سورة هود
Hud surasi
Hud · Ҳуд сураси
Hud surasi — Qurʼoni Karimning 11-surasi. U 123 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
الٓر ۚ كِتَٰبٌ أُحۡكِمَتۡ ءَايَٰتُهُۥ ثُمَّ فُصِّلَتۡ مِن لَّدُنۡ حَكِيمٍ خَبِيرٍ﴿١﴾
Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, soʻngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir.
أَلَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ ۚ إِنَّنِي لَكُم مِّنۡهُ نَذِيرࣱ وَ بَشِيرࣱ﴿٢﴾
Allohdan oʻzgaga ibodat qilmasligingiz uchundir. Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman.
وَ أَنِ ٱسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّكُمۡ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيۡهِ يُمَتِّعۡكُم مَّتَٰعًا حَسَنًا إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى وَ يُؤۡتِ كُلَّ ذِي فَضۡلࣲ فَضۡلَهُۥ ۖ وَ إِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمࣲ كَبِيرٍ﴿٣﴾
Robbingizga istigʻfor aytinglar, soʻngra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U zot sizlarni maʼlum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur. Agar yuz oʻgirib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulugʻ kunning azobi boʻlishidan qoʻrqaman.
إِلَى ٱللَّهِ مَرۡجِعُكُمۡ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿٤﴾
Allohning Oʻziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir Zotdir.
أَلَآ إِنَّهُمۡ يَثۡنُونَ صُدُورَهُمۡ لِيَسۡتَخۡفُواْ مِنۡهُ ۚ أَلَا حِينَ يَسۡتَغۡشُونَ ثِيَابَهُمۡ يَعۡلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَ مَا يُعۡلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٥﴾
Ogoh boʻlingkim, albatta, ular Undan yashirinish uchun koʻksilariga (boshlarini) egarlar. Ogoh boʻlingkim, kiyimlariga oʻralgan chogʻlarida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini bilar. Albatta, U — qalblardagi bor narsalarni bilguvchi Zotdir.
وَ مَا مِن دَآبَّةࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزۡقُهَا وَ يَعۡلَمُ مُسۡتَقَرَّهَا وَ مُسۡتَوۡدَعَهَا ۚ كُلࣱّ فِي كِتَٰبࣲ مُّبِينࣲ﴿٦﴾
Yer yuzida oʻrmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ وَ كَانَ عَرۡشُهُۥ عَلَى ٱلۡمَآءِ لِيَبۡلُوَكُمۡ أَيُّكُمۡ أَحۡسَنُ عَمَلࣰا ۗ وَ لَئِن قُلۡتَ إِنَّكُم مَّبۡعُوثُونَ مِنۢ بَعۡدِ ٱلۡمَوۡتِ لَيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّبِينࣱ﴿٧﴾
U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab koʻrish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. Oʻshanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar oʻlimdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan oʻzga narsa emas», derlar.
وَ لَئِنۡ أَخَّرۡنَا عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابَ إِلَىٰٓ أُمَّةࣲ مَّعۡدُودَةࣲ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحۡبِسُهُۥٓ ۗ أَلَا يَوۡمَ يَأۡتِيهِمۡ لَيۡسَ مَصۡرُوفًا عَنۡهُمۡ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٨﴾
Agar Biz ulardan maʼlum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima toʻxtatib turibdi?» derlar. Ogoh boʻlinglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni oʻzlari istehzo qilib yurgan narsa oʻrab olur.
وَ لَئِنۡ أَذَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ مِنَّا رَحۡمَةࣰ ثُمَّ نَزَعۡنَٰهَا مِنۡهُ إِنَّهُۥ لَيَـُٔوسࣱ كَفُورࣱ﴿٩﴾
Agar insonga Oʻz tomonimizdan rohatni tottirib, soʻngra undan uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukr boʻlur.
وَ لَئِنۡ أَذَقۡنَٰهُ نَعۡمَآءَ بَعۡدَ ضَرَّآءَ مَسَّتۡهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ ٱلسَّيِّـَٔاتُ عَنِّيٓ ۚ إِنَّهُۥ لَفَرِحࣱ فَخُورٌ﴿١٠﴾
Agar unga yetgan qiyinchiliklardan soʻng neʼmat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir.
إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ أَجۡرࣱ كَبِيرࣱ﴿١١﴾
Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana oʻshalarga magʻfirat va katta ajr bor.
فَلَعَلَّكَ تَارِكُۢ بَعۡضَ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيۡكَ وَ ضَآئِقُۢ بِهِۦ صَدۡرُكَ أَن يَقُولُواْ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ كَنزٌ أَوۡ جَآءَ مَعَهُۥ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَآ أَنتَ نَذِيرࣱ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ وَكِيلٌ﴿١٢﴾
Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun oʻzingga vahiy qilingan narsaning baʼzisini tark qilmoqchi boʻlarsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning Oʻzi hamma narsaga vakildir.
أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰهُ ۖ قُلۡ فَأۡتُواْ بِعَشۡرِ سُوَرࣲ مِّثۡلِهِۦ مُفۡتَرَيَٰتࣲ وَ ٱدۡعُواْ مَنِ ٱسۡتَطَعۡتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٣﴾
Yoki: «Oʻzi toʻqib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir boʻlsangiz, chaqirib, bunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan sura keltiring-chi», degin.
فَإِلَّمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَكُمۡ فَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَآ أُنزِلَ بِعِلۡمِ ٱللَّهِ وَ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَهَلۡ أَنتُم مُّسۡلِمُونَ﴿١٤﴾
Agar javob bera olmasalar, bas, bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir. Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Endi musulmon boʻlarsizlar?!
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا وَ زِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيۡهِمۡ أَعۡمَٰلَهُمۡ فِيهَا وَ هُمۡ فِيهَا لَا يُبۡخَسُونَ﴿١٥﴾
Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni toʻliq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَيۡسَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا ٱلنَّارُ ۖ وَ حَبِطَ مَا صَنَعُواْ فِيهَا وَ بَٰطِلࣱ مَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٦﴾
Ana oʻshalarga oxiratda doʻzax olovidan boshqa hech vaqo yoʻqdir. Bu dunyoda qilgan ishlari habata boʻldi va qilgan amallari botil boʻldi.
أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّهِۦ وَ يَتۡلُوهُ شَاهِدࣱ مِّنۡهُ وَ مِن قَبۡلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامࣰا وَ رَحۡمَةً ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ ۚ وَ مَن يَكۡفُرۡ بِهِۦ مِنَ ٱلۡأَحۡزَابِ فَٱلنَّارُ مَوۡعِدُهُۥ ۚ فَلَا تَكُ فِي مِرۡيَةࣲ مِّنۡهُ ۚ إِنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١٧﴾
Oʻz Robbidan aniq hujjatga ega boʻlgan, unga Oʻsha (Robb)ning Oʻzidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) boʻlgan kishiga(kufr keltiradilar)mi? Ana oʻshalar u(shohid)ga iymon keltirurlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga vaʼda qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada boʻlma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.
وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يُعۡرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ وَ يَقُولُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ ۚ أَلَا لَعۡنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٨﴾
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana oʻshalar Robbilariga roʻbaroʻ qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari shaʼniga yolgʻon gapirganlardir. Ogoh boʻlingkim, Allohning laʼnati zolimlargadir», derlar.
ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ يَبۡغُونَهَا عِوَجࣰا وَ هُم بِٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿١٩﴾
Ular Allohning yoʻlidan toʻsarlar va uning egri boʻlishini xohlarlar hamda ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir.
أُوْلَٰٓئِكَ لَمۡ يَكُونُواْ مُعۡجِزِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ ۘ يُضَٰعَفُ لَهُمُ ٱلۡعَذَابُ ۚ مَا كَانُواْ يَسۡتَطِيعُونَ ٱلسَّمۡعَ وَ مَا كَانُواْ يُبۡصِرُونَ﴿٢٠﴾
Ana oʻshalar yer yuzida qochib qutuluvchi boʻla olmadilar, ularga Allohdan oʻzga doʻst ham boʻlmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir boʻla olmadilar va koʻra olmadilar ham.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٢١﴾
Ana oʻshalar oʻzlariga ziyon qilganlardir va toʻqigan narsalari ulardan gʻoyib boʻldi.
لَا جَرَمَ أَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ هُمُ ٱلۡأَخۡسَرُونَ﴿٢٢﴾
Shak-shubhasiz, albatta, ular oxiratda yana ham koʻproq ziyon koʻrguvchilardir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ أَخۡبَتُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّهِمۡ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٢٣﴾
Albatta, iymon keltirganlar, yaxshi amallar qilganlar va Robbilariga ishonch ila boʻyinsunganlar, ana oʻshalar, jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
مَثَلُ ٱلۡفَرِيقَيۡنِ كَٱلۡأَعۡمَىٰ وَ ٱلۡأَصَمِّ وَ ٱلۡبَصِيرِ وَ ٱلسَّمِيعِ ۚ هَلۡ يَسۡتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿٢٤﴾
Bu ikki guruhning misoli xuddi karu koʻr hamda eshituvchi va koʻruvchiga oʻxshaydir. Ular bir-birlariga barobar boʻla oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi?
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦٓ إِنِّي لَكُمۡ نَذِيرࣱ مُّبِينٌ﴿٢٥﴾
Albatta, Biz Nuhni oʻz qavmiga: «Albatta, men sizlarga ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
أَن لَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمٍ أَلِيمࣲ﴿٢٦﴾
Allohdan oʻzgaga hech ibodat qilmanglar, albatta, men sizlarga alamli kun azobi boʻlishidan qoʻrqaman», dedirib yubordik.
فَقَالَ ٱلۡمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦ مَا نَرَىٰكَ إِلَّا بَشَرࣰا مِّثۡلَنَا وَ مَا نَرَىٰكَ ٱتَّبَعَكَ إِلَّا ٱلَّذِينَ هُمۡ أَرَاذِلُنَا بَادِيَ ٱلرَّأۡيِ وَ مَا نَرَىٰ لَكُمۡ عَلَيۡنَا مِن فَضۡلِۭ بَلۡ نَظُنُّكُمۡ كَٰذِبِينَ﴿٢٧﴾
Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz sening ham faqat oʻzimizga oʻxshagan odam ekaningni koʻryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini koʻryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni koʻrmayapmiz, balki sizlarni yolgʻonchi deb oʻylayapmiz», dedilar.
قَالَ يَٰقَوۡمِ أَرَءَيۡتُمۡ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّي وَ ءَاتَىٰنِي رَحۡمَةࣰ مِّنۡ عِندِهِۦ فَعُمِّيَتۡ عَلَيۡكُمۡ أَنُلۡزِمُكُمُوهَا وَ أَنتُمۡ لَهَا كَٰرِهُونَ﴿٢٨﴾
U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlgan boʻlsam va U menga Oʻz huzuridan rahmat bergan boʻlsa-yu, sizga maxfiy qolgan boʻlsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi.
وَ يَٰقَوۡمِ لَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مَالًا ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَ مَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ۚ إِنَّهُم مُّلَٰقُواْ رَبِّهِمۡ وَ لَٰكِنِّيٓ أَرَىٰكُمۡ قَوۡمࣰا تَجۡهَلُونَ﴿٢٩﴾
«Ey qavmim, bu (daʼvatim) uchun sizdan mol soʻramasman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻluvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni koʻrmoqdaman.
وَ يَٰقَوۡمِ مَن يَنصُرُنِي مِنَ ٱللَّهِ إِن طَرَدتُّهُمۡ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿٣٠﴾
Ey qavmim, agar ularni quvsam, kim menga Alloh(azobi)dan (qutulishga) yordam beradi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?
وَ لَآ أَقُولُ لَكُمۡ عِندِي خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَ لَآ أَعۡلَمُ ٱلۡغَيۡبَ وَ لَآ أَقُولُ إِنِّي مَلَكࣱ وَ لَآ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزۡدَرِيٓ أَعۡيُنُكُمۡ لَن يُؤۡتِيَهُمُ ٱللَّهُ خَيۡرًا ۖ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا فِيٓ أَنفُسِهِمۡ إِنِّيٓ إِذࣰا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٣١﴾
Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman. Faybni ham bilmasman. «Men farishtaman», demasman. «Koʻzingizga haqir koʻrinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan boʻlib qolurman», dedi.
قَالُواْ يَٰنُوحُ قَدۡ جَٰدَلۡتَنَا فَأَكۡثَرۡتَ جِدَٰلَنَا فَأۡتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٣٢﴾
Ular: «Ey, Nuh, batahqiq, sen biz bilan tortishding, koʻp tortishding. Endi, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
قَالَ إِنَّمَا يَأۡتِيكُم بِهِ ٱللَّهُ إِن شَآءَ وَ مَآ أَنتُم بِمُعۡجِزِينَ﴿٣٣﴾
U: «Uni sizlarga, agar xohlasa, faqat Allohgina keltiradi va sizlar qochib qutuluvchi emassiz.
وَ لَا يَنفَعُكُمۡ نُصۡحِيٓ إِنۡ أَرَدتُّ أَنۡ أَنصَحَ لَكُمۡ إِن كَانَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يُغۡوِيَكُمۡ ۚ هُوَ رَبُّكُمۡ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٣٤﴾
Va agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi.
أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰهُ ۖ قُلۡ إِنِ ٱفۡتَرَيۡتُهُۥ فَعَلَيَّ إِجۡرَامِي وَ أَنَا۠ بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تُجۡرِمُونَ﴿٣٥﴾
Yoki: «Uni toʻqib oldi», derlarmi? «Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, jinoyatim oʻz zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt.
وَ أُوحِيَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤۡمِنَ مِن قَوۡمِكَ إِلَّا مَن قَدۡ ءَامَنَ فَلَا تَبۡتَئِسۡ بِمَا كَانُواْ يَفۡعَلُونَ﴿٣٦﴾
Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qaygʻuga tushmagin.
وَ ٱصۡنَعِ ٱلۡفُلۡكَ بِأَعۡيُنِنَا وَ وَحۡيِنَا وَ لَا تُخَٰطِبۡنِي فِي ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِنَّهُم مُّغۡرَقُونَ﴿٣٧﴾
Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar toʻgʻrisida Menga gap ochmagin, albatta, ular gʻarq boʻlguvchilardir», deb vahiy qildik.
وَ يَصۡنَعُ ٱلۡفُلۡكَ وَ كُلَّمَا مَرَّ عَلَيۡهِ مَلَأࣱ مِّن قَوۡمِهِۦ سَخِرُواْ مِنۡهُ ۚ قَالَ إِن تَسۡخَرُواْ مِنَّا فَإِنَّا نَسۡخَرُ مِنكُمۡ كَمَا تَسۡخَرُونَ﴿٣٨﴾
U kema yasamoqda. Oʻz qavmidan boʻlgan zodagonlar qachon oldidan oʻtsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz.
فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ مَن يَأۡتِيهِ عَذَابࣱ يُخۡزِيهِ وَ يَحِلُّ عَلَيۡهِ عَذَابࣱ مُّقِيمٌ﴿٣٩﴾
Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi.
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَمۡرُنَا وَ فَارَ ٱلتَّنُّورُ قُلۡنَا ٱحۡمِلۡ فِيهَا مِن كُلࣲّ زَوۡجَيۡنِ ٱثۡنَيۡنِ وَ أَهۡلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيۡهِ ٱلۡقَوۡلُ وَ مَنۡ ءَامَنَ ۚ وَ مَآ ءَامَنَ مَعَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلࣱ﴿٤٠﴾
Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U(kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingni ol, magar avval soʻz ketganni (olma) va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi.
وَ قَالَ ٱرۡكَبُواْ فِيهَا بِسۡمِ ٱللَّهِ مَجۡر۪ىٰهَا وَ مُرۡسَىٰهَآ ۚ إِنَّ رَبِّي لَغَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٤١﴾
Va u: «U(kema)ga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila boʻlur. Albatta, Robbim magʻfiratli va rahimlidir», dedi.
وَ هِيَ تَجۡرِي بِهِمۡ فِي مَوۡجࣲ كَٱلۡجِبَالِ وَ نَادَىٰ نُوحٌ ٱبۡنَهُۥ وَ كَانَ فِي مَعۡزِلࣲ يَٰبُنَيَّ ٱرۡكَب مَّعَنَا وَ لَا تَكُن مَّعَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٤٢﴾
Va u (kema) ularni togʻlardek toʻlqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan oʻgʻliga: «Ey oʻgʻlim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga boʻlmagin», dedi.
قَالَ سَـَٔاوِيٓ إِلَىٰ جَبَلࣲ يَعۡصِمُنِي مِنَ ٱلۡمَآءِ ۚ قَالَ لَا عَاصِمَ ٱلۡيَوۡمَ مِنۡ أَمۡرِ ٱللَّهِ إِلَّا مَن رَّحِمَ ۚ وَ حَالَ بَيۡنَهُمَا ٱلۡمَوۡجُ فَكَانَ مِنَ ٱلۡمُغۡرَقِينَ﴿٤٣﴾
U (oʻgʻil): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yoʻqdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini toʻlqin toʻsdi va u (oʻgʻil) gʻarq boʻlganlardan boʻldi.
وَ قِيلَ يَٰٓأَرۡضُ ٱبۡلَعِي مَآءَكِ وَ يَٰسَمَآءُ أَقۡلِعِي وَ غِيضَ ٱلۡمَآءُ وَ قُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ وَ ٱسۡتَوَتۡ عَلَى ٱلۡجُودِيِّ ۖ وَ قِيلَ بُعۡدࣰا لِّلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٤﴾
«Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, oʻzingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(togʻi)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yoʻqolsin!» deyildi.
وَ نَادَىٰ نُوحࣱ رَّبَّهُۥ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ٱبۡنِي مِنۡ أَهۡلِي وَ إِنَّ وَعۡدَكَ ٱلۡحَقُّ وَ أَنتَ أَحۡكَمُ ٱلۡحَٰكِمِينَ﴿٤٥﴾
Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, oʻgʻlim ahlimdandir, albatta, vaʼdang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi.
قَالَ يَٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيۡسَ مِنۡ أَهۡلِكَ ۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيۡرُ صَٰلِحࣲ ۖ فَلَا تَسۡـَٔلۡنِ مَا لَيۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمٌ ۖ إِنِّيٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿٤٦﴾
U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. Oʻzingning ilming boʻlmagan narsani zinhor soʻramagin. Men senga johillardan boʻlmasligingni nasihat qilaman», dedi.
قَالَ رَبِّ إِنِّيٓ أَعُوذُ بِكَ أَنۡ أَسۡـَٔلَكَ مَا لَيۡسَ لِي بِهِۦ عِلۡمࣱ ۖ وَ إِلَّا تَغۡفِرۡ لِي وَ تَرۡحَمۡنِيٓ أَكُن مِّنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٤٧﴾
U: «Robbim, men oʻzimning ilmim boʻlmagan narsani Sendan soʻramoqdan panoh tilarman. Agar meni magʻfirat qilmasang va menga rahim koʻrsatmasang, ziyon koʻrguvchilardan boʻlurman», dedi.
قِيلَ يَٰنُوحُ ٱهۡبِطۡ بِسَلَٰمࣲ مِّنَّا وَ بَرَكَٰتٍ عَلَيۡكَ وَ عَلَىٰٓ أُمَمࣲ مِّمَّن مَّعَكَ ۚ وَ أُمَمࣱ سَنُمَتِّعُهُمۡ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٤٨﴾
«Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga boʻlgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar boʻlur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, soʻngra ularni Bizdan boʻlgan alamli azob tutar», deyildi.
تِلۡكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ ٱلۡغَيۡبِ نُوحِيهَآ إِلَيۡكَ ۖ مَا كُنتَ تَعۡلَمُهَآ أَنتَ وَ لَا قَوۡمُكَ مِن قَبۡلِ هَٰذَا ۖ فَٱصۡبِرۡ ۖ إِنَّ ٱلۡعَٰقِبَةَ لِلۡمُتَّقِينَ﴿٤٩﴾
Ana shu gʻayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir.
وَ إِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمۡ هُودࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥٓ ۖ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا مُفۡتَرُونَ﴿٥٠﴾
Va Odga oʻz birodarlari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Sizlar faqat toʻqib oluvchilarsiz, xolos.
يَٰقَوۡمِ لَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ أَجۡرًا ۖ إِنۡ أَجۡرِيَ إِلَّا عَلَى ٱلَّذِي فَطَرَنِيٓ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٥١﴾
Ey qavmim, men sizlardan bu (daʼvatim) uchun ajr soʻramayman. Mening ajrim, faqat, meni yaratgan Zotning zimmasidadir. Aql yuritmaysizlarmi?
وَ يَٰقَوۡمِ ٱسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّكُمۡ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيۡهِ يُرۡسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيۡكُم مِّدۡرَارࣰا وَ يَزِدۡكُمۡ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمۡ وَ لَا تَتَوَلَّوۡاْ مُجۡرِمِينَ﴿٥٢﴾
Ey qavmim, Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomgʻiri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi boʻlgan holingizda yuz oʻgirib ketmang», dedi.
قَالُواْ يَٰهُودُ مَا جِئۡتَنَا بِبَيِّنَةࣲ وَ مَا نَحۡنُ بِتَارِكِيٓ ءَالِهَتِنَا عَن قَوۡلِكَ وَ مَا نَحۡنُ لَكَ بِمُؤۡمِنِينَ﴿٥٣﴾
Ular: «Ey Hud, bizga ochiq-oydin hujjat keltirmading. Biz sening gaping uchun xudolarimizni tark qiluvchi emasmiz va biz senga iymon keltiruvchi ham emasmiz.
إِن نَّقُولُ إِلَّا ٱعۡتَرَىٰكَ بَعۡضُ ءَالِهَتِنَا بِسُوٓءࣲ ۗ قَالَ إِنِّيٓ أُشۡهِدُ ٱللَّهَ وَ ٱشۡهَدُوٓاْ أَنِّي بَرِيٓءࣱ مِّمَّا تُشۡرِكُونَ﴿٥٤﴾
Biz faqat, seni baʼzi xudolarimiz yomonlik ila uribdi, deymiz, xolos», dedilar. U: «Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh boʻlingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman.
مِن دُونِهِۦ ۖ فَكِيدُونِي جَمِيعࣰا ثُمَّ لَا تُنظِرُونِ﴿٥٥﴾
Undan oʻzga. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.
إِنِّي تَوَكَّلۡتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّي وَ رَبِّكُم ۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذُۢ بِنَاصِيَتِهَآ ۚ إِنَّ رَبِّي عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٥٦﴾
Albatta, men Robbim va Robbingiz boʻlmish Allohga tavakkal qildim. Har bir oʻrmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim toʻgʻri yoʻldadir.
فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقَدۡ أَبۡلَغۡتُكُم مَّآ أُرۡسِلۡتُ بِهِۦٓ إِلَيۡكُمۡ ۚ وَ يَسۡتَخۡلِفُ رَبِّي قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ وَ لَا تَضُرُّونَهُۥ شَيۡـًٔا ۚ إِنَّ رَبِّي عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٍ حَفِيظࣱ﴿٥٧﴾
Agar yuz oʻgirib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan boʻlsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim oʻrningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi Zotdir», dedi.
وَ لَمَّا جَآءَ أَمۡرُنَا نَجَّيۡنَا هُودࣰا وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحۡمَةࣲ مِّنَّا وَ نَجَّيۡنَٰهُم مِّنۡ عَذَابٍ غَلِيظࣲ﴿٥٨﴾
Amrimiz kelgan paytda Hudga va u bilan birga iymon keltirganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik va ularni qattiq azobdan qutqardik.
وَ تِلۡكَ عَادࣱ ۖ جَحَدُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ وَ عَصَوۡاْ رُسُلَهُۥ وَ ٱتَّبَعُوٓاْ أَمۡرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدࣲ﴿٥٩﴾
Anavi Oddir. Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar. Uning Paygʻambarlariga osiy boʻldilar. Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar.
وَ أُتۡبِعُواْ فِي هَٰذِهِ ٱلدُّنۡيَا لَعۡنَةࣰ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ عَادࣰا كَفَرُواْ رَبَّهُمۡ ۗ أَلَا بُعۡدࣰا لِّعَادࣲ قَوۡمِ هُودࣲ﴿٦٠﴾
Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham laʼnat ergashur. Ogoh boʻlingkim, albatta, odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh boʻlingkim, Hud qavmi Od yoʻqolsin!
وَ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمۡ صَٰلِحࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥ ۖ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱسۡتَعۡمَرَكُمۡ فِيهَا فَٱسۡتَغۡفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيۡهِ ۚ إِنَّ رَبِّي قَرِيبࣱ مُّجِيبࣱ﴿٦١﴾
Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qoʻydi. Bas, Unga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi.
قَالُواْ يَٰصَٰلِحُ قَدۡ كُنتَ فِينَا مَرۡجُوࣰّا قَبۡلَ هَٰذَآ ۖ أَتَنۡهَىٰنَآ أَن نَّعۡبُدَ مَا يَعۡبُدُ ءَابَآؤُنَا وَ إِنَّنَا لَفِي شَكࣲّ مِّمَّا تَدۡعُونَآ إِلَيۡهِ مُرِيبࣲ﴿٦٢﴾
Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmogʻimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar.
قَالَ يَٰقَوۡمِ أَرَءَيۡتُمۡ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّي وَ ءَاتَىٰنِي مِنۡهُ رَحۡمَةࣰ فَمَن يَنصُرُنِي مِنَ ٱللَّهِ إِنۡ عَصَيۡتُهُۥ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِي غَيۡرَ تَخۡسِيرࣲ﴿٦٣﴾
U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega boʻlsam va menga U tomonidan rahmat berilgan boʻlsa-yu, men Unga osiy boʻlsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan oʻzgani ziyoda qilmassizlar.
وَ يَٰقَوۡمِ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمۡ ءَايَةࣰ ۖ فَذَرُوهَا تَأۡكُلۡ فِيٓ أَرۡضِ ٱللَّهِ ۖ وَ لَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءࣲ فَيَأۡخُذَكُمۡ عَذَابࣱ قَرِيبࣱ﴿٦٤﴾
Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga belgi-moʻʼjizadir. Bas, uni tek qoʻyinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi.
فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُواْ فِي دَارِكُمۡ ثَلَٰثَةَ أَيَّامࣲ ۖ ذَٰلِكَ وَعۡدٌ غَيۡرُ مَكۡذُوبࣲ﴿٦٥﴾
Bas, u(tuya)ni soʻydilar. Soʻng u: «Diyoringizda uch kun bahramand boʻlib turing. Bu, yolgʻon boʻlmagan vaʼdadir», dedi.
فَلَمَّا جَآءَ أَمۡرُنَا نَجَّيۡنَا صَٰلِحࣰا وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحۡمَةࣲ مِّنَّا وَ مِنۡ خِزۡيِ يَوۡمِئِذٍ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلۡقَوِيُّ ٱلۡعَزِيزُ﴿٦٦﴾
Amrimiz kelgan paytda Oʻz rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va oʻsha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning Oʻzi kuchli va azizdir.
وَ أَخَذَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلصَّيۡحَةُ فَأَصۡبَحُواْ فِي دِيَٰرِهِمۡ جَٰثِمِينَ﴿٦٧﴾
Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida toʻkildilar.
كَأَن لَّمۡ يَغۡنَوۡاْ فِيهَآ ۗ أَلَآ إِنَّ ثَمُودَاْ كَفَرُواْ رَبَّهُمۡ ۗ أَلَا بُعۡدࣰا لِّثَمُودَ﴿٦٨﴾
Xuddi unda turmaganga oʻxshab. Ogoh boʻlingkim, albatta, Samud (qavmi) Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh boʻlingkim, Samud yoʻqolsin!
وَ لَقَدۡ جَآءَتۡ رُسُلُنَآ إِبۡرَٰهِيمَ بِٱلۡبُشۡرَىٰ قَالُواْ سَلَٰمࣰا ۖ قَالَ سَلَٰمࣱ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَآءَ بِعِجۡلٍ حَنِيذࣲ﴿٦٩﴾
Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va koʻp oʻtmay qovurilgan buzoq keltirdi.
فَلَمَّا رَءَآ أَيۡدِيَهُمۡ لَا تَصِلُ إِلَيۡهِ نَكِرَهُمۡ وَ أَوۡجَسَ مِنۡهُمۡ خِيفَةࣰ ۚ قَالُواْ لَا تَخَفۡ إِنَّآ أُرۡسِلۡنَآ إِلَىٰ قَوۡمِ لُوطࣲ﴿٧٠﴾
Ularning qoʻllari u(taom)ga yetmayotganini koʻrib, ulardan hayron boʻldi va ichida xavfsiradi. Ular: «Qoʻrqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar.
وَ ٱمۡرَأَتُهُۥ قَآئِمَةࣱ فَضَحِكَتۡ فَبَشَّرۡنَٰهَا بِإِسۡحَٰقَ وَ مِن وَرَآءِ إِسۡحَٰقَ يَعۡقُوبَ﴿٧١﴾
Tik turgan xotini kuldi. Bas, Biz u(xotin)ga Isʼhoqning va Isʼhoqdan keyin Yaʼqubning xushxabarini berdik.
قَالَتۡ يَٰوَيۡلَتَىٰٓ ءَأَلِدُ وَ أَنَا۠ عَجُوزࣱ وَ هَٰذَا بَعۡلِي شَيۡخًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَيۡءٌ عَجِيبࣱ﴿٧٢﴾
U: «Voy shoʻrim, oʻzim kampir, manavi erim chol boʻlsa ham, tugʻamanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» – dedi.
قَالُوٓاْ أَتَعۡجَبِينَ مِنۡ أَمۡرِ ٱللَّهِ ۖ رَحۡمَتُ ٱللَّهِ وَ بَرَكَٰتُهُۥ عَلَيۡكُمۡ أَهۡلَ ٱلۡبَيۡتِ ۚ إِنَّهُۥ حَمِيدࣱ مَّجِيدࣱ﴿٧٣﴾
Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari boʻlgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar.
فَلَمَّا ذَهَبَ عَنۡ إِبۡرَٰهِيمَ ٱلرَّوۡعُ وَ جَآءَتۡهُ ٱلۡبُشۡرَىٰ يُجَٰدِلُنَا فِي قَوۡمِ لُوطٍ﴿٧٤﴾
Ibrohimdan qoʻrqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.
إِنَّ إِبۡرَٰهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّٰهࣱ مُّنِيبࣱ﴿٧٥﴾
Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.
يَٰٓإِبۡرَٰهِيمُ أَعۡرِضۡ عَنۡ هَٰذَآ ۖ إِنَّهُۥ قَدۡ جَآءَ أَمۡرُ رَبِّكَ ۖ وَ إِنَّهُمۡ ءَاتِيهِمۡ عَذَابٌ غَيۡرُ مَرۡدُودࣲ﴿٧٦﴾
Ey Ibrohim, bundan voz kech. Chunki, Robbingning amri kelib boʻlgan. Albatta, ularga qaytarilmas azob kelgusidir.
وَ لَمَّا جَآءَتۡ رُسُلُنَا لُوطࣰا سِيٓءَ بِهِمۡ وَ ضَاقَ بِهِمۡ ذَرۡعࣰا وَ قَالَ هَٰذَا يَوۡمٌ عَصِيبࣱ﴿٧٧﴾
Elchilarimiz Lutga kelgan paytlarida, u ularni (koʻrib) yomon holga tushdi va qoʻl-oyogʻi boʻshashdi hamda: «Bu qiyin kundir», dedi.
وَ جَآءَهُۥ قَوۡمُهُۥ يُهۡرَعُونَ إِلَيۡهِ وَ مِن قَبۡلُ كَانُواْ يَعۡمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِي هُنَّ أَطۡهَرُ لَكُمۡ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ لَا تُخۡزُونِ فِي ضَيۡفِيٓ ۖ أَلَيۡسَ مِنكُمۡ رَجُلࣱ رَّشِيدࣱ﴿٧٨﴾
Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar. U: «Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku. Bas, Allohdan qoʻrqing! Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang. Ichingizda birorta tuzukroq odam yoʻq-mi?!» – dedi.
قَالُواْ لَقَدۡ عَلِمۡتَ مَا لَنَا فِي بَنَاتِكَ مِنۡ حَقࣲّ وَ إِنَّكَ لَتَعۡلَمُ مَا نُرِيدُ﴿٧٩﴾
Ular: «Sening qizlaringda bizning haqqimiz yoʻqligini bilgansan va biz nimani xohlashimizni, albatta, sen bilasan», – dedilar.
قَالَ لَوۡ أَنَّ لِي بِكُمۡ قُوَّةً أَوۡ ءَاوِيٓ إِلَىٰ رُكۡنࣲ شَدِيدࣲ﴿٨٠﴾
U: «Qani endi sizlarga quvvatim yetsa edi yoki mustahkam yerga berkinsaydim», – dedi.
قَالُواْ يَٰلُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُوٓاْ إِلَيۡكَ ۖ فَأَسۡرِ بِأَهۡلِكَ بِقِطۡعࣲ مِّنَ ٱلَّيۡلِ وَ لَا يَلۡتَفِتۡ مِنكُمۡ أَحَدٌ إِلَّا ٱمۡرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُۥ مُصِيبُهَا مَآ أَصَابَهُمۡ ۚ إِنَّ مَوۡعِدَهُمُ ٱلصُّبۡحُ ۚ أَلَيۡسَ ٱلصُّبۡحُ بِقَرِيبࣲ﴿٨١﴾
Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir boʻlagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim oʻgirilmasin. Chunki, ularga yetadigan musiybat u(ayol)gada yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» – dedilar.
فَلَمَّا جَآءَ أَمۡرُنَا جَعَلۡنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَ أَمۡطَرۡنَا عَلَيۡهَا حِجَارَةࣰ مِّن سِجِّيلࣲ مَّنضُودࣲ﴿٨٢﴾
Amrimiz kelgan paytda u oʻlkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yogʻdirdik.
مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ ۖ وَ مَا هِيَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ بِبَعِيدࣲ﴿٨٣﴾
Ularga Robbing huzurida belgi qoʻyilgan edi va ular zolimlardan uzoq emasdir.
وَ إِلَىٰ مَدۡيَنَ أَخَاهُمۡ شُعَيۡبࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥ ۖ وَ لَا تَنقُصُواْ ٱلۡمِكۡيَالَ وَ ٱلۡمِيزَانَ ۖ إِنِّيٓ أَرَىٰكُم بِخَيۡرࣲ وَ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمࣲ مُّحِيطࣲ﴿٨٤﴾
Va Madyanga birodarlari Shuʼaybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq. Oʻlchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni koʻrib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qoʻrqmoqdaman.
وَ يَٰقَوۡمِ أَوۡفُواْ ٱلۡمِكۡيَالَ وَ ٱلۡمِيزَانَ بِٱلۡقِسۡطِ ۖ وَ لَا تَبۡخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشۡيَآءَهُمۡ وَ لَا تَعۡثَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُفۡسِدِينَ﴿٨٥﴾
Ey qavmim, oʻlchash va tortishni adolat ila mukammal qiling. Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang va yer yuzida buzgʻunchilik qilib yurmang.
بَقِيَّتُ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ ۚ وَ مَآ أَنَا۠ عَلَيۡكُم بِحَفِيظࣲ﴿٨٦﴾
Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qoʻriqchi emasman», dedi.
قَالُواْ يَٰشُعَيۡبُ أَصَلَوٰتُكَ تَأۡمُرُكَ أَن نَّتۡرُكَ مَا يَعۡبُدُ ءَابَآؤُنَآ أَوۡ أَن نَّفۡعَلَ فِيٓ أَمۡوَٰلِنَا مَا نَشَٰٓؤُاْ ۖ إِنَّكَ لَأَنتَ ٱلۡحَلِيمُ ٱلرَّشِيدُ﴿٨٧﴾
Ular: «Ey Shuʼayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmogʻimizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar.
قَالَ يَٰقَوۡمِ أَرَءَيۡتُمۡ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّي وَ رَزَقَنِي مِنۡهُ رِزۡقًا حَسَنࣰا ۚ وَ مَآ أُرِيدُ أَنۡ أُخَالِفَكُمۡ إِلَىٰ مَآ أَنۡهَىٰكُمۡ عَنۡهُ ۚ إِنۡ أُرِيدُ إِلَّا ٱلۡإِصۡلَٰحَ مَا ٱسۡتَطَعۡتُ ۚ وَ مَا تَوۡفِيقِيٓ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ وَ إِلَيۡهِ أُنِيبُ﴿٨٨﴾
U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlsam-chi va meni Oʻzi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan boʻlsa-chi?! Men sizlarni oʻzim qaytarayotgan narsada oʻzim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan oʻzga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bogʻliq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman.
وَ يَٰقَوۡمِ لَا يَجۡرِمَنَّكُمۡ شِقَاقِيٓ أَن يُصِيبَكُم مِّثۡلُ مَآ أَصَابَ قَوۡمَ نُوحٍ أَوۡ قَوۡمَ هُودٍ أَوۡ قَوۡمَ صَٰلِحࣲ ۚ وَ مَا قَوۡمُ لُوطࣲ مِّنكُم بِبَعِيدࣲ﴿٨٩﴾
Ey qavmim, menga xilof qilishingiz sizlarni yo Nuh qavmiga, yo Hud qavmiga, yoki Solih qavmiga yetgan musiybatga oʻxshash musiybat yetishiga olib bormasin. Lut qavmi sizlardan uzoq emas.
وَ ٱسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّكُمۡ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيۡهِ ۚ إِنَّ رَبِّي رَحِيمࣱ وَدُودࣱ﴿٩٠﴾
Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi.
قَالُواْ يَٰشُعَيۡبُ مَا نَفۡقَهُ كَثِيرࣰا مِّمَّا تَقُولُ وَ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِينَا ضَعِيفࣰا ۖ وَ لَوۡلَا رَهۡطُكَ لَرَجَمۡنَٰكَ ۖ وَ مَآ أَنتَ عَلَيۡنَا بِعَزِيزࣲ﴿٩١﴾
Ular: «Ey Shuʼayb, aytganlaringning koʻpini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol koʻryapmiz, agar odamlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilar edik. Sening oʻzing biz uchun qimmatli emassan», dedilar.
قَالَ يَٰقَوۡمِ أَرَهۡطِيٓ أَعَزُّ عَلَيۡكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَ ٱتَّخَذۡتُمُوهُ وَرَآءَكُمۡ ظِهۡرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّي بِمَا تَعۡمَلُونَ مُحِيطࣱ﴿٩٢﴾
U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan koʻra azizroqmi?! Unga orqangizni oʻgirib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir.
وَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمۡ إِنِّي عَٰمِلࣱ ۖ سَوۡفَ تَعۡلَمُونَ مَن يَأۡتِيهِ عَذَابࣱ يُخۡزِيهِ وَ مَنۡ هُوَ كَٰذِبࣱ ۖ وَ ٱرۡتَقِبُوٓاْ إِنِّي مَعَكُمۡ رَقِيبࣱ﴿٩٣﴾
Ey qavmim, imkoningizdagi amalni qilavering, men ham amal qiluvchiman. Kimga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolgʻonchi ekanini tezda bilasizlar. Kutinglar, men ham sizlar ila kutuvchiman», – dedi.
وَ لَمَّا جَآءَ أَمۡرُنَا نَجَّيۡنَا شُعَيۡبࣰا وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحۡمَةࣲ مِّنَّا وَ أَخَذَتِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلصَّيۡحَةُ فَأَصۡبَحُواْ فِي دِيَٰرِهِمۡ جَٰثِمِينَ﴿٩٤﴾
Amrimiz kelgan paytda Shuʼaybga va u bilan birga iymonga kelganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida toʻkildilar.
كَأَن لَّمۡ يَغۡنَوۡاْ فِيهَآ ۗ أَلَا بُعۡدࣰا لِّمَدۡيَنَ كَمَا بَعِدَتۡ ثَمُودُ﴿٩٥﴾
Xuddi u yerda yashamaganlardek. Ogoh boʻlingkim, xuddi Samud yoʻqolgandek, Madyan ham yoʻqoldi.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَ سُلۡطَٰنࣲ مُّبِينٍ﴿٩٦﴾
Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz va ochiq-oydin hujjatimiz ila yubordik.
إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦ فَٱتَّبَعُوٓاْ أَمۡرَ فِرۡعَوۡنَ ۖ وَ مَآ أَمۡرُ فِرۡعَوۡنَ بِرَشِيدࣲ﴿٩٧﴾
Firʼavn va uning odamlariga. Bas, ular Firʼavn ishiga ergashdilar. Firʼavnning ishi esa, toʻgʻri emasdi!
يَقۡدُمُ قَوۡمَهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فَأَوۡرَدَهُمُ ٱلنَّارَ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡوِرۡدُ ٱلۡمَوۡرُودُ﴿٩٨﴾
U qiyomat kuni qavmining oldiga tushib, ularni doʻzaxga boshlab keltirur. U joy qanday ham yomon tushish joyidir.
وَ أُتۡبِعُواْ فِي هَٰذِهِۦ لَعۡنَةࣰ وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ بِئۡسَ ٱلرِّفۡدُ ٱلۡمَرۡفُودُ﴿٩٩﴾
Bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham ularga laʼnat ergashur. Bu qanday ham yomon yordamdir!
ذَٰلِكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ ٱلۡقُرَىٰ نَقُصُّهُۥ عَلَيۡكَ ۖ مِنۡهَا قَآئِمࣱ وَ حَصِيدࣱ﴿١٠٠﴾
Mana bular shaharlarning xabarlaridan boʻlib, ularni senga qissa qilayotirmiz. Ulardan (oʻz oʻrnida) turganlari ham bor, yigʻilganlari ham bor.
وَ مَا ظَلَمۡنَٰهُمۡ وَ لَٰكِن ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ ۖ فَمَآ أَغۡنَتۡ عَنۡهُمۡ ءَالِهَتُهُمُ ٱلَّتِي يَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مِن شَيۡءࣲ لَّمَّا جَآءَ أَمۡرُ رَبِّكَ ۖ وَ مَا زَادُوهُمۡ غَيۡرَ تَتۡبِيبࣲ﴿١٠١﴾
Biz ularga zulm qilmadik. Lekin oʻzlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qoʻyib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.
وَ كَذَٰلِكَ أَخۡذُ رَبِّكَ إِذَآ أَخَذَ ٱلۡقُرَىٰ وَ هِيَ ظَٰلِمَةٌ ۚ إِنَّ أَخۡذَهُۥٓ أَلِيمࣱ شَدِيدٌ﴿١٠٢﴾
Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydi. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّمَنۡ خَافَ عَذَابَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوۡمࣱ مَّجۡمُوعࣱ لَّهُ ٱلنَّاسُ وَ ذَٰلِكَ يَوۡمࣱ مَّشۡهُودࣱ﴿١٠٣﴾
Albatta, bunda oxirat azobidan qoʻrqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid boʻlinadigan kundir.
وَ مَا نُؤَخِّرُهُۥٓ إِلَّا لِأَجَلࣲ مَّعۡدُودࣲ﴿١٠٤﴾
Uni Biz faqat sanoqli muddatga kechiktiramiz.
يَوۡمَ يَأۡتِ لَا تَكَلَّمُ نَفۡسٌ إِلَّا بِإِذۡنِهِۦ ۚ فَمِنۡهُمۡ شَقِيࣱّ وَ سَعِيدࣱ﴿١٠٥﴾
U kelgan kunda hech bir jon gapira olmas. Magar U zotning izni ila (gapirur). Bas, ulardan badbaxtlari va baxtlilari bordir.
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ شَقُواْ فَفِي ٱلنَّارِ لَهُمۡ فِيهَا زَفِيرࣱ وَ شَهِيقٌ﴿١٠٦﴾
Bas, badbaxt boʻlganlar doʻzaxdalar. U yerda ular dod-faryod qilurlar.
خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَ ٱلۡأَرۡضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالࣱ لِّمَا يُرِيدُ﴿١٠٧﴾
Ular, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, unda abadiy qolurlar. Magar Robbing xohlasa, (abadiy qolmaslar). Albatta, Robbing nimani xohlasa, qilguvchi Zotdir.
وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ سُعِدُواْ فَفِي ٱلۡجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَ ٱلۡأَرۡضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۖ عَطَآءً غَيۡرَ مَجۡذُوذࣲ﴿١٠٨﴾
Baxtli boʻlganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (Oʻzi bilur). Bu tuganmas inʼomdir.
فَلَا تَكُ فِي مِرۡيَةࣲ مِّمَّا يَعۡبُدُ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ مَا يَعۡبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعۡبُدُ ءَابَآؤُهُم مِّن قَبۡلُ ۚ وَ إِنَّا لَمُوَفُّوهُمۡ نَصِيبَهُمۡ غَيۡرَ مَنقُوصࣲ﴿١٠٩﴾
Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada boʻlma. Ular oldin otalari ibodat qilganga oʻxshash ibodat qiladilar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir) kamaytirmay toʻliq qilib beramiz.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ فَٱخۡتُلِفَ فِيهِ ۚ وَ لَوۡلَا كَلِمَةࣱ سَبَقَتۡ مِن رَّبِّكَ لَقُضِيَ بَيۡنَهُمۡ ۚ وَ إِنَّهُمۡ لَفِي شَكࣲّ مِّنۡهُ مُرِيبࣲ﴿١١٠﴾
Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan oʻtgan soʻz boʻlmaganida, oralarida hukm chiqargan boʻlar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.
وَ إِنَّ كُلࣰّا لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمۡ رَبُّكَ أَعۡمَٰلَهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا يَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿١١١﴾
Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha toʻliq vafo qilur. Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir.
فَٱسۡتَقِمۡ كَمَآ أُمِرۡتَ وَ مَن تَابَ مَعَكَ وَ لَا تَطۡغَوۡاْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿١١٢﴾
Bas, sen va sen bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tugʻyonga ketmanglar. Chunki, U nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.
وَ لَا تَرۡكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَ مَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴿١١٣﴾
Zulm qilganlarga moyil boʻlmanglar. Yana, sizni doʻzax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan oʻzga doʻstlar yoʻq. Soʻngra yordam berilmaysizlar.
وَ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَيِ ٱلنَّهَارِ وَ زُلَفࣰا مِّنَ ٱلَّيۡلِ ۚ إِنَّ ٱلۡحَسَنَٰتِ يُذۡهِبۡنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ ذَٰلِكَ ذِكۡرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ﴿١١٤﴾
Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir boʻlagida namozni toʻkis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir.
وَ ٱصۡبِرۡ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١١٥﴾
Va sabr qil. Bas, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.
فَلَوۡلَا كَانَ مِنَ ٱلۡقُرُونِ مِن قَبۡلِكُمۡ أُوْلُواْ بَقِيَّةࣲ يَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡفَسَادِ فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّمَّنۡ أَنجَيۡنَا مِنۡهُمۡ ۗ وَ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَآ أُتۡرِفُواْ فِيهِ وَ كَانُواْ مُجۡرِمِينَ﴿١١٦﴾
Sizdan oldingi asrlarda yer yuzida fasoddan qaytaradigan boqiylik egalari boʻlganida edi. Magar Biz najot berganlar ozgina kishilar boʻldi, xolos. Zulm qilganlar esa, maishat ortidan ketdilar va jinoyatchilardan boʻldilar.
وَ مَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهۡلِكَ ٱلۡقُرَىٰ بِظُلۡمࣲ وَ أَهۡلُهَا مُصۡلِحُونَ﴿١١٧﴾
Robbing ahli islohchi boʻlgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi.
وَ لَوۡ شَآءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ ۖ وَ لَا يَزَالُونَ مُخۡتَلِفِينَ﴿١١٨﴾
Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom boʻlurlar.
إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَ ۚ وَ لِذَٰلِكَ خَلَقَهُمۡ ۗ وَ تَمَّتۡ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلۡجِنَّةِ وَ ٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ﴿١١٩﴾
Robbing rahim qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla toʻldirurman», degan soʻzi batamom boʻldi.
وَ كُلࣰّا نَّقُصُّ عَلَيۡكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ ٱلرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۚ وَ جَآءَكَ فِي هَٰذِهِ ٱلۡحَقُّ وَ مَوۡعِظَةࣱ وَ ذِكۡرَىٰ لِلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٢٠﴾
Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Paygʻambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va moʻminlarga mavʼiza hamda eslatma keldi.
وَ قُل لِّلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ ٱعۡمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمۡ إِنَّا عَٰمِلُونَ﴿١٢١﴾
Iymon keltirmaydiganlarga: «Imkoningiz bor amallarni qilavering, biz ham amal qiluvchilarmiz.
وَ ٱنتَظِرُوٓاْ إِنَّا مُنتَظِرُونَ﴿١٢٢﴾
Va intizor boʻlinglar, biz ham muntazirmiz», deb ayt.
وَ لِلَّهِ غَيۡبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ إِلَيۡهِ يُرۡجَعُ ٱلۡأَمۡرُ كُلُّهُۥ فَٱعۡبُدۡهُ وَ تَوَكَّلۡ عَلَيۡهِ ۚ وَ مَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ﴿١٢٣﴾
Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Hud. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — hud payg‘ambar.
Mazmuni: Sura payg‘ambarlarning da’vati bir xil asosga — Allohga ibodat va shirkdan voz kechishga — chaqirganini ko‘rsatadi. Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso alayhimussalom qissalari sabr, qat’iyat va zulm oldida haqdan qaytmaslikka undaydi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.