سورة التوبة
Tavba surasi
Tavba · Тавба сураси
Tavba surasi — Qurʼoni Karimning 9-surasi. U 129 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بَرَآءَةࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١﴾
(Bu) Allohdan va Uning Rasulidan mushriklarning siz ahdlashganlaringizga «baroat» — ora ochiqligi (eʼloni)dir.
فَسِيحُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَرۡبَعَةَ أَشۡهُرࣲ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّكُمۡ غَيۡرُ مُعۡجِزِي ٱللَّهِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ مُخۡزِي ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢﴾
Bas, yer yuzida toʻrt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir.
وَ أَذَٰنࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلنَّاسِ يَوۡمَ ٱلۡحَجِّ ٱلۡأَكۡبَرِ أَنَّ ٱللَّهَ بَرِيٓءࣱ مِّنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ وَ رَسُولُهُۥ ۚ فَإِن تُبۡتُمۡ فَهُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ ۖ وَ إِن تَوَلَّيۡتُمۡ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّكُمۡ غَيۡرُ مُعۡجِزِي ٱللَّهِ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ﴿٣﴾
(Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunidagi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar yuz oʻgirib ketadigan boʻlsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver.
إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ ثُمَّ لَمۡ يَنقُصُوكُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ لَمۡ يُظَٰهِرُواْ عَلَيۡكُمۡ أَحَدࣰا فَأَتِمُّوٓاْ إِلَيۡهِمۡ عَهۡدَهُمۡ إِلَىٰ مُدَّتِهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٤﴾
Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.
فَإِذَا ٱنسَلَخَ ٱلۡأَشۡهُرُ ٱلۡحُرُمُ فَٱقۡتُلُواْ ٱلۡمُشۡرِكِينَ حَيۡثُ وَجَدتُّمُوهُمۡ وَ خُذُوهُمۡ وَ ٱحۡصُرُوهُمۡ وَ ٱقۡعُدُواْ لَهُمۡ كُلَّ مَرۡصَدࣲ ۚ فَإِن تَابُواْ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ فَخَلُّواْ سَبِيلَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٥﴾
Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, oʻldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, yoʻllariga qoʻyib yuboringlar. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
وَ إِنۡ أَحَدࣱ مِّنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ ٱسۡتَجَارَكَ فَأَجِرۡهُ حَتَّىٰ يَسۡمَعَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ أَبۡلِغۡهُ مَأۡمَنَهُۥ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَعۡلَمُونَ﴿٦﴾
Agar mushriklardan birontasi panoh soʻrasa, unga panoh ber, toki u, Allohning kalomini eshitsin. Soʻngra, uni omonlik joyiga yetkazib qoʻy. Bu, ularning bilmaydigan qavm boʻlganlari uchundir.
كَيۡفَ يَكُونُ لِلۡمُشۡرِكِينَ عَهۡدٌ عِندَ ٱللَّهِ وَ عِندَ رَسُولِهِۦٓ إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّمۡ عِندَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ ۖ فَمَا ٱسۡتَقَٰمُواْ لَكُمۡ فَٱسۡتَقِيمُواْ لَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٧﴾
Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd boʻlsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.
كَيۡفَ وَ إِن يَظۡهَرُواْ عَلَيۡكُمۡ لَا يَرۡقُبُواْ فِيكُمۡ إِلࣰّا وَ لَا ذِمَّةࣰ ۚ يُرۡضُونَكُم بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَ تَأۡبَىٰ قُلُوبُهُمۡ وَ أَكۡثَرُهُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٨﴾
Qanday qilib (ularga ahd boʻlsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni ogʻizlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari koʻnmas. Ularning koʻplari fosiqlardir.
ٱشۡتَرَوۡاْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنࣰا قَلِيلࣰا فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمۡ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٩﴾
Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning yoʻlidan toʻsdilar. Darhaqiqat, ularning qilganlari qanday ham yomon boʻldi?!
لَا يَرۡقُبُونَ فِي مُؤۡمِنٍ إِلࣰّا وَ لَا ذِمَّةࣰ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُعۡتَدُونَ﴿١٠﴾
Ular moʻmin haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana oʻshalar, oʻzlari tajovuzkorlardir.
فَإِن تَابُواْ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ فَإِخۡوَٰنُكُمۡ فِي ٱلدِّينِ ۗ وَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿١١﴾
Bas, agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz.
وَ إِن نَّكَثُوٓاْ أَيۡمَٰنَهُم مِّنۢ بَعۡدِ عَهۡدِهِمۡ وَ طَعَنُواْ فِي دِينِكُمۡ فَقَٰتِلُوٓاْ أَئِمَّةَ ٱلۡكُفۡرِ إِنَّهُمۡ لَآ أَيۡمَٰنَ لَهُمۡ لَعَلَّهُمۡ يَنتَهُونَ﴿١٢﴾
Agar ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga taʼna toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yoʻqdir. Shoyadki, toʻxtasalar.
أَلَا تُقَٰتِلُونَ قَوۡمࣰا نَّكَثُوٓاْ أَيۡمَٰنَهُمۡ وَ هَمُّواْ بِإِخۡرَاجِ ٱلرَّسُولِ وَ هُم بَدَءُوكُمۡ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ أَتَخۡشَوۡنَهُمۡ ۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخۡشَوۡهُ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴿١٣﴾
Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi boʻlib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qoʻrqasizmi?! Agar moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga loyiq zot Allohdir!
قَٰتِلُوهُمۡ يُعَذِّبۡهُمُ ٱللَّهُ بِأَيۡدِيكُمۡ وَ يُخۡزِهِمۡ وَ يَنصُرۡكُمۡ عَلَيۡهِمۡ وَ يَشۡفِ صُدُورَ قَوۡمࣲ مُّؤۡمِنِينَ﴿١٤﴾
Ularga qarshi jang qilinglar! Alloh ularni sizning qoʻlingiz bilan azoblaydir, xorlaydir va ularga qarshi sizga yordam beradir. Va moʻmin qavmlarning koʻngillariga shifo beradir.
وَ يُذۡهِبۡ غَيۡظَ قُلُوبِهِمۡ ۗ وَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴿١٥﴾
Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, oʻshaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
أَمۡ حَسِبۡتُمۡ أَن تُتۡرَكُواْ وَ لَمَّا يَعۡلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ مِنكُمۡ وَ لَمۡ يَتَّخِذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ لَا رَسُولِهِۦ وَ لَا ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَلِيجَةࣰ ۚ وَ ٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٦﴾
Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va moʻminlardan oʻzgani doʻst tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qoʻyilmogʻingizni oʻyladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir.
مَا كَانَ لِلۡمُشۡرِكِينَ أَن يَعۡمُرُواْ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ شَٰهِدِينَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِم بِٱلۡكُفۡرِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ وَ فِي ٱلنَّارِ هُمۡ خَٰلِدُونَ﴿١٧﴾
Mushriklarga, oʻzlarining kofir ekanliklariga guvoh boʻlgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana oʻshalar amallari habata boʻlganlardir va ular doʻzaxda abadiy qoluvchilardir.
إِنَّمَا يَعۡمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ أَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَ لَمۡ يَخۡشَ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ فَعَسَىٰٓ أُوْلَٰٓئِكَ أَن يَكُونُواْ مِنَ ٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿١٨﴾
Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni toʻkis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qoʻrqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana oʻshalar hidoyat topguvchilardan boʻlsalar.
أَجَعَلۡتُمۡ سِقَايَةَ ٱلۡحَآجِّ وَ عِمَارَةَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ كَمَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ جَٰهَدَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ لَا يَسۡتَوُۥنَ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٩﴾
Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yoʻlida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ هَاجَرُواْ وَ جَٰهَدُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ أَعۡظَمُ دَرَجَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَآئِزُونَ﴿٢٠﴾
Iymon keltirib, hijrat qilganlar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlarning darajalari Allohning huzurida juda ulugʻdir. Ana oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.
يُبَشِّرُهُمۡ رَبُّهُم بِرَحۡمَةࣲ مِّنۡهُ وَ رِضۡوَٰنࣲ وَ جَنَّٰتࣲ لَّهُمۡ فِيهَا نَعِيمࣱ مُّقِيمٌ﴿٢١﴾
Robbilari ularga Oʻz tarafidan boʻlgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy neʼmatlar bor jannatlarning bashoratini beradir.
خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجۡرٌ عَظِيمࣱ﴿٢٢﴾
Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh — huzurida ulugʻ ajr bor Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُوٓاْ ءَابَآءَكُمۡ وَ إِخۡوَٰنَكُمۡ أَوۡلِيَآءَ إِنِ ٱسۡتَحَبُّواْ ٱلۡكُفۡرَ عَلَى ٱلۡإِيمَٰنِ ۚ وَ مَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمۡ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٢٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni doʻst tutmang. Sizdan kim ularni doʻst tutsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari zolimlardir.
قُلۡ إِن كَانَ ءَابَآؤُكُمۡ وَ أَبۡنَآؤُكُمۡ وَ إِخۡوَٰنُكُمۡ وَ أَزۡوَٰجُكُمۡ وَ عَشِيرَتُكُمۡ وَ أَمۡوَٰلٌ ٱقۡتَرَفۡتُمُوهَا وَ تِجَٰرَةࣱ تَخۡشَوۡنَ كَسَادَهَا وَ مَسَٰكِنُ تَرۡضَوۡنَهَآ أَحَبَّ إِلَيۡكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ جِهَادࣲ فِي سَبِيلِهِۦ فَتَرَبَّصُواْ حَتَّىٰ يَأۡتِيَ ٱللَّهُ بِأَمۡرِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٢٤﴾
«Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod boʻlishdan qoʻrqqan tijoratlaringiz va xush koʻrgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jiddu jahd qilishdan mahbubroq boʻlsa, u holda, Alloh Oʻz amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas», – deb ayt.
لَقَدۡ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِي مَوَاطِنَ كَثِيرَةࣲ وَ يَوۡمَ حُنَيۡنٍ إِذۡ أَعۡجَبَتۡكُمۡ كَثۡرَتُكُمۡ فَلَمۡ تُغۡنِ عَنكُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ ضَاقَتۡ عَلَيۡكُمُ ٱلۡأَرۡضُ بِمَا رَحُبَتۡ ثُمَّ وَلَّيۡتُم مُّدۡبِرِينَ﴿٢٥﴾
Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra, ortga qarab qochdingiz.
ثُمَّ أَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ أَنزَلَ جُنُودࣰا لَّمۡ تَرَوۡهَا وَ عَذَّبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ وَ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٦﴾
Soʻngra, Alloh sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi hamda siz koʻrmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana oʻsha, kofirlarning jazosidir.
ثُمَّ يَتُوبُ ٱللَّهُ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٢٧﴾
Soʻngra, oʻshandan keyin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّمَا ٱلۡمُشۡرِكُونَ نَجَسࣱ فَلَا يَقۡرَبُواْ ٱلۡمَسۡجِدَ ٱلۡحَرَامَ بَعۡدَ عَامِهِمۡ هَٰذَا ۚ وَ إِنۡ خِفۡتُمۡ عَيۡلَةࣰ فَسَوۡفَ يُغۡنِيكُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦٓ إِن شَآءَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٢٨﴾
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yoʻq, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qoʻrqsangiz, Alloh, Oʻzi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qoʻyadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
قَٰتِلُواْ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ لَا بِٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ لَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ وَ لَا يَدِينُونَ دِينَ ٱلۡحَقِّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ حَتَّىٰ يُعۡطُواْ ٱلۡجِزۡيَةَ عَن يَدࣲ وَ هُمۡ صَٰغِرُونَ﴿٢٩﴾
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling.
وَ قَالَتِ ٱلۡيَهُودُ عُزَيۡرٌ ٱبۡنُ ٱللَّهِ وَ قَالَتِ ٱلنَّصَٰرَى ٱلۡمَسِيحُ ٱبۡنُ ٱللَّهِ ۖ ذَٰلِكَ قَوۡلُهُم بِأَفۡوَٰهِهِمۡ ۖ يُضَٰهِـُٔونَ قَوۡلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبۡلُ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴿٣٠﴾
Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻlidir», – dedilar. Nasorolar: «Masiyh Allohning oʻgʻlidir», – dedilar. Bu ogʻizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga oʻxshaturlar. Alloh ularni laʼnatlasin. Qayon burilmoqdalar?!
ٱتَّخَذُوٓاْ أَحۡبَارَهُمۡ وَ رُهۡبَٰنَهُمۡ أَرۡبَابࣰا مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَ ٱلۡمَسِيحَ ٱبۡنَ مَرۡيَمَ وَ مَآ أُمِرُوٓاْ إِلَّا لِيَعۡبُدُوٓاْ إِلَٰهࣰا وَٰحِدࣰا ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٣١﴾
Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir.
يُرِيدُونَ أَن يُطۡفِـُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَ يَأۡبَى ٱللَّهُ إِلَّآ أَن يُتِمَّ نُورَهُۥ وَ لَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٣٢﴾
Ular Allohning nurini ogʻizlari bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, Oʻz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir.
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَرۡسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلۡهُدَىٰ وَ دِينِ ٱلۡحَقِّ لِيُظۡهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَ لَوۡ كَرِهَ ٱلۡمُشۡرِكُونَ﴿٣٣﴾
U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلۡأَحۡبَارِ وَ ٱلرُّهۡبَانِ لَيَأۡكُلُونَ أَمۡوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلۡبَٰطِلِ وَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱلَّذِينَ يَكۡنِزُونَ ٱلذَّهَبَ وَ ٱلۡفِضَّةَ وَ لَا يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَبَشِّرۡهُم بِعَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٣٤﴾
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning koʻplari odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yerlar va Allohning yoʻlidan toʻsarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yoʻlida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver.
يَوۡمَ يُحۡمَىٰ عَلَيۡهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكۡوَىٰ بِهَا جِبَاهُهُمۡ وَ جُنُوبُهُمۡ وَ ظُهُورُهُمۡ ۖ هَٰذَا مَا كَنَزۡتُمۡ لِأَنفُسِكُمۡ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمۡ تَكۡنِزُونَ﴿٣٥﴾
Bir kuni oʻsha(oltin-kumush)larni jahannam oʻtida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu oʻzingiz uchun toʻplagan narsangiz, bas, endi toʻplab yurgan narsangizni tatib koʻring!» – deyilur.
إِنَّ عِدَّةَ ٱلشُّهُورِ عِندَ ٱللَّهِ ٱثۡنَا عَشَرَ شَهۡرࣰا فِي كِتَٰبِ ٱللَّهِ يَوۡمَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ مِنۡهَآ أَرۡبَعَةٌ حُرُمࣱ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلۡقَيِّمُ ۚ فَلَا تَظۡلِمُواْ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمۡ ۚ وَ قَٰتِلُواْ ٱلۡمُشۡرِكِينَ كَآفَّةࣰ كَمَا يُقَٰتِلُونَكُمۡ كَآفَّةࣰ ۚ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٣٦﴾
Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni oʻn ikki oy qilib belgilangan. Ulardan toʻrttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu toʻgʻri dindir. U(oy)larda oʻzingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam boʻlib, ular sizga qarshi jam boʻlib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.
إِنَّمَا ٱلنَّسِيٓءُ زِيَادَةࣱ فِي ٱلۡكُفۡرِ ۖ يُضَلُّ بِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُحِلُّونَهُۥ عَامࣰا وَ يُحَرِّمُونَهُۥ عَامࣰا لِّيُوَاطِـُٔواْ عِدَّةَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ فَيُحِلُّواْ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ ۚ زُيِّنَ لَهُمۡ سُوٓءُ أَعۡمَٰلِهِمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٣٧﴾
Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda boʻlishdan oʻzga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ ۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ﴿٣٨﴾
Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida qoʻzgʻaling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qoʻyib, dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?!
إِلَّا تَنفِرُواْ يُعَذِّبۡكُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا وَ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ وَ لَا تَضُرُّوهُ شَيۡـࣰٔا ۗ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿٣٩﴾
Agar qoʻzgʻalmasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. Oʻrningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.
إِلَّا تَنصُرُوهُ فَقَدۡ نَصَرَهُ ٱللَّهُ إِذۡ أَخۡرَجَهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ثَانِيَ ٱثۡنَيۡنِ إِذۡ هُمَا فِي ٱلۡغَارِ إِذۡ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحۡزَنۡ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَا ۖ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَيۡهِ وَ أَيَّدَهُۥ بِجُنُودࣲ لَّمۡ تَرَوۡهَا وَ جَعَلَ كَلِمَةَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلسُّفۡلَىٰ ۗ وَ كَلِمَةُ ٱللَّهِ هِيَ ٱلۡعُلۡيَا ۗ وَ ٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴿٤٠﴾
Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri boʻlgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon gʻorda turganlarida, u sherigiga: «Xafa boʻlma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan Oʻz sokinligini nozil qildi va siz koʻrmagan lashkarlar bilan qoʻlladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, oʻzi yuqori. Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.
ٱنفِرُواْ خِفَافࣰا وَ ثِقَالࣰا وَ جَٰهِدُواْ بِأَمۡوَٰلِكُمۡ وَ أَنفُسِكُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٤١﴾
Yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham, qoʻzgʻalingiz va Allohning yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz ila jiddu jahd qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir.
لَوۡ كَانَ عَرَضࣰا قَرِيبࣰا وَ سَفَرࣰا قَاصِدࣰا لَّٱتَّبَعُوكَ وَ لَٰكِنۢ بَعُدَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلشُّقَّةُ ۚ وَ سَيَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ لَوِ ٱسۡتَطَعۡنَا لَخَرَجۡنَا مَعَكُمۡ يُهۡلِكُونَ أَنفُسَهُمۡ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿٤٢﴾
Agar oson manfaat va yaqin safar boʻlganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq koʻrindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir boʻlganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular oʻzlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolgʻonchi ekanlarini albatta biladir.
عَفَا ٱللَّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمۡ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ وَ تَعۡلَمَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٤٣﴾
Alloh seni afv qildi. Nima uchun ularga, to senga rostgoʻy boʻlganlar ravshan boʻlmay turib va yolgʻonchilarni bilmasingdan turib, izn berding?
لَا يَسۡتَـٔۡذِنُكَ ٱلَّذِينَ يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ أَن يُجَٰهِدُواْ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلۡمُتَّقِينَ﴿٤٤﴾
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar sendan mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishdan qolishga izn soʻramaslar. Alloh taqvodorlarni bilguvchi Zotdir.
إِنَّمَا يَسۡتَـٔۡذِنُكَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ ٱرۡتَابَتۡ قُلُوبُهُمۡ فَهُمۡ فِي رَيۡبِهِمۡ يَتَرَدَّدُونَ﴿٤٥﴾
Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga toʻlganlargina sendan izn soʻrarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.
وَ لَوۡ أَرَادُواْ ٱلۡخُرُوجَ لَأَعَدُّواْ لَهُۥ عُدَّةࣰ وَ لَٰكِن كَرِهَ ٱللَّهُ ٱنۢبِعَاثَهُمۡ فَثَبَّطَهُمۡ وَ قِيلَ ٱقۡعُدُواْ مَعَ ٱلۡقَٰعِدِينَ﴿٤٦﴾
Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik koʻrar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga: «Oʻtiruvchilar bilan oʻtiringlar», dedi.
لَوۡ خَرَجُواْ فِيكُم مَّا زَادُوكُمۡ إِلَّا خَبَالࣰا وَ لَأَوۡضَعُواْ خِلَٰلَكُمۡ يَبۡغُونَكُمُ ٱلۡفِتۡنَةَ وَ فِيكُمۡ سَمَّٰعُونَ لَهُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٧﴾
Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir.
لَقَدِ ٱبۡتَغَوُاْ ٱلۡفِتۡنَةَ مِن قَبۡلُ وَ قَلَّبُواْ لَكَ ٱلۡأُمُورَ حَتَّىٰ جَآءَ ٱلۡحَقُّ وَ ظَهَرَ أَمۡرُ ٱللَّهِ وَ هُمۡ كَٰرِهُونَ﴿٤٨﴾
Batahqiq, bundan avval ham, toki ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun boʻlgunicha, fitna qoʻzib, senga ishlarni agʻdar-toʻntar qilishar edi.
وَ مِنۡهُم مَّن يَقُولُ ٱئۡذَن لِّي وَ لَا تَفۡتِنِّيٓ ۚ أَلَا فِي ٱلۡفِتۡنَةِ سَقَطُواْ ۗ وَ إِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةُۢ بِٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٤٩﴾
Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir.
إِن تُصِبۡكَ حَسَنَةࣱ تَسُؤۡهُمۡ ۖ وَ إِن تُصِبۡكَ مُصِيبَةࣱ يَقُولُواْ قَدۡ أَخَذۡنَآ أَمۡرَنَا مِن قَبۡلُ وَ يَتَوَلَّواْ وَّ هُمۡ فَرِحُونَ﴿٥٠﴾
Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand boʻlib yuz oʻgirib ketarlar.
قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوۡلَىٰنَا ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿٥١﴾
Sen: «Bizga Alloh yozib qoʻygan narsadan oʻzgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Moʻminlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt.
قُلۡ هَلۡ تَرَبَّصُونَ بِنَآ إِلَّآ إِحۡدَى ٱلۡحُسۡنَيَيۡنِ ۖ وَ نَحۡنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمۡ أَن يُصِيبَكُمُ ٱللَّهُ بِعَذَابࣲ مِّنۡ عِندِهِۦٓ أَوۡ بِأَيۡدِينَا ۖ فَتَرَبَّصُوٓاْ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ﴿٥٢﴾
Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni Oʻz huzurida boʻladigan yoki bizning qoʻlimizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt.
قُلۡ أَنفِقُواْ طَوۡعًا أَوۡ كَرۡهࣰا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمۡ إِنَّكُمۡ كُنتُمۡ قَوۡمࣰا فَٰسِقِينَ﴿٥٣﴾
Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmas. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm boʻldingiz.
وَ مَا مَنَعَهُمۡ أَن تُقۡبَلَ مِنۡهُمۡ نَفَقَٰتُهُمۡ إِلَّآ أَنَّهُمۡ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَ بِرَسُولِهِۦ وَ لَا يَأۡتُونَ ٱلصَّلَوٰةَ إِلَّا وَ هُمۡ كُسَالَىٰ وَ لَا يُنفِقُونَ إِلَّا وَ هُمۡ كَٰرِهُونَ﴿٥٤﴾
Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir.
فَلَا تُعۡجِبۡكَ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُهُمۡ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ تَزۡهَقَ أَنفُسُهُمۡ وَ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿٥٥﴾
Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.
وَ يَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنَّهُمۡ لَمِنكُمۡ وَ مَا هُم مِّنكُمۡ وَ لَٰكِنَّهُمۡ قَوۡمࣱ يَفۡرَقُونَ﴿٥٦﴾
Ular oʻzlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qoʻrqadigan qavmdirlar.
لَوۡ يَجِدُونَ مَلۡجَـًٔا أَوۡ مَغَٰرَٰتٍ أَوۡ مُدَّخَلࣰا لَّوَلَّوۡاْ إِلَيۡهِ وَ هُمۡ يَجۡمَحُونَ﴿٥٧﴾
Agar biror boshpanohmi, gʻormi yoki kirib oladigan joymi topsalar, shoshilib oʻsha tomonga yuzlanarlar.
وَ مِنۡهُم مَّن يَلۡمِزُكَ فِي ٱلصَّدَقَٰتِ فَإِنۡ أُعۡطُواْ مِنۡهَا رَضُواْ وَ إِن لَّمۡ يُعۡطَوۡاْ مِنۡهَآ إِذَا هُمۡ يَسۡخَطُونَ﴿٥٨﴾
Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qoʻyadiganlari ham bor. Agar oʻsha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi boʻlarlar. Agar berilmasa, koʻribsanki, gʻazablanarlar.
وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ رَضُواْ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ وَ قَالُواْ حَسۡبُنَا ٱللَّهُ سَيُؤۡتِينَا ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦ وَ رَسُولُهُۥٓ إِنَّآ إِلَى ٱللَّهِ رَٰغِبُونَ﴿٥٩﴾
Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi boʻlganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli oʻz fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga ragʻbat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi boʻlardi.
إِنَّمَا ٱلصَّدَقَٰتُ لِلۡفُقَرَآءِ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ ٱلۡعَٰمِلِينَ عَلَيۡهَا وَ ٱلۡمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمۡ وَ فِي ٱلرِّقَابِ وَ ٱلۡغَٰرِمِينَ وَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ ٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ ۖ فَرِيضَةࣰ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٦٠﴾
Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, koʻngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yoʻliga va yoʻl oʻgʻlilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
وَ مِنۡهُمُ ٱلَّذِينَ يُؤۡذُونَ ٱلنَّبِيَّ وَ يَقُولُونَ هُوَ أُذُنࣱ ۚ قُلۡ أُذُنُ خَيۡرࣲ لَّكُمۡ يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ يُؤۡمِنُ لِلۡمُؤۡمِنِينَ وَ رَحۡمَةࣱ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ ۚ وَ ٱلَّذِينَ يُؤۡذُونَ رَسُولَ ٱللَّهِ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٦١﴾
Ulardan Paygʻambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, moʻminlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt.
يَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمۡ لِيُرۡضُوكُمۡ وَ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥٓ أَحَقُّ أَن يُرۡضُوهُ إِن كَانُواْ مُؤۡمِنِينَ﴿٦٢﴾
Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar moʻmin boʻlsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.
أَلَمۡ يَعۡلَمُوٓاْ أَنَّهُۥ مَن يُحَادِدِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ فَأَنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدࣰا فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡخِزۡيُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٦٣﴾
Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash boʻlib, unda abadiy qolishini, ana shu katta sharmandalik ekanligini bilmaslarmi?!
يَحۡذَرُ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيۡهِمۡ سُورَةࣱ تُنَبِّئُهُم بِمَا فِي قُلُوبِهِمۡ ۚ قُلِ ٱسۡتَهۡزِءُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ مُخۡرِجࣱ مَّا تَحۡذَرُونَ﴿٦٤﴾
Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil boʻlishidan qoʻrqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar. Alloh siz qoʻrqayotgan narsani albatta chiqarguvchidir», – deb ayt.
وَ لَئِن سَأَلۡتَهُمۡ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَ نَلۡعَبُ ۚ قُلۡ أَبِٱللَّهِ وَ ءَايَٰتِهِۦ وَ رَسُولِهِۦ كُنتُمۡ تَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٦٥﴾
Agar ulardan soʻrasang, albatta: «Biz faqat oʻzimizcha gap qilib oʻynayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt.
لَا تَعۡتَذِرُواْ قَدۡ كَفَرۡتُم بَعۡدَ إِيمَٰنِكُمۡ ۚ إِن نَّعۡفُ عَن طَآئِفَةࣲ مِّنكُمۡ نُعَذِّبۡ طَآئِفَةَۢ بِأَنَّهُمۡ كَانُواْ مُجۡرِمِينَ﴿٦٦﴾
Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi boʻlganlari uchun azoblaymiz.
ٱلۡمُنَٰفِقُونَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقَٰتُ بَعۡضُهُم مِّنۢ بَعۡضࣲ ۚ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمُنكَرِ وَ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمَعۡرُوفِ وَ يَقۡبِضُونَ أَيۡدِيَهُمۡ ۚ نَسُواْ ٱللَّهَ فَنَسِيَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٦٧﴾
Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qoʻllarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir.
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقَٰتِ وَ ٱلۡكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ هِيَ حَسۡبُهُمۡ ۚ وَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّقِيمࣱ﴿٦٨﴾
Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini vaʼda qildi. Unda abadiy qolurlar. Oʻsha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni laʼnatladi. Ularga doimiy azob bordir.
كَٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُمۡ كَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنكُمۡ قُوَّةࣰ وَ أَكۡثَرَ أَمۡوَٰلࣰا وَ أَوۡلَٰدࣰا فَٱسۡتَمۡتَعُواْ بِخَلَٰقِهِمۡ فَٱسۡتَمۡتَعۡتُم بِخَلَٰقِكُمۡ كَمَا ٱسۡتَمۡتَعَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُم بِخَلَٰقِهِمۡ وَ خُضۡتُمۡ كَٱلَّذِي خَاضُوٓاْ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٦٩﴾
Oʻzingizdan avvalgilarga oʻxshaysiz. Ular sizlardan koʻra quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari koʻproq edilar. Bas, oʻz nasibalari ila maza qildilar. Oʻzingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham oʻz nasibangiz ila maza qildingiz. Ular shoʻngʻigandek siz ham shoʻngʻidingiz. Ana oʻshalarning amallari dunyoyu oxiratda habata boʻldi. Ana oʻshalar oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir.
أَلَمۡ يَأۡتِهِمۡ نَبَأُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ قَوۡمِ نُوحࣲ وَ عَادࣲ وَ ثَمُودَ وَ قَوۡمِ إِبۡرَٰهِيمَ وَ أَصۡحَٰبِ مَدۡيَنَ وَ ٱلۡمُؤۡتَفِكَٰتِ ۚ أَتَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظۡلِمَهُمۡ وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٧٠﴾
Ularga oʻzlaridan oldin oʻtganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va toʻntarilgan (qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular oʻzlariga zulm qilar edilar.
وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضࣲ ۚ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَ يُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ سَيَرۡحَمُهُمُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمࣱ﴿٧١﴾
Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni toʻkis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana oʻshalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir.
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَ مَسَٰكِنَ طَيِّبَةࣰ فِي جَنَّٰتِ عَدۡنࣲ ۚ وَ رِضۡوَٰنࣱ مِّنَ ٱللَّهِ أَكۡبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٧٢﴾
Alloh moʻmin er va moʻmina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa, eng ulugʻidir. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ جَٰهِدِ ٱلۡكُفَّارَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱغۡلُظۡ عَلَيۡهِمۡ ۚ وَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٧٣﴾
Ey Paygʻambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jiddu jahd qil va ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻl. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy.
يَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ مَا قَالُواْ وَ لَقَدۡ قَالُواْ كَلِمَةَ ٱلۡكُفۡرِ وَ كَفَرُواْ بَعۡدَ إِسۡلَٰمِهِمۡ وَ هَمُّواْ بِمَا لَمۡ يَنَالُواْ ۚ وَ مَا نَقَمُوٓاْ إِلَّآ أَنۡ أَغۡنَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَ رَسُولُهُۥ مِن فَضۡلِهِۦ ۚ فَإِن يَتُوبُواْ يَكُ خَيۡرࣰا لَّهُمۡ ۖ وَ إِن يَتَوَلَّوۡاْ يُعَذِّبۡهُمُ ٱللَّهُ عَذَابًا أَلِيمࣰا فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ وَ مَا لَهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرࣲ﴿٧٤﴾
Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni Oʻz fazlidan boy qilib qoʻyganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, oʻzlariga yaxshi boʻladir. Gar yuz oʻgirib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga doʻst ham, yordamchi ham yoʻq.
وَ مِنۡهُم مَّنۡ عَٰهَدَ ٱللَّهَ لَئِنۡ ءَاتَىٰنَا مِن فَضۡلِهِۦ لَنَصَّدَّقَنَّ وَ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿٧٥﴾
Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.
فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُم مِّن فَضۡلِهِۦ بَخِلُواْ بِهِۦ وَ تَوَلَّواْ وَّ هُم مُّعۡرِضُونَ﴿٧٦﴾
U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar.
فَأَعۡقَبَهُمۡ نِفَاقࣰا فِي قُلُوبِهِمۡ إِلَىٰ يَوۡمِ يَلۡقَوۡنَهُۥ بِمَآ أَخۡلَفُواْ ٱللَّهَ مَا وَعَدُوهُ وَ بِمَا كَانُواْ يَكۡذِبُونَ﴿٧٧﴾
Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi.
أَلَمۡ يَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ سِرَّهُمۡ وَ نَجۡوَىٰهُمۡ وَ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَّٰمُ ٱلۡغُيُوبِ﴿٧٨﴾
Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, gʻayblarni bilguvchi Zot ekanini bilmasmidilar?
ٱلَّذِينَ يَلۡمِزُونَ ٱلۡمُطَّوِّعِينَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ فِي ٱلصَّدَقَٰتِ وَ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ إِلَّا جُهۡدَهُمۡ فَيَسۡخَرُونَ مِنۡهُمۡ سَخِرَ ٱللَّهُ مِنۡهُمۡ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿٧٩﴾
Moʻminlardan koʻngilli boʻlib sadaqa qiluvchilarni va oʻz kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob boʻladir.
ٱسۡتَغۡفِرۡ لَهُمۡ أَوۡ لَا تَسۡتَغۡفِرۡ لَهُمۡ إِن تَسۡتَغۡفِرۡ لَهُمۡ سَبۡعِينَ مَرَّةࣰ فَلَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَهُمۡ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٨٠﴾
Ular uchun istigʻfor aytsang ham yoki istigʻfor aytmasang ham, baribir. Agar ular uchun yetmish marta istigʻfor aytsang ham, Alloh ularni zinhor magʻfirat qilmas. Bu, ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.
فَرِحَ ٱلۡمُخَلَّفُونَ بِمَقۡعَدِهِمۡ خِلَٰفَ رَسُولِ ٱللَّهِ وَ كَرِهُوٓاْ أَن يُجَٰهِدُواْ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ قَالُواْ لَا تَنفِرُواْ فِي ٱلۡحَرِّ ۗ قُلۡ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرࣰّا ۚ لَّوۡ كَانُواْ يَفۡقَهُونَ﴿٨١﴾
Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar oʻtirgan joylarida xursand boʻldilar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qoʻzgʻalmanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt.
فَلۡيَضۡحَكُواْ قَلِيلࣰا وَ لۡيَبۡكُواْ كَثِيرࣰا جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٨٢﴾
Bas, qilgan kasblari tufayli oz kulib, koʻp yigʻlasinlar.
فَإِن رَّجَعَكَ ٱللَّهُ إِلَىٰ طَآئِفَةࣲ مِّنۡهُمۡ فَٱسۡتَـٔۡذَنُوكَ لِلۡخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخۡرُجُواْ مَعِيَ أَبَدࣰا وَ لَن تُقَٰتِلُواْ مَعِيَ عَدُوًّا ۖ إِنَّكُمۡ رَضِيتُم بِٱلۡقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةࣲ فَٱقۡعُدُواْ مَعَ ٱلۡخَٰلِفِينَ﴿٨٣﴾
Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn soʻrasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada oʻtirishga rozi boʻldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan oʻtiraveringlar», – deb ayt.
وَ لَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدࣲ مِّنۡهُم مَّاتَ أَبَدࣰا وَ لَا تَقُمۡ عَلَىٰ قَبۡرِهِۦٓ ۖ إِنَّهُمۡ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ مَاتُواْ وَ هُمۡ فَٰسِقُونَ﴿٨٤﴾
Va hech qachon ulardan oʻlgan birortasiga ham (janoza) namoz oʻqima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida oʻldilar.
وَ لَا تُعۡجِبۡكَ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَ أَوۡلَٰدُهُمۡ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِي ٱلدُّنۡيَا وَ تَزۡهَقَ أَنفُسُهُمۡ وَ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿٨٥﴾
Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.
وَ إِذَآ أُنزِلَتۡ سُورَةٌ أَنۡ ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ جَٰهِدُواْ مَعَ رَسُولِهِ ٱسۡتَـٔۡذَنَكَ أُوْلُواْ ٱلطَّوۡلِ مِنۡهُمۡ وَ قَالُواْ ذَرۡنَا نَكُن مَّعَ ٱلۡقَٰعِدِينَ﴿٨٦﴾
«Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qoʻy, oʻtiruvchilar bilan birga boʻlaylik», – deb izn soʻraydilar.
رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ ٱلۡخَوَالِفِ وَ طُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَهُمۡ لَا يَفۡقَهُونَ﴿٨٧﴾
Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar va qalblariga muhr bosildi. Bas, ular anglamaslar.
لَٰكِنِ ٱلرَّسُولُ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ جَٰهَدُواْ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ ۚ وَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلۡخَيۡرَٰتُ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٨٨﴾
Lekin Paygʻambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana oʻshalarga, oʻzlariga yaxshiliklar boʻladir. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir.
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٨٩﴾
Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻyadir. Unda abadiy qolurlar. Ana shu buyuk yutuqdir.
وَ جَآءَ ٱلۡمُعَذِّرُونَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ لِيُؤۡذَنَ لَهُمۡ وَ قَعَدَ ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ ۚ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٩٠﴾
Aʼrobiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini soʻrab keldilar. Allohga va Rasuliga yolgʻon gapirganlar esa, oʻtirib qoldilar. Ulardan kofir boʻlganlarga alamli azob yetadir.
لَّيۡسَ عَلَى ٱلضُّعَفَآءِ وَ لَا عَلَى ٱلۡمَرۡضَىٰ وَ لَا عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُواْ لِلَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۚ مَا عَلَى ٱلۡمُحۡسِنِينَ مِن سَبِيلࣲ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٩١﴾
Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, nasihat qilsalar, gunoh yoʻq. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yoʻl yoʻq. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
وَ لَا عَلَى ٱلَّذِينَ إِذَا مَآ أَتَوۡكَ لِتَحۡمِلَهُمۡ قُلۡتَ لَآ أَجِدُ مَآ أَحۡمِلُكُمۡ عَلَيۡهِ تَوَلَّواْ وَّ أَعۡيُنُهُمۡ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمۡعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُواْ مَا يُنفِقُونَ﴿٩٢﴾
Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda gʻamgin boʻlib, koʻzlaridan yoshlari toʻkilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yoʻq.
إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَسۡتَـٔۡذِنُونَكَ وَ هُمۡ أَغۡنِيَآءُ ۚ رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ ٱلۡخَوَالِفِ وَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٩٣﴾
Boy-badavlat boʻla turib sendan izn soʻraydiganlarni ayblashga yoʻl bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.
يَعۡتَذِرُونَ إِلَيۡكُمۡ إِذَا رَجَعۡتُمۡ إِلَيۡهِمۡ ۚ قُل لَّا تَعۡتَذِرُواْ لَن نُّؤۡمِنَ لَكُمۡ قَدۡ نَبَّأَنَا ٱللَّهُ مِنۡ أَخۡبَارِكُمۡ ۚ وَ سَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمۡ وَ رَسُولُهُۥ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٩٤﴾
Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni koʻradir, soʻngra, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt.
سَيَحۡلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمۡ إِذَا ٱنقَلَبۡتُمۡ إِلَيۡهِمۡ لِتُعۡرِضُواْ عَنۡهُمۡ ۖ فَأَعۡرِضُواْ عَنۡهُمۡ ۖ إِنَّهُمۡ رِجۡسࣱ ۖ وَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٩٥﴾
Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz oʻgiringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir.
يَحۡلِفُونَ لَكُمۡ لِتَرۡضَوۡاْ عَنۡهُمۡ ۖ فَإِن تَرۡضَوۡاْ عَنۡهُمۡ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَرۡضَىٰ عَنِ ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٩٦﴾
Ular sizlar ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi boʻlmas.
ٱلۡأَعۡرَابُ أَشَدُّ كُفۡرࣰا وَ نِفَاقࣰا وَ أَجۡدَرُ أَلَّا يَعۡلَمُواْ حُدُودَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٩٧﴾
Aʼrobiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh Oʻz Paygʻambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
وَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ مَن يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ مَغۡرَمࣰا وَ يَتَرَبَّصُ بِكُمُ ٱلدَّوَآئِرَ ۚ عَلَيۡهِمۡ دَآئِرَةُ ٱلسَّوۡءِ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿٩٨﴾
Aʼrobiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari oʻzlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
وَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ مَن يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَ يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَٰتٍ عِندَ ٱللَّهِ وَ صَلَوَٰتِ ٱلرَّسُولِ ۚ أَلَآ إِنَّهَا قُرۡبَةࣱ لَّهُمۡ ۚ سَيُدۡخِلُهُمُ ٱللَّهُ فِي رَحۡمَتِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٩٩﴾
Aʼrobiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, oʻsha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni Oʻz rahmatiga kiritadir. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
وَ ٱلسَّٰبِقُونَ ٱلۡأَوَّلُونَ مِنَ ٱلۡمُهَٰجِرِينَ وَ ٱلۡأَنصَارِ وَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحۡسَٰنࣲ رَّضِيَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ وَ رَضُواْ عَنۡهُ وَ أَعَدَّ لَهُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي تَحۡتَهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿١٠٠﴾
Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
وَ مِمَّنۡ حَوۡلَكُم مِّنَ ٱلۡأَعۡرَابِ مُنَٰفِقُونَ ۖ وَ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡمَدِينَةِ مَرَدُواْ عَلَى ٱلنِّفَاقِ لَا تَعۡلَمُهُمۡ ۖ نَحۡنُ نَعۡلَمُهُمۡ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيۡنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمࣲ﴿١٠١﴾
Atrofingizdagi aʼrobiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz. Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz. Soʻngra, ulkan azobga qaytarilurlar.
وَ ءَاخَرُونَ ٱعۡتَرَفُواْ بِذُنُوبِهِمۡ خَلَطُواْ عَمَلࣰا صَٰلِحࣰا وَ ءَاخَرَ سَيِّئًا عَسَى ٱللَّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيۡهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١٠٢﴾
Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir.
خُذۡ مِنۡ أَمۡوَٰلِهِمۡ صَدَقَةࣰ تُطَهِّرُهُمۡ وَ تُزَكِّيهِم بِهَا وَ صَلِّ عَلَيۡهِمۡ ۖ إِنَّ صَلَوٰتَكَ سَكَنࣱ لَّهُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ﴿١٠٣﴾
Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
أَلَمۡ يَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ يَقۡبَلُ ٱلتَّوۡبَةَ عَنۡ عِبَادِهِۦ وَ يَأۡخُذُ ٱلصَّدَقَٰتِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٠٤﴾
Ular, albatta, Alloh Oʻz bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning Oʻzi tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va rahimli Zot ekanini bilmaslarmi?
وَ قُلِ ٱعۡمَلُواْ فَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمۡ وَ رَسُولُهُۥ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ۖ وَ سَتُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٠٥﴾
Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va moʻminlar amalingizni koʻradilar. Va, albatta, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt.
وَ ءَاخَرُونَ مُرۡجَوۡنَ لِأَمۡرِ ٱللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمۡ وَ إِمَّا يَتُوبُ عَلَيۡهِمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿١٠٦﴾
Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
وَ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مَسۡجِدࣰا ضِرَارࣰا وَ كُفۡرࣰا وَ تَفۡرِيقَۢا بَيۡنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ إِرۡصَادࣰا لِّمَنۡ حَارَبَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ مِن قَبۡلُ ۚ وَ لَيَحۡلِفُنَّ إِنۡ أَرَدۡنَآ إِلَّا ٱلۡحُسۡنَىٰ ۖ وَ ٱللَّهُ يَشۡهَدُ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿١٠٧﴾
Ziyon, kufr, moʻminlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi boʻlishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yoʻq, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolgʻonchilardir.
لَا تَقُمۡ فِيهِ أَبَدࣰا ۚ لَّمَسۡجِدٌ أُسِّسَ عَلَى ٱلتَّقۡوَىٰ مِنۡ أَوَّلِ يَوۡمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ ۚ فِيهِ رِجَالࣱ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُواْ ۚ وَ ٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُطَّهِّرِينَ﴿١٠٨﴾
Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir.
أَفَمَنۡ أَسَّسَ بُنۡيَٰنَهُۥ عَلَىٰ تَقۡوَىٰ مِنَ ٱللَّهِ وَ رِضۡوَٰنٍ خَيۡرٌ أَم مَّنۡ أَسَّسَ بُنۡيَٰنَهُۥ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارࣲ فَٱنۡهَارَ بِهِۦ فِي نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٠٩﴾
Binosini Allohga boʻlgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam oʻtiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.
لَا يَزَالُ بُنۡيَٰنُهُمُ ٱلَّذِي بَنَوۡاْ رِيبَةࣰ فِي قُلُوبِهِمۡ إِلَّآ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمۡ ۗ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴿١١٠﴾
Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
إِنَّ ٱللَّهَ ٱشۡتَرَىٰ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ أَنفُسَهُمۡ وَ أَمۡوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلۡجَنَّةَ ۚ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقۡتُلُونَ وَ يُقۡتَلُونَ ۖ وَعۡدًا عَلَيۡهِ حَقࣰّا فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَ ٱلۡإِنجِيلِ وَ ٱلۡقُرۡءَانِ ۚ وَ مَنۡ أَوۡفَىٰ بِعَهۡدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِ ۚ فَٱسۡتَبۡشِرُواْ بِبَيۡعِكُمُ ٱلَّذِي بَايَعۡتُم بِهِۦ ۚ وَ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿١١١﴾
Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yoʻlida jang qilurlar, oʻldirurlar va oʻldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qurʼonda Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod boʻlavering. Ana shuning oʻzi ulkan yutuqdir.
ٱلتَّٰٓئِبُونَ ٱلۡعَٰبِدُونَ ٱلۡحَٰمِدُونَ ٱلسَّٰٓئِحُونَ ٱلرَّٰكِعُونَ ٱلسَّٰجِدُونَ ٱلۡأٓمِرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَ ٱلنَّاهُونَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَ ٱلۡحَٰفِظُونَ لِحُدُودِ ٱللَّهِ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١١٢﴾
Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, rukuʼ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va moʻminlarga xushxabar ber!
مَا كَانَ لِلنَّبِيِّ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن يَسۡتَغۡفِرُواْ لِلۡمُشۡرِكِينَ وَ لَوۡ كَانُوٓاْ أُوْلِي قُرۡبَىٰ مِنۢ بَعۡدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمۡ أَنَّهُمۡ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَحِيمِ﴿١١٣﴾
Paygʻambar va moʻminlar uchun doʻzax egalari ekanligi ayon boʻlgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari boʻlsa ham, istigʻfor aytishlari durust emasdir.
وَ مَا كَانَ ٱسۡتِغۡفَارُ إِبۡرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَن مَّوۡعِدَةࣲ وَعَدَهَآ إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥٓ أَنَّهُۥ عَدُوࣱّ لِّلَّهِ تَبَرَّأَ مِنۡهُ ۚ إِنَّ إِبۡرَٰهِيمَ لَأَوَّٰهٌ حَلِيمࣱ﴿١١٤﴾
Ibrohimning otasi uchun aytgan istigʻfori unga bergan vaʼdasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon boʻlganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarruʼli va haliymdir.
وَ مَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِلَّ قَوۡمَۢا بَعۡدَ إِذۡ هَدَىٰهُمۡ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٌ﴿١١٥﴾
Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan soʻng, ularga saqlanishlari lozim boʻlgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.
إِنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۚ وَ مَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرࣲ﴿١١٦﴾
Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U tiriltirar va oʻldirar. Sizlarga Allohdan boshqa doʻst ham yoʻq, yordamchi ham yoʻq.
لَّقَد تَّابَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلنَّبِيِّ وَ ٱلۡمُهَٰجِرِينَ وَ ٱلۡأَنصَارِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ فِي سَاعَةِ ٱلۡعُسۡرَةِ مِنۢ بَعۡدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقࣲ مِّنۡهُمۡ ثُمَّ تَابَ عَلَيۡهِمۡ ۚ إِنَّهُۥ بِهِمۡ رَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿١١٧﴾
Batahqiq, Alloh Paygʻambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan baʼzilarining qalblari toyib ketay degandan soʻng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir.
وَ عَلَى ٱلثَّلَٰثَةِ ٱلَّذِينَ خُلِّفُواْ حَتَّىٰٓ إِذَا ضَاقَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلۡأَرۡضُ بِمَا رَحُبَتۡ وَ ضَاقَتۡ عَلَيۡهِمۡ أَنفُسُهُمۡ وَ ظَنُّوٓاْ أَن لَّا مَلۡجَأَ مِنَ ٱللَّهِ إِلَّآ إِلَيۡهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيۡهِمۡ لِيَتُوبُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ﴿١١٨﴾
Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor boʻlib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, oʻzgaga borib boʻlmasligiga ishonganlaridan soʻng, tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ كُونُواْ مَعَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿١١٩﴾
Ey, iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga boʻlinglar.
مَا كَانَ لِأَهۡلِ ٱلۡمَدِينَةِ وَ مَنۡ حَوۡلَهُم مِّنَ ٱلۡأَعۡرَابِ أَن يَتَخَلَّفُواْ عَن رَّسُولِ ٱللَّهِ وَ لَا يَرۡغَبُواْ بِأَنفُسِهِمۡ عَن نَّفۡسِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ لَا يُصِيبُهُمۡ ظَمَأࣱ وَ لَا نَصَبࣱ وَ لَا مَخۡمَصَةࣱ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ لَا يَطَـُٔونَ مَوۡطِئࣰا يَغِيظُ ٱلۡكُفَّارَ وَ لَا يَنَالُونَ مِنۡ عَدُوࣲّ نَّيۡلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلࣱ صَٰلِحٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٢٠﴾
Madina ahliga va ularning atrofidagi aʼrobiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va oʻz jonlarini koʻzlab, uning joniga eʼtibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yoʻlida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning gʻazabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.
وَ لَا يُنفِقُونَ نَفَقَةࣰ صَغِيرَةࣰ وَ لَا كَبِيرَةࣰ وَ لَا يَقۡطَعُونَ وَادِيًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمۡ لِيَجۡزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحۡسَنَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٢١﴾
Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib oʻtsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yozilar. Alloh ularga qilgan eng goʻzal amallarining mukofotini berar.
وَ مَا كَانَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ لِيَنفِرُواْ كَآفَّةࣰ ۚ فَلَوۡلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرۡقَةࣲ مِّنۡهُمۡ طَآئِفَةࣱ لِّيَتَفَقَّهُواْ فِي ٱلدِّينِ وَ لِيُنذِرُواْ قَوۡمَهُمۡ إِذَا رَجَعُوٓاْ إِلَيۡهِمۡ لَعَلَّهُمۡ يَحۡذَرُونَ﴿١٢٢﴾
Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir boʻlsalar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَٰتِلُواْ ٱلَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ ٱلۡكُفَّارِ وَ لۡيَجِدُواْ فِيكُمۡ غِلۡظَةࣰ ۚ وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿١٢٣﴾
Ey, iymon keltirganlar, sizga yaqin boʻlgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni koʻrsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.
وَ إِذَا مَآ أُنزِلَتۡ سُورَةࣱ فَمِنۡهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمۡ زَادَتۡهُ هَٰذِهِۦٓ إِيمَٰنࣰا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَزَادَتۡهُمۡ إِيمَٰنࣰا وَ هُمۡ يَسۡتَبۡشِرُونَ﴿١٢٤﴾
Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram boʻldilar.
وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ فَزَادَتۡهُمۡ رِجۡسًا إِلَىٰ رِجۡسِهِمۡ وَ مَاتُواْ وَ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿١٢٥﴾
Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida oʻlurlar.
أَوَلَا يَرَوۡنَ أَنَّهُمۡ يُفۡتَنُونَ فِي كُلِّ عَامࣲ مَّرَّةً أَوۡ مَرَّتَيۡنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَ لَا هُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴿١٢٦﴾
Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar.
وَ إِذَا مَآ أُنزِلَتۡ سُورَةࣱ نَّظَرَ بَعۡضُهُمۡ إِلَىٰ بَعۡضٍ هَلۡ يَرَىٰكُم مِّنۡ أَحَدࣲ ثُمَّ ٱنصَرَفُواْ ۚ صَرَفَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَفۡقَهُونَ﴿١٢٧﴾
Ular, biron sura nozil boʻlgan vaqtda, sizni birov koʻrmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, soʻngra, burilib ketarlar. Ular fahmlamaydigan qavm boʻlganlari uchun, Alloh qalblarini burib qoʻydi.
لَقَدۡ جَآءَكُمۡ رَسُولࣱ مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ عَزِيزٌ عَلَيۡهِ مَا عَنِتُّمۡ حَرِيصٌ عَلَيۡكُم بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ رَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٢٨﴾
Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi.
فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقُلۡ حَسۡبِيَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ ۖ وَ هُوَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡعَظِيمِ﴿١٢٩﴾
Bas, yuz oʻgirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Oʻzi yetarli. Undan oʻzga ibodatga sazovor Zot yoʻq, Unga tavakkal qildim, U ulugʻ arshning Robbisidir», – degin.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Tavba. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tavba.
Mazmuni: Sura tavba, samimiyat va munofiqlik o‘rtasidagi farqni keskin ochib beradi. Mushriklar bilan ahdlar, Tabuk voqeasi, sadaqa, jihod, uzr va mas’uliyat masalalari orqali musulmon jamiyatida rostgo‘ylik va fidoyilik talab qilinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.