Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Aʼrof surasi

سورة الأعراف

Aʼrof surasi

Balandliklar · Аъроф сураси

7-sura206 oyatMakkiy8-pora

Aʼrof surasi — Qurʼoni Karimning 7-surasi. U 206 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Balandliklar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 7:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓمٓصٓ﴿١﴾

    Alif. Laam. Miym. Sood.

  2. 7:2Mushafda oʻqish ↗

    كِتَٰبٌ أُنزِلَ إِلَيۡكَ فَلَا يَكُن فِي صَدۡرِكَ حَرَجࣱ مِّنۡهُ لِتُنذِرَ بِهِۦ وَ ذِكۡرَىٰ لِلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٢﴾

    Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va moʻminlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Koʻnglingda undan tanglik boʻlmasin.

  3. 7:3Mushafda oʻqish ↗

    ٱتَّبِعُواْ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكُم مِّن رَّبِّكُمۡ وَ لَا تَتَّبِعُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ ۗ قَلِيلࣰا مَّا تَذَكَّرُونَ﴿٣﴾

    Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — doʻstlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.

  4. 7:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَم مِّن قَرۡيَةٍ أَهۡلَكۡنَٰهَا فَجَآءَهَا بَأۡسُنَا بَيَٰتًا أَوۡ هُمۡ قَآئِلُونَ﴿٤﴾

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi.

  5. 7:5Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا كَانَ دَعۡوَىٰهُمۡ إِذۡ جَآءَهُم بَأۡسُنَآ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ﴿٥﴾

    Bas, Bizning azobimiz kelgan chogʻida ularning daʼvolari: «Albatta, biz zolimlardan boʻlgan edik», – deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi.

  6. 7:6Mushafda oʻqish ↗

    فَلَنَسۡـَٔلَنَّ ٱلَّذِينَ أُرۡسِلَ إِلَيۡهِمۡ وَ لَنَسۡـَٔلَنَّ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٦﴾

    Bas, Biz, albatta, Paygʻambar yuborilganlardan ham va, albatta, Paygʻambarlardan ham soʻrarmiz.

  7. 7:7Mushafda oʻqish ↗

    فَلَنَقُصَّنَّ عَلَيۡهِم بِعِلۡمࣲ ۖ وَ مَا كُنَّا غَآئِبِينَ﴿٧﴾

    Bas, ularga ilmiy ravishda qissa qilib berurmiz. Holbuki, Biz gʻoyib boʻlmagan edik.

  8. 7:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡوَزۡنُ يَوۡمَئِذٍ ٱلۡحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٨﴾

    Oʻsha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari ogʻir kelsa, ana oʻshalar najot topguvchilardir.

  9. 7:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَنۡ خَفَّتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُم بِمَا كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَظۡلِمُونَ﴿٩﴾

    Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana oʻshalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, oʻzlariga ziyon etganlardir.

  10. 7:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ مَكَّنَّٰكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ جَعَلۡنَا لَكُمۡ فِيهَا مَعَٰيِشَ ۗ قَلِيلࣰا مَّا تَشۡكُرُونَ﴿١٠﴾

    Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?!

  11. 7:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَٰكُمۡ ثُمَّ صَوَّرۡنَٰكُمۡ ثُمَّ قُلۡنَا لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ ٱسۡجُدُواْ لِأٓدَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبۡلِيسَ لَمۡ يَكُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ﴿١١﴾

    Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. Soʻngra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan boʻlmadi.

  12. 7:12Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسۡجُدَ إِذۡ أَمَرۡتُكَ ۖ قَالَ أَنَا۠ خَيۡرࣱ مِّنۡهُ خَلَقۡتَنِي مِن نَّارࣲ وَ خَلَقۡتَهُۥ مِن طِينࣲ﴿١٢﴾

    U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima toʻsdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni oʻtdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi.

  13. 7:13Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَٱهۡبِطۡ مِنۡهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَن تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَٱخۡرُجۡ إِنَّكَ مِنَ ٱلصَّٰغِرِينَ﴿١٣﴾

    U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yoʻq. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor boʻlguvchilardansan», – dedi.

  14. 7:14Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَنظِرۡنِيٓ إِلَىٰ يَوۡمِ يُبۡعَثُونَ﴿١٤﴾

    U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.

  15. 7:15Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّكَ مِنَ ٱلۡمُنظَرِينَ﴿١٥﴾

    U zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi.

  16. 7:16Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَبِمَآ أَغۡوَيۡتَنِي لَأَقۡعُدَنَّ لَهُمۡ صِرَٰطَكَ ٱلۡمُسۡتَقِيمَ﴿١٦﴾

    U: «Meni igʻvoga uchirganing sababli, albatta, men ularni Toʻgʻri yoʻlingda toʻsib oʻtiraman.

  17. 7:17Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ لَأٓتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيۡنِ أَيۡدِيهِمۡ وَ مِنۡ خَلۡفِهِمۡ وَ عَنۡ أَيۡمَٰنِهِمۡ وَ عَن شَمَآئِلِهِمۡ ۖ وَ لَا تَجِدُ أَكۡثَرَهُمۡ شَٰكِرِينَ﴿١٧﴾

    Soʻngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, oʻng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning koʻplarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.

  18. 7:18Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱخۡرُجۡ مِنۡهَا مَذۡءُومࣰا مَّدۡحُورࣰا ۖ لَّمَن تَبِعَكَ مِنۡهُمۡ لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿١٨﴾

    U zot: «Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan toʻldirurman», – dedi.

  19. 7:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَٰٓـَٔادَمُ ٱسۡكُنۡ أَنتَ وَ زَوۡجُكَ ٱلۡجَنَّةَ فَكُلَا مِنۡ حَيۡثُ شِئۡتُمَا وَ لَا تَقۡرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٩﴾

    Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan boʻlib qolmanglar.

  20. 7:20Mushafda oʻqish ↗

    فَوَسۡوَسَ لَهُمَا ٱلشَّيۡطَٰنُ لِيُبۡدِيَ لَهُمَا مَا وُۥرِيَ عَنۡهُمَا مِن سَوۡءَٰتِهِمَا وَ قَالَ مَا نَهَىٰكُمَا رَبُّكُمَا عَنۡ هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةِ إِلَّآ أَن تَكُونَا مَلَكَيۡنِ أَوۡ تَكُونَا مِنَ ٱلۡخَٰلِدِينَ﴿٢٠﴾

    Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta boʻlmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.

  21. 7:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَاسَمَهُمَآ إِنِّي لَكُمَا لَمِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ﴿٢١﴾

    Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman», – deb qasam ichdi.

  22. 7:22Mushafda oʻqish ↗

    فَدَلَّىٰهُمَا بِغُرُورࣲ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا ٱلشَّجَرَةَ بَدَتۡ لَهُمَا سَوۡءَٰتُهُمَا وَ طَفِقَا يَخۡصِفَانِ عَلَيۡهِمَا مِن وَرَقِ ٱلۡجَنَّةِ ۖ وَ نَادَىٰهُمَا رَبُّهُمَآ أَلَمۡ أَنۡهَكُمَا عَن تِلۡكُمَا ٱلشَّجَرَةِ وَ أَقُل لَّكُمَآ إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ لَكُمَا عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿٢٢﴾

    Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib koʻrishganda, avratlari oʻzlariga koʻrinib qoldi va oʻzlariga jannat barglaridan toʻsiq toʻqiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana oʻsha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.

  23. 7:23Mushafda oʻqish ↗

    قَالَا رَبَّنَا ظَلَمۡنَآ أَنفُسَنَا وَ إِن لَّمۡ تَغۡفِرۡ لَنَا وَ تَرۡحَمۡنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٢٣﴾

    Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magʻfirat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon koʻrganlardan boʻlamiz», – dedilar.

  24. 7:24Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱهۡبِطُواْ بَعۡضُكُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوࣱّ ۖ وَ لَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُسۡتَقَرࣱّ وَ مَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينࣲ﴿٢٤﴾

    U zot: «Bir-biringizga dushman boʻlgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va maʼlum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.

  25. 7:25Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فِيهَا تَحۡيَوۡنَ وَ فِيهَا تَمُوتُونَ وَ مِنۡهَا تُخۡرَجُونَ﴿٢٥﴾

    U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda oʻlasizlar va undan qayta chiqarilasizlar», – dedi.

  26. 7:26Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ قَدۡ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكُمۡ لِبَاسࣰا يُوَٰرِي سَوۡءَٰتِكُمۡ وَ رِيشࣰا ۖ وَ لِبَاسُ ٱلتَّقۡوَىٰ ذَٰلِكَ خَيۡرࣱ ۚ ذَٰلِكَ مِنۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴿٢٦﴾

    Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni toʻsadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana oʻsha yaxshidir. Ana oʻshalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar.

  27. 7:27Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ لَا يَفۡتِنَنَّكُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ كَمَآ أَخۡرَجَ أَبَوَيۡكُم مِّنَ ٱلۡجَنَّةِ يَنزِعُ عَنۡهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوۡءَٰتِهِمَآ ۚ إِنَّهُۥ يَرَىٰكُمۡ هُوَ وَ قَبِيلُهُۥ مِنۡ حَيۡثُ لَا تَرَوۡنَهُمۡ ۗ إِنَّا جَعَلۡنَا ٱلشَّيَٰطِينَ أَوۡلِيَآءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٢٧﴾

    Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni oʻzlariga avratlarini koʻrsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz koʻrmaydigan tomondan koʻradir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga doʻst qilganmiz.

  28. 7:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا فَعَلُواْ فَٰحِشَةࣰ قَالُواْ وَجَدۡنَا عَلَيۡهَآ ءَابَآءَنَا وَ ٱللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلۡ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَأۡمُرُ بِٱلۡفَحۡشَآءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٢٨﴾

    Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini koʻrdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.

  29. 7:29Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَمَرَ رَبِّي بِٱلۡقِسۡطِ ۖ وَ أَقِيمُواْ وُجُوهَكُمۡ عِندَ كُلِّ مَسۡجِدࣲ وَ ٱدۡعُوهُ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمۡ تَعُودُونَ﴿٢٩﴾

    Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni toʻgʻri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan boʻlsa, oʻsha holda qaytasizlar», – deb ayt.

  30. 7:30Mushafda oʻqish ↗

    فَرِيقًا هَدَىٰ وَ فَرِيقًا حَقَّ عَلَيۡهِمُ ٱلضَّلَٰلَةُ ۚ إِنَّهُمُ ٱتَّخَذُواْ ٱلشَّيَٰطِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ يَحۡسَبُونَ أَنَّهُم مُّهۡتَدُونَ﴿٣٠﴾

    Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yoʻldan ozish haq boʻldi. Chunki, ular Allohni qoʻyib shaytonlarni oʻzlariga doʻst tutdilar. Hamda oʻzlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar.

  31. 7:31Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمۡ عِندَ كُلِّ مَسۡجِدࣲ وَ كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ وَ لَا تُسۡرِفُوٓاْ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿٣١﴾

    Ey, Odam bolalari, har bir ibodat chogʻida oʻz ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas.

  32. 7:32Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَنۡ حَرَّمَ زِينَةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِيٓ أَخۡرَجَ لِعِبَادِهِۦ وَ ٱلطَّيِّبَٰتِ مِنَ ٱلرِّزۡقِ ۚ قُلۡ هِيَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا خَالِصَةࣰ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿٣٢﴾

    Sen: «Alloh Oʻz bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat oʻzlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.

  33. 7:33Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّيَ ٱلۡفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنۡهَا وَ مَا بَطَنَ وَ ٱلۡإِثۡمَ وَ ٱلۡبَغۡيَ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ وَ أَن تُشۡرِكُواْ بِٱللَّهِ مَا لَمۡ يُنَزِّلۡ بِهِۦ سُلۡطَٰنࣰا وَ أَن تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٣٣﴾

    Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.

  34. 7:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلࣱ ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمۡ لَا يَسۡتَأۡخِرُونَ سَاعَةࣰ وَ لَا يَسۡتَقۡدِمُونَ﴿٣٤﴾

    Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar.

  35. 7:35Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ إِمَّا يَأۡتِيَنَّكُمۡ رُسُلࣱ مِّنكُمۡ يَقُصُّونَ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِي فَمَنِ ٱتَّقَىٰ وَ أَصۡلَحَ فَلَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٣٥﴾

    Ey, Odam bolalari, agar sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni soʻzlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.

  36. 7:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ عَنۡهَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٣٦﴾

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  37. 7:37Mushafda oʻqish ↗

    فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يَنَالُهُمۡ نَصِيبُهُم مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوۡنَهُمۡ قَالُوٓاْ أَيۡنَ مَا كُنتُمۡ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُواْ ضَلُّواْ عَنَّا وَ شَهِدُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ أَنَّهُمۡ كَانُواْ كَٰفِرِينَ﴿٣٧﴾

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana oʻshalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan gʻoyib boʻlishdi», – derlar va oʻz ziyonlariga, kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berarlar.

  38. 7:38Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱدۡخُلُواْ فِيٓ أُمَمࣲ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِكُم مِّنَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ فِي ٱلنَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتۡ أُمَّةࣱ لَّعَنَتۡ أُخۡتَهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا ٱدَّارَكُواْ فِيهَا جَمِيعࣰا قَالَتۡ أُخۡرَىٰهُمۡ لِأُولَىٰهُمۡ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ أَضَلُّونَا فَـَٔاتِهِمۡ عَذَابࣰا ضِعۡفࣰا مِّنَ ٱلنَّارِ ۖ قَالَ لِكُلࣲّ ضِعۡفࣱ وَ لَٰكِن لَّا تَعۡلَمُونَ﴿٣٨﴾

    U zot: «Sizdan oldin oʻtgan, jin va insdan boʻlgan ummatlar bilan doʻzaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (doʻzaxga) kirsa, sherigini laʼnatlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga doʻzax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der.

  39. 7:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَتۡ أُولَىٰهُمۡ لِأُخۡرَىٰهُمۡ فَمَا كَانَ لَكُمۡ عَلَيۡنَا مِن فَضۡلࣲ فَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡسِبُونَ﴿٣٩﴾

    Avvalgilar keyingilarga: «Sizlarning bizdan afzallik tomoningiz yoʻq. Qilgan kasbingizga yarasha azobni tortaveringlar», – derlar.

  40. 7:40Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ عَنۡهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمۡ أَبۡوَٰبُ ٱلسَّمَآءِ وَ لَا يَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ ٱلۡجَمَلُ فِي سَمِّ ٱلۡخِيَاطِ ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٤٠﴾

    Albatta, oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan oʻtmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz.

  41. 7:41Mushafda oʻqish ↗

    لَهُم مِّن جَهَنَّمَ مِهَادࣱ وَ مِن فَوۡقِهِمۡ غَوَاشࣲ ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤١﴾

    Ularga jahannamdan toʻshak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.

  42. 7:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَا نُكَلِّفُ نَفۡسًا إِلَّا وُسۡعَهَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٤٢﴾

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  43. 7:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَزَعۡنَا مَا فِي صُدُورِهِم مِّنۡ غِلࣲّ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهِمُ ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ وَ قَالُواْ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي هَدَىٰنَا لِهَٰذَا وَ مَا كُنَّا لِنَهۡتَدِيَ لَوۡلَآ أَنۡ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ ۖ لَقَدۡ جَآءَتۡ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلۡحَقِّ ۖ وَ نُودُوٓاْ أَن تِلۡكُمُ ٱلۡجَنَّةُ أُورِثۡتُمُوهَا بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٤٣﴾

    Va koʻksilaridagi gʻillu gʻashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar boʻlsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, oʻzimiz yoʻl topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.

  44. 7:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَادَىٰٓ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ أَصۡحَٰبَ ٱلنَّارِ أَن قَدۡ وَجَدۡنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقࣰّا فَهَلۡ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمۡ حَقࣰّا ۖ قَالُواْ نَعَمۡ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنُۢ بَيۡنَهُمۡ أَن لَّعۡنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٤﴾

    Va jannat egalari doʻzax egalariga: «Biz Robbimiz bizga vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular oʻrtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin!!!

  45. 7:45Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ يَبۡغُونَهَا عِوَجࣰا وَ هُم بِٱلۡأٓخِرَةِ كَٰفِرُونَ﴿٤٥﴾

    Allohning yoʻlidan toʻsadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir boʻluvchilarga!!!» – deb jar soladir.

  46. 7:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ بَيۡنَهُمَا حِجَابࣱ ۚ وَ عَلَى ٱلۡأَعۡرَافِ رِجَالࣱ يَعۡرِفُونَ كُلَّۢا بِسِيمَىٰهُمۡ ۚ وَ نَادَوۡاْ أَصۡحَٰبَ ٱلۡجَنَّةِ أَن سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمۡ ۚ لَمۡ يَدۡخُلُوهَا وَ هُمۡ يَطۡمَعُونَ﴿٤٦﴾

    Oralarida toʻsiq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tamaʼ qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom boʻlsin», – deb nido qilurlar.

  47. 7:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا صُرِفَتۡ أَبۡصَٰرُهُمۡ تِلۡقَآءَ أَصۡحَٰبِ ٱلنَّارِ قَالُواْ رَبَّنَا لَا تَجۡعَلۡنَا مَعَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٧﴾

    Qachonki koʻzlari doʻzax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.

  48. 7:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَادَىٰٓ أَصۡحَٰبُ ٱلۡأَعۡرَافِ رِجَالࣰا يَعۡرِفُونَهُم بِسِيمَىٰهُمۡ قَالُواْ مَآ أَغۡنَىٰ عَنكُمۡ جَمۡعُكُمۡ وَ مَا كُنتُمۡ تَسۡتَكۡبِرُونَ﴿٤٨﴾

    Aʼrof egalari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib: «Toʻplaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!

  49. 7:49Mushafda oʻqish ↗

    أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقۡسَمۡتُمۡ لَا يَنَالُهُمُ ٱللَّهُ بِرَحۡمَةٍ ۚ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡكُمۡ وَ لَآ أَنتُمۡ تَحۡزَنُونَ﴿٤٩﴾

    Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yoʻq va siz xafa ham boʻlmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.

  50. 7:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَادَىٰٓ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ أَصۡحَٰبَ ٱلۡجَنَّةِ أَنۡ أَفِيضُواْ عَلَيۡنَا مِنَ ٱلۡمَآءِ أَوۡ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ ۚ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٥٠﴾

    Doʻzax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan toʻkinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.

  51. 7:51Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَهُمۡ لَهۡوࣰا وَ لَعِبࣰا وَ غَرَّتۡهُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا ۚ فَٱلۡيَوۡمَ نَنسَىٰهُمۡ كَمَا نَسُواْ لِقَآءَ يَوۡمِهِمۡ هَٰذَا وَ مَا كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَجۡحَدُونَ﴿٥١﴾

    Dinlarini oʻyin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo gʻururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor boʻlishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz.

  52. 7:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ جِئۡنَٰهُم بِكِتَٰبࣲ فَصَّلۡنَٰهُ عَلَىٰ عِلۡمٍ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٥٢﴾

    Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat boʻlgan kitobni keltirdik.

  53. 7:53Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأۡوِيلَهُۥ ۚ يَوۡمَ يَأۡتِي تَأۡوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبۡلُ قَدۡ جَآءَتۡ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلۡحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَآءَ فَيَشۡفَعُواْ لَنَآ أَوۡ نُرَدُّ فَنَعۡمَلَ غَيۡرَ ٱلَّذِي كُنَّا نَعۡمَلُ ۚ قَدۡ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٥٣﴾

    Ular uning taʼviylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning taʼviyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Paygʻambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular oʻzlariga ziyon qildilar va toʻqib olgan narsalari ulardan gʻoyib boʻldi.

  54. 7:54Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ يُغۡشِي ٱلَّيۡلَ ٱلنَّهَارَ يَطۡلُبُهُۥ حَثِيثࣰا وَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ وَ ٱلنُّجُومَ مُسَخَّرَٰتِۭ بِأَمۡرِهِۦٓ ۗ أَلَا لَهُ ٱلۡخَلۡقُ وَ ٱلۡأَمۡرُ ۗ تَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٥٤﴾

    «Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni Oʻz amriga boʻysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh boʻling, yaratish va amr qilish Uning Oʻziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir.

  55. 7:55Mushafda oʻqish ↗

    ٱدۡعُواْ رَبَّكُمۡ تَضَرُّعࣰا وَ خُفۡيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُعۡتَدِينَ﴿٥٥﴾

    Robbingizga tazarruʼ ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.

  56. 7:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ بَعۡدَ إِصۡلَٰحِهَا وَ ٱدۡعُوهُ خَوۡفࣰا وَ طَمَعًا ۚ إِنَّ رَحۡمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبࣱ مِّنَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٥٦﴾

    Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qoʻrqib tamaʼ ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.

  57. 7:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي يُرۡسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشۡرَۢا بَيۡنَ يَدَيۡ رَحۡمَتِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَقَلَّتۡ سَحَابࣰا ثِقَالࣰا سُقۡنَٰهُ لِبَلَدࣲ مَّيِّتࣲ فَأَنزَلۡنَا بِهِ ٱلۡمَآءَ فَأَخۡرَجۡنَا بِهِۦ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخۡرِجُ ٱلۡمَوۡتَىٰ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿٥٧﴾

    U Oʻz rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular ogʻir bulutlarni koʻtarib keltirgach, u ila oʻlik yurtni sugʻoramiz. Undan suv tushirib, oʻsha ila turli mevalar chiqaramiz. Oʻliklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.

  58. 7:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡبَلَدُ ٱلطَّيِّبُ يَخۡرُجُ نَبَاتُهُۥ بِإِذۡنِ رَبِّهِۦ ۖ وَ ٱلَّذِي خَبُثَ لَا يَخۡرُجُ إِلَّا نَكِدࣰا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَشۡكُرُونَ﴿٥٨﴾

    Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok boʻlgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz.

  59. 7:59Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥٓ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿٥٩﴾

    Batahqiq, Biz Nuhni oʻz qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Albatta, men sizlarning buyuk kunning azobiga giriftor boʻlishingizdan qoʻrqaman», – dedi.

  60. 7:60Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلۡمَلَأُ مِن قَوۡمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٦٠﴾

    Uning qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni koʻryapmiz», – dedilar.

  61. 7:61Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰقَوۡمِ لَيۡسَ بِي ضَلَٰلَةࣱ وَ لَٰكِنِّي رَسُولࣱ مِّن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦١﴾

    U: «Ey qavmim, menda zalolat yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  62. 7:62Mushafda oʻqish ↗

    أُبَلِّغُكُمۡ رِسَٰلَٰتِ رَبِّي وَ أَنصَحُ لَكُمۡ وَ أَعۡلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٦٢﴾

    Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman.

  63. 7:63Mushafda oʻqish ↗

    أَوَعَجِبۡتُمۡ أَن جَآءَكُمۡ ذِكۡرࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ عَلَىٰ رَجُلࣲ مِّنكُمۡ لِيُنذِرَكُمۡ وَ لِتَتَّقُواْ وَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿٦٣﴾

    Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.

  64. 7:64Mushafda oʻqish ↗

    فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ ٱلَّذِينَ مَعَهُۥ فِي ٱلۡفُلۡكِ وَ أَغۡرَقۡنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمًا عَمِينَ﴿٦٤﴾

    Bas, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Soʻng, Biz uni va u bilan birga boʻlganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq qildik. Chunki, ular koʻr qavm edilar.

  65. 7:65Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمۡ هُودࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ﴿٦٥﴾

    Va Odga oʻz birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.

  66. 7:66Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلۡمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِي سَفَاهَةࣲ وَ إِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٦٦﴾

    Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda koʻrib turibmiz va albatta biz seni yolgʻonchilardan deb bilamiz», – dedilar.

  67. 7:67Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰقَوۡمِ لَيۡسَ بِي سَفَاهَةࣱ وَ لَٰكِنِّي رَسُولࣱ مِّن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦٧﴾

    U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  68. 7:68Mushafda oʻqish ↗

    أُبَلِّغُكُمۡ رِسَٰلَٰتِ رَبِّي وَ أَنَا۠ لَكُمۡ نَاصِحٌ أَمِينٌ﴿٦٨﴾

    Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman.

  69. 7:69Mushafda oʻqish ↗

    أَوَعَجِبۡتُمۡ أَن جَآءَكُمۡ ذِكۡرࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ عَلَىٰ رَجُلࣲ مِّنكُمۡ لِيُنذِرَكُمۡ ۚ وَ ٱذۡكُرُوٓاْ إِذۡ جَعَلَكُمۡ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعۡدِ قَوۡمِ نُوحࣲ وَ زَادَكُمۡ فِي ٱلۡخَلۡقِ بَصۜۡطَةࣰ ۖ فَٱذۡكُرُوٓاْ ءَالَآءَ ٱللَّهِ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٦٩﴾

    Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning neʼmatlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi.

  70. 7:70Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَجِئۡتَنَا لِنَعۡبُدَ ٱللَّهَ وَحۡدَهُۥ وَ نَذَرَ مَا كَانَ يَعۡبُدُ ءَابَآؤُنَا فَأۡتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٧٠﴾

    Ular: «Sen bizga yolgʻiz Allohning Oʻziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.

  71. 7:71Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ قَدۡ وَقَعَ عَلَيۡكُم مِّن رَّبِّكُمۡ رِجۡسࣱ وَ غَضَبٌ ۖ أَتُجَٰدِلُونَنِي فِيٓ أَسۡمَآءࣲ سَمَّيۡتُمُوهَآ أَنتُمۡ وَ ءَابَآؤُكُم مَّا نَزَّلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلۡطَٰنࣲ ۚ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ ٱلۡمُنتَظِرِينَ﴿٧١﴾

    U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va gʻazab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, oʻzingiz va ota bobolaringiz qoʻyib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor boʻlib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor boʻluvchilardanman», – dedi.

  72. 7:72Mushafda oʻqish ↗

    فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ ٱلَّذِينَ مَعَهُۥ بِرَحۡمَةࣲ مِّنَّا وَ قَطَعۡنَا دَابِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ وَ مَا كَانُواْ مُؤۡمِنِينَ﴿٧٢﴾

    Bas, unga va u bilan birga boʻlganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular moʻmin emas edilar.

  73. 7:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمۡ صَٰلِحࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥ ۖ قَدۡ جَآءَتۡكُم بَيِّنَةࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ ۖ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمۡ ءَايَةࣰ ۖ فَذَرُوهَا تَأۡكُلۡ فِيٓ أَرۡضِ ٱللَّهِ ۖ وَ لَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءࣲ فَيَأۡخُذَكُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٧٣﴾

    Va Samudga oʻz birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻq. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qoʻyinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a!

  74. 7:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرُوٓاْ إِذۡ جَعَلَكُمۡ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعۡدِ عَادࣲ وَ بَوَّأَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ تَتَّخِذُونَ مِن سُهُولِهَا قُصُورࣰا وَ تَنۡحِتُونَ ٱلۡجِبَالَ بُيُوتࣰا ۖ فَٱذۡكُرُوٓاْ ءَالَآءَ ٱللَّهِ وَ لَا تَعۡثَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُفۡسِدِينَ﴿٧٤﴾

    Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, togʻlardan uylar oʻyganlaringizni eslang. Allohning neʼmatlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzgʻunchilik qilmang!» – dedi.

  75. 7:75Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلۡمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦ لِلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ لِمَنۡ ءَامَنَ مِنۡهُمۡ أَتَعۡلَمُونَ أَنَّ صَٰلِحࣰا مُّرۡسَلࣱ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قَالُوٓاْ إِنَّا بِمَآ أُرۡسِلَ بِهِۦ مُؤۡمِنُونَ﴿٧٥﴾

    Uning qavmidan mutakabbir boʻlgan zodagonlar zaifhol boʻlganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Paygʻambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.

  76. 7:76Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُوٓاْ إِنَّا بِٱلَّذِيٓ ءَامَنتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ﴿٧٦﴾

    Mutakabbir boʻlganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar.

  77. 7:77Mushafda oʻqish ↗

    فَعَقَرُواْ ٱلنَّاقَةَ وَ عَتَوۡاْ عَنۡ أَمۡرِ رَبِّهِمۡ وَ قَالُواْ يَٰصَٰلِحُ ٱئۡتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٧٧﴾

    Bas, tuyani soʻydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.

  78. 7:78Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلرَّجۡفَةُ فَأَصۡبَحُواْ فِي دَارِهِمۡ جَٰثِمِينَ﴿٧٨﴾

    Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida oʻtirib qoldilar.

  79. 7:79Mushafda oʻqish ↗

    فَتَوَلَّىٰ عَنۡهُمۡ وَ قَالَ يَٰقَوۡمِ لَقَدۡ أَبۡلَغۡتُكُمۡ رِسَالَةَ رَبِّي وَ نَصَحۡتُ لَكُمۡ وَ لَٰكِن لَّا تُحِبُّونَ ٱلنَّٰصِحِينَ﴿٧٩﴾

    Keyin, ulardan yuz oʻgirdi va: «Ey qavmim, batahqiq, men sizga Robbimning yuborganini yetkazdim va nasihat qildim. Lekin siz nasihat qiluvchilarni sevmas ekansiz», – dedi.

  80. 7:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ لُوطًا إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِۦٓ أَتَأۡتُونَ ٱلۡفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنۡ أَحَدࣲ مِّنَ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٨٠﴾

    Va Lutni (yubordik). Uning oʻz qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!

  81. 7:81Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّكُمۡ لَتَأۡتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهۡوَةࣰ مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمࣱ مُّسۡرِفُونَ﴿٨١﴾

    Albatta, sizlar ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yoʻq! Sizlar isrofchi qavmsiz!» – deganini esla.

  82. 7:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ جَوَابَ قَوۡمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَخۡرِجُوهُم مِّن قَرۡيَتِكُمۡ ۖ إِنَّهُمۡ أُنَاسࣱ يَتَطَهَّرُونَ﴿٨٢﴾

    Qavmning javobi: «Ularni qishlogʻingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza boʻlaveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi.

  83. 7:83Mushafda oʻqish ↗

    فَأَنجَيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥٓ إِلَّا ٱمۡرَأَتَهُۥ كَانَتۡ مِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿٨٣﴾

    Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok boʻlguvchilardan boʻldi.

  84. 7:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمۡطَرۡنَا عَلَيۡهِم مَّطَرࣰا ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٨٤﴾

    Va Biz ularning ustidan «yomgʻir» yogʻdirdik. Jinoyatkorlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol!

  85. 7:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِلَىٰ مَدۡيَنَ أَخَاهُمۡ شُعَيۡبࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥ ۖ قَدۡ جَآءَتۡكُم بَيِّنَةࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ ۖ فَأَوۡفُواْ ٱلۡكَيۡلَ وَ ٱلۡمِيزَانَ وَ لَا تَبۡخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشۡيَآءَهُمۡ وَ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ بَعۡدَ إِصۡلَٰحِهَا ۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿٨٥﴾

    Va Madyanga oʻz birodarlari Shuʼaybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan oʻzga iloh yoʻq. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, oʻlchov va tarozuni toʻliq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzgʻunchilik qilmang. Agar moʻmin boʻlsangiz, shunday qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshidir.

  86. 7:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَقۡعُدُواْ بِكُلِّ صِرَٰطࣲ تُوعِدُونَ وَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ بِهِۦ وَ تَبۡغُونَهَا عِوَجࣰا ۚ وَ ٱذۡكُرُوٓاْ إِذۡ كُنتُمۡ قَلِيلࣰا فَكَثَّرَكُمۡ ۖ وَ ٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٨٦﴾

    Har koʻchada oʻtirib olib qoʻrqitmang. Allohning yoʻlidan Unga iymon keltirganlarni toʻsmang va u(yoʻl)ning egri boʻlishini istamang. Oz boʻlgan chogʻingizda sizni koʻpaytirib qoʻyganini eslang. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling.

  87. 7:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن كَانَ طَآئِفَةࣱ مِّنكُمۡ ءَامَنُواْ بِٱلَّذِيٓ أُرۡسِلۡتُ بِهِۦ وَ طَآئِفَةࣱ لَّمۡ يُؤۡمِنُواْ فَٱصۡبِرُواْ حَتَّىٰ يَحۡكُمَ ٱللَّهُ بَيۡنَنَا ۚ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلۡحَٰكِمِينَ﴿٨٧﴾

    Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan boʻlsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi.

  88. 7:88Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلۡمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦ لَنُخۡرِجَنَّكَ يَٰشُعَيۡبُ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَكَ مِن قَرۡيَتِنَآ أَوۡ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوۡ كُنَّا كَٰرِهِينَ﴿٨٨﴾

    Uning qavmidan mutakabbir boʻlgan zodagonlar: «Ey Shuʼayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni oʻz qishlogʻimizdan chiqaramiz yoki oʻz millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon koʻruvchi boʻlsak ham-a?!

  89. 7:89Mushafda oʻqish ↗

    قَدِ ٱفۡتَرَيۡنَا عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا إِنۡ عُدۡنَا فِي مِلَّتِكُم بَعۡدَ إِذۡ نَجَّىٰنَا ٱللَّهُ مِنۡهَا ۚ وَ مَا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّعُودَ فِيهَآ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَيۡءٍ عِلۡمًا ۚ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلۡنَا ۚ رَبَّنَا ٱفۡتَحۡ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَ قَوۡمِنَا بِٱلۡحَقِّ وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلۡفَٰتِحِينَ﴿٨٩﴾

    Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan soʻng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan boʻlamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani oʻz ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.

  90. 7:90Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦ لَئِنِ ٱتَّبَعۡتُمۡ شُعَيۡبًا إِنَّكُمۡ إِذࣰا لَّخَٰسِرُونَ﴿٩٠﴾

    Uning qavmidan boʻlgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shuʼaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon koʻruvchidirsiz», – dedilar.

  91. 7:91Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلرَّجۡفَةُ فَأَصۡبَحُواْ فِي دَارِهِمۡ جَٰثِمِينَ﴿٩١﴾

    Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida oʻtirib qoldilar.

  92. 7:92Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ شُعَيۡبࣰا كَأَن لَّمۡ يَغۡنَوۡاْ فِيهَا ۚ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ شُعَيۡبࣰا كَانُواْ هُمُ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٩٢﴾

    Shuʼaybni yolgʻonchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek boʻldilar. Shuʼaybni yolgʻonchiga chiqarganlar, oʻshalar ziyon koʻruvchilar boʻldilar.

  93. 7:93Mushafda oʻqish ↗

    فَتَوَلَّىٰ عَنۡهُمۡ وَ قَالَ يَٰقَوۡمِ لَقَدۡ أَبۡلَغۡتُكُمۡ رِسَٰلَٰتِ رَبِّي وَ نَصَحۡتُ لَكُمۡ ۖ فَكَيۡفَ ءَاسَىٰ عَلَىٰ قَوۡمࣲ كَٰفِرِينَ﴿٩٣﴾

    Keyin ulardan yuz oʻgirdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qaygʻuray», – dedi.

  94. 7:94Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا فِي قَرۡيَةࣲ مِّن نَّبِيٍّ إِلَّآ أَخَذۡنَآ أَهۡلَهَا بِٱلۡبَأۡسَآءِ وَ ٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمۡ يَضَّرَّعُونَ﴿٩٤﴾

    Qaysi bir qishloqqa Paygʻambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarruʼ qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.

  95. 7:95Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَدَّلۡنَا مَكَانَ ٱلسَّيِّئَةِ ٱلۡحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَواْ وَّ قَالُواْ قَدۡ مَسَّ ءَابَآءَنَا ٱلضَّرَّآءُ وَ ٱلسَّرَّآءُ فَأَخَذۡنَٰهُم بَغۡتَةࣰ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٩٥﴾

    Soʻngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, koʻpayishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni oʻzlariga sezdirmay, toʻsatdan tutganmiz.

  96. 7:96Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّ أَهۡلَ ٱلۡقُرَىٰٓ ءَامَنُواْ وَ ٱتَّقَوۡاْ لَفَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَرَكَٰتࣲ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَٰكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذۡنَٰهُم بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٩٦﴾

    Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qoʻyar edik. Lekin ular yolgʻonga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.

  97. 7:97Mushafda oʻqish ↗

    أَفَأَمِنَ أَهۡلُ ٱلۡقُرَىٰٓ أَن يَأۡتِيَهُم بَأۡسُنَا بَيَٰتࣰا وَ هُمۡ نَآئِمُونَ﴿٩٧﴾

    Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!

  98. 7:98Mushafda oʻqish ↗

    أَوَأَمِنَ أَهۡلُ ٱلۡقُرَىٰٓ أَن يَأۡتِيَهُم بَأۡسُنَا ضُحࣰى وَ هُمۡ يَلۡعَبُونَ﴿٩٨﴾

    Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, oʻynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!

  99. 7:99Mushafda oʻqish ↗

    أَفَأَمِنُواْ مَكۡرَ ٱللَّهِ ۚ فَلَا يَأۡمَنُ مَكۡرَ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلۡقَوۡمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٩٩﴾

    Allohning makridan xotirjam boʻldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon koʻruvchi qavmlargina xotirjam boʻlurlar.

  100. 7:100Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَهۡدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلۡأَرۡضَ مِنۢ بَعۡدِ أَهۡلِهَآ أَن لَّوۡ نَشَآءُ أَصَبۡنَٰهُم بِذُنُوبِهِمۡ ۚ وَ نَطۡبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَهُمۡ لَا يَسۡمَعُونَ﴿١٠٠﴾

    Yerga uning ahlidan keyin merosxoʻr boʻlganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qoʻyishimiz ayon boʻlmadimi?!

  101. 7:101Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ٱلۡقُرَىٰ نَقُصُّ عَلَيۡكَ مِنۡ أَنۢبَآئِهَا ۚ وَ لَقَدۡ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُواْ لِيُؤۡمِنُواْ بِمَا كَذَّبُواْ مِن قَبۡلُ ۚ كَذَٰلِكَ يَطۡبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٠١﴾

    Biz senga ana oʻsha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.

  102. 7:102Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا وَجَدۡنَا لِأَكۡثَرِهِم مِّنۡ عَهۡدࣲ ۖ وَ إِن وَجَدۡنَآ أَكۡثَرَهُمۡ لَفَٰسِقِينَ﴿١٠٢﴾

    Ularning koʻplarida ahdga vafo koʻrmadik. Agar ularning koʻplarini topsak ham, fosiqlikda topdik.

  103. 7:103Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَعَثۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦ فَظَلَمُواْ بِهَا ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿١٠٣﴾

    Soʻngra, ularning ortidan Musoni Oʻz oyatlarimiz ila Firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol.

  104. 7:104Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ مُوسَىٰ يَٰفِرۡعَوۡنُ إِنِّي رَسُولࣱ مِّن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠٤﴾

    Muso: «Ey Firʼavn, albatta, men olamlarning Robbidan Paygʻambarman.

  105. 7:105Mushafda oʻqish ↗

    حَقِيقٌ عَلَىٰٓ أَن لَّآ أَقُولَ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلۡحَقَّ ۚ قَدۡ جِئۡتُكُم بِبَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّكُمۡ فَأَرۡسِلۡ مَعِيَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿١٠٥﴾

    Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qoʻyib yubor», – dedi.

  106. 7:106Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِن كُنتَ جِئۡتَ بِـَٔايَةࣲ فَأۡتِ بِهَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿١٠٦﴾

    U: «Agar moʻʼjiza keltirgan boʻlsang, rostgoʻylardan boʻlsang, keltir uni», – dedi.

  107. 7:107Mushafda oʻqish ↗

    فَأَلۡقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ ثُعۡبَانࣱ مُّبِينࣱ﴿١٠٧﴾

    Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar boʻldi.

  108. 7:108Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِيَ بَيۡضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ﴿١٠٨﴾

    Va qoʻlini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq boʻlib koʻrindi.

  109. 7:109Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلۡمَلَأُ مِن قَوۡمِ فِرۡعَوۡنَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمࣱ﴿١٠٩﴾

    Firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!

  110. 7:110Mushafda oʻqish ↗

    يُرِيدُ أَن يُخۡرِجَكُم مِّنۡ أَرۡضِكُمۡ ۖ فَمَاذَا تَأۡمُرُونَ﴿١١٠﴾

    Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.

  111. 7:111Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَرۡجِهۡ وَ أَخَاهُ وَ أَرۡسِلۡ فِي ٱلۡمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ﴿١١١﴾

    Ular: «Uni va akasini qoʻyib turgin-da, shaharlarga toʻplovchilarni yubor.

  112. 7:112Mushafda oʻqish ↗

    يَأۡتُوكَ بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمࣲ﴿١١٢﴾

    Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar.

  113. 7:113Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ فِرۡعَوۡنَ قَالُوٓاْ إِنَّ لَنَا لَأَجۡرًا إِن كُنَّا نَحۡنُ ٱلۡغَٰلِبِينَ﴿١١٣﴾

    Sehrgarlar Firʼavnga kelib: «Agar biz gʻolib boʻlsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.

  114. 7:114Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ نَعَمۡ وَ إِنَّكُمۡ لَمِنَ ٱلۡمُقَرَّبِينَ﴿١١٤﴾

    U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan boʻlursizlar».

  115. 7:115Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلۡقِيَ وَ إِمَّآ أَن نَّكُونَ نَحۡنُ ٱلۡمُلۡقِينَ﴿١١٥﴾

    Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi boʻlaylik», – dedilar.

  116. 7:116Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَلۡقُواْ ۖ فَلَمَّآ أَلۡقَوۡاْ سَحَرُوٓاْ أَعۡيُنَ ٱلنَّاسِ وَ ٱسۡتَرۡهَبُوهُمۡ وَ جَآءُو بِسِحۡرٍ عَظِيمࣲ﴿١١٦﴾

    U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning koʻzini sehrladilar, qoʻrqitdilar va zoʻr sehr koʻrsatdilar.

  117. 7:117Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَلۡقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِيَ تَلۡقَفُ مَا يَأۡفِكُونَ﴿١١٧﴾

    Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi.

  118. 7:118Mushafda oʻqish ↗

    فَوَقَعَ ٱلۡحَقُّ وَ بَطَلَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١١٨﴾

    Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil boʻldi.

  119. 7:119Mushafda oʻqish ↗

    فَغُلِبُواْ هُنَالِكَ وَ ٱنقَلَبُواْ صَٰغِرِينَ﴿١١٩﴾

    Oʻsha yerda yengildilar va beobroʻ boʻldilar.

  120. 7:120Mushafda oʻqish ↗

    وَ أُلۡقِيَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ﴿١٢٠﴾

    Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:

  121. 7:121Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٢١﴾

    «Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.

  122. 7:122Mushafda oʻqish ↗

    رَبِّ مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ﴿١٢٢﴾

    Muso va Horunning Robbiga», – dedilar.

  123. 7:123Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فِرۡعَوۡنُ ءَامَنتُم بِهِۦ قَبۡلَ أَنۡ ءَاذَنَ لَكُمۡ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَمَكۡرࣱ مَّكَرۡتُمُوهُ فِي ٱلۡمَدِينَةِ لِتُخۡرِجُواْ مِنۡهَآ أَهۡلَهَا ۖ فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ﴿١٢٣﴾

    Firʼavn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.

  124. 7:124Mushafda oʻqish ↗

    لَأُقَطِّعَنَّ أَيۡدِيَكُمۡ وَ أَرۡجُلَكُم مِّنۡ خِلَٰفࣲ ثُمَّ لَأُصَلِّبَنَّكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿١٢٤﴾

    Albatta, oyoq-qoʻllaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi.

  125. 7:125Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ﴿١٢٥﴾

    Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.

  126. 7:126Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَنقِمُ مِنَّآ إِلَّآ أَنۡ ءَامَنَّا بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا لَمَّا جَآءَتۡنَا ۚ رَبَّنَآ أَفۡرِغۡ عَلَيۡنَا صَبۡرࣰا وَ تَوَفَّنَا مُسۡلِمِينَ﴿١٢٦﴾

    Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina oʻch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr toʻkkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.

  127. 7:127Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلَأُ مِن قَوۡمِ فِرۡعَوۡنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَ قَوۡمَهُۥ لِيُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ يَذَرَكَ وَ ءَالِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبۡنَآءَهُمۡ وَ نَسۡتَحۡيِۦ نِسَآءَهُمۡ وَ إِنَّا فَوۡقَهُمۡ قَٰهِرُونَ﴿١٢٧﴾

    Firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzgʻunchilik qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?» – dedilar. U: «Oʻgʻillarini oʻldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr oʻtkazuvchimiz», – dedi.

  128. 7:128Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِ ٱسۡتَعِينُواْ بِٱللَّهِ وَ ٱصۡبِرُوٓاْ ۖ إِنَّ ٱلۡأَرۡضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ ۖ وَ ٱلۡعَٰقِبَةُ لِلۡمُتَّقِينَ﴿١٢٨﴾

    Muso oʻz qavmiga: «Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.

  129. 7:129Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أُوذِينَا مِن قَبۡلِ أَن تَأۡتِيَنَا وَ مِنۢ بَعۡدِ مَا جِئۡتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمۡ أَن يُهۡلِكَ عَدُوَّكُمۡ وَ يَسۡتَخۡلِفَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرَ كَيۡفَ تَعۡمَلُونَ﴿١٢٩﴾

    Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.

  130. 7:130Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَخَذۡنَآ ءَالَ فِرۡعَوۡنَ بِٱلسِّنِينَ وَ نَقۡصࣲ مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴿١٣٠﴾

    Biz Firʼavn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.

  131. 7:131Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا جَآءَتۡهُمُ ٱلۡحَسَنَةُ قَالُواْ لَنَا هَٰذِهِۦ ۖ وَ إِن تُصِبۡهُمۡ سَيِّئَةࣱ يَطَّيَّرُواْ بِمُوسَىٰ وَ مَن مَّعَهُۥٓ ۗ أَلَآ إِنَّمَا طَٰٓئِرُهُمۡ عِندَ ٱللَّهِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٣١﴾

    Ular oʻzlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga boʻlganlardan shumlandilar. Ogoh boʻlsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin koʻplari bilmaslar.

  132. 7:132Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ مَهۡمَا تَأۡتِنَا بِهِۦ مِنۡ ءَايَةࣲ لِّتَسۡحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحۡنُ لَكَ بِمُؤۡمِنِينَ﴿١٣٢﴾

    Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi boʻlsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.

  133. 7:133Mushafda oʻqish ↗

    فَأَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمُ ٱلطُّوفَانَ وَ ٱلۡجَرَادَ وَ ٱلۡقُمَّلَ وَ ٱلضَّفَادِعَ وَ ٱلدَّمَ ءَايَٰتࣲ مُّفَصَّلَٰتࣲ فَٱسۡتَكۡبَرُواْ وَ كَانُواْ قَوۡمࣰا مُّجۡرِمِينَ﴿١٣٣﴾

    Bas, ularning ustidan toʻfon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.

  134. 7:134Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا وَقَعَ عَلَيۡهِمُ ٱلرِّجۡزُ قَالُواْ يَٰمُوسَى ٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ ۖ لَئِن كَشَفۡتَ عَنَّا ٱلرِّجۡزَ لَنُؤۡمِنَنَّ لَكَ وَ لَنُرۡسِلَنَّ مَعَكَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿١٣٤﴾

    Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni koʻtarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qoʻyib yuborurmiz», – der edilar.

  135. 7:135Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا كَشَفۡنَا عَنۡهُمُ ٱلرِّجۡزَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ هُم بَٰلِغُوهُ إِذَا هُمۡ يَنكُثُونَ﴿١٣٥﴾

    Qachonki ustilaridagi azobni oʻzlari yetib boradigan muddatga koʻtarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.

  136. 7:136Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنتَقَمۡنَا مِنۡهُمۡ فَأَغۡرَقۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡيَمِّ بِأَنَّهُمۡ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ كَانُواْ عَنۡهَا غَٰفِلِينَ﴿١٣٦﴾

    Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlari va ulardan gʻofil boʻlganlari uchun ularni dengizga gʻarq qildik.

  137. 7:137Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَوۡرَثۡنَا ٱلۡقَوۡمَ ٱلَّذِينَ كَانُواْ يُسۡتَضۡعَفُونَ مَشَٰرِقَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَغَٰرِبَهَا ٱلَّتِي بَٰرَكۡنَا فِيهَا ۖ وَ تَمَّتۡ كَلِمَتُ رَبِّكَ ٱلۡحُسۡنَىٰ عَلَىٰ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ بِمَا صَبَرُواْ ۖ وَ دَمَّرۡنَا مَا كَانَ يَصۡنَعُ فِرۡعَوۡنُ وَ قَوۡمُهُۥ وَ مَا كَانُواْ يَعۡرِشُونَ﴿١٣٧﴾

    Va xoʻrlanib yurgan qavmni esa, oʻzimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu magʻribiga merosxoʻr qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning goʻzal soʻzlari Bani Isroilga batamom boʻldi. Firʼavn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.

  138. 7:138Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَٰوَزۡنَا بِبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱلۡبَحۡرَ فَأَتَوۡاْ عَلَىٰ قَوۡمࣲ يَعۡكُفُونَ عَلَىٰٓ أَصۡنَامࣲ لَّهُمۡ ۚ قَالُواْ يَٰمُوسَى ٱجۡعَل لَّنَآ إِلَٰهࣰا كَمَا لَهُمۡ ءَالِهَةࣱ ۚ قَالَ إِنَّكُمۡ قَوۡمࣱ تَجۡهَلُونَ﴿١٣٨﴾

    Va Bani Isroilni dengizdan olib oʻtdik. Bas, ular oʻz sanamlariga berilib sigʻinayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm boʻlayotibsiz.

  139. 7:139Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ مُتَبَّرࣱ مَّا هُمۡ فِيهِ وَ بَٰطِلࣱ مَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٣٩﴾

    Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi.

  140. 7:140Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَغَيۡرَ ٱللَّهِ أَبۡغِيكُمۡ إِلَٰهࣰا وَ هُوَ فَضَّلَكُمۡ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٤٠﴾

    «Sizlarga Allohdan oʻzgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.

  141. 7:141Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَنجَيۡنَٰكُم مِّنۡ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ يَسُومُونَكُمۡ سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ يُقَتِّلُونَ أَبۡنَآءَكُمۡ وَ يَسۡتَحۡيُونَ نِسَآءَكُمۡ ۚ وَ فِي ذَٰلِكُم بَلَآءࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ عَظِيمࣱ﴿١٤١﴾

    Sizlarni yomon azoblarga qoʻyayotgan, oʻgʻillaringizni oʻldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulugʻ sinov bordir.

  142. 7:142Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَٰعَدۡنَا مُوسَىٰ ثَلَٰثِينَ لَيۡلَةࣰ وَ أَتۡمَمۡنَٰهَا بِعَشۡرࣲ فَتَمَّ مِيقَٰتُ رَبِّهِۦٓ أَرۡبَعِينَ لَيۡلَةࣰ ۚ وَ قَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَٰرُونَ ٱخۡلُفۡنِي فِي قَوۡمِي وَ أَصۡلِحۡ وَ لَا تَتَّبِعۡ سَبِيلَ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿١٤٢﴾

    Va Muso bilan oʻttiz kechaga vaʼdalashdik. Keyin esa, uni oʻn (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti toʻliq qirq kecha boʻldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening oʻrnimni ol, yaxshi ish qil, buzgʻunchilarning yoʻliga ergashma», – dedi.

  143. 7:143Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا جَآءَ مُوسَىٰ لِمِيقَٰتِنَا وَ كَلَّمَهُۥ رَبُّهُۥ قَالَ رَبِّ أَرِنِيٓ أَنظُرۡ إِلَيۡكَ ۚ قَالَ لَن تَرَىٰنِي وَ لَٰكِنِ ٱنظُرۡ إِلَى ٱلۡجَبَلِ فَإِنِ ٱسۡتَقَرَّ مَكَانَهُۥ فَسَوۡفَ تَرَىٰنِي ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُۥ لِلۡجَبَلِ جَعَلَهُۥ دَكࣰّا وَ خَرَّ مُوسَىٰ صَعِقࣰا ۚ فَلَمَّآ أَفَاقَ قَالَ سُبۡحَٰنَكَ تُبۡتُ إِلَيۡكَ وَ أَنَا۠ أَوَّلُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٤٣﴾

    Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) koʻrsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech koʻra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni koʻrasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men moʻminlarning avvalgisiman», – dedi.

  144. 7:144Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّي ٱصۡطَفَيۡتُكَ عَلَى ٱلنَّاسِ بِرِسَٰلَٰتِي وَ بِكَلَٰمِي فَخُذۡ مَآ ءَاتَيۡتُكَ وَ كُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿١٤٤﴾

    «Ey Muso, men seni odamlar ichidan Paygʻambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan boʻl!» – dedi.

  145. 7:145Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَتَبۡنَا لَهُۥ فِي ٱلۡأَلۡوَاحِ مِن كُلِّ شَيۡءࣲ مَّوۡعِظَةࣰ وَ تَفۡصِيلࣰا لِّكُلِّ شَيۡءࣲ فَخُذۡهَا بِقُوَّةࣲ وَ أۡمُرۡ قَوۡمَكَ يَأۡخُذُواْ بِأَحۡسَنِهَا ۚ سَأُوْرِيكُمۡ دَارَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿١٤٥﴾

    Va unga lavhlarda hamma narsadan mavʼiza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini koʻrsataman», – dedik.

  146. 7:146Mushafda oʻqish ↗

    سَأَصۡرِفُ عَنۡ ءَايَٰتِيَ ٱلَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ وَ إِن يَرَوۡاْ كُلَّ ءَايَةࣲ لَّا يُؤۡمِنُواْ بِهَا وَ إِن يَرَوۡاْ سَبِيلَ ٱلرُّشۡدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلࣰا وَ إِن يَرَوۡاْ سَبِيلَ ٱلۡغَيِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلࣰا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ كَانُواْ عَنۡهَا غَٰفِلِينَ﴿١٤٦﴾

    Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, toʻgʻrilik yoʻlini koʻrsalar ham, uni oʻzlariga yoʻl tutmayotganlarni, agar adashuv yoʻlini koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl tutayotganlarni Oʻz oyatlarimdan buraman. Bunday boʻlishi ularning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarishlari va ulardan gʻofil boʻlishlari sababidandir.

  147. 7:147Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ لِقَآءِ ٱلۡأٓخِرَةِ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ ۚ هَلۡ يُجۡزَوۡنَ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٤٧﴾

    Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgʻonga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.

  148. 7:148Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّخَذَ قَوۡمُ مُوسَىٰ مِنۢ بَعۡدِهِۦ مِنۡ حُلِيِّهِمۡ عِجۡلࣰا جَسَدࣰا لَّهُۥ خُوَارٌ ۚ أَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّهُۥ لَا يُكَلِّمُهُمۡ وَ لَا يَهۡدِيهِمۡ سَبِيلًا ۘ ٱتَّخَذُوهُ وَ كَانُواْ ظَٰلِمِينَ﴿١٤٨﴾

    Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (boʻlgan), boʻkiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan boʻldilar.

  149. 7:149Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا سُقِطَ فِيٓ أَيۡدِيهِمۡ وَ رَأَوۡاْ أَنَّهُمۡ قَدۡ ضَلُّواْ قَالُواْ لَئِن لَّمۡ يَرۡحَمۡنَا رَبُّنَا وَ يَغۡفِرۡ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿١٤٩﴾

    Qoʻllari tushgan paytda va oʻzlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va magʻfirat etmasa, albatta, ziyonkorlardan boʻlamiz», – dedilar.

  150. 7:150Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ غَضۡبَٰنَ أَسِفࣰا قَالَ بِئۡسَمَا خَلَفۡتُمُونِي مِنۢ بَعۡدِيٓ ۖ أَعَجِلۡتُمۡ أَمۡرَ رَبِّكُمۡ ۖ وَ أَلۡقَى ٱلۡأَلۡوَاحَ وَ أَخَذَ بِرَأۡسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُۥٓ إِلَيۡهِ ۚ قَالَ ٱبۡنَ أُمَّ إِنَّ ٱلۡقَوۡمَ ٱسۡتَضۡعَفُونِي وَ كَادُواْ يَقۡتُلُونَنِي فَلَا تُشۡمِتۡ بِيَ ٱلۡأَعۡدَآءَ وَ لَا تَجۡعَلۡنِي مَعَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٥٠﴾

    Qachonki Muso oʻz qavmiga gʻazablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa boʻldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, oʻziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xoʻrladi va oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.

  151. 7:151Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱغۡفِرۡ لِي وَ لِأَخِي وَ أَدۡخِلۡنَا فِي رَحۡمَتِكَ ۖ وَ أَنتَ أَرۡحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿١٥١﴾

    U: «Robbim, meni va akamni magʻfirat qilgin va bizlarni Oʻz rahmatingga kiritgin. Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning rahimlirogʻisan», dedi.

  152. 7:152Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ ٱلۡعِجۡلَ سَيَنَالُهُمۡ غَضَبࣱ مِّن رَّبِّهِمۡ وَ ذِلَّةࣱ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُفۡتَرِينَ﴿١٥٢﴾

    Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan gʻazab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolgʻon toʻquvchilarni mana shunday jazolarmiz.

  153. 7:153Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ثُمَّ تَابُواْ مِنۢ بَعۡدِهَا وَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعۡدِهَا لَغَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٥٣﴾

    Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan soʻng magʻfirat qilguvchi va mehribon Zotdir.

  154. 7:154Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى ٱلۡغَضَبُ أَخَذَ ٱلۡأَلۡوَاحَ ۖ وَ فِي نُسۡخَتِهَا هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ لِّلَّذِينَ هُمۡ لِرَبِّهِمۡ يَرۡهَبُونَ﴿١٥٤﴾

    Qachonki Musoning gʻazabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qoʻrqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.

  155. 7:155Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱخۡتَارَ مُوسَىٰ قَوۡمَهُۥ سَبۡعِينَ رَجُلࣰا لِّمِيقَٰتِنَا ۖ فَلَمَّآ أَخَذَتۡهُمُ ٱلرَّجۡفَةُ قَالَ رَبِّ لَوۡ شِئۡتَ أَهۡلَكۡتَهُم مِّن قَبۡلُ وَ إِيَّٰيَ ۖ أَتُهۡلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَّآ ۖ إِنۡ هِيَ إِلَّا فِتۡنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَآءُ وَ تَهۡدِي مَن تَشَآءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَٱغۡفِرۡ لَنَا وَ ٱرۡحَمۡنَا ۖ وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلۡغَٰفِرِينَ﴿١٥٥﴾

    Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang boʻlardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni magʻfirat qil va rahim et. Sening Oʻzing magʻfirat qiluvchilarning eng yaxshisisan.

  156. 7:156Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱكۡتُبۡ لَنَا فِي هَٰذِهِ ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣰ وَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِنَّا هُدۡنَآ إِلَيۡكَ ۚ قَالَ عَذَابِيٓ أُصِيبُ بِهِۦ مَنۡ أَشَآءُ ۖ وَ رَحۡمَتِي وَسِعَتۡ كُلَّ شَيۡءࣲ ۚ فَسَأَكۡتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَ يُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ ٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِنَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٥٦﴾

    Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qoʻy. Biz Sening Oʻzingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.

  157. 7:157Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِيَّ ٱلۡأُمِّيَّ ٱلَّذِي يَجِدُونَهُۥ مَكۡتُوبًا عِندَهُمۡ فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَ ٱلۡإِنجِيلِ يَأۡمُرُهُم بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ يَنۡهَىٰهُمۡ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ يُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَ يُحَرِّمُ عَلَيۡهِمُ ٱلۡخَبَٰٓئِثَ وَ يَضَعُ عَنۡهُمۡ إِصۡرَهُمۡ وَ ٱلۡأَغۡلَٰلَ ٱلَّتِي كَانَتۡ عَلَيۡهِمۡ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِهِۦ وَ عَزَّرُوهُ وَ نَصَرُوهُ وَ ٱتَّبَعُواْ ٱلنُّورَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿١٥٧﴾

    Ular oʻz huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Paygʻambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qoʻllab-quvvatlagan hamda unga nozil boʻlgan nurga ergashganlar — ana oʻshalar najot topguvchilardir», – dedi.

  158. 7:158Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّي رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيۡكُمۡ جَمِيعًا ٱلَّذِي لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِ ٱلنَّبِيِّ ٱلۡأُمِّيِّ ٱلَّذِي يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ كَلِمَٰتِهِۦ وَ ٱتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿١٥٨﴾

    Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki boʻlgan, Undan oʻzga iloh yoʻq boʻlgan va tiriltirib oʻldiradigan Allohning Paygʻambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.

  159. 7:159Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِن قَوۡمِ مُوسَىٰٓ أُمَّةࣱ يَهۡدُونَ بِٱلۡحَقِّ وَ بِهِۦ يَعۡدِلُونَ﴿١٥٩﴾

    Va Musoning qavmidan baʼzi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar.

  160. 7:160Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَطَّعۡنَٰهُمُ ٱثۡنَتَيۡ عَشۡرَةَ أَسۡبَاطًا أُمَمࣰا ۚ وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ إِذِ ٱسۡتَسۡقَىٰهُ قَوۡمُهُۥٓ أَنِ ٱضۡرِب بِّعَصَاكَ ٱلۡحَجَرَ ۖ فَٱنۢبَجَسَتۡ مِنۡهُ ٱثۡنَتَا عَشۡرَةَ عَيۡنࣰا ۖ قَدۡ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسࣲ مَّشۡرَبَهُمۡ ۚ وَ ظَلَّلۡنَا عَلَيۡهِمُ ٱلۡغَمَٰمَ وَ أَنزَلۡنَا عَلَيۡهِمُ ٱلۡمَنَّ وَ ٱلسَّلۡوَىٰ ۖ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ ۚ وَ مَا ظَلَمُونَا وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿١٦٠﴾

    Ularni oʻn ikki urugʻ — jamoaga boʻlib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan oʻn ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar oʻz suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilar edilar.

  161. 7:161Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قِيلَ لَهُمُ ٱسۡكُنُواْ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةَ وَ كُلُواْ مِنۡهَا حَيۡثُ شِئۡتُمۡ وَ قُولُواْ حِطَّةࣱ وَ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡبَابَ سُجَّدࣰا نَّغۡفِرۡ لَكُمۡ خَطِيٓـَٰٔتِكُمۡ ۚ سَنَزِيدُ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٦١﴾

    Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.

  162. 7:162Mushafda oʻqish ↗

    فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡهُمۡ قَوۡلًا غَيۡرَ ٱلَّذِي قِيلَ لَهُمۡ فَأَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ رِجۡزࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَظۡلِمُونَ﴿١٦٢﴾

    Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan oʻzga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.

  163. 7:163Mushafda oʻqish ↗

    وَ سۡـَٔلۡهُمۡ عَنِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلَّتِي كَانَتۡ حَاضِرَةَ ٱلۡبَحۡرِ إِذۡ يَعۡدُونَ فِي ٱلسَّبۡتِ إِذۡ تَأۡتِيهِمۡ حِيتَانُهُمۡ يَوۡمَ سَبۡتِهِمۡ شُرَّعࣰا وَ يَوۡمَ لَا يَسۡبِتُونَ لَا تَأۡتِيهِمۡ ۚ كَذَٰلِكَ نَبۡلُوهُم بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ﴿١٦٣﴾

    Ulardan dengiz sohilida boʻlgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida soʻra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.

  164. 7:164Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَتۡ أُمَّةࣱ مِّنۡهُمۡ لِمَ تَعِظُونَ قَوۡمًا ٱللَّهُ مُهۡلِكُهُمۡ أَوۡ مُعَذِّبُهُمۡ عَذَابࣰا شَدِيدࣰا ۖ قَالُواْ مَعۡذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمۡ وَ لَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴿١٦٤﴾

    Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga vaʼz qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr boʻlishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.

  165. 7:165Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِۦٓ أَنجَيۡنَا ٱلَّذِينَ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلسُّوٓءِ وَ أَخَذۡنَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ بِعَذَابِۭ بَـِٔيسِۭ بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ﴿١٦٥﴾

    Bas, ular oʻzlariga eslatma boʻlgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.

  166. 7:166Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا عَتَوۡاْ عَن مَّا نُهُواْ عَنۡهُ قُلۡنَا لَهُمۡ كُونُواْ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ﴿١٦٦﴾

    Bas, ular oʻzlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xoʻrlangan maymunlarga aylaning!» – dedik.

  167. 7:167Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبۡعَثَنَّ عَلَيۡهِمۡ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ مَن يَسُومُهُمۡ سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ ٱلۡعِقَابِ وَ إِنَّهُۥ لَغَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٦٧﴾

    Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni eʼlon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  168. 7:168Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَطَّعۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أُمَمࣰا ۖ مِّنۡهُمُ ٱلصَّٰلِحُونَ وَ مِنۡهُمۡ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَ بَلَوۡنَٰهُم بِٱلۡحَسَنَٰتِ وَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿١٦٨﴾

    Va ularni yer yuzida jamoatlarga boʻlib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.

  169. 7:169Mushafda oʻqish ↗

    فَخَلَفَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ خَلۡفࣱ وَرِثُواْ ٱلۡكِتَٰبَ يَأۡخُذُونَ عَرَضَ هَٰذَا ٱلۡأَدۡنَىٰ وَ يَقُولُونَ سَيُغۡفَرُ لَنَا وَ إِن يَأۡتِهِمۡ عَرَضࣱ مِّثۡلُهُۥ يَأۡخُذُوهُ ۚ أَلَمۡ يُؤۡخَذۡ عَلَيۡهِم مِّيثَٰقُ ٱلۡكِتَٰبِ أَن لَّا يَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلۡحَقَّ وَ دَرَسُواْ مَا فِيهِ ۗ وَ ٱلدَّارُ ٱلۡأٓخِرَةُ خَيۡرࣱ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿١٦٩﴾

    Bas, ulardan soʻng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir oʻrinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning oʻtkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar oʻshanga oʻxshash oʻtkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni oʻrganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?!

  170. 7:170Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يُمَسِّكُونَ بِٱلۡكِتَٰبِ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُصۡلِحِينَ﴿١٧٠﴾

    Kitobni mahkam tutganlar va namozni toʻkis ado etganlar boʻlsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.

  171. 7:171Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ نَتَقۡنَا ٱلۡجَبَلَ فَوۡقَهُمۡ كَأَنَّهُۥ ظُلَّةࣱ وَ ظَنُّوٓاْ أَنَّهُۥ وَاقِعُۢ بِهِمۡ خُذُواْ مَآ ءَاتَيۡنَٰكُم بِقُوَّةࣲ وَ ٱذۡكُرُواْ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴿١٧١﴾

    Ularning ustiga togʻni xuddi soyabondek koʻtarganimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb oʻylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.

  172. 7:172Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَخَذَ رَبُّكَ مِنۢ بَنِيٓ ءَادَمَ مِن ظُهُورِهِمۡ ذُرِّيَّتَهُمۡ وَ أَشۡهَدَهُمۡ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ أَلَسۡتُ بِرَبِّكُمۡ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ شَهِدۡنَآ ۚ أَن تَقُولُواْ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ إِنَّا كُنَّا عَنۡ هَٰذَا غَٰفِلِينَ﴿١٧٢﴾

    Robbing Bani Odamning umurtqa pogʻonasidan, qiyomat kuni «bundan gʻofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, oʻzlariga oʻzlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh boʻldik!» – deganlarini esla.

  173. 7:173Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ تَقُولُوٓاْ إِنَّمَآ أَشۡرَكَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبۡلُ وَ كُنَّا ذُرِّيَّةࣰ مِّنۢ بَعۡدِهِمۡ ۖ أَفَتُهۡلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلۡمُبۡطِلُونَ﴿١٧٣﴾

    Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.

  174. 7:174Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ وَ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿١٧٤﴾

    Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.

  175. 7:175Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتۡلُ عَلَيۡهِمۡ نَبَأَ ٱلَّذِيٓ ءَاتَيۡنَٰهُ ءَايَٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنۡهَا فَأَتۡبَعَهُ ٱلشَّيۡطَٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلۡغَاوِينَ﴿١٧٥﴾

    Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan oʻzini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, igʻvoga uchganlardan boʻlgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber!

  176. 7:176Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ شِئۡنَا لَرَفَعۡنَٰهُ بِهَا وَ لَٰكِنَّهُۥٓ أَخۡلَدَ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ ۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلۡكَلۡبِ إِن تَحۡمِلۡ عَلَيۡهِ يَلۡهَثۡ أَوۡ تَتۡرُكۡهُ يَلۡهَث ۚ ذَّٰلِكَ مَثَلُ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۚ فَٱقۡصُصِ ٱلۡقَصَصَ لَعَلَّهُمۡ يَتَفَكَّرُونَ﴿١٧٦﴾

    Agar xohlasak, uni oʻsha(oyat)lar bilan koʻtarar edik. Lekin uning oʻzi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga oʻxshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qoʻysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.

  177. 7:177Mushafda oʻqish ↗

    سَآءَ مَثَلًا ٱلۡقَوۡمُ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ أَنفُسَهُمۡ كَانُواْ يَظۡلِمُونَ﴿١٧٧﴾

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon boʻldi! Ular oʻzlariga zulm qiladilar.

  178. 7:178Mushafda oʻqish ↗

    مَن يَهۡدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلۡمُهۡتَدِي ۖ وَ مَن يُضۡلِلۡ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿١٧٨﴾

    Alloh kimni hidoyatga solsa, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, oʻshalar oʻzlari ziyon koʻruvchilardir.

  179. 7:179Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ذَرَأۡنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ ۖ لَهُمۡ قُلُوبࣱ لَّا يَفۡقَهُونَ بِهَا وَ لَهُمۡ أَعۡيُنࣱ لَّا يُبۡصِرُونَ بِهَا وَ لَهُمۡ ءَاذَانࣱ لَّا يَسۡمَعُونَ بِهَآ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ كَٱلۡأَنۡعَٰمِ بَلۡ هُمۡ أَضَلُّ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡغَٰفِلُونَ﴿١٧٩﴾

    Batahqiq, jahannam uchun koʻplab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Koʻzlari bor-u, koʻra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana oʻshalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana oʻshalar gʻofildirlar.

  180. 7:180Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ فَٱدۡعُوهُ بِهَا ۖ وَ ذَرُواْ ٱلَّذِينَ يُلۡحِدُونَ فِيٓ أَسۡمَٰٓئِهِۦ ۚ سَيُجۡزَوۡنَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٨٠﴾

    Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Unga oʻsha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan ogʻadiganlarni tek qoʻying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.

  181. 7:181Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِمَّنۡ خَلَقۡنَآ أُمَّةࣱ يَهۡدُونَ بِٱلۡحَقِّ وَ بِهِۦ يَعۡدِلُونَ﴿١٨١﴾

    Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.

  182. 7:182Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا سَنَسۡتَدۡرِجُهُم مِّنۡ حَيۡثُ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٨٢﴾

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.

  183. 7:183Mushafda oʻqish ↗

    وَ أُمۡلِي لَهُمۡ ۚ إِنَّ كَيۡدِي مَتِينٌ﴿١٨٣﴾

    Ularga muhlat berib qoʻyaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.

  184. 7:184Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَتَفَكَّرُواْ ۗ مَا بِصَاحِبِهِم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنۡ هُوَ إِلَّا نَذِيرࣱ مُّبِينٌ﴿١٨٤﴾

    Ular oʻz sohiblarida majnunlik yoʻqligini tafakkur qilib koʻrmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.

  185. 7:185Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَنظُرُواْ فِي مَلَكُوتِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَيۡءࣲ وَ أَنۡ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَدِ ٱقۡتَرَبَ أَجَلُهُمۡ ۖ فَبِأَيِّ حَدِيثِۭ بَعۡدَهُۥ يُؤۡمِنُونَ﴿١٨٥﴾

    Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan boʻlishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!

  186. 7:186Mushafda oʻqish ↗

    مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَلَا هَادِيَ لَهُۥ ۚ وَ يَذَرُهُمۡ فِي طُغۡيَٰنِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿١٨٦﴾

    Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yoʻqdir. Ularni tek qoʻyib qoʻyadi, tugʻyonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.

  187. 7:187Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرۡسَىٰهَا ۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ رَبِّي ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقۡتِهَآ إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتۡ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ لَا تَأۡتِيكُمۡ إِلَّا بَغۡتَةࣰ ۗ يَسۡـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِيٌّ عَنۡهَا ۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٨٧﴾

    Sendan soat (qiyomat) qachon sobit boʻlishi haqida soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat Oʻzigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda ogʻir ish boʻladi. Sizlarga faqat toʻsatdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin koʻp odamlar bilmaslar», – deb ayt.

  188. 7:188Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّآ أَمۡلِكُ لِنَفۡسِي نَفۡعࣰا وَ لَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَ لَوۡ كُنتُ أَعۡلَمُ ٱلۡغَيۡبَ لَٱسۡتَكۡثَرۡتُ مِنَ ٱلۡخَيۡرِ وَ مَا مَسَّنِيَ ٱلسُّوٓءُ ۚ إِنۡ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرࣱ وَ بَشِيرࣱ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿١٨٨﴾

    Sen: «Oʻzim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani boʻlur. Agar gʻaybni bilganimda, yaxshilikni koʻpaytirib olgan boʻlar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.

  189. 7:189Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفۡسࣲ وَٰحِدَةࣲ وَ جَعَلَ مِنۡهَا زَوۡجَهَا لِيَسۡكُنَ إِلَيۡهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّىٰهَا حَمَلَتۡ حَمۡلًا خَفِيفࣰا فَمَرَّتۡ بِهِۦ ۖ فَلَمَّآ أَثۡقَلَت دَّعَوَا ٱللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنۡ ءَاتَيۡتَنَا صَٰلِحࣰا لَّنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿١٨٩﴾

    U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) oʻraganida yengil homilador boʻldi. Bas, u bilan yurdi. U ogʻirlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlamiz», – deb duo qildilar.

  190. 7:190Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُمَا صَٰلِحࣰا جَعَلَا لَهُۥ شُرَكَآءَ فِيمَآ ءَاتَىٰهُمَا ۚ فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿١٩٠﴾

    Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.

  191. 7:191Mushafda oʻqish ↗

    أَيُشۡرِكُونَ مَا لَا يَخۡلُقُ شَيۡـࣰٔا وَ هُمۡ يُخۡلَقُونَ﴿١٩١﴾

    Hech narsani yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi?

  192. 7:192Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَسۡتَطِيعُونَ لَهُمۡ نَصۡرࣰا وَ لَآ أَنفُسَهُمۡ يَنصُرُونَ﴿١٩٢﴾

    Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda oʻzlariga ham yordam bera olmaslar.

  193. 7:193Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن تَدۡعُوهُمۡ إِلَى ٱلۡهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمۡ ۚ سَوَآءٌ عَلَيۡكُمۡ أَدَعَوۡتُمُوهُمۡ أَمۡ أَنتُمۡ صَٰمِتُونَ﴿١٩٣﴾

    Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni daʼvat qilasizmi yoki jim turuvchi boʻlasizmi, siz uchun bari bir.

  194. 7:194Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ عِبَادٌ أَمۡثَالُكُمۡ ۖ فَٱدۡعُوهُمۡ فَلۡيَسۡتَجِيبُواْ لَكُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٩٤﴾

    Albatta, siz Allohdan oʻzga ibodat qilayotganlar oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ularni chaqirib koʻring, bas, sizga javob bersinlar-chi!

  195. 7:195Mushafda oʻqish ↗

    أَلَهُمۡ أَرۡجُلࣱ يَمۡشُونَ بِهَآ ۖ أَمۡ لَهُمۡ أَيۡدࣲ يَبۡطِشُونَ بِهَآ ۖ أَمۡ لَهُمۡ أَعۡيُنࣱ يُبۡصِرُونَ بِهَآ ۖ أَمۡ لَهُمۡ ءَاذَانࣱ يَسۡمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ٱدۡعُواْ شُرَكَآءَكُمۡ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ﴿١٩٥﴾

    Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qoʻllari bormiki, ushlasalar; yoki koʻzlari bormiki, koʻrsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!

  196. 7:196Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ وَلِـِّۧيَ ٱللَّهُ ٱلَّذِي نَزَّلَ ٱلۡكِتَٰبَ ۖ وَ هُوَ يَتَوَلَّى ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٩٦﴾

    Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni doʻst tutadir.

  197. 7:197Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسۡتَطِيعُونَ نَصۡرَكُمۡ وَ لَآ أَنفُسَهُمۡ يَنصُرُونَ﴿١٩٧﴾

    Undan oʻzga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va oʻzlariga ham yordam bera olmaslar.

  198. 7:198Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن تَدۡعُوهُمۡ إِلَى ٱلۡهُدَىٰ لَا يَسۡمَعُواْ ۖ وَ تَرَىٰهُمۡ يَنظُرُونَ إِلَيۡكَ وَ هُمۡ لَا يُبۡصِرُونَ﴿١٩٨﴾

    Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek koʻrasan. Holbuki, ular koʻrmaslar», – deb ayt.

  199. 7:199Mushafda oʻqish ↗

    خُذِ ٱلۡعَفۡوَ وَ أۡمُرۡ بِٱلۡعُرۡفِ وَ أَعۡرِضۡ عَنِ ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿١٩٩﴾

    Kechirimli boʻl, yaxshilikka buyur va johillardan yuz oʻgir.

  200. 7:200Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ نَزۡغࣱ فَٱسۡتَعِذۡ بِٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿٢٠٠﴾

    Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh soʻra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi koʻruvchi Zotdir.

  201. 7:201Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ إِذَا مَسَّهُمۡ طَٰٓئِفࣱ مِّنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ تَذَكَّرُواْ فَإِذَا هُم مُّبۡصِرُونَ﴿٢٠١﴾

    Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, koʻribsanki, ular (toʻgʻri yoʻlni) koʻruvchi boʻlib turibdilar.

  202. 7:202Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِخۡوَٰنُهُمۡ يَمُدُّونَهُمۡ فِي ٱلۡغَيِّ ثُمَّ لَا يُقۡصِرُونَ﴿٢٠٢﴾

    Va u(shayton)larning birodarlari yoʻldan ozdirishda ularga madad berarlar, soʻngra bunda toʻxtamaslar.

  203. 7:203Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا لَمۡ تَأۡتِهِم بِـَٔايَةࣲ قَالُواْ لَوۡلَا ٱجۡتَبَيۡتَهَا ۚ قُلۡ إِنَّمَآ أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيَّ مِن رَّبِّي ۚ هَٰذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمۡ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٢٠٣﴾

    Va agar ularga moʻʼjiza keltirmasang, «Oʻzing toʻqib qoʻyavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan koʻz ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.

  204. 7:204Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُواْ لَهُۥ وَ أَنصِتُواْ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿٢٠٤﴾

    Qurʼon tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.

  205. 7:205Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُر رَّبَّكَ فِي نَفۡسِكَ تَضَرُّعࣰا وَ خِيفَةࣰ وَ دُونَ ٱلۡجَهۡرِ مِنَ ٱلۡقَوۡلِ بِٱلۡغُدُوِّ وَ ٱلۡأٓصَالِ وَ لَا تَكُن مِّنَ ٱلۡغَٰفِلِينَ﴿٢٠٥﴾

    Robbingni ertayu kech ichingda tazarruʼ-la, qoʻrqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va gʻofillardan boʻlma.

  206. 7:206Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسۡتَكۡبِرُونَ عَنۡ عِبَادَتِهِۦ وَ يُسَبِّحُونَهُۥ وَ لَهُۥ يَسۡجُدُونَۤ ۩﴿٢٠٦﴾

    Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: A’rof. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — to‘siq/yuqori joy.

Mazmuni: Sura haq bilan botil o‘rtasidagi kurashni qadimgi qavmlar qissalari orqali ko‘rsatadi. Odam alayhissalom qissasi, Iblisning kibri, Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb alayhimussalom qavmlari va Muso alayhissalom voqealarida rad etishning oqibatlari yoritiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraAnom surasiKeyingi sura →Anfol surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026