سورة الإسراء
Isro surasi
Tungi safar · Исро сураси
Isro surasi — Qurʼoni Karimning 17-surasi. U 111 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tungi safar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِيٓ أَسۡرَىٰ بِعَبۡدِهِۦ لَيۡلࣰا مِّنَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ إِلَى ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡأَقۡصَا ٱلَّذِي بَٰرَكۡنَا حَوۡلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنۡ ءَايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ﴿١﴾
Oʻz bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga moʻʼjizalarimizni koʻrsatish uchun sayr qildirgan Zot pok boʻldi. Albatta, U eshitguvchi va koʻrguvchi Zotdir.
وَ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ وَ جَعَلۡنَٰهُ هُدࣰى لِّبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ أَلَّا تَتَّخِذُواْ مِن دُونِي وَكِيلࣰا﴿٢﴾
Va Biz Musoga kitobni berdik va u(kitob)ni Bani Isroilga hidoyat qilib: «Mendan oʻzgani vakil tutmanglar!» dedik.
ذُرِّيَّةَ مَنۡ حَمَلۡنَا مَعَ نُوحٍ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَبۡدࣰا شَكُورࣰا﴿٣﴾
(Ey) Nuh bilan birga koʻtarganlarimizning zurriyotlari! Albatta, u oʻta shukrli banda edi.
وَ قَضَيۡنَآ إِلَىٰ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ فِي ٱلۡكِتَٰبِ لَتُفۡسِدُنَّ فِي ٱلۡأَرۡضِ مَرَّتَيۡنِ وَ لَتَعۡلُنَّ عُلُوࣰّا كَبِيرࣰا﴿٤﴾
Biz u kitobda Bani Isroilga, yer yuzida ikki marta buzgʻunchilik qilursizlar va katta tugʻyonga ketursizlar, deb bildirdik.
فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ أُولَىٰهُمَا بَعَثۡنَا عَلَيۡكُمۡ عِبَادࣰا لَّنَآ أُوْلِي بَأۡسࣲ شَدِيدࣲ فَجَاسُواْ خِلَٰلَ ٱلدِّيَارِ ۚ وَ كَانَ وَعۡدࣰا مَّفۡعُولࣰا﴿٥﴾
Bas, oʻsha ikki(buzgʻunchilik)dan birinchisining vaʼda vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu, qilinishi lozim vaʼda edi.
ثُمَّ رَدَدۡنَا لَكُمُ ٱلۡكَرَّةَ عَلَيۡهِمۡ وَ أَمۡدَدۡنَٰكُم بِأَمۡوَٰلࣲ وَ بَنِينَ وَ جَعَلۡنَٰكُمۡ أَكۡثَرَ نَفِيرًا﴿٦﴾
Soʻngra, sizga ular ustidan gʻalabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning adadingizni koʻp qilib qoʻydik.
إِنۡ أَحۡسَنتُمۡ أَحۡسَنتُمۡ لِأَنفُسِكُمۡ ۖ وَ إِنۡ أَسَأۡتُمۡ فَلَهَا ۚ فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ ٱلۡأٓخِرَةِ لِيَسُـُٔواْ وُجُوهَكُمۡ وَ لِيَدۡخُلُواْ ٱلۡمَسۡجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةࣲ وَ لِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوۡاْ تَتۡبِيرًا﴿٧﴾
Agar yaxshilik qilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, oʻzingiz uchundir. Bas, keyingi(buzgʻunchilik)ning vaʼda vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).
عَسَىٰ رَبُّكُمۡ أَن يَرۡحَمَكُمۡ ۚ وَ إِنۡ عُدتُّمۡ عُدۡنَا ۚ وَ جَعَلۡنَا جَهَنَّمَ لِلۡكَٰفِرِينَ حَصِيرًا﴿٨﴾
Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.
إِنَّ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانَ يَهۡدِي لِلَّتِي هِيَ أَقۡوَمُ وَ يُبَشِّرُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعۡمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمۡ أَجۡرࣰا كَبِيرࣰا﴿٩﴾
Albatta, bu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi moʻminlarga, albatta oʻshalarga, ulugʻ ajr borligi xushxabarini berur.
وَ أَنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ أَعۡتَدۡنَا لَهُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٠﴾
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga, oʻshalarga, alamli azobni tayyorlab qoʻydik.
وَ يَدۡعُ ٱلۡإِنسَٰنُ بِٱلشَّرِّ دُعَآءَهُۥ بِٱلۡخَيۡرِ ۖ وَ كَانَ ٱلۡإِنسَٰنُ عَجُولࣰا﴿١١﴾
Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq boʻlgandir.
وَ جَعَلۡنَا ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ ءَايَتَيۡنِ ۖ فَمَحَوۡنَآ ءَايَةَ ٱلَّيۡلِ وَ جَعَلۡنَآ ءَايَةَ ٱلنَّهَارِ مُبۡصِرَةࣰ لِّتَبۡتَغُواْ فَضۡلࣰا مِّن رَّبِّكُمۡ وَ لِتَعۡلَمُواْ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَ ٱلۡحِسَابَ ۚ وَ كُلَّ شَيۡءࣲ فَصَّلۡنَٰهُ تَفۡصِيلࣰا﴿١٢﴾
Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini koʻrsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.
وَ كُلَّ إِنسَٰنٍ أَلۡزَمۡنَٰهُ طَٰٓئِرَهُۥ فِي عُنُقِهِۦ ۖ وَ نُخۡرِجُ لَهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ كِتَٰبࣰا يَلۡقَىٰهُ مَنشُورًا﴿١٣﴾
Biz har bir insonning amalini boʻyniga bogʻlab qoʻyganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda roʻbaroʻ boʻlur.
ٱقۡرَأۡ كِتَٰبَكَ كَفَىٰ بِنَفۡسِكَ ٱلۡيَوۡمَ عَلَيۡكَ حَسِيبࣰا﴿١٤﴾
Kitobingni oʻqi, bugungi kunda sen oʻzingga oʻzing hisobchilikka kifoya qilursan (deyilur).
مَّنِ ٱهۡتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهۡتَدِي لِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيۡهَا ۚ وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةࣱ وِزۡرَ أُخۡرَىٰ ۗ وَ مَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبۡعَثَ رَسُولࣰا﴿١٥﴾
Kim hidoyatga yursa, faqat oʻzi uchungina hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, faqat oʻzi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir jon oʻzganing ogʻirligini koʻtaruvchi boʻlmas. Toki Paygʻambar yubormagunimizcha, azoblovchi boʻlgan emasmiz.
وَ إِذَآ أَرَدۡنَآ أَن نُّهۡلِكَ قَرۡيَةً أَمَرۡنَا مُتۡرَفِيهَا فَفَسَقُواْ فِيهَا فَحَقَّ عَلَيۡهَا ٱلۡقَوۡلُ فَدَمَّرۡنَٰهَا تَدۡمِيرࣰا﴿١٦﴾
Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maishatparastlarini (itoatga) amr qilamiz, bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar. Shunda unga «soʻz» haq boʻlur. Bas, Biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz.
وَ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِنَ ٱلۡقُرُونِ مِنۢ بَعۡدِ نُوحࣲ ۗ وَ كَفَىٰ بِرَبِّكَ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرَۢا بَصِيرࣰا﴿١٧﴾
Nuhdan soʻng qanchadan-qancha asrlarni halok qildik. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlish va ularni koʻrishda Robbing Oʻzi kifoya qilur.
مَّن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعَاجِلَةَ عَجَّلۡنَا لَهُۥ فِيهَا مَا نَشَآءُ لِمَن نُّرِيدُ ثُمَّ جَعَلۡنَا لَهُۥ جَهَنَّمَ يَصۡلَىٰهَا مَذۡمُومࣰا مَّدۡحُورࣰا﴿١٨﴾
Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. Soʻngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvgʻinga uchragan holda kirur.
وَ مَنۡ أَرَادَ ٱلۡأٓخِرَةَ وَ سَعَىٰ لَهَا سَعۡيَهَا وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَأُوْلَٰٓئِكَ كَانَ سَعۡيُهُم مَّشۡكُورࣰا﴿١٩﴾
Kim oxiratni istasa va unga erishish uchun moʻmin boʻlgan holida kerakli harakatini qilsa, bas, ana oʻshalarning harakatlari maqbuldir.
كُلࣰّا نُّمِدُّ هَٰٓؤُلَآءِ وَ هَٰٓؤُلَآءِ مِنۡ عَطَآءِ رَبِّكَ ۚ وَ مَا كَانَ عَطَآءُ رَبِّكَ مَحۡظُورًا﴿٢٠﴾
Barchaga — manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu neʼmatlaridan choʻzamiz. Robbingning atoyu neʼmatlari cheklangan emas.
ٱنظُرۡ كَيۡفَ فَضَّلۡنَا بَعۡضَهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۚ وَ لَلۡأٓخِرَةُ أَكۡبَرُ دَرَجَٰتࣲ وَ أَكۡبَرُ تَفۡضِيلࣰا﴿٢١﴾
Baʼzilarini baʼzilaridan qanday afzal qilib qoʻyganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir.
لَّا تَجۡعَلۡ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَقۡعُدَ مَذۡمُومࣰا مَّخۡذُولࣰا﴿٢٢﴾
Alloh bilan birga oʻzga ilohni (sherik) qilma! Yana, mazammatga uchrab, chorasiz oʻtirib qolmagin.
وَ قَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّآ إِيَّاهُ وَ بِٱلۡوَٰلِدَيۡنِ إِحۡسَٰنًا ۚ إِمَّا يَبۡلُغَنَّ عِندَكَ ٱلۡكِبَرَ أَحَدُهُمَآ أَوۡ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُل لَّهُمَآ أُفࣲّ وَ لَا تَنۡهَرۡهُمَا وَ قُل لَّهُمَا قَوۡلࣰا كَرِيمࣰا﴿٢٣﴾
Robbing faqat Uning Oʻzigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt!
وَ ٱخۡفِضۡ لَهُمَا جَنَاحَ ٱلذُّلِّ مِنَ ٱلرَّحۡمَةِ وَ قُل رَّبِّ ٱرۡحَمۡهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرࣰا﴿٢٤﴾
Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt.
رَّبُّكُمۡ أَعۡلَمُ بِمَا فِي نُفُوسِكُمۡ ۚ إِن تَكُونُواْ صَٰلِحِينَ فَإِنَّهُۥ كَانَ لِلۡأَوَّٰبِينَ غَفُورࣰا﴿٢٥﴾
Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham oʻta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan boʻlsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermagʻfiratdir.
وَ ءَاتِ ذَا ٱلۡقُرۡبَىٰ حَقَّهُۥ وَ ٱلۡمِسۡكِينَ وَ ٱبۡنَ ٱلسَّبِيلِ وَ لَا تُبَذِّرۡ تَبۡذِيرًا﴿٢٦﴾
Qarindoshga haqqini ber! Miskinga va yoʻl oʻgʻliga ham. Isrofgarchilikka mutlaqo yoʻl qoʻyma.
إِنَّ ٱلۡمُبَذِّرِينَ كَانُوٓاْ إِخۡوَٰنَ ٱلشَّيَٰطِينِ ۖ وَ كَانَ ٱلشَّيۡطَٰنُ لِرَبِّهِۦ كَفُورࣰا﴿٢٧﴾
Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari boʻlganlar. Shayton esa, Robbiga oʻta noshukr boʻlgandir.
وَ إِمَّا تُعۡرِضَنَّ عَنۡهُمُ ٱبۡتِغَآءَ رَحۡمَةࣲ مِّن رَّبِّكَ تَرۡجُوهَا فَقُل لَّهُمۡ قَوۡلࣰا مَّيۡسُورࣰا﴿٢٨﴾
Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz oʻgiradigan boʻlsang, bas, ularga muloyim soʻz aytgin.
وَ لَا تَجۡعَلۡ يَدَكَ مَغۡلُولَةً إِلَىٰ عُنُقِكَ وَ لَا تَبۡسُطۡهَا كُلَّ ٱلۡبَسۡطِ فَتَقۡعُدَ مَلُومࣰا مَّحۡسُورًا﴿٢٩﴾
Qoʻlingni boʻyningga bogʻlab olma. Uni bir yoʻla yozib ham yuborma. Yana, malomat va hasratda oʻtirib qolmagin.
إِنَّ رَبَّكَ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرَۢا بَصِيرࣰا﴿٣٠﴾
Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va koʻrguvchi Zotdir.
وَ لَا تَقۡتُلُوٓاْ أَوۡلَٰدَكُمۡ خَشۡيَةَ إِمۡلَٰقࣲ ۖ نَّحۡنُ نَرۡزُقُهُمۡ وَ إِيَّاكُمۡ ۚ إِنَّ قَتۡلَهُمۡ كَانَ خِطۡـࣰٔا كَبِيرࣰا﴿٣١﴾
Bolalaringizni faqirlikdan qoʻrqib oʻldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni oʻldirish katta xatodir.
وَ لَا تَقۡرَبُواْ ٱلزِّنَىٰٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةࣰ وَ سَآءَ سَبِيلࣰا﴿٣٢﴾
Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yoʻldir.
وَ لَا تَقۡتُلُواْ ٱلنَّفۡسَ ٱلَّتِي حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ ۗ وَ مَن قُتِلَ مَظۡلُومࣰا فَقَدۡ جَعَلۡنَا لِوَلِيِّهِۦ سُلۡطَٰنࣰا فَلَا يُسۡرِف فِّي ٱلۡقَتۡلِ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ مَنصُورࣰا﴿٣٣﴾
Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli. Kimki mazlum holida oʻldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u oʻldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir.
وَ لَا تَقۡرَبُواْ مَالَ ٱلۡيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ حَتَّىٰ يَبۡلُغَ أَشُدَّهُۥ ۚ وَ أَوۡفُواْ بِٱلۡعَهۡدِ ۖ إِنَّ ٱلۡعَهۡدَ كَانَ مَسۡـُٔولࣰا﴿٣٤﴾
Yetimning moliga, toki u balogʻat yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila boʻlsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd masʼul boʻlgan ishdir.
وَ أَوۡفُواْ ٱلۡكَيۡلَ إِذَا كِلۡتُمۡ وَ زِنُواْ بِٱلۡقِسۡطَاسِ ٱلۡمُسۡتَقِيمِ ۚ ذَٰلِكَ خَيۡرࣱ وَ أَحۡسَنُ تَأۡوِيلࣰا﴿٣٥﴾
Oʻlchagan chogʻingizda toʻliq oʻlchang va toʻgʻri tarozi ila torting. Ana oʻsha yaxshidir va oqibati goʻzaldir.
وَ لَا تَقۡفُ مَا لَيۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمٌ ۚ إِنَّ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡبَصَرَ وَ ٱلۡفُؤَادَ كُلُّ أُوْلَٰٓئِكَ كَانَ عَنۡهُ مَسۡـُٔولࣰا﴿٣٦﴾
Oʻzing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, koʻz va dil — ana oʻshalar, masʼuldirlar.
وَ لَا تَمۡشِ فِي ٱلۡأَرۡضِ مَرَحًا ۖ إِنَّكَ لَن تَخۡرِقَ ٱلۡأَرۡضَ وَ لَن تَبۡلُغَ ٱلۡجِبَالَ طُولࣰا﴿٣٧﴾
Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor boʻyda togʻlarga yeta olmaysan!
كُلُّ ذَٰلِكَ كَانَ سَيِّئُهُۥ عِندَ رَبِّكَ مَكۡرُوهࣰا﴿٣٨﴾
Bularning barcha yomoni Robbining huzurida xush koʻrilmagandir.
ذَٰلِكَ مِمَّآ أَوۡحَىٰٓ إِلَيۡكَ رَبُّكَ مِنَ ٱلۡحِكۡمَةِ ۗ وَ لَا تَجۡعَلۡ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتُلۡقَىٰ فِي جَهَنَّمَ مَلُومࣰا مَّدۡحُورًا﴿٣٩﴾
Ushbular Robbing senga vahiy qilgan baʼzi hikmatlardir. Alloh bilan birga oʻzga iloh qilma. Yana, jahannamga malomat qilingan va quvilgan holingda tashlanmagin.
أَفَأَصۡفَىٰكُمۡ رَبُّكُم بِٱلۡبَنِينَ وَ ٱتَّخَذَ مِنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ إِنَٰثًا ۚ إِنَّكُمۡ لَتَقُولُونَ قَوۡلًا عَظِيمࣰا﴿٤٠﴾
Robbingiz sizlarga oʻgʻillarni xos qilib berib, farishtalarni Oʻziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zoʻr gapni aytmoqdasiz.
وَ لَقَدۡ صَرَّفۡنَا فِي هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ لِيَذَّكَّرُواْ وَ مَا يَزِيدُهُمۡ إِلَّا نُفُورࣰا﴿٤١﴾
Batahqiq, Biz bu Qurʼonda eslashlari uchun bayon qildik. Lekin bu ularga nafratdan oʻzgani ziyoda qilmas.
قُل لَّوۡ كَانَ مَعَهُۥٓ ءَالِهَةࣱ كَمَا يَقُولُونَ إِذࣰا لَّٱبۡتَغَوۡاْ إِلَىٰ ذِي ٱلۡعَرۡشِ سَبِيلࣰا﴿٤٢﴾
Sen: «Agar, ular aytganidek, U bilan birga boshqa ilohlar boʻlganida, ular Arsh egasi tomon yoʻl izlardilar», deb ayt.
سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوࣰّا كَبِيرࣰا﴿٤٣﴾
U zot ular aytayotgan narsadan pok va nihoyatda oliydir.
تُسَبِّحُ لَهُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ ٱلسَّبۡعُ وَ ٱلۡأَرۡضُ وَ مَن فِيهِنَّ ۚ وَ إِن مِّن شَيۡءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمۡدِهِۦ وَ لَٰكِن لَّا تَفۡقَهُونَ تَسۡبِيحَهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورࣰا﴿٤٤﴾
Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yoʻq. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermagʻfirat Zotdir.
وَ إِذَا قَرَأۡتَ ٱلۡقُرۡءَانَ جَعَلۡنَا بَيۡنَكَ وَ بَيۡنَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ حِجَابࣰا مَّسۡتُورࣰا﴿٤٥﴾
Qachon Qurʼon qiroat qilsang, sen bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida koʻrinmas parda qilurmiz.
وَ جَعَلۡنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ أَكِنَّةً أَن يَفۡقَهُوهُ وَ فِيٓ ءَاذَانِهِمۡ وَقۡرࣰا ۚ وَ إِذَا ذَكَرۡتَ رَبَّكَ فِي ٱلۡقُرۡءَانِ وَحۡدَهُۥ وَلَّوۡاْ عَلَىٰٓ أَدۡبَٰرِهِمۡ نُفُورࣰا﴿٤٦﴾
Va qalblariga, uni anglamasliklari uchun, gʻilof qildik va quloqlarini kar qildik. Qachon sen Qurʼonda Robbingning yolgʻiz Oʻzini zikr qilsang, ular ortlariga oʻgirilib qochurlar.
نَّحۡنُ أَعۡلَمُ بِمَا يَسۡتَمِعُونَ بِهِۦٓ إِذۡ يَسۡتَمِعُونَ إِلَيۡكَ وَ إِذۡ هُمۡ نَجۡوَىٰٓ إِذۡ يَقُولُ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلࣰا مَّسۡحُورًا﴿٤٧﴾
Biz ular nima sababdan tinglayotganlarini, ular seni tinglayotganlarida oʻzaro pichirlashayotganlarini, zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz.
ٱنظُرۡ كَيۡفَ ضَرَبُواْ لَكَ ٱلۡأَمۡثَالَ فَضَلُّواْ فَلَا يَسۡتَطِيعُونَ سَبِيلࣰا﴿٤٨﴾
Ular senga qanday misol keltirganlariga nazar sol! Bas, zalolatga ketdilar va (toʻgʻri) yoʻlga qodir boʻlmaslar.
وَ قَالُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمࣰا وَ رُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبۡعُوثُونَ خَلۡقࣰا جَدِيدࣰا﴿٤٩﴾
Ular: «Suyak va titilgan tuproq boʻlganimizdan keyin ham, yana yangidan yaratilib tiriltirilamizmi?» dedilar.
قُلۡ كُونُواْ حِجَارَةً أَوۡ حَدِيدًا﴿٥٠﴾
Sen:«Tosh yoki temir boʻlib olinglar.
أَوۡ خَلۡقࣰا مِّمَّا يَكۡبُرُ فِي صُدُورِكُمۡ ۚ فَسَيَقُولُونَ مَن يُعِيدُنَا ۖ قُلِ ٱلَّذِي فَطَرَكُمۡ أَوَّلَ مَرَّةࣲ ۚ فَسَيُنۡغِضُونَ إِلَيۡكَ رُءُوسَهُمۡ وَ يَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَ ۖ قُلۡ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَرِيبࣰا﴿٥١﴾
Yoki koʻngillaringizda katta koʻringan boshqa biron maxluq (boʻlib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yoʻqdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon boʻlur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda boʻlsa», degin.
يَوۡمَ يَدۡعُوكُمۡ فَتَسۡتَجِيبُونَ بِحَمۡدِهِۦ وَ تَظُنُّونَ إِن لَّبِثۡتُمۡ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٥٢﴾
U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz.
وَ قُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ ٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ ۚ إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ يَنزَغُ بَيۡنَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ كَانَ لِلۡإِنسَٰنِ عَدُوࣰّا مُّبِينࣰا﴿٥٣﴾
Bandalarimga aytgin, ular eng goʻzal boʻlgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.
رَّبُّكُمۡ أَعۡلَمُ بِكُمۡ ۖ إِن يَشَأۡ يَرۡحَمۡكُمۡ أَوۡ إِن يَشَأۡ يُعَذِّبۡكُمۡ ۚ وَ مَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ عَلَيۡهِمۡ وَكِيلࣰا﴿٥٤﴾
Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq.
وَ رَبُّكَ أَعۡلَمُ بِمَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ لَقَدۡ فَضَّلۡنَا بَعۡضَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۖ وَ ءَاتَيۡنَا دَاوُۥدَ زَبُورࣰا﴿٥٥﴾
Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Batahqiq, Biz baʼzi Paygʻambarlarni baʼzilaridan afzal qildik. Va Dovudga Zaburni berdik.
قُلِ ٱدۡعُواْ ٱلَّذِينَ زَعَمۡتُم مِّن دُونِهِۦ فَلَا يَمۡلِكُونَ كَشۡفَ ٱلضُّرِّ عَنكُمۡ وَ لَا تَحۡوِيلًا﴿٥٦﴾
Sen: «Undan oʻzga oʻzingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ يَبۡتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ ٱلۡوَسِيلَةَ أَيُّهُمۡ أَقۡرَبُ وَ يَرۡجُونَ رَحۡمَتَهُۥ وَ يَخَافُونَ عَذَابَهُۥٓ ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحۡذُورࣰا﴿٥٧﴾
Ana oʻsha duo qilayotganlari Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi boʻlurlar). Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qoʻrqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir boʻlishga loyiqdir.
وَ إِن مِّن قَرۡيَةٍ إِلَّا نَحۡنُ مُهۡلِكُوهَا قَبۡلَ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ أَوۡ مُعَذِّبُوهَا عَذَابࣰا شَدِيدࣰا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِي ٱلۡكِتَٰبِ مَسۡطُورࣰا﴿٥٨﴾
Hech bir shahar yoʻqki, Biz uni qiyomat kunidan avval halok qilguvchi boʻlmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi boʻlmasak. Bu, kitobda bitilgandir.
وَ مَا مَنَعَنَآ أَن نُّرۡسِلَ بِٱلۡأٓيَٰتِ إِلَّآ أَن كَذَّبَ بِهَا ٱلۡأَوَّلُونَ ۚ وَ ءَاتَيۡنَا ثَمُودَ ٱلنَّاقَةَ مُبۡصِرَةࣰ فَظَلَمُواْ بِهَا ۚ وَ مَا نُرۡسِلُ بِٱلۡأٓيَٰتِ إِلَّا تَخۡوِيفࣰا﴿٥٩﴾
Bizni oyat-moʻʼjizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolgʻonga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani koʻz ochuvchi (moʻʼjiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (oʻzlariga) zulm qildilar. Biz oyat-moʻʼjizalarni faqat qoʻrqitish uchungina yuboramiz.
وَ إِذۡ قُلۡنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِٱلنَّاسِ ۚ وَ مَا جَعَلۡنَا ٱلرُّءۡيَا ٱلَّتِيٓ أَرَيۡنَٰكَ إِلَّا فِتۡنَةࣰ لِّلنَّاسِ وَ ٱلشَّجَرَةَ ٱلۡمَلۡعُونَةَ فِي ٱلۡقُرۡءَانِ ۚ وَ نُخَوِّفُهُمۡ فَمَا يَزِيدُهُمۡ إِلَّا طُغۡيَٰنࣰا كَبِيرࣰا﴿٦٠﴾
Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib oʻrab olgandir», deganimizni esla. Biz senga koʻrsatgan narsalarni va Qurʼonda laʼnatlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qoʻrqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tugʻyondan boshqani ziyoda qilmas.
وَ إِذۡ قُلۡنَا لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ ٱسۡجُدُواْ لِأٓدَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبۡلِيسَ قَالَ ءَأَسۡجُدُ لِمَنۡ خَلَقۡتَ طِينࣰا﴿٦١﴾
Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla.
قَالَ أَرَءَيۡتَكَ هَٰذَا ٱلَّذِي كَرَّمۡتَ عَلَيَّ لَئِنۡ أَخَّرۡتَنِ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ لَأَحۡتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٦٢﴾
U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qoʻyib qoʻysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi.
قَالَ ٱذۡهَبۡ فَمَن تَبِعَكَ مِنۡهُمۡ فَإِنَّ جَهَنَّمَ جَزَآؤُكُمۡ جَزَآءࣰ مَّوۡفُورࣰا﴿٦٣﴾
U zot: «Boraver, ulardan kim senga ergashsa, bas, albatta, jahannam toʻliq jazoingiz boʻlur.
وَ ٱسۡتَفۡزِزۡ مَنِ ٱسۡتَطَعۡتَ مِنۡهُم بِصَوۡتِكَ وَ أَجۡلِبۡ عَلَيۡهِم بِخَيۡلِكَ وَ رَجِلِكَ وَ شَارِكۡهُمۡ فِي ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَ ٱلۡأَوۡلَٰدِ وَ عِدۡهُمۡ ۚ وَ مَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا﴿٦٤﴾
Ulardan kimiga kuching yetsa, ovozing ila qoʻzgʻat, ularning ustiga otliq va piyoda askaringni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik boʻl va vaʼdalar qil», dedi. Shayton ularga gʻururdan boshqani vaʼda qilmas.
إِنَّ عِبَادِي لَيۡسَ لَكَ عَلَيۡهِمۡ سُلۡطَٰنࣱ ۚ وَ كَفَىٰ بِرَبِّكَ وَكِيلࣰا﴿٦٥﴾
Albatta, Mening bandalarim ustidan sening sultoning yoʻq. Robbing Oʻzi vakillikka kifoyadir.
رَّبُّكُمُ ٱلَّذِي يُزۡجِي لَكُمُ ٱلۡفُلۡكَ فِي ٱلۡبَحۡرِ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِكُمۡ رَحِيمࣰا﴿٦٦﴾
Robbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qoʻygan Zotdir. Albatta, u sizga rahimlidir.
وَ إِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فِي ٱلۡبَحۡرِ ضَلَّ مَن تَدۡعُونَ إِلَّآ إِيَّاهُ ۖ فَلَمَّا نَجَّىٰكُمۡ إِلَى ٱلۡبَرِّ أَعۡرَضۡتُمۡ ۚ وَ كَانَ ٱلۡإِنسَٰنُ كَفُورًا﴿٦٧﴾
Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan oʻzga iltijo qiladiganlaringiz gʻoyib boʻlur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz oʻgirasiz. Inson oʻzi kufron(i neʼmat) qilguvchidir.
أَفَأَمِنتُمۡ أَن يَخۡسِفَ بِكُمۡ جَانِبَ ٱلۡبَرِّ أَوۡ يُرۡسِلَ عَلَيۡكُمۡ حَاصِبࣰا ثُمَّ لَا تَجِدُواْ لَكُمۡ وَكِيلًا﴿٦٨﴾
Sizni quruqlikning bir tomoniga yutqazib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, soʻngra oʻzingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
أَمۡ أَمِنتُمۡ أَن يُعِيدَكُمۡ فِيهِ تَارَةً أُخۡرَىٰ فَيُرۡسِلَ عَلَيۡكُمۡ قَاصِفࣰا مِّنَ ٱلرِّيحِ فَيُغۡرِقَكُم بِمَا كَفَرۡتُمۡ ثُمَّ لَا تَجِدُواْ لَكُمۡ عَلَيۡنَا بِهِۦ تَبِيعࣰا﴿٦٩﴾
Yoki sizni u(dengiz)ga yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr qilgan narsangiz sababli gʻarq qilib yuborishidan va siz oʻzingizga Bizdan oʻch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
وَ لَقَدۡ كَرَّمۡنَا بَنِيٓ ءَادَمَ وَ حَمَلۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡبَرِّ وَ ٱلۡبَحۡرِ وَ رَزَقۡنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَ فَضَّلۡنَٰهُمۡ عَلَىٰ كَثِيرࣲ مِّمَّنۡ خَلَقۡنَا تَفۡضِيلࣰا﴿٧٠﴾
Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qoʻydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) koʻtardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni Oʻzimiz yaratgan koʻp narsalardan mutlaqo afzal qilib qoʻydik.
يَوۡمَ نَدۡعُواْ كُلَّ أُنَاسِۭ بِإِمَٰمِهِمۡ ۖ فَمَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَقۡرَءُونَ كِتَٰبَهُمۡ وَ لَا يُظۡلَمُونَ فَتِيلࣰا﴿٧١﴾
Biz barcha odamlarni oʻz imomlari ila chaqiradigan kunni (esla). Kimga kitobi oʻng tomonidan berilsa, bas, ana oʻshalar kitoblarini oʻqirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas.
وَ مَن كَانَ فِي هَٰذِهِۦٓ أَعۡمَىٰ فَهُوَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ أَعۡمَىٰ وَ أَضَلُّ سَبِيلࣰا﴿٧٢﴾
Kim bu dunyoda koʻr-gumroh boʻlsa, u oxiratda yanada koʻr-gumroh va yanada yoʻldan adashganroq boʻladir.
وَ إِن كَادُواْ لَيَفۡتِنُونَكَ عَنِ ٱلَّذِيٓ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ لِتَفۡتَرِيَ عَلَيۡنَا غَيۡرَهُۥ ۖ وَ إِذࣰا لَّٱتَّخَذُوكَ خَلِيلࣰا﴿٧٣﴾
Seni Biz vahiy qilgan narsadan fitna orqali burib, Bizning shaʼnimizga boshqasini uydirishingga undashlariga oz qoldi. Shunday boʻlgan taqdirda, albatta, seni doʻst tutar edilar.
وَ لَوۡلَآ أَن ثَبَّتۡنَٰكَ لَقَدۡ كِدتَّ تَرۡكَنُ إِلَيۡهِمۡ شَيۡـࣰٔا قَلِيلًا﴿٧٤﴾
Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, batahqiq, ularga bir oz boʻlsa-da, moyil boʻlishingga oz qolar edi.
إِذࣰا لَّأَذَقۡنَٰكَ ضِعۡفَ ٱلۡحَيَوٰةِ وَ ضِعۡفَ ٱلۡمَمَاتِ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ عَلَيۡنَا نَصِيرࣰا﴿٧٥﴾
Shunday boʻlgan taqdirda Biz senga hayot (azobini) ham ikki hissa, mamot (azobini) ham ikki hissa tottirgan boʻlardik. Soʻngra, oʻzing uchun Bizga qarshi yordamchi topa olmas eding.
وَ إِن كَادُواْ لَيَسۡتَفِزُّونَكَ مِنَ ٱلۡأَرۡضِ لِيُخۡرِجُوكَ مِنۡهَا ۖ وَ إِذࣰا لَّا يَلۡبَثُونَ خِلَٰفَكَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٧٦﴾
Ular seni bu yerda bezovta qilib, undan seni chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Shunday boʻlgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar.
سُنَّةَ مَن قَدۡ أَرۡسَلۡنَا قَبۡلَكَ مِن رُّسُلِنَا ۖ وَ لَا تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحۡوِيلًا﴿٧٧﴾
Bu sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga oʻzgartirish topa olmaysan.
أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِدُلُوكِ ٱلشَّمۡسِ إِلَىٰ غَسَقِ ٱلَّيۡلِ وَ قُرۡءَانَ ٱلۡفَجۡرِ ۖ إِنَّ قُرۡءَانَ ٱلۡفَجۡرِ كَانَ مَشۡهُودࣰا﴿٧٨﴾
Quyosh ogʻishidan to tun qorongʻusigacha namozni toʻkis ado qil. «Fajr Qurʼoni»ni ham. Albatta, «fajr Qurʼoni» guvohlantirilgandir.
وَ مِنَ ٱلَّيۡلِ فَتَهَجَّدۡ بِهِۦ نَافِلَةࣰ لَّكَ عَسَىٰٓ أَن يَبۡعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامࣰا مَّحۡمُودࣰا﴿٧٩﴾
Kechaning baʼzisida u ila bedor boʻl. Senga nofila boʻlsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.
وَ قُل رَّبِّ أَدۡخِلۡنِي مُدۡخَلَ صِدۡقࣲ وَ أَخۡرِجۡنِي مُخۡرَجَ صِدۡقࣲ وَ ٱجۡعَل لِّي مِن لَّدُنكَ سُلۡطَٰنࣰا نَّصِيرࣰا﴿٨٠﴾
Va: «Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin.
وَ قُلۡ جَآءَ ٱلۡحَقُّ وَ زَهَقَ ٱلۡبَٰطِلُ ۚ إِنَّ ٱلۡبَٰطِلَ كَانَ زَهُوقࣰا﴿٨١﴾
Va: «Haq keldi, botil yoʻq boʻldi. Zotan, botil doimo yoʻq boʻlguvchidir».
وَ نُنَزِّلُ مِنَ ٱلۡقُرۡءَانِ مَا هُوَ شِفَآءࣱ وَ رَحۡمَةࣱ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ وَ لَا يَزِيدُ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا خَسَارࣰا﴿٨٢﴾
Biz Qurʼonni moʻminlar uchun shifo va rahmat oʻlaroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.
وَ إِذَآ أَنۡعَمۡنَا عَلَى ٱلۡإِنسَٰنِ أَعۡرَضَ وَ نَـَٔا بِجَانِبِهِۦ وَ إِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ كَانَ يَـُٔوسࣰا﴿٨٣﴾
Qachon Biz insonga neʼmat ato etsak, yuz oʻgirur va chetga burilib, uzoqlashur. Qachon uni yomonlik tutsa, noumid boʻlur.
قُلۡ كُلࣱّ يَعۡمَلُ عَلَىٰ شَاكِلَتِهِۦ فَرَبُّكُمۡ أَعۡلَمُ بِمَنۡ هُوَ أَهۡدَىٰ سَبِيلࣰا﴿٨٤﴾
Sen: «Har kim oʻz holicha amal qilur. Bas, Robbingiz kim toʻgʻri yoʻldaligini yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
وَ يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلرُّوحِ ۖ قُلِ ٱلرُّوحُ مِنۡ أَمۡرِ رَبِّي وَ مَآ أُوتِيتُم مِّنَ ٱلۡعِلۡمِ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٨٥﴾
Va sendan ruh haqida soʻrarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt.
وَ لَئِن شِئۡنَا لَنَذۡهَبَنَّ بِٱلَّذِيٓ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ بِهِۦ عَلَيۡنَا وَكِيلًا﴿٨٦﴾
Agar xohlasak, senga vahiy qilgan narsalarimizni ketkazamiz. Soʻngra, Bizga qarshi oʻzingga vakil topa olmassan.
إِلَّا رَحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّ فَضۡلَهُۥ كَانَ عَلَيۡكَ كَبِيرࣰا﴿٨٧﴾
Magar Allohdan marhamat boʻlsagina. Albatta, Uning fazlu karami sen uchun kattadir.
قُل لَّئِنِ ٱجۡتَمَعَتِ ٱلۡإِنسُ وَ ٱلۡجِنُّ عَلَىٰٓ أَن يَأۡتُواْ بِمِثۡلِ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ لَا يَأۡتُونَ بِمِثۡلِهِۦ وَ لَوۡ كَانَ بَعۡضُهُمۡ لِبَعۡضࣲ ظَهِيرࣰا﴿٨٨﴾
«Agar insu jinlar toʻplanib, ushbu Qurʼonga oʻxshash narsa keltirmoqchi boʻlsalar, bunda baʼzilari baʼzilariga yordamchi boʻlsalar ham, unga oʻxshashini keltira olmaslar», deb ayt.
وَ لَقَدۡ صَرَّفۡنَا لِلنَّاسِ فِي هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ مِن كُلِّ مَثَلࣲ فَأَبَىٰٓ أَكۡثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورࣰا﴿٨٩﴾
Batahqiq, ushbu Qurʼonda odamlarga turli misollarni bayon qildik. Bas, odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.
وَ قَالُواْ لَن نُّؤۡمِنَ لَكَ حَتَّىٰ تَفۡجُرَ لَنَا مِنَ ٱلۡأَرۡضِ يَنۢبُوعًا﴿٩٠﴾
Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar.
أَوۡ تَكُونَ لَكَ جَنَّةࣱ مِّن نَّخِيلࣲ وَ عِنَبࣲ فَتُفَجِّرَ ٱلۡأَنۡهَٰرَ خِلَٰلَهَا تَفۡجِيرًا﴿٩١﴾
«Yoki sening xurmo va uzum bogʻing boʻlib va ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguningcha.
أَوۡ تُسۡقِطَ ٱلسَّمَآءَ كَمَا زَعَمۡتَ عَلَيۡنَا كِسَفًا أَوۡ تَأۡتِيَ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ قَبِيلًا﴿٩٢﴾
Yoki oʻzing daʼvo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha» (senga iymon keltirmasmiz, dedilar).
أَوۡ يَكُونَ لَكَ بَيۡتࣱ مِّن زُخۡرُفٍ أَوۡ تَرۡقَىٰ فِي ٱلسَّمَآءِ وَ لَن نُّؤۡمِنَ لِرُقِيِّكَ حَتَّىٰ تُنَزِّلَ عَلَيۡنَا كِتَٰبࣰا نَّقۡرَؤُهُۥ ۗ قُلۡ سُبۡحَانَ رَبِّي هَلۡ كُنتُ إِلَّا بَشَرࣰا رَّسُولࣰا﴿٩٣﴾
«Yoki sening oltindan bezalgan uying boʻlmagunicha, yoxud osmonga koʻtarilmaguning-cha, oʻsha koʻtarilishingga ham toki biz oʻqishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar). Sen: «Robbim pok boʻldi. Men faqat bashar Paygʻambardan boshqa narsa emasman», degin.
وَ مَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤۡمِنُوٓاْ إِذۡ جَآءَهُمُ ٱلۡهُدَىٰٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَبَعَثَ ٱللَّهُ بَشَرࣰا رَّسُولࣰا﴿٩٤﴾
Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishlaridan man qilgan narsa, faqat, Alloh bashardan Paygʻambar yuboradimi, deyishlari boʻldi.
قُل لَّوۡ كَانَ فِي ٱلۡأَرۡضِ مَلَٰٓئِكَةࣱ يَمۡشُونَ مُطۡمَئِنِّينَ لَنَزَّلۡنَا عَلَيۡهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَلَكࣰا رَّسُولࣰا﴿٩٥﴾
Sen: «Agar yer yuzida farishtalar xotirjam yurganlarida, ularga osmondan farishta Paygʻambar tushirgan boʻlar edik», deb ayt.
قُلۡ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدَۢا بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرَۢا بَصِيرࣰا﴿٩٦﴾
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Albatta, U Oʻz bandalaridan xabardor va ularni koʻrib turguvchi Zotdir», deb ayt.
وَ مَن يَهۡدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلۡمُهۡتَدِ ۖ وَ مَن يُضۡلِلۡ فَلَن تَجِدَ لَهُمۡ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِهِۦ ۖ وَ نَحۡشُرُهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمۡ عُمۡيࣰا وَ بُكۡمࣰا وَ صُمࣰّا ۖ مَّأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ كُلَّمَا خَبَتۡ زِدۡنَٰهُمۡ سَعِيرࣰا﴿٩٧﴾
Alloh kimni hidoyat qilsa, oʻsha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan oʻzga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, koʻr, kar, soqov hollarida toʻplaymiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin boʻlsa, ularga olovni ziyoda qilamiz.
ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُم بِأَنَّهُمۡ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ قَالُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمࣰا وَ رُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبۡعُوثُونَ خَلۡقࣰا جَدِيدًا﴿٩٨﴾
Ana oʻsha, Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari va «Agar suyak va titilgan tuproq boʻlsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari uchun jazolaridir.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يَخۡلُقَ مِثۡلَهُمۡ وَ جَعَلَ لَهُمۡ أَجَلࣰا لَّا رَيۡبَ فِيهِ فَأَبَى ٱلظَّٰلِمُونَ إِلَّا كُفُورࣰا﴿٩٩﴾
Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga oʻxshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.
قُل لَّوۡ أَنتُمۡ تَمۡلِكُونَ خَزَآئِنَ رَحۡمَةِ رَبِّيٓ إِذࣰا لَّأَمۡسَكۡتُمۡ خَشۡيَةَ ٱلۡإِنفَاقِ ۚ وَ كَانَ ٱلۡإِنسَٰنُ قَتُورࣰا﴿١٠٠﴾
Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega boʻlsangiz ham, uni sarflashdan qoʻrqib, mumsiklik qilgan boʻlar edingiz. Inson zoti, oʻzi, baxil boʻlur», deb ayt.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَىٰ تِسۡعَ ءَايَٰتِۭ بَيِّنَٰتࣲ ۖ فَسۡـَٔلۡ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ إِذۡ جَآءَهُمۡ فَقَالَ لَهُۥ فِرۡعَوۡنُ إِنِّي لَأَظُنُّكَ يَٰمُوسَىٰ مَسۡحُورࣰا﴿١٠١﴾
Batahqiq, Biz Musoga toʻqqizta ochiq-oydin oyat-moʻʼjiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima boʻlgani)ni soʻragin. Bas, Firʼavn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb oʻylayman», dedi.
قَالَ لَقَدۡ عَلِمۡتَ مَآ أَنزَلَ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ بَصَآئِرَ وَ إِنِّي لَأَظُنُّكَ يَٰفِرۡعَوۡنُ مَثۡبُورࣰا﴿١٠٢﴾
U: «Anavilarni koʻzni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan oʻzga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Firʼavn, halok boʻlguvchisan deb oʻylayman», dedi.
فَأَرَادَ أَن يَسۡتَفِزَّهُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ فَأَغۡرَقۡنَٰهُ وَ مَن مَّعَهُۥ جَمِيعࣰا﴿١٠٣﴾
Bas, ularni yerdan qoʻzgʻatib chiqarmoqchi boʻldi. Shunda, Biz uni va u bilan birga boʻlganlarni jamlab gʻarq qildik.
وَ قُلۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِۦ لِبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱسۡكُنُواْ ٱلۡأَرۡضَ فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ ٱلۡأٓخِرَةِ جِئۡنَا بِكُمۡ لَفِيفࣰا﴿١٠٤﴾
U(Firʼavn)dan soʻng Bani Isroilga: «Mana shu yerni maskan tutinglar. Bas, oxirat vaʼdasi kelgan chogʻida, hammangizni toʻplab keltiramiz», dedik.
وَ بِٱلۡحَقِّ أَنزَلۡنَٰهُ وَ بِٱلۡحَقِّ نَزَلَ ۗ وَ مَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرࣰا وَ نَذِيرࣰا﴿١٠٥﴾
Uni haq ila nozil qildik va haq ila nozil boʻldi. Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.
وَ قُرۡءَانࣰا فَرَقۡنَٰهُ لِتَقۡرَأَهُۥ عَلَى ٱلنَّاسِ عَلَىٰ مُكۡثࣲ وَ نَزَّلۡنَٰهُ تَنزِيلࣰا﴿١٠٦﴾
Va Qurʼonni odamlarga asta-sekin oʻqib berishing uchun boʻlib qoʻydik va boʻlak-boʻlak qilib tushirdik.
قُلۡ ءَامِنُواْ بِهِۦٓ أَوۡ لَا تُؤۡمِنُوٓاْ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ مِن قَبۡلِهِۦٓ إِذَا يُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ يَخِرُّونَۤ لِلۡأَذۡقَانِۤ سُجَّدࣰاۤ﴿١٠٧﴾
Sen: «Unga iymon keltiringlar yoki iymon keltirmanglar — bari bir. Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar», deb ayt.
وَ يَقُولُونَ سُبۡحَٰنَ رَبِّنَآ إِن كَانَ وَعۡدُ رَبِّنَا لَمَفۡعُولࣰا﴿١٠٨﴾
Va: «Robbimiz mutlaqo pok boʻldi. Shubhasiz, Robbimizning vaʼdasi amalga oshajak», derlar.
وَ يَخِرُّونَ لِلۡأَذۡقَانِ يَبۡكُونَ وَ يَزِيدُهُمۡ خُشُوعࣰا ۩﴿١٠٩﴾
Va yuzlari ila yiqilib yigʻlarlar va u xokisorliklarini ziyoda qilur.
قُلِ ٱدۡعُواْ ٱللَّهَ أَوِ ٱدۡعُواْ ٱلرَّحۡمَٰنَ ۖ أَيࣰّا مَّا تَدۡعُواْ فَلَهُ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ وَ لَا تَجۡهَرۡ بِصَلَاتِكَ وَ لَا تُخَافِتۡ بِهَا وَ ٱبۡتَغِ بَيۡنَ ذَٰلِكَ سَبِيلࣰا﴿١١٠﴾
Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Goʻzal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila oʻqima, uni juda maxfiy ham oʻqima, buning orasida bir yoʻl tut.
وَ قُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي لَمۡ يَتَّخِذۡ وَلَدࣰا وَ لَمۡ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكࣱ فِي ٱلۡمُلۡكِ وَ لَمۡ يَكُن لَّهُۥ وَلِيࣱّ مِّنَ ٱلذُّلِّ ۖ وَ كَبِّرۡهُ تَكۡبِيرَۢا﴿١١١﴾
Sen: «Hamd boʻlsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi boʻlmagan va xorlikdan qutqarguvchi doʻstga zor boʻlmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulugʻla!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Isro. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tungi sayr.
Mazmuni: Sura Isro voqeasi bilan boshlanib, Qur’onni hidoyat manbai sifatida ko‘rsatadi. Ota-onaga yaxshilik, isrof qilmaslik, zinodan uzoq turish, jonni nohaq o‘ldirmaslik, yetim molini asrash, o‘lchovda adolat va tavoze’ kabi axloqiy tamoyillar jamlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.