Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Yunus surasi

سورة يونس

Yunus surasi

Yunus · Юнус сураси

10-sura109 oyatMakkiy11-pora

Yunus surasi — Qurʼoni Karimning 10-surasi. U 109 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 10:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓر ۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡحَكِيمِ﴿١﴾

    Alif. Laam. Ro. Bular, hikmatli kitobning oyatlaridir.

  2. 10:2Mushafda oʻqish ↗

    أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنۡ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ رَجُلࣲ مِّنۡهُمۡ أَنۡ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ وَ بَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنَّ لَهُمۡ قَدَمَ صِدۡقٍ عِندَ رَبِّهِمۡ ۗ قَالَ ٱلۡكَٰفِرُونَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرࣱ مُّبِينٌ﴿٢﴾

    Odamlarga oʻzlaridan boʻlgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli boʻldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.

  3. 10:3Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ يُدَبِّرُ ٱلۡأَمۡرَ ۖ مَا مِن شَفِيعٍ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ إِذۡنِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿٣﴾

    Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, soʻng, (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi boʻlmas. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?!

  4. 10:4Mushafda oʻqish ↗

    إِلَيۡهِ مَرۡجِعُكُمۡ جَمِيعࣰا ۖ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُۥ يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ لِيَجۡزِيَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ بِٱلۡقِسۡطِ ۚ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمۡ شَرَابࣱ مِّنۡ حَمِيمࣲ وَ عَذَابٌ أَلِيمُۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡفُرُونَ﴿٤﴾

    Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) Oʻzi yaratadir. Soʻngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir boʻlganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.

  5. 10:5Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ ٱلشَّمۡسَ ضِيَآءࣰ وَ ٱلۡقَمَرَ نُورࣰا وَ قَدَّرَهُۥ مَنَازِلَ لِتَعۡلَمُواْ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَ ٱلۡحِسَابَ ۚ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ ۚ يُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَعۡلَمُونَ﴿٥﴾

    U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini oʻlchovli qilgan Zotdir. Alloh oʻshani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir.

  6. 10:6Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِي ٱخۡتِلَٰفِ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ وَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَتَّقُونَ﴿٦﴾

    Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.

  7. 10:7Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يَرۡجُونَ لِقَآءَنَا وَ رَضُواْ بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ ٱطۡمَأَنُّواْ بِهَا وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ عَنۡ ءَايَٰتِنَا غَٰفِلُونَ﴿٧﴾

    Albatta, Biz ila muloqot boʻlishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi boʻlib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan gʻofil boʻlganlar.

  8. 10:8Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ مَأۡوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٨﴾

    Ana oʻshalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.

  9. 10:9Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ يَهۡدِيهِمۡ رَبُّهُم بِإِيمَٰنِهِمۡ ۖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهِمُ ٱلۡأَنۡهَٰرُ فِي جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿٩﴾

    Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari, iymonlari sababli, hidoyatga boshlaydir. Naʼiym jannatlaridalar, ostlaridan anhorlar oqib turadir.

  10. 10:10Mushafda oʻqish ↗

    دَعۡوَىٰهُمۡ فِيهَا سُبۡحَٰنَكَ ٱللَّهُمَّ وَ تَحِيَّتُهُمۡ فِيهَا سَلَٰمࣱ ۚ وَ ءَاخِرُ دَعۡوَىٰهُمۡ أَنِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠﴾

    U yerdagi duolari: «Allohim, Seni poklab yod etamiz»dir. U yerdagi soʻrashishlari «Salom»dir. Oxirgi duolari esa: «Olamlarning Robbi Allohga hamd boʻlsin»dir.

  11. 10:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ يُعَجِّلُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ ٱلشَّرَّ ٱسۡتِعۡجَالَهُم بِٱلۡخَيۡرِ لَقُضِيَ إِلَيۡهِمۡ أَجَلُهُمۡ ۖ فَنَذَرُ ٱلَّذِينَ لَا يَرۡجُونَ لِقَآءَنَا فِي طُغۡيَٰنِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿١١﴾

    Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan boʻlur edi. Bas, Biz ila muloqotda boʻlishdan umidi yoʻqlarni tugʻyonlarida tashlab qoʻyamiz, adashib-uloqib yuraveradilar.

  12. 10:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا مَسَّ ٱلۡإِنسَٰنَ ٱلضُّرُّ دَعَانَا لِجَنۢبِهِۦٓ أَوۡ قَاعِدًا أَوۡ قَآئِمࣰا فَلَمَّا كَشَفۡنَا عَنۡهُ ضُرَّهُۥ مَرَّ كَأَن لَّمۡ يَدۡعُنَآ إِلَىٰ ضُرࣲّ مَّسَّهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلۡمُسۡرِفِينَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٢﴾

    Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, oʻtirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi oʻziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib koʻrsatildi.

  13. 10:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَهۡلَكۡنَا ٱلۡقُرُونَ مِن قَبۡلِكُمۡ لَمَّا ظَلَمُواْ وَ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ مَا كَانُواْ لِيُؤۡمِنُواْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿١٣﴾

    Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chogʻlarida va Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan boʻlganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.

  14. 10:14Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ جَعَلۡنَٰكُمۡ خَلَٰٓئِفَ فِي ٱلۡأَرۡضِ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ لِنَنظُرَ كَيۡفَ تَعۡمَلُونَ﴿١٤﴾

    Soʻngra, qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida oʻrinbosarlar qildik.

  15. 10:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَاتُنَا بَيِّنَٰتࣲ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرۡجُونَ لِقَآءَنَا ٱئۡتِ بِقُرۡءَانٍ غَيۡرِ هَٰذَآ أَوۡ بَدِّلۡهُ ۚ قُلۡ مَا يَكُونُ لِيٓ أَنۡ أُبَدِّلَهُۥ مِن تِلۡقَآيِٕ نَفۡسِيٓ ۖ إِنۡ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَيَّ ۖ إِنِّيٓ أَخَافُ إِنۡ عَصَيۡتُ رَبِّي عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿١٥﴾

    Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot boʻlishdan umidi yoʻqlar: «Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men oʻzimcha uni almashtira olmasman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt.

  16. 10:16Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَا تَلَوۡتُهُۥ عَلَيۡكُمۡ وَ لَآ أَدۡرَىٰكُم بِهِۦ ۖ فَقَدۡ لَبِثۡتُ فِيكُمۡ عُمُرࣰا مِّن قَبۡلِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿١٦﴾

    Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga oʻrgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib koʻrmaysizlarmi?» deb ayt.

  17. 10:17Mushafda oʻqish ↗

    فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿١٧﴾

    Allohga yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.

  18. 10:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمۡ وَ لَا يَنفَعُهُمۡ وَ يَقُولُونَ هَٰٓؤُلَآءِ شُفَعَٰٓؤُنَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ قُلۡ أَتُنَبِّـُٔونَ ٱللَّهَ بِمَا لَا يَعۡلَمُ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ لَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿١٨﴾

    Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar va: «Ana oʻshalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir.

  19. 10:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ ٱلنَّاسُ إِلَّآ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ فَٱخۡتَلَفُواْ ۚ وَ لَوۡلَا كَلِمَةࣱ سَبَقَتۡ مِن رَّبِّكَ لَقُضِيَ بَيۡنَهُمۡ فِيمَا فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿١٩﴾

    Odamlar faqat bir ummat boʻlgan edilar. Soʻngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan soʻz boʻlmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan boʻlar edi.

  20. 10:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ ءَايَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ فَقُلۡ إِنَّمَا ٱلۡغَيۡبُ لِلَّهِ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ ٱلۡمُنتَظِرِينَ﴿٢٠﴾

    Va ular: «Unga Robbidan bir belgi — moʻʼjiza tushsa edi», derlar. Bas, Sen: «Fayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt.

  21. 10:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَآ أَذَقۡنَا ٱلنَّاسَ رَحۡمَةࣰ مِّنۢ بَعۡدِ ضَرَّآءَ مَسَّتۡهُمۡ إِذَا لَهُم مَّكۡرࣱ فِيٓ ءَايَاتِنَا ۚ قُلِ ٱللَّهُ أَسۡرَعُ مَكۡرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكۡتُبُونَ مَا تَمۡكُرُونَ﴿٢١﴾

    Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin.

  22. 10:22Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُسَيِّرُكُمۡ فِي ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا كُنتُمۡ فِي ٱلۡفُلۡكِ وَ جَرَيۡنَ بِهِم بِرِيحࣲ طَيِّبَةࣲ وَ فَرِحُواْ بِهَا جَآءَتۡهَا رِيحٌ عَاصِفࣱ وَ جَآءَهُمُ ٱلۡمَوۡجُ مِن كُلِّ مَكَانࣲ وَ ظَنُّوٓاْ أَنَّهُمۡ أُحِيطَ بِهِمۡ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ لَئِنۡ أَنجَيۡتَنَا مِنۡ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿٢٢﴾

    U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada boʻlganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand boʻlganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan toʻlqin kelur. Oʻzlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlurmiz», deb duo qilurlar.

  23. 10:23Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَنجَىٰهُمۡ إِذَا هُمۡ يَبۡغُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ ۗ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَا بَغۡيُكُمۡ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُم ۖ مَّتَٰعَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ ثُمَّ إِلَيۡنَا مَرۡجِعُكُمۡ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٢٣﴾

    Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, koʻribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat oʻz ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. Soʻngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.

  24. 10:24Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا مَثَلُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا كَمَآءٍ أَنزَلۡنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخۡتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلۡأَرۡضِ مِمَّا يَأۡكُلُ ٱلنَّاسُ وَ ٱلۡأَنۡعَٰمُ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذَتِ ٱلۡأَرۡضُ زُخۡرُفَهَا وَ ٱزَّيَّنَتۡ وَ ظَنَّ أَهۡلُهَآ أَنَّهُمۡ قَٰدِرُونَ عَلَيۡهَآ أَتَىٰهَآ أَمۡرُنَا لَيۡلًا أَوۡ نَهَارࣰا فَجَعَلۡنَٰهَا حَصِيدࣰا كَأَن لَّمۡ تَغۡنَ بِٱلۡأَمۡسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿٢٤﴾

    Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb oʻylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qoʻyamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.

  25. 10:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ يَدۡعُوٓاْ إِلَىٰ دَارِ ٱلسَّلَٰمِ وَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٢٥﴾

    Alloh tinchlik diyoriga daʼvat qilur va Oʻzi xohlaganlarni sirotul mustaqiymga hidoyat qilur.

  26. 10:26Mushafda oʻqish ↗

    لِّلَّذِينَ أَحۡسَنُواْ ٱلۡحُسۡنَىٰ وَ زِيَادَةࣱ ۖ وَ لَا يَرۡهَقُ وُجُوهَهُمۡ قَتَرࣱ وَ لَا ذِلَّةٌ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٦﴾

    Goʻzal amal qilganlar uchun goʻzal savob va ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qarolik ham, xorlik ham qoplamas. Ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  27. 10:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَسَبُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ جَزَآءُ سَيِّئَةِۭ بِمِثۡلِهَا وَ تَرۡهَقُهُمۡ ذِلَّةࣱ ۖ مَّا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنۡ عَاصِمࣲ ۖ كَأَنَّمَآ أُغۡشِيَتۡ وُجُوهُهُمۡ قِطَعࣰا مِّنَ ٱلَّيۡلِ مُظۡلِمًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٧﴾

    Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham boʻlmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi boʻlur. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  28. 10:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ نَحۡشُرُهُمۡ جَمِيعࣰا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ مَكَانَكُمۡ أَنتُمۡ وَ شُرَكَآؤُكُمۡ ۚ فَزَيَّلۡنَا بَيۡنَهُمۡ ۖ وَ قَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمۡ إِيَّانَا تَعۡبُدُونَ﴿٢٨﴾

    U kunda barchalarini toʻplarmiz. Soʻngra, shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz. Bas, oralarini ajratarmiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.

  29. 10:29Mushafda oʻqish ↗

    فَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدَۢا بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَكُمۡ إِن كُنَّا عَنۡ عِبَادَتِكُمۡ لَغَٰفِلِينَ﴿٢٩﴾

    Biz bilan sizning orangizda shohidlikka Alloh kifoyadir. Biz, albatta, sizning ibodatingizdan gʻofil edik», derlar.

  30. 10:30Mushafda oʻqish ↗

    هُنَالِكَ تَبۡلُواْ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّآ أَسۡلَفَتۡ ۚ وَ رُدُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ مَوۡلَىٰهُمُ ٱلۡحَقِّ ۖ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٣٠﴾

    Oʻsha yerda har bir jon oʻzi qilib oʻtgan ishdan soʻralur — xabardor boʻlur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda oʻzlaricha toʻqib chiqargan narsalari ulardan gʻoyib boʻladir.

  31. 10:31Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَن يَرۡزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ أَمَّن يَمۡلِكُ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرَ وَ مَن يُخۡرِجُ ٱلۡحَيَّ مِنَ ٱلۡمَيِّتِ وَ يُخۡرِجُ ٱلۡمَيِّتَ مِنَ ٱلۡحَيِّ وَ مَن يُدَبِّرُ ٱلۡأَمۡرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ ٱللَّهُ ۚ فَقُلۡ أَفَلَا تَتَّقُونَ﴿٣١﴾

    Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va koʻzlaringizning egasi kim, tirikni oʻlikdan, oʻlikni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt.

  32. 10:32Mushafda oʻqish ↗

    فَذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمُ ٱلۡحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعۡدَ ٱلۡحَقِّ إِلَّا ٱلضَّلَٰلُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصۡرَفُونَ﴿٣٢﴾

    Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan soʻng nima boʻladi? Magar zalolat boʻladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?

  33. 10:33Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ حَقَّتۡ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ فَسَقُوٓاْ أَنَّهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٣٣﴾

    Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning soʻzi haq boʻldi. Ular iymon keltirmaslar.

  34. 10:34Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هَلۡ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَبۡدَؤُاْ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤۡفَكُونَ﴿٣٤﴾

    Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.

  35. 10:35Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هَلۡ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهۡدِيٓ إِلَى ٱلۡحَقِّ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَهۡدِي لِلۡحَقِّ ۗ أَفَمَن يَهۡدِيٓ إِلَى ٱلۡحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لَّا يَهِدِّيٓ إِلَّآ أَن يُهۡدَىٰ ۖ فَمَا لَكُمۡ كَيۡفَ تَحۡكُمُونَ﴿٣٥﴾

    Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki oʻzi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.

  36. 10:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَتَّبِعُ أَكۡثَرُهُمۡ إِلَّا ظَنًّا ۚ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغۡنِي مِنَ ٱلۡحَقِّ شَيۡـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِمَا يَفۡعَلُونَ﴿٣٦﴾

    Ularning koʻplari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq oʻrnida hech narsa boʻla olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.

  37. 10:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانُ أَن يُفۡتَرَىٰ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ لَٰكِن تَصۡدِيقَ ٱلَّذِي بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَ تَفۡصِيلَ ٱلۡكِتَٰبِ لَا رَيۡبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٣٧﴾

    Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa tomonidan toʻqib chiqarilgan emas. Va lekin u oʻzidan oldingining tasdigʻi va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yoʻq. U olamlarning Robbisidandir.

  38. 10:38Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰهُ ۖ قُلۡ فَأۡتُواْ بِسُورَةࣲ مِّثۡلِهِۦ وَ ٱدۡعُواْ مَنِ ٱسۡتَطَعۡتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٣٨﴾

    Yoki oʻzi toʻqib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, unga oʻxshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.

  39. 10:39Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ كَذَّبُواْ بِمَا لَمۡ يُحِيطُواْ بِعِلۡمِهِۦ وَ لَمَّا يَأۡتِهِمۡ تَأۡوِيلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٣٩﴾

    Balki, ular oʻzlari ilmini bilmagan narsani, ularga uning taʼviyli yetmay turib, yolgʻonga chiqardilar. Ulardan oldingilar ham shunday yolgʻonga chiqargan edilar. Zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.

  40. 10:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡهُم مَّن يُؤۡمِنُ بِهِۦ وَ مِنۡهُم مَّن لَّا يُؤۡمِنُ بِهِۦ ۚ وَ رَبُّكَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٤٠﴾

    Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzgʻunchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.

  41. 10:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّي عَمَلِي وَ لَكُمۡ عَمَلُكُمۡ ۖ أَنتُم بَرِيٓـُٔونَ مِمَّآ أَعۡمَلُ وَ أَنَا۠ بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تَعۡمَلُونَ﴿٤١﴾

    Agar ular seni yolgʻonchi qilsalar, sen: «Menga oʻz ishim, sizlarga oʻz ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt.

  42. 10:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡهُم مَّن يَسۡتَمِعُونَ إِلَيۡكَ ۚ أَفَأَنتَ تُسۡمِعُ ٱلصُّمَّ وَ لَوۡ كَانُواْ لَا يَعۡقِلُونَ﴿٤٢﴾

    Va ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Agar aql ishlatmasalar, karquloqlarga sen eshittira olurmisan?!

  43. 10:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيۡكَ ۚ أَفَأَنتَ تَهۡدِي ٱلۡعُمۡيَ وَ لَوۡ كَانُواْ لَا يُبۡصِرُونَ﴿٤٣﴾

    Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar oʻzlari (qalb koʻzlari ila) koʻrmasalar, koʻrlarni sen hidoyat qila olurmisan?!

  44. 10:44Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظۡلِمُ ٱلنَّاسَ شَيۡـࣰٔا وَ لَٰكِنَّ ٱلنَّاسَ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٤٤﴾

    Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar oʻzlariga zulm qilurlar.

  45. 10:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يَحۡشُرُهُمۡ كَأَن لَّمۡ يَلۡبَثُوٓاْ إِلَّا سَاعَةࣰ مِّنَ ٱلنَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيۡنَهُمۡ ۚ قَدۡ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ وَ مَا كَانُواْ مُهۡتَدِينَ﴿٤٥﴾

    Ularni toʻplaydigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga oʻxshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolgʻonga chiqarganlar va hidoyat topganlardan boʻlmaganlar ziyon qilurlar.

  46. 10:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعۡضَ ٱلَّذِي نَعِدُهُمۡ أَوۡ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيۡنَا مَرۡجِعُهُمۡ ثُمَّ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا يَفۡعَلُونَ﴿٤٦﴾

    Yoki senga ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini koʻrsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. Soʻngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.

  47. 10:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِكُلِّ أُمَّةࣲ رَّسُولࣱ ۖ فَإِذَا جَآءَ رَسُولُهُمۡ قُضِيَ بَيۡنَهُم بِٱلۡقِسۡطِ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٤٧﴾

    Har ummatning oʻz Paygʻambari bordir. Qachonki ularga Paygʻambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

  48. 10:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلۡوَعۡدُ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٤٨﴾

    Ular: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» derlar.

  49. 10:49Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّآ أَمۡلِكُ لِنَفۡسِي ضَرࣰّا وَ لَا نَفۡعًا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَآءَ أَجَلُهُمۡ فَلَا يَسۡتَـٔۡخِرُونَ سَاعَةࣰ وَ لَا يَسۡتَقۡدِمُونَ﴿٤٩﴾

    Sen: «Men oʻzim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu boʻladi). Har ummatning oʻz ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt.

  50. 10:50Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِنۡ أَتَىٰكُمۡ عَذَابُهُۥ بَيَٰتًا أَوۡ نَهَارࣰا مَّاذَا يَسۡتَعۡجِلُ مِنۡهُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٥٠﴾

    Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.

  51. 10:51Mushafda oʻqish ↗

    أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ ءَامَنتُم بِهِۦٓ ۚ ءَآلۡـَٰٔنَ وَ قَدۡ كُنتُم بِهِۦ تَسۡتَعۡجِلُونَ﴿٥١﴾

    U voqe boʻlganidan soʻng unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?!

  52. 10:52Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ قِيلَ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلۡخُلۡدِ هَلۡ تُجۡزَوۡنَ إِلَّا بِمَا كُنتُمۡ تَكۡسِبُونَ﴿٥٢﴾

    Soʻngra, zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur.

  53. 10:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَسۡتَنۢبِـُٔونَكَ أَحَقٌّ هُوَ ۖ قُلۡ إِي وَ رَبِّيٓ إِنَّهُۥ لَحَقࣱّ ۖ وَ مَآ أَنتُم بِمُعۡجِزِينَ﴿٥٣﴾

    Ular sendan: «U haqmi?» deb soʻrarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.

  54. 10:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّ لِكُلِّ نَفۡسࣲ ظَلَمَتۡ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ لَٱفۡتَدَتۡ بِهِۦ ۗ وَ أَسَرُّواْ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ۖ وَ قُضِيَ بَيۡنَهُم بِٱلۡقِسۡطِ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٥٤﴾

    Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni koʻrganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular oʻrtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

  55. 10:55Mushafda oʻqish ↗

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ أَلَآ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٥٥﴾

    Ogoh boʻling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh boʻling! Allohning vaʼdasi, albatta, haqdir. Lekin koʻplari bilmaslar.

  56. 10:56Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٥٦﴾

    U tiriltirur va oʻldirur va Ungagina qaytarilursiz.

  57. 10:57Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدۡ جَآءَتۡكُم مَّوۡعِظَةࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ وَ شِفَآءࣱ لِّمَا فِي ٱلصُّدُورِ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٥٧﴾

    Ey odamlar! Sizga oʻz Robbingizdan mavʼiza, koʻksingizdagi narsaga shifo, moʻminlarga hidoyat va rahmat keldi.

  58. 10:58Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ بِفَضۡلِ ٱللَّهِ وَ بِرَحۡمَتِهِۦ فَبِذَٰلِكَ فَلۡيَفۡرَحُواْ هُوَ خَيۡرࣱ مِّمَّا يَجۡمَعُونَ﴿٥٨﴾

    Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand boʻlsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt.

  59. 10:59Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَرَءَيۡتُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ لَكُم مِّن رِّزۡقࣲ فَجَعَلۡتُم مِّنۡهُ حَرَامࣰا وَ حَلَٰلࣰا قُلۡ ءَآللَّهُ أَذِنَ لَكُمۡ ۖ أَمۡ عَلَى ٱللَّهِ تَفۡتَرُونَ﴿٥٩﴾

    Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyapsizmi?» deb ayt.

  60. 10:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا ظَنُّ ٱلَّذِينَ يَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَشۡكُرُونَ﴿٦٠﴾

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin koʻplari shukr qilmaslar.

  61. 10:61Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَكُونُ فِي شَأۡنࣲ وَ مَا تَتۡلُواْ مِنۡهُ مِن قُرۡءَانࣲ وَ لَا تَعۡمَلُونَ مِنۡ عَمَلٍ إِلَّا كُنَّا عَلَيۡكُمۡ شُهُودًا إِذۡ تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ وَ مَا يَعۡزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثۡقَالِ ذَرَّةࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فِي ٱلسَّمَآءِ وَ لَآ أَصۡغَرَ مِن ذَٰلِكَ وَ لَآ أَكۡبَرَ إِلَّا فِي كِتَٰبࣲ مُّبِينٍ﴿٦١﴾

    Qaysi holda boʻlsang, Qurʼondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, Biz oʻshanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy boʻla olmas, balki, ochiq-oydin kitobdadir.

  62. 10:62Mushafda oʻqish ↗

    أَلَآ إِنَّ أَوۡلِيَآءَ ٱللَّهِ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٦٢﴾

    Ogoh boʻlingkim, Allohning doʻstlariga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.

  63. 10:63Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ كَانُواْ يَتَّقُونَ﴿٦٣﴾

    Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir.

  64. 10:64Mushafda oʻqish ↗

    لَهُمُ ٱلۡبُشۡرَىٰ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ لَا تَبۡدِيلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٦٤﴾

    Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning soʻzlarini oʻzgartirish yoʻq. Ana oʻsha ulugʻ yutuqdir.

  65. 10:65Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَحۡزُنكَ قَوۡلُهُمۡ ۘ إِنَّ ٱلۡعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٦٥﴾

    Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  66. 10:66Mushafda oʻqish ↗

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ مَا يَتَّبِعُ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُرَكَآءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَخۡرُصُونَ﴿٦٦﴾

    Ogoh boʻlingkim, osmonlarda kim boʻlsa va yer yuzida kim boʻlsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan oʻzga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar? Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos.

  67. 10:67Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ لِتَسۡكُنُواْ فِيهِ وَ ٱلنَّهَارَ مُبۡصِرًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَسۡمَعُونَ﴿٦٧﴾

    U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va koʻrsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — alomatlar bordir.

  68. 10:68Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدࣰا ۗ سُبۡحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱلۡغَنِيُّ ۖ لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ إِنۡ عِندَكُم مِّن سُلۡطَٰنِۭ بِهَٰذَآ ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٦٨﴾

    Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yoʻq-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi?

  69. 10:69Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ لَا يُفۡلِحُونَ﴿٦٩﴾

    Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganlar najot topmaslar», deb ayt.

  70. 10:70Mushafda oʻqish ↗

    مَتَٰعࣱ فِي ٱلدُّنۡيَا ثُمَّ إِلَيۡنَا مَرۡجِعُهُمۡ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ ٱلۡعَذَابَ ٱلشَّدِيدَ بِمَا كَانُواْ يَكۡفُرُونَ﴿٧٠﴾

    Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. Soʻngra, Biz ularga, kufr keltirib oʻtganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.

  71. 10:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتۡلُ عَلَيۡهِمۡ نَبَأَ نُوحٍ إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِۦ يَٰقَوۡمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيۡكُم مَّقَامِي وَ تَذۡكِيرِي بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَعَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلۡتُ فَأَجۡمِعُوٓاْ أَمۡرَكُمۡ وَ شُرَكَآءَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُنۡ أَمۡرُكُمۡ عَلَيۡكُمۡ غُمَّةࣰ ثُمَّ ٱقۡضُوٓاْ إِلَيَّ وَ لَا تُنظِرُونِ﴿٧١﴾

    Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u oʻz qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻir kelayotgan boʻlsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oʻz ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz oʻzingiz uchun noaniq boʻlib qolmasin. Soʻngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.

  72. 10:72Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن تَوَلَّيۡتُمۡ فَمَا سَأَلۡتُكُم مِّنۡ أَجۡرٍ ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَ أُمِرۡتُ أَنۡ أَكُونَ مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿٧٢﴾

    Bas, agar yuz oʻgirsangiz, men sizlardan ajr soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman», dedi.

  73. 10:73Mushafda oʻqish ↗

    فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيۡنَٰهُ وَ مَن مَّعَهُۥ فِي ٱلۡفُلۡكِ وَ جَعَلۡنَٰهُمۡ خَلَٰٓئِفَ وَ أَغۡرَقۡنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُنذَرِينَ﴿٧٣﴾

    Soʻngra, uni yolgʻonchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga boʻlganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.

  74. 10:74Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَعَثۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِۦ رُسُلًا إِلَىٰ قَوۡمِهِمۡ فَجَآءُوهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُواْ لِيُؤۡمِنُواْ بِمَا كَذَّبُواْ بِهِۦ مِن قَبۡلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطۡبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلۡمُعۡتَدِينَ﴿٧٤﴾

    Soʻngra, undan keyin Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi boʻlmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz.

  75. 10:75Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَعَثۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِم مُّوسَىٰ وَ هَٰرُونَ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦ بِـَٔايَٰتِنَا فَٱسۡتَكۡبَرُواْ وَ كَانُواْ قَوۡمࣰا مُّجۡرِمِينَ﴿٧٥﴾

    Soʻngra, ulardan keyin Muso va Horunni Firʼavn va uning qavmiga Oʻz oyat — moʻʼjizalarimiz ila yubordik. Bas, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.

  76. 10:76Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلۡحَقُّ مِنۡ عِندِنَا قَالُوٓاْ إِنَّ هَٰذَا لَسِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿٧٦﴾

    Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

  77. 10:77Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مُوسَىٰٓ أَتَقُولُونَ لِلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَكُمۡ ۖ أَسِحۡرٌ هَٰذَا وَ لَا يُفۡلِحُ ٱلسَّٰحِرُونَ﴿٧٧﴾

    Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.

  78. 10:78Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَجِئۡتَنَا لِتَلۡفِتَنَا عَمَّا وَجَدۡنَا عَلَيۡهِ ءَابَآءَنَا وَ تَكُونَ لَكُمَا ٱلۡكِبۡرِيَآءُ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا نَحۡنُ لَكُمَا بِمُؤۡمِنِينَ﴿٧٨﴾

    Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik boʻlishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar.

  79. 10:79Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ فِرۡعَوۡنُ ٱئۡتُونِي بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمࣲ﴿٧٩﴾

    Firʼavn: «Menga barcha bilimdon sehrgarlarni keltiringlar», dedi.

  80. 10:80Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلۡقُواْ مَآ أَنتُم مُّلۡقُونَ﴿٨٠﴾

    Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi boʻlgan narsangizni tashlangiz», dedi.

  81. 10:81Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَلۡقَوۡاْ قَالَ مُوسَىٰ مَا جِئۡتُم بِهِ ٱلسِّحۡرُ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ سَيُبۡطِلُهُۥٓ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُصۡلِحُ عَمَلَ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٨١﴾

    Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamas.

  82. 10:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُحِقُّ ٱللَّهُ ٱلۡحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَ لَوۡ كَرِهَ ٱلۡمُجۡرِمُونَ﴿٨٢﴾

    Va Alloh Oʻz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni roʻyobga chiqarur», dedi.

  83. 10:83Mushafda oʻqish ↗

    فَمَآ ءَامَنَ لِمُوسَىٰٓ إِلَّا ذُرِّيَّةࣱ مِّن قَوۡمِهِۦ عَلَىٰ خَوۡفࣲ مِّن فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِمۡ أَن يَفۡتِنَهُمۡ ۚ وَ إِنَّ فِرۡعَوۡنَ لَعَالࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿٨٣﴾

    Musoga oʻz qavmidan baʼzi zurriyotlargina Firʼavn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qoʻrqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.

  84. 10:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ مُوسَىٰ يَٰقَوۡمِ إِن كُنتُمۡ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ فَعَلَيۡهِ تَوَكَّلُوٓاْ إِن كُنتُم مُّسۡلِمِينَ﴿٨٤﴾

    Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan boʻlsangiz, agar musulmon boʻlsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling», dedi.

  85. 10:85Mushafda oʻqish ↗

    فَقَالُواْ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلۡنَا رَبَّنَا لَا تَجۡعَلۡنَا فِتۡنَةࣰ لِّلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٨٥﴾

    Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qoʻyma.

  86. 10:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَجِّنَا بِرَحۡمَتِكَ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٨٦﴾

    Va Oʻz rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar.

  87. 10:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰ وَ أَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوۡمِكُمَا بِمِصۡرَ بُيُوتࣰا وَ ٱجۡعَلُواْ بُيُوتَكُمۡ قِبۡلَةࣰ وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ۗ وَ بَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٨٧﴾

    Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni toʻkis ado etinglar va moʻminlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.

  88. 10:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَآ إِنَّكَ ءَاتَيۡتَ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَأَهُۥ زِينَةࣰ وَ أَمۡوَٰلࣰا فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا ٱطۡمِسۡ عَلَىٰٓ أَمۡوَٰلِهِمۡ وَ ٱشۡدُدۡ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَلَا يُؤۡمِنُواْ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ﴿٨٨﴾

    Muso: «Ey Robbimiz, Sen Firʼavnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yoʻq qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.

  89. 10:89Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ قَدۡ أُجِيبَت دَّعۡوَتُكُمَا فَٱسۡتَقِيمَا وَ لَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٨٩﴾

    U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul boʻldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yoʻliga ergashmanglar», dedi.

  90. 10:90Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَٰوَزۡنَا بِبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱلۡبَحۡرَ فَأَتۡبَعَهُمۡ فِرۡعَوۡنُ وَ جُنُودُهُۥ بَغۡيࣰا وَ عَدۡوًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَدۡرَكَهُ ٱلۡغَرَقُ قَالَ ءَامَنتُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱلَّذِيٓ ءَامَنَتۡ بِهِۦ بَنُوٓاْ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿٩٠﴾

    Va Bani Isroilni dengizdan oʻtkazdik. Bas, Firʼavn va uning askarlari haddan oshgan va tugʻyon qilgan holda ularni taʼqib etdilar. Toki unga gʻarq boʻlish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan oʻzga Iloh yoʻqligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.

  91. 10:91Mushafda oʻqish ↗

    ءَآلۡـَٰٔنَ وَ قَدۡ عَصَيۡتَ قَبۡلُ وَ كُنتَ مِنَ ٱلۡمُفۡسِدِينَ﴿٩١﴾

    Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgʻunchilardan boʻlgan eding-ku?!

  92. 10:92Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡيَوۡمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنۡ خَلۡفَكَ ءَايَةࣰ ۚ وَ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلنَّاسِ عَنۡ ءَايَٰتِنَا لَغَٰفِلُونَ﴿٩٢﴾

    Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin. Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar.

  93. 10:93Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ بَوَّأۡنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ مُبَوَّأَ صِدۡقࣲ وَ رَزَقۡنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ فَمَا ٱخۡتَلَفُواْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلۡعِلۡمُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقۡضِي بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿٩٣﴾

    Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to oʻzlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida Oʻzi hukm chiqarur.

  94. 10:94Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن كُنتَ فِي شَكࣲّ مِّمَّآ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ فَسۡـَٔلِ ٱلَّذِينَ يَقۡرَءُونَ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلِكَ ۚ لَقَدۡ جَآءَكَ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُمۡتَرِينَ﴿٩٤﴾

    Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda boʻlsang, sendan oldin kitobni oʻqiganlardan soʻra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan boʻlma.

  95. 10:95Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَتَكُونَ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٩٥﴾

    Zinhor, Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchilardan boʻlma, u holda ziyonkorlardan boʻlib qolasan.

  96. 10:96Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ حَقَّتۡ عَلَيۡهِمۡ كَلِمَتُ رَبِّكَ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٩٦﴾

    Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib boʻlganlar iymonga kelmaslar.

  97. 10:97Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ جَآءَتۡهُمۡ كُلُّ ءَايَةٍ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ﴿٩٧﴾

    Agar ularga hamma oyat-moʻʼjizalar kelsa ham, to alamli azobni koʻrmagunlaricha.

  98. 10:98Mushafda oʻqish ↗

    فَلَوۡلَا كَانَتۡ قَرۡيَةٌ ءَامَنَتۡ فَنَفَعَهَآ إِيمَٰنُهَآ إِلَّا قَوۡمَ يُونُسَ لَمَّآ ءَامَنُواْ كَشَفۡنَا عَنۡهُمۡ عَذَابَ ٱلۡخِزۡيِ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ مَتَّعۡنَٰهُمۡ إِلَىٰ حِينࣲ﴿٩٨﴾

    Qani endi, biron qishloq iymon keltirganda, unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat, Yunus qavmi iymon keltirganlarida, ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni maʼlum vaqtgacha foydalantirdik, xolos.

  99. 10:99Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ شَآءَ رَبُّكَ لَأٓمَنَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ كُلُّهُمۡ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكۡرِهُ ٱلنَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُواْ مُؤۡمِنِينَ﴿٩٩﴾

    Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni moʻmin boʻlishga majburlaysanmi?

  100. 10:100Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لِنَفۡسٍ أَن تُؤۡمِنَ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ وَ يَجۡعَلُ ٱلرِّجۡسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَعۡقِلُونَ﴿١٠٠﴾

    Allohning iznisiz hech bir jon moʻmin boʻla olmas. U aql yurgizmaydiganlarga oʻta ifloslikni ravo koʻrur.

  101. 10:101Mushafda oʻqish ↗

    قُلِ ٱنظُرُواْ مَاذَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ مَا تُغۡنِي ٱلۡأٓيَٰتُ وَ ٱلنُّذُرُ عَن قَوۡمࣲ لَّا يُؤۡمِنُونَ﴿١٠١﴾

    Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-moʻʼjizalar va qoʻrqituvlar foyda bermas», deb ayt.

  102. 10:102Mushafda oʻqish ↗

    فَهَلۡ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثۡلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ قُلۡ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ ٱلۡمُنتَظِرِينَ﴿١٠٢﴾

    Ular faqat oʻzlaridan oldin oʻtganlarning kunlariga oʻxshash kunlarga intizor boʻlmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor boʻlinglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor boʻlguvchilardanman», deb ayt.

  103. 10:103Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ نُنَجِّي رُسُلَنَا وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيۡنَا نُنجِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٠٣﴾

    Soʻngra, Paygʻambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, moʻminlarga najot bermogʻimiz zimmamizdagi burchdir.

  104. 10:104Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمۡ فِي شَكࣲّ مِّن دِينِي فَلَآ أَعۡبُدُ ٱلَّذِينَ تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ لَٰكِنۡ أَعۡبُدُ ٱللَّهَ ٱلَّذِي يَتَوَفَّىٰكُمۡ ۖ وَ أُمِرۡتُ أَنۡ أَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٠٤﴾

    «Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz boʻlsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan — Allohdan oʻzga — narsalarga ibodat qilmasman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman va moʻminlardan boʻlmogʻimga amr qilinganman», deb ayt.

  105. 10:105Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنۡ أَقِمۡ وَجۡهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفࣰا وَ لَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٠٥﴾

    Yuzingni dinga toʻgʻri tut. Mushriklardan boʻlma.

  106. 10:106Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَدۡعُ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكَ وَ لَا يَضُرُّكَ ۖ فَإِن فَعَلۡتَ فَإِنَّكَ إِذࣰا مِّنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٠٦﴾

    Allohdan oʻzga — senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan — narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan boʻlasan.

  107. 10:107Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن يَمۡسَسۡكَ ٱللَّهُ بِضُرࣲّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَ إِن يُرِدۡكَ بِخَيۡرࣲ فَلَا رَآدَّ لِفَضۡلِهِۦ ۚ يُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ ۚ وَ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿١٠٧﴾

    Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan oʻzga oʻshanga kushoyish beruvchi yoʻqdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yoʻqdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir.

  108. 10:108Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدۡ جَآءَكُمُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكُمۡ ۖ فَمَنِ ٱهۡتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهۡتَدِي لِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيۡهَا ۖ وَ مَآ أَنَا۠ عَلَيۡكُم بِوَكِيلࣲ﴿١٠٨﴾

    Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻzi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qoʻriqchi emasman», deb ayt.

  109. 10:109Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّبِعۡ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيۡكَ وَ ٱصۡبِرۡ حَتَّىٰ يَحۡكُمَ ٱللَّهُ ۚ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلۡحَٰكِمِينَ﴿١٠٩﴾

    Va senga vahiy qilingan narsaga ergash va Alloh hukm qilguncha sabr qil. U hukm qilguvchilarning yaxshisidir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Yunus. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yunus payg‘ambar.

Mazmuni: Sura Qur’onning haq ekanini, vahiy va payg‘ambarlikning zarurligini ta’kidlaydi. Nuh va Muso alayhimassalom kabi payg‘ambarlar qissalari orqali inkorning oqibati, tavbaning imkoniyati va Allohning tadbiriga tavakkul qilish zarurati ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraTavba surasiKeyingi sura →Hud surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026