Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Moida surasi

سورة المائدة

Moida surasi

Dasturxon · Моида сураси

5-sura120 oyatMadaniy6-pora

Moida surasi — Qurʼoni Karimning 5-surasi. U 120 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Dasturxon» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 5:1Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَوۡفُواْ بِٱلۡعُقُودِ ۚ أُحِلَّتۡ لَكُم بَهِيمَةُ ٱلۡأَنۡعَٰمِ إِلَّا مَا يُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ غَيۡرَ مُحِلِّي ٱلصَّيۡدِ وَ أَنتُمۡ حُرُمٌ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ يَحۡكُمُ مَا يُرِيدُ﴿١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling! Sizga, keyin tilovat qilinadiganlaridan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi, ehromdalik vaqtingizda ovni halol sanamagan holingizda. Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir.

  2. 5:2Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُحِلُّواْ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ وَ لَا ٱلشَّهۡرَ ٱلۡحَرَامَ وَ لَا ٱلۡهَدۡيَ وَ لَا ٱلۡقَلَٰٓئِدَ وَ لَآ ءَآمِّينَ ٱلۡبَيۡتَ ٱلۡحَرَامَ يَبۡتَغُونَ فَضۡلࣰا مِّن رَّبِّهِمۡ وَ رِضۡوَٰنࣰا ۚ وَ إِذَا حَلَلۡتُمۡ فَٱصۡطَادُواْ ۚ وَ لَا يَجۡرِمَنَّكُمۡ شَنَـَٔانُ قَوۡمٍ أَن صَدُّوكُمۡ عَنِ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ أَن تَعۡتَدُواْ ۘ وَ تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡبِرِّ وَ ٱلتَّقۡوَىٰ ۖ وَ لَا تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡعُدۡوَٰنِ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٢﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni oʻzingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol boʻlsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan toʻsgani uchun bir qavmni yomon koʻrishingiz ularga tajovuzkor boʻlishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.

  3. 5:3Mushafda oʻqish ↗

    حُرِّمَتۡ عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَيۡتَةُ وَ ٱلدَّمُ وَ لَحۡمُ ٱلۡخِنزِيرِ وَ مَآ أُهِلَّ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ بِهِۦ وَ ٱلۡمُنۡخَنِقَةُ وَ ٱلۡمَوۡقُوذَةُ وَ ٱلۡمُتَرَدِّيَةُ وَ ٱلنَّطِيحَةُ وَ مَآ أَكَلَ ٱلسَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيۡتُمۡ وَ مَا ذُبِحَ عَلَى ٱلنُّصُبِ وَ أَن تَسۡتَقۡسِمُواْ بِٱلۡأَزۡلَٰمِ ۚ ذَٰلِكُمۡ فِسۡقٌ ۗ ٱلۡيَوۡمَ يَئِسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمۡ فَلَا تَخۡشَوۡهُمۡ وَ ٱخۡشَوۡنِ ۚ ٱلۡيَوۡمَ أَكۡمَلۡتُ لَكُمۡ دِينَكُمۡ وَ أَتۡمَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ نِعۡمَتِي وَ رَضِيتُ لَكُمُ ٱلۡإِسۡلَٰمَ دِينࣰا ۚ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ فِي مَخۡمَصَةٍ غَيۡرَ مُتَجَانِفࣲ لِّإِثۡمࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٣﴾

    Sizlarga oʻlimtik, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan boshqaning nomi ila soʻyilgan, boʻgʻilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, yiqilib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (oʻlmay turib) soʻyib olsangiz (halol). Va butlarga soʻyilgan hayvonlar ham, choʻplar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmogʻingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi boʻldim. Kimki gunohga moyil boʻlmagan holida ochlikda muztar boʻlsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  4. 5:4Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡـَٔلُونَكَ مَاذَآ أُحِلَّ لَهُمۡ ۖ قُلۡ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ وَ مَا عَلَّمۡتُم مِّنَ ٱلۡجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَكُلُواْ مِمَّآ أَمۡسَكۡنَ عَلَيۡكُمۡ وَ ٱذۡكُرُواْ ٱسۡمَ ٱللَّهِ عَلَيۡهِ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿٤﴾

    Sendan ularga nima halol qilinganini soʻrarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga oʻxshatib, Alloh sizga oʻrgatgan narsalardan ularga ham oʻrgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan yenglar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deb ayt!

  5. 5:5Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡيَوۡمَ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ ۖ وَ طَعَامُ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ حِلࣱّ لَّكُمۡ وَ طَعَامُكُمۡ حِلࣱّ لَّهُمۡ ۖ وَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتُ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ وَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتُ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِكُمۡ إِذَآ ءَاتَيۡتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحۡصِنِينَ غَيۡرَ مُسَٰفِحِينَ وَ لَا مُتَّخِذِيٓ أَخۡدَانࣲ ۗ وَ مَن يَكۡفُرۡ بِٱلۡإِيمَٰنِ فَقَدۡ حَبِطَ عَمَلُهُۥ وَ هُوَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٥﴾

    Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa moʻminalar va sizdan oldin kitob berilganlardan boʻlgan afiyfalar ham, agar iffatli boʻlgan holingizda, zinokor boʻlmay va oʻynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali behuda ketadi va oxiratda u ziyon koʻruvchilardan boʻladir.

  6. 5:6Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا قُمۡتُمۡ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ فَٱغۡسِلُواْ وُجُوهَكُمۡ وَ أَيۡدِيَكُمۡ إِلَى ٱلۡمَرَافِقِ وَ ٱمۡسَحُواْ بِرُءُوسِكُمۡ وَ أَرۡجُلَكُمۡ إِلَى ٱلۡكَعۡبَيۡنِ ۚ وَ إِن كُنتُمۡ جُنُبࣰا فَٱطَّهَّرُواْ ۚ وَ إِن كُنتُم مَّرۡضَىٰٓ أَوۡ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوۡ جَآءَ أَحَدࣱ مِّنكُم مِّنَ ٱلۡغَآئِطِ أَوۡ لَٰمَسۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمۡ تَجِدُواْ مَآءࣰ فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدࣰا طَيِّبࣰا فَٱمۡسَحُواْ بِوُجُوهِكُمۡ وَ أَيۡدِيكُم مِّنۡهُ ۚ مَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيَجۡعَلَ عَلَيۡكُم مِّنۡ حَرَجࣲ وَ لَٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمۡ وَ لِيُتِمَّ نِعۡمَتَهُۥ عَلَيۡكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga masʼh tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar. Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qoʻllaringizga masʼh tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar.

  7. 5:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَ مِيثَٰقَهُ ٱلَّذِي وَاثَقَكُم بِهِۦٓ إِذۡ قُلۡتُمۡ سَمِعۡنَا وَ أَطَعۡنَا ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٧﴾

    Allohning sizga bergan neʼmatini va sizdan olgan ahdini eslang. Oʻzingiz: «Eshitdik va itoat qildik», degansiz-a?! Va Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh koʻkraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir.

  8. 5:8Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُواْ قَوَّٰمِينَ لِلَّهِ شُهَدَآءَ بِٱلۡقِسۡطِ ۖ وَ لَا يَجۡرِمَنَّكُمۡ شَنَـَٔانُ قَوۡمٍ عَلَىٰٓ أَلَّا تَعۡدِلُواْ ۚ ٱعۡدِلُواْ هُوَ أَقۡرَبُ لِلتَّقۡوَىٰ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh boʻling. Bir qavmni yomon koʻrishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh qilayotgan amalingizdan xabardor Zotdir.

  9. 5:9Mushafda oʻqish ↗

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ أَجۡرٌ عَظِيمࣱ﴿٩﴾

    Alloh iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarga vaʼda qildi: Ularga magʻfirat va ulkan ajr boʻlur.

  10. 5:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَحِيمِ﴿١٠﴾

    Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar — ana oʻshalar doʻzax egalaridir!

  11. 5:11Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ إِذۡ هَمَّ قَوۡمٌ أَن يَبۡسُطُوٓاْ إِلَيۡكُمۡ أَيۡدِيَهُمۡ فَكَفَّ أَيۡدِيَهُمۡ عَنكُمۡ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan neʼmatini eslang. Bir qavm sizga qoʻl uzatmoqchi boʻlganida, U ularning qoʻllarini sizdan qaytargan edi. Va Allohga taqvo qiling. Moʻminlar Allohga tavakkal qilsinlar.

  12. 5:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ بَعَثۡنَا مِنۡهُمُ ٱثۡنَيۡ عَشَرَ نَقِيبࣰا ۖ وَ قَالَ ٱللَّهُ إِنِّي مَعَكُمۡ ۖ لَئِنۡ أَقَمۡتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَيۡتُمُ ٱلزَّكَوٰةَ وَ ءَامَنتُم بِرُسُلِي وَ عَزَّرۡتُمُوهُمۡ وَ أَقۡرَضۡتُمُ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا لَّأُكَفِّرَنَّ عَنكُمۡ سَيِّـَٔاتِكُمۡ وَ لَأُدۡخِلَنَّكُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۚ فَمَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ مِنكُمۡ فَقَدۡ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ﴿١٢﴾

    Batahqiq, Alloh Bani Isroildan ahdnoma oldi. Ulardan oʻn ikkitasini naqib qilib yubordik. Va Alloh: «Albatta, Men sizlar bilanman. Agar namozni qoim qilsangiz, zakotni bersangiz, Paygʻambarlarimga iymon keltirsangiz, ularni qoʻllasangiz va Allohga yaxshi qarz bersangiz, albatta, sizning xatolaringizni kechiraman hamda sizni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman. Bas, bundan keyin ham sizdan kim kufr keltirsa, batahqiq, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻladir», dedi.

  13. 5:13Mushafda oʻqish ↗

    فَبِمَا نَقۡضِهِم مِّيثَٰقَهُمۡ لَعَنَّٰهُمۡ وَ جَعَلۡنَا قُلُوبَهُمۡ قَٰسِيَةࣰ ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلۡكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ وَ نَسُواْ حَظࣰّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِۦ ۚ وَ لَا تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىٰ خَآئِنَةࣲ مِّنۡهُمۡ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّنۡهُمۡ ۖ فَٱعۡفُ عَنۡهُمۡ وَ ٱصۡفَحۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٣﴾

    Ahdlarini buzganlari uchun ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qildik. Ular kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirdilar. Oʻzlariga eslatma boʻlgan narsadan koʻp nasibani unutdilar. Ularning ozginalaridan boshqalaridan mudom xiyonat koʻrasan. Bas, ularni afv et va ayblarini oʻtib yubor. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevar.

  14. 5:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّا نَصَٰرَىٰٓ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَهُمۡ فَنَسُواْ حَظࣰّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِۦ فَأَغۡرَيۡنَا بَيۡنَهُمُ ٱلۡعَدَاوَةَ وَ ٱلۡبَغۡضَآءَ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ وَ سَوۡفَ يُنَبِّئُهُمُ ٱللَّهُ بِمَا كَانُواْ يَصۡنَعُونَ﴿١٤﴾

    Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular oʻzlariga eslatma boʻlgan narsadan koʻp nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va yomon koʻrishni qiyomat kunigacha qoʻzgʻatdik. Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir.

  15. 5:15Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ قَدۡ جَآءَكُمۡ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمۡ كَثِيرࣰا مِّمَّا كُنتُمۡ تُخۡفُونَ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ يَعۡفُواْ عَن كَثِيرࣲ ۚ قَدۡ جَآءَكُم مِّنَ ٱللَّهِ نُورࣱ وَ كِتَٰبࣱ مُّبِينࣱ﴿١٥﴾

    Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Paygʻambarimiz keldi. U, sizga kitobdan berkitib yurgan koʻpgina narsalaringizni bayon qilib berur. Koʻpginasini esa, afv qilur. Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi.

  16. 5:16Mushafda oʻqish ↗

    يَهۡدِي بِهِ ٱللَّهُ مَنِ ٱتَّبَعَ رِضۡوَٰنَهُۥ سُبُلَ ٱلسَّلَٰمِ وَ يُخۡرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذۡنِهِۦ وَ يَهۡدِيهِمۡ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿١٦﴾

    U bilan Alloh Oʻz roziligini istaganlarni salom yoʻllariga boshlar va ularni Oʻz izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul mustaqiymga hidoyat qilar.

  17. 5:17Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡمَسِيحُ ٱبۡنُ مَرۡيَمَ ۚ قُلۡ فَمَن يَمۡلِكُ مِنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا إِنۡ أَرَادَ أَن يُهۡلِكَ ٱلۡمَسِيحَ ٱبۡنَ مَرۡيَمَ وَ أُمَّهُۥ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا ۗ وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا ۚ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٧﴾

    Batahqiq, Masiyh ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir boʻldilar. Ularga: «Agar Alloh Masiyh ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biron narsadan man qila oladi? Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt!

  18. 5:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَتِ ٱلۡيَهُودُ وَ ٱلنَّصَٰرَىٰ نَحۡنُ أَبۡنَٰٓؤُاْ ٱللَّهِ وَ أَحِبَّٰٓؤُهُۥ ۚ قُلۡ فَلِمَ يُعَذِّبُكُم بِذُنُوبِكُم ۖ بَلۡ أَنتُم بَشَرࣱ مِّمَّنۡ خَلَقَ ۚ يَغۡفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا ۖ وَ إِلَيۡهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٨﴾

    Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning oʻgʻillarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar. Ularga: «Unday boʻlsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir? Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar. U kimni xohlasa, magʻfirat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. Qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir», – deb ayt.

  19. 5:19Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ قَدۡ جَآءَكُمۡ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمۡ عَلَىٰ فَتۡرَةࣲ مِّنَ ٱلرُّسُلِ أَن تَقُولُواْ مَا جَآءَنَا مِنۢ بَشِيرࣲ وَ لَا نَذِيرࣲ ۖ فَقَدۡ جَآءَكُم بَشِيرࣱ وَ نَذِيرࣱ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٩﴾

    Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Paygʻambarimiz keldi. U sizlarga Paygʻambarlardan boʻsh davrda (dinni) bayon qiladir. Bizga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham kelmagan, demasligingiz uchun. Bas, batahqiq, sizlarga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham keldi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.

  20. 5:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِۦ يَٰقَوۡمِ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ إِذۡ جَعَلَ فِيكُمۡ أَنۢبِيَآءَ وَ جَعَلَكُم مُّلُوكࣰا وَ ءَاتَىٰكُم مَّا لَمۡ يُؤۡتِ أَحَدࣰا مِّنَ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٠﴾

    Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang. Axir, U sizdan Paygʻambarlar yubordi, podshohlar chiqardi va olamlarda birortaga bermagan narsalarni berdi-ku», – deganini esla.

  21. 5:21Mushafda oʻqish ↗

    يَٰقَوۡمِ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡأَرۡضَ ٱلۡمُقَدَّسَةَ ٱلَّتِي كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمۡ وَ لَا تَرۡتَدُّواْ عَلَىٰٓ أَدۡبَارِكُمۡ فَتَنقَلِبُواْ خَٰسِرِينَ﴿٢١﴾

    Ey qavmim, Alloh sizga yozib qoʻygan muqaddas yerga kiring. Ortingizga qaytmang, bas, ziyon koʻrguvchiga aylanasiz.

  22. 5:22Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ فِيهَا قَوۡمࣰا جَبَّارِينَ وَ إِنَّا لَن نَّدۡخُلَهَا حَتَّىٰ يَخۡرُجُواْ مِنۡهَا فَإِن يَخۡرُجُواْ مِنۡهَا فَإِنَّا دَٰخِلُونَ﴿٢٢﴾

    Ular: «Ey Muso, unda zoʻravon qavm bor. Ular undan chiqmagunlaricha biz hech qachon kirmasmiz. Agar ular chiqsalar, biz kiruvchidirmiz», – dedilar.

  23. 5:23Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَجُلَانِ مِنَ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمَا ٱدۡخُلُواْ عَلَيۡهِمُ ٱلۡبَابَ فَإِذَا دَخَلۡتُمُوهُ فَإِنَّكُمۡ غَٰلِبُونَ ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَتَوَكَّلُوٓاْ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٢٣﴾

    Ulardan U zotdan qoʻrqadiganlardan boʻlgan va Alloh ularga neʼmat ato etgan ikki kishi: «Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsalaring, albatta gʻolib boʻlasizlar. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga tavakkal qilingiz», – dedilar.

  24. 5:24Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّا لَن نَّدۡخُلَهَآ أَبَدࣰا مَّا دَامُواْ فِيهَا فَٱذۡهَبۡ أَنتَ وَ رَبُّكَ فَقَٰتِلَآ إِنَّا هَٰهُنَا قَٰعِدُونَ﴿٢٤﴾

    Ular: «Ey Muso, modomiki, ular bor ekan, biz zinhor va zinhor u yerga kirmasmiz. Sen oʻzing Robbing ila borib ikkovlon ularga qarshi urush qilaveringlar. Biz bu yerda oʻtirib turuvchimiz», – dedilar.

  25. 5:25Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ إِنِّي لَآ أَمۡلِكُ إِلَّا نَفۡسِي وَ أَخِي ۖ فَٱفۡرُقۡ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٢٥﴾

    U: «Ey Robbim, albatta, men oʻzim va birodarimdan boshqaga ega emasman. Oʻzing biz bilan fosiq qavmning orasini ajratgin», – dedi.

  26. 5:26Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيۡهِمۡ ۛ أَرۡبَعِينَ سَنَةࣰ ۛ يَتِيهُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ فَلَا تَأۡسَ عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٢٦﴾

    U: «Albatta, bu yer ularga qirq yilgacha haromdir. Ular yer yuzida hayron boʻlib yurarlar. Fosiq qavmlar uchun xafa boʻlma», – dedi.

  27. 5:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتۡلُ عَلَيۡهِمۡ نَبَأَ ٱبۡنَيۡ ءَادَمَ بِٱلۡحَقِّ إِذۡ قَرَّبَا قُرۡبَانࣰا فَتُقُبِّلَ مِنۡ أَحَدِهِمَا وَ لَمۡ يُتَقَبَّلۡ مِنَ ٱلۡأٓخَرِ قَالَ لَأَقۡتُلَنَّكَ ۖ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٢٧﴾

    Ularga Odamning ikki oʻgʻli xabarini haq ila tilovat qilib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni oʻldirajakman», – dedi. Birisi: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir.

  28. 5:28Mushafda oʻqish ↗

    لَئِنۢ بَسَطتَ إِلَيَّ يَدَكَ لِتَقۡتُلَنِي مَآ أَنَا۠ بِبَاسِطࣲ يَدِيَ إِلَيۡكَ لِأَقۡتُلَكَ ۖ إِنِّيٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٨﴾

    Agar sen meni oʻldirish uchun qoʻl koʻtarsang, men seni oʻldirish uchun qoʻl koʻtarmasman. Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan qoʻrqaman.

  29. 5:29Mushafda oʻqish ↗

    إِنِّيٓ أُرِيدُ أَن تَبُوٓأَ بِإِثۡمِي وَ إِثۡمِكَ فَتَكُونَ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلنَّارِ ۚ وَ ذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُاْ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٩﴾

    Men, albatta, mening ham gunohimni, oʻzingning ham gunohingni olib ketishingni, shu sababdan doʻzax ahlidan boʻlishingni xohlayman. Ana oʻsha zolimlarning jazosidir», – dedi.

  30. 5:30Mushafda oʻqish ↗

    فَطَوَّعَتۡ لَهُۥ نَفۡسُهُۥ قَتۡلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُۥ فَأَصۡبَحَ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٣٠﴾

    Nafsi unga birodarini oʻldirishni yaxshi koʻrsatdi. Bas, uni oʻldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan boʻldi.

  31. 5:31Mushafda oʻqish ↗

    فَبَعَثَ ٱللَّهُ غُرَابࣰا يَبۡحَثُ فِي ٱلۡأَرۡضِ لِيُرِيَهُۥ كَيۡفَ يُوَٰرِي سَوۡءَةَ أَخِيهِ ۚ قَالَ يَٰوَيۡلَتَىٰٓ أَعَجَزۡتُ أَنۡ أَكُونَ مِثۡلَ هَٰذَا ٱلۡغُرَابِ فَأُوَٰرِيَ سَوۡءَةَ أَخِي ۖ فَأَصۡبَحَ مِنَ ٱلنَّٰدِمِينَ﴿٣١﴾

    Alloh yer yuzida kezib yurgan qargʻani unga birodarining oʻligini qanday koʻmishini koʻrsatish uchun yubordi. U: «Shoʻrim qursin! Mana shu qargʻachalik boʻlib, birodarim oʻligini koʻma olmadim-a?!» – dedi. Bas, u nadomat qiluvchilardan boʻldi.

  32. 5:32Mushafda oʻqish ↗

    مِنۡ أَجۡلِ ذَٰلِكَ كَتَبۡنَا عَلَىٰ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ أَنَّهُۥ مَن قَتَلَ نَفۡسَۢا بِغَيۡرِ نَفۡسٍ أَوۡ فَسَادࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ ٱلنَّاسَ جَمِيعࣰا وَ مَنۡ أَحۡيَاهَا فَكَأَنَّمَآ أَحۡيَا ٱلنَّاسَ جَمِيعࣰا ۚ وَ لَقَدۡ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُنَا بِٱلۡبَيِّنَٰتِ ثُمَّ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنۡهُم بَعۡدَ ذَٰلِكَ فِي ٱلۡأَرۡضِ لَمُسۡرِفُونَ﴿٣٢﴾

    Shuning uchun ham, Bani Isroilga: «Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham oʻldirsa, xuddi hamma odamlarni oʻldirgan boʻladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek boʻladi», deb yozdik. Batahqiq, ularga Paygʻambarlarimiz bayonotlar olib keldilar. Soʻngra, bundan keyin ham, ulardan koʻplari yer yuzida isrof qilguvchilardan boʻldilar.

  33. 5:33Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا جَزَٰٓؤُاْ ٱلَّذِينَ يُحَارِبُونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ يَسۡعَوۡنَ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوٓاْ أَوۡ يُصَلَّبُوٓاْ أَوۡ تُقَطَّعَ أَيۡدِيهِمۡ وَ أَرۡجُلُهُم مِّنۡ خِلَٰفٍ أَوۡ يُنفَوۡاْ مِنَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمۡ خِزۡيࣱ فِي ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ﴿٣٣﴾

    Allohga va Uning Paygʻambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, oʻldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qoʻl-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmogʻi yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or boʻlur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor.

  34. 5:34Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِن قَبۡلِ أَن تَقۡدِرُواْ عَلَيۡهِمۡ ۖ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٣٤﴾

    Magar, ularga qodir boʻlishingizdan oldin tavba qilsalar, bilingki, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  35. 5:35Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱبۡتَغُوٓاْ إِلَيۡهِ ٱلۡوَسِيلَةَ وَ جَٰهِدُواْ فِي سَبِيلِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٣٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yoʻlida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.

  36. 5:36Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡ أَنَّ لَهُم مَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا وَ مِثۡلَهُۥ مَعَهُۥ لِيَفۡتَدُواْ بِهِۦ مِنۡ عَذَابِ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ مَا تُقُبِّلَ مِنۡهُمۡ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٣٦﴾

    Agar kufr keltirganlar qoʻlida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa boʻlsa-yu, uni qiyomat kunining azobidan qutulishga toʻlov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas. Ularga alamli azob bor.

  37. 5:37Mushafda oʻqish ↗

    يُرِيدُونَ أَن يَخۡرُجُواْ مِنَ ٱلنَّارِ وَ مَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنۡهَا ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّقِيمࣱ﴿٣٧﴾

    Ular doʻzaxdan chiqmoqchi boʻlurlar. Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor.

  38. 5:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّارِقُ وَ ٱلسَّارِقَةُ فَٱقۡطَعُوٓاْ أَيۡدِيَهُمَا جَزَآءَۢ بِمَا كَسَبَا نَكَٰلࣰا مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٣٨﴾

    Oʻgʻri erkak va oʻgʻri ayolning qoʻllarini kesinglar. Bu ularning qilmishiga jazo va Allohdan iqobdir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.

  39. 5:39Mushafda oʻqish ↗

    فَمَن تَابَ مِنۢ بَعۡدِ ظُلۡمِهِۦ وَ أَصۡلَحَ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَتُوبُ عَلَيۡهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿٣٩﴾

    Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh, albatta, tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  40. 5:40Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَعۡلَمۡ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَ يَغۡفِرُ لِمَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٤٠﴾

    Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, magʻfirat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?!

  41. 5:41Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ لَا يَحۡزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡكُفۡرِ مِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَ لَمۡ تُؤۡمِن قُلُوبُهُمۡ ۛ وَ مِنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ ۛ سَمَّٰعُونَ لِلۡكَذِبِ سَمَّٰعُونَ لِقَوۡمٍ ءَاخَرِينَ لَمۡ يَأۡتُوكَ ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلۡكَلِمَ مِنۢ بَعۡدِ مَوَاضِعِهِۦ ۖ يَقُولُونَ إِنۡ أُوتِيتُمۡ هَٰذَا فَخُذُوهُ وَ إِن لَّمۡ تُؤۡتَوۡهُ فَٱحۡذَرُواْ ۚ وَ مَن يُرِدِ ٱللَّهُ فِتۡنَتَهُۥ فَلَن تَمۡلِكَ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَمۡ يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمۡ ۚ لَهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا خِزۡيࣱ ۖ وَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿٤١﴾

    Ey Paygʻambar! Ogʻizlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy boʻlganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa boʻlma. Ular yolgʻonni koʻp eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar. Soʻzlarni joylaridan oʻzgartirurlar. Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir boʻlinglar», derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan boʻladigan biron narsani toʻsa olmassan. Alloh ana oʻshalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor.

  42. 5:42Mushafda oʻqish ↗

    سَمَّٰعُونَ لِلۡكَذِبِ أَكَّٰلُونَ لِلسُّحۡتِ ۚ فَإِن جَآءُوكَ فَٱحۡكُم بَيۡنَهُمۡ أَوۡ أَعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ ۖ وَ إِن تُعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ فَلَن يَضُرُّوكَ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ إِنۡ حَكَمۡتَ فَٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِٱلۡقِسۡطِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُقۡسِطِينَ﴿٤٢﴾

    Ular yolgʻonni koʻp eshituvchilar, haromni koʻp yeyuvchilardir. Agar senga kelsalar, oralarida hukm chiqar yoki ulardan yuz oʻgir. Agar ulardan yuz oʻgirsang, senga hech zarar keltira olmaslar. Agar hukm qilsang, oralarida adolat ila hukm qil. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadir.

  43. 5:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَيۡفَ يُحَكِّمُونَكَ وَ عِندَهُمُ ٱلتَّوۡرَىٰةُ فِيهَا حُكۡمُ ٱللَّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوۡنَ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ ۚ وَ مَآ أُوْلَٰٓئِكَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٤٣﴾

    Oʻzlarida Tavrot boʻla turib, unda Allohning hukmi boʻla turib, qanday qilib seni hakam qilurlar-u, soʻngra yana yuz oʻgirib keturlar? Ular moʻmin emaslar.

  44. 5:44Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَنزَلۡنَا ٱلتَّوۡرَىٰةَ فِيهَا هُدࣰى وَ نُورࣱ ۚ يَحۡكُمُ بِهَا ٱلنَّبِيُّونَ ٱلَّذِينَ أَسۡلَمُواْ لِلَّذِينَ هَادُواْ وَ ٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَ ٱلۡأَحۡبَارُ بِمَا ٱسۡتُحۡفِظُواْ مِن كِتَٰبِ ٱللَّهِ وَ كَانُواْ عَلَيۡهِ شُهَدَآءَ ۚ فَلَا تَخۡشَوُاْ ٱلنَّاسَ وَ ٱخۡشَوۡنِ وَ لَا تَشۡتَرُواْ بِـَٔايَٰتِي ثَمَنࣰا قَلِيلࣰا ۚ وَ مَن لَّمۡ يَحۡكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٤٤﴾

    Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor. U bilan U zotga taslim boʻlgan Paygʻambarlar, Allohning kitobini muhofaza qilishga mukallaf boʻlgan robboniylar va ahborlar yahudiy boʻlganlarga hukm yuriturlar. Ular bu kitobga guvoh qilinganlar. Odamlardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, oʻshalar kofirlardir.

  45. 5:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَتَبۡنَا عَلَيۡهِمۡ فِيهَآ أَنَّ ٱلنَّفۡسَ بِٱلنَّفۡسِ وَ ٱلۡعَيۡنَ بِٱلۡعَيۡنِ وَ ٱلۡأَنفَ بِٱلۡأَنفِ وَ ٱلۡأُذُنَ بِٱلۡأُذُنِ وَ ٱلسِّنَّ بِٱلسِّنِّ وَ ٱلۡجُرُوحَ قِصَاصࣱ ۚ فَمَن تَصَدَّقَ بِهِۦ فَهُوَ كَفَّارَةࣱ لَّهُۥ ۚ وَ مَن لَّمۡ يَحۡكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٤٥﴾

    Biz unda ularga: jonga — jon, koʻzga — koʻz, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, oʻshalar zolimlardir.

  46. 5:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَفَّيۡنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِعِيسَى ٱبۡنِ مَرۡيَمَ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ مِنَ ٱلتَّوۡرَىٰةِ ۖ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ ٱلۡإِنجِيلَ فِيهِ هُدࣰى وَ نُورࣱ وَ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ مِنَ ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَ هُدࣰى وَ مَوۡعِظَةࣰ لِّلۡمُتَّقِينَ﴿٤٦﴾

    Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mavʼizadir.

  47. 5:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ لۡيَحۡكُمۡ أَهۡلُ ٱلۡإِنجِيلِ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فِيهِ ۚ وَ مَن لَّمۡ يَحۡكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٤٧﴾

    Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritsinlar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana oʻshalar fosiqlardir.

  48. 5:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ مِنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَ مُهَيۡمِنًا عَلَيۡهِ ۖ فَٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۖ وَ لَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡحَقِّ ۚ لِكُلࣲّ جَعَلۡنَا مِنكُمۡ شِرۡعَةࣰ وَ مِنۡهَاجࣰا ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمۡ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ وَ لَٰكِن لِّيَبۡلُوَكُمۡ فِي مَآ ءَاتَىٰكُمۡ ۖ فَٱسۡتَبِقُواْ ٱلۡخَيۡرَٰتِ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرۡجِعُكُمۡ جَمِيعࣰا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ فِيهِ تَخۡتَلِفُونَ﴿٤٨﴾

    Va Biz senga kitobni haq ila, oʻzidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Oʻzingga kelgan haqni qoʻyib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yoʻl qilib qoʻydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qoʻyar edi. Ammo U sizlarni Oʻzi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzuridadir. Bas, oʻshanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar berur.

  49. 5:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَ لَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَ ٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَ ۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَٱعۡلَمۡ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعۡضِ ذُنُوبِهِمۡ ۗ وَ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ﴿٤٩﴾

    Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir boʻl. Agar yuz oʻgirsalar, bilki, Alloh ularni baʼzi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir. Albatta, odamlardan koʻplari fosiqlardir.

  50. 5:50Mushafda oʻqish ↗

    أَفَحُكۡمَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ يَبۡغُونَ ۚ وَ مَنۡ أَحۡسَنُ مِنَ ٱللَّهِ حُكۡمࣰا لِّقَوۡمࣲ يُوقِنُونَ﴿٥٠﴾

    Johiliyat hukmini istarlarmi?! Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor?!

  51. 5:51Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡيَهُودَ وَ ٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوۡلِيَآءَ ۘ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضࣲ ۚ وَ مَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمۡ فَإِنَّهُۥ مِنۡهُمۡ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni oʻzingizga doʻst tutmang. Ular bir-birlari bilan doʻstdirlar. Sizdan kim ularni doʻst tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas.

  52. 5:52Mushafda oʻqish ↗

    فَتَرَى ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ يُسَٰرِعُونَ فِيهِمۡ يَقُولُونَ نَخۡشَىٰٓ أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةࣱ ۚ فَعَسَى ٱللَّهُ أَن يَأۡتِيَ بِٱلۡفَتۡحِ أَوۡ أَمۡرࣲ مِّنۡ عِندِهِۦ فَيُصۡبِحُواْ عَلَىٰ مَآ أَسَرُّواْ فِيٓ أَنفُسِهِمۡ نَٰدِمِينَ﴿٥٢﴾

    Qalblarida kasallik borlarning «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qoʻrqamiz» deb, ular tomon shoshilganini koʻrasan. Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki Oʻz tomonidan biron ish ato qilsayu oʻzlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar.

  53. 5:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ إِنَّهُمۡ لَمَعَكُمۡ ۚ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ فَأَصۡبَحُواْ خَٰسِرِينَ﴿٥٣﴾

    Iymon keltirganlar: «Oʻzlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon koʻrguvchilardan boʻldilar.

  54. 5:54Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَن يَرۡتَدَّ مِنكُمۡ عَن دِينِهِۦ فَسَوۡفَ يَأۡتِي ٱللَّهُ بِقَوۡمࣲ يُحِبُّهُمۡ وَ يُحِبُّونَهُۥٓ أَذِلَّةٍ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ يُجَٰهِدُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ لَا يَخَافُونَ لَوۡمَةَ لَآئِمࣲ ۚ ذَٰلِكَ فَضۡلُ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ﴿٥٤﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan kim dinidan qaytsa, Alloh albatta Oʻzi sevadigan va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur. Ular moʻminlarga xokisor, kofirlarga qattiqqoʻl, Allohning yoʻlida jihod qilurlar va malomatchining malomatidan qoʻrqmaslar. Bu, Allohning fazli boʻlib, xohlagan odamiga beradir. Alloh fazli-karami keng va biluvchi Zotdir.

  55. 5:55Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ هُمۡ رَٰكِعُونَ﴿٥٥﴾

    Albatta, sizning valiylaringiz Alloh, Uning Paygʻambari va boʻysungan hollarida namozni qoim qilib, zakotni ado etadigan iymon keltirganlardir.

  56. 5:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَتَوَلَّ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَإِنَّ حِزۡبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلۡغَٰلِبُونَ﴿٥٦﴾

    Kim Allohni, Uning Paygʻambarini va iymon keltirganlarni valiy qilib olsa, bas, albatta, Allohning hizbi — ana oʻshalar gʻoliblardir.

  57. 5:57Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَكُمۡ هُزُوࣰا وَ لَعِبࣰا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِكُمۡ وَ ٱلۡكُفَّارَ أَوۡلِيَآءَ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٥٧﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Diningizni masxara va oʻyin qilib olgan sizdan oldin kitob berilganlar va kufr keltirganlarni valiy — doʻst tutmang. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling.

  58. 5:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا نَادَيۡتُمۡ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ ٱتَّخَذُوهَا هُزُوࣰا وَ لَعِبࣰا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَعۡقِلُونَ﴿٥٨﴾

    Agar namozga nido qilsangiz, ular uni masxara va oʻyin qilishadi. Bu ularning aql qilmaydigan qavmligidandir.

  59. 5:59Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ هَلۡ تَنقِمُونَ مِنَّآ إِلَّآ أَنۡ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡنَا وَ مَآ أُنزِلَ مِن قَبۡلُ وَ أَنَّ أَكۡثَرَكُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٥٩﴾

    «Ey, ahli kitoblar! Bizni faqat Allohga hamda oʻzimizga nozil qilingan va avvallari nozil qilingan narsalarga iymon keltirganimiz uchun va sizlarning koʻpchiligingiz fosiq boʻlganingiz uchun ayblaysizlarmi?!» – deb ayt.

  60. 5:60Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هَلۡ أُنَبِّئُكُم بِشَرࣲّ مِّن ذَٰلِكَ مَثُوبَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ مَن لَّعَنَهُ ٱللَّهُ وَ غَضِبَ عَلَيۡهِ وَ جَعَلَ مِنۡهُمُ ٱلۡقِرَدَةَ وَ ٱلۡخَنَازِيرَ وَ عَبَدَ ٱلطَّٰغُوتَ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ شَرࣱّ مَّكَانࣰا وَ أَضَلُّ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ﴿٦٠﴾

    «Sizlarga Allohning huzuridagi bundan ham koʻra yomonroq «savob»ning xabarini beraymi? Kim Allohning laʼnatiga uchragan, gʻazabiga duchor boʻlgan, maymun va choʻchqaga aylantirilgan va togʻutga ibodat qilgan boʻlsa, ana oʻshalar yomon martabadagi va toʻgʻri yoʻldan butunlay adashgan kimsalardir», – deb ayt!

  61. 5:61Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا جَآءُوكُمۡ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَ قَد دَّخَلُواْ بِٱلۡكُفۡرِ وَ هُمۡ قَدۡ خَرَجُواْ بِهِۦ ۚ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا كَانُواْ يَكۡتُمُونَ﴿٦١﴾

    Ular huzuringizga kelsalar, iymon keltirdik, derlar. Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz. Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir.

  62. 5:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَىٰ كَثِيرࣰا مِّنۡهُمۡ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡعُدۡوَٰنِ وَ أَكۡلِهِمُ ٱلسُّحۡتَ ۚ لَبِئۡسَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٦٢﴾

    Va ulardan koʻplarining gunohga, dushmanlikka va harom yemoqqa oshiqayotganini koʻrasan. Qilayotgan ishlari qanday ham yomon!

  63. 5:63Mushafda oʻqish ↗

    لَوۡلَا يَنۡهَىٰهُمُ ٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَ ٱلۡأَحۡبَارُ عَن قَوۡلِهِمُ ٱلۡإِثۡمَ وَ أَكۡلِهِمُ ٱلسُّحۡتَ ۚ لَبِئۡسَ مَا كَانُواْ يَصۡنَعُونَ﴿٦٣﴾

    Robboniylari va ahborlari ularni gunoh aytish va haromni yeyishdan qaytarsalar boʻlmasmi?! Qilayotgan hunarlari qanday ham yomon-a!

  64. 5:64Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَتِ ٱلۡيَهُودُ يَدُ ٱللَّهِ مَغۡلُولَةٌ ۚ غُلَّتۡ أَيۡدِيهِمۡ وَ لُعِنُواْ بِمَا قَالُواْ ۘ بَلۡ يَدَاهُ مَبۡسُوطَتَانِ يُنفِقُ كَيۡفَ يَشَآءُ ۚ وَ لَيَزِيدَنَّ كَثِيرࣰا مِّنۡهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ طُغۡيَٰنࣰا وَ كُفۡرࣰا ۚ وَ أَلۡقَيۡنَا بَيۡنَهُمُ ٱلۡعَدَٰوَةَ وَ ٱلۡبَغۡضَآءَ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ كُلَّمَآ أَوۡقَدُواْ نَارࣰا لِّلۡحَرۡبِ أَطۡفَأَهَا ٱللَّهُ ۚ وَ يَسۡعَوۡنَ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَسَادࣰا ۚ وَ ٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٦٤﴾

    Yahudiylar: «Allohning qoʻli bogʻliqdir», dedilar. Qoʻllari bogʻlansin ularning! Aytganlari uchun laʼnatga uchrasinlar! Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrini ziyoda qilur. Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon koʻrishni soldik. Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh oʻchirur. Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar. Alloh fasod qilguvchilarni sevmas.

  65. 5:65Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّ أَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ ءَامَنُواْ وَ ٱتَّقَوۡاْ لَكَفَّرۡنَا عَنۡهُمۡ سَيِّـَٔاتِهِمۡ وَ لَأَدۡخَلۡنَٰهُمۡ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿٦٥﴾

    Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati naʼiymga kiritgan boʻlardik.

  66. 5:66Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ أَقَامُواْ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَ ٱلۡإِنجِيلَ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡهِم مِّن رَّبِّهِمۡ لَأَكَلُواْ مِن فَوۡقِهِمۡ وَ مِن تَحۡتِ أَرۡجُلِهِم ۚ مِّنۡهُمۡ أُمَّةࣱ مُّقۡتَصِدَةࣱ ۖ وَ كَثِيرࣱ مِّنۡهُمۡ سَآءَ مَا يَعۡمَلُونَ﴿٦٦﴾

    Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Robbilaridan nozil boʻlgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham yegan boʻlardilar. Ulardan moʻʼtadil toifalar ham bor. Ularning koʻplarining qilgan narsalari juda ham yomon.

  67. 5:67Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ بَلِّغۡ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ ۖ وَ إِن لَّمۡ تَفۡعَلۡ فَمَا بَلَّغۡتَ رِسَالَتَهُۥ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡصِمُكَ مِنَ ٱلنَّاسِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٦٧﴾

    Ey, Paygʻambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan boʻlasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.

  68. 5:68Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لَسۡتُمۡ عَلَىٰ شَيۡءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُواْ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَ ٱلۡإِنجِيلَ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكُم مِّن رَّبِّكُمۡ ۗ وَ لَيَزِيدَنَّ كَثِيرࣰا مِّنۡهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ طُغۡيَٰنࣰا وَ كُفۡرࣰا ۖ فَلَا تَأۡسَ عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٦٨﴾

    «Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan koʻplarining tugʻyon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma.

  69. 5:69Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ وَ ٱلصَّٰبِـُٔونَ وَ ٱلنَّصَٰرَىٰ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَلَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٦٩﴾

    Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, sobiʼunlar va nasorolardan kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.

  70. 5:70Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ أَخَذۡنَا مِيثَٰقَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ أَرۡسَلۡنَآ إِلَيۡهِمۡ رُسُلࣰا ۖ كُلَّمَا جَآءَهُمۡ رَسُولُۢ بِمَا لَا تَهۡوَىٰٓ أَنفُسُهُمۡ فَرِيقࣰا كَذَّبُواْ وَ فَرِيقࣰا يَقۡتُلُونَ﴿٧٠﴾

    Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq — ahdnoma oldik va ularga Paygʻambarlar yubordik. Har qachon ularning havoyi nafslariga toʻgʻri kelmaydigan narsa keltirgan Paygʻambarni: bir guruhlarini yolgʻonchi dedilar, bir guruhlarini oʻldirdilar.

  71. 5:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ حَسِبُوٓاْ أَلَّا تَكُونَ فِتۡنَةࣱ فَعَمُواْ وَ صَمُّواْ ثُمَّ تَابَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ ثُمَّ عَمُواْ وَ صَمُّواْ كَثِيرࣱ مِّنۡهُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا يَعۡمَلُونَ﴿٧١﴾

    Ular, hech qanday sinov boʻlmas, deb koʻru kar boʻlib oldilar. Soʻngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan koʻplari yana koʻru kar boʻlib oldilar. Alloh ularning qilayotganini koʻruvchi Zotdir.

  72. 5:72Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡمَسِيحُ ٱبۡنُ مَرۡيَمَ ۖ وَ قَالَ ٱلۡمَسِيحُ يَٰبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ رَبِّي وَ رَبَّكُمۡ ۖ إِنَّهُۥ مَن يُشۡرِكۡ بِٱللَّهِ فَقَدۡ حَرَّمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِ ٱلۡجَنَّةَ وَ مَأۡوَىٰهُ ٱلنَّارُ ۖ وَ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنۡ أَنصَارࣲ﴿٧٢﴾

    Alloh, albatta, Masiyh ibn Maryamdir, deganlar, batahqiq, kofir boʻldilar. Masiyh ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi doʻzax boʻlur. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yoʻqdir», dedi.

  73. 5:73Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَٰثَةࣲ ۘ وَ مَا مِنۡ إِلَٰهٍ إِلَّآ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۚ وَ إِن لَّمۡ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿٧٣﴾

    Alloh uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir boʻldilar. Yagona ilohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻq! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir.

  74. 5:74Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَا يَتُوبُونَ إِلَى ٱللَّهِ وَ يَسۡتَغۡفِرُونَهُۥ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٧٤﴾

    Allohga tavba qilib, unga istigʻfor aytmaydilarmi?! Zotan, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  75. 5:75Mushafda oʻqish ↗

    مَّا ٱلۡمَسِيحُ ٱبۡنُ مَرۡيَمَ إِلَّا رَسُولࣱ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِ ٱلرُّسُلُ وَ أُمُّهُۥ صِدِّيقَةࣱ ۖ كَانَا يَأۡكُلَانِ ٱلطَّعَامَ ۗ ٱنظُرۡ كَيۡفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ ٱلۡأٓيَٰتِ ثُمَّ ٱنظُرۡ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴿٧٥﴾

    Masiyh ibn Maryam bir Paygʻambar, xolos. Undan oldin ham Paygʻambarlar oʻtgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol.

  76. 5:76Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَتَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمۡلِكُ لَكُمۡ ضَرࣰّا وَ لَا نَفۡعࣰا ۚ وَ ٱللَّهُ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٧٦﴾

    Sen: «Allohni qoʻyib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt.

  77. 5:77Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ لَا تَغۡلُواْ فِي دِينِكُمۡ غَيۡرَ ٱلۡحَقِّ وَ لَا تَتَّبِعُوٓاْ أَهۡوَآءَ قَوۡمࣲ قَدۡ ضَلُّواْ مِن قَبۡلُ وَ أَضَلُّواْ كَثِيرࣰا وَ ضَلُّواْ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ﴿٧٧﴾

    Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin oʻzlari adashib va koʻpchilikni adashtirib, toʻgʻri yoʻldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt.

  78. 5:78Mushafda oʻqish ↗

    لُعِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۢ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُۥدَ وَ عِيسَى ٱبۡنِ مَرۡيَمَ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّ كَانُواْ يَعۡتَدُونَ﴿٧٨﴾

    Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida laʼnatlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor boʻlganlari uchun boʻldi.

  79. 5:79Mushafda oʻqish ↗

    كَانُواْ لَا يَتَنَاهَوۡنَ عَن مُّنكَرࣲ فَعَلُوهُ ۚ لَبِئۡسَ مَا كَانُواْ يَفۡعَلُونَ﴿٧٩﴾

    Ular, qilingan yomon ishdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Bu qilmishlari qanday ham yomon boʻldi!

  80. 5:80Mushafda oʻqish ↗

    تَرَىٰ كَثِيرࣰا مِّنۡهُمۡ يَتَوَلَّوۡنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ لَبِئۡسَ مَا قَدَّمَتۡ لَهُمۡ أَنفُسُهُمۡ أَن سَخِطَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ وَ فِي ٱلۡعَذَابِ هُمۡ خَٰلِدُونَ﴿٨٠﴾

    Ulardan koʻplarining kufr keltirganlarni valiy — doʻst tutganini koʻrasan. Ularga nafslari taqdim qilgan narsa qanday ham yomon boʻldi. Alloh ularga gʻazab qildi. Va ular azobda boqiy qoluvchilardir.

  81. 5:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ كَانُواْ يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلنَّبِيِّ وَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡهِ مَا ٱتَّخَذُوهُمۡ أَوۡلِيَآءَ وَ لَٰكِنَّ كَثِيرࣰا مِّنۡهُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٨١﴾

    Agar Allohga, Paygʻambarga va unga nozil qilingan narsaga iymon keltirganlarida edi, ularni valiy — doʻst tutmas edilar. Lekin ulardan koʻplari fosiqlardir.

  82. 5:82Mushafda oʻqish ↗

    لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةࣰ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلۡيَهُودَ وَ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ ۖ وَ لَتَجِدَنَّ أَقۡرَبَهُم مَّوَدَّةࣰ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّا نَصَٰرَىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّ مِنۡهُمۡ قِسِّيسِينَ وَ رُهۡبَانࣰا وَ أَنَّهُمۡ لَا يَسۡتَكۡبِرُونَ﴿٨٢﴾

    Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga doʻstlikka yaqinrogʻi, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar boʻlganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir.

  83. 5:83Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا سَمِعُواْ مَآ أُنزِلَ إِلَى ٱلرَّسُولِ تَرَىٰٓ أَعۡيُنَهُمۡ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمۡعِ مِمَّا عَرَفُواْ مِنَ ٱلۡحَقِّ ۖ يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱكۡتُبۡنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿٨٣﴾

    Ularni Paygʻambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, koʻzlari yosh toʻkkanini koʻrasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar.

  84. 5:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَنَا لَا نُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ مَا جَآءَنَا مِنَ ٱلۡحَقِّ وَ نَطۡمَعُ أَن يُدۡخِلَنَا رَبُّنَا مَعَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٨٤﴾

    «Nima uchun Allohga va bizga kelgan haqqa iymon keltirmas ekanmiz va Robbimiz bizni ham solih qavmlar qatoriga kiritishini tamaʼ qilmas ekanmiz?!» – derlar.

  85. 5:85Mushafda oʻqish ↗

    فَأَثَٰبَهُمُ ٱللَّهُ بِمَا قَالُواْ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٨٥﴾

    Aytganlariga yarasha Alloh ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarda boqiy qolishni mukofot qilib berdi. Yaxshilik qiluvchilarning mukofoti shuldir.

  86. 5:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَحِيمِ﴿٨٦﴾

    Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar — ana oʻshalar jahannam egalaridir.

  87. 5:87Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُحَرِّمُواْ طَيِّبَٰتِ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكُمۡ وَ لَا تَعۡتَدُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُعۡتَدِينَ﴿٨٧﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas.

  88. 5:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ كُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلࣰا طَيِّبࣰا ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِيٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤۡمِنُونَ﴿٨٨﴾

    Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. Oʻzingiz ishongan Allohga taqvo qiling.

  89. 5:89Mushafda oʻqish ↗

    لَا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغۡوِ فِيٓ أَيۡمَٰنِكُمۡ وَ لَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا عَقَّدتُّمُ ٱلۡأَيۡمَٰنَ ۖ فَكَفَّٰرَتُهُۥٓ إِطۡعَامُ عَشَرَةِ مَسَٰكِينَ مِنۡ أَوۡسَطِ مَا تُطۡعِمُونَ أَهۡلِيكُمۡ أَوۡ كِسۡوَتُهُمۡ أَوۡ تَحۡرِيرُ رَقَبَةࣲ ۖ فَمَن لَّمۡ يَجِدۡ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامࣲ ۚ ذَٰلِكَ كَفَّٰرَةُ أَيۡمَٰنِكُمۡ إِذَا حَلَفۡتُمۡ ۚ وَ ٱحۡفَظُوٓاْ أَيۡمَٰنَكُمۡ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٨٩﴾

    Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti oʻz ahlingizni oʻrtacha taomlantirish miqdorida oʻnta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun roʻza tutsin. Ana oʻsha, agar qasam ichgan boʻlsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib Oʻz oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz.

  90. 5:90Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّمَا ٱلۡخَمۡرُ وَ ٱلۡمَيۡسِرُ وَ ٱلۡأَنصَابُ وَ ٱلۡأَزۡلَٰمُ رِجۡسࣱ مِّنۡ عَمَلِ ٱلشَّيۡطَٰنِ فَٱجۡتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٩٠﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) choʻplar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda boʻling. Shoyadki, najot topsangiz.

  91. 5:91Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا يُرِيدُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَن يُوقِعَ بَيۡنَكُمُ ٱلۡعَدَٰوَةَ وَ ٱلۡبَغۡضَآءَ فِي ٱلۡخَمۡرِ وَ ٱلۡمَيۡسِرِ وَ يَصُدَّكُمۡ عَن ذِكۡرِ ٱللَّهِ وَ عَنِ ٱلصَّلَوٰةِ ۖ فَهَلۡ أَنتُم مُّنتَهُونَ﴿٩١﴾

    Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon koʻrishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan toʻsishni xohlaydir. Endi toʻxtarsizlar?!

  92. 5:92Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَ ٱحۡذَرُواْ ۚ فَإِن تَوَلَّيۡتُمۡ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿٩٢﴾

    Allohga itoat qiling va Paygʻambarga itoat qiling va hazir boʻling! Agar yuz oʻgiradigan boʻlsangiz, bilingki, Paygʻambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos.

  93. 5:93Mushafda oʻqish ↗

    لَيۡسَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جُنَاحࣱ فِيمَا طَعِمُوٓاْ إِذَا مَا ٱتَّقَواْ وَّ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ثُمَّ ٱتَّقَواْ وَّ ءَامَنُواْ ثُمَّ ٱتَّقَواْ وَّ أَحۡسَنُواْ ۚ وَ ٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٩٣﴾

    Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan boʻlsalar, soʻngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yoʻqdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir.

  94. 5:94Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَيَبۡلُوَنَّكُمُ ٱللَّهُ بِشَيۡءࣲ مِّنَ ٱلصَّيۡدِ تَنَالُهُۥٓ أَيۡدِيكُمۡ وَ رِمَاحُكُمۡ لِيَعۡلَمَ ٱللَّهُ مَن يَخَافُهُۥ بِٱلۡغَيۡبِ ۚ فَمَنِ ٱعۡتَدَىٰ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٩٤﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim gʻoyibona qoʻrqishini bilish uchun sizlarni qoʻllaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab koʻradir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor.

  95. 5:95Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقۡتُلُواْ ٱلصَّيۡدَ وَ أَنتُمۡ حُرُمࣱ ۚ وَ مَن قَتَلَهُۥ مِنكُم مُّتَعَمِّدࣰا فَجَزَآءࣱ مِّثۡلُ مَا قَتَلَ مِنَ ٱلنَّعَمِ يَحۡكُمُ بِهِۦ ذَوَا عَدۡلࣲ مِّنكُمۡ هَدۡيَۢا بَٰلِغَ ٱلۡكَعۡبَةِ أَوۡ كَفَّٰرَةࣱ طَعَامُ مَسَٰكِينَ أَوۡ عَدۡلُ ذَٰلِكَ صِيَامࣰا لِّيَذُوقَ وَبَالَ أَمۡرِهِۦ ۗ عَفَا ٱللَّهُ عَمَّا سَلَفَ ۚ وَ مَنۡ عَادَ فَيَنتَقِمُ ٱللَّهُ مِنۡهُ ۚ وَ ٱللَّهُ عَزِيزࣱ ذُو ٱنتِقَامٍ﴿٩٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni oʻldirmang. Sizdan kim uni qasdan oʻldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Kaʼbaga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, oʻz qilmishining yomon oqibatini tatib koʻrsin uchun, roʻza tutishdir. Oʻtganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir.

  96. 5:96Mushafda oʻqish ↗

    أُحِلَّ لَكُمۡ صَيۡدُ ٱلۡبَحۡرِ وَ طَعَامُهُۥ مَتَٰعࣰا لَّكُمۡ وَ لِلسَّيَّارَةِ ۖ وَ حُرِّمَ عَلَيۡكُمۡ صَيۡدُ ٱلۡبَرِّ مَا دُمۡتُمۡ حُرُمࣰا ۗ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِيٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٩٦﴾

    Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida toʻplanadiganingiz Allohga taqvo qiling.

  97. 5:97Mushafda oʻqish ↗

    جَعَلَ ٱللَّهُ ٱلۡكَعۡبَةَ ٱلۡبَيۡتَ ٱلۡحَرَامَ قِيَٰمࣰا لِّلنَّاسِ وَ ٱلشَّهۡرَ ٱلۡحَرَامَ وَ ٱلۡهَدۡيَ وَ ٱلۡقَلَٰٓئِدَ ۚ ذَٰلِكَ لِتَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٌ﴿٩٧﴾

    Alloh Kaʼbani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qoʻydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir.

  98. 5:98Mushafda oʻqish ↗

    ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٩٨﴾

    Bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir va, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  99. 5:99Mushafda oʻqish ↗

    مَّا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ۗ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تُبۡدُونَ وَ مَا تَكۡتُمُونَ﴿٩٩﴾

    Paygʻambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor qilganingizni ham, yashirganingizni ham biladir.

  100. 5:100Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّا يَسۡتَوِي ٱلۡخَبِيثُ وَ ٱلطَّيِّبُ وَ لَوۡ أَعۡجَبَكَ كَثۡرَةُ ٱلۡخَبِيثِ ۚ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿١٠٠﴾

    Sen: «Agar nopokning koʻpligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng boʻla olmas. Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz», deb ayt.

  101. 5:101Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَسۡـَٔلُواْ عَنۡ أَشۡيَآءَ إِن تُبۡدَ لَكُمۡ تَسُؤۡكُمۡ وَ إِن تَسۡـَٔلُواْ عَنۡهَا حِينَ يُنَزَّلُ ٱلۡقُرۡءَانُ تُبۡدَ لَكُمۡ عَفَا ٱللَّهُ عَنۡهَا ۗ وَ ٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمࣱ﴿١٠١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Har xil narsalarni soʻrayvermanglar. Agar zohir boʻlsa, sizga yomon boʻladir. Agar Qurʼon nozil qilinib turgan chogʻda soʻrasangiz, sizga zohir boʻladir. Holbuki, Alloh ularni afv qilgan edi. Alloh magʻfiratli va Haliym Zotdir.

  102. 5:102Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ سَأَلَهَا قَوۡمࣱ مِّن قَبۡلِكُمۡ ثُمَّ أَصۡبَحُواْ بِهَا كَٰفِرِينَ﴿١٠٢﴾

    Sizdan oldin ham bir qavm ularni soʻragan, soʻngra esa, ularga kofir boʻlgan edi.

  103. 5:103Mushafda oʻqish ↗

    مَا جَعَلَ ٱللَّهُ مِنۢ بَحِيرَةࣲ وَ لَا سَآئِبَةࣲ وَ لَا وَصِيلَةࣲ وَ لَا حَامࣲ وَ لَٰكِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ ۖ وَ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ﴿١٠٣﴾

    Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yoʻq. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolgʻon toʻqirlar. Ularning koʻplari aqlsizdirlar.

  104. 5:104Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ تَعَالَوۡاْ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَ إِلَى ٱلرَّسُولِ قَالُواْ حَسۡبُنَا مَا وَجَدۡنَا عَلَيۡهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوۡ كَانَ ءَابَآؤُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَهۡتَدُونَ﴿١٠٤﴾

    Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Paygʻambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan boʻlsalar ham-a?!

  105. 5:105Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ عَلَيۡكُمۡ أَنفُسَكُمۡ ۖ لَا يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا ٱهۡتَدَيۡتُمۡ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرۡجِعُكُمۡ جَمِيعࣰا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٠٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni biling. Agar hidoyatda boʻlsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. Oʻshanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir.

  106. 5:106Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ شَهَٰدَةُ بَيۡنِكُمۡ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ حِينَ ٱلۡوَصِيَّةِ ٱثۡنَانِ ذَوَا عَدۡلࣲ مِّنكُمۡ أَوۡ ءَاخَرَانِ مِنۡ غَيۡرِكُمۡ إِنۡ أَنتُمۡ ضَرَبۡتُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَأَصَٰبَتۡكُم مُّصِيبَةُ ٱلۡمَوۡتِ ۚ تَحۡبِسُونَهُمَا مِنۢ بَعۡدِ ٱلصَّلَوٰةِ فَيُقۡسِمَانِ بِٱللَّهِ إِنِ ٱرۡتَبۡتُمۡ لَا نَشۡتَرِي بِهِۦ ثَمَنࣰا وَ لَوۡ كَانَ ذَا قُرۡبَىٰ وَ لَا نَكۡتُمُ شَهَٰدَةَ ٱللَّهِ إِنَّآ إِذࣰا لَّمِنَ ٱلۡأٓثِمِينَ﴿١٠٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga oʻlim kelganda — vasiyat qilar chogʻida oʻzingizdan boʻlgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chogʻingizda oʻlim musiybati yetsa, oʻzgalardan ikki kishi oʻrtangizda guvoh boʻlsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun boʻlsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar.

  107. 5:107Mushafda oʻqish ↗

    فَإِنۡ عُثِرَ عَلَىٰٓ أَنَّهُمَا ٱسۡتَحَقَّآ إِثۡمࣰا فَـَٔاخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَحَقَّ عَلَيۡهِمُ ٱلۡأَوۡلَيَٰنِ فَيُقۡسِمَانِ بِٱللَّهِ لَشَهَٰدَتُنَآ أَحَقُّ مِن شَهَٰدَتِهِمَا وَ مَا ٱعۡتَدَيۡنَآ إِنَّآ إِذࣰا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٠٧﴾

    Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, oʻrinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari oʻturlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan toʻgʻriroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan boʻlsak, albatta, zolimlardan boʻlurmiz», deyishadi.

  108. 5:108Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَن يَأۡتُواْ بِٱلشَّهَٰدَةِ عَلَىٰ وَجۡهِهَآ أَوۡ يَخَافُوٓاْ أَن تُرَدَّ أَيۡمَٰنُۢ بَعۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ ۗ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ ٱسۡمَعُواْ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿١٠٨﴾

    Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan soʻng raddiya qasam boʻlishidan qoʻrqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

  109. 5:109Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ يَجۡمَعُ ٱللَّهُ ٱلرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَآ أُجِبۡتُمۡ ۖ قَالُواْ لَا عِلۡمَ لَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلۡغُيُوبِ﴿١٠٩﴾

    Alloh Paygʻambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb soʻraydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening Oʻzinggina gʻayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar.

  110. 5:110Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ ٱذۡكُرۡ نِعۡمَتِي عَلَيۡكَ وَ عَلَىٰ وَٰلِدَتِكَ إِذۡ أَيَّدتُّكَ بِرُوحِ ٱلۡقُدُسِ تُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِي ٱلۡمَهۡدِ وَ كَهۡلࣰا ۖ وَ إِذۡ عَلَّمۡتُكَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَ ٱلۡإِنجِيلَ ۖ وَ إِذۡ تَخۡلُقُ مِنَ ٱلطِّينِ كَهَيۡـَٔةِ ٱلطَّيۡرِ بِإِذۡنِي فَتَنفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيۡرَۢا بِإِذۡنِي ۖ وَ تُبۡرِئُ ٱلۡأَكۡمَهَ وَ ٱلۡأَبۡرَصَ بِإِذۡنِي ۖ وَ إِذۡ تُخۡرِجُ ٱلۡمَوۡتَىٰ بِإِذۡنِي ۖ وَ إِذۡ كَفَفۡتُ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ عَنكَ إِذۡ جِئۡتَهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿١١٠﴾

    Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan neʼmatimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qoʻllaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni oʻrgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush boʻlganini, Mening iznim ila tugʻma koʻrni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila oʻliklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq moʻʼjizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan oʻzga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et!

  111. 5:111Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَوۡحَيۡتُ إِلَى ٱلۡحَوَارِيِّـۧنَ أَنۡ ءَامِنُواْ بِي وَ بِرَسُولِي قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَ ٱشۡهَدۡ بِأَنَّنَا مُسۡلِمُونَ﴿١١١﴾

    Havoriylarga: «Menga va Mening Paygʻambarimga iymon keltiring», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik va shohid boʻl, biz albatta, musulmonlarmiz», deganini esla!

  112. 5:112Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ ٱلۡحَوَارِيُّونَ يَٰعِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ هَلۡ يَسۡتَطِيعُ رَبُّكَ أَن يُنَزِّلَ عَلَيۡنَا مَآئِدَةࣰ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۖ قَالَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١١٢﴾

    Havoriylar: «Ey, Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» – deganlarida, u: «Agar moʻmin boʻlsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla.

  113. 5:113Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ نُرِيدُ أَن نَّأۡكُلَ مِنۡهَا وَ تَطۡمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَ نَعۡلَمَ أَن قَدۡ صَدَقۡتَنَا وَ نَكُونَ عَلَيۡهَا مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ﴿١١٣﴾

    Ular: «Undan yemoqni, qalblarimiz taskin topmogʻini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh boʻlmoqni istarmiz», dedilar.

  114. 5:114Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ عِيسَى ٱبۡنُ مَرۡيَمَ ٱللَّهُمَّ رَبَّنَآ أَنزِلۡ عَلَيۡنَا مَآئِدَةࣰ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ تَكُونُ لَنَا عِيدࣰا لِّأَوَّلِنَا وَ ءَاخِرِنَا وَ ءَايَةࣰ مِّنكَ ۖ وَ ٱرۡزُقۡنَا وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلرَّٰزِقِينَ﴿١١٤﴾

    Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram boʻlib qolsin. Sendan moʻʼjiza boʻlib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan Oʻzing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.

  115. 5:115Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱللَّهُ إِنِّي مُنَزِّلُهَا عَلَيۡكُمۡ ۖ فَمَن يَكۡفُرۡ بَعۡدُ مِنكُمۡ فَإِنِّيٓ أُعَذِّبُهُۥ عَذَابࣰا لَّآ أُعَذِّبُهُۥٓ أَحَدࣰا مِّنَ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١١٥﴾

    Alloh: «Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman», dedi.

  116. 5:116Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبۡنَ مَرۡيَمَ ءَأَنتَ قُلۡتَ لِلنَّاسِ ٱتَّخِذُونِي وَ أُمِّيَ إِلَٰهَيۡنِ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ سُبۡحَٰنَكَ مَا يَكُونُ لِيٓ أَنۡ أَقُولَ مَا لَيۡسَ لِي بِحَقٍّ ۚ إِن كُنتُ قُلۡتُهُۥ فَقَدۡ عَلِمۡتَهُۥ ۚ تَعۡلَمُ مَا فِي نَفۡسِي وَ لَآ أَعۡلَمُ مَا فِي نَفۡسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلۡغُيُوبِ﴿١١٦﴾

    Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qoʻyib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «Oʻzing poksan! (Allohim), men haqqim yoʻq narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan boʻlganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen Oʻzing gʻayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla.

  117. 5:117Mushafda oʻqish ↗

    مَا قُلۡتُ لَهُمۡ إِلَّا مَآ أَمَرۡتَنِي بِهِۦٓ أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ رَبِّي وَ رَبَّكُمۡ ۚ وَ كُنتُ عَلَيۡهِمۡ شَهِيدࣰا مَّا دُمۡتُ فِيهِمۡ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيۡتَنِي كُنتَ أَنتَ ٱلرَّقِيبَ عَلَيۡهِمۡ ۚ وَ أَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدٌ﴿١١٧﴾

    Men ularga Oʻzing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yoʻq. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh boʻldim. Meni Oʻzingga olganingdan soʻng, Sening Oʻzing ularga kuzatuvchi boʻlding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan.

  118. 5:118Mushafda oʻqish ↗

    إِن تُعَذِّبۡهُمۡ فَإِنَّهُمۡ عِبَادُكَ ۖ وَ إِن تَغۡفِرۡ لَهُمۡ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١١٨﴾

    Agar ularni azoblaydigan boʻlsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni magʻfirat qiladigan boʻlsang, bas, albatta, Sening Oʻzing Aziyz — gʻolib va hikmatli Zotsan.

  119. 5:119Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱللَّهُ هَٰذَا يَوۡمُ يَنفَعُ ٱلصَّٰدِقِينَ صِدۡقُهُمۡ ۚ لَهُمۡ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ رَّضِيَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ وَ رَضُواْ عَنۡهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿١١٩﴾

    Alloh: «Bu kun, rostgoʻylarga rostgoʻyliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy boʻlurlar. Alloh ulardan rozi boʻldi. Ular Allohdan rozi boʻldi. Bu esa, ulugʻ yutuqdir», – dedi.

  120. 5:120Mushafda oʻqish ↗

    لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا فِيهِنَّ ۚ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرُۢ﴿١٢٠﴾

    Osmonlaru yer va ulardagi narsalar Allohning mulkidir. Va U har bir narsaga qodirdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Moida. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — dasturxon.

Mazmuni: Sura ahd va va’dalarga sodiqlikni markaziy tamoyil sifatida ko‘rsatadi. Halol-harom masalalari, tahorat, ov, haj, ahli kitob bilan munosabat va adolatga oid hukmlar bayon qilinib, taqvo shaxsiy ibodat bilan cheklanmasligi ta’kidlanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraNiso surasiKeyingi sura →Anom surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026