Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Anfol surasi

سورة الأنفال

Anfol surasi

O‘ljalar · Анфол сураси

8-sura75 oyatMadaniy9-pora

Anfol surasi — Qurʼoni Karimning 8-surasi. U 75 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «O‘ljalar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 8:1Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡأَنفَالِ ۖ قُلِ ٱلۡأَنفَالُ لِلَّهِ وَ ٱلرَّسُولِ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَصۡلِحُواْ ذَاتَ بَيۡنِكُمۡ ۖ وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥٓ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١﴾

    Sendan oʻljalar haqida soʻrarlar. Sen: «Oʻljalar Alloh va Paygʻambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va oʻz oralaringizni isloh etinglar. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilinglar», deb ayt.

  2. 8:2Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتۡ قُلُوبُهُمۡ وَ إِذَا تُلِيَتۡ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتۡهُمۡ إِيمَٰنࣰا وَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ﴿٢﴾

    Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina moʻminlardir.

  3. 8:3Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿٣﴾

    Ular namozni toʻkis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.

  4. 8:4Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ حَقࣰّا ۚ لَّهُمۡ دَرَجَٰتٌ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ مَغۡفِرَةࣱ وَ رِزۡقࣱ كَرِيمࣱ﴿٤﴾

    Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, magʻfirat va karamli rizq bor.

  5. 8:5Mushafda oʻqish ↗

    كَمَآ أَخۡرَجَكَ رَبُّكَ مِنۢ بَيۡتِكَ بِٱلۡحَقِّ وَ إِنَّ فَرِيقࣰا مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ لَكَٰرِهُونَ﴿٥﴾

    Albatta, bu holat, moʻminlardan bir guruhi yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga oʻxshaydi.

  6. 8:6Mushafda oʻqish ↗

    يُجَٰدِلُونَكَ فِي ٱلۡحَقِّ بَعۡدَ مَا تَبَيَّنَ كَأَنَّمَا يُسَاقُونَ إِلَى ٱلۡمَوۡتِ وَ هُمۡ يَنظُرُونَ﴿٦﴾

    Xuddi oʻzlari koʻrib turgan hollarida oʻlimga haydalayotgandek, haq ayon boʻlgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar.

  7. 8:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ يَعِدُكُمُ ٱللَّهُ إِحۡدَى ٱلطَّآئِفَتَيۡنِ أَنَّهَا لَكُمۡ وَ تَوَدُّونَ أَنَّ غَيۡرَ ذَاتِ ٱلشَّوۡكَةِ تَكُونُ لَكُمۡ وَ يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُحِقَّ ٱلۡحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَ يَقۡطَعَ دَابِرَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٧﴾

    Oʻshanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki boʻlishini vaʼda qilgan edi. Sizlar shavkati yoʻgʻi sizlarniki boʻlishini suyar edingiz. Alloh esa, Oʻz kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.

  8. 8:8Mushafda oʻqish ↗

    لِيُحِقَّ ٱلۡحَقَّ وَ يُبۡطِلَ ٱلۡبَٰطِلَ وَ لَوۡ كَرِهَ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٨﴾

    Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday boʻlishini iroda qilgan edi.

  9. 8:9Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ تَسۡتَغِيثُونَ رَبَّكُمۡ فَٱسۡتَجَابَ لَكُمۡ أَنِّي مُمِدُّكُم بِأَلۡفࣲ مِّنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ مُرۡدِفِينَ﴿٩﴾

    Oʻshanda Robbingizdan madad soʻraganingizda, sizni (soʻrovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi.

  10. 8:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشۡرَىٰ وَ لِتَطۡمَئِنَّ بِهِۦ قُلُوبُكُمۡ ۚ وَ مَا ٱلنَّصۡرُ إِلَّا مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴿١٠﴾

    Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam boʻlishi uchungina qildi. oʻalaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.

  11. 8:11Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ يُغَشِّيكُمُ ٱلنُّعَاسَ أَمَنَةࣰ مِّنۡهُ وَ يُنَزِّلُ عَلَيۡكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ لِّيُطَهِّرَكُم بِهِۦ وَ يُذۡهِبَ عَنكُمۡ رِجۡزَ ٱلشَّيۡطَٰنِ وَ لِيَرۡبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمۡ وَ يُثَبِّتَ بِهِ ٱلۡأَقۡدَامَ﴿١١﴾

    Oʻshanda U sizni Oʻzidan omonlik qilib, mudroq ila oʻragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bogʻlash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi.

  12. 8:12Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ يُوحِي رَبُّكَ إِلَى ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ أَنِّي مَعَكُمۡ فَثَبِّتُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۚ سَأُلۡقِي فِي قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلرُّعۡبَ فَٱضۡرِبُواْ فَوۡقَ ٱلۡأَعۡنَاقِ وَ ٱضۡرِبُواْ مِنۡهُمۡ كُلَّ بَنَانࣲ﴿١٢﴾

    Oʻshanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrqinch solaman. Bas, boʻyinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.

  13. 8:13Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ شَآقُّواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ ۚ وَ مَن يُشَاقِقِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿١٣﴾

    Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

  14. 8:14Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكُمۡ فَذُوقُوهُ وَ أَنَّ لِلۡكَٰفِرِينَ عَذَابَ ٱلنَّارِ﴿١٤﴾

    Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga doʻzax azobi bordir.

  15. 8:15Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ زَحۡفࣰا فَلَا تُوَلُّوهُمُ ٱلۡأَدۡبَارَ﴿١٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa oʻgirmangiz.

  16. 8:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُوَلِّهِمۡ يَوۡمَئِذࣲ دُبُرَهُۥٓ إِلَّا مُتَحَرِّفࣰا لِّقِتَالٍ أَوۡ مُتَحَيِّزًا إِلَىٰ فِئَةࣲ فَقَدۡ بَآءَ بِغَضَبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَ مَأۡوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٦﴾

    Kimki oʻsha kunda jang hunari koʻrsatib yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari, ularga orqa oʻgirib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan boʻlgan gʻazab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.

  17. 8:17Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمۡ تَقۡتُلُوهُمۡ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ قَتَلَهُمۡ ۚ وَ مَا رَمَيۡتَ إِذۡ رَمَيۡتَ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ رَمَىٰ وَ لِيُبۡلِيَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ مِنۡهُ بَلَآءً حَسَنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿١٧﴾

    Ularni siz oʻldirmadingiz, balki Alloh oʻldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va moʻminlarni goʻzal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  18. 8:18Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكُمۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ مُوهِنُ كَيۡدِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٨﴾

    Ana oʻshalarning (sizga boʻlishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi boʻlganidandir.

  19. 8:19Mushafda oʻqish ↗

    إِن تَسۡتَفۡتِحُواْ فَقَدۡ جَآءَكُمُ ٱلۡفَتۡحُ ۖ وَ إِن تَنتَهُواْ فَهُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۖ وَ إِن تَعُودُواْ نَعُدۡ وَ لَن تُغۡنِيَ عَنكُمۡ فِئَتُكُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ لَوۡ كَثُرَتۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٩﴾

    Agar orani ochishni soʻragan boʻlsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar toʻxtasangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha koʻp boʻlsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh moʻminlar bilan birgadir.

  20. 8:20Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ لَا تَوَلَّوۡاْ عَنۡهُ وَ أَنتُمۡ تَسۡمَعُونَ﴿٢٠﴾

    Ey, iymon keltirganlar, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, Undan yuz oʻgirib ketmangiz.

  21. 8:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ قَالُواْ سَمِعۡنَا وَ هُمۡ لَا يَسۡمَعُونَ﴿٢١﴾

    Va oʻzlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi boʻlmangiz.

  22. 8:22Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلصُّمُّ ٱلۡبُكۡمُ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡقِلُونَ﴿٢٢﴾

    Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov boʻlib, aql ishlatmaydiganlardir.

  23. 8:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ عَلِمَ ٱللَّهُ فِيهِمۡ خَيۡرࣰا لَّأَسۡمَعَهُمۡ ۖ وَ لَوۡ أَسۡمَعَهُمۡ لَتَوَلَّواْ وَّ هُم مُّعۡرِضُونَ﴿٢٣﴾

    Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz oʻgirib, burilib ketar edilar.

  24. 8:24Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَ لِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ ۖ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَ قَلۡبِهِۦ وَ أَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٢٤﴾

    Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qoʻyadi va, albatta, Uning huzurida toʻplanursiz.

  25. 8:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّقُواْ فِتۡنَةࣰ لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنكُمۡ خَآصَّةࣰ ۖ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٢٥﴾

    Va sizlardan faqat zulm qilganlarning oʻzigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

  26. 8:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرُوٓاْ إِذۡ أَنتُمۡ قَلِيلࣱ مُّسۡتَضۡعَفُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ ٱلنَّاسُ فَـَٔاوَىٰكُمۡ وَ أَيَّدَكُم بِنَصۡرِهِۦ وَ رَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٢٦﴾

    Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol boʻlib, odamlar sizni tutib olishidan qoʻrqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, Oʻz nusrati ila qoʻlladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.

  27. 8:27Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَخُونُواْ ٱللَّهَ وَ ٱلرَّسُولَ وَ تَخُونُوٓاْ أَمَٰنَٰتِكُمۡ وَ أَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٢٧﴾

    Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Paygʻambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang.

  28. 8:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَآ أَمۡوَٰلُكُمۡ وَ أَوۡلَٰدُكُمۡ فِتۡنَةࣱ وَ أَنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجۡرٌ عَظِيمࣱ﴿٢٨﴾

    Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan oʻzga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulugʻ ajr bordir.

  29. 8:29Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَتَّقُواْ ٱللَّهَ يَجۡعَل لَّكُمۡ فُرۡقَانࣰا وَ يُكَفِّرۡ عَنكُمۡ سَيِّـَٔاتِكُمۡ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٢٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, magʻfirat qiladi. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

  30. 8:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ يَمۡكُرُ بِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِيُثۡبِتُوكَ أَوۡ يَقۡتُلُوكَ أَوۡ يُخۡرِجُوكَ ۚ وَ يَمۡكُرُونَ وَ يَمۡكُرُ ٱللَّهُ ۖ وَ ٱللَّهُ خَيۡرُ ٱلۡمَٰكِرِينَ﴿٣٠﴾

    Kufr keltirganlar seni ushlash, oʻldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir.

  31. 8:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا قَالُواْ قَدۡ سَمِعۡنَا لَوۡ نَشَآءُ لَقُلۡنَا مِثۡلَ هَٰذَآ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٣١﴾

    Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga oʻxshashni oʻzimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan oʻzga narsa emas», – deydilar.

  32. 8:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالُواْ ٱللَّهُمَّ إِن كَانَ هَٰذَا هُوَ ٱلۡحَقَّ مِنۡ عِندِكَ فَأَمۡطِرۡ عَلَيۡنَا حِجَارَةࣰ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ أَوِ ٱئۡتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٣٢﴾

    «Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq boʻlsa, ustimizga osmondan tosh yogʻdirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.

  33. 8:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمۡ وَ أَنتَ فِيهِمۡ ۚ وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ مُعَذِّبَهُمۡ وَ هُمۡ يَسۡتَغۡفِرُونَ﴿٣٣﴾

    Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istigʻfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.

  34. 8:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لَهُمۡ أَلَّا يُعَذِّبَهُمُ ٱللَّهُ وَ هُمۡ يَصُدُّونَ عَنِ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ وَ مَا كَانُوٓاْ أَوۡلِيَآءَهُۥٓ ۚ إِنۡ أَوۡلِيَآؤُهُۥٓ إِلَّا ٱلۡمُتَّقُونَ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٤﴾

    Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan toʻsmoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan oʻzga hech kim emas. Lekin koʻplari bilmaslar.

  35. 8:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ صَلَاتُهُمۡ عِندَ ٱلۡبَيۡتِ إِلَّا مُكَآءࣰ وَ تَصۡدِيَةࣰ ۚ فَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡفُرُونَ﴿٣٥﴾

    Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring.

  36. 8:36Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيۡهِمۡ حَسۡرَةࣰ ثُمَّ يُغۡلَبُونَ ۗ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحۡشَرُونَ﴿٣٦﴾

    Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, soʻngra, oʻzlariga hasrat boʻladir, keyin magʻlub boʻlurlar. Kufr keltirganlar jahannamga toʻplanurlar.

  37. 8:37Mushafda oʻqish ↗

    لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلۡخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ وَ يَجۡعَلَ ٱلۡخَبِيثَ بَعۡضَهُۥ عَلَىٰ بَعۡضࣲ فَيَرۡكُمَهُۥ جَمِيعࣰا فَيَجۡعَلَهُۥ فِي جَهَنَّمَ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٣٧﴾

    Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning baʼzisi ustiga baʼzisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir.

  38. 8:38Mushafda oʻqish ↗

    قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِن يَنتَهُواْ يُغۡفَرۡ لَهُم مَّا قَدۡ سَلَفَ وَ إِن يَعُودُواْ فَقَدۡ مَضَتۡ سُنَّتُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٣٨﴾

    Kufr keltirganlarga ayt, agar toʻxtasalar, oʻtgan narsalar magʻfirat qilinur va agar qaytadigan boʻlsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati oʻtgan.

  39. 8:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَٰتِلُوهُمۡ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتۡنَةࣱ وَ يَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ ۚ فَإِنِ ٱنتَهَوۡاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿٣٩﴾

    Va ular bilan to fitna boʻlmaguncha va dinning hammasi Allohga boʻlguncha urush qiling. Agar toʻxtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini koʻrib turguvchi Zotdir.

  40. 8:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن تَوَلَّوۡاْ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَوۡلَىٰكُمۡ ۚ نِعۡمَ ٱلۡمَوۡلَىٰ وَ نِعۡمَ ٱلنَّصِيرُ﴿٤٠﴾

    Agar yuz oʻgirsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!

  41. 8:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا غَنِمۡتُم مِّن شَيۡءࣲ فَأَنَّ لِلَّهِ خُمُسَهُۥ وَ لِلرَّسُولِ وَ لِذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ ٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ إِن كُنتُمۡ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ وَ مَآ أَنزَلۡنَا عَلَىٰ عَبۡدِنَا يَوۡمَ ٱلۡفُرۡقَانِ يَوۡمَ ٱلۡتَقَى ٱلۡجَمۡعَانِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿٤١﴾

    Va agar Allohga, furqon kuni — ikki jamoat toʻqnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan boʻlsangiz, bilingki, oʻljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.

  42. 8:42Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ أَنتُم بِٱلۡعُدۡوَةِ ٱلدُّنۡيَا وَ هُم بِٱلۡعُدۡوَةِ ٱلۡقُصۡوَىٰ وَ ٱلرَّكۡبُ أَسۡفَلَ مِنكُمۡ ۚ وَ لَوۡ تَوَاعَدتُّمۡ لَٱخۡتَلَفۡتُمۡ فِي ٱلۡمِيعَٰدِ وَ لَٰكِن لِّيَقۡضِيَ ٱللَّهُ أَمۡرࣰا كَانَ مَفۡعُولࣰا لِّيَهۡلِكَ مَنۡ هَلَكَ عَنۢ بَيِّنَةࣲ وَ يَحۡيَىٰ مَنۡ حَيَّ عَنۢ بَيِّنَةࣲ ۗ وَ إِنَّ ٱللَّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿٤٢﴾

    Oʻshanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa sizdan pastda edi. Agar vaʼdalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etishi uchun, halok boʻladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok boʻlishi uchun, yashashi kerak boʻlgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (toʻqnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  43. 8:43Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ يُرِيكَهُمُ ٱللَّهُ فِي مَنَامِكَ قَلِيلࣰا ۖ وَ لَوۡ أَرَىٰكَهُمۡ كَثِيرࣰا لَّفَشِلۡتُمۡ وَ لَتَنَٰزَعۡتُمۡ فِي ٱلۡأَمۡرِ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ سَلَّمَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٤٣﴾

    Oʻshanda Alloh tushingda ularni senga oz koʻrsatdi. Agar ularni senga koʻp koʻrsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir.

  44. 8:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ يُرِيكُمُوهُمۡ إِذِ ٱلۡتَقَيۡتُمۡ فِيٓ أَعۡيُنِكُمۡ قَلِيلࣰا وَ يُقَلِّلُكُمۡ فِيٓ أَعۡيُنِهِمۡ لِيَقۡضِيَ ٱللَّهُ أَمۡرࣰا كَانَ مَفۡعُولࣰا ۗ وَ إِلَى ٱللَّهِ تُرۡجَعُ ٱلۡأُمُورُ﴿٤٤﴾

    Oʻshanda, toʻqnashganingizda, ularni sizning koʻzingizga oz qilib koʻrsatganini, sizni ularning koʻziga oz qilib koʻrsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur.

  45. 8:45Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا لَقِيتُمۡ فِئَةࣰ فَٱثۡبُتُواْ وَ ٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ كَثِيرࣰا لَّعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿٤٥﴾

    Ey, iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga roʻbaroʻ kelganingizda, sabotli boʻling va Allohni koʻp zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz.

  46. 8:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ وَ لَا تَنَٰزَعُواْ فَتَفۡشَلُواْ وَ تَذۡهَبَ رِيحُكُمۡ ۖ وَ ٱصۡبِرُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿٤٦﴾

    Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Oʻzaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir.

  47. 8:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ خَرَجُواْ مِن دِيَٰرِهِم بَطَرࣰا وَ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا يَعۡمَلُونَ مُحِيطࣱ﴿٤٧﴾

    Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlarga oʻxshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir.

  48. 8:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَعۡمَٰلَهُمۡ وَ قَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ ٱلۡيَوۡمَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَ إِنِّي جَارࣱ لَّكُمۡ ۖ فَلَمَّا تَرَآءَتِ ٱلۡفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِ وَ قَالَ إِنِّي بَرِيٓءࣱ مِّنكُمۡ إِنِّيٓ أَرَىٰ مَا لَا تَرَوۡنَ إِنِّيٓ أَخَافُ ٱللَّهَ ۚ وَ ٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٤٨﴾

    Oʻshanda shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga gʻolib kela oladigan hech kim yoʻq. Men sizning homiyingizman», – dedi. Ikki jamoa bir-birini koʻrganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz koʻrmayotgan narsani koʻrmoqdaman. Men Allohdan qoʻrqaman», – dedi. Alloh iqobi shiddatli Zotdir.

  49. 8:49Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ يَقُولُ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَٰٓؤُلَآءِ دِينُهُمۡ ۗ وَ مَن يَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٤٩﴾

    Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlganlar: «Anavilarni dini magʻrur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.

  50. 8:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ تَرَىٰٓ إِذۡ يَتَوَفَّى ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَضۡرِبُونَ وُجُوهَهُمۡ وَ أَدۡبَٰرَهُمۡ وَ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلۡحَرِيقِ﴿٥٠﴾

    Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yongʻin azobini toting!

  51. 8:51Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيكُمۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَيۡسَ بِظَلَّٰمࣲ لِّلۡعَبِيدِ﴿٥١﴾

    Bu, qoʻlingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini koʻrsang edi.

  52. 8:52Mushafda oʻqish ↗

    كَدَأۡبِ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ وَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِيࣱّ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٥٢﴾

    Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.

  53. 8:53Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ لَمۡ يَكُ مُغَيِّرࣰا نِّعۡمَةً أَنۡعَمَهَا عَلَىٰ قَوۡمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٥٣﴾

    Bunday boʻlishi Alloh bir qavmga bergan neʼmatini, toki, ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, oʻzgartiruvchi boʻlmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot boʻlganidandir.

  54. 8:54Mushafda oʻqish ↗

    كَدَأۡبِ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ وَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ فَأَهۡلَكۡنَٰهُم بِذُنُوبِهِمۡ وَ أَغۡرَقۡنَآ ءَالَ فِرۡعَوۡنَ ۚ وَ كُلࣱّ كَانُواْ ظَٰلِمِينَ﴿٥٤﴾

    Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishiga oʻxshab, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Firʼavnni gʻarq qildik. Hammalari zolim edilar.

  55. 8:55Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٥٥﴾

    Albatta, Allohning huzurida hayvonning yomoni kufr keltirganlaridir. Bas, ular iymon keltirmaslar.

  56. 8:56Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ عَٰهَدتَّ مِنۡهُمۡ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهۡدَهُمۡ فِي كُلِّ مَرَّةࣲ وَ هُمۡ لَا يَتَّقُونَ﴿٥٦﴾

    Ulardan sen ahdlashganlar soʻngra har safar ahdlarini buzarlar va ular U zotdan qoʻrqmaslar.

  57. 8:57Mushafda oʻqish ↗

    فَإِمَّا تَثۡقَفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡحَرۡبِ فَشَرِّدۡ بِهِم مَّنۡ خَلۡفَهُمۡ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴿٥٧﴾

    Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qoʻy, shoyadki, eslasalar.

  58. 8:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوۡمٍ خِيَانَةࣰ فَٱنۢبِذۡ إِلَيۡهِمۡ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡخَآئِنِينَ﴿٥٨﴾

    Agar bir qavmning xiyonatidan qoʻrqadigan boʻlsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) oʻrtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas.

  59. 8:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحۡسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ سَبَقُوٓاْ ۚ إِنَّهُمۡ لَا يُعۡجِزُونَ﴿٥٩﴾

    Kufr keltirganlar oʻzdik deb oʻylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaslar.

  60. 8:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَعِدُّواْ لَهُم مَّا ٱسۡتَطَعۡتُم مِّن قُوَّةࣲ وَ مِن رِّبَاطِ ٱلۡخَيۡلِ تُرۡهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَ عَدُوَّكُمۡ وَ ءَاخَرِينَ مِن دُونِهِمۡ لَا تَعۡلَمُونَهُمُ ٱللَّهُ يَعۡلَمُهُمۡ ۚ وَ مَا تُنفِقُواْ مِن شَيۡءࣲ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ يُوَفَّ إِلَيۡكُمۡ وَ أَنتُمۡ لَا تُظۡلَمُونَ﴿٦٠﴾

    Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qoʻyingizki, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydiganlarni qoʻrqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻliq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas.

  61. 8:61Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن جَنَحُواْ لِلسَّلۡمِ فَٱجۡنَحۡ لَهَا وَ تَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٦١﴾

    Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, sen ham moyil boʻl. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  62. 8:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن يُرِيدُوٓاْ أَن يَخۡدَعُوكَ فَإِنَّ حَسۡبَكَ ٱللَّهُ ۚ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَيَّدَكَ بِنَصۡرِهِۦ وَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٦٢﴾

    Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir. U seni Oʻz nusrati va moʻminlar bilan qoʻllagan.

  63. 8:63Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَلَّفَ بَيۡنَ قُلُوبِهِمۡ ۚ لَوۡ أَنفَقۡتَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا مَّآ أَلَّفۡتَ بَيۡنَ قُلُوبِهِمۡ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ أَلَّفَ بَيۡنَهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٦٣﴾

    Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U gʻolib va hikmatli Zotdir.

  64. 8:64Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ حَسۡبُكَ ٱللَّهُ وَ مَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٦٤﴾

    Ey Nabiy, senga va senga ergashgan moʻminlarga Alloh kifoyadir.

  65. 8:65Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ حَرِّضِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ عَلَى ٱلۡقِتَالِ ۚ إِن يَكُن مِّنكُمۡ عِشۡرُونَ صَٰبِرُونَ يَغۡلِبُواْ مِاْئَتَيۡنِ ۚ وَ إِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةࣱ يَغۡلِبُوٓاْ أَلۡفࣰا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَفۡقَهُونَ﴿٦٥﴾

    Ey Nabiy, moʻminlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta boʻlsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm boʻlganlaridandir.

  66. 8:66Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡـَٰٔنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمۡ وَ عَلِمَ أَنَّ فِيكُمۡ ضَعۡفࣰا ۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةࣱ صَابِرَةࣱ يَغۡلِبُواْ مِاْئَتَيۡنِ ۚ وَ إِن يَكُن مِّنكُمۡ أَلۡفࣱ يَغۡلِبُوٓاْ أَلۡفَيۡنِ بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿٦٦﴾

    Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta boʻlsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir.

  67. 8:67Mushafda oʻqish ↗

    مَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَكُونَ لَهُۥٓ أَسۡرَىٰ حَتَّىٰ يُثۡخِنَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ تُرِيدُونَ عَرَضَ ٱلدُّنۡيَا وَ ٱللَّهُ يُرِيدُ ٱلۡأٓخِرَةَ ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٦٧﴾

    Nabiy uchun yer yuzida zabardast boʻlmagunicha asirlari boʻlishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning oʻtkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.

  68. 8:68Mushafda oʻqish ↗

    لَّوۡلَا كِتَٰبࣱ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمۡ فِيمَآ أَخَذۡتُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿٦٨﴾

    Agar Allohning oldindan yozgani boʻlmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulugʻ azob yetar edi.

  69. 8:69Mushafda oʻqish ↗

    فَكُلُواْ مِمَّا غَنِمۡتُمۡ حَلَٰلࣰا طَيِّبࣰا ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٦٩﴾

    Bas, oʻljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir.

  70. 8:70Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ قُل لِّمَن فِيٓ أَيۡدِيكُم مِّنَ ٱلۡأَسۡرَىٰٓ إِن يَعۡلَمِ ٱللَّهُ فِي قُلُوبِكُمۡ خَيۡرࣰا يُؤۡتِكُمۡ خَيۡرࣰا مِّمَّآ أُخِذَ مِنكُمۡ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٧٠﴾

    Ey Nabiy, qoʻlingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik boʻlsa, Alloh bilur va sizga oʻzingizdan olingan narsadan koʻra yaxshiroq narsani berur va sizni magʻfirat qilur. Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt!

  71. 8:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن يُرِيدُواْ خِيَانَتَكَ فَقَدۡ خَانُواْ ٱللَّهَ مِن قَبۡلُ فَأَمۡكَنَ مِنۡهُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴿٧١﴾

    Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

  72. 8:72Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ هَاجَرُواْ وَ جَٰهَدُواْ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱلَّذِينَ ءَاوَواْ وَّ نَصَرُوٓاْ أُوْلَٰٓئِكَ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضࣲ ۚ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ لَمۡ يُهَاجِرُواْ مَا لَكُم مِّن وَلَٰيَتِهِم مِّن شَيۡءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُواْ ۚ وَ إِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوۡمِۭ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَهُم مِّيثَٰقࣱ ۗ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿٧٢﴾

    Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy boʻla olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam soʻrasalar, yordam bermogʻingiz vojib. Faqat, siz bilan oʻrtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni koʻrguvchi Zotdir.

  73. 8:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٍ ۚ إِلَّا تَفۡعَلُوهُ تَكُن فِتۡنَةࣱ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ فَسَادࣱ كَبِيرࣱ﴿٧٣﴾

    Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod boʻladir.

  74. 8:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ هَاجَرُواْ وَ جَٰهَدُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱلَّذِينَ ءَاوَواْ وَّ نَصَرُوٓاْ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ حَقࣰّا ۚ لَّهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ رِزۡقࣱ كَرِيمࣱ﴿٧٤﴾

    Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yoʻlida jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar haq moʻminlardir. Ular uchun magʻfirat va karamli rizq bordir.

  75. 8:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنۢ بَعۡدُ وَ هَاجَرُواْ وَ جَٰهَدُواْ مَعَكُمۡ فَأُوْلَٰٓئِكَ مِنكُمۡ ۚ وَ أُوْلُواْ ٱلۡأَرۡحَامِ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلَىٰ بِبَعۡضࣲ فِي كِتَٰبِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمُۢ﴿٧٥﴾

    Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Anfol. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — o‘ljalar.

Mazmuni: Sura Badr voqeasi munosabati bilan jamoaviy intizom, Allohga tavakkul va g‘alabaning haqiqiy manbaini tushuntiradi. G‘animat masalalari, jang odobi, birlik va itoat hamda fitnaning oldini olish haqida muhim yo‘l-yo‘riqlar beradi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraAʼrof surasiKeyingi sura →Tavba surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026