سورة طه
Toha surasi
Тоҳа сураси
Toha surasi — Qurʼoni Karimning 20-surasi. U 135 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
طه﴿١﴾
Toha.
مَآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡقُرۡءَانَ لِتَشۡقَىٰٓ﴿٢﴾
Senga Qurʼonni badbaxt boʻlishing uchun nozil qilganimiz yoʻq.
إِلَّا تَذۡكِرَةࣰ لِّمَن يَخۡشَىٰ﴿٣﴾
Magar qoʻrqqan kimsalarga eslatma boʻlishi uchun.
تَنزِيلࣰا مِّمَّنۡ خَلَقَ ٱلۡأَرۡضَ وَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلۡعُلَى﴿٤﴾
U, yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zotdan nozil boʻlgandir.
ٱلرَّحۡمَٰنُ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ٱسۡتَوَىٰ﴿٥﴾
U — Rohman (Zoti va ulugʻligiga munosib ravishda) Arshga koʻtarildi.
لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا وَ مَا تَحۡتَ ٱلثَّرَىٰ﴿٦﴾
Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir.
وَ إِن تَجۡهَرۡ بِٱلۡقَوۡلِ فَإِنَّهُۥ يَعۡلَمُ ٱلسِّرَّ وَ أَخۡفَى﴿٧﴾
Sen agar soʻzda ovozingni yuksaltirsang ham. Bas, albatta, U sirni ham, maxfiyni ham bilguvchidir.
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ﴿٨﴾
Alloh — Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq Zotdir. Goʻzal ismlar Unikidir.
وَ هَلۡ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ﴿٩﴾
Senga Musoning xabari keldimi?
إِذۡ رَءَا نَارࣰا فَقَالَ لِأَهۡلِهِ ٱمۡكُثُوٓاْ إِنِّيٓ ءَانَسۡتُ نَارࣰا لَّعَلِّيٓ ءَاتِيكُم مِّنۡهَا بِقَبَسٍ أَوۡ أَجِدُ عَلَى ٱلنَّارِ هُدࣰى﴿١٠﴾
U, olovni koʻrgan chogʻida oʻz ahliga: «Turib turinglar, men olovni koʻrdim, shoyad, sizga undan choʻgʻ keltirsam yoki olov boshida yoʻl koʻrsatuvchini topsam», dedi.
فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِيَ يَٰمُوسَىٰٓ﴿١١﴾
Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso.
إِنِّيٓ أَنَا۠ رَبُّكَ فَٱخۡلَعۡ نَعۡلَيۡكَ إِنَّكَ بِٱلۡوَادِ ٱلۡمُقَدَّسِ طُوࣰى﴿١٢﴾
Albatta, Men Oʻzim sening Robbingdirman. Kavushlaringni yech. Chunki, sen muqaddas Tuvo vodiysidasan».
وَ أَنَا ٱخۡتَرۡتُكَ فَٱسۡتَمِعۡ لِمَا يُوحَىٰٓ﴿١٣﴾
Men seni ixtiyor qilib oldim. Vahiy qilinadigan narsaga quloq os.
إِنَّنِيٓ أَنَا ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعۡبُدۡنِي وَ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِذِكۡرِيٓ﴿١٤﴾
Albatta, Men Oʻzim Allohdirman. Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qil va Meni zikr etish uchun namozni toʻkis ado et.
إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ أَكَادُ أُخۡفِيهَا لِتُجۡزَىٰ كُلُّ نَفۡسِۭ بِمَا تَسۡعَىٰ﴿١٥﴾
Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir. Har bir jon saʼyi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman.
فَلَا يَصُدَّنَّكَ عَنۡهَا مَن لَّا يُؤۡمِنُ بِهَا وَ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ فَتَرۡدَىٰ﴿١٦﴾
Unga iymon keltirmaydiganlar va havoyi nafsiga ergashganlar seni hargiz undan toʻsmasinlar. U holda halok boʻlasan.
وَ مَا تِلۡكَ بِيَمِينِكَ يَٰمُوسَىٰ﴿١٧﴾
Ey Muso, qoʻlingdagi nima?»
قَالَ هِيَ عَصَايَ أَتَوَكَّؤُاْ عَلَيۡهَا وَ أَهُشُّ بِهَا عَلَىٰ غَنَمِي وَ لِيَ فِيهَا مَـَٔارِبُ أُخۡرَىٰ﴿١٨﴾
U: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi.
قَالَ أَلۡقِهَا يَٰمُوسَىٰ﴿١٩﴾
U: «Ey Muso, uni tashla», dedi.
فَأَلۡقَىٰهَا فَإِذَا هِيَ حَيَّةࣱ تَسۡعَىٰ﴿٢٠﴾
Bas, uni tashladi. Birdan u (aso) ilon boʻlib yura boshladi.
قَالَ خُذۡهَا وَ لَا تَخَفۡ ۖ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا ٱلۡأُولَىٰ﴿٢١﴾
U zot: «Uni ol, qoʻrqma. Biz uni avvalgi holiga keltiramiz.
وَ ٱضۡمُمۡ يَدَكَ إِلَىٰ جَنَاحِكَ تَخۡرُجۡ بَيۡضَآءَ مِنۡ غَيۡرِ سُوٓءٍ ءَايَةً أُخۡرَىٰ﴿٢٢﴾
Qoʻlingni qoʻltigʻingga tiq, yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadir. Bu boshqa bir moʻʼjizadir.
لِنُرِيَكَ مِنۡ ءَايَٰتِنَا ٱلۡكُبۡرَى﴿٢٣﴾
Biz senga buyuk moʻʼjizalarimizni koʻrsatish uchun (shunday qildik).
ٱذۡهَبۡ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ﴿٢٤﴾
Sen Firʼavnga bor, chunki, u tugʻyonga ketdi», dedi.
قَالَ رَبِّ ٱشۡرَحۡ لِي صَدۡرِي﴿٢٥﴾
U: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil.
وَ يَسِّرۡ لِيٓ أَمۡرِي﴿٢٦﴾
Mening ishimni oson qil.
وَ ٱحۡلُلۡ عُقۡدَةࣰ مِّن لِّسَانِي﴿٢٧﴾
Tilimdagi tugunni yechgin.
يَفۡقَهُواْ قَوۡلِي﴿٢٨﴾
Soʻzimni anglasinlar.
وَ ٱجۡعَل لِّي وَزِيرࣰا مِّنۡ أَهۡلِي﴿٢٩﴾
Menga oʻz ahlimdan bir vazir qilib ber.
هَٰرُونَ أَخِي﴿٣٠﴾
Ogʻam Horunni.
ٱشۡدُدۡ بِهِۦٓ أَزۡرِي﴿٣١﴾
U bilan belimni quvvatla.
وَ أَشۡرِكۡهُ فِيٓ أَمۡرِي﴿٣٢﴾
Uni ishimga sherik ayla.
كَيۡ نُسَبِّحَكَ كَثِيرࣰا﴿٣٣﴾
Senga koʻp tasbih aytishimiz uchun.
وَ نَذۡكُرَكَ كَثِيرًا﴿٣٤﴾
Va Seni koʻp zikr qilishimiz uchun.
إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرࣰا﴿٣٥﴾
Albatta, Sen Oʻzing bizni koʻrib turuvchi eding», dedi.
قَالَ قَدۡ أُوتِيتَ سُؤۡلَكَ يَٰمُوسَىٰ﴿٣٦﴾
U zot: «Ey Muso, senga soʻraganing berildi.
وَ لَقَدۡ مَنَنَّا عَلَيۡكَ مَرَّةً أُخۡرَىٰٓ﴿٣٧﴾
Batahqiq, Biz senga boshqa marta ham neʼmat bergan edik.
إِذۡ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰٓ أُمِّكَ مَا يُوحَىٰٓ﴿٣٨﴾
Oʻshanda onangga ilhom qilinadigan narsani ilhom qilib.
أَنِ ٱقۡذِفِيهِ فِي ٱلتَّابُوتِ فَٱقۡذِفِيهِ فِي ٱلۡيَمِّ فَلۡيُلۡقِهِ ٱلۡيَمُّ بِٱلسَّاحِلِ يَأۡخُذۡهُ عَدُوࣱّ لِّي وَ عَدُوࣱّ لَّهُۥ ۚ وَ أَلۡقَيۡتُ عَلَيۡكَ مَحَبَّةࣰ مِّنِّي وَ لِتُصۡنَعَ عَلَىٰ عَيۡنِيٓ﴿٣٩﴾
«Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga Oʻzimdan muhabbat soldim. Buni Mening koʻz oldimda yetishtirilishing uchun (qildim).
إِذۡ تَمۡشِيٓ أُخۡتُكَ فَتَقُولُ هَلۡ أَدُلُّكُمۡ عَلَىٰ مَن يَكۡفُلُهُۥ ۖ فَرَجَعۡنَٰكَ إِلَىٰٓ أُمِّكَ كَيۡ تَقَرَّ عَيۡنُهَا وَ لَا تَحۡزَنَ ۚ وَ قَتَلۡتَ نَفۡسࣰا فَنَجَّيۡنَٰكَ مِنَ ٱلۡغَمِّ وَ فَتَنَّٰكَ فُتُونࣰا ۚ فَلَبِثۡتَ سِنِينَ فِيٓ أَهۡلِ مَدۡيَنَ ثُمَّ جِئۡتَ عَلَىٰ قَدَرࣲ يَٰمُوسَىٰ﴿٤٠﴾
Oʻshanda opang yurib borib: «Uni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi?» – degan edi. Bas, Biz seni koʻzi quvonishi va xafa boʻlmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni oʻldirding. Bas, Biz seni gʻamdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. Soʻngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso!
وَ ٱصۡطَنَعۡتُكَ لِنَفۡسِي﴿٤١﴾
Men seni Oʻzim uchun tanladim.
ٱذۡهَبۡ أَنتَ وَ أَخُوكَ بِـَٔايَٰتِي وَ لَا تَنِيَا فِي ذِكۡرِي﴿٤٢﴾
Sen va ogʻang moʻʼjizalarimni olib boringlar va Meni zikr etishda sustkashlik qilmanglar.
ٱذۡهَبَآ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ﴿٤٣﴾
Firʼavnga boringlar! Chunki, u tugʻyonga ketdi.
فَقُولَا لَهُۥ قَوۡلࣰا لَّيِّنࣰا لَّعَلَّهُۥ يَتَذَكَّرُ أَوۡ يَخۡشَىٰ﴿٤٤﴾
Bas, unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad, eslasa yoki qoʻrqsa».
قَالَا رَبَّنَآ إِنَّنَا نَخَافُ أَن يَفۡرُطَ عَلَيۡنَآ أَوۡ أَن يَطۡغَىٰ﴿٤٥﴾
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz uning tezda bizga yomonlik qilishidan yoki haddan oshishidan qoʻrqamiz», dedilar.
قَالَ لَا تَخَافَآ ۖ إِنَّنِي مَعَكُمَآ أَسۡمَعُ وَ أَرَىٰ﴿٤٦﴾
U zot: «Qoʻrqmanglar! Albatta, Men sizlar bilanman, eshitaman va koʻraman.
فَأۡتِيَاهُ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرۡسِلۡ مَعَنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ لَا تُعَذِّبۡهُمۡ ۖ قَدۡ جِئۡنَٰكَ بِـَٔايَةࣲ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَ ٱلسَّلَٰمُ عَلَىٰ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلۡهُدَىٰٓ﴿٤٧﴾
Bas, uning oldiga boringlar va unga: «Albatta, biz Robbingning Paygʻambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni azoblama. Batahqiq, biz senga Robbingdan moʻʼjiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom boʻlur.
إِنَّا قَدۡ أُوحِيَ إِلَيۡنَآ أَنَّ ٱلۡعَذَابَ عَلَىٰ مَن كَذَّبَ وَ تَوَلَّىٰ﴿٤٨﴾
Albatta, bizga vahiy qilindiki, «Yolgʻonga chiqarganlarga va yuz oʻgirib ketganlarga, shubhasiz, azob boʻlur», denglar», dedi.
قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَٰمُوسَىٰ﴿٤٩﴾
U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» – dedi.
قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِيٓ أَعۡطَىٰ كُلَّ شَيۡءٍ خَلۡقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ﴿٥٠﴾
U: «Bizning Robbimiz har narsaga oʻz yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», dedi.
قَالَ فَمَا بَالُ ٱلۡقُرُونِ ٱلۡأُولَىٰ﴿٥١﴾
U: «Oʻtgan asrlarning holi nedir?» – dedi.
قَالَ عِلۡمُهَا عِندَ رَبِّي فِي كِتَٰبࣲ ۖ لَّا يَضِلُّ رَبِّي وَ لَا يَنسَى﴿٥٢﴾
U: «Ularning ilmi Robbim huzurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas», dedi.
ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ مَهۡدࣰا وَ سَلَكَ لَكُمۡ فِيهَا سُبُلࣰا وَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَخۡرَجۡنَا بِهِۦٓ أَزۡوَٰجࣰا مِّن نَّبَاتࣲ شَتَّىٰ﴿٥٣﴾
«U sizga yerni beshik qilgan, sizga unda yoʻllar ochgan va osmondan suv tushirgan Zotdir». Bas, oʻsha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.
كُلُواْ وَ ٱرۡعَوۡاْ أَنۡعَٰمَكُمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّأُوْلِي ٱلنُّهَىٰ﴿٥٤﴾
Yenglar va chorvalaringizni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
مِنۡهَا خَلَقۡنَٰكُمۡ وَ فِيهَا نُعِيدُكُمۡ وَ مِنۡهَا نُخۡرِجُكُمۡ تَارَةً أُخۡرَىٰ﴿٥٥﴾
Sizlarni undan yaratdik, unga qaytaramiz va yana bir bor undan chiqarib olamiz.
وَ لَقَدۡ أَرَيۡنَٰهُ ءَايَٰتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَ أَبَىٰ﴿٥٦﴾
Batahqiq, Biz unga oyat-moʻʼjizalarimizning hammasini koʻrsatdik. Bas, u yolgʻonga chiqardi va bosh tortdi.
قَالَ أَجِئۡتَنَا لِتُخۡرِجَنَا مِنۡ أَرۡضِنَا بِسِحۡرِكَ يَٰمُوسَىٰ﴿٥٧﴾
U: «Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!
فَلَنَأۡتِيَنَّكَ بِسِحۡرࣲ مِّثۡلِهِۦ فَٱجۡعَلۡ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَكَ مَوۡعِدࣰا لَّا نُخۡلِفُهُۥ نَحۡنُ وَ لَآ أَنتَ مَكَانࣰا سُوࣰى﴿٥٨﴾
Bas, albatta, biz ham unga oʻxshash sehr keltiramiz, biz bilan oʻzing orangda vaʼda vaqti tayin qil, unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan boʻlaylik, oʻrta joy boʻlsin», dedi.
قَالَ مَوۡعِدُكُمۡ يَوۡمُ ٱلزِّينَةِ وَ أَن يُحۡشَرَ ٱلنَّاسُ ضُحࣰى﴿٥٩﴾
U: «Vaʼda vaqtingiz ziynat kuni. Odamlarning choshtgohda toʻplanishi», dedi.
فَتَوَلَّىٰ فِرۡعَوۡنُ فَجَمَعَ كَيۡدَهُۥ ثُمَّ أَتَىٰ﴿٦٠﴾
Bas, Firʼavn qaytib ketdi, soʻngra, hiylasini yigʻib keldi.
قَالَ لَهُم مُّوسَىٰ وَيۡلَكُمۡ لَا تَفۡتَرُواْ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا فَيُسۡحِتَكُم بِعَذَابࣲ ۖ وَ قَدۡ خَابَ مَنِ ٱفۡتَرَىٰ﴿٦١﴾
Ularga Muso: «Holingizga voy! Allohga nisbatan yolgʻon uydirmang, bas, sizni azob ila butunlay halok qilur. Batahqiq, kim yolgʻon uydirsa, noumid boʻlur», dedi.
فَتَنَٰزَعُوٓاْ أَمۡرَهُم بَيۡنَهُمۡ وَ أَسَرُّواْ ٱلنَّجۡوَىٰ﴿٦٢﴾
Bas, ular ishlari haqida oʻzaro asta shivirlashib, munozara qila boshladilar.
قَالُوٓاْ إِنۡ هَٰذَٰنِ لَسَٰحِرَٰنِ يُرِيدَانِ أَن يُخۡرِجَاكُم مِّنۡ أَرۡضِكُم بِسِحۡرِهِمَا وَ يَذۡهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ ٱلۡمُثۡلَىٰ﴿٦٣﴾
Ular: «Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar. Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlarlar.
فَأَجۡمِعُواْ كَيۡدَكُمۡ ثُمَّ ٱئۡتُواْ صَفࣰّا ۚ وَ قَدۡ أَفۡلَحَ ٱلۡيَوۡمَ مَنِ ٱسۡتَعۡلَىٰ﴿٦٤﴾
Bas, makr-hiylangizni jamlab, bir saf boʻlib keling. Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, oʻsha gʻolib boʻlur», dedilar.
قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلۡقِيَ وَ إِمَّآ أَن نَّكُونَ أَوَّلَ مَنۡ أَلۡقَىٰ﴿٦٥﴾
Ular: «Ey Muso, sen tashlaysanmi yoki biz avval tashlovchi boʻlaylikmi?» – dedilar.
قَالَ بَلۡ أَلۡقُواْ ۖ فَإِذَا حِبَالُهُمۡ وَ عِصِيُّهُمۡ يُخَيَّلُ إِلَيۡهِ مِن سِحۡرِهِمۡ أَنَّهَا تَسۡعَىٰ﴿٦٦﴾
U: «Yoʻq. Sizlar tashlang», dedi. Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek boʻlib koʻrindi.
فَأَوۡجَسَ فِي نَفۡسِهِۦ خِيفَةࣰ مُّوسَىٰ﴿٦٧﴾
Bas, Muso ichida xavf his etdi.
قُلۡنَا لَا تَخَفۡ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡأَعۡلَىٰ﴿٦٨﴾
Biz: «Qoʻrqma, albatta, sen ustunsan.
وَ أَلۡقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلۡقَفۡ مَا صَنَعُوٓاْ ۖ إِنَّمَا صَنَعُواْ كَيۡدُ سَٰحِرࣲ ۖ وَ لَا يُفۡلِحُ ٱلسَّاحِرُ حَيۡثُ أَتَىٰ﴿٦٩﴾
Qoʻlingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda boʻlsa ham, zafar topmas», dedik.
فَأُلۡقِيَ ٱلسَّحَرَةُ سُجَّدࣰا قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ هَٰرُونَ وَ مُوسَىٰ﴿٧٠﴾
Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar.
قَالَ ءَامَنتُمۡ لَهُۥ قَبۡلَ أَنۡ ءَاذَنَ لَكُمۡ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِي عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحۡرَ ۖ فَلَأُقَطِّعَنَّ أَيۡدِيَكُمۡ وَ أَرۡجُلَكُم مِّنۡ خِلَٰفࣲ وَ لَأُصَلِّبَنَّكُمۡ فِي جُذُوعِ ٱلنَّخۡلِ وَ لَتَعۡلَمُنَّ أَيُّنَآ أَشَدُّ عَذَابࣰا وَ أَبۡقَىٰ﴿٧١﴾
U: «Sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir! Bas, albatta, qoʻl-oyoqlaringizni qarama-qarshisidan kesurman va, albatta, sizlarni xurmo tanasiga osurman, albatta, qaysi birimizning azobimiz shiddatliroq va boqiyroq ekanini bilursiz», dedi.
قَالُواْ لَن نُّؤۡثِرَكَ عَلَىٰ مَا جَآءَنَا مِنَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ ٱلَّذِي فَطَرَنَا ۖ فَٱقۡضِ مَآ أَنتَ قَاضٍ ۖ إِنَّمَا تَقۡضِي هَٰذِهِ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَآ﴿٧٢﴾
Ular: «Biz seni zinhor oʻzimizga kelgan ochiq-oydin (moʻʼjiza)lardan va bizni yaratgan Zotdan ustun qoʻymasmiz. Bas, nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat hayoti dunyoda hukm chiqarasan, xolos.
إِنَّآ ءَامَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغۡفِرَ لَنَا خَطَٰيَٰنَا وَ مَآ أَكۡرَهۡتَنَا عَلَيۡهِ مِنَ ٱلسِّحۡرِ ۗ وَ ٱللَّهُ خَيۡرࣱ وَ أَبۡقَىٰٓ﴿٧٣﴾
Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni magʻfirat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar.
إِنَّهُۥ مَن يَأۡتِ رَبَّهُۥ مُجۡرِمࣰا فَإِنَّ لَهُۥ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَ لَا يَحۡيَىٰ﴿٧٤﴾
Shubhasiz, kim Robbiga jinoyatchi boʻlgan holida kelsa, unga albatta jahannam bordir. U yerda u oʻlib oʻlmas, yashab yashamas.
وَ مَن يَأۡتِهِۦ مُؤۡمِنࣰا قَدۡ عَمِلَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلدَّرَجَٰتُ ٱلۡعُلَىٰ﴿٧٥﴾
Kim Unga moʻmin oʻlaroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana oʻshalarga oliy darajalar.
جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَ ذَٰلِكَ جَزَآءُ مَن تَزَكَّىٰ﴿٧٦﴾
Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok boʻlganning mukofotidir.
وَ لَقَدۡ أَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَسۡرِ بِعِبَادِي فَٱضۡرِبۡ لَهُمۡ طَرِيقࣰا فِي ٱلۡبَحۡرِ يَبَسࣰا لَّا تَخَٰفُ دَرَكࣰا وَ لَا تَخۡشَىٰ﴿٧٧﴾
Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yoʻlga tush, ularga dengizdan quruq yoʻl och, yetib olishlaridan xavf qilma va qoʻrqma», deb vahiy qildik.
فَأَتۡبَعَهُمۡ فِرۡعَوۡنُ بِجُنُودِهِۦ فَغَشِيَهُم مِّنَ ٱلۡيَمِّ مَا غَشِيَهُمۡ﴿٧٨﴾
Bas, Firʼavn askarlari ila ularning ortidan taʼqib etdi. Dengiz ularni oʻraganicha oʻrab oldi.
وَ أَضَلَّ فِرۡعَوۡنُ قَوۡمَهُۥ وَ مَا هَدَىٰ﴿٧٩﴾
Firʼavn oʻz qavmini adashtirdi, toʻgʻri yoʻlga boshlamadi.
يَٰبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ قَدۡ أَنجَيۡنَٰكُم مِّنۡ عَدُوِّكُمۡ وَ وَٰعَدۡنَٰكُمۡ جَانِبَ ٱلطُّورِ ٱلۡأَيۡمَنَ وَ نَزَّلۡنَا عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَنَّ وَ ٱلسَّلۡوَىٰ﴿٨٠﴾
Ey, Bani Isroil, batahqiq, Biz sizni dushmaningizdan qutqardik va siz bilan Turning oʻng tomonini vaʼdalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik.
كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ وَ لَا تَطۡغَوۡاْ فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيۡكُمۡ غَضَبِي ۖ وَ مَن يَحۡلِلۡ عَلَيۡهِ غَضَبِي فَقَدۡ هَوَىٰ﴿٨١﴾
Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang, yana, boshingizga gʻazabim tushib qolmasin. Kimning boshiga gʻazabim tushsa, bas, batahqiq, halok boʻlibdi.
وَ إِنِّي لَغَفَّارࣱ لِّمَن تَابَ وَ ءَامَنَ وَ عَمِلَ صَٰلِحࣰا ثُمَّ ٱهۡتَدَىٰ﴿٨٢﴾
Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, yaxshi amal qilgan, soʻngra toʻgʻri yurganlarni koʻplab magʻfirat qilguvchiman.
وَ مَآ أَعۡجَلَكَ عَن قَوۡمِكَ يَٰمُوسَىٰ﴿٨٣﴾
Ey Muso, seni qavmingdan nima ilgarilatdi?
قَالَ هُمۡ أُوْلَآءِ عَلَىٰٓ أَثَرِي وَ عَجِلۡتُ إِلَيۡكَ رَبِّ لِتَرۡضَىٰ﴿٨٤﴾
U: «Ular ana izimdalar. Rozi boʻlishing uchun men Senga shoshdim, ey Robbim», dedi.
قَالَ فَإِنَّا قَدۡ فَتَنَّا قَوۡمَكَ مِنۢ بَعۡدِكَ وَ أَضَلَّهُمُ ٱلسَّامِرِيُّ﴿٨٥﴾
U zot: «Batahqiq, Biz qavmingni sendan keyin fitnaga duchor qildik. Somiriy ularni adashtirdi», dedi.
فَرَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ غَضۡبَٰنَ أَسِفࣰا ۚ قَالَ يَٰقَوۡمِ أَلَمۡ يَعِدۡكُمۡ رَبُّكُمۡ وَعۡدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡعَهۡدُ أَمۡ أَرَدتُّمۡ أَن يَحِلَّ عَلَيۡكُمۡ غَضَبࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ فَأَخۡلَفۡتُم مَّوۡعِدِي﴿٨٦﴾
Bas, Muso qavmiga gʻazablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq koʻrindimi yoki boshingizga Robbingizdan gʻazab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan vaʼdaga xilof qilibsiz?!» – dedi.
قَالُواْ مَآ أَخۡلَفۡنَا مَوۡعِدَكَ بِمَلۡكِنَا وَ لَٰكِنَّا حُمِّلۡنَآ أَوۡزَارࣰا مِّن زِينَةِ ٱلۡقَوۡمِ فَقَذَفۡنَٰهَا فَكَذَٰلِكَ أَلۡقَى ٱلسَّامِرِيُّ﴿٨٧﴾
Ular: «Biz senga bergan vaʼdaga oʻz ixtiyorimiz ila xilof qilmadik. Lekin bizga u qavmning ziynatidan ogʻirliklar yuklangan edi. Bas, ularni tashladik, Somiriy ana shunday ilqo qildi», dedilar.
فَأَخۡرَجَ لَهُمۡ عِجۡلࣰا جَسَدࣰا لَّهُۥ خُوَارࣱ فَقَالُواْ هَٰذَآ إِلَٰهُكُمۡ وَ إِلَٰهُ مُوسَىٰ فَنَسِيَ﴿٨٨﴾
Bas, u (Somiriy) ularga boʻkiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar.
أَفَلَا يَرَوۡنَ أَلَّا يَرۡجِعُ إِلَيۡهِمۡ قَوۡلࣰا وَ لَا يَمۡلِكُ لَهُمۡ ضَرࣰّا وَ لَا نَفۡعࣰا﴿٨٩﴾
Uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini, na zarar va na foydaga molik boʻla olmayotganini koʻrmayaptilarmi?!
وَ لَقَدۡ قَالَ لَهُمۡ هَٰرُونُ مِن قَبۡلُ يَٰقَوۡمِ إِنَّمَا فُتِنتُم بِهِۦ ۖ وَ إِنَّ رَبَّكُمُ ٱلرَّحۡمَٰنُ فَٱتَّبِعُونِي وَ أَطِيعُوٓاْ أَمۡرِي﴿٩٠﴾
Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi.
قَالُواْ لَن نَّبۡرَحَ عَلَيۡهِ عَٰكِفِينَ حَتَّىٰ يَرۡجِعَ إِلَيۡنَا مُوسَىٰ﴿٩١﴾
Ular: «To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom boʻlamiz», dedilar.
قَالَ يَٰهَٰرُونُ مَا مَنَعَكَ إِذۡ رَأَيۡتَهُمۡ ضَلُّوٓاْ﴿٩٢﴾
U: «Ey Horun, ularning zalolatga ketganlarini koʻrganingda seni nima man qildi?!
أَلَّا تَتَّبِعَنِ ۖ أَفَعَصَيۡتَ أَمۡرِي﴿٩٣﴾
Menga ergashishingdan?! Mening amrimga osiy boʻldingmi?!» – dedi.
قَالَ يَبۡنَؤُمَّ لَا تَأۡخُذۡ بِلِحۡيَتِي وَ لَا بِرَأۡسِيٓ ۖ إِنِّي خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقۡتَ بَيۡنَ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ وَ لَمۡ تَرۡقُبۡ قَوۡلِي﴿٩٤﴾
U: «Ey, onamning oʻgʻli, soch-soqolimdan tutma. Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan, deyishingdan qoʻrqdim», dedi.
قَالَ فَمَا خَطۡبُكَ يَٰسَٰمِرِيُّ﴿٩٥﴾
U: «Bu nima qilganing, ey, Somiriy?!» – dedi.
قَالَ بَصُرۡتُ بِمَا لَمۡ يَبۡصُرُواْ بِهِۦ فَقَبَضۡتُ قَبۡضَةࣰ مِّنۡ أَثَرِ ٱلرَّسُولِ فَنَبَذۡتُهَا وَ كَذَٰلِكَ سَوَّلَتۡ لِي نَفۡسِي﴿٩٦﴾
U: «Ular koʻrmagan narsani koʻrdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, soʻngra uni tashladim. Havoyi nafsim menga shunday qilishni xush koʻrsatdi», dedi.
قَالَ فَٱذۡهَبۡ فَإِنَّ لَكَ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ ۖ وَ إِنَّ لَكَ مَوۡعِدࣰا لَّن تُخۡلَفَهُۥ ۖ وَ ٱنظُرۡ إِلَىٰٓ إِلَٰهِكَ ٱلَّذِي ظَلۡتَ عَلَيۡهِ عَاكِفࣰا ۖ لَّنُحَرِّقَنَّهُۥ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُۥ فِي ٱلۡيَمِّ نَسۡفًا﴿٩٧﴾
U: «Bas, joʻna! Ket! Endi senga bu hayotda «tegish yoʻq» deyishing bor, xolos. Albatta, senga xilof qilmaydigan vaʼdamiz bor. Oʻzing ibodatida bardavom boʻlgan ilohingga nazar solib qoʻy. Biz uni, albatta, kuydiramiz, soʻngra dengizga sochib yuboramiz.
إِنَّمَآ إِلَٰهُكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِي لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَسِعَ كُلَّ شَيۡءٍ عِلۡمࣰا﴿٩٨﴾
Albatta, sizning ilohingiz Allohdir, xolos. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻqdir. U barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir.
كَذَٰلِكَ نَقُصُّ عَلَيۡكَ مِنۡ أَنۢبَآءِ مَا قَدۡ سَبَقَ ۚ وَ قَدۡ ءَاتَيۡنَٰكَ مِن لَّدُنَّا ذِكۡرࣰا﴿٩٩﴾
Shunday qilib, senga oʻtgan narsalar xabarini qissa qilib berurmiz. Batahqiq, senga Oʻz tarafimizdan Zikrni berdik.
مَّنۡ أَعۡرَضَ عَنۡهُ فَإِنَّهُۥ يَحۡمِلُ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وِزۡرًا﴿١٠٠﴾
Kim undan yuz oʻgirsa, albatta, u qiyomat kuni (gunoh) yukini koʻtarur.
خَٰلِدِينَ فِيهِ ۖ وَ سَآءَ لَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ حِمۡلࣰا﴿١٠١﴾
Unda abadiy qolurlar. Qiyomat kunida ularning yuki qanday ham yomon boʻldi.
يَوۡمَ يُنفَخُ فِي ٱلصُّورِ ۚ وَ نَحۡشُرُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ يَوۡمَئِذࣲ زُرۡقࣰا﴿١٠٢﴾
U kun surga puflanadigan kundir. Oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari koʻk boʻlgan holda toʻplarmiz.
يَتَخَٰفَتُونَ بَيۡنَهُمۡ إِن لَّبِثۡتُمۡ إِلَّا عَشۡرࣰا﴿١٠٣﴾
Ular oʻzaro: «Oʻn kundan ortiq turganingiz yoʻq», deya shivirlashar.
نَّحۡنُ أَعۡلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذۡ يَقُولُ أَمۡثَلُهُمۡ طَرِيقَةً إِن لَّبِثۡتُمۡ إِلَّا يَوۡمࣰا﴿١٠٤﴾
Biz nima deyayotganlarini yaxshi bilguvchimiz. Oʻshanda ularning eng toʻgʻri yoʻldagisi: «Bir kundan ortiq turganimiz yoʻq», degan edi.
وَ يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡجِبَالِ فَقُلۡ يَنسِفُهَا رَبِّي نَسۡفࣰا﴿١٠٥﴾
Sendan togʻlar haqida soʻrarlar. Bas: «Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak», degin.
فَيَذَرُهَا قَاعࣰا صَفۡصَفࣰا﴿١٠٦﴾
Soʻng ularni tep-tekis holga keltirur.
لَّا تَرَىٰ فِيهَا عِوَجࣰا وَ لَآ أَمۡتࣰا﴿١٠٧﴾
U yerda chuqur ham, doʻng ham koʻrmassan.
يَوۡمَئِذࣲ يَتَّبِعُونَ ٱلدَّاعِيَ لَا عِوَجَ لَهُۥ ۖ وَ خَشَعَتِ ٱلۡأَصۡوَاتُ لِلرَّحۡمَٰنِ فَلَا تَسۡمَعُ إِلَّا هَمۡسࣰا﴿١٠٨﴾
U kunda chorlovchiga ergashurlar. Undan burilish yoʻq. Ovozlar Rohman(haybati)dan jim qolmish. Pichirlashdan boshqa narsa eshitmassan.
يَوۡمَئِذࣲ لَّا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ إِلَّا مَنۡ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَ رَضِيَ لَهُۥ قَوۡلࣰا﴿١٠٩﴾
U kunda Rohman unga izn bergan va soʻzidan rozi boʻlganlardan boshqaga shafoat foyda bermas.
يَعۡلَمُ مَا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ مَا خَلۡفَهُمۡ وَ لَا يُحِيطُونَ بِهِۦ عِلۡمࣰا﴿١١٠﴾
U ularning oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham bilur. Ular esa, Uni ilm ila ihota qila olmaslar.
وَ عَنَتِ ٱلۡوُجُوهُ لِلۡحَيِّ ٱلۡقَيُّومِ ۖ وَ قَدۡ خَابَ مَنۡ حَمَلَ ظُلۡمࣰا﴿١١١﴾
Butun yuzlar tirik va doim turuvchi Zotga bosh egmish. Batahqiq, kim zulm koʻtargan boʻlsa, noumid boʻlmish.
وَ مَن يَعۡمَلۡ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَلَا يَخَافُ ظُلۡمࣰا وَ لَا هَضۡمࣰا﴿١١٢﴾
Kim moʻmin holida yaxshi amallardan qilgan boʻlsa, zulmdan ham, nuqsondan ham qoʻrqmas.
وَ كَذَٰلِكَ أَنزَلۡنَٰهُ قُرۡءَانًا عَرَبِيࣰّا وَ صَرَّفۡنَا فِيهِ مِنَ ٱلۡوَعِيدِ لَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ أَوۡ يُحۡدِثُ لَهُمۡ ذِكۡرࣰا﴿١١٣﴾
Shunday qilib, Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil etdik. Shoyadki, taqvo qilsalar yoki ularda eslash paydo qilsa deb, unda qoʻrqinchli vaʼdalarni bayon qildik.
فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلۡمَلِكُ ٱلۡحَقُّ ۗ وَ لَا تَعۡجَلۡ بِٱلۡقُرۡءَانِ مِن قَبۡلِ أَن يُقۡضَىٰٓ إِلَيۡكَ وَحۡيُهُۥ ۖ وَ قُل رَّبِّ زِدۡنِي عِلۡمࣰا﴿١١٤﴾
Haq Podshoh — Alloh oliy boʻldi. Senga vahiyi bitguncha Qurʼon(tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin.
وَ لَقَدۡ عَهِدۡنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبۡلُ فَنَسِيَ وَ لَمۡ نَجِدۡ لَهُۥ عَزۡمࣰا﴿١١٥﴾
Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik.
وَ إِذۡ قُلۡنَا لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ ٱسۡجُدُواْ لِأٓدَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبۡلِيسَ أَبَىٰ﴿١١٦﴾
Biz farishtalarga: «Odamga sajda qiling», deganimizda, ular sajda qildilar. Magar iblis bosh tortdi.
فَقُلۡنَا يَٰٓـَٔادَمُ إِنَّ هَٰذَا عَدُوࣱّ لَّكَ وَ لِزَوۡجِكَ فَلَا يُخۡرِجَنَّكُمَا مِنَ ٱلۡجَنَّةِ فَتَشۡقَىٰٓ﴿١١٧﴾
Bas, Biz: «Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. Yana, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt boʻlib qolmagin.
إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَ لَا تَعۡرَىٰ﴿١١٨﴾
Albatta, sen u yerda och-yalangʻoch qolmassan.
وَ أَنَّكَ لَا تَظۡمَؤُاْ فِيهَا وَ لَا تَضۡحَىٰ﴿١١٩﴾
Albatta, sen u yerda tashna ham boʻlmaysan, issiqda ham qolmassan», dedik.
فَوَسۡوَسَ إِلَيۡهِ ٱلشَّيۡطَٰنُ قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ هَلۡ أَدُلُّكَ عَلَىٰ شَجَرَةِ ٱلۡخُلۡدِ وَ مُلۡكࣲ لَّا يَبۡلَىٰ﴿١٢٠﴾
Bas, shayton uni vasvasa qildi. U: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni koʻrsataymi?» – dedi.
فَأَكَلَا مِنۡهَا فَبَدَتۡ لَهُمَا سَوۡءَٰتُهُمَا وَ طَفِقَا يَخۡصِفَانِ عَلَيۡهِمَا مِن وَرَقِ ٱلۡجَنَّةِ ۚ وَ عَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ﴿١٢١﴾
Bas, ikkovlari undan yedilar. Keyin, avratlari oʻzlariga ochilib qolib, oʻzlarini jannat barglari bilan toʻsa boshladilar. Odam Robbiga osiy boʻldi va yoʻldan ozdi.
ثُمَّ ٱجۡتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيۡهِ وَ هَدَىٰ﴿١٢٢﴾
Soʻngra, Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini qabul qildi va hidoyatga boshladi.
قَالَ ٱهۡبِطَا مِنۡهَا جَمِيعَۢا ۖ بَعۡضُكُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوࣱّ ۖ فَإِمَّا يَأۡتِيَنَّكُم مِّنِّي هُدࣰى فَمَنِ ٱتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَ لَا يَشۡقَىٰ﴿١٢٣﴾
U: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt boʻlmas.
وَ مَنۡ أَعۡرَضَ عَن ذِكۡرِي فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةࣰ ضَنكࣰا وَ نَحۡشُرُهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ أَعۡمَىٰ﴿١٢٤﴾
Kim Mening zikrimdan yuz oʻgirsa, albatta, unga torchilik hayoti boʻlur va qiyomat kuni uni koʻr holida tiriltirurmiz», dedi.
قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرۡتَنِيٓ أَعۡمَىٰ وَ قَدۡ كُنتُ بَصِيرࣰا﴿١٢٥﴾
U: «Ey Robbim, nima uchun meni koʻr holda tiriltirding. Axir, koʻruvchi edim-ku?!» – dedi.
قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتۡكَ ءَايَٰتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَ كَذَٰلِكَ ٱلۡيَوۡمَ تُنسَىٰ﴿١٢٦﴾
U: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa, ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», dedi.
وَ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي مَنۡ أَسۡرَفَ وَ لَمۡ يُؤۡمِنۢ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ۚ وَ لَعَذَابُ ٱلۡأٓخِرَةِ أَشَدُّ وَ أَبۡقَىٰٓ﴿١٢٧﴾
Isrof qilgan va Robbi oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir.
أَفَلَمۡ يَهۡدِ لَهُمۡ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا قَبۡلَهُم مِّنَ ٱلۡقُرُونِ يَمۡشُونَ فِي مَسَٰكِنِهِمۡ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّأُوْلِي ٱلنُّهَىٰ﴿١٢٨﴾
Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi? Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
وَ لَوۡلَا كَلِمَةࣱ سَبَقَتۡ مِن رَّبِّكَ لَكَانَ لِزَامࣰا وَ أَجَلࣱ مُّسَمࣰّى﴿١٢٩﴾
Agar Robbingdan soʻz oʻtib qolmaganida va nomlangan ajal boʻlmaganida, albatta, (azob) lozim boʻlar edi.
فَٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَ سَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ قَبۡلَ طُلُوعِ ٱلشَّمۡسِ وَ قَبۡلَ غُرُوبِهَا ۖ وَ مِنۡ ءَانَآيِٕ ٱلَّيۡلِ فَسَبِّحۡ وَ أَطۡرَافَ ٱلنَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرۡضَىٰ﴿١٣٠﴾
Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki, rozi boʻlsang.
وَ لَا تَمُدَّنَّ عَيۡنَيۡكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعۡنَا بِهِۦٓ أَزۡوَٰجࣰا مِّنۡهُمۡ زَهۡرَةَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا لِنَفۡتِنَهُمۡ فِيهِ ۚ وَ رِزۡقُ رَبِّكَ خَيۡرࣱ وَ أَبۡقَىٰ﴿١٣١﴾
Koʻzlaringni ularni sinash uchun ayrimlariga bahramand qilib berganimiz hayoti dunyoning turli ziynatlariga tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir.
وَ أۡمُرۡ أَهۡلَكَ بِٱلصَّلَوٰةِ وَ ٱصۡطَبِرۡ عَلَيۡهَا ۖ لَا نَسۡـَٔلُكَ رِزۡقࣰا ۖ نَّحۡنُ نَرۡزُقُكَ ۗ وَ ٱلۡعَٰقِبَةُ لِلتَّقۡوَىٰ﴿١٣٢﴾
Ahlingni namozga amr et va oʻzing unga sabr qil. Biz sendan rizq soʻramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir.
وَ قَالُواْ لَوۡلَا يَأۡتِينَا بِـَٔايَةࣲ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۚ أَوَلَمۡ تَأۡتِهِم بَيِّنَةُ مَا فِي ٱلصُّحُفِ ٱلۡأُولَىٰ﴿١٣٣﴾
Ular: «U bizga Robbidan moʻʼjiza keltirsa edi», derlar. Axir, ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayonoti kelmadimi?
وَ لَوۡ أَنَّآ أَهۡلَكۡنَٰهُم بِعَذَابࣲ مِّن قَبۡلِهِۦ لَقَالُواْ رَبَّنَا لَوۡلَآ أَرۡسَلۡتَ إِلَيۡنَا رَسُولࣰا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ مِن قَبۡلِ أَن نَّذِلَّ وَ نَخۡزَىٰ﴿١٣٤﴾
Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda boʻlishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan boʻlar edik», derdilar.
قُلۡ كُلࣱّ مُّتَرَبِّصࣱ فَتَرَبَّصُواْ ۖ فَسَتَعۡلَمُونَ مَنۡ أَصۡحَٰبُ ٱلصِّرَٰطِ ٱلسَّوِيِّ وَ مَنِ ٱهۡتَدَىٰ﴿١٣٥﴾
Sen: «Barcha kutguvchidir. Bas, kutinglar. Albatta, kimlar toʻgʻri yoʻl sohiblari va kimlar hidoyat topganini bilursizlar», deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Toha. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — toha.
Mazmuni: Sura Qur’on insonni qiynash uchun emas, eslatma va hidoyat uchun nozil qilinganini bayon qiladi. Muso alayhissalomning Fir’avn bilan kurashi, sehrgarlarning iymoni va Odam alayhissalom qissasi orqali vahiyga itoat, sabr va gunohdan keyingi tavba masalalari yoritiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.