Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Maryam surasi

سورة مريم

Maryam surasi

Maryam · Марям сураси

19-sura98 oyatMakkiy16-pora

Maryam surasi — Qurʼoni Karimning 19-surasi. U 98 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 19:1Mushafda oʻqish ↗

    كٓهيعٓصٓ﴿١﴾

    Kaaf, ha, yo, ayn, sod.

  2. 19:2Mushafda oʻqish ↗

    ذِكۡرُ رَحۡمَتِ رَبِّكَ عَبۡدَهُۥ زَكَرِيَّآ﴿٢﴾

    Bu, Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir.

  3. 19:3Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ نَادَىٰ رَبَّهُۥ نِدَآءً خَفِيࣰّا﴿٣﴾

    U, Robbiga maxfiy nido qilgan chogʻini esla.

  4. 19:4Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ إِنِّي وَهَنَ ٱلۡعَظۡمُ مِنِّي وَ ٱشۡتَعَلَ ٱلرَّأۡسُ شَيۡبࣰا وَ لَمۡ أَكُنۢ بِدُعَآئِكَ رَبِّ شَقِيࣰّا﴿٤﴾

    U: «Ey Robbim, mening suyaklarim moʻrtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt boʻlmaganman.

  5. 19:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنِّي خِفۡتُ ٱلۡمَوَٰلِيَ مِن وَرَآءِي وَ كَانَتِ ٱمۡرَأَتِي عَاقِرࣰا فَهَبۡ لِي مِن لَّدُنكَ وَلِيࣰّا﴿٥﴾

    Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qoʻrqdim. Ayolim tugʻmas edi. Bas, menga Oʻz dargohingdan bir valiy — ortdan qolguvchi ato et.

  6. 19:6Mushafda oʻqish ↗

    يَرِثُنِي وَ يَرِثُ مِنۡ ءَالِ يَعۡقُوبَ ۖ وَ ٱجۡعَلۡهُ رَبِّ رَضِيࣰّا﴿٦﴾

    U menga va Yaʼqub oilasiga merosxoʻr boʻlsin. Ey Robbim, uni Oʻzing rozi boʻladigan qil», dedi.

  7. 19:7Mushafda oʻqish ↗

    يَٰزَكَرِيَّآ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ ٱسۡمُهُۥ يَحۡيَىٰ لَمۡ نَجۡعَل لَّهُۥ مِن قَبۡلُ سَمِيࣰّا﴿٧﴾

    «Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo boʻlgan bir oʻgʻilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz».

  8. 19:8Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي غُلَٰمࣱ وَ كَانَتِ ٱمۡرَأَتِي عَاقِرࣰا وَ قَدۡ بَلَغۡتُ مِنَ ٱلۡكِبَرِ عِتِيࣰّا﴿٨﴾

    U: «Ey Robbim, ayolim tugʻmas boʻlsa, oʻzim qarib-chirib qolgan boʻlsam, qanday qilib mening oʻgʻlim boʻlsin?!» – dedi.

  9. 19:9Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ كَذَٰلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَيَّ هَيِّنࣱ وَ قَدۡ خَلَقۡتُكَ مِن قَبۡلُ وَ لَمۡ تَكُ شَيۡـࣰٔا﴿٩﴾

    U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi.

  10. 19:10Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱجۡعَل لِّيٓ ءَايَةࣰ ۖ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَ لَيَالࣲ سَوِيࣰّا﴿١٠﴾

    U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.

  11. 19:11Mushafda oʻqish ↗

    فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوۡمِهِۦ مِنَ ٱلۡمِحۡرَابِ فَأَوۡحَىٰٓ إِلَيۡهِمۡ أَن سَبِّحُواْ بُكۡرَةࣰ وَ عَشِيࣰّا﴿١١﴾

    Bas, oʻz qavmi huzuriga mehrobdan chiqdi va ularga, ertayu kech tasbih aytinglar, deb ishora qildi.

  12. 19:12Mushafda oʻqish ↗

    يَٰيَحۡيَىٰ خُذِ ٱلۡكِتَٰبَ بِقُوَّةࣲ ۖ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ ٱلۡحُكۡمَ صَبِيࣰّا﴿١٢﴾

    «Ey Yahyo, kitobni quvvat-la ol!» (dedik). Va unga goʻdakligidayoq hukmni berdik.

  13. 19:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ حَنَانࣰا مِّن لَّدُنَّا وَ زَكَوٰةࣰ ۖ وَ كَانَ تَقِيࣰّا﴿١٣﴾

    Va Oʻz tomonimizdan mehribonlik va poklik (berdik). Hamda u taqvodor edi.

  14. 19:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ بَرَّۢا بِوَٰلِدَيۡهِ وَ لَمۡ يَكُن جَبَّارًا عَصِيࣰّا﴿١٤﴾

    U ota-onasiga mehribon boʻlib, jabr-sitam qilguvchi va isyonchi emasdi.

  15. 19:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ سَلَٰمٌ عَلَيۡهِ يَوۡمَ وُلِدَ وَ يَوۡمَ يَمُوتُ وَ يَوۡمَ يُبۡعَثُ حَيࣰّا﴿١٥﴾

    Unga tugʻilgan kunida ham, oʻladigan kunida ham, qayta tiriladigan kunida ham salomlar boʻlsin.

  16. 19:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ مَرۡيَمَ إِذِ ٱنتَبَذَتۡ مِنۡ أَهۡلِهَا مَكَانࣰا شَرۡقِيࣰّا﴿١٦﴾

    Kitobda Maryamni esla. U oʻz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda...

  17. 19:17Mushafda oʻqish ↗

    فَٱتَّخَذَتۡ مِن دُونِهِمۡ حِجَابࣰا فَأَرۡسَلۡنَآ إِلَيۡهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرࣰا سَوِيࣰّا﴿١٧﴾

    Va ular bilan oʻzi orasida toʻsiq olganda, Biz unga Oʻz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam boʻlib koʻrindi.

  18. 19:18Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ إِنِّيٓ أَعُوذُ بِٱلرَّحۡمَٰنِ مِنكَ إِن كُنتَ تَقِيࣰّا﴿١٨﴾

    U: «Men Rohmandan sendan panoh berishini soʻrayman. Agar taqvodor boʻlsang...» dedi.

  19. 19:19Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّمَآ أَنَا۠ رَسُولُ رَبِّكِ لِأَهَبَ لَكِ غُلَٰمࣰا زَكِيࣰّا﴿١٩﴾

    U: «Men Robbingning elchisiman, xolos, senga bir pok oʻgʻilni hadya etish uchun keldim», dedi.

  20. 19:20Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتۡ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي غُلَٰمࣱ وَ لَمۡ يَمۡسَسۡنِي بَشَرࣱ وَ لَمۡ أَكُ بَغِيࣰّا﴿٢٠﴾

    U: « Menda qayoqdan oʻgʻil boʻlsin, menga bashar tegmagan boʻlsa, men buzuq ham boʻlmasam?!» – dedi.

  21. 19:21Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ هُوَ عَلَيَّ هَيِّنࣱ ۖ وَ لِنَجۡعَلَهُۥٓ ءَايَةࣰ لِّلنَّاسِ وَ رَحۡمَةࣰ مِّنَّا ۚ وَ كَانَ أَمۡرࣰا مَّقۡضِيࣰّا﴿٢١﴾

    U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat boʻlishi uchun, bu hukmi chiqib boʻlgan ishdir», dedi.

  22. 19:22Mushafda oʻqish ↗

    فَحَمَلَتۡهُ فَٱنتَبَذَتۡ بِهِۦ مَكَانࣰا قَصِيࣰّا﴿٢٢﴾

    Bas, unga homilador boʻldi. Soʻngra, u bilan uzoq makonga chetlandi.

  23. 19:23Mushafda oʻqish ↗

    فَأَجَآءَهَا ٱلۡمَخَاضُ إِلَىٰ جِذۡعِ ٱلنَّخۡلَةِ قَالَتۡ يَٰلَيۡتَنِي مِتُّ قَبۡلَ هَٰذَا وَ كُنتُ نَسۡيࣰا مَّنسِيࣰّا﴿٢٣﴾

    Bas, toʻlgʻoq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: «Koshki, bundan oldin oʻlsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.

  24. 19:24Mushafda oʻqish ↗

    فَنَادَىٰهَا مِن تَحۡتِهَآ أَلَّا تَحۡزَنِي قَدۡ جَعَلَ رَبُّكِ تَحۡتَكِ سَرِيࣰّا﴿٢٤﴾

    Uning ostidan: «Mahzun boʻlma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar suv qildi.

  25. 19:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُزِّيٓ إِلَيۡكِ بِجِذۡعِ ٱلنَّخۡلَةِ تُسَٰقِطۡ عَلَيۡكِ رُطَبࣰا جَنِيࣰّا﴿٢٥﴾

    Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi», deb nido qildi.

  26. 19:26Mushafda oʻqish ↗

    فَكُلِي وَ ٱشۡرَبِي وَ قَرِّي عَيۡنࣰا ۖ فَإِمَّا تَرَيِنَّ مِنَ ٱلۡبَشَرِ أَحَدࣰا فَقُولِيٓ إِنِّي نَذَرۡتُ لِلرَّحۡمَٰنِ صَوۡمࣰا فَلَنۡ أُكَلِّمَ ٱلۡيَوۡمَ إِنسِيࣰّا﴿٢٦﴾

    Ye, ich va koʻzing quvonsin. Bas, biror odamni koʻrar boʻlsang: «Men Rohmanga roʻza nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman», degin.

  27. 19:27Mushafda oʻqish ↗

    فَأَتَتۡ بِهِۦ قَوۡمَهَا تَحۡمِلُهُۥ ۖ قَالُواْ يَٰمَرۡيَمُ لَقَدۡ جِئۡتِ شَيۡـࣰٔا فَرِيࣰّا﴿٢٧﴾

    Bas, uni koʻtarib qavmiga olib keldi. Ular: «Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!

  28. 19:28Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأُخۡتَ هَٰرُونَ مَا كَانَ أَبُوكِ ٱمۡرَأَ سَوۡءࣲ وَ مَا كَانَتۡ أُمُّكِ بَغِيࣰّا﴿٢٨﴾

    Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq boʻlmagan edi-ku!» – dedilar.

  29. 19:29Mushafda oʻqish ↗

    فَأَشَارَتۡ إِلَيۡهِ ۖ قَالُواْ كَيۡفَ نُكَلِّمُ مَن كَانَ فِي ٱلۡمَهۡدِ صَبِيࣰّا﴿٢٩﴾

    Bas, unga ishorat qildi. Ular: «Beshikdagi yosh bola ila qanday gaplashamiz?!» – dedilar.

  30. 19:30Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنِّي عَبۡدُ ٱللَّهِ ءَاتَىٰنِيَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ جَعَلَنِي نَبِيࣰّا﴿٣٠﴾

    U: «Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni Paygʻambar qildi.

  31. 19:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلَنِي مُبَارَكًا أَيۡنَ مَا كُنتُ وَ أَوۡصَٰنِي بِٱلصَّلَوٰةِ وَ ٱلزَّكَوٰةِ مَا دُمۡتُ حَيࣰّا﴿٣١﴾

    Meni qayerda boʻlsam ham, muborak qildi. Modomiki, hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi.

  32. 19:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ بَرَّۢا بِوَٰلِدَتِي وَ لَمۡ يَجۡعَلۡنِي جَبَّارࣰا شَقِيࣰّا﴿٣٢﴾

    Meni volidamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi.

  33. 19:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّلَٰمُ عَلَيَّ يَوۡمَ وُلِدتُّ وَ يَوۡمَ أَمُوتُ وَ يَوۡمَ أُبۡعَثُ حَيࣰّا﴿٣٣﴾

    Menga tugʻilgan kunimda ham, oʻladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir», dedi.

  34. 19:34Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ عِيسَى ٱبۡنُ مَرۡيَمَ ۖ قَوۡلَ ٱلۡحَقِّ ٱلَّذِي فِيهِ يَمۡتَرُونَ﴿٣٤﴾

    Mana shu, shubha qilishayotgan Iyso ibn Maryam toʻgʻrisidagi haq soʻzdir.

  35. 19:35Mushafda oʻqish ↗

    مَا كَانَ لِلَّهِ أَن يَتَّخِذَ مِن وَلَدࣲ ۖ سُبۡحَٰنَهُۥٓ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمۡرࣰا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٣٥﴾

    Bola tutmoq Allohga hech toʻgʻri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Boʻl!» deydi. Bas, boʻladi.

  36. 19:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ ٱللَّهَ رَبِّي وَ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطࣱ مُّسۡتَقِيمࣱ﴿٣٦﴾

    «Va, albatta, Alloh mening Robbimdir va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu toʻgʻri yoʻldir.»

  37. 19:37Mushafda oʻqish ↗

    فَٱخۡتَلَفَ ٱلۡأَحۡزَابُ مِنۢ بَيۡنِهِمۡ ۖ فَوَيۡلࣱ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن مَّشۡهَدِ يَوۡمٍ عَظِيمٍ﴿٣٧﴾

    Soʻngra, firqalar oʻzaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi koʻrinishdan voy boʻlsin.

  38. 19:38Mushafda oʻqish ↗

    أَسۡمِعۡ بِهِمۡ وَ أَبۡصِرۡ يَوۡمَ يَأۡتُونَنَا لَٰكِنِ ٱلظَّٰلِمُونَ ٱلۡيَوۡمَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٣٨﴾

    Bizga keladigan kuni qanday ham yaxshi eshitarlar, qanday ham yaxshi koʻrarlar. Lekin zolimlar bugungi kunda ochiq zalolatdadirlar.

  39. 19:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنذِرۡهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡحَسۡرَةِ إِذۡ قُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ وَ هُمۡ فِي غَفۡلَةࣲ وَ هُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٣٩﴾

    Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular gʻaflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar.

  40. 19:40Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا نَحۡنُ نَرِثُ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَنۡ عَلَيۡهَا وَ إِلَيۡنَا يُرۡجَعُونَ﴿٤٠﴾

    Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxoʻr boʻlamiz va Bizgagina qayturlar.

  41. 19:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ إِبۡرَٰهِيمَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقࣰا نَّبِيًّا﴿٤١﴾

    Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.

  42. 19:42Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ لِمَ تَعۡبُدُ مَا لَا يَسۡمَعُ وَ لَا يُبۡصِرُ وَ لَا يُغۡنِي عَنكَ شَيۡـࣰٔا﴿٤٢﴾

    Qachonki u otasiga: «Ey otajon, nima uchun eshitmaydigan, koʻrmaydigan va senga biron foyda bermaydigan narsaga ibodat qilasan?

  43. 19:43Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَبَتِ إِنِّي قَدۡ جَآءَنِي مِنَ ٱلۡعِلۡمِ مَا لَمۡ يَأۡتِكَ فَٱتَّبِعۡنِيٓ أَهۡدِكَ صِرَٰطࣰا سَوِيࣰّا﴿٤٣﴾

    Ey otajon, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni toʻgʻri yoʻlga boshlayman.

  44. 19:44Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَبَتِ لَا تَعۡبُدِ ٱلشَّيۡطَٰنَ ۖ إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ كَانَ لِلرَّحۡمَٰنِ عَصِيࣰّا﴿٤٤﴾

    Ey otajon, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rohmanga osiy boʻlgandir.

  45. 19:45Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَبَتِ إِنِّيٓ أَخَافُ أَن يَمَسَّكَ عَذَابࣱ مِّنَ ٱلرَّحۡمَٰنِ فَتَكُونَ لِلشَّيۡطَٰنِ وَلِيࣰّا﴿٤٥﴾

    Ey otajon, albatta, men seni Rohman tomonidan azob tutishidan va shaytonga doʻst boʻlib qolishingdan qoʻrqaman», degan edi.

  46. 19:46Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنۡ ءَالِهَتِي يَٰٓإِبۡرَٰهِيمُ ۖ لَئِن لَّمۡ تَنتَهِ لَأَرۡجُمَنَّكَ ۖ وَ ٱهۡجُرۡنِي مَلِيࣰّا﴿٤٦﴾

    U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasamki, agar toʻxtamasang, seni, albatta, toshboʻron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi.

  47. 19:47Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ سَلَٰمٌ عَلَيۡكَ ۖ سَأَسۡتَغۡفِرُ لَكَ رَبِّيٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ بِي حَفِيࣰّا﴿٤٧﴾

    U: «Omon boʻl. Endi Robbimdan seni magʻfirat qilishini soʻrayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir.

  48. 19:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَعۡتَزِلُكُمۡ وَ مَا تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَ أَدۡعُواْ رَبِّي عَسَىٰٓ أَلَّآ أَكُونَ بِدُعَآءِ رَبِّي شَقِيࣰّا﴿٤٨﴾

    Men sizlardan ham, Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt boʻlmasam», dedi.

  49. 19:49Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا ٱعۡتَزَلَهُمۡ وَ مَا يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَهَبۡنَا لَهُۥٓ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ ۖ وَ كُلࣰّا جَعَلۡنَا نَبِيࣰّا﴿٤٩﴾

    Bas, ulardan va ular Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsadan chetlanganida, Biz unga Isʼhoq va Yaʼqubni hadya etdik va barchalarini Paygʻambar qildik.

  50. 19:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَهَبۡنَا لَهُم مِّن رَّحۡمَتِنَا وَ جَعَلۡنَا لَهُمۡ لِسَانَ صِدۡقٍ عَلِيࣰّا﴿٥٠﴾

    Va ularga Oʻz rahmatimizdan hadya etdik hamda ularga rostgoʻy va oliy til berdik.

  51. 19:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ مُوسَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مُخۡلَصࣰا وَ كَانَ رَسُولࣰا نَّبِيࣰّا﴿٥١﴾

    Kitobda Musoni esla. Albatta, u tanlab olingan Nabiy va Rasul edi.

  52. 19:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَٰدَيۡنَٰهُ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ ٱلۡأَيۡمَنِ وَ قَرَّبۡنَٰهُ نَجِيࣰّا﴿٥٢﴾

    Biz unga Turning oʻng tomonidan nido qildik va munojot uchun Oʻzimizni yaqinlashtirdik.

  53. 19:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَهَبۡنَا لَهُۥ مِن رَّحۡمَتِنَآ أَخَاهُ هَٰرُونَ نَبِيࣰّا﴿٥٣﴾

    Va unga Oʻz rahmatimizdan ogʻasi Horunni Paygʻambar qilib hadya etdik.

  54. 19:54Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ إِسۡمَٰعِيلَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صَادِقَ ٱلۡوَعۡدِ وَ كَانَ رَسُولࣰا نَّبِيࣰّا﴿٥٤﴾

    Va kitobda Ismoilni esla. Albatta, u vaʼdasiga sodiq hamda Rasul va Nabiy boʻlgan edi.

  55. 19:55Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانَ يَأۡمُرُ أَهۡلَهُۥ بِٱلصَّلَوٰةِ وَ ٱلزَّكَوٰةِ وَ كَانَ عِندَ رَبِّهِۦ مَرۡضِيࣰّا﴿٥٥﴾

    U ahlini namozga va zakotga buyurar edi va Robbi huzurida rozi boʻlingan edi.

  56. 19:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ فِي ٱلۡكِتَٰبِ إِدۡرِيسَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقࣰا نَّبِيࣰّا﴿٥٦﴾

    Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.

  57. 19:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ رَفَعۡنَٰهُ مَكَانًا عَلِيًّا﴿٥٧﴾

    Va uni oliy maqomga koʻtardik.

  58. 19:58Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِن ذُرِّيَّةِ ءَادَمَ وَ مِمَّنۡ حَمَلۡنَا مَعَ نُوحࣲ وَ مِن ذُرِّيَّةِ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ مِمَّنۡ هَدَيۡنَا وَ ٱجۡتَبَيۡنَآ ۚ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُ ٱلرَّحۡمَٰنِ خَرُّواْۤ سُجَّدࣰاۤ وَ بُكِيࣰّا ۩﴿٥٨﴾

    Ana oʻshalar, Alloh neʼmat bergan zotlar Paygʻambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) koʻtarganlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, oʻzimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yigʻlab sajdaga yiqilardilar.

  59. 19:59Mushafda oʻqish ↗

    فَخَلَفَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ خَلۡفٌ أَضَاعُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ٱتَّبَعُواْ ٱلشَّهَوَٰتِ ۖ فَسَوۡفَ يَلۡقَوۡنَ غَيًّا﴿٥٩﴾

    Bas, ularning ortidan bir oʻrinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yoʻliqdilar.

  60. 19:60Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا مَن تَابَ وَ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ وَ لَا يُظۡلَمُونَ شَيۡـࣰٔا﴿٦٠﴾

    Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana oʻshalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar.

  61. 19:61Mushafda oʻqish ↗

    جَنَّٰتِ عَدۡنٍ ٱلَّتِي وَعَدَ ٱلرَّحۡمَٰنُ عِبَادَهُۥ بِٱلۡغَيۡبِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ وَعۡدُهُۥ مَأۡتِيࣰّا﴿٦١﴾

    Rohman Oʻz bandalariga gʻaybdan vaʼda qilgan adn jannatlaridir. Albatta, Uning vaʼdasi kelgusidir.

  62. 19:62Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَسۡمَعُونَ فِيهَا لَغۡوًا إِلَّا سَلَٰمࣰا ۖ وَ لَهُمۡ رِزۡقُهُمۡ فِيهَا بُكۡرَةࣰ وَ عَشِيࣰّا﴿٦٢﴾

    Ular unda behuda soʻz eshitmaslar, illo, salom eshiturlar. Ularga u yerda ertayu kech rizqlari kelib turur.

  63. 19:63Mushafda oʻqish ↗

    تِلۡكَ ٱلۡجَنَّةُ ٱلَّتِي نُورِثُ مِنۡ عِبَادِنَا مَن كَانَ تَقِيࣰّا﴿٦٣﴾

    U, bandalarimizdan taqvodor boʻlganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir.

  64. 19:64Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا نَتَنَزَّلُ إِلَّا بِأَمۡرِ رَبِّكَ ۖ لَهُۥ مَا بَيۡنَ أَيۡدِينَا وَ مَا خَلۡفَنَا وَ مَا بَيۡنَ ذَٰلِكَ ۚ وَ مَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيࣰّا﴿٦٤﴾

    Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi boʻlmagan.

  65. 19:65Mushafda oʻqish ↗

    رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا فَٱعۡبُدۡهُ وَ ٱصۡطَبِرۡ لِعِبَٰدَتِهِۦ ۚ هَلۡ تَعۡلَمُ لَهُۥ سَمِيࣰّا﴿٦٥﴾

    U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli boʻl. Unga tengdoshni bilurmisan?

  66. 19:66Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلۡإِنسَٰنُ أَءِذَا مَا مِتُّ لَسَوۡفَ أُخۡرَجُ حَيًّا﴿٦٦﴾

    Inson: «Agar oʻlsam, yana qayta tirik holda chiqarilamanmi?!» – deydi.

  67. 19:67Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَا يَذۡكُرُ ٱلۡإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقۡنَٰهُ مِن قَبۡلُ وَ لَمۡ يَكُ شَيۡـࣰٔا﴿٦٧﴾

    Oʻsha inson Biz uni bundan oldin hech narsa boʻlmay turganida yaratganimizni eslamaydimi?!

  68. 19:68Mushafda oʻqish ↗

    فَوَرَبِّكَ لَنَحۡشُرَنَّهُمۡ وَ ٱلشَّيَٰطِينَ ثُمَّ لَنُحۡضِرَنَّهُمۡ حَوۡلَ جَهَنَّمَ جِثِيࣰّا﴿٦٨﴾

    Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga toʻplaymiz, soʻngra, ularni jahannam atrofiga tiz choʻkkan hollarida hozir qilamiz.

  69. 19:69Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمۡ أَشَدُّ عَلَى ٱلرَّحۡمَٰنِ عِتِيࣰّا﴿٦٩﴾

    Soʻngra, har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy boʻlganini sugʻurib olamiz.

  70. 19:70Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ لَنَحۡنُ أَعۡلَمُ بِٱلَّذِينَ هُمۡ أَوۡلَىٰ بِهَا صِلِيࣰّا﴿٧٠﴾

    Keyin, albatta, Biz u(jahannam)ga kirishga kimlar loyiqroq ekanini yaxshi bilguvchimiz.

  71. 19:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن مِّنكُمۡ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتۡمࣰا مَّقۡضِيࣰّا﴿٧١﴾

    Sizdan unga yaqinlashuvchi boʻlmagan hech kim yoʻq. Bu, Robbing huzuridagi keskin hukmdir.

  72. 19:72Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ نُنَجِّي ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ وَّ نَذَرُ ٱلظَّٰلِمِينَ فِيهَا جِثِيࣰّا﴿٧٢﴾

    Soʻngra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz choʻkkan hollarida qoldiramiz.

  73. 19:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتࣲ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَيُّ ٱلۡفَرِيقَيۡنِ خَيۡرࣱ مَّقَامࣰا وَ أَحۡسَنُ نَدِيࣰّا﴿٧٣﴾

    Qachonki ularga Bizning ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar.

  74. 19:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا قَبۡلَهُم مِّن قَرۡنٍ هُمۡ أَحۡسَنُ أَثَٰثࣰا وَ رِءۡيࣰا﴿٧٤﴾

    Holbuki, Biz ulardan oldin mol va koʻrinish jihatidan yaxshiroq boʻlgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganmiz.

  75. 19:75Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَن كَانَ فِي ٱلضَّلَٰلَةِ فَلۡيَمۡدُدۡ لَهُ ٱلرَّحۡمَٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوۡاْ مَا يُوعَدُونَ إِمَّا ٱلۡعَذَابَ وَ إِمَّا ٱلسَّاعَةَ فَسَيَعۡلَمُونَ مَنۡ هُوَ شَرࣱّ مَّكَانࣰا وَ أَضۡعَفُ جُندࣰا﴿٧٥﴾

    Sen: «Kim zalolatda boʻlsa, Rohman unga muhlat berib qoʻysin. Toki oʻzlariga vaʼda qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni koʻrganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin.

  76. 19:76Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَزِيدُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱهۡتَدَوۡاْ هُدࣰى ۗ وَ ٱلۡبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيۡرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابࣰا وَ خَيۡرࣱ مَّرَدًّا﴿٧٦﴾

    Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.

  77. 19:77Mushafda oʻqish ↗

    أَفَرَءَيۡتَ ٱلَّذِي كَفَرَ بِـَٔايَٰتِنَا وَ قَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالࣰا وَ وَلَدًا﴿٧٧﴾

    Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni koʻrdingmi?!

  78. 19:78Mushafda oʻqish ↗

    أَطَّلَعَ ٱلۡغَيۡبَ أَمِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحۡمَٰنِ عَهۡدࣰا﴿٧٨﴾

    U gʻoyibni bilarmikan yoki Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?!

  79. 19:79Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّا ۚ سَنَكۡتُبُ مَا يَقُولُ وَ نَمُدُّ لَهُۥ مِنَ ٱلۡعَذَابِ مَدࣰّا﴿٧٩﴾

    Yoʻq! Nima deganini albatta yozib qoʻyamiz va unga azobni uzundan-uzoq qilamiz.

  80. 19:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَرِثُهُۥ مَا يَقُولُ وَ يَأۡتِينَا فَرۡدࣰا﴿٨٠﴾

    U aytayotgan narsaga merosxoʻr boʻlurmiz va u Bizga yolgʻiz holida kelur.

  81. 19:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةࣰ لِّيَكُونُواْ لَهُمۡ عِزࣰّا﴿٨١﴾

    Ular oʻzlariga kuch-qudrat, izzat boʻlishi uchun Allohdan oʻzgalarni «xudo» qilib oldilar.

  82. 19:82Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّا ۚ سَيَكۡفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمۡ وَ يَكُونُونَ عَلَيۡهِمۡ ضِدًّا﴿٨٢﴾

    Yoʻq! U(«xudo»)lar ularning ibodatlarini inkor eturlar va ularga zid boʻlurlar.

  83. 19:83Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ أَنَّآ أَرۡسَلۡنَا ٱلشَّيَٰطِينَ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ تَؤُزُّهُمۡ أَزࣰّا﴿٨٣﴾

    Biz shaytonlarni kofirlarga ularni doimiy qoʻzgʻab turishga yuborganimizni koʻrmadingmi?

  84. 19:84Mushafda oʻqish ↗

    فَلَا تَعۡجَلۡ عَلَيۡهِمۡ ۖ إِنَّمَا نَعُدُّ لَهُمۡ عَدࣰّا﴿٨٤﴾

    Ularning ziddiga shoshilma! Biz ularning sanogʻini sanamoqdamiz.

  85. 19:85Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ نَحۡشُرُ ٱلۡمُتَّقِينَ إِلَى ٱلرَّحۡمَٰنِ وَفۡدࣰا﴿٨٥﴾

    Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hayʼati etib toʻplagan kunimizda.

  86. 19:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَسُوقُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ وِرۡدࣰا﴿٨٦﴾

    Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz.

  87. 19:87Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَمۡلِكُونَ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَنِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحۡمَٰنِ عَهۡدࣰا﴿٨٧﴾

    Ular shafoatga molik boʻlmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan boʻlsa (molik boʻlar).

  88. 19:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَلَدࣰا﴿٨٨﴾

    Ular: «Rohman bola tutdi», dedilar.

  89. 19:89Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ جِئۡتُمۡ شَيۡـًٔا إِدࣰّا﴿٨٩﴾

    Batahqiq, juda ogʻir narsa keltirdingiz.

  90. 19:90Mushafda oʻqish ↗

    تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرۡنَ مِنۡهُ وَ تَنشَقُّ ٱلۡأَرۡضُ وَ تَخِرُّ ٱلۡجِبَالُ هَدًّا﴿٩٠﴾

    Undan osmonlar parchalanib, yer yorilib, togʻlar qulab yiqilay deydi.

  91. 19:91Mushafda oʻqish ↗

    أَن دَعَوۡاْ لِلرَّحۡمَٰنِ وَلَدࣰا﴿٩١﴾

    Rohmanning bolasi bor, deganlariga.

  92. 19:92Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَنۢبَغِي لِلرَّحۡمَٰنِ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا﴿٩٢﴾

    Rohmanga bola tutish loyiq emasdir.

  93. 19:93Mushafda oʻqish ↗

    إِن كُلُّ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ إِلَّآ ءَاتِي ٱلرَّحۡمَٰنِ عَبۡدࣰا﴿٩٣﴾

    Osmonlaru yerdagi barcha kimsalar Rohmanga banda boʻlgan hollarida kelurlar.

  94. 19:94Mushafda oʻqish ↗

    لَّقَدۡ أَحۡصَىٰهُمۡ وَ عَدَّهُمۡ عَدࣰّا﴿٩٤﴾

    Batahqiq, U zot ularni ihota qilgan va sanab qoʻygandir.

  95. 19:95Mushafda oʻqish ↗

    وَ كُلُّهُمۡ ءَاتِيهِ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فَرۡدًا﴿٩٥﴾

    Ularning barchalari U zotning huzuriga qiyomat kuni yolgʻiz hollarida kelguvchidirlar.

  96. 19:96Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَيَجۡعَلُ لَهُمُ ٱلرَّحۡمَٰنُ وُدࣰّا﴿٩٦﴾

    Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.

  97. 19:97Mushafda oʻqish ↗

    فَإِنَّمَا يَسَّرۡنَٰهُ بِلِسَانِكَ لِتُبَشِّرَ بِهِ ٱلۡمُتَّقِينَ وَ تُنذِرَ بِهِۦ قَوۡمࣰا لُّدࣰّا﴿٩٧﴾

    Bas, albatta, taqvodorlarga xushxabar berishing va u bilan sarkash qavmlarni ogohlantirishing uchun u(Qurʼon)ni tilingga oson qildik.

  98. 19:98Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا قَبۡلَهُم مِّن قَرۡنٍ هَلۡ تُحِسُّ مِنۡهُم مِّنۡ أَحَدٍ أَوۡ تَسۡمَعُ لَهُمۡ رِكۡزَۢا﴿٩٨﴾

    Ulardan oldin qanchadan-qancha asr(ahli)ni halok qildik. Ulardan birortasini his etasanmi yoki sharpasini eshitasanmi?!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Maryam. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — maryam.

Mazmuni: Sura Zakariyo, Yahyo, Maryam va Iso alayhimussalom qissalari orqali Allohning qudrati va rahmatini ko‘rsatadi. Ibrohim alayhissalomning otasi bilan muloqoti, boshqa payg‘ambarlar zikri va oxirat manzaralari iymon, ibodat va tavhidni mustahkamlaydi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraKahf surasiKeyingi sura →Toha surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026