildi. Bunday boʻlishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirishlari sababidandir. Bunday boʻlishligi ularning osiy boʻlganlari va haddan oshganlari sababidandir.

  113. 3:113Mushafda oʻqish ↗

    لَيۡسُواْ سَوَآءࣰ ۗ مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ أُمَّةࣱ قَآئِمَةࣱ يَتۡلُونَ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ءَانَآءَ ٱلَّيۡلِ وَ هُمۡ يَسۡجُدُونَ﴿١١٣﴾

    Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan hollarida kechasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.

  114. 3:114Mushafda oʻqish ↗

    يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡخَيۡرَٰتِ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١١٤﴾

    Ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirurlar, amru maʼruf va nahyu munkar qilurlar va yaxshiliklarga shoshilurlar. Ana oʻshalar ahli solihlardandir.

  115. 3:115Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَفۡعَلُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ فَلَن يُكۡفَرُوهُ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلۡمُتَّقِينَ﴿١١٥﴾

    Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.

  116. 3:116Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغۡنِيَ عَنۡهُمۡ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿١١٦﴾

    Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.

  117. 3:117Mushafda oʻqish ↗

    مَثَلُ مَا يُنفِقُونَ فِي هَٰذِهِ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا كَمَثَلِ رِيحࣲ فِيهَا صِرٌّ أَصَابَتۡ حَرۡثَ قَوۡمࣲ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فَأَهۡلَكَتۡهُ ۚ وَ مَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَ لَٰكِنۡ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿١١٧﴾

    Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli oʻziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga oʻxshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular oʻzlariga zulm qildilar.

  118. 3:118Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ بِطَانَةࣰ مِّن دُونِكُمۡ لَا يَأۡلُونَكُمۡ خَبَالࣰا وَدُّواْ مَا عَنِتُّمۡ قَدۡ بَدَتِ ٱلۡبَغۡضَآءُ مِنۡ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَ مَا تُخۡفِي صُدُورُهُمۡ أَكۡبَرُ ۚ قَدۡ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ ۖ إِن كُنتُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿١١٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qoʻymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari ogʻizlaridagi(soʻzlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan boʻlsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik.

  119. 3:119Mushafda oʻqish ↗

    هَٰٓأَنتُمۡ أُوْلَآءِ تُحِبُّونَهُمۡ وَ لَا يُحِبُّونَكُمۡ وَ تُؤۡمِنُونَ بِٱلۡكِتَٰبِ كُلِّهِۦ وَ إِذَا لَقُوكُمۡ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَ إِذَا خَلَوۡاْ عَضُّواْ عَلَيۡكُمُ ٱلۡأَنَامِلَ مِنَ ٱلۡغَيۡظِ ۚ قُلۡ مُوتُواْ بِغَيۡظِكُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿١١٩﴾

    Hoy, sizlar! Ularni yaxshi koʻrasizlar-u, ular sizni yaxshi koʻrmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni koʻrganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga boʻlgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan oʻlib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir.

  120. 3:120Mushafda oʻqish ↗

    إِن تَمۡسَسۡكُمۡ حَسَنَةࣱ تَسُؤۡهُمۡ وَ إِن تُصِبۡكُمۡ سَيِّئَةࣱ يَفۡرَحُواْ بِهَا ۖ وَ إِن تَصۡبِرُواْ وَ تَتَّقُواْ لَا يَضُرُّكُمۡ كَيۡدُهُمۡ شَيۡـًٔا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعۡمَلُونَ مُحِيطࣱ﴿١٢٠﴾

    Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon boʻladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand boʻlarlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.

  121. 3:121Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ غَدَوۡتَ مِنۡ أَهۡلِكَ تُبَوِّئُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ مَقَٰعِدَ لِلۡقِتَالِ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿١٢١﴾

    Ahlingdan ertalab chiqib, moʻminlarni urush joylariga turgʻizganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

  122. 3:122Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ هَمَّت طَّآئِفَتَانِ مِنكُمۡ أَن تَفۡشَلَا وَ ٱللَّهُ وَلِيُّهُمَا ۗ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١٢٢﴾

    Sizlardan ikki toifa qoʻrqib zaiflashmoqchi boʻlganini esla! Alloh ularning valiyidir. Moʻminlar faqat Allohning Oʻziga tavakkal qilsinlar.

  123. 3:123Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ بِبَدۡرࣲ وَ أَنتُمۡ أَذِلَّةࣱ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿١٢٣﴾

    Batahqiq, Badrda oz boʻlsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz.

  124. 3:124Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ تَقُولُ لِلۡمُؤۡمِنِينَ أَلَن يَكۡفِيَكُمۡ أَن يُمِدَّكُمۡ رَبُّكُم بِثَلَٰثَةِ ءَالَٰفࣲ مِّنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ مُنزَلِينَ﴿١٢٤﴾

    Moʻminlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermogʻi kifoya qilmasmi?!» deganingni esla!

  125. 3:125Mushafda oʻqish ↗

    بَلَىٰٓ ۚ إِن تَصۡبِرُواْ وَ تَتَّقُواْ وَ يَأۡتُوكُم مِّن فَوۡرِهِمۡ هَٰذَا يُمۡدِدۡكُمۡ رَبُّكُم بِخَمۡسَةِ ءَالَٰفࣲ مِّنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ﴿١٢٥﴾

    «Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir».

  126. 3:126Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشۡرَىٰ لَكُمۡ وَ لِتَطۡمَئِنَّ قُلُوبُكُم بِهِۦ ۗ وَ مَا ٱلنَّصۡرُ إِلَّا مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَكِيمِ﴿١٢٦﴾

    Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat Aziyz va Hakiym Allohning huzuridandir.

  127. 3:127Mushafda oʻqish ↗

    لِيَقۡطَعَ طَرَفࣰا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَوۡ يَكۡبِتَهُمۡ فَيَنقَلِبُواْ خَآئِبِينَ﴿١٢٧﴾

    Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid boʻlib qaytsinlar.

  128. 3:128Mushafda oʻqish ↗

    لَيۡسَ لَكَ مِنَ ٱلۡأَمۡرِ شَيۡءٌ أَوۡ يَتُوبَ عَلَيۡهِمۡ أَوۡ يُعَذِّبَهُمۡ فَإِنَّهُمۡ ظَٰلِمُونَ﴿١٢٨﴾

    Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir.

  129. 3:129Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ يَغۡفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٢٩﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini magʻfirat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

  130. 3:130Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأۡكُلُواْ ٱلرِّبَوٰٓاْ أَضۡعَٰفࣰا مُّضَٰعَفَةࣰ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿١٣٠﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz.

  131. 3:131Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِيٓ أُعِدَّتۡ لِلۡكَٰفِرِينَ﴿١٣١﴾

    Va kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan olovdan qoʻrqing.

  132. 3:132Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿١٣٢﴾

    Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki, rahm qilinsangiz.

  133. 3:133Mushafda oʻqish ↗

    وَ سَارِعُوٓاْ إِلَىٰ مَغۡفِرَةࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ جَنَّةٍ عَرۡضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَ ٱلۡأَرۡضُ أُعِدَّتۡ لِلۡمُتَّقِينَ﴿١٣٣﴾

    Robbingizdan boʻlgan magʻfiratga va kengligi osmonlaru yercha boʻlgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan jannatga shoshiling.

  134. 3:134Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي ٱلسَّرَّآءِ وَ ٱلضَّرَّآءِ وَ ٱلۡكَٰظِمِينَ ٱلۡغَيۡظَ وَ ٱلۡعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِ ۗ وَ ٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٣٤﴾

    Ular yengillikda ham, ogʻirlikda ham nafaqa qiladiganlar, gʻazabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.

  135. 3:135Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ إِذَا فَعَلُواْ فَٰحِشَةً أَوۡ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ ذَكَرُواْ ٱللَّهَ فَٱسۡتَغۡفَرُواْ لِذُنُوبِهِمۡ وَ مَن يَغۡفِرُ ٱلذُّنُوبَ إِلَّا ٱللَّهُ وَ لَمۡ يُصِرُّواْ عَلَىٰ مَا فَعَلُواْ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿١٣٥﴾

    Va ular fohisha ish yoki oʻzlariga zulm qilgan chogʻlarida Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat qilishni soʻrarlar, gunohlarini Allohdan oʻzga kim ham magʻfirat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom boʻlmaslar.

  136. 3:136Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغۡفِرَةࣱ مِّن رَّبِّهِمۡ وَ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَ نِعۡمَ أَجۡرُ ٱلۡعَٰمِلِينَ﴿١٣٦﴾

    Ana oʻshalarning mukofotlari — Robbilaridan boʻlgan magʻfirat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar boʻlib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

  137. 3:137Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِكُمۡ سُنَنࣱ فَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُكَذِّبِينَ﴿١٣٧﴾

    Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar.

  138. 3:138Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا بَيَانࣱ لِّلنَّاسِ وَ هُدࣰى وَ مَوۡعِظَةࣱ لِّلۡمُتَّقِينَ﴿١٣٨﴾

    Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir.

  139. 3:139Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَهِنُواْ وَ لَا تَحۡزَنُواْ وَ أَنتُمُ ٱلۡأَعۡلَوۡنَ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٣٩﴾

    Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar.

  140. 3:140Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَمۡسَسۡكُمۡ قَرۡحࣱ فَقَدۡ مَسَّ ٱلۡقَوۡمَ قَرۡحࣱ مِّثۡلُهُۥ ۚ وَ تِلۡكَ ٱلۡأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيۡنَ ٱلنَّاسِ وَ لِيَعۡلَمَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ يَتَّخِذَ مِنكُمۡ شُهَدَآءَ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٤٠﴾

    Agar sizga jarohat yetgan boʻlsa, u qavmga ham shunga oʻxshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas.

  141. 3:141Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِيُمَحِّصَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ يَمۡحَقَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٤١﴾

    Toki, Alloh moʻminlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.

  142. 3:142Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ حَسِبۡتُمۡ أَن تَدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ وَ لَمَّا يَعۡلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ مِنكُمۡ وَ يَعۡلَمَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿١٤٢﴾

    Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?!

  143. 3:143Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ كُنتُمۡ تَمَنَّوۡنَ ٱلۡمَوۡتَ مِن قَبۡلِ أَن تَلۡقَوۡهُ فَقَدۡ رَأَيۡتُمُوهُ وَ أَنتُمۡ تَنظُرُونَ﴿١٤٣﴾

    Duchor boʻlmasingizdan oldin oʻlimni orzu qilgan edingiz. Endi uni koʻrib, nazar solib turibsiz.

  144. 3:144Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولࣱ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِ ٱلرُّسُلُ ۚ أَفَإِيْن مَّاتَ أَوۡ قُتِلَ ٱنقَلَبۡتُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَٰبِكُمۡ ۚ وَ مَن يَنقَلِبۡ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِ فَلَن يَضُرَّ ٱللَّهَ شَيۡـࣰٔا ۚ وَ سَيَجۡزِي ٱللَّهُ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿١٤٤﴾

    Muhammad ham bir Paygʻambar, xolos. Undan avval ham Paygʻambarlar oʻtgan. Agar u oʻlsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.

  145. 3:145Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لِنَفۡسٍ أَن تَمُوتَ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ كِتَٰبࣰا مُّؤَجَّلࣰا ۗ وَ مَن يُرِدۡ ثَوَابَ ٱلدُّنۡيَا نُؤۡتِهِۦ مِنۡهَا وَ مَن يُرِدۡ ثَوَابَ ٱلۡأٓخِرَةِ نُؤۡتِهِۦ مِنۡهَا ۚ وَ سَنَجۡزِي ٱلشَّٰكِرِينَ﴿١٤٥﴾

    Hech bir jon Allohning iznisiz oʻlmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga oʻshandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.

  146. 3:146Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَأَيِّن مِّن نَّبِيࣲّ قَٰتَلَ مَعَهُۥ رِبِّيُّونَ كَثِيرࣱ فَمَا وَهَنُواْ لِمَآ أَصَابَهُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ مَا ضَعُفُواْ وَ مَا ٱسۡتَكَانُواْ ۗ وَ ٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿١٤٦﴾

    Qanchadan-qancha Paygʻambarlar bilan birga koʻplab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yoʻlida yetgan musiybatdan boʻshashmaganlar, zaiflashmaganlar va boʻysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir.

  147. 3:147Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ قَوۡلَهُمۡ إِلَّآ أَن قَالُواْ رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لَنَا ذُنُوبَنَا وَ إِسۡرَافَنَا فِيٓ أَمۡرِنَا وَ ثَبِّتۡ أَقۡدَامَنَا وَ ٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٤٧﴾

    Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni Oʻzing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan oʻzga gapni aytmaganlar.

  148. 3:148Mushafda oʻqish ↗

    فَـَٔاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ ثَوَابَ ٱلدُّنۡيَا وَ حُسۡنَ ثَوَابِ ٱلۡأٓخِرَةِ ۗ وَ ٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٤٨﴾

    Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning goʻzal savobini berdi. Alloh goʻzal amal qiluvchilarni sevadir.

  149. 3:149Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تُطِيعُواْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَرُدُّوكُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَٰبِكُمۡ فَتَنقَلِبُواْ خَٰسِرِينَ﴿١٤٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon koʻrguvchilarga aylanib qolursiz.

  150. 3:150Mushafda oʻqish ↗

    بَلِ ٱللَّهُ مَوۡلَىٰكُمۡ ۖ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلنَّٰصِرِينَ﴿١٥٠﴾

    Yoʻq! Alloh xoʻjangizdir. Va U yordam beruvchilarning yaxshisidir!

  151. 3:151Mushafda oʻqish ↗

    سَنُلۡقِي فِي قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلرُّعۡبَ بِمَآ أَشۡرَكُواْ بِٱللَّهِ مَا لَمۡ يُنَزِّلۡ بِهِۦ سُلۡطَٰنࣰا ۖ وَ مَأۡوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَ بِئۡسَ مَثۡوَى ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٥١﴾

    Tezda, kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qoʻrquvni solurmiz. Ularning qarorgohi doʻzaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon!

  152. 3:152Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ صَدَقَكُمُ ٱللَّهُ وَعۡدَهُۥٓ إِذۡ تَحُسُّونَهُم بِإِذۡنِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا فَشِلۡتُمۡ وَ تَنَٰزَعۡتُمۡ فِي ٱلۡأَمۡرِ وَ عَصَيۡتُم مِّنۢ بَعۡدِ مَآ أَرَىٰكُم مَّا تُحِبُّونَ ۚ مِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلدُّنۡيَا وَ مِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلۡأٓخِرَةَ ۚ ثُمَّ صَرَفَكُمۡ عَنۡهُمۡ لِيَبۡتَلِيَكُمۡ ۖ وَ لَقَدۡ عَفَا عَنكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ ذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٥٢﴾

    Batahqiq, Alloh vaʼdasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani koʻrsatganidan soʻng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. Soʻngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh moʻminlarga fazl egasi boʻlgan Zotdir.

  153. 3:153Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ تُصۡعِدُونَ وَ لَا تَلۡوُۥنَ عَلَىٰٓ أَحَدࣲ وَ ٱلرَّسُولُ يَدۡعُوكُمۡ فِيٓ أُخۡرَىٰكُمۡ فَأَثَٰبَكُمۡ غَمَّۢا بِغَمࣲّ لِّكَيۡلَا تَحۡزَنُواْ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمۡ وَ لَا مَآ أَصَٰبَكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٥٣﴾

    Paygʻambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. Oʻtgan narsaga va yetgan musiybatga xafa boʻlmasligingiz uchun sizga gʻam ustiga gʻam berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir.

  154. 3:154Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَنزَلَ عَلَيۡكُم مِّنۢ بَعۡدِ ٱلۡغَمِّ أَمَنَةࣰ نُّعَاسࣰا يَغۡشَىٰ طَآئِفَةࣰ مِّنكُمۡ ۖ وَ طَآئِفَةࣱ قَدۡ أَهَمَّتۡهُمۡ أَنفُسُهُمۡ يَظُنُّونَ بِٱللَّهِ غَيۡرَ ٱلۡحَقِّ ظَنَّ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ ۖ يَقُولُونَ هَل لَّنَا مِنَ ٱلۡأَمۡرِ مِن شَيۡءࣲ ۗ قُلۡ إِنَّ ٱلۡأَمۡرَ كُلَّهُۥ لِلَّهِ ۗ يُخۡفُونَ فِيٓ أَنفُسِهِم مَّا لَا يُبۡدُونَ لَكَ ۖ يَقُولُونَ لَوۡ كَانَ لَنَا مِنَ ٱلۡأَمۡرِ شَيۡءࣱ مَّا قُتِلۡنَا هَٰهُنَا ۗ قُل لَّوۡ كُنتُمۡ فِي بُيُوتِكُمۡ لَبَرَزَ ٱلَّذِينَ كُتِبَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقَتۡلُ إِلَىٰ مَضَاجِعِهِمۡ ۖ وَ لِيَبۡتَلِيَ ٱللَّهُ مَا فِي صُدُورِكُمۡ وَ لِيُمَحِّصَ مَا فِي قُلُوبِكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿١٥٤﴾

    Soʻngra, gʻamdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, oʻzi bilan ovora boʻlib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qoʻlimizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qoʻlimizda bir ish boʻlganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda boʻlsangiz ham, qatl boʻlish taqdirida yozilganlar oʻz oʻlim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh koʻksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh koʻksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt.

  155. 3:155Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَلَّوۡاْ مِنكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡتَقَى ٱلۡجَمۡعَانِ إِنَّمَا ٱسۡتَزَلَّهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ بِبَعۡضِ مَا كَسَبُواْ ۖ وَ لَقَدۡ عَفَا ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمࣱ﴿١٥٥﴾

    Ikki toʻp toʻqnashgan kuni sizlardan yuz oʻgirib qochganlarni baʼzi qilgan ishlari tufayli shayton yoʻldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  156. 3:156Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ قَالُواْ لِإِخۡوَٰنِهِمۡ إِذَا ضَرَبُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَوۡ كَانُواْ غُزࣰّى لَّوۡ كَانُواْ عِندَنَا مَا مَاتُواْ وَ مَا قُتِلُواْ لِيَجۡعَلَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ حَسۡرَةࣰ فِي قُلُوبِهِمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿١٥٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va gʻoziy boʻlgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda boʻlganlarida oʻlmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga oʻxshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va oʻldirur. Alloh qilgan amallaringizni koʻruvchi Zotdir.

  157. 3:157Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِن قُتِلۡتُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوۡ مُتُّمۡ لَمَغۡفِرَةࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَ رَحۡمَةٌ خَيۡرࣱ مِّمَّا يَجۡمَعُونَ﴿١٥٧﴾

    Garchi Alloh yoʻlida qatl qilinsangiz ham yoki oʻlsangiz ham, Allohdan boʻladigan magʻfirat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.

  158. 3:158Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِن مُّتُّمۡ أَوۡ قُتِلۡتُمۡ لَإِلَى ٱللَّهِ تُحۡشَرُونَ﴿١٥٨﴾

    Garchi oʻlsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yigʻilursiz.

  159. 3:159Mushafda oʻqish ↗

    فَبِمَا رَحۡمَةࣲ مِّنَ ٱللَّهِ لِنتَ لَهُمۡ ۖ وَ لَوۡ كُنتَ فَظًّا غَلِيظَ ٱلۡقَلۡبِ لَٱنفَضُّواْ مِنۡ حَوۡلِكَ ۖ فَٱعۡفُ عَنۡهُمۡ وَ ٱسۡتَغۡفِرۡ لَهُمۡ وَ شَاوِرۡهُمۡ فِي ٱلۡأَمۡرِ ۖ فَإِذَا عَزَمۡتَ فَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُتَوَكِّلِينَ﴿١٥٩﴾

    Allohning rahmati ila ularga muloyim boʻlding. Agar qoʻpol, qalbi qattiq boʻlganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istigʻfor ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan soʻng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir.

  160. 3:160Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَنصُرۡكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمۡ ۖ وَ إِن يَخۡذُلۡكُمۡ فَمَن ذَا ٱلَّذِي يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعۡدِهِۦ ۗ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١٦٠﴾

    Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan gʻolib keluvchi yoʻq. Agar sizni tashlab qoʻysa, Undan oʻzga kim ham yordam berar edi. Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.

  161. 3:161Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَغُلَّ ۚ وَ مَن يَغۡلُلۡ يَأۡتِ بِمَا غَلَّ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا كَسَبَتۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿١٦١﴾

    Paygʻambarga xiyonat hech toʻgʻri kelmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. Soʻngra, har bir jon kasbiga yarasha toʻliq oladir. Ularga zulm qilinmas.

  162. 3:162Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَنِ ٱتَّبَعَ رِضۡوَٰنَ ٱللَّهِ كَمَنۢ بَآءَ بِسَخَطࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ مَأۡوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٦٢﴾

    Allohning roziligini izlagan odam Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan va borar joyi jahannam boʻlgan odamga oʻxsharmidi! Va u qanday ham yomon joy!

  163. 3:163Mushafda oʻqish ↗

    هُمۡ دَرَجَٰتٌ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا يَعۡمَلُونَ﴿١٦٣﴾

    Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan amallarini koʻrib turuvchi Zotdir.

  164. 3:164Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ إِذۡ بَعَثَ فِيهِمۡ رَسُولࣰا مِّنۡ أَنفُسِهِمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِهِۦ وَ يُزَكِّيهِمۡ وَ يُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ إِن كَانُواْ مِن قَبۡلُ لَفِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿١٦٤﴾

    Batahqiq, Alloh moʻminlarga oʻzlaridan Paygʻambar yuborib, neʼmat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni oʻrgatur. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda boʻlsalar ham.

  165. 3:165Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمَّآ أَصَٰبَتۡكُم مُّصِيبَةࣱ قَدۡ أَصَبۡتُم مِّثۡلَيۡهَا قُلۡتُمۡ أَنَّىٰ هَٰذَا ۖ قُلۡ هُوَ مِنۡ عِندِ أَنفُسِكُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٦٥﴾

    Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, oʻzingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu oʻzingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.

  166. 3:166Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَصَٰبَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡتَقَى ٱلۡجَمۡعَانِ فَبِإِذۡنِ ٱللَّهِ وَ لِيَعۡلَمَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٦٦﴾

    Ikki jamoa toʻqnashgan kuni sizga musiybat Allohning izni bilan va moʻminlarni bilish uchun.

  167. 3:167Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِيَعۡلَمَ ٱلَّذِينَ نَافَقُواْ ۚ وَ قِيلَ لَهُمۡ تَعَالَوۡاْ قَٰتِلُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوِ ٱدۡفَعُواْ ۖ قَالُواْ لَوۡ نَعۡلَمُ قِتَالࣰا لَّٱتَّبَعۡنَٰكُمۡ ۗ هُمۡ لِلۡكُفۡرِ يَوۡمَئِذٍ أَقۡرَبُ مِنۡهُمۡ لِلۡإِيمَٰنِ ۚ يَقُولُونَ بِأَفۡوَٰهِهِم مَّا لَيۡسَ فِي قُلُوبِهِمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا يَكۡتُمُونَ﴿١٦٧﴾

    Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yoʻlida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang boʻlishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular oʻsha kunda iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yoʻq narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir.

  168. 3:168Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ قَالُواْ لِإِخۡوَٰنِهِمۡ وَ قَعَدُواْ لَوۡ أَطَاعُونَا مَا قُتِلُواْ ۗ قُلۡ فَٱدۡرَءُواْ عَنۡ أَنفُسِكُمُ ٱلۡمَوۡتَ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٦٨﴾

    Ular oʻz birodarlariga va (urushga chiqmay) oʻtirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», – deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost boʻlsa, oʻzingizdan oʻlimni qaytarib koʻring-chi», deb ayt.

  169. 3:169Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ قُتِلُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمۡوَٰتَۢا ۚ بَلۡ أَحۡيَآءٌ عِندَ رَبِّهِمۡ يُرۡزَقُونَ﴿١٦٩﴾

    Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni oʻliklar deb hisoblamanglar. Balki, ular — tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.

  170. 3:170Mushafda oʻqish ↗

    فَرِحِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ وَ يَسۡتَبۡشِرُونَ بِٱلَّذِينَ لَمۡ يَلۡحَقُواْ بِهِم مِّنۡ خَلۡفِهِمۡ أَلَّا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿١٧٠﴾

    Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan oʻzlariga qoʻshilmagan birodarlariga, ularga xavf yoʻqligining hamda xafa ham boʻlmasliklarining xushxabarini bermoqdalar.

  171. 3:171Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡتَبۡشِرُونَ بِنِعۡمَةࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ فَضۡلࣲ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٧١﴾

    Ular Allohdan boʻlgan neʼmat va fazlning hamda, albatta, Alloh moʻminlarning ajrini zoye qilmasligining xushxabarini bermoqdalar.

  172. 3:172Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ٱسۡتَجَابُواْ لِلَّهِ وَ ٱلرَّسُولِ مِنۢ بَعۡدِ مَآ أَصَابَهُمُ ٱلۡقَرۡحُ ۚ لِلَّذِينَ أَحۡسَنُواْ مِنۡهُمۡ وَ ٱتَّقَوۡاْ أَجۡرٌ عَظِيمٌ﴿١٧٢﴾

    Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Paygʻambar chaqirigʻiga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulugʻ ajrlar bordir.

  173. 3:173Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ قَالَ لَهُمُ ٱلنَّاسُ إِنَّ ٱلنَّاسَ قَدۡ جَمَعُواْ لَكُمۡ فَٱخۡشَوۡهُمۡ فَزَادَهُمۡ إِيمَٰنࣰا وَ قَالُواْ حَسۡبُنَا ٱللَّهُ وَ نِعۡمَ ٱلۡوَكِيلُ﴿١٧٣﴾

    Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar», deganda, iymonlari ziyoda boʻldi va: «Bizga Allohning Oʻzi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar.

  174. 3:174Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنقَلَبُواْ بِنِعۡمَةࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ فَضۡلࣲ لَّمۡ يَمۡسَسۡهُمۡ سُوٓءࣱ وَ ٱتَّبَعُواْ رِضۡوَٰنَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ ذُو فَضۡلٍ عَظِيمٍ﴿١٧٤﴾

    Bas, Allohning neʼmati va fazli ila ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

  175. 3:175Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ يُخَوِّفُ أَوۡلِيَآءَهُۥ فَلَا تَخَافُوهُمۡ وَ خَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٧٥﴾

    Albatta, bunday boʻlishingiz shaytondandir, u oʻz yaqinlaridan qoʻrqitur. Bas, agar moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, mendan qoʻrqinglar.

  176. 3:176Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحۡزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡكُفۡرِ ۚ إِنَّهُمۡ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيۡـࣰٔا ۚ يُرِيدُ ٱللَّهُ أَلَّا يَجۡعَلَ لَهُمۡ حَظࣰّا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمٌ﴿١٧٦﴾

    Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.

  177. 3:177Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱشۡتَرَوُاْ ٱلۡكُفۡرَ بِٱلۡإِيمَٰنِ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٧٧﴾

    Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.

  178. 3:178Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّمَا نُمۡلِي لَهُمۡ خَيۡرࣱ لِّأَنفُسِهِمۡ ۚ إِنَّمَا نُمۡلِي لَهُمۡ لِيَزۡدَادُوٓاْ إِثۡمࣰا ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿١٧٨﴾

    Kufr keltirganlar ularni tek qoʻyganimizni oʻzlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari koʻpayishi uchungina tek qoʻyamiz. Ularga xorlovchi azob bordir.

  179. 3:179Mushafda oʻqish ↗

    مَّا كَانَ ٱللَّهُ لِيَذَرَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ عَلَىٰ مَآ أَنتُمۡ عَلَيۡهِ حَتَّىٰ يَمِيزَ ٱلۡخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ ۗ وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُطۡلِعَكُمۡ عَلَى ٱلۡغَيۡبِ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَجۡتَبِي مِن رُّسُلِهِۦ مَن يَشَآءُ ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ ۚ وَ إِن تُؤۡمِنُواْ وَ تَتَّقُواْ فَلَكُمۡ أَجۡرٌ عَظِيمࣱ﴿١٧٩﴾

    Alloh moʻminlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qoʻyib qoʻymas. Alloh sizlarni gʻaybdan xabardor qilib qoʻymas. Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulugʻ ajr bordir.

  180. 3:180Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَبۡخَلُونَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ هُوَ خَيۡرࣰا لَّهُم ۖ بَلۡ هُوَ شَرࣱّ لَّهُمۡ ۖ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُواْ بِهِۦ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ وَ لِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿١٨٠﴾

    Alloh Oʻz fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni oʻzlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila boʻyinlari oʻralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

  181. 3:181Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوۡلَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ فَقِيرࣱ وَ نَحۡنُ أَغۡنِيَآءُ ۘ سَنَكۡتُبُ مَا قَالُواْ وَ قَتۡلَهُمُ ٱلۡأَنۢبِيَآءَ بِغَيۡرِ حَقࣲّ وَ نَقُولُ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلۡحَرِيقِ﴿١٨١﴾

    Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambagʻal va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Paygʻambarlarni nohaq oʻldirganlarni yozib qoʻyamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib koʻring!» deymiz.

  182. 3:182Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيكُمۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَيۡسَ بِظَلَّامࣲ لِّلۡعَبِيدِ﴿١٨٢﴾

    Bundoq boʻlishligi sizning oʻz qoʻlingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.

  183. 3:183Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ عَهِدَ إِلَيۡنَآ أَلَّا نُؤۡمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىٰ يَأۡتِيَنَا بِقُرۡبَانࣲ تَأۡكُلُهُ ٱلنَّارُ ۗ قُلۡ قَدۡ جَآءَكُمۡ رُسُلࣱ مِّن قَبۡلِي بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ بِٱلَّذِي قُلۡتُمۡ فَلِمَ قَتَلۡتُمُوهُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٨٣﴾

    «Albatta, Alloh bizdan oʻtda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Paygʻambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Paygʻambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, nimaga ularni oʻldirdingiz?» deb ayt.

  184. 3:184Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن كَذَّبُوكَ فَقَدۡ كُذِّبَ رُسُلࣱ مِّن قَبۡلِكَ جَآءُو بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ ٱلزُّبُرِ وَ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُنِيرِ﴿١٨٤﴾

    Agar seni yolgʻonchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Paygʻambarlarni ham yolgʻonchi qilganlar.

  185. 3:185Mushafda oʻqish ↗

    كُلُّ نَفۡسࣲ ذَآئِقَةُ ٱلۡمَوۡتِ ۗ وَ إِنَّمَا تُوَفَّوۡنَ أُجُورَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۖ فَمَن زُحۡزِحَ عَنِ ٱلنَّارِ وَ أُدۡخِلَ ٱلۡجَنَّةَ فَقَدۡ فَازَ ۗ وَ مَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلۡغُرُورِ﴿١٨٥﴾

    Har bir jon oʻlimni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni toʻligʻicha olursiz. Kim doʻzaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti gʻurur matohidan oʻzga narsa emas.

  186. 3:186Mushafda oʻqish ↗

    لَتُبۡلَوُنَّ فِيٓ أَمۡوَٰلِكُمۡ وَ أَنفُسِكُمۡ وَ لَتَسۡمَعُنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِكُمۡ وَ مِنَ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُوٓاْ أَذࣰى كَثِيرࣰا ۚ وَ إِن تَصۡبِرُواْ وَ تَتَّقُواْ فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنۡ عَزۡمِ ٱلۡأُمُورِ﴿١٨٦﴾

    Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan koʻplab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir.

  187. 3:187Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَ لَا تَكۡتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمۡ وَ ٱشۡتَرَوۡاْ بِهِۦ ثَمَنࣰا قَلِيلࣰا ۖ فَبِئۡسَ مَا يَشۡتَرُونَ﴿١٨٧﴾

    Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon!

  188. 3:188Mushafda oʻqish ↗

    لَا تَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَفۡرَحُونَ بِمَآ أَتَواْ وَّ يُحِبُّونَ أَن يُحۡمَدُواْ بِمَا لَمۡ يَفۡعَلُواْ فَلَا تَحۡسَبَنَّهُم بِمَفَازَةࣲ مِّنَ ٱلۡعَذَابِ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٨٨﴾

    Qilganlariga xursand boʻlib, qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor!

  189. 3:189Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿١٨٩﴾

    Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.

  190. 3:190Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِي خَلۡقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱخۡتِلَٰفِ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ لَأٓيَٰتࣲ لِّأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿١٩٠﴾

    Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor.

  191. 3:191Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَذۡكُرُونَ ٱللَّهَ قِيَٰمࣰا وَ قُعُودࣰا وَ عَلَىٰ جُنُوبِهِمۡ وَ يَتَفَكَّرُونَ فِي خَلۡقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ رَبَّنَا مَا خَلَقۡتَ هَٰذَا بَٰطِلࣰا سُبۡحَٰنَكَ فَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ﴿١٩١﴾

    Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoʻq, Oʻzing poksan, bizni oʻt azobidan saqlagin.

  192. 3:192Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَآ إِنَّكَ مَن تُدۡخِلِ ٱلنَّارَ فَقَدۡ أَخۡزَيۡتَهُۥ ۖ وَ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنۡ أَنصَارࣲ﴿١٩٢﴾

    Robbimiz, albatta, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yoʻq.

  193. 3:193Mushafda oʻqish ↗

    رَّبَّنَآ إِنَّنَا سَمِعۡنَا مُنَادِيࣰا يُنَادِي لِلۡإِيمَٰنِ أَنۡ ءَامِنُواْ بِرَبِّكُمۡ فَـَٔامَنَّا ۚ رَبَّنَا فَٱغۡفِرۡ لَنَا ذُنُوبَنَا وَ كَفِّرۡ عَنَّا سَيِّـَٔاتِنَا وَ تَوَفَّنَا مَعَ ٱلۡأَبۡرَارِ﴿١٩٣﴾

    Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni oʻchirgin hamda yaxshilar bilan birga oʻldirgin.

  194. 3:194Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَا وَ ءَاتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَىٰ رُسُلِكَ وَ لَا تُخۡزِنَا يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۖ إِنَّكَ لَا تُخۡلِفُ ٱلۡمِيعَادَ﴿١٩٤﴾

    Robbimiz, bizga Paygʻambarlaringga vaʼda qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmassan», derlar.

  195. 3:195Mushafda oʻqish ↗

    فَٱسۡتَجَابَ لَهُمۡ رَبُّهُمۡ أَنِّي لَآ أُضِيعُ عَمَلَ عَٰمِلࣲ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ ۖ بَعۡضُكُم مِّنۢ بَعۡضࣲ ۖ فَٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ وَ أُخۡرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِمۡ وَ أُوذُواْ فِي سَبِيلِي وَ قَٰتَلُواْ وَ قُتِلُواْ لَأُكَفِّرَنَّ عَنۡهُمۡ سَيِّـَٔاتِهِمۡ وَ لَأُدۡخِلَنَّهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ثَوَابࣰا مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسۡنُ ٱلثَّوَابِ﴿١٩٥﴾

    Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Baʼzingiz baʼzingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yoʻlimda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl boʻlganlarning yomonliklarini oʻchirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida goʻzal savob bor Zotdir», dedi.

  196. 3:196Mushafda oʻqish ↗

    لَا يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي ٱلۡبِلَٰدِ﴿١٩٦﴾

    Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qoʻymasin.

  197. 3:197Mushafda oʻqish ↗

    مَتَٰعࣱ قَلِيلࣱ ثُمَّ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ﴿١٩٧﴾

    Bu ozgina matohdir. Soʻngra oʻrinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!

  198. 3:198Mushafda oʻqish ↗

    لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ رَبَّهُمۡ لَهُمۡ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا نُزُلࣰا مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ لِّلۡأَبۡرَارِ﴿١٩٨﴾

    Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar boʻlib, unda abadiy qolurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir.

  199. 3:199Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ لَمَن يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكُمۡ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡهِمۡ خَٰشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشۡتَرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنࣰا قَلِيلًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ أَجۡرُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿١٩٩﴾

    Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga oʻzini xor tutib boʻyin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana oʻshalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir.

  200. 3:200Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱصۡبِرُواْ وَ صَابِرُواْ وَ رَابِطُواْ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٢٠٠﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila gʻolib keling. Kurashga bel bogʻlab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Oli Imron. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — imron oilasi.

Mazmuni: Sura Ahli Kitob bilan muloqot, haq va botil o‘rtasidagi farq, Uhud voqeasi saboqlari hamda sabr va taqvoning zarurligini yoritadi. Iymonning samimiyligi sinov paytida bilinishi, g‘alaba esa Allohning yordami bilan kelishi ta’kidlanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraBaqara surasiKeyingi sura →Niso surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026