Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Kahf surasi

سورة الكهف

Kahf surasi

G‘or · Каҳф сураси

18-sura110 oyatMakkiy15-pora

Kahf surasi — Qurʼoni Karimning 18-surasi. U 110 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «G‘or» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

Boshqacha nomlari: Kahf surasi

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 18:1Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ عَلَىٰ عَبۡدِهِ ٱلۡكِتَٰبَ وَ لَمۡ يَجۡعَل لَّهُۥ عِوَجَاۜ﴿١﴾

    Oʻz bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd boʻlsin.

  2. 18:2Mushafda oʻqish ↗

    قَيِّمࣰا لِّيُنذِرَ بَأۡسࣰا شَدِيدࣰا مِّن لَّدُنۡهُ وَ يُبَشِّرَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعۡمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمۡ أَجۡرًا حَسَنࣰا﴿٢﴾

    Uni toʻgʻri qilgan; Oʻz huzuridan boʻladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga, ularga goʻzal ajr boʻlishi bashoratini beradigan qilgan Zotga.

  3. 18:3Mushafda oʻqish ↗

    مَّٰكِثِينَ فِيهِ أَبَدࣰا﴿٣﴾

    (Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar.

  4. 18:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُنذِرَ ٱلَّذِينَ قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدࣰا﴿٤﴾

    Va, Alloh Oʻziga bola tutdi, deganlarni ogohlantirish uchun.

  5. 18:5Mushafda oʻqish ↗

    مَّا لَهُم بِهِۦ مِنۡ عِلۡمࣲ وَ لَا لِأٓبَآئِهِمۡ ۚ كَبُرَتۡ كَلِمَةࣰ تَخۡرُجُ مِنۡ أَفۡوَٰهِهِمۡ ۚ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبࣰا﴿٥﴾

    Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yoʻqdir. Ogʻizlaridan chiqadigan soʻz qanday ham ogʻir. Ular yolgʻondan boshqani aytmaslar.

  6. 18:6Mushafda oʻqish ↗

    فَلَعَلَّكَ بَٰخِعࣱ نَّفۡسَكَ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمۡ إِن لَّمۡ يُؤۡمِنُواْ بِهَٰذَا ٱلۡحَدِيثِ أَسَفًا﴿٦﴾

    Ular bu soʻzga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila oʻzingni halok etmoqchi boʻlarsan?!

  7. 18:7Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا جَعَلۡنَا مَا عَلَى ٱلۡأَرۡضِ زِينَةࣰ لَّهَا لِنَبۡلُوَهُمۡ أَيُّهُمۡ أَحۡسَنُ عَمَلࣰا﴿٧﴾

    Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari goʻzalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qoʻyganmiz.

  8. 18:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّا لَجَٰعِلُونَ مَا عَلَيۡهَا صَعِيدࣰا جُرُزًا﴿٨﴾

    Albatta, Biz uning yuzidagi narsalarni qup-quruq tuproqqa aylantirguvchimiz.

  9. 18:9Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ حَسِبۡتَ أَنَّ أَصۡحَٰبَ ٱلۡكَهۡفِ وَ ٱلرَّقِيمِ كَانُواْ مِنۡ ءَايَٰتِنَا عَجَبًا﴿٩﴾

    Kahf va bitik egalarini Bizning ajoyib oyat — belgilarimizdan deb oʻyladingmi?!

  10. 18:10Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ أَوَى ٱلۡفِتۡيَةُ إِلَى ٱلۡكَهۡفِ فَقَالُواْ رَبَّنَآ ءَاتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحۡمَةࣰ وَ هَيِّئۡ لَنَا مِنۡ أَمۡرِنَا رَشَدࣰا﴿١٠﴾

    Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga Oʻz huzuringdan rahmat bergin va ishimizni oʻzing toʻgʻrilagin», dedilar.

  11. 18:11Mushafda oʻqish ↗

    فَضَرَبۡنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمۡ فِي ٱلۡكَهۡفِ سِنِينَ عَدَدࣰا﴿١١﴾

    Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik.

  12. 18:12Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ بَعَثۡنَٰهُمۡ لِنَعۡلَمَ أَيُّ ٱلۡحِزۡبَيۡنِ أَحۡصَىٰ لِمَا لَبِثُوٓاْ أَمَدࣰا﴿١٢﴾

    Soʻngra, ikki guruhdan qaysi biri ularning turgan muddatini hisoblovchiroq ekanini bilish uchun ularni uygʻotdik.

  13. 18:13Mushafda oʻqish ↗

    نَّحۡنُ نَقُصُّ عَلَيۡكَ نَبَأَهُم بِٱلۡحَقِّ ۚ إِنَّهُمۡ فِتۡيَةٌ ءَامَنُواْ بِرَبِّهِمۡ وَ زِدۡنَٰهُمۡ هُدࣰى﴿١٣﴾

    Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik.

  14. 18:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَبَطۡنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ إِذۡ قَامُواْ فَقَالُواْ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ لَن نَّدۡعُوَاْ مِن دُونِهِۦٓ إِلَٰهࣰا ۖ لَّقَدۡ قُلۡنَآ إِذࣰا شَطَطًا﴿١٤﴾

    Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan oʻzgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq soʻzni aytgan boʻlurmiz.

  15. 18:15Mushafda oʻqish ↗

    هَٰٓؤُلَآءِ قَوۡمُنَا ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةࣰ ۖ لَّوۡلَا يَأۡتُونَ عَلَيۡهِم بِسُلۡطَٰنِۭ بَيِّنࣲ ۖ فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا﴿١٥﴾

    Ana u qavmimiz undan oʻzga xudolar tutdilar. Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?! Allohga yolgʻon uydirgandan ham zolimroq kim bor», dedilar.

  16. 18:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذِ ٱعۡتَزَلۡتُمُوهُمۡ وَ مَا يَعۡبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ فَأۡوُۥٓاْ إِلَى ٱلۡكَهۡفِ يَنشُرۡ لَكُمۡ رَبُّكُم مِّن رَّحۡمَتِهِۦ وَ يُهَيِّئۡ لَكُم مِّنۡ أَمۡرِكُم مِّرۡفَقࣰا﴿١٦﴾

    «Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi boʻlsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga Oʻz rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar.

  17. 18:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَى ٱلشَّمۡسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَٰوَرُ عَن كَهۡفِهِمۡ ذَاتَ ٱلۡيَمِينِ وَ إِذَا غَرَبَت تَّقۡرِضُهُمۡ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ وَ هُمۡ فِي فَجۡوَةࣲ مِّنۡهُ ۚ ذَٰلِكَ مِنۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ۗ مَن يَهۡدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلۡمُهۡتَدِ ۖ وَ مَن يُضۡلِلۡ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ وَلِيࣰّا مُّرۡشِدࣰا﴿١٧﴾

    Quyosh chiqqanida ularning kahfining oʻng tomonidan moyil boʻlganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib oʻtganini koʻrasan. Ular esa u(gʻor)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning moʻʼjizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, oʻsha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron doʻst topa olmassan.

  18. 18:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَحۡسَبُهُمۡ أَيۡقَاظࣰا وَ هُمۡ رُقُودࣱ ۚ وَ نُقَلِّبُهُمۡ ذَاتَ ٱلۡيَمِينِ وَ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ ۖ وَ كَلۡبُهُم بَٰسِطࣱ ذِرَاعَيۡهِ بِٱلۡوَصِيدِ ۚ لَوِ ٱطَّلَعۡتَ عَلَيۡهِمۡ لَوَلَّيۡتَ مِنۡهُمۡ فِرَارࣰا وَ لَمُلِئۡتَ مِنۡهُمۡ رُعۡبࣰا﴿١٨﴾

    Ularni uygʻoq deb oʻylaysan, holbuki, uxlab yoturlar. Ularni goh oʻngga, goh chapga agʻdarib tururmiz. Itlari esa, ostonada old oyoqlarini choʻzib yotur. Gar ularni koʻrsayding, ortga oʻgirilib qochar va ulardan qoʻrqinchga toʻlar eding.

  19. 18:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ بَعَثۡنَٰهُمۡ لِيَتَسَآءَلُواْ بَيۡنَهُمۡ ۚ قَالَ قَآئِلࣱ مِّنۡهُمۡ كَمۡ لَبِثۡتُمۡ ۖ قَالُواْ لَبِثۡنَا يَوۡمًا أَوۡ بَعۡضَ يَوۡمࣲ ۚ قَالُواْ رَبُّكُمۡ أَعۡلَمُ بِمَا لَبِثۡتُمۡ فَٱبۡعَثُوٓاْ أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمۡ هَٰذِهِۦٓ إِلَى ٱلۡمَدِينَةِ فَلۡيَنظُرۡ أَيُّهَآ أَزۡكَىٰ طَعَامࣰا فَلۡيَأۡتِكُم بِرِزۡقࣲ مِّنۡهُ وَ لۡيَتَلَطَّفۡ وَ لَا يُشۡعِرَنَّ بِكُمۡ أَحَدًا﴿١٩﴾

    Va shunday qilib, ularni oʻzaro soʻrashlari uchun uygʻotdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning baʼzisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli boʻlsin, sizni birovga sezdirib qoʻymasin», deyishdi.

  20. 18:20Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُمۡ إِن يَظۡهَرُواْ عَلَيۡكُمۡ يَرۡجُمُوكُمۡ أَوۡ يُعِيدُوكُمۡ فِي مِلَّتِهِمۡ وَ لَن تُفۡلِحُوٓاْ إِذًا أَبَدࣰا﴿٢٠﴾

    «Chunki, agar ular sizni qoʻlga olsalar, toshboʻron qiladilar yoki oʻz millatlariga qaytaradilar. Unday boʻlsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi.

  21. 18:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ أَعۡثَرۡنَا عَلَيۡهِمۡ لِيَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ وَ أَنَّ ٱلسَّاعَةَ لَا رَيۡبَ فِيهَآ إِذۡ يَتَنَٰزَعُونَ بَيۡنَهُمۡ أَمۡرَهُمۡ ۖ فَقَالُواْ ٱبۡنُواْ عَلَيۡهِم بُنۡيَٰنࣰا ۖ رَّبُّهُمۡ أَعۡلَمُ بِهِمۡ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ غَلَبُواْ عَلَىٰٓ أَمۡرِهِمۡ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيۡهِم مَّسۡجِدࣰا﴿٢١﴾

    Shunday qilib, Allohning vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yoʻq ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga gʻolib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar.

  22. 18:22Mushafda oʻqish ↗

    سَيَقُولُونَ ثَلَٰثَةࣱ رَّابِعُهُمۡ كَلۡبُهُمۡ وَ يَقُولُونَ خَمۡسَةࣱ سَادِسُهُمۡ كَلۡبُهُمۡ رَجۡمَۢا بِٱلۡغَيۡبِ ۖ وَ يَقُولُونَ سَبۡعَةࣱ وَ ثَامِنُهُمۡ كَلۡبُهُمۡ ۚ قُل رَّبِّيٓ أَعۡلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعۡلَمُهُمۡ إِلَّا قَلِيلࣱ ۗ فَلَا تُمَارِ فِيهِمۡ إِلَّا مِرَآءࣰ ظَٰهِرࣰا وَ لَا تَسۡتَفۡتِ فِيهِم مِّنۡهُمۡ أَحَدࣰا﴿٢٢﴾

    Hali ular: «Uchtadirlar, itlari toʻrtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb gʻaybga tosh otadilar. Va: «Ettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanogʻini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham soʻrama.

  23. 18:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَقُولَنَّ لِشَاْيۡءٍ إِنِّي فَاعِلࣱ ذَٰلِكَ غَدًا﴿٢٣﴾

    Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema.

  24. 18:24Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَ ٱذۡكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَ قُلۡ عَسَىٰٓ أَن يَهۡدِيَنِ رَبِّي لِأَقۡرَبَ مِنۡ هَٰذَا رَشَدࣰا﴿٢٤﴾

    Magar: «Alloh xohlasa», degin. Qachonki unutsang, Robbingni esla va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa», degin.

  25. 18:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَبِثُواْ فِي كَهۡفِهِمۡ ثَلَٰثَ مِاْئَةࣲ سِنِينَ وَ ٱزۡدَادُواْ تِسۡعࣰا﴿٢٥﴾

    Va kahflarida uch yuz yil qoldilar va toʻqqiz yil ziyoda ham qildilar.

  26. 18:26Mushafda oʻqish ↗

    قُلِ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا لَبِثُواْ ۖ لَهُۥ غَيۡبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ أَبۡصِرۡ بِهِۦ وَ أَسۡمِعۡ ۚ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا يُشۡرِكُ فِي حُكۡمِهِۦٓ أَحَدࣰا﴿٢٦﴾

    «Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning gʻaybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi koʻrguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan oʻzga doʻst yoʻqdir. Va U Oʻz hukmida hech kimni sherik qilmas», degin.

  27. 18:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتۡلُ مَآ أُوحِيَ إِلَيۡكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ وَ لَن تَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلۡتَحَدࣰا﴿٢٧﴾

    Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtirguvchi yoʻq. Undan oʻzga hech qanday panohni topa olmassan.

  28. 18:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱصۡبِرۡ نَفۡسَكَ مَعَ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ رَبَّهُم بِٱلۡغَدَوٰةِ وَ ٱلۡعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجۡهَهُۥ ۖ وَ لَا تَعۡدُ عَيۡنَاكَ عَنۡهُمۡ تُرِيدُ زِينَةَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ لَا تُطِعۡ مَنۡ أَغۡفَلۡنَا قَلۡبَهُۥ عَن ذِكۡرِنَا وَ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ وَ كَانَ أَمۡرُهُۥ فُرُطࣰا﴿٢٨﴾

    Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingni burma. Qalbini Oʻz zikrimizdan gʻofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma.

  29. 18:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُلِ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكُمۡ ۖ فَمَن شَآءَ فَلۡيُؤۡمِن وَ مَن شَآءَ فَلۡيَكۡفُرۡ ۚ إِنَّآ أَعۡتَدۡنَا لِلظَّٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمۡ سُرَادِقُهَا ۚ وَ إِن يَسۡتَغِيثُواْ يُغَاثُواْ بِمَآءࣲ كَٱلۡمُهۡلِ يَشۡوِي ٱلۡوُجُوهَ ۚ بِئۡسَ ٱلشَّرَابُ وَ سَآءَتۡ مُرۡتَفَقًا﴿٢٩﴾

    Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni oʻrab oladigan olovni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar yordam soʻrasalar, eritilgan maʼdan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!

  30. 18:30Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجۡرَ مَنۡ أَحۡسَنَ عَمَلًا﴿٣٠﴾

    Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, goʻzal ish qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz.

  31. 18:31Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهِمُ ٱلۡأَنۡهَٰرُ يُحَلَّوۡنَ فِيهَا مِنۡ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبࣲ وَ يَلۡبَسُونَ ثِيَابًا خُضۡرࣰا مِّن سُندُسࣲ وَ إِسۡتَبۡرَقࣲ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلۡأَرَآئِكِ ۚ نِعۡمَ ٱلثَّوَابُ وَ حَسُنَتۡ مُرۡتَفَقࣰا﴿٣١﴾

    Ana oʻshalarga adn jannatlar bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan boʻlgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda soʻrilarda yonboshlagan holda boʻlurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy.

  32. 18:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱضۡرِبۡ لَهُم مَّثَلࣰا رَّجُلَيۡنِ جَعَلۡنَا لِأَحَدِهِمَا جَنَّتَيۡنِ مِنۡ أَعۡنَٰبࣲ وَ حَفَفۡنَٰهُمَا بِنَخۡلࣲ وَ جَعَلۡنَا بَيۡنَهُمَا زَرۡعࣰا﴿٣٢﴾

    Ularga ikki kishini misol qilib keltir. Ulardan biriga uzumlardan ikki bogʻ berdik va ularni xurmo ila oʻradik va oralarida ekinzor qildik.

  33. 18:33Mushafda oʻqish ↗

    كِلۡتَا ٱلۡجَنَّتَيۡنِ ءَاتَتۡ أُكُلَهَا وَ لَمۡ تَظۡلِم مِّنۡهُ شَيۡـࣰٔا ۚ وَ فَجَّرۡنَا خِلَٰلَهُمَا نَهَرࣰا﴿٣٣﴾

    Oʻsha ikki bogʻ hosillarini bekami-koʻst berar va oralaridan anhor oqizib qoʻygan edik.

  34. 18:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانَ لَهُۥ ثَمَرࣱ فَقَالَ لِصَٰحِبِهِۦ وَ هُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَنَا۠ أَكۡثَرُ مِنكَ مَالࣰا وَ أَعَزُّ نَفَرࣰا﴿٣٤﴾

    Uning mevasi bor edi. U oʻz sherigi ila gaplashar ekan: «Mening sendan molim koʻp va odamlarim quvvatliroq», dedi.

  35. 18:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ دَخَلَ جَنَّتَهُۥ وَ هُوَ ظَالِمࣱ لِّنَفۡسِهِۦ قَالَ مَآ أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَٰذِهِۦٓ أَبَدࣰا﴿٣٥﴾

    U oʻz bogʻiga kirar ekan, oʻziga zulm qilgan holida: «Men buni hech qachon yoʻq boʻladi, deb oʻylamasman.

  36. 18:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةࣰ وَ لَئِن رُّدِدتُّ إِلَىٰ رَبِّي لَأَجِدَنَّ خَيۡرࣰا مِّنۡهَا مُنقَلَبࣰا﴿٣٦﴾

    Qiyomat qoim boʻlmasa kerak, deb oʻylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi.

  37. 18:37Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَهُۥ صَاحِبُهُۥ وَ هُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَكَفَرۡتَ بِٱلَّذِي خَلَقَكَ مِن تُرَابࣲ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةࣲ ثُمَّ سَوَّىٰكَ رَجُلࣰا﴿٣٧﴾

    Unga sherigi gaplasha turib: «Seni tuproqdan, soʻngra nutfadan yaratgan va inson etib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?!

  38. 18:38Mushafda oʻqish ↗

    لَّٰكِنَّا۠ هُوَ ٱللَّهُ رَبِّي وَ لَآ أُشۡرِكُ بِرَبِّيٓ أَحَدࣰا﴿٣٨﴾

    Lekin men: «U Alloh mening Robbimdir va Unga hech kimni sherik qilmayman», deyman.

  39. 18:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَآ إِذۡ دَخَلۡتَ جَنَّتَكَ قُلۡتَ مَا شَآءَ ٱللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ إِن تَرَنِ أَنَا۠ أَقَلَّ مِنكَ مَالࣰا وَ وَلَدࣰا﴿٣٩﴾

    Bogʻingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yoʻq», desayding. Agar meni oʻzingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...

  40. 18:40Mushafda oʻqish ↗

    فَعَسَىٰ رَبِّيٓ أَن يُؤۡتِيَنِ خَيۡرࣰا مِّن جَنَّتِكَ وَ يُرۡسِلَ عَلَيۡهَا حُسۡبَانࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَتُصۡبِحَ صَعِيدࣰا زَلَقًا﴿٤٠﴾

    Shoyad, Robbim menga sening bogʻingdan yaxshirogʻini bersa, sening bogʻingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa.

  41. 18:41Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ يُصۡبِحَ مَآؤُهَا غَوۡرࣰا فَلَن تَسۡتَطِيعَ لَهُۥ طَلَبࣰا﴿٤١﴾

    Yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir boʻlmay qolsang», dedi.

  42. 18:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ أُحِيطَ بِثَمَرِهِۦ فَأَصۡبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيۡهِ عَلَىٰ مَآ أَنفَقَ فِيهَا وَ هِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَ يَقُولُ يَٰلَيۡتَنِي لَمۡ أُشۡرِكۡ بِرَبِّيٓ أَحَدࣰا﴿٤٢﴾

    Va uning mevasi (halokat-la) oʻraldi. Oʻzi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bogʻida ishkomlar yiqilib yotganini koʻrib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi.

  43. 18:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمۡ تَكُن لَّهُۥ فِئَةࣱ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ مَا كَانَ مُنتَصِرًا﴿٤٣﴾

    Unga Allohdan boshqa yordam beradigan guruh boʻlmadi, oʻzi ham nusrat qozona olmadi.

  44. 18:44Mushafda oʻqish ↗

    هُنَالِكَ ٱلۡوَلَٰيَةُ لِلَّهِ ٱلۡحَقِّ ۚ هُوَ خَيۡرࣱ ثَوَابࣰا وَ خَيۡرٌ عُقۡبࣰا﴿٤٤﴾

    Bunday maqomda haq nusrat Allohga xosdir. U yaxshi savobli va yaxshi oqibatli Zotdir.

  45. 18:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱضۡرِبۡ لَهُم مَّثَلَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا كَمَآءٍ أَنزَلۡنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخۡتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلۡأَرۡضِ فَأَصۡبَحَ هَشِيمࣰا تَذۡرُوهُ ٱلرِّيَٰحُ ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ مُّقۡتَدِرًا﴿٤٥﴾

    Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir boʻlgan Zotdir.

  46. 18:46Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡمَالُ وَ ٱلۡبَنُونَ زِينَةُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ ٱلۡبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيۡرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابࣰا وَ خَيۡرٌ أَمَلࣰا﴿٤٦﴾

    Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir.

  47. 18:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ نُسَيِّرُ ٱلۡجِبَالَ وَ تَرَى ٱلۡأَرۡضَ بَارِزَةࣰ وَ حَشَرۡنَٰهُمۡ فَلَمۡ نُغَادِرۡ مِنۡهُمۡ أَحَدࣰا﴿٤٧﴾

    Togʻlarni yurgizadigan kunimizni va yerni yap-yalangʻoch koʻradigan kuningni esla! Oʻshanda ularni jamlaymiz va biron kishini qoʻymaymiz.

  48. 18:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ عُرِضُواْ عَلَىٰ رَبِّكَ صَفࣰّا لَّقَدۡ جِئۡتُمُونَا كَمَا خَلَقۡنَٰكُمۡ أَوَّلَ مَرَّةِۭ ۚ بَلۡ زَعَمۡتُمۡ أَلَّن نَّجۡعَلَ لَكُم مَّوۡعِدࣰا﴿٤٨﴾

    Va Robbingga safga tortilgan hollarida roʻbaroʻ qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt vaʼda qilganimiz yoʻq, deb oʻylar edingiz», (deyildi).

  49. 18:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ وُضِعَ ٱلۡكِتَٰبُ فَتَرَى ٱلۡمُجۡرِمِينَ مُشۡفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَ يَقُولُونَ يَٰوَيۡلَتَنَا مَالِ هَٰذَا ٱلۡكِتَٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةࣰ وَ لَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحۡصَىٰهَا ۚ وَ وَجَدُواْ مَا عَمِلُواْ حَاضِرࣰا ۗ وَ لَا يَظۡلِمُ رَبُّكَ أَحَدࣰا﴿٤٩﴾

    Va kitob qoʻyildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qoʻrqqan hollarida koʻrasan. Ular: «Voy, shoʻrimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qoʻymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas.

  50. 18:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قُلۡنَا لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ ٱسۡجُدُواْ لِأٓدَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبۡلِيسَ كَانَ مِنَ ٱلۡجِنِّ فَفَسَقَ عَنۡ أَمۡرِ رَبِّهِۦٓ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُۥ وَ ذُرِّيَّتَهُۥٓ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِي وَ هُمۡ لَكُمۡ عَدُوُّۢ ۚ بِئۡسَ لِلظَّٰلِمِينَ بَدَلࣰا﴿٥٠﴾

    Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, oʻshanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan boʻlgan edi. U oʻz Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qoʻyib uni va uning zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.

  51. 18:51Mushafda oʻqish ↗

    مَّآ أَشۡهَدتُّهُمۡ خَلۡقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا خَلۡقَ أَنفُسِهِمۡ وَ مَا كُنتُ مُتَّخِذَ ٱلۡمُضِلِّينَ عَضُدࣰا﴿٥١﴾

    Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na oʻzlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.

  52. 18:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَوۡمَ يَقُولُ نَادُواْ شُرَكَآءِيَ ٱلَّذِينَ زَعَمۡتُمۡ فَدَعَوۡهُمۡ فَلَمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَهُمۡ وَ جَعَلۡنَا بَيۡنَهُم مَّوۡبِقࣰا﴿٥٢﴾

    U zot: «Sizlar Mening «sheriklarim» deb oʻylaganlaringizni chaqiring», degan kunida ularni chaqirdilar. Bas, ular javob bermadilar va ularning orasiga halokatgoh qilmishmiz.

  53. 18:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَءَا ٱلۡمُجۡرِمُونَ ٱلنَّارَ فَظَنُّوٓاْ أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَ لَمۡ يَجِدُواْ عَنۡهَا مَصۡرِفࣰا﴿٥٣﴾

    Jinoyatchilar doʻzaxni koʻrurlar va, albatta, unga tushuvchi ekanlariga ishonarlar va undan qochar joy topmaslar.

  54. 18:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ صَرَّفۡنَا فِي هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلࣲ ۚ وَ كَانَ ٱلۡإِنسَٰنُ أَكۡثَرَ شَيۡءࣲ جَدَلࣰا﴿٥٤﴾

    Batahqiq, bu Qurʼonda odamlar uchun turli masallar bayon qildik. Inson, oʻzi, koʻp tortishuvchi boʻlgan edi.

  55. 18:55Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤۡمِنُوٓاْ إِذۡ جَآءَهُمُ ٱلۡهُدَىٰ وَ يَسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّهُمۡ إِلَّآ أَن تَأۡتِيَهُمۡ سُنَّةُ ٱلۡأَوَّلِينَ أَوۡ يَأۡتِيَهُمُ ٱلۡعَذَابُ قُبُلࣰا﴿٥٥﴾

    Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istigʻfor aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari toʻsdi, xolos.

  56. 18:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا نُرۡسِلُ ٱلۡمُرۡسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَ مُنذِرِينَ ۚ وَ يُجَٰدِلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِٱلۡبَٰطِلِ لِيُدۡحِضُواْ بِهِ ٱلۡحَقَّ ۖ وَ ٱتَّخَذُوٓاْ ءَايَٰتِي وَ مَآ أُنذِرُواْ هُزُوࣰا﴿٥٦﴾

    Biz Paygʻambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi boʻlurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va oʻzlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar.

  57. 18:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ فَأَعۡرَضَ عَنۡهَا وَ نَسِيَ مَا قَدَّمَتۡ يَدَاهُ ۚ إِنَّا جَعَلۡنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ أَكِنَّةً أَن يَفۡقَهُوهُ وَ فِيٓ ءَاذَانِهِمۡ وَقۡرࣰا ۖ وَ إِن تَدۡعُهُمۡ إِلَى ٱلۡهُدَىٰ فَلَن يَهۡتَدُوٓاْ إِذًا أَبَدࣰا﴿٥٧﴾

    Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz oʻgirib, oʻzi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qurʼon)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga ogʻirlik qilib qoʻydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar.

  58. 18:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَبُّكَ ٱلۡغَفُورُ ذُو ٱلرَّحۡمَةِ ۖ لَوۡ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُواْ لَعَجَّلَ لَهُمُ ٱلۡعَذَابَ ۚ بَل لَّهُم مَّوۡعِدࣱ لَّن يَجِدُواْ مِن دُونِهِۦ مَوۡئِلࣰا﴿٥٨﴾

    Va Robbing sermagʻfirat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan boʻlar edi. Lekin ularga vaʼda qilingan vaqt bor. U kelganda Undan oʻzga panohgoh topmaslar.

  59. 18:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ تِلۡكَ ٱلۡقُرَىٰٓ أَهۡلَكۡنَٰهُمۡ لَمَّا ظَلَمُواْ وَ جَعَلۡنَا لِمَهۡلِكِهِم مَّوۡعِدࣰا﴿٥٩﴾

    Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz.

  60. 18:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِفَتَىٰهُ لَآ أَبۡرَحُ حَتَّىٰٓ أَبۡلُغَ مَجۡمَعَ ٱلۡبَحۡرَيۡنِ أَوۡ أَمۡضِيَ حُقُبࣰا﴿٦٠﴾

    Muso oʻz yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni oʻtkazsam ham, yuraveraman», deganini esla.

  61. 18:61Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا بَلَغَا مَجۡمَعَ بَيۡنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِي ٱلۡبَحۡرِ سَرَبࣰا﴿٦١﴾

    Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga yetganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yoʻl oldi.

  62. 18:62Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَىٰهُ ءَاتِنَا غَدَآءَنَا لَقَدۡ لَقِينَا مِن سَفَرِنَا هَٰذَا نَصَبࣰا﴿٦٢﴾

    U(er)dan oʻtganlari zamon u yigitiga: «Tushligimizni keltir. Bu safarimizda charchoqqa uchradik», dedi.

  63. 18:63Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَرَءَيۡتَ إِذۡ أَوَيۡنَآ إِلَى ٱلصَّخۡرَةِ فَإِنِّي نَسِيتُ ٱلۡحُوتَ وَ مَآ أَنسَىٰنِيهُ إِلَّا ٱلشَّيۡطَٰنُ أَنۡ أَذۡكُرَهُۥ ۚ وَ ٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِي ٱلۡبَحۡرِ عَجَبࣰا﴿٦٣﴾

    U: «Buni qara, xarsangga (suyanib) joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unuttiribdi. Ajabo, u dengizga yoʻl olibdi», dedi.

  64. 18:64Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ذَٰلِكَ مَا كُنَّا نَبۡغِ ۚ فَٱرۡتَدَّا عَلَىٰٓ ءَاثَارِهِمَا قَصَصࣰا﴿٦٤﴾

    «Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yoʻllaridan izlariga qaytdilar.

  65. 18:65Mushafda oʻqish ↗

    فَوَجَدَا عَبۡدࣰا مِّنۡ عِبَادِنَآ ءَاتَيۡنَٰهُ رَحۡمَةࣰ مِّنۡ عِندِنَا وَ عَلَّمۡنَٰهُ مِن لَّدُنَّا عِلۡمࣰا﴿٦٥﴾

    Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat va Oʻz tarafimizdan ilm oʻrgatgan edik.

  66. 18:66Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰ هَلۡ أَتَّبِعُكَ عَلَىٰٓ أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمۡتَ رُشۡدࣰا﴿٦٦﴾

    Muso unga: «Senga oʻrgatilgan rushddan menga ham oʻrgatmogʻing uchun senga ergashsam maylimi?» – dedi.

  67. 18:67Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّكَ لَن تَسۡتَطِيعَ مَعِيَ صَبۡرࣰا﴿٦٧﴾

    U: «Sen men bilan birga boʻlishga sabr qila olmassan.

  68. 18:68Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَيۡفَ تَصۡبِرُ عَلَىٰ مَا لَمۡ تُحِطۡ بِهِۦ خُبۡرࣰا﴿٦٨﴾

    Oʻzing xabarini ihota qilmagan narsaga qanday sabr qilasan», dedi.

  69. 18:69Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ سَتَجِدُنِيٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ صَابِرࣰا وَ لَآ أَعۡصِي لَكَ أَمۡرࣰا﴿٦٩﴾

    U: «Inshoalloh, mening sabrli ekanimni koʻrursan va senga hech bir ishda osiy boʻlmasman», dedi.

  70. 18:70Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَإِنِ ٱتَّبَعۡتَنِي فَلَا تَسۡـَٔلۡنِي عَن شَيۡءٍ حَتَّىٰٓ أُحۡدِثَ لَكَ مِنۡهُ ذِكۡرࣰا﴿٧٠﴾

    U: «Agar menga ergashadigan boʻlsang, to oʻzim zikr qilib aytmagunimcha, bir narsa haqida soʻramagin», dedi.

  71. 18:71Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا رَكِبَا فِي ٱلسَّفِينَةِ خَرَقَهَا ۖ قَالَ أَخَرَقۡتَهَا لِتُغۡرِقَ أَهۡلَهَا لَقَدۡ جِئۡتَ شَيۡـًٔا إِمۡرࣰا﴿٧١﴾

    Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qoʻydi. U (Muso): «Buni uning ahlini gʻarq qilish uchun teshdingmi?! Juda gʻalati narsa qilding-ku?!» – dedi.

  72. 18:72Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَلَمۡ أَقُلۡ إِنَّكَ لَن تَسۡتَطِيعَ مَعِيَ صَبۡرࣰا﴿٧٢﴾

    U: «Senga, men bilan birga boʻlishga albatta sabr qila olmassan demabmidim?!» – dedi.

  73. 18:73Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَا تُؤَاخِذۡنِي بِمَا نَسِيتُ وَ لَا تُرۡهِقۡنِي مِنۡ أَمۡرِي عُسۡرࣰا﴿٧٣﴾

    U: «Esimdan chiqqan narsa uchun meni jazolama, bu ishim uchun meni qiynama», dedi.

  74. 18:74Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا لَقِيَا غُلَٰمࣰا فَقَتَلَهُۥ قَالَ أَقَتَلۡتَ نَفۡسࣰا زَكِيَّةَۢ بِغَيۡرِ نَفۡسࣲ لَّقَدۡ جِئۡتَ شَيۡـࣰٔا نُّكۡرࣰا﴿٧٤﴾

    Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni oʻldirdi. U (Muso): «Birovni oʻldirmagan begunoh jonni oʻldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi.

  75. 18:75Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَلَمۡ أَقُل لَّكَ إِنَّكَ لَن تَسۡتَطِيعَ مَعِيَ صَبۡرࣰا﴿٧٥﴾

    U: «Senga, sen men bilan birga albatta sabr qila olmaysan demabmidim?!» – dedi.

  76. 18:76Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِن سَأَلۡتُكَ عَن شَيۡءِۭ بَعۡدَهَا فَلَا تُصَٰحِبۡنِي ۖ قَدۡ بَلَغۡتَ مِن لَّدُنِّي عُذۡرࣰا﴿٧٦﴾

    U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani soʻrasam, men bilan birodarlik qilmay qoʻyaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga yetkazding», dedi.

  77. 18:77Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَيَآ أَهۡلَ قَرۡيَةٍ ٱسۡتَطۡعَمَآ أَهۡلَهَا فَأَبَوۡاْ أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارࣰا يُرِيدُ أَن يَنقَضَّ فَأَقَامَهُۥ ۖ قَالَ لَوۡ شِئۡتَ لَتَّخَذۡتَ عَلَيۡهِ أَجۡرࣰا﴿٧٧﴾

    Bas, yurib ketdilar. Qachonki, bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom soʻradilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni koʻrishdi. Bas, uni turgʻizib qoʻydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.

  78. 18:78Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَٰذَا فِرَاقُ بَيۡنِي وَ بَيۡنِكَ ۚ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأۡوِيلِ مَا لَمۡ تَسۡتَطِع عَّلَيۡهِ صَبۡرًا﴿٧٨﴾

    U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsa(lar)ning taʼviylini aytib beraman», dedi.

  79. 18:79Mushafda oʻqish ↗

    أَمَّا ٱلسَّفِينَةُ فَكَانَتۡ لِمَسَٰكِينَ يَعۡمَلُونَ فِي ٱلۡبَحۡرِ فَأَرَدتُّ أَنۡ أَعِيبَهَا وَ كَانَ وَرَآءَهُم مَّلِكࣱ يَأۡخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصۡبࣰا﴿٧٩﴾

    «Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh boʻlib, barcha kemani tortib olayotgan edi.

  80. 18:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا ٱلۡغُلَٰمُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤۡمِنَيۡنِ فَخَشِينَآ أَن يُرۡهِقَهُمَا طُغۡيَٰنࣰا وَ كُفۡرࣰا﴿٨٠﴾

    Endi bolaga kelsak, ota-onasi moʻmin kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tugʻyon va kufr ila ezishidan qoʻrqdik.

  81. 18:81Mushafda oʻqish ↗

    فَأَرَدۡنَآ أَن يُبۡدِلَهُمَا رَبُّهُمَا خَيۡرࣰا مِّنۡهُ زَكَوٰةࣰ وَ أَقۡرَبَ رُحۡمࣰا﴿٨١﴾

    Bas, Robbilari ularga uning badaliga undan koʻra yaxshirogʻini, ahli solihroq va mehribonrogʻini berishni iroda qildi.

  82. 18:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا ٱلۡجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَٰمَيۡنِ يَتِيمَيۡنِ فِي ٱلۡمَدِينَةِ وَ كَانَ تَحۡتَهُۥ كَنزࣱ لَّهُمَا وَ كَانَ أَبُوهُمَا صَٰلِحࣰا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن يَبۡلُغَآ أَشُدَّهُمَا وَ يَسۡتَخۡرِجَا كَنزَهُمَا رَحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَ ۚ وَ مَا فَعَلۡتُهُۥ عَنۡ أَمۡرِي ۚ ذَٰلِكَ تَأۡوِيلُ مَا لَمۡ تَسۡطِع عَّلَيۡهِ صَبۡرࣰا﴿٨٢﴾

    Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu, Allohning rahmati ila boʻldi. Men oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu, sen sabr qila olmagan narsaning taʼviylidir».

  83. 18:83Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَسۡـَٔلُونَكَ عَن ذِي ٱلۡقَرۡنَيۡنِ ۖ قُلۡ سَأَتۡلُواْ عَلَيۡكُم مِّنۡهُ ذِكۡرًا﴿٨٣﴾

    Sendan Zulqarnayn haqida soʻrarlar. «Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin.

  84. 18:84Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا مَكَّنَّا لَهُۥ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ مِن كُلِّ شَيۡءࣲ سَبَبࣰا﴿٨٤﴾

    Albatta, Biz unga yer yuzida imkoniyat berdik va har bir narsaga (erishish) sababini ato qildik.

  85. 18:85Mushafda oʻqish ↗

    فَأَتۡبَعَ سَبَبًا﴿٨٥﴾

    Bas, sababga ergashdi.

  86. 18:86Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغۡرِبَ ٱلشَّمۡسِ وَجَدَهَا تَغۡرُبُ فِي عَيۡنٍ حَمِئَةࣲ وَ وَجَدَ عِندَهَا قَوۡمࣰا ۖ قُلۡنَا يَٰذَا ٱلۡقَرۡنَيۡنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَ إِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمۡ حُسۡنࣰا﴿٨٦﴾

    To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini koʻrdi va uning oldida bir qavmni koʻrdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki goʻzallik-la tutarsan», dedik.

  87. 18:87Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوۡفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابࣰا نُّكۡرࣰا﴿٨٧﴾

    U: «Kim zulm qilgan boʻlsa, tezda uni azoblarmiz, soʻngra, Robbiga qaytarilar, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.

  88. 18:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا مَنۡ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلۡحُسۡنَىٰ ۖ وَ سَنَقُولُ لَهُۥ مِنۡ أَمۡرِنَا يُسۡرࣰا﴿٨٨﴾

    Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga goʻzal mukofot bordir va unga oʻz ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.

  89. 18:89Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَتۡبَعَ سَبَبًا﴿٨٩﴾

    Soʻngra, u yana sababga ergashdi.

  90. 18:90Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطۡلِعَ ٱلشَّمۡسِ وَجَدَهَا تَطۡلُعُ عَلَىٰ قَوۡمࣲ لَّمۡ نَجۡعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتۡرࣰا﴿٩٠﴾

    To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini koʻrdi. Ularga u(quyosh)dan toʻsiq boʻladigan narsa qilmagan edik.

  91. 18:91Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ ۖ وَ قَدۡ أَحَطۡنَا بِمَا لَدَيۡهِ خُبۡرࣰا﴿٩١﴾

    Ana shunday, batahqiq, Biz uning oldidagi narsaning xabarini ihota qildik.

  92. 18:92Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَتۡبَعَ سَبَبًا﴿٩٢﴾

    Soʻngra u yana sababga ergashdi.

  93. 18:93Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيۡنَ ٱلسَّدَّيۡنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوۡمࣰا لَّا يَكَادُونَ يَفۡقَهُونَ قَوۡلࣰا﴿٩٣﴾

    To ikki togʻ orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni koʻrdi.

  94. 18:94Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ يَٰذَا ٱلۡقَرۡنَيۡنِ إِنَّ يَأۡجُوجَ وَ مَأۡجُوجَ مُفۡسِدُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَهَلۡ نَجۡعَلُ لَكَ خَرۡجًا عَلَىٰٓ أَن تَجۡعَلَ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَهُمۡ سَدࣰّا﴿٩٤﴾

    Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Yaʼjuj va Maʼjuj yer yuzida buzgʻunchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida toʻsiq qilib berurmisan?» – dedilar.

  95. 18:95Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ مَا مَكَّنِّي فِيهِ رَبِّي خَيۡرࣱ فَأَعِينُونِي بِقُوَّةٍ أَجۡعَلۡ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَهُمۡ رَدۡمًا﴿٩٥﴾

    U: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.

  96. 18:96Mushafda oʻqish ↗

    ءَاتُونِي زُبَرَ ٱلۡحَدِيدِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيۡنَ ٱلصَّدَفَيۡنِ قَالَ ٱنفُخُواْ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارࣰا قَالَ ءَاتُونِيٓ أُفۡرِغۡ عَلَيۡهِ قِطۡرࣰا﴿٩٦﴾

    Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Nihoyat, ikki togʻ tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi. Nihoyat, u(toʻp temir)ni oʻtga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi.

  97. 18:97Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا ٱسۡطَٰعُوٓاْ أَن يَظۡهَرُوهُ وَ مَا ٱسۡتَطَٰعُواْ لَهُۥ نَقۡبࣰا﴿٩٧﴾

    Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham oʻta olmadilar.

  98. 18:98Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَٰذَا رَحۡمَةࣱ مِّن رَّبِّي ۖ فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ رَبِّي جَعَلَهُۥ دَكَّآءَ ۖ وَ كَانَ وَعۡدُ رَبِّي حَقࣰّا﴿٩٨﴾

    U: «Bu, Robbim rahmatidandir. Agar Robbimning vaʼdasi kelsa, buni yer barobar qilur. Robbimning vaʼdasi haqdir», dedi.

  99. 18:99Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَكۡنَا بَعۡضَهُمۡ يَوۡمَئِذࣲ يَمُوجُ فِي بَعۡضࣲ ۖ وَ نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَجَمَعۡنَٰهُمۡ جَمۡعࣰا﴿٩٩﴾

    Oʻsha kuni ularni bir-birlari ila mavj urgan hollarida tark etdik va sur chalindi. Bas, ularning hammalarini jamladik.

  100. 18:100Mushafda oʻqish ↗

    وَ عَرَضۡنَا جَهَنَّمَ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡكَٰفِرِينَ عَرۡضًا﴿١٠٠﴾

    Oʻsha kuni kofirlarga jahannamni koʻndalang qilib koʻrsatdik.

  101. 18:101Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ كَانَتۡ أَعۡيُنُهُمۡ فِي غِطَآءٍ عَن ذِكۡرِي وَ كَانُواْ لَا يَسۡتَطِيعُونَ سَمۡعًا﴿١٠١﴾

    Ular koʻzlari Mening zikrimdan pardada boʻlgan va eshitishga qodir boʻla olmaydiganlar edilar.

  102. 18:102Mushafda oʻqish ↗

    أَفَحَسِبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَن يَتَّخِذُواْ عِبَادِي مِن دُونِيٓ أَوۡلِيَآءَ ۚ إِنَّآ أَعۡتَدۡنَا جَهَنَّمَ لِلۡكَٰفِرِينَ نُزُلࣰا﴿١٠٢﴾

    Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib bandalarimni valiy — iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.

  103. 18:103Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هَلۡ نُنَبِّئُكُم بِٱلۡأَخۡسَرِينَ أَعۡمَٰلًا﴿١٠٣﴾

    Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi?

  104. 18:104Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعۡيُهُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ هُمۡ يَحۡسَبُونَ أَنَّهُمۡ يُحۡسِنُونَ صُنۡعًا﴿١٠٤﴾

    Ular bu dunyo hayotidayoq saʼyi-harakatlari botil boʻlgan, oʻzlari esa, goʻzal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin.

  105. 18:105Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ وَ لِقَآئِهِۦ فَحَبِطَتۡ أَعۡمَٰلُهُمۡ فَلَا نُقِيمُ لَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَزۡنࣰا﴿١٠٥﴾

    Ana oʻshalar Robbilari oyatlariga va unga roʻbaroʻ kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata boʻldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz.

  106. 18:106Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُمۡ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُواْ وَ ٱتَّخَذُوٓاْ ءَايَٰتِي وَ رُسُلِي هُزُوًا﴿١٠٦﴾

    Shuningdek, kufr keltirganlari va Mening oyatlarim va Paygʻambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir.

  107. 18:107Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَانَتۡ لَهُمۡ جَنَّٰتُ ٱلۡفِرۡدَوۡسِ نُزُلًا﴿١٠٧﴾

    Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil boʻlgandir.

  108. 18:108Mushafda oʻqish ↗

    خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يَبۡغُونَ عَنۡهَا حِوَلࣰا﴿١٠٨﴾

    Unda abadiy qolurlar va undan koʻchishni istamaslar.

  109. 18:109Mushafda oʻqish ↗

    قُل لَّوۡ كَانَ ٱلۡبَحۡرُ مِدَادࣰا لِّكَلِمَٰتِ رَبِّي لَنَفِدَ ٱلۡبَحۡرُ قَبۡلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَٰتُ رَبِّي وَ لَوۡ جِئۡنَا بِمِثۡلِهِۦ مَدَدࣰا﴿١٠٩﴾

    Sen: «Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh boʻlsa-yu, unga oʻz mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin.

  110. 18:110Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرࣱ مِّثۡلُكُمۡ يُوحَىٰٓ إِلَيَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمۡ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۖ فَمَن كَانَ يَرۡجُواْ لِقَآءَ رَبِّهِۦ فَلۡيَعۡمَلۡ عَمَلࣰا صَٰلِحࣰا وَ لَا يُشۡرِكۡ بِعِبَادَةِ رَبِّهِۦٓ أَحَدَۢا﴿١١٠﴾

    Sen: «Men ham sizlarga oʻxshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga roʻbaroʻ kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Kahf. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — g‘or.

Mazmuni: Sura fitnalar ichida imonni saqlash yo‘llarini ko‘rsatadi. G‘or ahli qissasi iymon, ikki bog‘ egasi dunyo boyligiga aldanish, Muso va Xizr qissasi esa voqealarning hikmatini to‘liq bilmasligimizni anglatadi. Zulqarnayn qissasi kuchdan adolatli foydalanish namunasidir.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraIsro surasiKeyingi sura →Maryam surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026