Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Niso surasi

سورة النساء

Niso surasi

Ayollar · Нисо сураси

4-sura176 oyatMadaniy4-pora

Niso surasi — Qurʼoni Karimning 4-surasi. U 176 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Ayollar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 4:1Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمُ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفۡسࣲ وَٰحِدَةࣲ وَ خَلَقَ مِنۡهَا زَوۡجَهَا وَ بَثَّ مِنۡهُمَا رِجَالࣰا كَثِيرࣰا وَ نِسَآءࣰ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِي تَسَآءَلُونَ بِهِۦ وَ ٱلۡأَرۡحَامَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَيۡكُمۡ رَقِيبࣰا﴿١﴾

    Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qoʻrqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan soʻrovda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qoʻrqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir.

  2. 4:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ءَاتُواْ ٱلۡيَتَٰمَىٰٓ أَمۡوَٰلَهُمۡ ۖ وَ لَا تَتَبَدَّلُواْ ٱلۡخَبِيثَ بِٱلطَّيِّبِ ۖ وَ لَا تَأۡكُلُوٓاْ أَمۡوَٰلَهُمۡ إِلَىٰٓ أَمۡوَٰلِكُمۡ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حُوبࣰا كَبِيرࣰا﴿٢﴾

    Va yetimlarga oʻz mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini oʻzingizning mollaringizga qoʻshib yemang. Zero, bu katta gunoh boʻlur.

  3. 4:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تُقۡسِطُواْ فِي ٱلۡيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُواْ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثۡنَىٰ وَ ثُلَٰثَ وَ رُبَٰعَ ۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تَعۡدِلُواْ فَوَٰحِدَةً أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ ۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُواْ﴿٣﴾

    Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, oʻzingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, toʻrttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, bittani (oling) yoki qoʻlingizda mulk boʻlganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir.

  4. 4:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ءَاتُواْ ٱلنِّسَآءَ صَدُقَٰتِهِنَّ نِحۡلَةࣰ ۚ فَإِن طِبۡنَ لَكُمۡ عَن شَيۡءࣲ مِّنۡهُ نَفۡسࣰا فَكُلُوهُ هَنِيٓـࣰٔا مَّرِيٓـࣰٔا﴿٤﴾

    Ayollarga mahrlarini koʻngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin koʻngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh boʻlsin, ofiyat boʻlsin.

  5. 4:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تُؤۡتُواْ ٱلسُّفَهَآءَ أَمۡوَٰلَكُمُ ٱلَّتِي جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمۡ قِيَٰمࣰا وَ ٱرۡزُقُوهُمۡ فِيهَا وَ ٱكۡسُوهُمۡ وَ قُولُواْ لَهُمۡ قَوۡلࣰا مَّعۡرُوفࣰا﴿٥﴾

    Alloh (hayotingizni) turgʻizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni oʻsha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi soʻzlar ayting.

  6. 4:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱبۡتَلُواْ ٱلۡيَتَٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُواْ ٱلنِّكَاحَ فَإِنۡ ءَانَسۡتُم مِّنۡهُمۡ رُشۡدࣰا فَٱدۡفَعُوٓاْ إِلَيۡهِمۡ أَمۡوَٰلَهُمۡ ۖ وَ لَا تَأۡكُلُوهَآ إِسۡرَافࣰا وَ بِدَارًا أَن يَكۡبَرُواْ ۚ وَ مَن كَانَ غَنِيࣰّا فَلۡيَسۡتَعۡفِفۡ ۖ وَ مَن كَانَ فَقِيرࣰا فَلۡيَأۡكُلۡ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعۡتُمۡ إِلَيۡهِمۡ أَمۡوَٰلَهُمۡ فَأَشۡهِدُواْ عَلَيۡهِمۡ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبࣰا﴿٦﴾

    Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oʻz mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta boʻlib qolishidan qoʻrqib shoshilib yemang. Boy boʻlganlar iffatli boʻlsinlar. Kim kambagʻal boʻlsa, toʻgʻrilik bilan yesin. Ularga oʻz mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  7. 4:7Mushafda oʻqish ↗

    لِّلرِّجَالِ نَصِيبࣱ مِّمَّا تَرَكَ ٱلۡوَٰلِدَانِ وَ ٱلۡأَقۡرَبُونَ وَ لِلنِّسَآءِ نَصِيبࣱ مِّمَّا تَرَكَ ٱلۡوَٰلِدَانِ وَ ٱلۡأَقۡرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنۡهُ أَوۡ كَثُرَ ۚ نَصِيبࣰا مَّفۡرُوضࣰا﴿٧﴾

    Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz boʻlsin, koʻp boʻlsin — farz qilingan nasibadir.

  8. 4:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا حَضَرَ ٱلۡقِسۡمَةَ أُوْلُواْ ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينُ فَٱرۡزُقُوهُم مِّنۡهُ وَ قُولُواْ لَهُمۡ قَوۡلࣰا مَّعۡرُوفࣰا﴿٨﴾

    Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir boʻlsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar.

  9. 4:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ لۡيَخۡشَ ٱلَّذِينَ لَوۡ تَرَكُواْ مِنۡ خَلۡفِهِمۡ ذُرِّيَّةࣰ ضِعَٰفًا خَافُواْ عَلَيۡهِمۡ فَلۡيَتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ لۡيَقُولُواْ قَوۡلࣰا سَدِيدًا﴿٩﴾

    Oʻzlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qoʻrqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qoʻrqsinlar. Bas, Allohdan qoʻrqsinlar va toʻgʻri soʻz aytsinlar.

  10. 4:10Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَأۡكُلُونَ أَمۡوَٰلَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ ظُلۡمًا إِنَّمَا يَأۡكُلُونَ فِي بُطُونِهِمۡ نَارࣰا ۖ وَ سَيَصۡلَوۡنَ سَعِيرࣰا﴿١٠﴾

    Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan boʻlurlar. Va, shubhasiz, doʻzaxga kirurlar.

  11. 4:11Mushafda oʻqish ↗

    يُوصِيكُمُ ٱللَّهُ فِيٓ أَوۡلَٰدِكُمۡ ۖ لِلذَّكَرِ مِثۡلُ حَظِّ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ ۚ فَإِن كُنَّ نِسَآءࣰ فَوۡقَ ٱثۡنَتَيۡنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ۖ وَ إِن كَانَتۡ وَٰحِدَةࣰ فَلَهَا ٱلنِّصۡفُ ۚ وَ لِأَبَوَيۡهِ لِكُلِّ وَٰحِدࣲ مِّنۡهُمَا ٱلسُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُۥ وَلَدࣱ ۚ فَإِن لَّمۡ يَكُن لَّهُۥ وَلَدࣱ وَ وَرِثَهُۥٓ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ ٱلثُّلُثُ ۚ فَإِن كَانَ لَهُۥٓ إِخۡوَةࣱ فَلِأُمِّهِ ٱلسُّدُسُ ۚ مِنۢ بَعۡدِ وَصِيَّةࣲ يُوصِي بِهَآ أَوۡ دَيۡنٍ ۗ ءَابَآؤُكُمۡ وَ أَبۡنَآؤُكُمۡ لَا تَدۡرُونَ أَيُّهُمۡ أَقۡرَبُ لَكُمۡ نَفۡعࣰا ۚ فَرِيضَةࣰ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿١١﴾

    Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir oʻgʻilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan koʻp (ayol) boʻlsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta boʻlsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi boʻlsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi boʻlmasa va ota-onasi merosxoʻr boʻlsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan soʻng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  12. 4:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَكُمۡ نِصۡفُ مَا تَرَكَ أَزۡوَٰجُكُمۡ إِن لَّمۡ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدࣱ ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدࣱ فَلَكُمُ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكۡنَ ۚ مِنۢ بَعۡدِ وَصِيَّةࣲ يُوصِينَ بِهَآ أَوۡ دَيۡنࣲ ۚ وَ لَهُنَّ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكۡتُمۡ إِن لَّمۡ يَكُن لَّكُمۡ وَلَدࣱ ۚ فَإِن كَانَ لَكُمۡ وَلَدࣱ فَلَهُنَّ ٱلثُّمُنُ مِمَّا تَرَكۡتُم ۚ مِّنۢ بَعۡدِ وَصِيَّةࣲ تُوصُونَ بِهَآ أَوۡ دَيۡنࣲ ۗ وَ إِن كَانَ رَجُلࣱ يُورَثُ كَلَٰلَةً أَوِ ٱمۡرَأَةࣱ وَ لَهُۥٓ أَخٌ أَوۡ أُخۡتࣱ فَلِكُلِّ وَٰحِدࣲ مِّنۡهُمَا ٱلسُّدُسُ ۚ فَإِن كَانُوٓاْ أَكۡثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمۡ شُرَكَآءُ فِي ٱلثُّلُثِ ۚ مِنۢ بَعۡدِ وَصِيَّةࣲ يُوصَىٰ بِهَآ أَوۡ دَيۡنٍ غَيۡرَ مُضَآرࣲّ ۚ وَصِيَّةࣰ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمࣱ﴿١٢﴾

    Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning — agar ularning bolasi boʻlmasa — yarmi tegadi. Agar ularning bolasi boʻlsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan soʻng. Ularga siz qoldirgan narsaning — agar bolangiz boʻlmasa — choragi tegadi. Agar bolangiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan soʻng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi boʻlsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan soʻng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda Haliym Zotdir.

  13. 4:13Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَ مَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ يُدۡخِلۡهُ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿١٣﴾

    Ana oʻshalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.

  14. 4:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَعۡصِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ يَتَعَدَّ حُدُودَهُۥ يُدۡخِلۡهُ نَارًا خَٰلِدࣰا فِيهَا وَ لَهُۥ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿١٤﴾

    Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun doʻzaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir.

  15. 4:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّٰتِي يَأۡتِينَ ٱلۡفَٰحِشَةَ مِن نِّسَآئِكُمۡ فَٱسۡتَشۡهِدُواْ عَلَيۡهِنَّ أَرۡبَعَةࣰ مِّنكُمۡ ۖ فَإِن شَهِدُواْ فَأَمۡسِكُوهُنَّ فِي ٱلۡبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّىٰهُنَّ ٱلۡمَوۡتُ أَوۡ يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلࣰا﴿١٥﴾

    Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga oʻzlaringizdan toʻrtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to oʻlim yetguncha yoki Alloh bir yoʻl koʻrsatguncha uylarida tutib turing.

  16. 4:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذَانِ يَأۡتِيَٰنِهَا مِنكُمۡ فَـَٔاذُوهُمَا ۖ فَإِن تَابَا وَ أَصۡلَحَا فَأَعۡرِضُواْ عَنۡهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ تَوَّابࣰا رَّحِيمًا﴿١٦﴾

    Sizlardan oʻsha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.

  17. 4:17Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلتَّوۡبَةُ عَلَى ٱللَّهِ لِلَّذِينَ يَعۡمَلُونَ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةࣲ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبࣲ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿١٧﴾

    Jaholat-la yomonlik qilib qoʻyib, soʻngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  18. 4:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَيۡسَتِ ٱلتَّوۡبَةُ لِلَّذِينَ يَعۡمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ حَتَّىٰٓ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ ٱلۡمَوۡتُ قَالَ إِنِّي تُبۡتُ ٱلۡـَٰٔنَ وَ لَا ٱلَّذِينَ يَمُوتُونَ وَ هُمۡ كُفَّارٌ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَعۡتَدۡنَا لَهُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٨﴾

    Yomonliklarni qilib yurib, birlariga oʻlim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida oʻlganlarga tavba yoʻq. Ana oʻshalarga alamli azoblarni tayyorlab qoʻyganmiz.

  19. 4:19Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا يَحِلُّ لَكُمۡ أَن تَرِثُواْ ٱلنِّسَآءَ كَرۡهࣰا ۖ وَ لَا تَعۡضُلُوهُنَّ لِتَذۡهَبُواْ بِبَعۡضِ مَآ ءَاتَيۡتُمُوهُنَّ إِلَّآ أَن يَأۡتِينَ بِفَٰحِشَةࣲ مُّبَيِّنَةࣲ ۚ وَ عَاشِرُوهُنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِ ۚ فَإِن كَرِهۡتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰٓ أَن تَكۡرَهُواْ شَيۡـࣰٔا وَ يَجۡعَلَ ٱللَّهُ فِيهِ خَيۡرࣰا كَثِيرࣰا﴿١٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning baʼzisini olish uchun ularni zoʻrlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻpgina yaxshiliklarni qilsa.

  20. 4:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنۡ أَرَدتُّمُ ٱسۡتِبۡدَالَ زَوۡجࣲ مَّكَانَ زَوۡجࣲ وَ ءَاتَيۡتُمۡ إِحۡدَىٰهُنَّ قِنطَارࣰا فَلَا تَأۡخُذُواْ مِنۡهُ شَيۡـًٔا ۚ أَتَأۡخُذُونَهُۥ بُهۡتَٰنࣰا وَ إِثۡمࣰا مُّبِينࣰا﴿٢٠﴾

    Va agar xotin oʻrniga boshqa xotin olmoqchi boʻlsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan boʻlsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni boʻhton va katta gunoh holida olaverasizmi?

  21. 4:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَيۡفَ تَأۡخُذُونَهُۥ وَ قَدۡ أَفۡضَىٰ بَعۡضُكُمۡ إِلَىٰ بَعۡضࣲ وَ أَخَذۡنَ مِنكُم مِّيثَٰقًا غَلِيظࣰا﴿٢١﴾

    Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!

  22. 4:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَنكِحُواْ مَا نَكَحَ ءَابَآؤُكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا قَدۡ سَلَفَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةࣰ وَ مَقۡتࣰا وَ سَآءَ سَبِيلًا﴿٢٢﴾

    Otalaringiz oʻz nikohlariga olgan ayollarni siz oʻz nikohingizga olmang! Avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, gʻazabnok ish va qanday ham yomon yoʻldir!

  23. 4:23Mushafda oʻqish ↗

    حُرِّمَتۡ عَلَيۡكُمۡ أُمَّهَٰتُكُمۡ وَ بَنَاتُكُمۡ وَ أَخَوَٰتُكُمۡ وَ عَمَّٰتُكُمۡ وَ خَٰلَٰتُكُمۡ وَ بَنَاتُ ٱلۡأَخِ وَ بَنَاتُ ٱلۡأُخۡتِ وَ أُمَّهَٰتُكُمُ ٱلَّٰتِيٓ أَرۡضَعۡنَكُمۡ وَ أَخَوَٰتُكُم مِّنَ ٱلرَّضَٰعَةِ وَ أُمَّهَٰتُ نِسَآئِكُمۡ وَ رَبَٰٓئِبُكُمُ ٱلَّٰتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ ٱلَّٰتِي دَخَلۡتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمۡ تَكُونُواْ دَخَلۡتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ وَ حَلَٰٓئِلُ أَبۡنَآئِكُمُ ٱلَّذِينَ مِنۡ أَصۡلَٰبِكُمۡ وَ أَن تَجۡمَعُواْ بَيۡنَ ٱلۡأُخۡتَيۡنِ إِلَّا مَا قَدۡ سَلَفَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿٢٣﴾

    Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, oʻzingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogʻingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan boʻlsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yoʻq. Va pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlari, opa-singilni qoʻshib olmogʻingiz harom qilindi. Magar avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

  24. 4:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ ۖ كِتَٰبَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ ۚ وَ أُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَآءَ ذَٰلِكُمۡ أَن تَبۡتَغُواْ بِأَمۡوَٰلِكُم مُّحۡصِنِينَ غَيۡرَ مُسَٰفِحِينَ ۚ فَمَا ٱسۡتَمۡتَعۡتُم بِهِۦ مِنۡهُنَّ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةࣰ ۚ وَ لَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِيمَا تَرَٰضَيۡتُم بِهِۦ مِنۢ بَعۡدِ ٱلۡفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿٢٤﴾

    Qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana oʻshalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmogʻingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin oʻzaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  25. 4:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن لَّمۡ يَسۡتَطِعۡ مِنكُمۡ طَوۡلًا أَن يَنكِحَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتِ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ فَمِن مَّا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُم مِّن فَتَيَٰتِكُمُ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ۚ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِإِيمَٰنِكُم ۚ بَعۡضُكُم مِّنۢ بَعۡضࣲ ۚ فَٱنكِحُوهُنَّ بِإِذۡنِ أَهۡلِهِنَّ وَ ءَاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِ مُحۡصَنَٰتٍ غَيۡرَ مُسَٰفِحَٰتࣲ وَ لَا مُتَّخِذَٰتِ أَخۡدَانࣲ ۚ فَإِذَآ أُحۡصِنَّ فَإِنۡ أَتَيۡنَ بِفَٰحِشَةࣲ فَعَلَيۡهِنَّ نِصۡفُ مَا عَلَى ٱلۡمُحۡصَنَٰتِ مِنَ ٱلۡعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنۡ خَشِيَ ٱلۡعَنَتَ مِنكُمۡ ۚ وَ أَن تَصۡبِرُواْ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢٥﴾

    Sizlardan kim hur moʻminalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qoʻlingizda mulk boʻlgan moʻmina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va oʻynash tutmagan boʻlsinlar. Erga tekkanlaridan soʻng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qoʻrqqanlar uchundir. Sabr qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir. Alloh magʻfiratli va rahimlidir.

  26. 4:26Mushafda oʻqish ↗

    يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمۡ وَ يَهۡدِيَكُمۡ سُنَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُمۡ وَ يَتُوبَ عَلَيۡكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٢٦﴾

    Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yoʻliga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  27. 4:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيۡكُمۡ وَ يُرِيدُ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلشَّهَوَٰتِ أَن تَمِيلُواْ مَيۡلًا عَظِيمࣰا﴿٢٧﴾

    Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan ogʻishga moyil boʻlishingizni xohlaydir.

  28. 4:28Mushafda oʻqish ↗

    يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمۡ ۚ وَ خُلِقَ ٱلۡإِنسَٰنُ ضَعِيفࣰا﴿٢٨﴾

    Alloh sizdan yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir.

  29. 4:29Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأۡكُلُوٓاْ أَمۡوَٰلَكُم بَيۡنَكُم بِٱلۡبَٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً عَن تَرَاضࣲ مِّنكُمۡ ۚ وَ لَا تَقۡتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمۡ رَحِيمࣰا﴿٢٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Magar oʻzaro rozilik ila tijorat boʻlsa, mayli. Oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir.

  30. 4:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ عُدۡوَٰنࣰا وَ ظُلۡمࣰا فَسَوۡفَ نُصۡلِيهِ نَارࣰا ۚ وَ كَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا﴿٣٠﴾

    Kim oʻshani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni doʻzaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir.

  31. 4:31Mushafda oʻqish ↗

    إِن تَجۡتَنِبُواْ كَبَآئِرَ مَا تُنۡهَوۡنَ عَنۡهُ نُكَفِّرۡ عَنكُمۡ سَيِّـَٔاتِكُمۡ وَ نُدۡخِلۡكُم مُّدۡخَلࣰا كَرِيمࣰا﴿٣١﴾

    Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda boʻlsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz.

  32. 4:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَتَمَنَّوۡاْ مَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بِهِۦ بَعۡضَكُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبࣱ مِّمَّا ٱكۡتَسَبُواْ ۖ وَ لِلنِّسَآءِ نَصِيبࣱ مِّمَّا ٱكۡتَسَبۡنَ ۚ وَ سۡـَٔلُواْ ٱللَّهَ مِن فَضۡلِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣰا﴿٣٢﴾

    Alloh baʼzingizni baʼzingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga oʻz kasbidan nasiba bor. Ayollarga oʻz kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini soʻrang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.

  33. 4:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِكُلࣲّ جَعَلۡنَا مَوَٰلِيَ مِمَّا تَرَكَ ٱلۡوَٰلِدَانِ وَ ٱلۡأَقۡرَبُونَ ۚ وَ ٱلَّذِينَ عَقَدَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ فَـَٔاتُوهُمۡ نَصِيبَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدًا﴿٣٣﴾

    Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxoʻrlar qildik. Qasamingiz ila bogʻlanganlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

  34. 4:34Mushafda oʻqish ↗

    ٱلرِّجَالُ قَوَّٰمُونَ عَلَى ٱلنِّسَآءِ بِمَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بَعۡضَهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ وَ بِمَآ أَنفَقُواْ مِنۡ أَمۡوَٰلِهِمۡ ۚ فَٱلصَّٰلِحَٰتُ قَٰنِتَٰتٌ حَٰفِظَٰتࣱ لِّلۡغَيۡبِ بِمَا حَفِظَ ٱللَّهُ ۚ وَ ٱلَّٰتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَ ٱهۡجُرُوهُنَّ فِي ٱلۡمَضَاجِعِ وَ ٱضۡرِبُوهُنَّ ۖ فَإِنۡ أَطَعۡنَكُمۡ فَلَا تَبۡغُواْ عَلَيۡهِنَّ سَبِيلًا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيࣰّا كَبِيرࣰا﴿٣٤﴾

    Alloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar — itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boʻyicha gʻoyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh koʻtarishlaridan xavf qilingan ayollarga vaʼz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk Zotdir.

  35. 4:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنۡ خِفۡتُمۡ شِقَاقَ بَيۡنِهِمَا فَٱبۡعَثُواْ حَكَمࣰا مِّنۡ أَهۡلِهِۦ وَ حَكَمࣰا مِّنۡ أَهۡلِهَآ إِن يُرِيدَآ إِصۡلَٰحࣰا يُوَفِّقِ ٱللَّهُ بَيۡنَهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرࣰا﴿٣٥﴾

    Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qoʻrqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.

  36. 4:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَ لَا تُشۡرِكُواْ بِهِۦ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ بِٱلۡوَٰلِدَيۡنِ إِحۡسَٰنࣰا وَ بِذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ ٱلۡجَارِ ذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡجَارِ ٱلۡجُنُبِ وَ ٱلصَّاحِبِ بِٱلۡجَنۢبِ وَ ٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ وَ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخۡتَالࣰا فَخُورًا﴿٣٦﴾

    Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qoʻshnilarga, yon qoʻshnilarga, yonboshdagi sohiblarga, koʻchada qolganlarga va qoʻlingizda mulk boʻlganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh oʻzini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush koʻrmas.

  37. 4:37Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَبۡخَلُونَ وَ يَأۡمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلۡبُخۡلِ وَ يَكۡتُمُونَ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ ۗ وَ أَعۡتَدۡنَا لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابࣰا مُّهِينࣰا﴿٣٧﴾

    Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.

  38. 4:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ لَا بِٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۗ وَ مَن يَكُنِ ٱلشَّيۡطَٰنُ لَهُۥ قَرِينࣰا فَسَآءَ قَرِينࣰا﴿٣٨﴾

    Ular mollarini kishilar koʻrishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton boʻlsa, u qanday ham yomon yaqin!

  39. 4:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَاذَا عَلَيۡهِمۡ لَوۡ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ أَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِهِمۡ عَلِيمًا﴿٣٩﴾

    Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar boʻladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir!

  40. 4:40Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظۡلِمُ مِثۡقَالَ ذَرَّةࣲ ۖ وَ إِن تَكُ حَسَنَةࣰ يُضَٰعِفۡهَا وَ يُؤۡتِ مِن لَّدُنۡهُ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٤٠﴾

    Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik boʻlsa, bir necha bor koʻpaytirur va Oʻz huzuridan ulugʻ ajr berur.

  41. 4:41Mushafda oʻqish ↗

    فَكَيۡفَ إِذَا جِئۡنَا مِن كُلِّ أُمَّةِۭ بِشَهِيدࣲ وَ جِئۡنَا بِكَ عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ شَهِيدࣰا﴿٤١﴾

    Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chogʻimizda hol qandoq boʻlur?!

  42. 4:42Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَئِذࣲ يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ عَصَوُاْ ٱلرَّسُولَ لَوۡ تُسَوَّىٰ بِهِمُ ٱلۡأَرۡضُ وَ لَا يَكۡتُمُونَ ٱللَّهَ حَدِيثࣰا﴿٤٢﴾

    Kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar oʻsha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.

  43. 4:43Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقۡرَبُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ أَنتُمۡ سُكَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَعۡلَمُواْ مَا تَقُولُونَ وَ لَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغۡتَسِلُواْ ۚ وَ إِن كُنتُم مَّرۡضَىٰٓ أَوۡ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوۡ جَآءَ أَحَدࣱ مِّنكُم مِّنَ ٱلۡغَآئِطِ أَوۡ لَٰمَسۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمۡ تَجِدُواْ مَآءࣰ فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدࣰا طَيِّبࣰا فَٱمۡسَحُواْ بِوُجُوهِكُمۡ وَ أَيۡدِيكُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا﴿٤٣﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan boʻlmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha. Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli. Agar bemor yoki safarda boʻlsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qoʻllaringizga masʼh torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir.

  44. 4:44Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبࣰا مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ يَشۡتَرُونَ ٱلضَّلَٰلَةَ وَ يُرِيدُونَ أَن تَضِلُّواْ ٱلسَّبِيلَ﴿٤٤﴾

    Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yoʻldan adashishingizni istashlarini koʻrmaysizmi?

  45. 4:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِأَعۡدَآئِكُمۡ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَلِيࣰّا وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ نَصِيرࣰا﴿٤٥﴾

    Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  46. 4:46Mushafda oʻqish ↗

    مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ ٱلۡكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ وَ يَقُولُونَ سَمِعۡنَا وَ عَصَيۡنَا وَ ٱسۡمَعۡ غَيۡرَ مُسۡمَعࣲ وَ رَٰعِنَا لَيَّۢا بِأَلۡسِنَتِهِمۡ وَ طَعۡنࣰا فِي ٱلدِّينِ ۚ وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ قَالُواْ سَمِعۡنَا وَ أَطَعۡنَا وَ ٱسۡمَعۡ وَ ٱنظُرۡنَا لَكَانَ خَيۡرࣰا لَّهُمۡ وَ أَقۡوَمَ وَ لَٰكِن لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفۡرِهِمۡ فَلَا يُؤۡمِنُونَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٤٦﴾

    Yahudiy boʻlganlardan kalimalarni oʻz joyidan buzib oʻzgartiruvchilar bor. Ular tillarini burib va dinga taʼna yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, oʻzlariga yaxshi va toʻgʻri boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar.

  47. 4:47Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ ءَامِنُواْ بِمَا نَزَّلۡنَا مُصَدِّقࣰا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبۡلِ أَن نَّطۡمِسَ وُجُوهࣰا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰٓ أَدۡبَارِهَآ أَوۡ نَلۡعَنَهُمۡ كَمَا لَعَنَّآ أَصۡحَٰبَ ٱلسَّبۡتِ ۚ وَ كَانَ أَمۡرُ ٱللَّهِ مَفۡعُولًا﴿٤٧﴾

    Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini laʼnatlaganimizdek laʼnatlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi boʻlib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir.

  48. 4:48Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغۡفِرُ أَن يُشۡرَكَ بِهِۦ وَ يَغۡفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَ مَن يُشۡرِكۡ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفۡتَرَىٰٓ إِثۡمًا عَظِيمًا﴿٤٨﴾

    Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni toʻqibdir.

  49. 4:49Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ۚ بَلِ ٱللَّهُ يُزَكِّي مَن يَشَآءُ وَ لَا يُظۡلَمُونَ فَتِيلًا﴿٤٩﴾

    Oʻzlarini pok qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmaysanmi?! Yoʻq! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar.

  50. 4:50Mushafda oʻqish ↗

    ٱنظُرۡ كَيۡفَ يَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ ۖ وَ كَفَىٰ بِهِۦٓ إِثۡمࣰا مُّبِينًا﴿٥٠﴾

    Ularning Allohga yolgʻon toʻqishini koʻrmaysanmi?! Shuning oʻzi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir.

  51. 4:51Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبࣰا مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡجِبۡتِ وَ ٱلطَّٰغُوتِ وَ يَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ هَٰٓؤُلَآءِ أَهۡدَىٰ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ سَبِيلًا﴿٥١﴾

    Kitobdan nasibador boʻlganlarning botilga va togʻutga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (koʻrsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan koʻra hidoyatliroq yoʻldalar», deyishlarini koʻrmaysanmi?!

  52. 4:52Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَ مَن يَلۡعَنِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ نَصِيرًا﴿٥٢﴾

    Ana oʻshalarni Alloh laʼnatlagandir. Kimni Alloh laʼnatlasa, unga hech nusratchi topolmassan.

  53. 4:53Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ لَهُمۡ نَصِيبࣱ مِّنَ ٱلۡمُلۡكِ فَإِذࣰا لَّا يُؤۡتُونَ ٱلنَّاسَ نَقِيرًا﴿٥٣﴾

    Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zigʻircha ham bermaslarmi?!

  54. 4:54Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَحۡسُدُونَ ٱلنَّاسَ عَلَىٰ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ ۖ فَقَدۡ ءَاتَيۡنَآ ءَالَ إِبۡرَٰهِيمَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ ءَاتَيۡنَٰهُم مُّلۡكًا عَظِيمࣰا﴿٥٤﴾

    Yoki Alloh odamlarga Oʻz fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulugʻ mulkni berganmiz-ku?!

  55. 4:55Mushafda oʻqish ↗

    فَمِنۡهُم مَّنۡ ءَامَنَ بِهِۦ وَ مِنۡهُم مَّن صَدَّ عَنۡهُ ۚ وَ كَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا﴿٥٥﴾

    Bas, ularning ichida u(Muhammad)ga iymon keltirganlar ham bor, undan yuz oʻgirib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.

  56. 4:56Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا سَوۡفَ نُصۡلِيهِمۡ نَارࣰا كُلَّمَا نَضِجَتۡ جُلُودُهُم بَدَّلۡنَٰهُمۡ جُلُودًا غَيۡرَهَا لِيَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمࣰا﴿٥٦﴾

    Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, doʻzaxga kiritarmiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.

  57. 4:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدۡخِلُهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ لَّهُمۡ فِيهَآ أَزۡوَٰجࣱ مُّطَهَّرَةࣱ ۖ وَ نُدۡخِلُهُمۡ ظِلࣰّا ظَلِيلًا﴿٥٧﴾

    Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz.

  58. 4:58Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ يَأۡمُرُكُمۡ أَن تُؤَدُّواْ ٱلۡأَمَٰنَٰتِ إِلَىٰٓ أَهۡلِهَا وَ إِذَا حَكَمۡتُم بَيۡنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحۡكُمُواْ بِٱلۡعَدۡلِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعَۢا بَصِيرࣰا﴿٥٨﴾

    Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni oʻz ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi vaʼz qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchi Zotdir.

  59. 4:59Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَ أُوْلِي ٱلۡأَمۡرِ مِنكُمۡ ۖ فَإِن تَنَٰزَعۡتُمۡ فِي شَيۡءࣲ فَرُدُّوهُ إِلَى ٱللَّهِ وَ ٱلرَّسُولِ إِن كُنتُمۡ تُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۚ ذَٰلِكَ خَيۡرࣱ وَ أَحۡسَنُ تَأۡوِيلًا﴿٥٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Paygʻambarga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, uni Allohga va Paygʻambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.

  60. 4:60Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزۡعُمُونَ أَنَّهُمۡ ءَامَنُواْ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ وَ مَآ أُنزِلَ مِن قَبۡلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓاْ إِلَى ٱلطَّٰغُوتِ وَ قَدۡ أُمِرُوٓاْ أَن يَكۡفُرُواْ بِهِۦ ۖ وَ يُرِيدُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَن يُضِلَّهُمۡ ضَلَٰلَۢا بَعِيدࣰا﴿٦٠﴾

    Senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirganlarini daʼvo qilayotganlarni koʻrmaysanmi?! Togʻutdan hukm soʻrab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yoʻldan butunlay adashtirishni istaydir.

  61. 4:61Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ تَعَالَوۡاْ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَ إِلَى ٱلرَّسُولِ رَأَيۡتَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودࣰا﴿٦١﴾

    Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Paygʻambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz oʻgirganlarini koʻrursan.

  62. 4:62Mushafda oʻqish ↗

    فَكَيۡفَ إِذَآ أَصَٰبَتۡهُم مُّصِيبَةُۢ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ ثُمَّ جَآءُوكَ يَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنۡ أَرَدۡنَآ إِلَّآ إِحۡسَٰنࣰا وَ تَوۡفِيقًا﴿٦٢﴾

    Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan soʻng, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday boʻldi?

  63. 4:63Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَعۡلَمُ ٱللَّهُ مَا فِي قُلُوبِهِمۡ فَأَعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ وَ عِظۡهُمۡ وَ قُل لَّهُمۡ فِيٓ أَنفُسِهِمۡ قَوۡلَۢا بَلِيغࣰا﴿٦٣﴾

    Ana oʻshalarning qalblaridagini Alloh biladir. Bas, ularning qilganidan yuz oʻgir! Ularga vaʼz qil! Yolgʻiz oʻzlariga yetkazib soʻzla!

  64. 4:64Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ إِذ ظَّلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ جَآءُوكَ فَٱسۡتَغۡفَرُواْ ٱللَّهَ وَ ٱسۡتَغۡفَرَ لَهُمُ ٱلرَّسُولُ لَوَجَدُواْ ٱللَّهَ تَوَّابࣰا رَّحِيمࣰا﴿٦٤﴾

    Qaysi bir Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan chogʻlarida huzuringga kelib, Allohga istigʻfor aytganlarida va Paygʻambar ham ular uchun istigʻfor aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan boʻlur edilar.

  65. 4:65Mushafda oʻqish ↗

    فَلَا وَ رَبِّكَ لَا يُؤۡمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيۡنَهُمۡ ثُمَّ لَا يَجِدُواْ فِيٓ أَنفُسِهِمۡ حَرَجࣰا مِّمَّا قَضَيۡتَ وَ يُسَلِّمُواْ تَسۡلِيمࣰا﴿٦٥﴾

    Yoʻq, Robbingga qasamki, seni oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, zinhor moʻmin boʻla olmaslar!

  66. 4:66Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّا كَتَبۡنَا عَلَيۡهِمۡ أَنِ ٱقۡتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمۡ أَوِ ٱخۡرُجُواْ مِن دِيَٰرِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلࣱ مِّنۡهُمۡ ۖ وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ فَعَلُواْ مَا يُوعَظُونَ بِهِۦ لَكَانَ خَيۡرࣰا لَّهُمۡ وَ أَشَدَّ تَثۡبِيتࣰا﴿٦٦﴾

    Agar Biz ularga, oʻzlaringizni oʻldiring yoki oʻzingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular oʻzlariga vaʼz qilingan narsalarni qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshi va sabotlari mustahkam boʻlar edi.

  67. 4:67Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذࣰا لَّأٓتَيۡنَٰهُم مِّن لَّدُنَّآ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٦٧﴾

    U holda, Biz ham ularga Oʻz huzurimizdan ulugʻ ajr bergan boʻlur edik.

  68. 4:68Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَهَدَيۡنَٰهُمۡ صِرَٰطࣰا مُّسۡتَقِيمࣰا﴿٦٨﴾

    Va ularni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur edik.

  69. 4:69Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَ ٱلرَّسُولَ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَعَ ٱلَّذِينَ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ وَ ٱلصِّدِّيقِينَ وَ ٱلشُّهَدَآءِ وَ ٱلصَّٰلِحِينَ ۚ وَ حَسُنَ أُوْلَٰٓئِكَ رَفِيقࣰا﴿٦٩﴾

    Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana oʻshalar Alloh neʼmat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir!

  70. 4:70Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ ٱلۡفَضۡلُ مِنَ ٱللَّهِ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ عَلِيمࣰا﴿٧٠﴾

    Bu — Allohdan boʻlgan fazldir va bilguvchilikda Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  71. 4:71Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ خُذُواْ حِذۡرَكُمۡ فَٱنفِرُواْ ثُبَاتٍ أَوِ ٱنفِرُواْ جَمِيعࣰا﴿٧١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni hushyor tuting va guruh-guruh boʻlib qoʻzgʻaling yoki toʻp holingizda qoʻzgʻaling!

  72. 4:72Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ مِنكُمۡ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنۡ أَصَٰبَتۡكُم مُّصِيبَةࣱ قَالَ قَدۡ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيَّ إِذۡ لَمۡ أَكُن مَّعَهُمۡ شَهِيدࣰا﴿٧٢﴾

    Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musiybat yetsa, u: «Alloh Oʻzi menga neʼmat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir boʻlmaganim», deydi.

  73. 4:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِنۡ أَصَٰبَكُمۡ فَضۡلࣱ مِّنَ ٱللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمۡ تَكُنۢ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَهُۥ مَوَدَّةࣱ يَٰلَيۡتَنِي كُنتُ مَعَهُمۡ فَأَفُوزَ فَوۡزًا عَظِيمࣰا﴿٧٣﴾

    Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida doʻstlik boʻlmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan boʻlganimda, ulugʻ zafar qozonar edim», deydi.

  74. 4:74Mushafda oʻqish ↗

    فَلۡيُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشۡرُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا بِٱلۡأٓخِرَةِ ۚ وَ مَن يُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقۡتَلۡ أَوۡ يَغۡلِبۡ فَسَوۡفَ نُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٧٤﴾

    Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yoʻlida jang qilsinlar. Kim Allohning yoʻlida jang qilib oʻldirilsa yoki gʻolib kelsa, Biz unga, albatta, ulugʻ ajrni berurmiz.

  75. 4:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَ ٱلنِّسَآءِ وَ ٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَ ٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيࣰّا وَ ٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴿٧٥﴾

    Nima uchun Allohning yoʻlida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga Oʻz tomoningdan doʻst ato qilgin va Oʻz tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yoʻlida jang qilmaysizlar?!

  76. 4:76Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱلطَّٰغُوتِ فَقَٰتِلُوٓاْ أَوۡلِيَآءَ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۖ إِنَّ كَيۡدَ ٱلشَّيۡطَٰنِ كَانَ ضَعِيفًا﴿٧٦﴾

    Iymon keltirganlar Allohning yoʻlida jang qilurlar. Kufr keltirganlar togʻutning yoʻlida jang qilurlar. Bas, shaytonning doʻstlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.

  77. 4:77Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ قِيلَ لَهُمۡ كُفُّوٓاْ أَيۡدِيَكُمۡ وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقِتَالُ إِذَا فَرِيقࣱ مِّنۡهُمۡ يَخۡشَوۡنَ ٱلنَّاسَ كَخَشۡيَةِ ٱللَّهِ أَوۡ أَشَدَّ خَشۡيَةࣰ ۚ وَ قَالُواْ رَبَّنَا لِمَ كَتَبۡتَ عَلَيۡنَا ٱلۡقِتَالَ لَوۡلَآ أَخَّرۡتَنَآ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ قَرِيبࣲ ۗ قُلۡ مَتَٰعُ ٱلدُّنۡيَا قَلِيلࣱ وَ ٱلۡأٓخِرَةُ خَيۡرࣱ لِّمَنِ ٱتَّقَىٰ وَ لَا تُظۡلَمُونَ فَتِيلًا﴿٧٧﴾

    Qoʻlingizni tiying, namoz oʻqib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni koʻrmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek yoki undan ham qattiqroq qoʻrqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang boʻlmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.

  78. 4:78Mushafda oʻqish ↗

    أَيۡنَمَا تَكُونُواْ يُدۡرِككُّمُ ٱلۡمَوۡتُ وَ لَوۡ كُنتُمۡ فِي بُرُوجࣲ مُّشَيَّدَةࣲ ۗ وَ إِن تُصِبۡهُمۡ حَسَنَةࣱ يَقُولُواْ هَٰذِهِۦ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۖ وَ إِن تُصِبۡهُمۡ سَيِّئَةࣱ يَقُولُواْ هَٰذِهِۦ مِنۡ عِندِكَ ۚ قُلۡ كُلࣱّ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلۡقَوۡمِ لَا يَكَادُونَ يَفۡقَهُونَ حَدِيثࣰا﴿٧٨﴾

    Qayerda boʻlsangiz ham, hattoki mustahkam qalʼalarda boʻlsangiz ham, oʻlim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gapni tushunay demaslar?!

  79. 4:79Mushafda oʻqish ↗

    مَّآ أَصَابَكَ مِنۡ حَسَنَةࣲ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ وَ مَآ أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةࣲ فَمِن نَّفۡسِكَ ۚ وَ أَرۡسَلۡنَٰكَ لِلنَّاسِ رَسُولࣰا ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدࣰا﴿٧٩﴾

    Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Paygʻambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  80. 4:80Mushafda oʻqish ↗

    مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدۡ أَطَاعَ ٱللَّهَ ۖ وَ مَن تَوَلَّىٰ فَمَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ عَلَيۡهِمۡ حَفِيظࣰا﴿٨٠﴾

    Kim Paygʻambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan boʻlur. Kim yuz oʻgirsa, Biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq.

  81. 4:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ طَاعَةࣱ فَإِذَا بَرَزُواْ مِنۡ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةࣱ مِّنۡهُمۡ غَيۡرَ ٱلَّذِي تَقُولُ ۖ وَ ٱللَّهُ يَكۡتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ۖ فَأَعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا﴿٨١﴾

    Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qoʻyadir. Bas, ulardan yuz oʻgir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  82. 4:82Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلۡقُرۡءَانَ ۚ وَ لَوۡ كَانَ مِنۡ عِندِ غَيۡرِ ٱللَّهِ لَوَجَدُواْ فِيهِ ٱخۡتِلَٰفࣰا كَثِيرࣰا﴿٨٢﴾

    Qurʼonni tadabbur etib koʻrmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan boʻlganida, undan koʻp ixtiloflar topar edilar.

  83. 4:83Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا جَآءَهُمۡ أَمۡرࣱ مِّنَ ٱلۡأَمۡنِ أَوِ ٱلۡخَوۡفِ أَذَاعُواْ بِهِۦ ۖ وَ لَوۡ رَدُّوهُ إِلَى ٱلرَّسُولِ وَ إِلَىٰٓ أُوْلِي ٱلۡأَمۡرِ مِنۡهُمۡ لَعَلِمَهُ ٱلَّذِينَ يَسۡتَنۢبِطُونَهُۥ مِنۡهُمۡ ۗ وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ رَحۡمَتُهُۥ لَٱتَّبَعۡتُمُ ٱلشَّيۡطَٰنَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٨٣﴾

    Qachonki ularga eminlik yoki haq toʻgʻrisida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Paygʻambarga va oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.

  84. 4:84Mushafda oʻqish ↗

    فَقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا تُكَلَّفُ إِلَّا نَفۡسَكَ ۚ وَ حَرِّضِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَكُفَّ بَأۡسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ وَ ٱللَّهُ أَشَدُّ بَأۡسࣰا وَ أَشَدُّ تَنكِيلࣰا﴿٨٤﴾

    Allohning yoʻlida jang qil! Oʻzingdan boshqadan masʼul qilinmassan. Moʻminlarni qiziqtir. Shoyadki, Alloh kufr keltirganlarning shiddatini dafʼ qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq Zotdir.

  85. 4:85Mushafda oʻqish ↗

    مَّن يَشۡفَعۡ شَفَٰعَةً حَسَنَةࣰ يَكُن لَّهُۥ نَصِيبࣱ مِّنۡهَا ۖ وَ مَن يَشۡفَعۡ شَفَٰعَةࣰ سَيِّئَةࣰ يَكُن لَّهُۥ كِفۡلࣱ مِّنۡهَا ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ مُّقِيتࣰا﴿٨٥﴾

    Kim yaxshi shafoat qilsa, undan oʻz nasibasi boʻlur. Kim yomon shafoat qilsa, undan oʻz nasibasi boʻlur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir.

  86. 4:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةࣲ فَحَيُّواْ بِأَحۡسَنَ مِنۡهَآ أَوۡ رُدُّوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٍ حَسِيبًا﴿٨٦﴾

    Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan koʻra yaxshiroq alik oling yoki xuddi oʻzidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir.

  87. 4:87Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ لَيَجۡمَعَنَّكُمۡ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ لَا رَيۡبَ فِيهِ ۗ وَ مَنۡ أَصۡدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِيثࣰا﴿٨٧﴾

    Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U sizlarni qoim boʻlishida hech shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Kim Allohdan koʻra rostgoʻyroq?!

  88. 4:88Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا لَكُمۡ فِي ٱلۡمُنَٰفِقِينَ فِئَتَيۡنِ وَ ٱللَّهُ أَرۡكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓاْ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهۡدُواْ مَنۡ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلࣰا﴿٨٨﴾

    Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qoʻydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi boʻlasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan boʻlsa, unga yoʻl topa olmassan.

  89. 4:89Mushafda oʻqish ↗

    وَدُّواْ لَوۡ تَكۡفُرُونَ كَمَا كَفَرُواْ فَتَكُونُونَ سَوَآءࣰ ۖ فَلَا تَتَّخِذُواْ مِنۡهُمۡ أَوۡلِيَآءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَخُذُوهُمۡ وَ ٱقۡتُلُوهُمۡ حَيۡثُ وَجَدتُّمُوهُمۡ ۖ وَ لَا تَتَّخِذُواْ مِنۡهُمۡ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرًا﴿٨٩﴾

    Ular siz ham xuddi oʻzlaridek kofir boʻlib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha, ulardan doʻst tutmang. Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ulardan doʻst ham, yordamchi ham tutmang.

  90. 4:90Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوۡمِۭ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَهُم مِّيثَٰقٌ أَوۡ جَآءُوكُمۡ حَصِرَتۡ صُدُورُهُمۡ أَن يُقَٰتِلُوكُمۡ أَوۡ يُقَٰتِلُواْ قَوۡمَهُمۡ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَسَلَّطَهُمۡ عَلَيۡكُمۡ فَلَقَٰتَلُوكُمۡ ۚ فَإِنِ ٱعۡتَزَلُوكُمۡ فَلَمۡ يُقَٰتِلُوكُمۡ وَ أَلۡقَوۡاْ إِلَيۡكُمُ ٱلسَّلَمَ فَمَا جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمۡ عَلَيۡهِمۡ سَبِيلࣰا﴿٩٠﴾

    Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, oʻz qavmlari bilan ham urushish koʻngillariga sigʻmasdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qoʻyardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yoʻl bermas.

  91. 4:91Mushafda oʻqish ↗

    سَتَجِدُونَ ءَاخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأۡمَنُوكُمۡ وَ يَأۡمَنُواْ قَوۡمَهُمۡ كُلَّ مَا رُدُّوٓاْ إِلَى ٱلۡفِتۡنَةِ أُرۡكِسُواْ فِيهَا ۚ فَإِن لَّمۡ يَعۡتَزِلُوكُمۡ وَ يُلۡقُوٓاْ إِلَيۡكُمُ ٱلسَّلَمَ وَ يَكُفُّوٓاْ أَيۡدِيَهُمۡ فَخُذُوهُمۡ وَ ٱقۡتُلُوهُمۡ حَيۡثُ ثَقِفۡتُمُوهُمۡ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكُمۡ جَعَلۡنَا لَكُمۡ عَلَيۡهِمۡ سُلۡطَٰنࣰا مُّبِينࣰا﴿٩١﴾

    Sizdan ham, oʻz qavmlaridan ham omonda boʻlishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chogʻlarida unga shoʻngʻiydigan boshqa birovlarni ham koʻrasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qoʻllarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ana oʻshandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik.

  92. 4:92Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لِمُؤۡمِنٍ أَن يَقۡتُلَ مُؤۡمِنًا إِلَّا خَطَـࣰٔا ۚ وَ مَن قَتَلَ مُؤۡمِنًا خَطَـࣰٔا فَتَحۡرِيرُ رَقَبَةࣲ مُّؤۡمِنَةࣲ وَ دِيَةࣱ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَصَّدَّقُواْ ۚ فَإِن كَانَ مِن قَوۡمٍ عَدُوࣲّ لَّكُمۡ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَتَحۡرِيرُ رَقَبَةࣲ مُّؤۡمِنَةࣲ ۖ وَ إِن كَانَ مِن قَوۡمِۭ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَهُم مِّيثَٰقࣱ فَدِيَةࣱ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦ وَ تَحۡرِيرُ رَقَبَةࣲ مُّؤۡمِنَةࣲ ۖ فَمَن لَّمۡ يَجِدۡ فَصِيَامُ شَهۡرَيۡنِ مُتَتَابِعَيۡنِ تَوۡبَةࣰ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿٩٢﴾

    Moʻmin moʻminni oʻldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki moʻminni bilmasdan oʻldirib qoʻysa, bas, unga moʻmin qulni ozod qilish va (oʻlganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib boʻlur. Agar u sizga dushman qavmdan boʻlib, oʻzi moʻmin boʻlsa, moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan boʻlsa, ahliga beriladigan xun va moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy roʻza tutish vojib boʻlur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  93. 4:93Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَقۡتُلۡ مُؤۡمِنࣰا مُّتَعَمِّدࣰا فَجَزَآؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَٰلِدࣰا فِيهَا وَ غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِ وَ لَعَنَهُۥ وَ أَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِيمࣰا﴿٩٣﴾

    Kim bir moʻminni qasdan oʻldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning gʻazabi va laʼnati yogʻilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir.

  94. 4:94Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا ضَرَبۡتُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَتَبَيَّنُواْ وَ لَا تَقُولُواْ لِمَنۡ أَلۡقَىٰٓ إِلَيۡكُمُ ٱلسَّلَٰمَ لَسۡتَ مُؤۡمِنࣰا تَبۡتَغُونَ عَرَضَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةࣱ ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبۡلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيۡكُمۡ فَتَبَيَّنُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣰا﴿٩٤﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, moʻmin emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining oʻtkinchi oʻljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, koʻplab oʻljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga neʼmat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

  95. 4:95Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَسۡتَوِي ٱلۡقَٰعِدُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ غَيۡرُ أُوْلِي ٱلضَّرَرِ وَ ٱلۡمُجَٰهِدُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ ۚ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلۡمُجَٰهِدِينَ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ عَلَى ٱلۡقَٰعِدِينَ دَرَجَةࣰ ۚ وَ كُلࣰّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ وَ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلۡمُجَٰهِدِينَ عَلَى ٱلۡقَٰعِدِينَ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿٩٥﴾

    Moʻminlardan beshikast boʻla turib oʻtirib qolganlari bilan Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar boʻlmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini oʻtirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Alloh mujohidlarni oʻtirib qoluvchilardan ulugʻ ajr ila afzal qilgan.

  96. 4:96Mushafda oʻqish ↗

    دَرَجَٰتࣲ مِّنۡهُ وَ مَغۡفِرَةࣰ وَ رَحۡمَةࣰ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمًا﴿٩٦﴾

    Oʻzidan boʻlgan darajalar ila, magʻfirat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

  97. 4:97Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِيٓ أَنفُسِهِمۡ قَالُواْ فِيمَ كُنتُمۡ ۖ قَالُواْ كُنَّا مُسۡتَضۡعَفِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ قَالُوٓاْ أَلَمۡ تَكُنۡ أَرۡضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةࣰ فَتُهَاجِرُواْ فِيهَا ۚ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ سَآءَتۡ مَصِيرًا﴿٩٧﴾

    Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz boʻlmasmidi?!» derlar. Ana oʻshalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy!

  98. 4:98Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَ ٱلنِّسَآءِ وَ ٱلۡوِلۡدَٰنِ لَا يَسۡتَطِيعُونَ حِيلَةࣰ وَ لَا يَهۡتَدُونَ سَبِيلࣰا﴿٩٨﴾

    Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir boʻlmagan, yoʻlni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.

  99. 4:99Mushafda oʻqish ↗

    فَأُوْلَٰٓئِكَ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَعۡفُوَ عَنۡهُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَفُوًّا غَفُورࣰا﴿٩٩﴾

    Ana oʻshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir.

  100. 4:100Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُهَاجِرۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُرَٰغَمࣰا كَثِيرࣰا وَ سَعَةࣰ ۚ وَ مَن يَخۡرُجۡ مِنۢ بَيۡتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدۡرِكۡهُ ٱلۡمَوۡتُ فَقَدۡ وَقَعَ أَجۡرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١٠٠﴾

    Kim Allohning yoʻlida hijrat qilsa, yer yuzida koʻpgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, soʻngra unga oʻlim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

  101. 4:101Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ضَرَبۡتُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَلَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَقۡصُرُواْ مِنَ ٱلصَّلَوٰةِ إِنۡ خِفۡتُمۡ أَن يَفۡتِنَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱلۡكَٰفِرِينَ كَانُواْ لَكُمۡ عَدُوࣰّا مُّبِينࣰا﴿١٠١﴾

    Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmogʻingizda gunoh yoʻqdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.

  102. 4:102Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا كُنتَ فِيهِمۡ فَأَقَمۡتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلۡتَقُمۡ طَآئِفَةࣱ مِّنۡهُم مَّعَكَ وَ لۡيَأۡخُذُوٓاْ أَسۡلِحَتَهُمۡ ۖ فَإِذَا سَجَدُواْ فَلۡيَكُونُواْ مِن وَرَآئِكُمۡ وَ لۡتَأۡتِ طَآئِفَةٌ أُخۡرَىٰ لَمۡ يُصَلُّواْ فَلۡيُصَلُّواْ مَعَكَ وَ لۡيَأۡخُذُواْ حِذۡرَهُمۡ وَ أَسۡلِحَتَهُمۡ ۗ وَدَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡ تَغۡفُلُونَ عَنۡ أَسۡلِحَتِكُمۡ وَ أَمۡتِعَتِكُمۡ فَيَمِيلُونَ عَلَيۡكُم مَّيۡلَةࣰ وَٰحِدَةࣰ ۚ وَ لَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ إِن كَانَ بِكُمۡ أَذࣰى مِّن مَّطَرٍ أَوۡ كُنتُم مَّرۡضَىٰٓ أَن تَضَعُوٓاْ أَسۡلِحَتَكُمۡ ۖ وَ خُذُواْ حِذۡرَكُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابࣰا مُّهِينࣰا﴿١٠٢﴾

    Ular ichida boʻlsang-u, namoz ado qilmoqchi boʻlsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga oʻtsinlar. Namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz oʻqisin. Ehtiyot boʻlib, silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan gʻofil boʻlsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomgʻirdan ozor yetsa yoki bemor boʻlsangiz, silohlaringizni qoʻymogʻingizda gunoh yoʻqdir. Hushyor boʻlinglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir.

  103. 4:103Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا قَضَيۡتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ قِيَٰمࣰا وَ قُعُودࣰا وَ عَلَىٰ جُنُوبِكُمۡ ۚ فَإِذَا ٱطۡمَأۡنَنتُمۡ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتۡ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ كِتَٰبࣰا مَّوۡقُوتࣰا﴿١٠٣﴾

    Namozni ado etganingizdan soʻng, Allohni turgan, oʻtirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam boʻlganingizda namozni toʻliq ado eting. Albatta, namoz moʻminlarga vaqtida farz qilingandir.

  104. 4:104Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَهِنُواْ فِي ٱبۡتِغَآءِ ٱلۡقَوۡمِ ۖ إِن تَكُونُواْ تَأۡلَمُونَ فَإِنَّهُمۡ يَأۡلَمُونَ كَمَا تَأۡلَمُونَ ۖ وَ تَرۡجُونَ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا يَرۡجُونَ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا﴿١٠٤﴾

    U qavmni quvishda boʻsh kelmang. Agar alam chekayotgan boʻlsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  105. 4:105Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ لِتَحۡكُمَ بَيۡنَ ٱلنَّاسِ بِمَآ أَرَىٰكَ ٱللَّهُ ۚ وَ لَا تَكُن لِّلۡخَآئِنِينَ خَصِيمࣰا﴿١٠٥﴾

    Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh koʻrsatganicha hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi boʻlma!

  106. 4:106Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱسۡتَغۡفِرِ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١٠٦﴾

    Allohga istigʻfor ayt! Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  107. 4:107Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تُجَٰدِلۡ عَنِ ٱلَّذِينَ يَخۡتَانُونَ أَنفُسَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمࣰا﴿١٠٧﴾

    Oʻz jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor boʻlgan kimsani xush koʻrmas.

  108. 4:108Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡتَخۡفُونَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَ لَا يَسۡتَخۡفُونَ مِنَ ٱللَّهِ وَ هُوَ مَعَهُمۡ إِذۡ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرۡضَىٰ مِنَ ٱلۡقَوۡلِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا يَعۡمَلُونَ مُحِيطًا﴿١٠٨﴾

    Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U Oʻzi rozi boʻlmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir.

  109. 4:109Mushafda oʻqish ↗

    هَٰٓأَنتُمۡ هَٰٓؤُلَآءِ جَٰدَلۡتُمۡ عَنۡهُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فَمَن يُجَٰدِلُ ٱللَّهَ عَنۡهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيۡهِمۡ وَكِيلࣰا﴿١٠٩﴾

    Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil boʻladir?!

  110. 4:110Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَعۡمَلۡ سُوٓءًا أَوۡ يَظۡلِمۡ نَفۡسَهُۥ ثُمَّ يَسۡتَغۡفِرِ ٱللَّهَ يَجِدِ ٱللَّهَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١١٠﴾

    Kim yomonlik qilsa yoki oʻziga zulm etsa, soʻngra Allohga istigʻfor aytsa, Allohni magʻfiratli va rahimli Zot topadir.

  111. 4:111Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَكۡسِبۡ إِثۡمࣰا فَإِنَّمَا يَكۡسِبُهُۥ عَلَىٰ نَفۡسِهِۦ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿١١١﴾

    Kim gunoh qilsa, uni faqatgina oʻz zarariga qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  112. 4:112Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَكۡسِبۡ خَطِيٓـَٔةً أَوۡ إِثۡمࣰا ثُمَّ يَرۡمِ بِهِۦ بَرِيٓـࣰٔا فَقَدِ ٱحۡتَمَلَ بُهۡتَٰنࣰا وَ إِثۡمࣰا مُّبِينࣰا﴿١١٢﴾

    Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, soʻngra uni beaybga agʻdarsa, shubhasiz, boʻhton va ochiq gunohni oʻz boʻyniga olibdir.

  113. 4:113Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَا فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكَ وَ رَحۡمَتُهُۥ لَهَمَّت طَّآئِفَةࣱ مِّنۡهُمۡ أَن يُضِلُّوكَ وَ مَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمۡ ۖ وَ مَا يَضُرُّونَكَ مِن شَيۡءࣲ ۚ وَ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ عَلَّمَكَ مَا لَمۡ تَكُن تَعۡلَمُ ۚ وَ كَانَ فَضۡلُ ٱللَّهِ عَلَيۡكَ عَظِيمࣰا﴿١١٣﴾

    Agar senga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi.

  114. 4:114Mushafda oʻqish ↗

    لَّا خَيۡرَ فِي كَثِيرࣲ مِّن نَّجۡوَىٰهُمۡ إِلَّا مَنۡ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوۡ مَعۡرُوفٍ أَوۡ إِصۡلَٰحِۭ بَيۡنَ ٱلنَّاسِ ۚ وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِ ٱللَّهِ فَسَوۡفَ نُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿١١٤﴾

    Ularning koʻpgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yoʻq, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim oʻsha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulugʻ ajr berurmiz.

  115. 4:115Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُشَاقِقِ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعۡدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ ٱلۡهُدَىٰ وَ يَتَّبِعۡ غَيۡرَ سَبِيلِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ نُوَلِّهِۦ مَا تَوَلَّىٰ وَ نُصۡلِهِۦ جَهَنَّمَ ۖ وَ سَآءَتۡ مَصِيرًا﴿١١٥﴾

    Kim oʻziga hidoyat ravshan boʻlgandan keyin Paygʻambarga xilof qilsa va moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, ketgan tomonga qoʻyib qoʻyamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!

  116. 4:116Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغۡفِرُ أَن يُشۡرَكَ بِهِۦ وَ يَغۡفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَ مَن يُشۡرِكۡ بِٱللَّهِ فَقَدۡ ضَلَّ ضَلَٰلَۢا بَعِيدًا﴿١١٦﴾

    Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan boʻlur.

  117. 4:117Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ إِنَٰثࣰا وَ إِن يَدۡعُونَ إِلَّا شَيۡطَٰنࣰا مَّرِيدࣰا﴿١١٧﴾

    Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar.

  118. 4:118Mushafda oʻqish ↗

    لَّعَنَهُ ٱللَّهُ ۘ وَ قَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنۡ عِبَادِكَ نَصِيبࣰا مَّفۡرُوضࣰا﴿١١٨﴾

    Alloh uni laʼnatladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman.

  119. 4:119Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَأُضِلَّنَّهُمۡ وَ لَأُمَنِّيَنَّهُمۡ وَ لَأٓمُرَنَّهُمۡ فَلَيُبَتِّكُنَّ ءَاذَانَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ وَ لَأٓمُرَنَّهُمۡ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلۡقَ ٱللَّهِ ۚ وَ مَن يَتَّخِذِ ٱلشَّيۡطَٰنَ وَلِيࣰّا مِّن دُونِ ٱللَّهِ فَقَدۡ خَسِرَ خُسۡرَانࣰا مُّبِينࣰا﴿١١٩﴾

    Ularni adashtiraman, xomxayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini oʻzgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni doʻst tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir.

  120. 4:120Mushafda oʻqish ↗

    يَعِدُهُمۡ وَ يُمَنِّيهِمۡ ۖ وَ مَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا﴿١٢٠﴾

    U ularga vaʼda berur va xomxayollarga solur. Shayton ularga gʻururdan boshqa narsani vaʼda qilmas.

  121. 4:121Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ وَ لَا يَجِدُونَ عَنۡهَا مَحِيصࣰا﴿١٢١﴾

    Ana oʻshalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yoʻlini topa olmaslar.

  122. 4:122Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدۡخِلُهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣰّا ۚ وَ مَنۡ أَصۡدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِيلࣰا﴿١٢٢﴾

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz. Unda abadiy — bardavom qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan rostgoʻyroq zot bormi?

  123. 4:123Mushafda oʻqish ↗

    لَّيۡسَ بِأَمَانِيِّكُمۡ وَ لَآ أَمَانِيِّ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ ۗ مَن يَعۡمَلۡ سُوٓءࣰا يُجۡزَ بِهِۦ وَ لَا يَجِدۡ لَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرࣰا﴿١٢٣﴾

    Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va oʻziga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topa olmas.

  124. 4:124Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَعۡمَلۡ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ وَ لَا يُظۡلَمُونَ نَقِيرࣰا﴿١٢٤﴾

    Erkakmi, ayolmi — kim moʻmin boʻlgan holda yaxshiliklar qilsa, ana oʻshalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas.

  125. 4:125Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَنۡ أَحۡسَنُ دِينࣰا مِّمَّنۡ أَسۡلَمَ وَجۡهَهُۥ لِلَّهِ وَ هُوَ مُحۡسِنࣱ وَ ٱتَّبَعَ مِلَّةَ إِبۡرَٰهِيمَ حَنِيفࣰا ۗ وَ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبۡرَٰهِيمَ خَلِيلࣰا﴿١٢٥﴾

    Yaxshilik qiluvchi boʻlgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning toʻgʻri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni doʻst tutgan edi.

  126. 4:126Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءࣲ مُّحِيطࣰا﴿١٢٦﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ihota qilgan Zotdir.

  127. 4:127Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَسۡتَفۡتُونَكَ فِي ٱلنِّسَآءِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ يُفۡتِيكُمۡ فِيهِنَّ وَ مَا يُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ فِي يَتَٰمَى ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِي لَا تُؤۡتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَ تَرۡغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَ ٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلۡوِلۡدَٰنِ وَ أَن تَقُومُواْ لِلۡيَتَٰمَىٰ بِٱلۡقِسۡطِ ۚ وَ مَا تَفۡعَلُواْ مِنۡ خَيۡرࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِهِۦ عَلِيمࣰا﴿١٢٧﴾

    Sendan ayollar haqida fatvo soʻrarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragʻbat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmogʻingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir.

  128. 4:128Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنِ ٱمۡرَأَةٌ خَافَتۡ مِنۢ بَعۡلِهَا نُشُوزًا أَوۡ إِعۡرَاضࣰا فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَآ أَن يُصۡلِحَا بَيۡنَهُمَا صُلۡحࣰا ۚ وَ ٱلصُّلۡحُ خَيۡرࣱ ۗ وَ أُحۡضِرَتِ ٱلۡأَنفُسُ ٱلشُّحَّ ۚ وَ إِن تُحۡسِنُواْ وَ تَتَّقُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣰا﴿١٢٨﴾

    Agar ayol kishi oʻz eridan nafrat va yuz oʻgirish sodir boʻlishidan qoʻrqsa, ikkovlari oʻzaro sulhga kelishishlarida gunoh yoʻq. Sulh yaxshidir. Nafslar qizgʻanishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir.

  129. 4:129Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَن تَسۡتَطِيعُوٓاْ أَن تَعۡدِلُواْ بَيۡنَ ٱلنِّسَآءِ وَ لَوۡ حَرَصۡتُمۡ ۖ فَلَا تَمِيلُواْ كُلَّ ٱلۡمَيۡلِ فَتَذَرُوهَا كَٱلۡمُعَلَّقَةِ ۚ وَ إِن تُصۡلِحُواْ وَ تَتَّقُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١٢٩﴾

    Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar oʻrtasida adolatli boʻla olmassizlar. Bir yoʻla moyil boʻlib ketib, (baʼzisini) muallaqqa oʻxshatib qoʻymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  130. 4:130Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن يَتَفَرَّقَا يُغۡنِ ٱللَّهُ كُلࣰّا مِّن سَعَتِهِۦ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمࣰا﴿١٣٠﴾

    Agar ajrashsalar, Alloh Oʻz fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir.

  131. 4:131Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ لَقَدۡ وَصَّيۡنَا ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِكُمۡ وَ إِيَّاكُمۡ أَنِ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ وَ إِن تَكۡفُرُواْ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدࣰا﴿١٣١﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.

  132. 4:132Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا﴿١٣٢﴾

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil boʻlishga Alloh kifoyadir.

  133. 4:133Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَشَأۡ يُذۡهِبۡكُمۡ أَيُّهَا ٱلنَّاسُ وَ يَأۡتِ بِـَٔاخَرِينَ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرࣰا﴿١٣٣﴾

    Agar U Zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir boʻlgan Zotdir.

  134. 4:134Mushafda oʻqish ↗

    مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ ٱلدُّنۡيَا فَعِندَ ٱللَّهِ ثَوَابُ ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ سَمِيعَۢا بَصِيرࣰا﴿١٣٤﴾

    Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va koʻruvchi Zotdir.

  135. 4:135Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُواْ قَوَّٰمِينَ بِٱلۡقِسۡطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَ لَوۡ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ أَوِ ٱلۡوَٰلِدَيۡنِ وَ ٱلۡأَقۡرَبِينَ ۚ إِن يَكُنۡ غَنِيًّا أَوۡ فَقِيرࣰا فَٱللَّهُ أَوۡلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُواْ ٱلۡهَوَىٰٓ أَن تَعۡدِلُواْ ۚ وَ إِن تَلۡوُۥٓاْ أَوۡ تُعۡرِضُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣰا﴿١٣٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar oʻzingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻgʻri guvohlik beruvchi boʻling. Agar u boy boʻlsa ham, kambagʻal boʻlsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz oʻgirib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

  136. 4:136Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلَّذِي نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ مِن قَبۡلُ ۚ وَ مَن يَكۡفُرۡ بِٱللَّهِ وَ مَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَ كُتُبِهِۦ وَ رُسُلِهِۦ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ فَقَدۡ ضَلَّ ضَلَٰلَۢا بَعِيدًا﴿١٣٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U Oʻz Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan boʻladi.

  137. 4:137Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ ٱزۡدَادُواْ كُفۡرࣰا لَّمۡ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغۡفِرَ لَهُمۡ وَ لَا لِيَهۡدِيَهُمۡ سَبِيلَۢا﴿١٣٧﴾

    Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, soʻngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda boʻlganlarni Alloh magʻfirat qilmas va toʻgʻri yoʻlga hidoyat etmas.

  138. 4:138Mushafda oʻqish ↗

    بَشِّرِ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ بِأَنَّ لَهُمۡ عَذَابًا أَلِيمًا﴿١٣٨﴾

    Munofiqlarga ularga albatta alamli azob boʻlishining bashoratini ber.

  139. 4:139Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۚ أَيَبۡتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلۡعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلۡعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعࣰا﴿١٣٩﴾

    Ular moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutadiganlardir. Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.

  140. 4:140Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَدۡ نَزَّلَ عَلَيۡكُمۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ أَنۡ إِذَا سَمِعۡتُمۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ يُكۡفَرُ بِهَا وَ يُسۡتَهۡزَأُ بِهَا فَلَا تَقۡعُدُواْ مَعَهُمۡ حَتَّىٰ يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيۡرِهِۦٓ إِنَّكُمۡ إِذࣰا مِّثۡلُهُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ جَامِعُ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱلۡكَٰفِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا﴿١٤٠﴾

    Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chogʻda, boshqa gapga oʻtmagunlaricha, ular bilan oʻtirmanglar», deb tushirdi. Agar oʻtirsangiz, siz ham ularga oʻxshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.

  141. 4:141Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمۡ فَإِن كَانَ لَكُمۡ فَتۡحࣱ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓاْ أَلَمۡ نَكُن مَّعَكُمۡ وَ إِن كَانَ لِلۡكَٰفِرِينَ نَصِيبࣱ قَالُوٓاْ أَلَمۡ نَسۡتَحۡوِذۡ عَلَيۡكُمۡ وَ نَمۡنَعۡكُم مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۚ فَٱللَّهُ يَحۡكُمُ بَيۡنَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ وَ لَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا﴿١٤١﴾

    Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath boʻlsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba boʻlsa: «Sizlarga ustun kelib, moʻminlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermas.

  142. 4:142Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَ هُوَ خَٰدِعُهُمۡ وَ إِذَا قَامُوٓاْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ قَامُواْ كُسَالَىٰ يُرَآءُونَ ٱلنَّاسَ وَ لَا يَذۡكُرُونَ ٱللَّهَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿١٤٢﴾

    Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻlurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xoʻjakoʻrsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar.

  143. 4:143Mushafda oʻqish ↗

    مُّذَبۡذَبِينَ بَيۡنَ ذَٰلِكَ لَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ وَ لَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلࣰا﴿١٤٣﴾

    Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qoʻshila oladirlar va na manavilarga qoʻshila oladirlar. Alloh kimni yoʻldan adashtirsa, hargiz unga yoʻl topa olmassan.

  144. 4:144Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجۡعَلُواْ لِلَّهِ عَلَيۡكُمۡ سُلۡطَٰنࣰا مُّبِينًا﴿١٤٤﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmang. Allohning huzurida oʻz ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?!

  145. 4:145Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ فِي ٱلدَّرۡكِ ٱلۡأَسۡفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَ لَن تَجِدَ لَهُمۡ نَصِيرًا﴿١٤٥﴾

    Albatta, munofiqlar doʻzaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan.

  146. 4:146Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ وَ أَصۡلَحُواْ وَ ٱعۡتَصَمُواْ بِٱللَّهِ وَ أَخۡلَصُواْ دِينَهُمۡ لِلَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَعَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۖ وَ سَوۡفَ يُؤۡتِ ٱللَّهُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿١٤٦﴾

    Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qoʻyganlar — ana oʻshalar moʻminlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, moʻminlarga ulugʻ ajr berur.

  147. 4:147Mushafda oʻqish ↗

    مَّا يَفۡعَلُ ٱللَّهُ بِعَذَابِكُمۡ إِن شَكَرۡتُمۡ وَ ءَامَنتُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمࣰا﴿١٤٧﴾

    Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi) va biluvchi Zotdir.

  148. 4:148Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يُحِبُّ ٱللَّهُ ٱلۡجَهۡرَ بِٱلسُّوٓءِ مِنَ ٱلۡقَوۡلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا﴿١٤٨﴾

    Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmas. Magar mazlumdan boʻlsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

  149. 4:149Mushafda oʻqish ↗

    إِن تُبۡدُواْ خَيۡرًا أَوۡ تُخۡفُوهُ أَوۡ تَعۡفُواْ عَن سُوٓءࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوࣰّا قَدِيرًا﴿١٤٩﴾

    Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir.

  150. 4:150Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡفُرُونَ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ وَ يُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُواْ بَيۡنَ ٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ وَ يَقُولُونَ نُؤۡمِنُ بِبَعۡضࣲ وَ نَكۡفُرُ بِبَعۡضࣲ وَ يُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُواْ بَيۡنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا﴿١٥٠﴾

    Albatta, Allohga va Uning Paygʻambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Paygʻambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda baʼzilariga iymon va baʼzilariga kufr keltiramiz, deb ana oʻshanday ora yoʻlni tutishni xohlaydiganlar.

  151. 4:151Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡكَٰفِرُونَ حَقࣰّا ۚ وَ أَعۡتَدۡنَا لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابࣰا مُّهِينࣰا﴿١٥١﴾

    Ana oʻshalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

  152. 4:152Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ وَ لَمۡ يُفَرِّقُواْ بَيۡنَ أَحَدࣲ مِّنۡهُمۡ أُوْلَٰٓئِكَ سَوۡفَ يُؤۡتِيهِمۡ أُجُورَهُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١٥٢﴾

    Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana oʻshalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  153. 4:153Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡـَٔلُكَ أَهۡلُ ٱلۡكِتَٰبِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيۡهِمۡ كِتَٰبࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ فَقَدۡ سَأَلُواْ مُوسَىٰٓ أَكۡبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوٓاْ أَرِنَا ٱللَّهَ جَهۡرَةࣰ فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ بِظُلۡمِهِمۡ ۚ ثُمَّ ٱتَّخَذُواْ ٱلۡعِجۡلَ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡهُمُ ٱلۡبَيِّنَٰتُ فَعَفَوۡنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَ ءَاتَيۡنَا مُوسَىٰ سُلۡطَٰنࣰا مُّبِينࣰا﴿١٥٣﴾

    Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni soʻrarlar. Musodan bundan ham katta narsani soʻraganlar — «Bizga Allohni oshkora koʻrsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. Soʻngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni (xudo qilib) oldilar. Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.

  154. 4:154Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَفَعۡنَا فَوۡقَهُمُ ٱلطُّورَ بِمِيثَٰقِهِمۡ وَ قُلۡنَا لَهُمُ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡبَابَ سُجَّدࣰا وَ قُلۡنَا لَهُمۡ لَا تَعۡدُواْ فِي ٱلسَّبۡتِ وَ أَخَذۡنَا مِنۡهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظࣰا﴿١٥٤﴾

    Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni koʻtardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik.

  155. 4:155Mushafda oʻqish ↗

    فَبِمَا نَقۡضِهِم مِّيثَٰقَهُمۡ وَ كُفۡرِهِم بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ قَتۡلِهِمُ ٱلۡأَنۢبِيَآءَ بِغَيۡرِ حَقࣲّ وَ قَوۡلِهِمۡ قُلُوبُنَا غُلۡفُۢ ۚ بَلۡ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَيۡهَا بِكُفۡرِهِمۡ فَلَا يُؤۡمِنُونَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿١٥٥﴾

    Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yoʻq! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.

  156. 4:156Mushafda oʻqish ↗

    وَ بِكُفۡرِهِمۡ وَ قَوۡلِهِمۡ عَلَىٰ مَرۡيَمَ بُهۡتَٰنًا عَظِيمࣰا﴿١٥٦﴾

    «Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan boʻhton aytganlari uchun».

  157. 4:157Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَوۡلِهِمۡ إِنَّا قَتَلۡنَا ٱلۡمَسِيحَ عِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ رَسُولَ ٱللَّهِ وَ مَا قَتَلُوهُ وَ مَا صَلَبُوهُ وَ لَٰكِن شُبِّهَ لَهُمۡ ۚ وَ إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخۡتَلَفُواْ فِيهِ لَفِي شَكࣲّ مِّنۡهُ ۚ مَا لَهُم بِهِۦ مِنۡ عِلۡمٍ إِلَّا ٱتِّبَاعَ ٱلظَّنِّ ۚ وَ مَا قَتَلُوهُ يَقِينَۢا﴿١٥٧﴾

    «Biz Allohning Rasuli Masiyh Iyso ibn Maryamni oʻldirdik», deganlari uchun (ularni laʼnatladik). Holbuki, uni oʻldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning oʻlimidan shak-shubhadadirlar. U toʻgʻrisida ularning bilimlari yoʻq, magar gumonga ergasharlar. Uni oʻldirmaganlari aniqdir.

  158. 4:158Mushafda oʻqish ↗

    بَل رَّفَعَهُ ٱللَّهُ إِلَيۡهِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمࣰا﴿١٥٨﴾

    Balki, uni Alloh Oʻziga koʻtardi. Alloh aziyz va hakiym boʻlgan Zotdir.

  159. 4:159Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ إِلَّا لَيُؤۡمِنَنَّ بِهِۦ قَبۡلَ مَوۡتِهِۦ ۖ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يَكُونُ عَلَيۡهِمۡ شَهِيدࣰا﴿١٥٩﴾

    Hech bir ahli kitob yoʻqki, unga oʻlimidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh boʻlur.

  160. 4:160Mushafda oʻqish ↗

    فَبِظُلۡمࣲ مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمۡنَا عَلَيۡهِمۡ طَيِّبَٰتٍ أُحِلَّتۡ لَهُمۡ وَ بِصَدِّهِمۡ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ كَثِيرࣰا﴿١٦٠﴾

    Yahudiy boʻlganlarga, ularning zulmi, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsganlari uchun, oʻzlariga halol qilingan narsani harom qildik.

  161. 4:161Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَخۡذِهِمُ ٱلرِّبَوٰاْ وَ قَدۡ نُهُواْ عَنۡهُ وَ أَكۡلِهِمۡ أَمۡوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلۡبَٰطِلِ ۚ وَ أَعۡتَدۡنَا لِلۡكَٰفِرِينَ مِنۡهُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٦١﴾

    Va qaytarilgan boʻlsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qoʻydik.

  162. 4:162Mushafda oʻqish ↗

    لَّٰكِنِ ٱلرَّٰسِخُونَ فِي ٱلۡعِلۡمِ مِنۡهُمۡ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ يُؤۡمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ وَ مَآ أُنزِلَ مِن قَبۡلِكَ ۚ وَ ٱلۡمُقِيمِينَ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَ ٱلۡمُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ أُوْلَٰٓئِكَ سَنُؤۡتِيهِمۡ أَجۡرًا عَظِيمًا﴿١٦٢﴾

    Lekin, ulardan ilmda mustahkam boʻlganlari va moʻminlari senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirurlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana oʻshalarga albatta ulugʻ ajr berurmiz.

  163. 4:163Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ كَمَآ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ نُوحࣲ وَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِنۢ بَعۡدِهِۦ ۚ وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ وَ ٱلۡأَسۡبَاطِ وَ عِيسَىٰ وَ أَيُّوبَ وَ يُونُسَ وَ هَٰرُونَ وَ سُلَيۡمَٰنَ ۚ وَ ءَاتَيۡنَا دَاوُۥدَ زَبُورࣰا﴿١٦٣﴾

    Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Paygʻambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik.

  164. 4:164Mushafda oʻqish ↗

    وَ رُسُلࣰا قَدۡ قَصَصۡنَٰهُمۡ عَلَيۡكَ مِن قَبۡلُ وَ رُسُلࣰا لَّمۡ نَقۡصُصۡهُمۡ عَلَيۡكَ ۚ وَ كَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكۡلِيمࣰا﴿١٦٤﴾

    Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Paygʻambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila oʻziga xos gaplashdi.

  165. 4:165Mushafda oʻqish ↗

    رُّسُلࣰا مُّبَشِّرِينَ وَ مُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةُۢ بَعۡدَ ٱلرُّسُلِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمࣰا﴿١٦٥﴾

    Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Paygʻambarlarni Alloh huzurida odamlarga Paygʻambarlardan soʻng hujjat boʻlmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziyz va hakiym boʻlgan Zotdir.

  166. 4:166Mushafda oʻqish ↗

    لَّٰكِنِ ٱللَّهُ يَشۡهَدُ بِمَآ أَنزَلَ إِلَيۡكَ ۖ أَنزَلَهُۥ بِعِلۡمِهِۦ ۖ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَشۡهَدُونَ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا﴿١٦٦﴾

    Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradir. Uni Oʻz ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  167. 4:167Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ قَدۡ ضَلُّواْ ضَلَٰلَۢا بَعِيدًا﴿١٦٧﴾

    Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.

  168. 4:168Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ ظَلَمُواْ لَمۡ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغۡفِرَ لَهُمۡ وَ لَا لِيَهۡدِيَهُمۡ طَرِيقًا﴿١٦٨﴾

    Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor magʻfirat qilmas va yoʻlga hidoyat ham qilmas.

  169. 4:169Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۚ وَ كَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣰا﴿١٦٩﴾

    Magar jahannam yoʻliga (hidoyat qilur) va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir.

  170. 4:170Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدۡ جَآءَكُمُ ٱلرَّسُولُ بِٱلۡحَقِّ مِن رَّبِّكُمۡ فَـَٔامِنُواْ خَيۡرࣰا لَّكُمۡ ۚ وَ إِن تَكۡفُرُواْ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿١٧٠﴾

    Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Paygʻambar keldi. Bas, iymon keltiring, oʻzingizga yaxshi boʻladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  171. 4:171Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لَا تَغۡلُواْ فِي دِينِكُمۡ وَ لَا تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلۡحَقَّ ۚ إِنَّمَا ٱلۡمَسِيحُ عِيسَى ٱبۡنُ مَرۡيَمَ رَسُولُ ٱللَّهِ وَ كَلِمَتُهُۥٓ أَلۡقَىٰهَآ إِلَىٰ مَرۡيَمَ وَ رُوحࣱ مِّنۡهُ ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رُسُلِهِۦ ۖ وَ لَا تَقُولُواْ ثَلَٰثَةٌ ۚ ٱنتَهُواْ خَيۡرࣰا لَّكُمۡ ۚ إِنَّمَا ٱللَّهُ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۖ سُبۡحَٰنَهُۥٓ أَن يَكُونَ لَهُۥ وَلَدࣱ ۘ لَّهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلࣰا﴿١٧١﴾

    Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Paygʻambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan boʻlgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. Toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, oʻzga emas. U Oʻzining bolasi boʻlishidan pok boʻldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  172. 4:172Mushafda oʻqish ↗

    لَّن يَسۡتَنكِفَ ٱلۡمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبۡدࣰا لِّلَّهِ وَ لَا ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ ٱلۡمُقَرَّبُونَ ۚ وَ مَن يَسۡتَنكِفۡ عَنۡ عِبَادَتِهِۦ وَ يَسۡتَكۡبِرۡ فَسَيَحۡشُرُهُمۡ إِلَيۡهِ جَمِيعࣰا﴿١٧٢﴾

    Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini Oʻziga toʻplar.

  173. 4:173Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمۡ أُجُورَهُمۡ وَ يَزِيدُهُم مِّن فَضۡلِهِۦ ۖ وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسۡتَنكَفُواْ وَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ فَيُعَذِّبُهُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا وَ لَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرࣰا﴿١٧٣﴾

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topmaslar.

  174. 4:174Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدۡ جَآءَكُم بُرۡهَٰنࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكُمۡ نُورࣰا مُّبِينࣰا﴿١٧٤﴾

    Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik.

  175. 4:175Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ ٱعۡتَصَمُواْ بِهِۦ فَسَيُدۡخِلُهُمۡ فِي رَحۡمَةࣲ مِّنۡهُ وَ فَضۡلࣲ وَ يَهۡدِيهِمۡ إِلَيۡهِ صِرَٰطࣰا مُّسۡتَقِيمࣰا﴿١٧٥﴾

    Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, Oʻzidan boʻlgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur.

  176. 4:176Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡتَفۡتُونَكَ قُلِ ٱللَّهُ يُفۡتِيكُمۡ فِي ٱلۡكَلَٰلَةِ ۚ إِنِ ٱمۡرُؤٌاْ هَلَكَ لَيۡسَ لَهُۥ وَلَدࣱ وَ لَهُۥٓ أُخۡتࣱ فَلَهَا نِصۡفُ مَا تَرَكَ ۚ وَ هُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمۡ يَكُن لَّهَا وَلَدࣱ ۚ فَإِن كَانَتَا ٱثۡنَتَيۡنِ فَلَهُمَا ٱلثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَ إِن كَانُوٓاْ إِخۡوَةࣰ رِّجَالࣰا وَ نِسَآءࣰ فَلِلذَّكَرِ مِثۡلُ حَظِّ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ ۗ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمۡ أَن تَضِلُّواْ ۗ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمُۢ﴿١٧٦﴾

    Sendan fatvo soʻrarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam oʻlsa-yu, uning bolasi boʻlmasa, singlisi boʻlsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi boʻlmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita boʻlsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxoʻrlar) erkak-ayol birodarlar boʻlsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Niso. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ayollar.

Mazmuni: Sura zaiflarning haqqini himoya qilishga alohida e’tibor beradi. Yetimlar moli, meros, nikoh, oilaviy munosabatlar, adolat, guvohlik, omonat va jamiyatdagi mas’uliyat haqida ko‘rsatmalar berib, kuchli inson boshqalarning haqqini poymol qilmasligi kerakligini o‘rgatadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraOli Imron surasiKeyingi sura →Moida surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026