سورة الأنعام
Anom surasi
Chorva · Аном сураси
Anom surasi — Qurʼoni Karimning 6-surasi. U 165 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Chorva» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ جَعَلَ ٱلظُّلُمَٰتِ وَ ٱلنُّورَ ۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمۡ يَعۡدِلُونَ﴿١﴾
Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd boʻlsin. Soʻngra, kufr keltirganlar oʻz Robbilariga (oʻzgalarni) tenglashtirurlar.
هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن طِينࣲ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلࣰا ۖ وَ أَجَلࣱ مُّسَمًّى عِندَهُۥ ۖ ثُمَّ أَنتُمۡ تَمۡتَرُونَ﴿٢﴾
U sizlarni loydan yaratgan, soʻngra ajalni belgilab qoʻygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz.
وَ هُوَ ٱللَّهُ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَعۡلَمُ سِرَّكُمۡ وَ جَهۡرَكُمۡ وَ يَعۡلَمُ مَا تَكۡسِبُونَ﴿٣﴾
U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.
وَ مَا تَأۡتِيهِم مِّنۡ ءَايَةࣲ مِّنۡ ءَايَٰتِ رَبِّهِمۡ إِلَّا كَانُواْ عَنۡهَا مُعۡرِضِينَ﴿٤﴾
Mudom ularga oʻz Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
فَقَدۡ كَذَّبُواْ بِٱلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمۡ فَسَوۡفَ يَأۡتِيهِمۡ أَنۢبَٰٓؤُاْ مَا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٥﴾
Ularga haq kelganda uni ham yolgʻonga chiqardilar. Tezda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur.
أَلَمۡ يَرَوۡاْ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِن قَبۡلِهِم مِّن قَرۡنࣲ مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مَا لَمۡ نُمَكِّن لَّكُمۡ وَ أَرۡسَلۡنَا ٱلسَّمَآءَ عَلَيۡهِم مِّدۡرَارࣰا وَ جَعَلۡنَا ٱلۡأَنۡهَٰرَ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهِمۡ فَأَهۡلَكۡنَٰهُم بِذُنُوبِهِمۡ وَ أَنشَأۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِمۡ قَرۡنًا ءَاخَرِينَ﴿٦﴾
Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? Oʻshalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomgʻiri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qoʻygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va oʻrinlariga boshqa asrlarni paydo qildik.
وَ لَوۡ نَزَّلۡنَا عَلَيۡكَ كِتَٰبࣰا فِي قِرۡطَاسࣲ فَلَمَسُوهُ بِأَيۡدِيهِمۡ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿٧﴾
Agar senga qogʻoz — kitob tushirsak, uni qoʻllari bilan ushlab koʻrishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan oʻzga hech narsa emas», derlar.
وَ قَالُواْ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ مَلَكࣱ ۖ وَ لَوۡ أَنزَلۡنَا مَلَكࣰا لَّقُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ﴿٨﴾
Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. Soʻngra ularga qarab turilmas.
وَ لَوۡ جَعَلۡنَٰهُ مَلَكࣰا لَّجَعَلۡنَٰهُ رَجُلࣰا وَ لَلَبَسۡنَا عَلَيۡهِم مَّا يَلۡبِسُونَ﴿٩﴾
Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan boʻlar edik va oʻzlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik.
وَ لَقَدِ ٱسۡتُهۡزِئَ بِرُسُلࣲ مِّن قَبۡلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُواْ مِنۡهُم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿١٠﴾
Sendan oldingi Paygʻambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari oʻz domiga tortgan.
قُلۡ سِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ ثُمَّ ٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُكَذِّبِينَ﴿١١﴾
«Er yuzida sayr qilingiz, soʻngra yolgʻonchi qiluvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solingiz», deb ayt.
قُل لِّمَن مَّا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ قُل لِّلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفۡسِهِ ٱلرَّحۡمَةَ ۚ لَيَجۡمَعَنَّكُمۡ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ لَا رَيۡبَ فِيهِ ۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فَهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٢﴾
«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U Oʻziga Oʻzi rahmatni yozib qoʻygan. Sizlarni boʻlishida shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Oʻziga oʻzi ziyon keltiruvchilargina, oʻshalargina iymon keltirmaslar.
وَ لَهُۥ مَا سَكَنَ فِي ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ ۚ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿١٣﴾
Kechada va kunduzda sokin boʻlganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
قُلۡ أَغَيۡرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيࣰّا فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ هُوَ يُطۡعِمُ وَ لَا يُطۡعَمُ ۗ قُلۡ إِنِّيٓ أُمِرۡتُ أَنۡ أَكُونَ أَوَّلَ مَنۡ أَسۡلَمَ ۖ وَ لَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٤﴾
Sen: «Allohdan oʻzgani valiy — doʻst qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim boʻluvchi boʻlmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan boʻlmagin, deb aytildi», deb ayt.
قُلۡ إِنِّيٓ أَخَافُ إِنۡ عَصَيۡتُ رَبِّي عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿١٥﴾
Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy boʻlsam, ulugʻ kun azobidan qoʻrqaman», deb ayt.
مَّن يُصۡرَفۡ عَنۡهُ يَوۡمَئِذࣲ فَقَدۡ رَحِمَهُۥ ۚ وَ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٦﴾
Kim oʻsha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahim qilibdi. Ana oʻsha aniq yutuqdir.
وَ إِن يَمۡسَسۡكَ ٱللَّهُ بِضُرࣲّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَ إِن يَمۡسَسۡكَ بِخَيۡرࣲ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿١٧﴾
Agar Alloh seni zarariga oladigan boʻlsa, Uning Oʻzidan boshqa kushoyish beradigan yoʻq. Agar U seni yaxshilikka oladigan boʻlsa, bas, U har bir narsaga qodirdir.
وَ هُوَ ٱلۡقَاهِرُ فَوۡقَ عِبَادِهِۦ ۚ وَ هُوَ ٱلۡحَكِيمُ ٱلۡخَبِيرُ﴿١٨﴾
U bandalari ustidan gʻolibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.
قُلۡ أَيُّ شَيۡءٍ أَكۡبَرُ شَهَٰدَةࣰ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ شَهِيدُۢ بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ ۚ وَ أُوحِيَ إِلَيَّ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانُ لِأُنذِرَكُم بِهِۦ وَ مَنۢ بَلَغَ ۚ أَئِنَّكُمۡ لَتَشۡهَدُونَ أَنَّ مَعَ ٱللَّهِ ءَالِهَةً أُخۡرَىٰ ۚ قُل لَّآ أَشۡهَدُ ۚ قُلۡ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ وَ إِنَّنِي بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تُشۡرِكُونَ﴿١٩﴾
Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. Sen: «U men bilan sizlarning oʻrtangizda guvohdir. Menga ushbu Qurʼonni, Uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. Sen: «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt.
ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَعۡرِفُونَهُۥ كَمَا يَعۡرِفُونَ أَبۡنَآءَهُمُ ۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فَهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٢٠﴾
Biz kitob berganlar uni oʻz farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular oʻzlariga ziyon qilganlardir, ana oʻshalar iymon keltirmaslar.
وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٢١﴾
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlardan ham koʻra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.
وَ يَوۡمَ نَحۡشُرُهُمۡ جَمِيعࣰا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشۡرَكُوٓاْ أَيۡنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمۡ تَزۡعُمُونَ﴿٢٢﴾
Hammalarini jamlaydigan, soʻngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb aytadiganimiz kunni esla.
ثُمَّ لَمۡ تَكُن فِتۡنَتُهُمۡ إِلَّآ أَن قَالُواْ وَ ٱللَّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشۡرِكِينَ﴿٢٣﴾
Soʻngra, «Robbimiz Allohga qasamki, mushrik boʻlmagan edik», deyishdan boshqa fitnalari boʻlmas.
ٱنظُرۡ كَيۡفَ كَذَبُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ ۚ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٢٤﴾
Nazar sol! Ular oʻzlarini qanday aldadilar va toʻqib yurgan narsalari ulardan qanday yoʻqoldi.
وَ مِنۡهُم مَّن يَسۡتَمِعُ إِلَيۡكَ ۖ وَ جَعَلۡنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ أَكِنَّةً أَن يَفۡقَهُوهُ وَ فِيٓ ءَاذَانِهِمۡ وَقۡرࣰا ۚ وَ إِن يَرَوۡاْ كُلَّ ءَايَةࣲ لَّا يُؤۡمِنُواْ بِهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٢٥﴾
Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga toʻsiq qilib qoʻydik. Barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, oʻtganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.
وَ هُمۡ يَنۡهَوۡنَ عَنۡهُ وَ يَنۡـَٔوۡنَ عَنۡهُ ۖ وَ إِن يُهۡلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمۡ وَ مَا يَشۡعُرُونَ﴿٢٦﴾
Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar va undan uzoqlashurlar. Ular sezmagan hollarida oʻzlarini halok qilurlar, xolos.
وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذۡ وُقِفُواْ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُواْ يَٰلَيۡتَنَا نُرَدُّ وَ لَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا وَ نَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢٧﴾
Doʻzax ustida toʻxtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmas edik va moʻminlardan boʻlar edik», deyishlarini koʻrsang edi.
بَلۡ بَدَا لَهُم مَّا كَانُواْ يُخۡفُونَ مِن قَبۡلُ ۖ وَ لَوۡ رُدُّواْ لَعَادُواْ لِمَا نُهُواْ عَنۡهُ وَ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿٢٨﴾
Yoʻq! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa oʻzlariga oshkor boʻldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, oʻzlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolgʻonchilardir.
وَ قَالُوٓاْ إِنۡ هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنۡيَا وَ مَا نَحۡنُ بِمَبۡعُوثِينَ﴿٢٩﴾
Ular: «Hayot — bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltirilmasmiz», dedilar.
وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذۡ وُقِفُواْ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ ۚ قَالَ أَلَيۡسَ هَٰذَا بِٱلۡحَقِّ ۚ قَالُواْ بَلَىٰ وَ رَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡفُرُونَ﴿٣٠﴾
Allohning huzurida toʻxtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini koʻrsang edi.
قَدۡ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتۡهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغۡتَةࣰ قَالُواْ يَٰحَسۡرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطۡنَا فِيهَا وَ هُمۡ يَحۡمِلُونَ أَوۡزَارَهُمۡ عَلَىٰ ظُهُورِهِمۡ ۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ﴿٣١﴾
Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, toʻsatdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar boʻlsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!
وَ مَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا لَعِبࣱ وَ لَهۡوࣱ ۖ وَ لَلدَّارُ ٱلۡأٓخِرَةُ خَيۡرࣱ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٣٢﴾
Bu dunyo hayoti oʻyin-kulgudan oʻzga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi?
قَدۡ نَعۡلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحۡزُنُكَ ٱلَّذِي يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمۡ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَ لَٰكِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجۡحَدُونَ﴿٣٣﴾
Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.
وَ لَقَدۡ كُذِّبَتۡ رُسُلࣱ مِّن قَبۡلِكَ فَصَبَرُواْ عَلَىٰ مَا كُذِّبُواْ وَ أُوذُواْ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمۡ نَصۡرُنَا ۚ وَ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَ لَقَدۡ جَآءَكَ مِن نَّبَإِيْ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٣٤﴾
Sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolgʻonchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Batahqiq, senga Paygʻambarlarning xabari kelgan.
وَ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيۡكَ إِعۡرَاضُهُمۡ فَإِنِ ٱسۡتَطَعۡتَ أَن تَبۡتَغِيَ نَفَقࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ أَوۡ سُلَّمࣰا فِي ٱلسَّمَآءِ فَتَأۡتِيَهُم بِـَٔايَةࣲ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَمَعَهُمۡ عَلَى ٱلۡهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿٣٥﴾
Agar senga ularning yuz oʻgirishlari ogʻir botayotgan boʻlsa, qodir boʻlsang, yer ostidan yoʻl qilib yoki osmonga narvon qoʻyib, ularga oyat-moʻʼjiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan boʻlma.
إِنَّمَا يَسۡتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسۡمَعُونَ ۘ وَ ٱلۡمَوۡتَىٰ يَبۡعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيۡهِ يُرۡجَعُونَ﴿٣٦﴾
Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. Oʻliklarni esa, Alloh tiriltirur va soʻngra Uning Oʻziga qaytarilurlar.
وَ قَالُواْ لَوۡلَا نُزِّلَ عَلَيۡهِ ءَايَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلۡ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةࣰ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٧﴾
Ular: «Unga Robbidan bir oyat-moʻʼjiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-moʻʼjiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin koʻplari bilmaslar.
وَ مَا مِن دَآبَّةࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا طَٰٓئِرࣲ يَطِيرُ بِجَنَاحَيۡهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمۡثَالُكُم ۚ مَّا فَرَّطۡنَا فِي ٱلۡكِتَٰبِ مِن شَيۡءࣲ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمۡ يُحۡشَرُونَ﴿٣٨﴾
Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qoʻymay yozganmiz. Soʻngra Robbilariga jamlanurlar.
وَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا صُمࣱّ وَ بُكۡمࣱ فِي ٱلظُّلُمَٰتِ ۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضۡلِلۡهُ وَ مَن يَشَأۡ يَجۡعَلۡهُ عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٣٩﴾
Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadir.
قُلۡ أَرَءَيۡتَكُمۡ إِنۡ أَتَىٰكُمۡ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوۡ أَتَتۡكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيۡرَ ٱللَّهِ تَدۡعُونَ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٤٠﴾
Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin.
بَلۡ إِيَّاهُ تَدۡعُونَ فَيَكۡشِفُ مَا تَدۡعُونَ إِلَيۡهِ إِن شَآءَ وَ تَنسَوۡنَ مَا تُشۡرِكُونَ﴿٤١﴾
Yoʻq! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَآ إِلَىٰٓ أُمَمࣲ مِّن قَبۡلِكَ فَأَخَذۡنَٰهُم بِٱلۡبَأۡسَآءِ وَ ٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمۡ يَتَضَرَّعُونَ﴿٤٢﴾
Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Paygʻambarlar yuborganmiz. Soʻngra, shoyad, tazarruʼ qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz.
فَلَوۡلَآ إِذۡ جَآءَهُم بَأۡسُنَا تَضَرَّعُواْ وَ لَٰكِن قَسَتۡ قُلُوبُهُمۡ وَ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٤٣﴾
Bizning balomiz ularga yetganda, tazarruʼ qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab koʻrsatdi.
فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِۦ فَتَحۡنَا عَلَيۡهِمۡ أَبۡوَٰبَ كُلِّ شَيۡءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُواْ بِمَآ أُوتُوٓاْ أَخَذۡنَٰهُم بَغۡتَةࣰ فَإِذَا هُم مُّبۡلِسُونَ﴿٤٤﴾
Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik. Oʻzlariga berilgan narsalardan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar.
فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ۚ وَ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٥﴾
Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِنۡ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمۡعَكُمۡ وَ أَبۡصَٰرَكُمۡ وَ خَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنۡ إِلَٰهٌ غَيۡرُ ٱللَّهِ يَأۡتِيكُم بِهِ ۗ ٱنظُرۡ كَيۡفَ نُصَرِّفُ ٱلۡأٓيَٰتِ ثُمَّ هُمۡ يَصۡدِفُونَ﴿٤٦﴾
Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va koʻzlaringizni olib qoʻysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan oʻzga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, soʻngra ularning qanday yuz oʻgirib ketishiga nazar sol.
قُلۡ أَرَءَيۡتَكُمۡ إِنۡ أَتَىٰكُمۡ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغۡتَةً أَوۡ جَهۡرَةً هَلۡ يُهۡلَكُ إِلَّا ٱلۡقَوۡمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٤٧﴾
Ularga: «Ayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» – deb ayt.
وَ مَا نُرۡسِلُ ٱلۡمُرۡسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَ مُنذِرِينَ ۖ فَمَنۡ ءَامَنَ وَ أَصۡلَحَ فَلَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٤٨﴾
Biz Paygʻambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yoʻq va ular ranjimaslar.
وَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلۡعَذَابُ بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ﴿٤٩﴾
Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni, fosiqlik qilganlari uchun, azob tutadir.
قُل لَّآ أَقُولُ لَكُمۡ عِندِي خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَ لَآ أَعۡلَمُ ٱلۡغَيۡبَ وَ لَآ أَقُولُ لَكُمۡ إِنِّي مَلَكٌ ۖ إِنۡ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَيَّ ۚ قُلۡ هَلۡ يَسۡتَوِي ٱلۡأَعۡمَىٰ وَ ٱلۡبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ﴿٥٠﴾
Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demasman. oʻaybni bilaman, demasman. Va yana sizlarga, men farishtaman, deb ham aytmasman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. «Koʻr bilan koʻzi oʻtkir teng boʻla olurmi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?» – deb ayt.
وَ أَنذِرۡ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحۡشَرُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّهِمۡ لَيۡسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِيࣱّ وَ لَا شَفِيعࣱ لَّعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴿٥١﴾
U bilan Robbilariga toʻplanishdan qoʻrqadiganlarni ogohlantir. Ularga undan oʻzga valiy ham, shafoatchi ham yoʻq. Shoyadki, taqvodor boʻlsalar.
وَ لَا تَطۡرُدِ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ رَبَّهُم بِٱلۡغَدَوٰةِ وَ ٱلۡعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجۡهَهُۥ ۖ مَا عَلَيۡكَ مِنۡ حِسَابِهِم مِّن شَيۡءࣲ وَ مَا مِنۡ حِسَابِكَ عَلَيۡهِم مِّن شَيۡءࣲ فَتَطۡرُدَهُمۡ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥٢﴾
Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yoʻq. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yoʻq. Ularni haydab, zolimlardan boʻlib qolma.
وَ كَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعۡضَهُم بِبَعۡضࣲ لِّيَقُولُوٓاْ أَهَٰٓؤُلَآءِ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيۡهِم مِّنۢ بَيۡنِنَآ ۗ أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِأَعۡلَمَ بِٱلشَّٰكِرِينَ﴿٥٣﴾
«Oramizdan Alloh neʼmat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, baʼzilarni baʼzilari ila sinadik. Allohning Oʻzi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi?
وَ إِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِـَٔايَٰتِنَا فَقُلۡ سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمۡ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمۡ عَلَىٰ نَفۡسِهِ ٱلرَّحۡمَةَ أَنَّهُۥ مَنۡ عَمِلَ مِنكُمۡ سُوٓءَۢا بِجَهَٰلَةࣲ ثُمَّ تَابَ مِنۢ بَعۡدِهِۦ وَ أَصۡلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٥٤﴾
Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, soʻngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot magʻfiratli va rahimli Zotdir», – deb ayt.
وَ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ وَ لِتَسۡتَبِينَ سَبِيلُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٥٥﴾
Shunday qilib, jinoyatchilarning yoʻli oshkor boʻlishi uchun, oyatlarni mufassal bayon qilurmiz.
قُلۡ إِنِّي نُهِيتُ أَنۡ أَعۡبُدَ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهۡوَآءَكُمۡ قَدۡ ضَلَلۡتُ إِذࣰا وَ مَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿٥٦﴾
Sen: «Men Allohni qoʻyib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», – deb ayt. «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmasman. Zero, adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman», – deb ayt.
قُلۡ إِنِّي عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّي وَ كَذَّبۡتُم بِهِۦ ۚ مَا عِندِي مَا تَسۡتَعۡجِلُونَ بِهِۦٓ ۚ إِنِ ٱلۡحُكۡمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ يَقُصُّ ٱلۡحَقَّ ۖ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلۡفَٰصِلِينَ﴿٥٧﴾
Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolgʻonga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yoʻq. Hukm faqat Allohning Oʻziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt.
قُل لَّوۡ أَنَّ عِندِي مَا تَسۡتَعۡجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥٨﴾
Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda boʻlsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan boʻlar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», – deb ayt.
وَ عِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلۡغَيۡبِ لَا يَعۡلَمُهَآ إِلَّا هُوَ ۚ وَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ ۚ وَ مَا تَسۡقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعۡلَمُهَا وَ لَا حَبَّةࣲ فِي ظُلُمَٰتِ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا رَطۡبࣲ وَ لَا يَابِسٍ إِلَّا فِي كِتَٰبࣲ مُّبِينࣲ﴿٥٩﴾
Gʻaybning kalitlari Uning huzurida boʻlib, ularni Uning Oʻzidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, hoʻlu quruq bormi, barchasi Ochiq kitobda bordir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيۡلِ وَ يَعۡلَمُ مَا جَرَحۡتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبۡعَثُكُمۡ فِيهِ لِيُقۡضَىٰٓ أَجَلࣱ مُّسَمࣰّى ۖ ثُمَّ إِلَيۡهِ مَرۡجِعُكُمۡ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٦٠﴾
U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. Soʻngra, belgilagan ajal tugal boʻlishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. Soʻngra, qaytib borishingiz Uning Oʻzigadir. Soʻngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir.
وَ هُوَ ٱلۡقَاهِرُ فَوۡقَ عِبَادِهِۦ ۖ وَ يُرۡسِلُ عَلَيۡكُمۡ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ تَوَفَّتۡهُ رُسُلُنَا وَ هُمۡ لَا يُفَرِّطُونَ﴿٦١﴾
U bandalari ustidan gʻolibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga oʻlim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yoʻl qoʻymagan holda uni vafot ettiradir.
ثُمَّ رُدُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ مَوۡلَىٰهُمُ ٱلۡحَقِّ ۚ أَلَا لَهُ ٱلۡحُكۡمُ وَ هُوَ أَسۡرَعُ ٱلۡحَٰسِبِينَ﴿٦٢﴾
Soʻngra haqiqiy Xojalari — Allohga qaytarilurlar. Ogoh boʻlingizkim, hukm qilish Uning Oʻzigagina xosdir. Va U eng tezkor hisob-kitob qiluvchidir.
قُلۡ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَٰتِ ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ تَدۡعُونَهُۥ تَضَرُّعࣰا وَ خُفۡيَةࣰ لَّئِنۡ أَنجَىٰنَا مِنۡ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿٦٣﴾
Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarruʼ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt.
قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنۡهَا وَ مِن كُلِّ كَرۡبࣲ ثُمَّ أَنتُمۡ تُشۡرِكُونَ﴿٦٤﴾
«Sizni ulardan va barcha gʻamlardan Alloh qutqarur. Soʻngra esa, siz shirk keltirasiz», – deb ayt.
قُلۡ هُوَ ٱلۡقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبۡعَثَ عَلَيۡكُمۡ عَذَابࣰا مِّن فَوۡقِكُمۡ أَوۡ مِن تَحۡتِ أَرۡجُلِكُمۡ أَوۡ يَلۡبِسَكُمۡ شِيَعࣰا وَ يُذِيقَ بَعۡضَكُم بَأۡسَ بَعۡضٍ ۗ ٱنظُرۡ كَيۡفَ نُصَرِّفُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّهُمۡ يَفۡقَهُونَ﴿٦٥﴾
Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyogʻingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, baʼzilaringizga baʼzilaringizning azobini tottirishga qodirdir», – deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar.
وَ كَذَّبَ بِهِۦ قَوۡمُكَ وَ هُوَ ٱلۡحَقُّ ۚ قُل لَّسۡتُ عَلَيۡكُم بِوَكِيلࣲ﴿٦٦﴾
Qavming uni yolgʻonga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.
لِّكُلِّ نَبَإࣲ مُّسۡتَقَرࣱّ ۚ وَ سَوۡفَ تَعۡلَمُونَ﴿٦٧﴾
Har bir xabarning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt.
وَ إِذَا رَأَيۡتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِيٓ ءَايَٰتِنَا فَأَعۡرِضۡ عَنۡهُمۡ حَتَّىٰ يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيۡرِهِۦ ۚ وَ إِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيۡطَٰنُ فَلَا تَقۡعُدۡ بَعۡدَ ٱلذِّكۡرَىٰ مَعَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٦٨﴾
Oyatlarimizni (istehzo qilishga) shoʻngʻiyotganlarni koʻrgan chogʻingda, to undan boshqa gapga shoʻngʻigunlarigacha ulardan yuz oʻgir. Agar shayton esingdan chiqargan boʻlsa, eslaganingdan soʻng, zolim qavmlar bilan oʻtirma!
وَ مَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنۡ حِسَابِهِم مِّن شَيۡءࣲ وَ لَٰكِن ذِكۡرَىٰ لَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴿٦٩﴾
Taqvo qiladiganlar zimmasida u (mushrik)larning hisobidan hech narsa yoʻq. Lekin eslatma bor. Shoyadki, taqvo qilsalar.
وَ ذَرِ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَهُمۡ لَعِبࣰا وَ لَهۡوࣰا وَ غَرَّتۡهُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ ذَكِّرۡ بِهِۦٓ أَن تُبۡسَلَ نَفۡسُۢ بِمَا كَسَبَتۡ لَيۡسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيࣱّ وَ لَا شَفِيعࣱ وَ إِن تَعۡدِلۡ كُلَّ عَدۡلࣲ لَّا يُؤۡخَذۡ مِنۡهَآ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أُبۡسِلُواْ بِمَا كَسَبُواْ ۖ لَهُمۡ شَرَابࣱ مِّنۡ حَمِيمࣲ وَ عَذَابٌ أَلِيمُۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡفُرُونَ﴿٧٠﴾
Oʻz dinlarini oʻyin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qurʼon) ila eslatginki, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor boʻlib, Allohdan oʻzga biror doʻst va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana oʻshalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor boʻlganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.
قُلۡ أَنَدۡعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَ لَا يَضُرُّنَا وَ نُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعۡقَابِنَا بَعۡدَ إِذۡ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِي ٱسۡتَهۡوَتۡهُ ٱلشَّيَٰطِينُ فِي ٱلۡأَرۡضِ حَيۡرَانَ لَهُۥٓ أَصۡحَٰبࣱ يَدۡعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلۡهُدَى ٱئۡتِنَا ۗ قُلۡ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلۡهُدَىٰ ۖ وَ أُمِرۡنَا لِنُسۡلِمَ لِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٧١﴾
Sen: «Allohni qoʻyib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi ogʻaynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan boʻlsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron boʻlib qolganga oʻxshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr qilinganmiz», – deb ayt.
وَ أَنۡ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ٱتَّقُوهُ ۚ وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٧٢﴾
Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga toʻplanadigan Zotdir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ ۖ وَ يَوۡمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ۚ قَوۡلُهُ ٱلۡحَقُّ ۚ وَ لَهُ ٱلۡمُلۡكُ يَوۡمَ يُنفَخُ فِي ٱلصُّورِ ۚ عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ ۚ وَ هُوَ ٱلۡحَكِيمُ ٱلۡخَبِيرُ﴿٧٣﴾
U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Boʻl» degan kuni boʻladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, gʻaybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir.
وَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ ءَازَرَ أَتَتَّخِذُ أَصۡنَامًا ءَالِهَةً إِنِّيٓ أَرَىٰكَ وَ قَوۡمَكَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٧٤﴾
Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Men seni va sening qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda koʻrmoqdaman», – deganini esla.
وَ كَذَٰلِكَ نُرِيٓ إِبۡرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لِيَكُونَ مِنَ ٱلۡمُوقِنِينَ﴿٧٥﴾
Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan boʻlishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini koʻrsaturmiz.
فَلَمَّا جَنَّ عَلَيۡهِ ٱلَّيۡلُ رَءَا كَوۡكَبࣰا ۖ قَالَ هَٰذَا رَبِّي ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلۡأٓفِلِينَ﴿٧٦﴾
Uni tun oʻrab olganida yulduzni koʻrib: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi.
فَلَمَّا رَءَا ٱلۡقَمَرَ بَازِغࣰا قَالَ هَٰذَا رَبِّي ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمۡ يَهۡدِنِي رَبِّي لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلضَّآلِّينَ﴿٧٧﴾
Chiqayotgan oyni koʻrganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni toʻgʻri yoʻlga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan boʻlaman», – dedi.
فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمۡسَ بَازِغَةࣰ قَالَ هَٰذَا رَبِّي هَٰذَآ أَكۡبَرُ ۖ فَلَمَّآ أَفَلَتۡ قَالَ يَٰقَوۡمِ إِنِّي بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تُشۡرِكُونَ﴿٧٨﴾
Chiqayotgan quyoshni koʻrganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi.
إِنِّي وَجَّهۡتُ وَجۡهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ حَنِيفࣰا ۖ وَ مَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٧٩﴾
Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, toʻgʻri yoʻlga moyil boʻlgan holimda, yuzlantirdim va men mushriklardan emasman.
وَ حَآجَّهُۥ قَوۡمُهُۥ ۚ قَالَ أَتُحَٰٓجُّوٓنِّي فِي ٱللَّهِ وَ قَدۡ هَدَىٰنِ ۚ وَ لَآ أَخَافُ مَا تُشۡرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّي شَيۡـࣰٔا ۚ وَسِعَ رَبِّي كُلَّ شَيۡءٍ عِلۡمًا ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ﴿٨٠﴾
Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qoʻrqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, boʻlishi mumkin. Robbim barcha narsani Oʻz ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz boʻlmasmi?» – dedi.
وَ كَيۡفَ أَخَافُ مَآ أَشۡرَكۡتُمۡ وَ لَا تَخَافُونَ أَنَّكُمۡ أَشۡرَكۡتُم بِٱللَّهِ مَا لَمۡ يُنَزِّلۡ بِهِۦ عَلَيۡكُمۡ سُلۡطَٰنࣰا ۚ فَأَيُّ ٱلۡفَرِيقَيۡنِ أَحَقُّ بِٱلۡأَمۡنِ ۖ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٨١﴾
«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qoʻrqay. Holbuki, siz oʻzingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qoʻrqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam boʻlishga haqliroq?!
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ لَمۡ يَلۡبِسُوٓاْ إِيمَٰنَهُم بِظُلۡمٍ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلۡأَمۡنُ وَ هُم مُّهۡتَدُونَ﴿٨٢﴾
Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana oʻshalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.
وَ تِلۡكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيۡنَٰهَآ إِبۡرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوۡمِهِۦ ۚ نَرۡفَعُ دَرَجَٰتࣲ مَّن نَّشَآءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمࣱ﴿٨٣﴾
Ana oʻshalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini koʻtaramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.
وَ وَهَبۡنَا لَهُۥٓ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيۡنَا ۚ وَ نُوحًا هَدَيۡنَا مِن قَبۡلُ ۖ وَ مِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَ سُلَيۡمَٰنَ وَ أَيُّوبَ وَ يُوسُفَ وَ مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٨٤﴾
Va Biz unga Isʼhoqni va Yaʼqubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz.
وَ زَكَرِيَّا وَ يَحۡيَىٰ وَ عِيسَىٰ وَ إِلۡيَاسَ ۖ كُلࣱّ مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٨٥﴾
Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.
وَ إِسۡمَٰعِيلَ وَ ٱلۡيَسَعَ وَ يُونُسَ وَ لُوطࣰا ۚ وَ كُلࣰّا فَضَّلۡنَا عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٨٦﴾
Va Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik.
وَ مِنۡ ءَابَآئِهِمۡ وَ ذُرِّيَّٰتِهِمۡ وَ إِخۡوَٰنِهِمۡ ۖ وَ ٱجۡتَبَيۡنَٰهُمۡ وَ هَدَيۡنَٰهُمۡ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٨٧﴾
Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهۡدِي بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ ۚ وَ لَوۡ أَشۡرَكُواْ لَحَبِطَ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٨٨﴾
Ana oʻsha, Allohning hidoyati boʻlib, Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshani unga yoʻllar. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan ishlari, albatta, behuda ketar.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحُكۡمَ وَ ٱلنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكۡفُرۡ بِهَا هَٰٓؤُلَآءِ فَقَدۡ وَكَّلۡنَا بِهَا قَوۡمࣰا لَّيۡسُواْ بِهَا بِكَٰفِرِينَ﴿٨٩﴾
Ana oʻshalar Biz ularga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qoʻyganmiz.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقۡتَدِهۡ ۗ قُل لَّآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ أَجۡرًا ۖ إِنۡ هُوَ إِلَّا ذِكۡرَىٰ لِلۡعَٰلَمِينَ﴿٩٠﴾
Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq soʻramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt.
وَ مَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدۡرِهِۦٓ إِذۡ قَالُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرࣲ مِّن شَيۡءࣲ ۗ قُلۡ مَنۡ أَنزَلَ ٱلۡكِتَٰبَ ٱلَّذِي جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورࣰا وَ هُدࣰى لِّلنَّاسِ ۖ تَجۡعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبۡدُونَهَا وَ تُخۡفُونَ كَثِيرࣰا ۖ وَ عُلِّمۡتُم مَّا لَمۡ تَعۡلَمُوٓاْ أَنتُمۡ وَ لَآ ءَابَآؤُكُمۡ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ ذَرۡهُمۡ فِي خَوۡضِهِمۡ يَلۡعَبُونَ﴿٩١﴾
Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yoʻq, deganlarida, Allohni toʻgʻri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qogʻozga tushirib olib, baʼzisini zohir, koʻpini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga oʻrgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. Soʻngra, ularni tek qoʻy, shoʻngʻigan narsalarida oʻynayversinlar.
وَ هَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلۡنَٰهُ مُبَارَكࣱ مُّصَدِّقُ ٱلَّذِي بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَ لِتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَ مَنۡ حَوۡلَهَا ۚ وَ ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَ هُمۡ عَلَىٰ صَلَاتِهِمۡ يُحَافِظُونَ﴿٩٢﴾
Bu, Biz tushirgan kitob, muborakdir, oʻzidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro (shaharlar onasi) va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirurlar. Va ular namozlarini muhofaza qilurlar.
وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ قَالَ أُوحِيَ إِلَيَّ وَ لَمۡ يُوحَ إِلَيۡهِ شَيۡءࣱ وَ مَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثۡلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۗ وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِي غَمَرَٰتِ ٱلۡمَوۡتِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓاْ أَيۡدِيهِمۡ أَخۡرِجُوٓاْ أَنفُسَكُمُ ۖ ٱلۡيَوۡمَ تُجۡزَوۡنَ عَذَابَ ٱلۡهُونِ بِمَا كُنتُمۡ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيۡرَ ٱلۡحَقِّ وَ كُنتُمۡ عَنۡ ءَايَٰتِهِۦ تَسۡتَكۡبِرُونَ﴿٩٣﴾
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga oʻxshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning oʻlim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qoʻl choʻzib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini koʻrsang edi.
وَ لَقَدۡ جِئۡتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقۡنَٰكُمۡ أَوَّلَ مَرَّةࣲ وَ تَرَكۡتُم مَّا خَوَّلۡنَٰكُمۡ وَرَآءَ ظُهُورِكُمۡ ۖ وَ مَا نَرَىٰ مَعَكُمۡ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمۡتُمۡ أَنَّهُمۡ فِيكُمۡ شُرَكَٰٓؤُاْ ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيۡنَكُمۡ وَ ضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمۡ تَزۡعُمُونَ﴿٩٤﴾
Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar oʻzingizcha sherik deb oʻylagan shafoatchilaringizni koʻrmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz daʼvo qilgan narsa gʻoyib boʻldi.
إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلۡحَبِّ وَ ٱلنَّوَىٰ ۖ يُخۡرِجُ ٱلۡحَيَّ مِنَ ٱلۡمَيِّتِ وَ مُخۡرِجُ ٱلۡمَيِّتِ مِنَ ٱلۡحَيِّ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤۡفَكُونَ﴿٩٥﴾
Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!
فَالِقُ ٱلۡإِصۡبَاحِ وَ جَعَلَ ٱلَّيۡلَ سَكَنࣰا وَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ حُسۡبَانࣰا ۚ ذَٰلِكَ تَقۡدِيرُ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡعَلِيمِ﴿٩٦﴾
U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qoʻydi. Bu esa, gʻolib va yaxshi bilguvchi Zotning oʻlchovidir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهۡتَدُواْ بِهَا فِي ظُلُمَٰتِ ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ ۗ قَدۡ فَصَّلۡنَا ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿٩٧﴾
U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni qilib qoʻygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz.
وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفۡسࣲ وَٰحِدَةࣲ فَمُسۡتَقَرࣱّ وَ مُسۡتَوۡدَعࣱ ۗ قَدۡ فَصَّلۡنَا ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَفۡقَهُونَ﴿٩٨﴾
U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qoʻyiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz.
وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَخۡرَجۡنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَيۡءࣲ فَأَخۡرَجۡنَا مِنۡهُ خَضِرࣰا نُّخۡرِجُ مِنۡهُ حَبࣰّا مُّتَرَاكِبࣰا وَ مِنَ ٱلنَّخۡلِ مِن طَلۡعِهَا قِنۡوَانࣱ دَانِيَةࣱ وَ جَنَّٰتࣲ مِّنۡ أَعۡنَابࣲ وَ ٱلزَّيۡتُونَ وَ ٱلرُّمَّانَ مُشۡتَبِهࣰا وَ غَيۡرَ مُتَشَٰبِهٍ ۗ ٱنظُرُوٓاْ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثۡمَرَ وَ يَنۡعِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكُمۡ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٩٩﴾
U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan gʻujum-gʻujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bogʻlari chiqaramiz. Bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir.
وَ جَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلۡجِنَّ وَ خَلَقَهُمۡ ۖ وَ خَرَقُواْ لَهُۥ بَنِينَ وَ بَنَٰتِۭ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ﴿١٠٠﴾
Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga oʻgʻillar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy boʻldi.
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدࣱ وَ لَمۡ تَكُن لَّهُۥ صَٰحِبَةࣱ ۖ وَ خَلَقَ كُلَّ شَيۡءࣲ ۖ وَ هُوَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿١٠١﴾
U, osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U hamma narsani Oʻzi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.
ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ خَٰلِقُ كُلِّ شَيۡءࣲ فَٱعۡبُدُوهُ ۚ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ وَكِيلࣱ﴿١٠٢﴾
Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!
لَّا تُدۡرِكُهُ ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَ هُوَ يُدۡرِكُ ٱلۡأَبۡصَٰرَ ۖ وَ هُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلۡخَبِيرُ﴿١٠٣﴾
Koʻzlar Uni idrok eta olmas, U koʻzlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir.
قَدۡ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمۡ ۖ فَمَنۡ أَبۡصَرَ فَلِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَنۡ عَمِيَ فَعَلَيۡهَا ۚ وَ مَآ أَنَا۠ عَلَيۡكُم بِحَفِيظࣲ﴿١٠٤﴾
Batahqiq, sizga Robbingizdan «koʻz ochuvchi»lar keldi. Kimki koʻrsa, oʻziga yaxshi. Kim koʻr boʻlib olsa, oʻziga zarar. Men sizlarga qoʻriqchi emasman.
وَ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلۡأٓيَٰتِ وَ لِيَقُولُواْ دَرَسۡتَ وَ لِنُبَيِّنَهُۥ لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿١٠٥﴾
Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.
ٱتَّبِعۡ مَآ أُوحِيَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَ أَعۡرِضۡ عَنِ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٠٦﴾
Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. Mushriklardan yuz oʻgir.
وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشۡرَكُواْ ۗ وَ مَا جَعَلۡنَٰكَ عَلَيۡهِمۡ حَفِيظࣰا ۖ وَ مَآ أَنتَ عَلَيۡهِم بِوَكِيلࣲ﴿١٠٧﴾
Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qoʻriqchi qilganimiz yoʻq. Va sen ularga vakil ham emassan.
وَ لَا تَسُبُّواْ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّواْ ٱللَّهَ عَدۡوَۢا بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمۡ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرۡجِعُهُمۡ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٠٨﴾
Ularning Allohdan oʻzga ibodat qiladiganlarini soʻkmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni soʻkib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qoʻydik. Soʻngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur.
وَ أَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ لَئِن جَآءَتۡهُمۡ ءَايَةࣱ لَّيُؤۡمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلۡ إِنَّمَا ٱلۡأٓيَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَ مَا يُشۡعِرُكُمۡ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٠٩﴾
Ular agar biron oyat — moʻʼjiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.
وَ نُقَلِّبُ أَفۡـِٔدَتَهُمۡ وَ أَبۡصَٰرَهُمۡ كَمَا لَمۡ يُؤۡمِنُواْ بِهِۦٓ أَوَّلَ مَرَّةࣲ وَ نَذَرُهُمۡ فِي طُغۡيَٰنِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿١١٠﴾
Xuddi avval iymon keltirmaganlaridek, qalblari va koʻzlarini burib qoʻyarmiz va tugʻyonlarida dovdiragan hollarida tek qoʻyarmiz.
وَ لَوۡ أَنَّنَا نَزَّلۡنَآ إِلَيۡهِمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ وَ كَلَّمَهُمُ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ حَشَرۡنَا عَلَيۡهِمۡ كُلَّ شَيۡءࣲ قُبُلࣰا مَّا كَانُواْ لِيُؤۡمِنُوٓاْ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ يَجۡهَلُونَ﴿١١١﴾
Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga oʻliklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin toʻplasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin koʻplari johildirlar.
وَ كَذَٰلِكَ جَعَلۡنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوࣰّا شَيَٰطِينَ ٱلۡإِنسِ وَ ٱلۡجِنِّ يُوحِي بَعۡضُهُمۡ إِلَىٰ بَعۡضࣲ زُخۡرُفَ ٱلۡقَوۡلِ غُرُورࣰا ۚ وَ لَوۡ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرۡهُمۡ وَ مَا يَفۡتَرُونَ﴿١١٢﴾
Shuningdek, har bir Paygʻambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qoʻydik. Ularning baʼzilari baʼzilarini gʻururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni oʻzlari toʻqigan narsalari ila yolgʻiz qoʻy!
وَ لِتَصۡغَىٰٓ إِلَيۡهِ أَفۡـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ وَ لِيَرۡضَوۡهُ وَ لِيَقۡتَرِفُواْ مَا هُم مُّقۡتَرِفُونَ﴿١١٣﴾
Unga (gapning goʻzaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil boʻlishi, undan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.
أَفَغَيۡرَ ٱللَّهِ أَبۡتَغِي حَكَمࣰا وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ إِلَيۡكُمُ ٱلۡكِتَٰبَ مُفَصَّلࣰا ۚ وَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَعۡلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلࣱ مِّن رَّبِّكَ بِٱلۡحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُمۡتَرِينَ﴿١١٤﴾
Allohdan oʻzgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan boʻlma.
وَ تَمَّتۡ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدۡقࣰا وَ عَدۡلࣰا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ ۚ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿١١٥﴾
Robbingning soʻzlari sodiqlik va adolat ila batamom boʻldi. Uning soʻzlarini oʻzgartuvchi yoʻq. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi Zotdir.
وَ إِن تُطِعۡ أَكۡثَرَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَخۡرُصُونَ﴿١١٦﴾
Va agar yer yuzidagilarning koʻplariga itoat qilsang, seni Allohning yoʻlidan adashtirurlar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilurlar, xolos.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعۡلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِۦ ۖ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿١١٧﴾
Albatta, Robbing kim Uning yoʻlidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir.
فَكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ ٱسۡمُ ٱللَّهِ عَلَيۡهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَٰتِهِۦ مُؤۡمِنِينَ﴿١١٨﴾
Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan boʻlsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!
وَ مَا لَكُمۡ أَلَّا تَأۡكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ ٱسۡمُ ٱللَّهِ عَلَيۡهِ وَ قَدۡ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيۡكُمۡ إِلَّا مَا ٱضۡطُرِرۡتُمۡ إِلَيۡهِ ۗ وَ إِنَّ كَثِيرࣰا لَّيُضِلُّونَ بِأَهۡوَآئِهِم بِغَيۡرِ عِلۡمٍ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُعۡتَدِينَ﴿١١٩﴾
Sizga nima boʻldiki, Allohning nomi aytib soʻyilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar boʻlganingizda, mayli. Albatta, koʻpchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir.
وَ ذَرُواْ ظَٰهِرَ ٱلۡإِثۡمِ وَ بَاطِنَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡسِبُونَ ٱلۡإِثۡمَ سَيُجۡزَوۡنَ بِمَا كَانُواْ يَقۡتَرِفُونَ﴿١٢٠﴾
Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar.
وَ لَا تَأۡكُلُواْ مِمَّا لَمۡ يُذۡكَرِ ٱسۡمُ ٱللَّهِ عَلَيۡهِ وَ إِنَّهُۥ لَفِسۡقࣱ ۗ وَ إِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوۡلِيَآئِهِمۡ لِيُجَٰدِلُوكُمۡ ۖ وَ إِنۡ أَطَعۡتُمُوهُمۡ إِنَّكُمۡ لَمُشۡرِكُونَ﴿١٢١﴾
Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar oʻz doʻstlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan boʻlursizlar.
أَوَمَن كَانَ مَيۡتࣰا فَأَحۡيَيۡنَٰهُ وَ جَعَلۡنَا لَهُۥ نُورࣰا يَمۡشِي بِهِۦ فِي ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِي ٱلظُّلُمَٰتِ لَيۡسَ بِخَارِجࣲ مِّنۡهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلۡكَٰفِرِينَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٢٢﴾
Avval oʻlik boʻlgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qoʻygan boʻlsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam oʻxshash boʻlurmi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab koʻrsatildi.
وَ كَذَٰلِكَ جَعَلۡنَا فِي كُلِّ قَرۡيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجۡرِمِيهَا لِيَمۡكُرُواْ فِيهَا ۖ وَ مَا يَمۡكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمۡ وَ مَا يَشۡعُرُونَ﴿١٢٣﴾
Xuddi shunga oʻxshash, har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qoʻydik. Ular, sezmagan holda, faqat oʻzlariga oʻzlari makr qilurlar, xolos.
وَ إِذَا جَآءَتۡهُمۡ ءَايَةࣱ قَالُواْ لَن نُّؤۡمِنَ حَتَّىٰ نُؤۡتَىٰ مِثۡلَ مَآ أُوتِيَ رُسُلُ ٱللَّهِ ۘ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ حَيۡثُ يَجۡعَلُ رِسَالَتَهُۥ ۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَ عَذَابࣱ شَدِيدُۢ بِمَا كَانُواْ يَمۡكُرُونَ﴿١٢٤﴾
Agar ularga oyat kelsa, Allohning Paygʻambarlariga berilgan narsaga oʻxshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar. Oʻz Paygʻambarligini qayerga qoʻyishni Allohning Oʻzi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.
فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهۡدِيَهُۥ يَشۡرَحۡ صَدۡرَهُۥ لِلۡإِسۡلَٰمِ ۖ وَ مَن يُرِدۡ أَن يُضِلَّهُۥ يَجۡعَلۡ صَدۡرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجࣰا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِي ٱلسَّمَآءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجۡعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجۡسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٢٥﴾
Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning koʻksini xuddi osmonga koʻtarilayotgandek, tor va tang qilib qoʻyadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur.
وَ هَٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسۡتَقِيمࣰا ۗ قَدۡ فَصَّلۡنَا ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَذَّكَّرُونَ﴿١٢٦﴾
Mana shu, Robbingning toʻgʻri yoʻlidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
لَهُمۡ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمۡ ۖ وَ هُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٢٧﴾
Ularga Robbilari huzurida dorus-salom (tinchlik uyi) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning doʻstidir.
وَ يَوۡمَ يَحۡشُرُهُمۡ جَمِيعࣰا يَٰمَعۡشَرَ ٱلۡجِنِّ قَدِ ٱسۡتَكۡثَرۡتُم مِّنَ ٱلۡإِنسِ ۖ وَ قَالَ أَوۡلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلۡإِنسِ رَبَّنَا ٱسۡتَمۡتَعَ بَعۡضُنَا بِبَعۡضࣲ وَ بَلَغۡنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِيٓ أَجَّلۡتَ لَنَا ۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثۡوَىٰكُمۡ خَٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمࣱ﴿١٢٨﴾
Ularning hammasini toʻplaydigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) koʻpaytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan boʻlgan doʻstlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz doʻzaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir.
وَ كَذَٰلِكَ نُوَلِّي بَعۡضَ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعۡضَۢا بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿١٢٩﴾
Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga doʻst qilurmiz.
يَٰمَعۡشَرَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ رُسُلࣱ مِّنكُمۡ يَقُصُّونَ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِي وَ يُنذِرُونَكُمۡ لِقَآءَ يَوۡمِكُمۡ هَٰذَا ۚ قَالُواْ شَهِدۡنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَا ۖ وَ غَرَّتۡهُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَ شَهِدُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ أَنَّهُمۡ كَانُواْ كَٰفِرِينَ﴿١٣٠﴾
«Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» Ular: «Oʻzimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar. Ularni dunyo hayoti gʻururga ketkazdi va oʻzlariga qarshi, kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berdilar.
ذَٰلِكَ أَن لَّمۡ يَكُن رَّبُّكَ مُهۡلِكَ ٱلۡقُرَىٰ بِظُلۡمࣲ وَ أَهۡلُهَا غَٰفِلُونَ﴿١٣١﴾
Bunday qilishining boisi, Robbing gʻofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir.
وَ لِكُلࣲّ دَرَجَٰتࣱ مِّمَّا عَمِلُواْ ۚ وَ مَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعۡمَلُونَ﴿١٣٢﴾
Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.
وَ رَبُّكَ ٱلۡغَنِيُّ ذُو ٱلرَّحۡمَةِ ۚ إِن يَشَأۡ يُذۡهِبۡكُمۡ وَ يَسۡتَخۡلِفۡ مِنۢ بَعۡدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوۡمٍ ءَاخَرِينَ﴿١٣٣﴾
Va Robbing behojat va rahmat sohibi boʻlgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, oʻrinbosar qilib keltirur.
إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَأٓتࣲ ۖ وَ مَآ أَنتُم بِمُعۡجِزِينَ﴿١٣٤﴾
Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa keluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz.
قُلۡ يَٰقَوۡمِ ٱعۡمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمۡ إِنِّي عَامِلࣱ ۖ فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿١٣٥﴾
Sen: «Ey qavmim, oʻrningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga boʻlishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt.
وَ جَعَلُواْ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلۡحَرۡثِ وَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ نَصِيبࣰا فَقَالُواْ هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعۡمِهِمۡ وَ هَٰذَا لِشُرَكَآئِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمۡ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَ مَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمۡ ۗ سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ﴿١٣٦﴾
Ular Allohga Uning Oʻzi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va oʻzlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga boʻlgan narsa Allohga yetmas. Allohga boʻlgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?!
وَ كَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرࣲ مِّنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ قَتۡلَ أَوۡلَٰدِهِمۡ شُرَكَآؤُهُمۡ لِيُرۡدُوهُمۡ وَ لِيَلۡبِسُواْ عَلَيۡهِمۡ دِينَهُمۡ ۖ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرۡهُمۡ وَ مَا يَفۡتَرُونَ﴿١٣٧﴾
Shuningdek, mushriklardan koʻplariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini oʻldirishni ziynatlab koʻrsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va toʻqiyotgan narsalarini qoʻyib qoʻy.
وَ قَالُواْ هَٰذِهِۦٓ أَنۡعَٰمࣱ وَ حَرۡثٌ حِجۡرࣱ لَّا يَطۡعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعۡمِهِمۡ وَ أَنۡعَٰمٌ حُرِّمَتۡ ظُهُورُهَا وَ أَنۡعَٰمࣱ لَّا يَذۡكُرُونَ ٱسۡمَ ٱللَّهِ عَلَيۡهَا ٱفۡتِرَآءً عَلَيۡهِ ۚ سَيَجۡزِيهِم بِمَا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿١٣٨﴾
Ular oʻzlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar. Ular maʼlum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, U zotga tuhmatdir. U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak.
وَ قَالُواْ مَا فِي بُطُونِ هَٰذِهِ ٱلۡأَنۡعَٰمِ خَالِصَةࣱ لِّذُكُورِنَا وَ مُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزۡوَٰجِنَا ۖ وَ إِن يَكُن مَّيۡتَةࣰ فَهُمۡ فِيهِ شُرَكَآءُ ۚ سَيَجۡزِيهِمۡ وَصۡفَهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمࣱ﴿١٣٩﴾
Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) oʻlik boʻlsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun Oʻzi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.
قَدۡ خَسِرَ ٱلَّذِينَ قَتَلُوٓاْ أَوۡلَٰدَهُمۡ سَفَهَۢا بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ وَ حَرَّمُواْ مَا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ٱفۡتِرَآءً عَلَى ٱللَّهِ ۚ قَدۡ ضَلُّواْ وَ مَا كَانُواْ مُهۡتَدِينَ﴿١٤٠﴾
Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini oʻldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bergan narsalarni harom qilganlar ziyonkor boʻldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan boʻlmadilar.
وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنشَأَ جَنَّٰتࣲ مَّعۡرُوشَٰتࣲ وَ غَيۡرَ مَعۡرُوشَٰتࣲ وَ ٱلنَّخۡلَ وَ ٱلزَّرۡعَ مُخۡتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَ ٱلزَّيۡتُونَ وَ ٱلرُّمَّانَ مُتَشَٰبِهࣰا وَ غَيۡرَ مُتَشَٰبِهࣲ ۚ كُلُواْ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثۡمَرَ وَ ءَاتُواْ حَقَّهُۥ يَوۡمَ حَصَادِهِۦ ۖ وَ لَا تُسۡرِفُوٓاْ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿١٤١﴾
U (ishkomlarga) koʻtariladigan va koʻtarilmaydigan bogʻlarni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga oʻxshatib va oʻxshatmay paydo qilgan Zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yigʻim-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas.
وَ مِنَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ حَمُولَةࣰ وَ فَرۡشࣰا ۚ كُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَ لَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿١٤٢﴾
Va chorvalardan hammollarini va (soʻygani) yerga yotqaziladiganlarini paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.
ثَمَٰنِيَةَ أَزۡوَٰجࣲ ۖ مِّنَ ٱلضَّأۡنِ ٱثۡنَيۡنِ وَ مِنَ ٱلۡمَعۡزِ ٱثۡنَيۡنِ ۗ قُلۡ ءَآلذَّكَرَيۡنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ أَمَّا ٱشۡتَمَلَتۡ عَلَيۡهِ أَرۡحَامُ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ ۖ نَبِّـُٔونِي بِعِلۡمٍ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٤٣﴾
Sakkiz juft (paydo qildi): qoʻydan ikkini (erkak-urgʻochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt.
وَ مِنَ ٱلۡإِبِلِ ٱثۡنَيۡنِ وَ مِنَ ٱلۡبَقَرِ ٱثۡنَيۡنِ ۗ قُلۡ ءَآلذَّكَرَيۡنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ أَمَّا ٱشۡتَمَلَتۡ عَلَيۡهِ أَرۡحَامُ ٱلۡأُنثَيَيۡنِ ۖ أَمۡ كُنتُمۡ شُهَدَآءَ إِذۡ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَٰذَا ۚ فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيۡرِ عِلۡمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٤٤﴾
Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid boʻlib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas».
قُل لَّآ أَجِدُ فِي مَآ أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمࣲ يَطۡعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيۡتَةً أَوۡ دَمࣰا مَّسۡفُوحًا أَوۡ لَحۡمَ خِنزِيرࣲ فَإِنَّهُۥ رِجۡسٌ أَوۡ فِسۡقًا أُهِلَّ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۚ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ غَيۡرَ بَاغࣲ وَ لَا عَادࣲ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٤٥﴾
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir). Bas, kishi muztar boʻlib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor boʻlmagan holida (isteʼmol qilsa), albatta, Robbing magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt.
وَ عَلَى ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمۡنَا كُلَّ ذِي ظُفُرࣲ ۖ وَ مِنَ ٱلۡبَقَرِ وَ ٱلۡغَنَمِ حَرَّمۡنَا عَلَيۡهِمۡ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتۡ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلۡحَوَايَآ أَوۡ مَا ٱخۡتَلَطَ بِعَظۡمࣲ ۚ ذَٰلِكَ جَزَيۡنَٰهُم بِبَغۡيِهِمۡ ۖ وَ إِنَّا لَصَٰدِقُونَ﴿١٤٦﴾
Va yahudiy boʻlganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qoʻydan esa, ularga yogʻlarini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yogʻlari (haloldir). Bu, zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgoʻymiz.
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمۡ ذُو رَحۡمَةࣲ وَٰسِعَةࣲ وَ لَا يُرَدُّ بَأۡسُهُۥ عَنِ ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿١٤٧﴾
Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», – deb ayt.
سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشۡرَكۡنَا وَ لَآ ءَابَآؤُنَا وَ لَا حَرَّمۡنَا مِن شَيۡءࣲ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ حَتَّىٰ ذَاقُواْ بَأۡسَنَا ۗ قُلۡ هَلۡ عِندَكُم مِّنۡ عِلۡمࣲ فَتُخۡرِجُوهُ لَنَآ ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا تَخۡرُصُونَ﴿١٤٨﴾
Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga oʻxshash yolgʻonga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib koʻrsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolgʻon gapirmoqdasizlar», – deb ayt.
قُلۡ فَلِلَّهِ ٱلۡحُجَّةُ ٱلۡبَٰلِغَةُ ۖ فَلَوۡ شَآءَ لَهَدَىٰكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿١٤٩﴾
Sen: «Etuk hujjat Allohning Oʻzidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», – deb ayt.
قُلۡ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشۡهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَٰذَا ۖ فَإِن شَهِدُواْ فَلَا تَشۡهَدۡ مَعَهُمۡ ۚ وَ لَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ وَ هُم بِرَبِّهِمۡ يَعۡدِلُونَ﴿١٥٠﴾
Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», – deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar.
قُلۡ تَعَالَوۡاْ أَتۡلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمۡ عَلَيۡكُمۡ ۖ أَلَّا تُشۡرِكُواْ بِهِۦ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ بِٱلۡوَٰلِدَيۡنِ إِحۡسَٰنࣰا ۖ وَ لَا تَقۡتُلُوٓاْ أَوۡلَٰدَكُم مِّنۡ إِمۡلَٰقࣲ نَّحۡنُ نَرۡزُقُكُمۡ وَ إِيَّاهُمۡ ۖ وَ لَا تَقۡرَبُواْ ٱلۡفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنۡهَا وَ مَا بَطَنَ ۖ وَ لَا تَقۡتُلُواْ ٱلنَّفۡسَ ٱلَّتِي حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمۡ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿١٥١﴾
Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli». «Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz», – deb ayt.
وَ لَا تَقۡرَبُواْ مَالَ ٱلۡيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ حَتَّىٰ يَبۡلُغَ أَشُدَّهُۥ ۚ وَ أَوۡفُواْ ٱلۡكَيۡلَ وَ ٱلۡمِيزَانَ بِٱلۡقِسۡطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفۡسًا إِلَّا وُسۡعَهَا ۖ وَ إِذَا قُلۡتُمۡ فَٱعۡدِلُواْ وَ لَوۡ كَانَ ذَا قُرۡبَىٰ ۖ وَ بِعَهۡدِ ٱللَّهِ أَوۡفُواْ ۚ ذَٰلِكُمۡ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿١٥٢﴾
Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, mayli. Oʻlchov va tarozini adolat ila toʻliq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz boʻlsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar.
وَ أَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِي مُسۡتَقِيمࣰا فَٱتَّبِعُوهُ ۖ وَ لَا تَتَّبِعُواْ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمۡ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمۡ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿١٥٣﴾
Albatta, bu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yoʻllarga ergashmang. Bas, sizni Uning yoʻlidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz.
ثُمَّ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِيٓ أَحۡسَنَ وَ تَفۡصِيلࣰا لِّكُلِّ شَيۡءࣲ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمۡ يُؤۡمِنُونَ﴿١٥٤﴾
Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (neʼmat) batamom boʻlishi uchun, har bir narsa batafsil boʻlishi uchun, hidoyat va rahmat boʻlishi uchun berdik. Shoyadki, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga iymon keltirsalar.
وَ هَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلۡنَٰهُ مُبَارَكࣱ فَٱتَّبِعُوهُ وَ ٱتَّقُواْ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿١٥٥﴾
Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangizlar.
أَن تَقُولُوٓاْ إِنَّمَآ أُنزِلَ ٱلۡكِتَٰبُ عَلَىٰ طَآئِفَتَيۡنِ مِن قَبۡلِنَا وَ إِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمۡ لَغَٰفِلِينَ﴿١٥٦﴾
«Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan gʻofilmiz», demasliklaringiz uchun.
أَوۡ تَقُولُواْ لَوۡ أَنَّآ أُنزِلَ عَلَيۡنَا ٱلۡكِتَٰبُ لَكُنَّآ أَهۡدَىٰ مِنۡهُمۡ ۚ فَقَدۡ جَآءَكُم بَيِّنَةࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ ۚ فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ صَدَفَ عَنۡهَا ۗ سَنَجۡزِي ٱلَّذِينَ يَصۡدِفُونَ عَنۡ ءَايَٰتِنَا سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يَصۡدِفُونَ﴿١٥٧﴾
Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan koʻra hidoyatliroq boʻlar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan va ulardan yuz oʻgirgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda, oyatlarimizdan yuz oʻgirganlarni yuz oʻgirganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz.
هَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأۡتِيَهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ أَوۡ يَأۡتِيَ رَبُّكَ أَوۡ يَأۡتِيَ بَعۡضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ ۗ يَوۡمَ يَأۡتِي بَعۡضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفۡسًا إِيمَٰنُهَا لَمۡ تَكُنۡ ءَامَنَتۡ مِن قَبۡلُ أَوۡ كَسَبَتۡ فِيٓ إِيمَٰنِهَا خَيۡرࣰا ۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓاْ إِنَّا مُنتَظِرُونَ﴿١٥٨﴾
Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning baʼzi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning baʼzi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan boʻlsa, iymoni naf bermas. «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», – deb ayt.
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُواْ دِينَهُمۡ وَ كَانُواْ شِيَعࣰا لَّسۡتَ مِنۡهُمۡ فِي شَيۡءٍ ۚ إِنَّمَآ أَمۡرُهُمۡ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَفۡعَلُونَ﴿١٥٩﴾
Dinlarini tafriqa qilib, oʻzlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yoʻq. Albatta, ularning ishi Allohning Oʻziga havola. Soʻngra, qilgan ishlarining xabarini berur.
مَن جَآءَ بِٱلۡحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشۡرُ أَمۡثَالِهَا ۖ وَ مَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجۡزَىٰٓ إِلَّا مِثۡلَهَا وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿١٦٠﴾
Kim bir yaxshilik qilsa, unga oʻn barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo boʻlur. Va ularga zulm qilinmas.
قُلۡ إِنَّنِي هَدَىٰنِي رَبِّيٓ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ دِينࣰا قِيَمࣰا مِّلَّةَ إِبۡرَٰهِيمَ حَنِيفࣰا ۚ وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٦١﴾
Sen: «Albatta, Meni Robbim toʻgʻri yoʻlga — rost dinga — toʻgʻrilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan boʻlmagan edi», – deb ayt!
قُلۡ إِنَّ صَلَاتِي وَ نُسُكِي وَ مَحۡيَايَ وَ مَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦٢﴾
Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.
لَا شَرِيكَ لَهُۥ ۖ وَ بِذَٰلِكَ أُمِرۡتُ وَ أَنَا۠ أَوَّلُ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿١٦٣﴾
Uning sherigi yoʻq. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman.
قُلۡ أَغَيۡرَ ٱللَّهِ أَبۡغِي رَبࣰّا وَ هُوَ رَبُّ كُلِّ شَيۡءࣲ ۚ وَ لَا تَكۡسِبُ كُلُّ نَفۡسٍ إِلَّا عَلَيۡهَا ۚ وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةࣱ وِزۡرَ أُخۡرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرۡجِعُكُمۡ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ فِيهِ تَخۡتَلِفُونَ﴿١٦٤﴾
Allohdan oʻzgani Robbim deymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat oʻziga ziyon qilur. Hech bir jon boshqaning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra, Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur.
وَ هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَكُمۡ خَلَٰٓئِفَ ٱلۡأَرۡضِ وَ رَفَعَ بَعۡضَكُمۡ فَوۡقَ بَعۡضࣲ دَرَجَٰتࣲ لِّيَبۡلُوَكُمۡ فِي مَآ ءَاتَىٰكُمۡ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلۡعِقَابِ وَ إِنَّهُۥ لَغَفُورࣱ رَّحِيمُۢ﴿١٦٥﴾
U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va Oʻzi bergan narsalarda sizni sinash uchun baʼzingizning darajasini baʼzingizdan ustun qilgan Zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir. Va, albatta, U magʻfirat qiluvchi va rahimlidir», – deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: An’om. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — chorva hayvonlari.
Mazmuni: Sura shirkning asossizligini tabiat, yaratilish va Allohning ne’matlari orqali ko‘rsatadi. Halol-haromni o‘zboshimchalik bilan belgilash qoralanadi, payg‘ambarlar da’vati va tavhid yo‘li eslatilib, insondan tafakkur va minnatdorlik talab qilinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.