Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Yusuf surasi

سورة يوسف

Yusuf surasi

Yusuf · Юсуф сураси

12-sura111 oyatMakkiy12-pora

Yusuf surasi — Qurʼoni Karimning 12-surasi. U 111 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 12:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓر ۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ﴿١﴾

    Alif. Laam. Ro. Ushbular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.

  2. 12:2Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَنزَلۡنَٰهُ قُرۡءَٰنًا عَرَبِيࣰّا لَّعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٢﴾

    Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil qildik, shoyadki, aql ishlatsangiz.

  3. 12:3Mushafda oʻqish ↗

    نَحۡنُ نَقُصُّ عَلَيۡكَ أَحۡسَنَ ٱلۡقَصَصِ بِمَآ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانَ وَ إِن كُنتَ مِن قَبۡلِهِۦ لَمِنَ ٱلۡغَٰفِلِينَ﴿٣﴾

    Biz senga ushbu Qurʼonda vahiy qilgan narsamiz ila eng goʻzal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan boʻlsang ham.

  4. 12:4Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ إِنِّي رَأَيۡتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوۡكَبࣰا وَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ رَأَيۡتُهُمۡ لِي سَٰجِدِينَ﴿٤﴾

    Yusuf otasiga: «Ey otajonim, men oʻn bitta yulduzni ham quyosh va oyni koʻrdim, ularning menga sajda qilayotganlarini koʻrdim», deganini esla.

  5. 12:5Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰبُنَيَّ لَا تَقۡصُصۡ رُءۡيَاكَ عَلَىٰٓ إِخۡوَتِكَ فَيَكِيدُواْ لَكَ كَيۡدًا ۖ إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ لِلۡإِنسَٰنِ عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿٥﴾

    U: «Ey oʻgʻilcham, tushingni akalaringga aytmagin. Yana, ular senga biror hiyla qilmasinlar. Albatta, shayton insonga ochiq-oydin dushmandir.

  6. 12:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ يَجۡتَبِيكَ رَبُّكَ وَ يُعَلِّمُكَ مِن تَأۡوِيلِ ٱلۡأَحَادِيثِ وَ يُتِمُّ نِعۡمَتَهُۥ عَلَيۡكَ وَ عَلَىٰٓ ءَالِ يَعۡقُوبَ كَمَآ أَتَمَّهَا عَلَىٰٓ أَبَوَيۡكَ مِن قَبۡلُ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٦﴾

    Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladi, senga tushlarning taʼbirini oʻrgatadi va senga va Yaʼqub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Isʼhoqqa batamom qilganidek, Oʻz neʼmatini batamom qilib beradi. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli Zotdir», – dedi.

  7. 12:7Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ كَانَ فِي يُوسُفَ وَ إِخۡوَتِهِۦٓ ءَايَٰتࣱ لِّلسَّآئِلِينَ﴿٧﴾

    Batahqiq, Yusuf va uning ogʻa-inilarida soʻrovchilar uchun oyat-ibratlar bor edi.

  8. 12:8Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالُواْ لَيُوسُفُ وَ أَخُوهُ أَحَبُّ إِلَىٰٓ أَبِينَا مِنَّا وَ نَحۡنُ عُصۡبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿٨﴾

    Oʻshanda ular: «Albatta, Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan koʻra mahbubroqlar, holbuki, biz koʻpchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin adashuvdadir.

  9. 12:9Mushafda oʻqish ↗

    ٱقۡتُلُواْ يُوسُفَ أَوِ ٱطۡرَحُوهُ أَرۡضࣰا يَخۡلُ لَكُمۡ وَجۡهُ أَبِيكُمۡ وَ تَكُونُواْ مِنۢ بَعۡدِهِۦ قَوۡمࣰا صَٰلِحِينَ﴿٩﴾

    Yusufni oʻldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan boʻlib olasizlar», – dedilar.

  10. 12:10Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ قَآئِلࣱ مِّنۡهُمۡ لَا تَقۡتُلُواْ يُوسُفَ وَ أَلۡقُوهُ فِي غَيَٰبَتِ ٱلۡجُبِّ يَلۡتَقِطۡهُ بَعۡضُ ٱلسَّيَّارَةِ إِن كُنتُمۡ فَٰعِلِينَ﴿١٠﴾

    Ulardan bir soʻzlovchi: «Yusufni oʻldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduqning qaʼriga tashlanglar, baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi», dedi.

  11. 12:11Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مَا لَكَ لَا تَأۡمَ۬نَّا عَلَىٰ يُوسُفَ وَ إِنَّا لَهُۥ لَنَٰصِحُونَ﴿١١﴾

    Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz.

  12. 12:12Mushafda oʻqish ↗

    أَرۡسِلۡهُ مَعَنَا غَدࣰا يَرۡتَعۡ وَ يَلۡعَبۡ وَ إِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ﴿١٢﴾

    Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, oʻynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.

  13. 12:13Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنِّي لَيَحۡزُنُنِيٓ أَن تَذۡهَبُواْ بِهِۦ وَ أَخَافُ أَن يَأۡكُلَهُ ٱلذِّئۡبُ وَ أَنتُمۡ عَنۡهُ غَٰفِلُونَ﴿١٣﴾

    U: «Uni olib ketishingiz meni xafa qiladi. Siz undan gʻofil qolsangiz, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», – dedi.

  14. 12:14Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ لَئِنۡ أَكَلَهُ ٱلذِّئۡبُ وَ نَحۡنُ عُصۡبَةٌ إِنَّآ إِذࣰا لَّخَٰسِرُونَ﴿١٤﴾

    Ular: «Agar biz koʻpchilik boʻlib turib, uni boʻri yeb ketsa, unda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da?!» – dedilar.

  15. 12:15Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا ذَهَبُواْ بِهِۦ وَ أَجۡمَعُوٓاْ أَن يَجۡعَلُوهُ فِي غَيَٰبَتِ ٱلۡجُبِّ ۚ وَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمۡرِهِمۡ هَٰذَا وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿١٥﴾

    Uni olib ketib, quduq qaʼriga tashlashga qaror qilganlarida, Biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, oʻshanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik.

  16. 12:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءُوٓ أَبَاهُمۡ عِشَآءࣰ يَبۡكُونَ﴿١٦﴾

    Kechqurun yigʻlagan hollarida otalariga kelib:

  17. 12:17Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّا ذَهَبۡنَا نَسۡتَبِقُ وَ تَرَكۡنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَٰعِنَا فَأَكَلَهُ ٱلذِّئۡبُ ۖ وَ مَآ أَنتَ بِمُؤۡمِنࣲ لَّنَا وَ لَوۡ كُنَّا صَٰدِقِينَ﴿١٧﴾

    «Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, oʻzimiz quvlashib ketsak, uni boʻri yeb qoʻyibdi. Agar rostgoʻy boʻlsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar.

  18. 12:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءُو عَلَىٰ قَمِيصِهِۦ بِدَمࣲ كَذِبࣲ ۚ قَالَ بَلۡ سَوَّلَتۡ لَكُمۡ أَنفُسُكُمۡ أَمۡرࣰا ۖ فَصَبۡرࣱ جَمِيلࣱ ۖ وَ ٱللَّهُ ٱلۡمُسۡتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ﴿١٨﴾

    Va uning yolgʻon qonga boʻyalgan koʻylagini keltirdilar. U: «Yoʻq! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab koʻrsatibdi. Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yoʻq). Siz vasf qilayotgan narsada yordam soʻraladigan Zot yolgʻiz Allohning Oʻzi», – dedi.

  19. 12:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَتۡ سَيَّارَةࣱ فَأَرۡسَلُواْ وَارِدَهُمۡ فَأَدۡلَىٰ دَلۡوَهُۥ ۖ قَالَ يَٰبُشۡرَىٰ هَٰذَا غُلَٰمࣱ ۚ وَ أَسَرُّوهُ بِضَٰعَةࣰ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِمَا يَعۡمَلُونَ﴿١٩﴾

    Va yoʻlovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qoʻydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.

  20. 12:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ شَرَوۡهُ بِثَمَنِۭ بَخۡسࣲ دَرَٰهِمَ مَعۡدُودَةࣲ وَ كَانُواْ فِيهِ مِنَ ٱلزَّٰهِدِينَ﴿٢٠﴾

    Va uni arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotdilar. Ular unga qiziqmagan edilar.

  21. 12:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِي ٱشۡتَرَىٰهُ مِن مِّصۡرَ لِٱمۡرَأَتِهِۦٓ أَكۡرِمِي مَثۡوَىٰهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوۡ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدࣰا ۚ وَ كَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لِنُعَلِّمَهُۥ مِن تَأۡوِيلِ ٱلۡأَحَادِيثِ ۚ وَ ٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمۡرِهِۦ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٢١﴾

    Va uni Misrda sotib olgan (odam) oʻz xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», – dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning taʼbirini oʻrgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qoʻydik. Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.

  22. 12:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥٓ ءَاتَيۡنَٰهُ حُكۡمࣰا وَ عِلۡمࣰا ۚ وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٢٢﴾

    Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Goʻzal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.

  23. 12:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَٰوَدَتۡهُ ٱلَّتِي هُوَ فِي بَيۡتِهَا عَن نَّفۡسِهِۦ وَ غَلَّقَتِ ٱلۡأَبۡوَٰبَ وَ قَالَتۡ هَيۡتَ لَكَ ۚ قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ رَبِّيٓ أَحۡسَنَ مَثۡوَايَ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٢٣﴾

    U uyida boʻlgan ayol undan nafsini xohladi. Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» – dedi. U: «Alloh saqlasin! Axir, u joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», – dedi.

  24. 12:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ هَمَّتۡ بِهِۦ ۖ وَ هَمَّ بِهَا لَوۡلَآ أَن رَّءَا بُرۡهَٰنَ رَبِّهِۦ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصۡرِفَ عَنۡهُ ٱلسُّوٓءَ وَ ٱلۡفَحۡشَآءَ ۚ إِنَّهُۥ مِنۡ عِبَادِنَا ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿٢٤﴾

    Batahqiq, xotin unga intildi. U ham, agar Robbining burhon(hujjat)ini koʻrmaganida, u(xotin)ga intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir.

  25. 12:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱسۡتَبَقَا ٱلۡبَابَ وَ قَدَّتۡ قَمِيصَهُۥ مِن دُبُرࣲ وَ أَلۡفَيَا سَيِّدَهَا لَدَا ٱلۡبَابِ ۚ قَالَتۡ مَا جَزَآءُ مَنۡ أَرَادَ بِأَهۡلِكَ سُوٓءًا إِلَّآ أَن يُسۡجَنَ أَوۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٢٥﴾

    Eshik tomon chopishdi. Xotin uning koʻylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi. U(xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi.

  26. 12:26Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هِيَ رَٰوَدَتۡنِي عَن نَّفۡسِي ۚ وَ شَهِدَ شَاهِدࣱ مِّنۡ أَهۡلِهَآ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن قُبُلࣲ فَصَدَقَتۡ وَ هُوَ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ﴿٢٦﴾

    U: «Uning oʻzi mening nafsimni xohladi», – dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolgʻonchilardandir.

  27. 12:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن دُبُرࣲ فَكَذَبَتۡ وَ هُوَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٢٧﴾

    Agar uning koʻylagi ort tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin yolgʻon gapiribdir, u rostgoʻylardandir», – dedi.

  28. 12:28Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا رَءَا قَمِيصَهُۥ قُدَّ مِن دُبُرࣲ قَالَ إِنَّهُۥ مِن كَيۡدِكُنَّ ۖ إِنَّ كَيۡدَكُنَّ عَظِيمࣱ﴿٢٨﴾

    Er uning koʻylagining ort tomonidan yirtilganini koʻrgan paytda: «Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zoʻrdir», – dedi.

  29. 12:29Mushafda oʻqish ↗

    يُوسُفُ أَعۡرِضۡ عَنۡ هَٰذَا ۚ وَ ٱسۡتَغۡفِرِي لِذَنۢبِكِ ۖ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ ٱلۡخَاطِـِٔينَ﴿٢٩﴾

    «Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding», – dedi.

  30. 12:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ نِسۡوَةࣱ فِي ٱلۡمَدِينَةِ ٱمۡرَأَتُ ٱلۡعَزِيزِ تُرَٰوِدُ فَتَىٰهَا عَن نَّفۡسِهِۦ ۖ قَدۡ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَىٰهَا فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٣٠﴾

    Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi.

  31. 12:31Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا سَمِعَتۡ بِمَكۡرِهِنَّ أَرۡسَلَتۡ إِلَيۡهِنَّ وَ أَعۡتَدَتۡ لَهُنَّ مُتَّكَـࣰٔا وَ ءَاتَتۡ كُلَّ وَٰحِدَةࣲ مِّنۡهُنَّ سِكِّينࣰا وَ قَالَتِ ٱخۡرُجۡ عَلَيۡهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيۡنَهُۥٓ أَكۡبَرۡنَهُۥ وَ قَطَّعۡنَ أَيۡدِيَهُنَّ وَ قُلۡنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا هَٰذَا بَشَرًا إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا مَلَكࣱ كَرِيمࣱ﴿٣١﴾

    U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. Soʻngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi. Uni koʻrgan chogʻlarida lol qoldilar, qoʻllarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!» – deyishdi.

  32. 12:32Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِي لُمۡتُنَّنِي فِيهِ ۖ وَ لَقَدۡ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفۡسِهِۦ فَٱسۡتَعۡصَمَ ۖ وَ لَئِن لَّمۡ يَفۡعَلۡ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسۡجَنَنَّ وَ لَيَكُونࣰا مِّنَ ٱلصَّٰغِرِينَ﴿٣٢﴾

    U: «Siz meni malomat qilgan narsa — shu. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur», – dedi.

  33. 12:33Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱلسِّجۡنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ ۖ وَ إِلَّا تَصۡرِفۡ عَنِّي كَيۡدَهُنَّ أَصۡبُ إِلَيۡهِنَّ وَ أَكُن مِّنَ ٱلۡجَٰهِلِينَ﴿٣٣﴾

    U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan Oʻzing nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman», – dedi.

  34. 12:34Mushafda oʻqish ↗

    فَٱسۡتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ فَصَرَفَ عَنۡهُ كَيۡدَهُنَّ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٣٤﴾

    Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning Oʻzi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

  35. 12:35Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّنۢ بَعۡدِ مَا رَأَوُاْ ٱلۡأٓيَٰتِ لَيَسۡجُنُنَّهُۥ حَتَّىٰ حِينࣲ﴿٣٥﴾

    Soʻngra, oyat-alomatlarni koʻrganlaridan keyin, ularga uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi.

  36. 12:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ دَخَلَ مَعَهُ ٱلسِّجۡنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّيٓ أَرَىٰنِيٓ أَعۡصِرُ خَمۡرࣰا ۖ وَ قَالَ ٱلۡأٓخَرُ إِنِّيٓ أَرَىٰنِيٓ أَحۡمِلُ فَوۡقَ رَأۡسِي خُبۡزࣰا تَأۡكُلُ ٱلطَّيۡرُ مِنۡهُ ۖ نَبِّئۡنَا بِتَأۡوِيلِهِۦٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٣٦﴾

    U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda sharob tayyorlab yuribman», – dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non koʻtarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi. «Bizga buning taʼbirini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz».

  37. 12:37Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَا يَأۡتِيكُمَا طَعَامࣱ تُرۡزَقَانِهِۦٓ إِلَّا نَبَّأۡتُكُمَا بِتَأۡوِيلِهِۦ قَبۡلَ أَن يَأۡتِيَكُمَا ۚ ذَٰلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِي رَبِّيٓ ۚ إِنِّي تَرَكۡتُ مِلَّةَ قَوۡمࣲ لَّا يُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَ هُم بِٱلۡأٓخِرَةِ هُمۡ كَٰفِرُونَ﴿٣٧﴾

    U: «Men sizlarga rizq boʻladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman. Bu ish menga Robbim taʼlim bergan narsalardandir. Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir boʻlgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman.

  38. 12:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّبَعۡتُ مِلَّةَ ءَابَآءِيٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَآ أَن نُّشۡرِكَ بِٱللَّهِ مِن شَيۡءࣲ ۚ ذَٰلِكَ مِن فَضۡلِ ٱللَّهِ عَلَيۡنَا وَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشۡكُرُونَ﴿٣٨﴾

    Va otalarim Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubning millati (dini)ga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaslar.

  39. 12:39Mushafda oʻqish ↗

    يَٰصَٰحِبَيِ ٱلسِّجۡنِ ءَأَرۡبَابࣱ مُّتَفَرِّقُونَ خَيۡرٌ أَمِ ٱللَّهُ ٱلۡوَٰحِدُ ٱلۡقَهَّارُ﴿٣٩﴾

    Ey, hamzindon doʻstlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolgʻizu Qahhor Allohmi?

  40. 12:40Mushafda oʻqish ↗

    مَا تَعۡبُدُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ أَسۡمَآءࣰ سَمَّيۡتُمُوهَآ أَنتُمۡ وَ ءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلۡطَٰنٍ ۚ إِنِ ٱلۡحُكۡمُ إِلَّا لِلَّهِ أَمَرَ أَلَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّآ إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلۡقَيِّمُ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٤٠﴾

    Sizlar undan oʻzga, oʻzingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir, U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana oʻsha toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.

  41. 12:41Mushafda oʻqish ↗

    يَٰصَٰحِبَيِ ٱلسِّجۡنِ أَمَّآ أَحَدُكُمَا فَيَسۡقِي رَبَّهُۥ خَمۡرࣰا ۖ وَ أَمَّا ٱلۡأٓخَرُ فَيُصۡلَبُ فَتَأۡكُلُ ٱلطَّيۡرُ مِن رَّأۡسِهِۦ ۚ قُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ ٱلَّذِي فِيهِ تَسۡتَفۡتِيَانِ﴿٤١﴾

    Ey, hamzindon doʻstlarim, sizlardan biringiz xoʻjasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi boʻlsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi boʻlgan ish bitdi», – dedi.

  42. 12:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ لِلَّذِي ظَنَّ أَنَّهُۥ نَاجࣲ مِّنۡهُمَا ٱذۡكُرۡنِي عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَىٰهُ ٱلشَّيۡطَٰنُ ذِكۡرَ رَبِّهِۦ فَلَبِثَ فِي ٱلسِّجۡنِ بِضۡعَ سِنِينَ﴿٤٢﴾

    Va u oʻzi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xoʻjang huzurida meni esga ol», – dedi. Shayton unga xoʻjasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi.

  43. 12:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلِكُ إِنِّيٓ أَرَىٰ سَبۡعَ بَقَرَٰتࣲ سِمَانࣲ يَأۡكُلُهُنَّ سَبۡعٌ عِجَافࣱ وَ سَبۡعَ سُنۢبُلَٰتٍ خُضۡرࣲ وَ أُخَرَ يَابِسَٰتࣲ ۖ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَأُ أَفۡتُونِي فِي رُءۡيَٰيَ إِن كُنتُمۡ لِلرُّءۡيَا تَعۡبُرُونَ﴿٤٣﴾

    Podshoh: «Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻini koʻrmoqdaman. Ey aʼyonlar, agar tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, menga tushimning fatvosini bering», – dedi.

  44. 12:44Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَضۡغَٰثُ أَحۡلَٰمࣲ ۖ وَ مَا نَحۡنُ بِتَأۡوِيلِ ٱلۡأَحۡلَٰمِ بِعَٰلِمِينَ﴿٤٤﴾

    Ular: «Bu algʻov-dalgʻov tushdir. Biz bunday tushlarning taʼbirini biluvchi emasmiz», – dedilar.

  45. 12:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِي نَجَا مِنۡهُمَا وَ ٱدَّكَرَ بَعۡدَ أُمَّةٍ أَنَا۠ أُنَبِّئُكُم بِتَأۡوِيلِهِۦ فَأَرۡسِلُونِ﴿٤٥﴾

    Va ikkisidan najot topgani ancha muddat oʻtgandan soʻng xotirlab: «Buning taʼbirining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», – dedi.

  46. 12:46Mushafda oʻqish ↗

    يُوسُفُ أَيُّهَا ٱلصِّدِّيقُ أَفۡتِنَا فِي سَبۡعِ بَقَرَٰتࣲ سِمَانࣲ يَأۡكُلُهُنَّ سَبۡعٌ عِجَافࣱ وَ سَبۡعِ سُنۢبُلَٰتٍ خُضۡرࣲ وَ أُخَرَ يَابِسَٰتࣲ لَّعَلِّيٓ أَرۡجِعُ إِلَى ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿٤٦﴾

    U: «Yusuf, ey, rostgoʻy zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganining va yettita yashil boshoqning va shuncha qurugʻining taʼbirini ayt. Shoyadki, odamlarga qaytib borsam, ular ham bilsalar», – dedi.

  47. 12:47Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ تَزۡرَعُونَ سَبۡعَ سِنِينَ دَأَبࣰا فَمَا حَصَدتُّمۡ فَذَرُوهُ فِي سُنۢبُلِهِۦٓ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّمَّا تَأۡكُلُونَ﴿٤٧﴾

    U: «Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yigʻishtirib olgan hosilingizni boshogʻida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni (qoldirmasangiz ham boʻlur).

  48. 12:48Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ يَأۡتِي مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ سَبۡعࣱ شِدَادࣱ يَأۡكُلۡنَ مَا قَدَّمۡتُمۡ لَهُنَّ إِلَّا قَلِيلࣰا مِّمَّا تُحۡصِنُونَ﴿٤٨﴾

    Soʻngra, undan keyin yettita shiddatli (yil) kelur, ular oldindan tayyorlab qoʻyganingizni yeydilar. Magar, ozgina asrab qoʻyganingizgina qolur.

  49. 12:49Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ يَأۡتِي مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ عَامࣱ فِيهِ يُغَاثُ ٱلنَّاسُ وَ فِيهِ يَعۡصِرُونَ﴿٤٩﴾

    Soʻngra, undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinurlar va unda (mevalarni) siqurlar», – dedi.

  50. 12:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلِكُ ٱئۡتُونِي بِهِۦ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُ ٱلرَّسُولُ قَالَ ٱرۡجِعۡ إِلَىٰ رَبِّكَ فَسۡـَٔلۡهُ مَا بَالُ ٱلنِّسۡوَةِ ٱلَّٰتِي قَطَّعۡنَ أَيۡدِيَهُنَّ ۚ إِنَّ رَبِّي بِكَيۡدِهِنَّ عَلِيمࣱ﴿٥٠﴾

    Podshoh: «Uni menga keltiringlar», – dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xoʻjang huzuriga qaytib bor va undan qoʻllarini kesgan xotinlarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi.

  51. 12:51Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مَا خَطۡبُكُنَّ إِذۡ رَٰوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفۡسِهِۦ ۚ قُلۡنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا عَلِمۡنَا عَلَيۡهِ مِن سُوٓءࣲ ۚ قَالَتِ ٱمۡرَأَتُ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡـَٰٔنَ حَصۡحَصَ ٱلۡحَقُّ أَنَا۠ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفۡسِهِۦ وَ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٥١﴾

    U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», – dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir boʻldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi.

  52. 12:52Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ لِيَعۡلَمَ أَنِّي لَمۡ أَخُنۡهُ بِٱلۡغَيۡبِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي كَيۡدَ ٱلۡخَآئِنِينَ﴿٥٢﴾

    Bu, men unga yoʻgʻida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini toʻgʻrilikka yoʻllamasligini bilishi uchundir.

  53. 12:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أُبَرِّئُ نَفۡسِيٓ ۚ إِنَّ ٱلنَّفۡسَ لَأَمَّارَةُۢ بِٱلسُّوٓءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّيٓ ۚ إِنَّ رَبِّي غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٥٣﴾

    Va oʻz nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahim qilmasa, yomonlikka undovchidir. Albatta, Robbim magʻfiratli va bilguvchi Zotdir», – dedi.

  54. 12:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلِكُ ٱئۡتُونِي بِهِۦٓ أَسۡتَخۡلِصۡهُ لِنَفۡسِي ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُۥ قَالَ إِنَّكَ ٱلۡيَوۡمَ لَدَيۡنَا مَكِينٌ أَمِينࣱ﴿٥٤﴾

    Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi.

  55. 12:55Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱجۡعَلۡنِي عَلَىٰ خَزَآئِنِ ٱلۡأَرۡضِ ۖ إِنِّي حَفِيظٌ عَلِيمࣱ﴿٥٥﴾

    U: «Meni yerning xazinalari ustiga qoʻy. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», – dedi.

  56. 12:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَتَبَوَّأُ مِنۡهَا حَيۡثُ يَشَآءُ ۚ نُصِيبُ بِرَحۡمَتِنَا مَن نَّشَآءُ ۖ وَ لَا نُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٥٦﴾

    Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni oʻzi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. Oʻz rahmatimizni, kimni xohlasak, oʻshanga muyassar eturmiz va goʻzal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.

  57. 12:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَأَجۡرُ ٱلۡأٓخِرَةِ خَيۡرࣱ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ كَانُواْ يَتَّقُونَ﴿٥٧﴾

    Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq boʻlur.

  58. 12:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ إِخۡوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُواْ عَلَيۡهِ فَعَرَفَهُمۡ وَ هُمۡ لَهُۥ مُنكِرُونَ﴿٥٨﴾

    Yusufning ogʻa-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa, uni tanimadilar.

  59. 12:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمۡ قَالَ ٱئۡتُونِي بِأَخࣲ لَّكُم مِّنۡ أَبِيكُمۡ ۚ أَلَا تَرَوۡنَ أَنِّيٓ أُوفِي ٱلۡكَيۡلَ وَ أَنَا۠ خَيۡرُ ٱلۡمُنزِلِينَ﴿٥٩﴾

    Ularning jihozlarini yuklagan vaqtda: «Mening huzurimga ota bir iningizni olib keling. Koʻrayapsizlarmi? Men oʻlchovni toʻla qilmoqdaman va men eng yaxshi mezbonman.

  60. 12:60Mushafda oʻqish ↗

    فَإِن لَّمۡ تَأۡتُونِي بِهِۦ فَلَا كَيۡلَ لَكُمۡ عِندِي وَ لَا تَقۡرَبُونِ﴿٦٠﴾

    Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda oʻlchab berish yoʻq va menga yaqin ham kelmanglar», – dedi.

  61. 12:61Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ سَنُرَٰوِدُ عَنۡهُ أَبَاهُ وَ إِنَّا لَفَٰعِلُونَ﴿٦١﴾

    Ular: «Uni otasidan soʻrab olib kelishga urinamiz. Biz buni, albatta, qiluvchimiz», – dedilar.

  62. 12:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ لِفِتۡيَٰنِهِ ٱجۡعَلُواْ بِضَٰعَتَهُمۡ فِي رِحَالِهِمۡ لَعَلَّهُمۡ يَعۡرِفُونَهَآ إِذَا ٱنقَلَبُوٓاْ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِمۡ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٦٢﴾

    U oʻz yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qoʻyinglar. Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», – dedi.

  63. 12:63Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا رَجَعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَبِيهِمۡ قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مُنِعَ مِنَّا ٱلۡكَيۡلُ فَأَرۡسِلۡ مَعَنَآ أَخَانَا نَكۡتَلۡ وَ إِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ﴿٦٣﴾

    Otalari huzuriga qaytib borganlarida: «Ey otamiz, bizga oʻlchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, oʻlchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.

  64. 12:64Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَلۡ ءَامَنُكُمۡ عَلَيۡهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمۡ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبۡلُ فَٱللَّهُ خَيۡرٌ حَٰفِظࣰا ۖ وَ هُوَ أَرۡحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿٦٤﴾

    U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning Oʻzi eng yaxshi muhofazachi va Uning Oʻzi rahimlilarning eng rahimligidir», – dedi.

  65. 12:65Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا فَتَحُواْ مَتَٰعَهُمۡ وَجَدُواْ بِضَٰعَتَهُمۡ رُدَّتۡ إِلَيۡهِمۡ ۖ قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مَا نَبۡغِي ۖ هَٰذِهِۦ بِضَٰعَتُنَا رُدَّتۡ إِلَيۡنَا ۖ وَ نَمِيرُ أَهۡلَنَا وَ نَحۡفَظُ أَخَانَا وَ نَزۡدَادُ كَيۡلَ بَعِيرࣲ ۖ ذَٰلِكَ كَيۡلࣱ يَسِيرࣱ﴿٦٥﴾

    Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining oʻzlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) oʻlchovi olamiz. Bu ozgina oʻlchovdir», – dedilar.

  66. 12:66Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَنۡ أُرۡسِلَهُۥ مَعَكُمۡ حَتَّىٰ تُؤۡتُونِ مَوۡثِقࣰا مِّنَ ٱللَّهِ لَتَأۡتُنَّنِي بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يُحَاطَ بِكُمۡ ۖ فَلَمَّآ ءَاتَوۡهُ مَوۡثِقَهُمۡ قَالَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلࣱ﴿٦٦﴾

    U: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman. Magar (halokatga) oʻralib qolsangiz, boshqa gap», – dedi. Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», – dedi.

  67. 12:67Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ يَٰبَنِيَّ لَا تَدۡخُلُواْ مِنۢ بَابࣲ وَٰحِدࣲ وَ ٱدۡخُلُواْ مِنۡ أَبۡوَٰبࣲ مُّتَفَرِّقَةࣲ ۖ وَ مَآ أُغۡنِي عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَيۡءٍ ۖ إِنِ ٱلۡحُكۡمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ ۖ وَ عَلَيۡهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُتَوَكِّلُونَ﴿٦٧﴾

    U: «Ey oʻgʻillarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», – dedi.

  68. 12:68Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا دَخَلُواْ مِنۡ حَيۡثُ أَمَرَهُمۡ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغۡنِي عَنۡهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَيۡءٍ إِلَّا حَاجَةࣰ فِي نَفۡسِ يَعۡقُوبَ قَضَىٰهَا ۚ وَ إِنَّهُۥ لَذُو عِلۡمࣲ لِّمَا عَلَّمۡنَٰهُ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٦٨﴾

    Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar, Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz taʼlim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin koʻpchilik odamlar bilmaslar.

  69. 12:69Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا دَخَلُواْ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيۡهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّيٓ أَنَا۠ أَخُوكَ فَلَا تَبۡتَئِسۡ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٦٩﴾

    Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini oʻziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa boʻlma», – dedi.

  70. 12:70Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمۡ جَعَلَ ٱلسِّقَايَةَ فِي رَحۡلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا ٱلۡعِيرُ إِنَّكُمۡ لَسَٰرِقُونَ﴿٧٠﴾

    Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qoʻydi. Soʻngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar oʻgʻridirsizlar», deb jar soldi.

  71. 12:71Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ وَ أَقۡبَلُواْ عَلَيۡهِم مَّاذَا تَفۡقِدُونَ﴿٧١﴾

    Ular (ortlaridan kelganlarga) qarab: «Nima yoʻqotdingiz?» – dedilar.

  72. 12:72Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ نَفۡقِدُ صُوَاعَ ٱلۡمَلِكِ وَ لِمَن جَآءَ بِهِۦ حِمۡلُ بَعِيرࣲ وَ أَنَا۠ بِهِۦ زَعِيمࣱ﴿٧٢﴾

    Ular: «Podshohning idishini yoʻqotdik. Uni keltirgan kishiga bir tuya yuk. Men unga kafilman», – dedi.

  73. 12:73Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ تَٱللَّهِ لَقَدۡ عَلِمۡتُم مَّا جِئۡنَا لِنُفۡسِدَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا كُنَّا سَٰرِقِينَ﴿٧٣﴾

    Ular: «Allohga qasamki, oʻzingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz oʻgʻrilar boʻlgan emasmiz», – dedilar.

  74. 12:74Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ فَمَا جَزَٰٓؤُهُۥٓ إِن كُنتُمۡ كَٰذِبِينَ﴿٧٤﴾

    Ular: «Agar yolgʻonchi boʻlib chiqsangiz, jazosi nima?» – dedilar.

  75. 12:75Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ جَزَٰٓؤُهُۥ مَن وُجِدَ فِي رَحۡلِهِۦ فَهُوَ جَزَٰٓؤُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٧٥﴾

    Ular: «Uning jazosi, kimning yukida topilsa, oʻshadir. Bas, uning jazosi oʻshadir. Zolimni shunday jazolaymiz», – dedilar.

  76. 12:76Mushafda oʻqish ↗

    فَبَدَأَ بِأَوۡعِيَتِهِمۡ قَبۡلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسۡتَخۡرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدۡنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأۡخُذَ أَخَاهُ فِي دِينِ ٱلۡمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرۡفَعُ دَرَجَٰتࣲ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَ فَوۡقَ كُلِّ ذِي عِلۡمٍ عَلِيمࣱ﴿٧٦﴾

    U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. Soʻngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini boʻyicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, boʻlishi mumkin edi. Kimni xohlasak, oʻshaning darajasini koʻtaramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor.

  77. 12:77Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ إِن يَسۡرِقۡ فَقَدۡ سَرَقَ أَخࣱ لَّهُۥ مِن قَبۡلُ ۚ فَأَسَرَّهَا يُوسُفُ فِي نَفۡسِهِۦ وَ لَمۡ يُبۡدِهَا لَهُمۡ ۚ قَالَ أَنتُمۡ شَرࣱّ مَّكَانࣰا ۖ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا تَصِفُونَ﴿٧٧﴾

    Ular: «Agar bu oʻgʻirlagan boʻlsa, bundan oldin uning akasi ham oʻgʻirlagan edi», – dedilar. Yusuf buni koʻngliga tugib qoʻydi, ularga oshkor qilmadi. U: «Oʻzingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi Zotdir», – dedi.

  78. 12:78Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡعَزِيزُ إِنَّ لَهُۥٓ أَبࣰا شَيۡخࣰا كَبِيرࣰا فَخُذۡ أَحَدَنَا مَكَانَهُۥٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٧٨﴾

    Ular: «Ey Aziz, buning katta yoshli chol otasi bor. Bas, birimizni uning oʻrniga ol. Biz sening yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni koʻrmoqdamiz», – dedilar.

  79. 12:79Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ أَن نَّأۡخُذَ إِلَّا مَن وَجَدۡنَا مَتَٰعَنَا عِندَهُۥٓ إِنَّآ إِذࣰا لَّظَٰلِمُونَ﴿٧٩﴾

    U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan boʻlib qolamiz», – dedi.

  80. 12:80Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا ٱسۡتَيۡـَٔسُواْ مِنۡهُ خَلَصُواْ نَجِيࣰّا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمۡ أَلَمۡ تَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ أَبَاكُمۡ قَدۡ أَخَذَ عَلَيۡكُم مَّوۡثِقࣰا مِّنَ ٱللَّهِ وَ مِن قَبۡلُ مَا فَرَّطتُمۡ فِي يُوسُفَ ۖ فَلَنۡ أَبۡرَحَ ٱلۡأَرۡضَ حَتَّىٰ يَأۡذَنَ لِيٓ أَبِيٓ أَوۡ يَحۡكُمَ ٱللَّهُ لِي ۖ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلۡحَٰكِمِينَ﴿٨٠﴾

    Undan umidni uzgan chogʻlarida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir.

  81. 12:81Mushafda oʻqish ↗

    ٱرۡجِعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَبِيكُمۡ فَقُولُواْ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّ ٱبۡنَكَ سَرَقَ وَ مَا شَهِدۡنَآ إِلَّا بِمَا عَلِمۡنَا وَ مَا كُنَّا لِلۡغَيۡبِ حَٰفِظِينَ﴿٨١﴾

    Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga:«Ey otamiz, haqiqatda oʻgʻling oʻgʻrilik qildi. Biz faqat oʻzimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz gʻaybni biluvchi emas edik.

  82. 12:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ سۡـَٔلِ ٱلۡقَرۡيَةَ ٱلَّتِي كُنَّا فِيهَا وَ ٱلۡعِيرَ ٱلَّتِيٓ أَقۡبَلۡنَا فِيهَا ۖ وَ إِنَّا لَصَٰدِقُونَ﴿٨٢﴾

    Biz boʻlgan shahardan soʻra va u yerda biz uchragan karvondan soʻra, biz, albatta, rostgoʻylardanmiz, denglar», dedi.

  83. 12:83Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ بَلۡ سَوَّلَتۡ لَكُمۡ أَنفُسُكُمۡ أَمۡرࣰا ۖ فَصَبۡرࣱ جَمِيلٌ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَأۡتِيَنِي بِهِمۡ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٨٣﴾

    U: «Yoʻq, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi koʻrsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.

  84. 12:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَوَلَّىٰ عَنۡهُمۡ وَ قَالَ يَٰٓأَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَ ٱبۡيَضَّتۡ عَيۡنَاهُ مِنَ ٱلۡحُزۡنِ فَهُوَ كَظِيمࣱ﴿٨٤﴾

    Va ulardan yuz oʻgirdi hamda: «Oh, Yusuf!» deb koʻzlariga oq tushdi. Bas, u dardini yutuvchidir.

  85. 12:85Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ تَٱللَّهِ تَفۡتَؤُاْ تَذۡكُرُ يُوسُفَ حَتَّىٰ تَكُونَ حَرَضًا أَوۡ تَكُونَ مِنَ ٱلۡهَٰلِكِينَ﴿٨٥﴾

    Ular: «Allohga qasamki, toki madordan ketguningcha yoki halok boʻluvchilardan boʻlguningcha, Yusufni zikr qilaverasan», dedilar.

  86. 12:86Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّمَآ أَشۡكُواْ بَثِّي وَ حُزۡنِيٓ إِلَى ٱللَّهِ وَ أَعۡلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٨٦﴾

    U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning Oʻziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilurman.

  87. 12:87Mushafda oʻqish ↗

    يَٰبَنِيَّ ٱذۡهَبُواْ فَتَحَسَّسُواْ مِن يُوسُفَ وَ أَخِيهِ وَ لَا تَاْيۡـَٔسُواْ مِن رَّوۡحِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يَاْيۡـَٔسُ مِن رَّوۡحِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلۡقَوۡمُ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٨٧﴾

    Ey oʻgʻillarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid boʻlurlar», dedi.

  88. 12:88Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَيۡهِ قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡعَزِيزُ مَسَّنَا وَ أَهۡلَنَا ٱلضُّرُّ وَ جِئۡنَا بِبِضَٰعَةࣲ مُّزۡجَىٰةࣲ فَأَوۡفِ لَنَا ٱلۡكَيۡلَ وَ تَصَدَّقۡ عَلَيۡنَآ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَجۡزِي ٱلۡمُتَصَدِّقِينَ﴿٨٨﴾

    Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga oʻlchovni toʻliq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar.

  89. 12:89Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَلۡ عَلِمۡتُم مَّا فَعَلۡتُم بِيُوسُفَ وَ أَخِيهِ إِذۡ أَنتُمۡ جَٰهِلُونَ﴿٨٩﴾

    U: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» – dedi.

  90. 12:90Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَءِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَا۠ يُوسُفُ وَ هَٰذَآ أَخِي ۖ قَدۡ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيۡنَآ ۖ إِنَّهُۥ مَن يَتَّقِ وَ يَصۡبِرۡ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٩٠﴾

    Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat koʻrsatdi. Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi.

  91. 12:91Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ تَٱللَّهِ لَقَدۡ ءَاثَرَكَ ٱللَّهُ عَلَيۡنَا وَ إِن كُنَّا لَخَٰطِـِٔينَ﴿٩١﴾

    Ular: «Allohga qasamki, haqiqatan, Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan boʻldik», dedilar.

  92. 12:92Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَا تَثۡرِيبَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡيَوۡمَ ۖ يَغۡفِرُ ٱللَّهُ لَكُمۡ ۖ وَ هُوَ أَرۡحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿٩٢﴾

    U: «Bugungi kunda sizlarni ayblash yoʻq. Sizlarni Alloh magʻfirat qilgay. U rahim qilguvchilarning rahimlirogʻidir», dedi.

  93. 12:93Mushafda oʻqish ↗

    ٱذۡهَبُواْ بِقَمِيصِي هَٰذَا فَأَلۡقُوهُ عَلَىٰ وَجۡهِ أَبِي يَأۡتِ بَصِيرࣰا وَ أۡتُونِي بِأَهۡلِكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٩٣﴾

    «Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi ochilur. Soʻngra, ahlingiz ila jam boʻlib huzurimga kelinglar».

  94. 12:94Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا فَصَلَتِ ٱلۡعِيرُ قَالَ أَبُوهُمۡ إِنِّي لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ ۖ لَوۡلَآ أَن تُفَنِّدُونِ﴿٩٤﴾

    Karvon yoʻlga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi.

  95. 12:95Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ تَٱللَّهِ إِنَّكَ لَفِي ضَلَٰلِكَ ٱلۡقَدِيمِ﴿٩٥﴾

    Ular: «Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasan», dedilar.

  96. 12:96Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ أَن جَآءَ ٱلۡبَشِيرُ أَلۡقَىٰهُ عَلَىٰ وَجۡهِهِۦ فَٱرۡتَدَّ بَصِيرࣰا ۖ قَالَ أَلَمۡ أَقُل لَّكُمۡ إِنِّيٓ أَعۡلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٩٦﴾

    Xushxabarchi kelgan chogʻida, u(koʻylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana koʻradigan boʻldi. U: «Sizlarga men Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» – dedi.

  97. 12:97Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا ٱسۡتَغۡفِرۡ لَنَا ذُنُوبَنَآ إِنَّا كُنَّا خَٰطِـِٔينَ﴿٩٧﴾

    Ular: «Ey otamiz, gunohlarimiz uchun istigʻfor ayt. Albatta, biz xatokorlardan boʻlgan ekanmiz», dedilar.

  98. 12:98Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ سَوۡفَ أَسۡتَغۡفِرُ لَكُمۡ رَبِّيٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿٩٨﴾

    U: «Sizlar uchun Robbimga hali istigʻfor ayturman. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», dedi.

  99. 12:99Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيۡهِ أَبَوَيۡهِ وَ قَالَ ٱدۡخُلُواْ مِصۡرَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ﴿٩٩﴾

    Yusuf huzuriga kirgan chogʻlarida u otasi va onasini oʻziga yaqinlashtirdi va: «Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!» – dedi.

  100. 12:100Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَفَعَ أَبَوَيۡهِ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ وَ خَرُّواْ لَهُۥ سُجَّدࣰا ۖ وَ قَالَ يَٰٓأَبَتِ هَٰذَا تَأۡوِيلُ رُءۡيَٰيَ مِن قَبۡلُ قَدۡ جَعَلَهَا رَبِّي حَقࣰّا ۖ وَ قَدۡ أَحۡسَنَ بِيٓ إِذۡ أَخۡرَجَنِي مِنَ ٱلسِّجۡنِ وَ جَآءَ بِكُم مِّنَ ٱلۡبَدۡوِ مِنۢ بَعۡدِ أَن نَّزَغَ ٱلشَّيۡطَٰنُ بَيۡنِي وَ بَيۡنَ إِخۡوَتِيٓ ۚ إِنَّ رَبِّي لَطِيفࣱ لِّمَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١٠٠﴾

    Ota-onasini taxtga koʻtardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, oʻshanga latiyfdir. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.

  101. 12:101Mushafda oʻqish ↗

    رَبِّ قَدۡ ءَاتَيۡتَنِي مِنَ ٱلۡمُلۡكِ وَ عَلَّمۡتَنِي مِن تَأۡوِيلِ ٱلۡأَحَادِيثِ ۚ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ أَنتَ وَلِيِّۦ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ تَوَفَّنِي مُسۡلِمࣰا وَ أَلۡحِقۡنِي بِٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٠١﴾

    «Ey Robbim, haqiqatan, menga mulk berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qoʻshgin.»

  102. 12:102Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ ٱلۡغَيۡبِ نُوحِيهِ إِلَيۡكَ ۖ وَ مَا كُنتَ لَدَيۡهِمۡ إِذۡ أَجۡمَعُوٓاْ أَمۡرَهُمۡ وَ هُمۡ يَمۡكُرُونَ﴿١٠٢﴾

    Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida boʻlmagan eding.

  103. 12:103Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَكۡثَرُ ٱلنَّاسِ وَ لَوۡ حَرَصۡتَ بِمُؤۡمِنِينَ﴿١٠٣﴾

    Odamlarning koʻplari, garchi sen juda qiziqsang ham, moʻmin emaslar.

  104. 12:104Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَسۡـَٔلُهُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرٍ ۚ إِنۡ هُوَ إِلَّا ذِكۡرࣱ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿١٠٤﴾

    Sen ulardan buning uchun ajr ham soʻramaysan. U faqat olamlar uchun eslatma, xolos.

  105. 12:105Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَأَيِّن مِّنۡ ءَايَةࣲ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ يَمُرُّونَ عَلَيۡهَا وَ هُمۡ عَنۡهَا مُعۡرِضُونَ﴿١٠٥﴾

    Ular osmonlaru yerdagi qanchadan-qancha oyat-belgilar qarshisidan yuz oʻgirgan hollarida oʻtadilar.

  106. 12:106Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يُؤۡمِنُ أَكۡثَرُهُم بِٱللَّهِ إِلَّا وَ هُم مُّشۡرِكُونَ﴿١٠٦﴾

    Koʻplari esa, Allohga mushrik boʻlgan hollaridagina iymon keltiradilar, xolos.

  107. 12:107Mushafda oʻqish ↗

    أَفَأَمِنُوٓاْ أَن تَأۡتِيَهُمۡ غَٰشِيَةࣱ مِّنۡ عَذَابِ ٱللَّهِ أَوۡ تَأۡتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغۡتَةࣰ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿١٠٧﴾

    Ular oʻzlariga Allohdan qamrab oluvchi azob kelishidan yoki sezmay turganlarida qiyomat nogahon kelib qolishidan omondamilar?!

  108. 12:108Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هَٰذِهِۦ سَبِيلِيٓ أَدۡعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا۠ وَ مَنِ ٱتَّبَعَنِي ۖ وَ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ وَ مَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٠٨﴾

    Sen: «Bu — mening yoʻlimdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt.

  109. 12:109Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ إِلَّا رِجَالࣰا نُّوحِيٓ إِلَيۡهِم مِّنۡ أَهۡلِ ٱلۡقُرَىٰٓ ۗ أَفَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۗ وَ لَدَارُ ٱلۡأٓخِرَةِ خَيۡرࣱ لِّلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿١٠٩﴾

    Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborganmiz. Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati nima boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?!

  110. 12:110Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا ٱسۡتَيۡـَٔسَ ٱلرُّسُلُ وَ ظَنُّوٓاْ أَنَّهُمۡ قَدۡ كُذِبُواْ جَآءَهُمۡ نَصۡرُنَا فَنُجِّيَ مَن نَّشَآءُ ۖ وَ لَا يُرَدُّ بَأۡسُنَا عَنِ ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿١١٠﴾

    Hattoki Paygʻambarlar noumid boʻlib, oʻzlarini yolgʻonchiga chiqarilganlar, deb gumon qilib qolganlarida, ularga Bizning nusratimiz keladi. Bas, Biz xohlaganlarga najot berilur. Jinoyatchi qavmlardan Bizning azobimiz qaytarilmas.

  111. 12:111Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ كَانَ فِي قَصَصِهِمۡ عِبۡرَةࣱ لِّأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ ۗ مَا كَانَ حَدِيثࣰا يُفۡتَرَىٰ وَ لَٰكِن تَصۡدِيقَ ٱلَّذِي بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَ تَفۡصِيلَ كُلِّ شَيۡءࣲ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿١١١﴾

    Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qurʼon) toʻqima gap emas, lekin oʻzidan oldin kelganning tasdigʻi va barcha narsaning tafsiloti, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Yusuf. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yusuf payg‘ambar.

Mazmuni: Yusuf alayhissalomning hayoti boshidan oxirigacha yaxlit qissa tarzida bayon qilinadi. Hasad, ayriliq, sinov, iffаt, qamoq, hokimiyat va kechirim kabi bosqichlar orqali Allohning yashirin tadbiri, sabrning mevasi va kechirishning ulug‘ligi ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraHud surasiKeyingi sura →Raʼd surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026