سورة النحل
Nahl surasi
Asalari · Наҳл сураси
Nahl surasi — Qurʼoni Karimning 16-surasi. U 128 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Asalari» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
أَتَىٰٓ أَمۡرُ ٱللَّهِ فَلَا تَسۡتَعۡجِلُوهُ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿١﴾
Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qoʻya qoling. U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy boʻldi.
يُنَزِّلُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ بِٱلرُّوحِ مِنۡ أَمۡرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦٓ أَنۡ أَنذِرُوٓاْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱتَّقُونِ﴿٢﴾
U Oʻz amri ila farishtalarni ruh — vahiy bilan bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga: «Ogohlantiringlar. Albatta, Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Menga taqvo qilinglar», deb nozil qilur.
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ ۚ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٣﴾
U osmonlaru yerni haq ila yaratdi. U ular shirk keltirayotgan narsalardan oliy boʻldi.
خَلَقَ ٱلۡإِنسَٰنَ مِن نُّطۡفَةࣲ فَإِذَا هُوَ خَصِيمࣱ مُّبِينࣱ﴿٤﴾
U insonni nutfadan yaratdi. Endi esa, u (inson) ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.
وَ ٱلۡأَنۡعَٰمَ خَلَقَهَا ۖ لَكُمۡ فِيهَا دِفۡءࣱ وَ مَنَٰفِعُ وَ مِنۡهَا تَأۡكُلُونَ﴿٥﴾
U chorva hayvonlarini ham yaratdi. Ularda siz uchun issiqlik, manfaatlar bor va ulardan yeysizlar ham.
وَ لَكُمۡ فِيهَا جَمَالٌ حِينَ تُرِيحُونَ وَ حِينَ تَسۡرَحُونَ﴿٦﴾
Va siz uchun ularda kechki payt (oʻtloqdan) qaytayotganlarida va ertalab (oʻtloqqa) ketayotganida jamol bor.
وَ تَحۡمِلُ أَثۡقَالَكُمۡ إِلَىٰ بَلَدࣲ لَّمۡ تَكُونُواْ بَٰلِغِيهِ إِلَّا بِشِقِّ ٱلۡأَنفُسِ ۚ إِنَّ رَبَّكُمۡ لَرَءُوفࣱ رَّحِيمࣱ﴿٧﴾
Va ular yuklaringizni siz jon mashaqqatisiz yeta olmaydigan yurtlargacha koʻtarib boradi. Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.
وَ ٱلۡخَيۡلَ وَ ٱلۡبِغَالَ وَ ٱلۡحَمِيرَ لِتَرۡكَبُوهَا وَ زِينَةࣰ ۚ وَ يَخۡلُقُ مَا لَا تَعۡلَمُونَ﴿٨﴾
Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydigan narsalarni yaratur.
وَ عَلَى ٱللَّهِ قَصۡدُ ٱلسَّبِيلِ وَ مِنۡهَا جَآئِرࣱ ۚ وَ لَوۡ شَآءَ لَهَدَىٰكُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٩﴾
Yoʻllarning maqsaddagisi Allohga oiddir. Ulardan egrisi ham bordir. Agar xohlasa, albatta, hammangizni hidoyat qilgan boʻlardi.
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ ۖ لَّكُم مِّنۡهُ شَرَابࣱ وَ مِنۡهُ شَجَرࣱ فِيهِ تُسِيمُونَ﴿١٠﴾
U osmondan suvni tushirgan Zotdir. Sizga unda sharob va (chorvalaringizni) oʻtlatadigan daraxt bordir.
يُنۢبِتُ لَكُم بِهِ ٱلزَّرۡعَ وَ ٱلزَّيۡتُونَ وَ ٱلنَّخِيلَ وَ ٱلۡأَعۡنَٰبَ وَ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿١١﴾
U oʻsha (suv) ila sizga ekinlarni, zaytunni, xurmolarni, uzumlarni va turli mevalarni oʻstirur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ سَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ وَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ وَ ٱلنُّجُومُ مُسَخَّرَٰتُۢ بِأَمۡرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿١٢﴾
U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi. Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir. Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ مَا ذَرَأَ لَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ مُخۡتَلِفًا أَلۡوَٰنُهُۥٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَذَّكَّرُونَ﴿١٣﴾
Va siz uchun yerda turli rangda qilib yaratgan narsalarini ham (xizmatkor qildi). Albatta, bunda eslaydigan qavmlar uchun oyat-belgi bordir.
وَ هُوَ ٱلَّذِي سَخَّرَ ٱلۡبَحۡرَ لِتَأۡكُلُواْ مِنۡهُ لَحۡمࣰا طَرِيࣰّا وَ تَسۡتَخۡرِجُواْ مِنۡهُ حِلۡيَةࣰ تَلۡبَسُونَهَا ۖ وَ تَرَى ٱلۡفُلۡكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿١٤﴾
U dengizni siz undan toza goʻsht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni koʻrasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.
وَ أَلۡقَىٰ فِي ٱلۡأَرۡضِ رَوَٰسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمۡ وَ أَنۡهَٰرࣰا وَ سُبُلࣰا لَّعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿١٥﴾
U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydi. Anhorlaru yoʻllarni ham. Shoyadki, toʻgʻri yoʻl topsangiz.
وَ عَلَٰمَٰتࣲ ۚ وَ بِٱلنَّجۡمِ هُمۡ يَهۡتَدُونَ﴿١٦﴾
Va alomatlar hamda yulduzlar ila ular yoʻl topurlar.
أَفَمَن يَخۡلُقُ كَمَن لَّا يَخۡلُقُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿١٧﴾
Yaratadigan Zot yaratmaydigan zot kabi boʻlurmi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?
وَ إِن تَعُدُّواْ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ لَا تُحۡصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٨﴾
Agar Allohning neʼmatlarini sanasangizlar, sanogʻiga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir.
وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَ مَا تُعۡلِنُونَ﴿١٩﴾
Alloh nimani sir tutayotganingizni va nimani oshkor qilayotganingizni biladir.
وَ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَخۡلُقُونَ شَيۡـࣰٔا وَ هُمۡ يُخۡلَقُونَ﴿٢٠﴾
Ularning Allohdan oʻzga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, oʻzlari yaratilurlar.
أَمۡوَٰتٌ غَيۡرُ أَحۡيَآءࣲ ۖ وَ مَا يَشۡعُرُونَ أَيَّانَ يُبۡعَثُونَ﴿٢١﴾
Oʻliklardir, tirik emaslar va qachon qayta tiriltirilishlarini bilmaslar.
إِلَٰهُكُمۡ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ ۚ فَٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ قُلُوبُهُم مُّنكِرَةࣱ وَ هُم مُّسۡتَكۡبِرُونَ﴿٢٢﴾
Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, oʻzlari esa mutakabbirdirlar.
لَا جَرَمَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَ مَا يُعۡلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُسۡتَكۡبِرِينَ﴿٢٣﴾
Shubhasizki, Alloh nimani sir tutayotganlarini va nimani oshkor qilayotganlarini biladir. Albatta, U mutakabbirlarni xush koʻrmas.
وَ إِذَا قِيلَ لَهُم مَّاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمۡ قَالُوٓاْ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٢٤﴾
Qachonki, ularga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilsa, ular: «Avvalgilarning afsonalarini», derlar.
لِيَحۡمِلُوٓاْ أَوۡزَارَهُمۡ كَامِلَةࣰ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ مِنۡ أَوۡزَارِ ٱلَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيۡرِ عِلۡمٍ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ﴿٢٥﴾
Qiyomat kuni oʻz gunohlarini toʻlaligicha va jaholat ila yoʻldan adashtirganlarining gunohlaridan koʻtarishlari uchundir. Ogoh boʻling! Ular koʻtargan narsa qandoq ham yomon!
قَدۡ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ فَأَتَى ٱللَّهُ بُنۡيَٰنَهُم مِّنَ ٱلۡقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيۡهِمُ ٱلسَّقۡفُ مِن فَوۡقِهِمۡ وَ أَتَىٰهُمُ ٱلۡعَذَابُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٢٦﴾
Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob keldi.
ثُمَّ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يُخۡزِيهِمۡ وَ يَقُولُ أَيۡنَ شُرَكَآءِيَ ٱلَّذِينَ كُنتُمۡ تُشَٰٓقُّونَ فِيهِمۡ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ إِنَّ ٱلۡخِزۡيَ ٱلۡيَوۡمَ وَ ٱلسُّوٓءَ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٢٧﴾
Soʻngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar.
ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِيٓ أَنفُسِهِمۡ ۖ فَأَلۡقَوُاْ ٱلسَّلَمَ مَا كُنَّا نَعۡمَلُ مِن سُوٓءِۭ ۚ بَلَىٰٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٢٨﴾
Farishtalar ularning jonlarini oʻzlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim boʻlurlar. Yoʻq! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir.
فَٱدۡخُلُوٓاْ أَبۡوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَلَبِئۡسَ مَثۡوَى ٱلۡمُتَكَبِّرِينَ﴿٢٩﴾
Bas, jahannam eshiklaridan, unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring! Bas, mutakabbirlarning qaytar joyi qandoq ham yomon!
وَ قِيلَ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ مَاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمۡ ۚ قَالُواْ خَيۡرࣰا ۗ لِّلَّذِينَ أَحۡسَنُواْ فِي هَٰذِهِ ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣱ ۚ وَ لَدَارُ ٱلۡأٓخِرَةِ خَيۡرࣱ ۚ وَ لَنِعۡمَ دَارُ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٣٠﴾
Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?», deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar. Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir. Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir. Robbilarining diyori naqadar yaxshi.
جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ يَدۡخُلُونَهَا تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ لَهُمۡ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ ۚ كَذَٰلِكَ يَجۡزِي ٱللَّهُ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٣١﴾
U adn jannatlaridir. Ularga kirganlarida ostilardan anhorlar oqib turar, ular uchun u yerda istagan narsalari bor. Alloh taqvodorlarni ana shunday mukofotlar.
ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ طَيِّبِينَ يَقُولُونَ سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمُ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٣٢﴾
Farishtalar ularning jonlarini pok hollarida ola turib: «Sizlarga salom boʻlsin. Qilib yurgan ishlaringiz tufayli jannatga kiring», derlar.
هَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأۡتِيَهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ أَوۡ يَأۡتِيَ أَمۡرُ رَبِّكَ ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ وَ مَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿٣٣﴾
Ular oʻzlariga (oʻlim) farishtalari yoki Robbingning (azob) amri kelishiga intizor boʻlib turibdilarmi? Ulardan oldingilar ham shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular oʻzlariga zulm qilgan edilar.
فَأَصَابَهُمۡ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُواْ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٣٤﴾
Bas, qilgan yomon amallari oʻzlariga yetdi va istehzo qilgan narsalari oʻzlarini oʻradi.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ مَا عَبَدۡنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَيۡءࣲ نَّحۡنُ وَ لَآ ءَابَآؤُنَا وَ لَا حَرَّمۡنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَيۡءࣲ ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ فَهَلۡ عَلَى ٱلرُّسُلِ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿٣٥﴾
Shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham undan oʻzga hech narsaga ibodat qilmas edik hamda Uning hukmisiz biron narsani harom qilmagan boʻlar edik», dedilar. Ulardan oldingilar ham shunday qilganlar. Paygʻambarlar zimmasida faqat ochiq-oydin yetkazish bor, xolos.
وَ لَقَدۡ بَعَثۡنَا فِي كُلِّ أُمَّةࣲ رَّسُولًا أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَ ٱجۡتَنِبُواْ ٱلطَّٰغُوتَ ۖ فَمِنۡهُم مَّنۡ هَدَى ٱللَّهُ وَ مِنۡهُم مَّنۡ حَقَّتۡ عَلَيۡهِ ٱلضَّلَٰلَةُ ۚ فَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُكَذِّبِينَ﴿٣٦﴾
Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va togʻutdan chetlaning», deb Paygʻambar yuborganmiz. Bas, ulardan baʼzilarini Alloh hidoyat qildi. Baʼzilariga esa, zalolat haq boʻldi. Bas, yer yuzida sayr qilib yurib, yolgʻonga chaqiruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling.
إِن تَحۡرِصۡ عَلَىٰ هُدَىٰهُمۡ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي مَن يُضِلُّ ۖ وَ مَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٣٧﴾
Agar sen ularning hidoyatiga oʻta qiziqsang ham, Alloh zalolatga ketkazgan kimsalarni hidoyat qilmas. Ularga nusrat berguvchilardan boʻlmas.
وَ أَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ لَا يَبۡعَثُ ٱللَّهُ مَن يَمُوتُ ۚ بَلَىٰ وَعۡدًا عَلَيۡهِ حَقࣰّا وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٨﴾
Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar. Yoʻq! Bu, U zotning zimmasidagi haq vaʼdadir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.
لِيُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِي يَخۡتَلِفُونَ فِيهِ وَ لِيَعۡلَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّهُمۡ كَانُواْ كَٰذِبِينَ﴿٣٩﴾
Ularga ixtilof qilib yurgan narsalarini bayon qilib berish uchun, kufr keltirganlar oʻzlarining shubhasiz yolgʻonchi ekanlarini bilishlari uchun (qayta tiriltirur).
إِنَّمَا قَوۡلُنَا لِشَيۡءٍ إِذَآ أَرَدۡنَٰهُ أَن نَّقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٤٠﴾
Agar Biz bir narsaning boʻlishini iroda qilsak, unga «boʻl» demogʻimiz kifoya. Bas, oʻsha narsa boʻlur.
وَ ٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ فِي ٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ مَا ظُلِمُواْ لَنُبَوِّئَنَّهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣰ ۖ وَ لَأَجۡرُ ٱلۡأٓخِرَةِ أَكۡبَرُ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿٤١﴾
Zulmga duchor boʻlganlaridan soʻng Allohning yoʻlida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, goʻzal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan boʻlsalar.
ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ﴿٤٢﴾
Ular sabr qilgan va Robbilariga tavakkal qilganlardir.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ إِلَّا رِجَالࣰا نُّوحِيٓ إِلَيۡهِمۡ ۖ فَسۡـَٔلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلذِّكۡرِ إِن كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٤٣﴾
Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan soʻranglar.
بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَ ٱلزُّبُرِ ۗ وَ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلذِّكۡرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيۡهِمۡ وَ لَعَلَّهُمۡ يَتَفَكَّرُونَ﴿٤٤﴾
Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani oʻzlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar.
أَفَأَمِنَ ٱلَّذِينَ مَكَرُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَخۡسِفَ ٱللَّهُ بِهِمُ ٱلۡأَرۡضَ أَوۡ يَأۡتِيَهُمُ ٱلۡعَذَابُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٤٥﴾
Makr ila yomonliklar qilganlar Alloh ularni yerga yutqazib yuborishidan yoki ularga kutmagan tomonlaridan azob kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!
أَوۡ يَأۡخُذَهُمۡ فِي تَقَلُّبِهِمۡ فَمَا هُم بِمُعۡجِزِينَ﴿٤٦﴾
Yoxud ularni harakatlari asnosida olishidan, ular U zotni ojiz qoldiruvchi boʻla olmasliklaridan (xotirjammilar)?
أَوۡ يَأۡخُذَهُمۡ عَلَىٰ تَخَوُّفࣲ فَإِنَّ رَبَّكُمۡ لَرَءُوفࣱ رَّحِيمٌ﴿٤٧﴾
Yoki U zot ularni xavfsirab turgan hollarida olishidan ham (xotirjammilar)? Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ إِلَىٰ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَيۡءࣲ يَتَفَيَّؤُاْ ظِلَٰلُهُۥ عَنِ ٱلۡيَمِينِ وَ ٱلشَّمَآئِلِ سُجَّدࣰا لِّلَّهِ وَ هُمۡ دَٰخِرُونَ﴿٤٨﴾
Axir ular Alloh yaratgan har bir narsaning soyalari oʻngga, chapga moyil boʻlib, Allohga sajda qilib yotganini va ular boʻysunuvchi ekanini koʻrmaydilarmi?!
وَ لِلَّهِۤ يَسۡجُدُۤ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ مِن دَآبَّةࣲ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَ هُمۡ لَا يَسۡتَكۡبِرُونَ﴿٤٩﴾
Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar va farishtalar faqat Allohga sajda qilurlar. Ular mutakabbirlik qilmaslar.
يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوۡقِهِمۡ وَ يَفۡعَلُونَ مَا يُؤۡمَرُونَ ۩﴿٥٠﴾
Ular ustilaridagi Robbilaridan qoʻrqurlar va oʻzlariga amr qilingan narsalarni qilurlar.
وَ قَالَ ٱللَّهُ لَا تَتَّخِذُوٓاْ إِلَٰهَيۡنِ ٱثۡنَيۡنِ ۖ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ فَإِيَّٰيَ فَٱرۡهَبُونِ﴿٥١﴾
Alloh: «Ikkita iloh tutmangiz. Haqiqatda, U yolgʻiz ilohdir. Bas, Mendangina qoʻrqingiz», dedi.
وَ لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَهُ ٱلدِّينُ وَاصِبًا ۚ أَفَغَيۡرَ ٱللَّهِ تَتَّقُونَ﴿٥٢﴾
Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Din ham bardavom Unikidir. Allohdan oʻzgadan qoʻrqasizlarmi?
وَ مَا بِكُم مِّن نِّعۡمَةࣲ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فَإِلَيۡهِ تَجۡـَٔرُونَ﴿٥٣﴾
Sizda qaysiki neʼmat boʻlsa, Allohdandir. Soʻngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz.
ثُمَّ إِذَا كَشَفَ ٱلضُّرَّ عَنكُمۡ إِذَا فَرِيقࣱ مِّنكُم بِرَبِّهِمۡ يُشۡرِكُونَ﴿٥٤﴾
Soʻngra, U sizdan yomonlikni kushoyish qilgan chogʻda, koʻribsizki, sizdan bir guruh oʻz Robbilariga shirk keltirurlar.
لِيَكۡفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ ۚ فَتَمَتَّعُواْ فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ﴿٥٥﴾
Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar. Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz.
وَ يَجۡعَلُونَ لِمَا لَا يَعۡلَمُونَ نَصِيبࣰا مِّمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ ۗ تَٱللَّهِ لَتُسۡـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمۡ تَفۡتَرُونَ﴿٥٦﴾
Va ular oʻzlari (mohiyatini) bilmagan narsaga Biz ularga bergan rizqdan nasiba ajraturlar. Allohga qasamki, oʻzingiz uydirgan yolgʻon narsa haqida albatta soʻralursiz.
وَ يَجۡعَلُونَ لِلَّهِ ٱلۡبَنَٰتِ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ لَهُم مَّا يَشۡتَهُونَ﴿٥٧﴾
Ular qizlarni Allohniki qilishur. U (bundan) pokdir. Ularga esa, koʻngillari tusagani (emish).
وَ إِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِٱلۡأُنثَىٰ ظَلَّ وَجۡهُهُۥ مُسۡوَدࣰّا وَ هُوَ كَظِيمࣱ﴿٥٨﴾
Qachonki ulardan biriga qizning xushxabari berilsa, gʻam-alamga toʻlib, yuzi qorayib ketur.
يَتَوَٰرَىٰ مِنَ ٱلۡقَوۡمِ مِن سُوٓءِ مَا بُشِّرَ بِهِۦٓ ۚ أَيُمۡسِكُهُۥ عَلَىٰ هُونٍ أَمۡ يَدُسُّهُۥ فِي ٱلتُّرَابِ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ﴿٥٩﴾
Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa koʻmsamikin? Ogoh boʻling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.
لِلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ مَثَلُ ٱلسَّوۡءِ ۖ وَ لِلَّهِ ٱلۡمَثَلُ ٱلۡأَعۡلَىٰ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٦٠﴾
Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir. Aʼlo misol Allohnikidir. U Aziyz va Hakiymdir.
وَ لَوۡ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِظُلۡمِهِم مَّا تَرَكَ عَلَيۡهَا مِن دَآبَّةࣲ وَ لَٰكِن يُؤَخِّرُهُمۡ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمۡ لَا يَسۡتَـٔۡخِرُونَ سَاعَةࣰ وَ لَا يَسۡتَقۡدِمُونَ﴿٦١﴾
Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qoʻymas edi. Lekin ularni belgilangan ajaliga qoʻyib qoʻyur. Qachonki, ajallari kelsa, uni bir soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.
وَ يَجۡعَلُونَ لِلَّهِ مَا يَكۡرَهُونَ ۚ وَ تَصِفُ أَلۡسِنَتُهُمُ ٱلۡكَذِبَ أَنَّ لَهُمُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ لَا جَرَمَ أَنَّ لَهُمُ ٱلنَّارَ وَ أَنَّهُم مُّفۡرَطُونَ﴿٦٢﴾
Ular oʻzlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar. Ularning tillari esa, yolgʻondan oʻzlariga goʻzal (oqibat) boʻlishini vasf qilur. Hech shubha yoʻqki, ularga, albatta, doʻzax boʻlur va, albatta, ular unutilganlardir.
تَٱللَّهِ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَآ إِلَىٰٓ أُمَمࣲ مِّن قَبۡلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَعۡمَٰلَهُمۡ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ ٱلۡيَوۡمَ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٦٣﴾
Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Paygʻambar) yuborganmiz. Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi. U bugun ularning doʻstidir. Ularga alamli azob boʻlur.
وَ مَآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ إِلَّا لِتُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِي ٱخۡتَلَفُواْ فِيهِ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٦٤﴾
Biz senga kitobni, faqat, ularga oʻzlari ixtilof qilgan narsalarni bayon qilishing uchun, iymon keltiradigan qavmlarga hidoyat va rahmat etib nozil etdik, xolos.
وَ ٱللَّهُ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَحۡيَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَآ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَسۡمَعُونَ﴿٦٥﴾
Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirdi. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.
وَ إِنَّ لَكُمۡ فِي ٱلۡأَنۡعَٰمِ لَعِبۡرَةࣰ ۖ نُّسۡقِيكُم مِّمَّا فِي بُطُونِهِۦ مِنۢ بَيۡنِ فَرۡثࣲ وَ دَمࣲ لَّبَنًا خَالِصࣰا سَآئِغࣰا لِّلشَّٰرِبِينَ﴿٦٦﴾
Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, goʻng va qon orasidan ichuvchilar(tomogʻi)dan oson oʻtuvchi sof sut ila sugʻoramiz.
وَ مِن ثَمَرَٰتِ ٱلنَّخِيلِ وَ ٱلۡأَعۡنَٰبِ تَتَّخِذُونَ مِنۡهُ سَكَرࣰا وَ رِزۡقًا حَسَنًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٦٧﴾
Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va goʻzal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat — belgi bordir.
وَ أَوۡحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحۡلِ أَنِ ٱتَّخِذِي مِنَ ٱلۡجِبَالِ بُيُوتࣰا وَ مِنَ ٱلشَّجَرِ وَ مِمَّا يَعۡرِشُونَ﴿٦٨﴾
Robbing asalariga: «Togʻlardan, daraxtlardan va koʻtarilgan soʻritoklardan uy tutgin.
ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسۡلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلࣰا ۚ يَخۡرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابࣱ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَٰنُهُۥ فِيهِ شِفَآءࣱ لِّلنَّاسِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿٦٩﴾
Soʻngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir.
وَ ٱللَّهُ خَلَقَكُمۡ ثُمَّ يَتَوَفَّىٰكُمۡ ۚ وَ مِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرۡذَلِ ٱلۡعُمُرِ لِكَيۡ لَا يَعۡلَمَ بَعۡدَ عِلۡمࣲ شَيۡـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمࣱ قَدِيرࣱ﴿٧٠﴾
Alloh sizlarni yaratgandir. Soʻngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan baʼzilar bilimli boʻlgandan soʻng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir.
وَ ٱللَّهُ فَضَّلَ بَعۡضَكُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ فِي ٱلرِّزۡقِ ۚ فَمَا ٱلَّذِينَ فُضِّلُواْ بِرَآدِّي رِزۡقِهِمۡ عَلَىٰ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُمۡ فَهُمۡ فِيهِ سَوَآءٌ ۚ أَفَبِنِعۡمَةِ ٱللَّهِ يَجۡحَدُونَ﴿٧١﴾
Alloh rizqda baʼzingizni baʼzingizdan afzal qildi. Bas, afzal qilinganlar oʻz rizqlarini qoʻllarida mulk boʻlganlarga, hamma teng boʻlsin deb, beruvchi emaslar-ku. Allohning neʼmatini inkor qiladilarmi?!
وَ ٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ أَزۡوَٰجࣰا وَ جَعَلَ لَكُم مِّنۡ أَزۡوَٰجِكُم بَنِينَ وَ حَفَدَةࣰ وَ رَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ۚ أَفَبِٱلۡبَٰطِلِ يُؤۡمِنُونَ وَ بِنِعۡمَتِ ٱللَّهِ هُمۡ يَكۡفُرُونَ﴿٧٢﴾
Alloh sizlarga oʻzlaringizdan juft(halol)lar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarga pok rizqlarni berdi. Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning neʼmatiga kufr keltiradilarmi?!
وَ يَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمۡلِكُ لَهُمۡ رِزۡقࣰا مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَسۡتَطِيعُونَ﴿٧٣﴾
Va Allohdan oʻzga — ularga osmonlaru yerdan hech bir rizqqa molik boʻla olmaydigan va hech narsaga qodir boʻla olmaydigan — narsalarga ibodat qilurlarmi?
فَلَا تَضۡرِبُواْ لِلَّهِ ٱلۡأَمۡثَالَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ وَ أَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴿٧٤﴾
Allohga misol keltirmanglar! Albatta, Alloh biladir. Sizlar esa, bilmassizlar.
ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا عَبۡدࣰا مَّمۡلُوكࣰا لَّا يَقۡدِرُ عَلَىٰ شَيۡءࣲ وَ مَن رَّزَقۡنَٰهُ مِنَّا رِزۡقًا حَسَنࣰا فَهُوَ يُنفِقُ مِنۡهُ سِرࣰّا وَ جَهۡرًا ۖ هَلۡ يَسۡتَوُۥنَ ۚ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٧٥﴾
Alloh hech narsaga qodir boʻlmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va oʻshandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng boʻlurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin koʻplari bilmaslar.
وَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا رَّجُلَيۡنِ أَحَدُهُمَآ أَبۡكَمُ لَا يَقۡدِرُ عَلَىٰ شَيۡءࣲ وَ هُوَ كَلٌّ عَلَىٰ مَوۡلَىٰهُ أَيۡنَمَا يُوَجِّههُّ لَا يَأۡتِ بِخَيۡرٍ هَلۡ يَسۡتَوِي هُوَ وَ مَن يَأۡمُرُ بِٱلۡعَدۡلِ وَ هُوَ عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٧٦﴾
Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir boʻlmas. U oʻz xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. Oʻsha odam bilan oʻzi toʻgʻri yoʻlda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar boʻlurmi?
وَ لِلَّهِ غَيۡبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ مَآ أَمۡرُ ٱلسَّاعَةِ إِلَّا كَلَمۡحِ ٱلۡبَصَرِ أَوۡ هُوَ أَقۡرَبُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٧٧﴾
Osmonlaru yerning gʻayb(ilm)i Allohnikidir. Soat (qiyomat) ishi esa, koʻz ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
وَ ٱللَّهُ أَخۡرَجَكُم مِّنۢ بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ شَيۡـࣰٔا وَ جَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرَ وَ ٱلۡأَفۡـِٔدَةَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿٧٨﴾
Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, koʻzlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.
أَلَمۡ يَرَوۡاْ إِلَى ٱلطَّيۡرِ مُسَخَّرَٰتࣲ فِي جَوِّ ٱلسَّمَآءِ مَا يُمۡسِكُهُنَّ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٧٩﴾
Osmon havosidagi beminnat boʻysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi? Ularni faqatgina Alloh ushlab turadir, xolos. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَ ٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنۢ بُيُوتِكُمۡ سَكَنࣰا وَ جَعَلَ لَكُم مِّن جُلُودِ ٱلۡأَنۡعَٰمِ بُيُوتࣰا تَسۡتَخِفُّونَهَا يَوۡمَ ظَعۡنِكُمۡ وَ يَوۡمَ إِقَامَتِكُمۡ وَ مِنۡ أَصۡوَافِهَا وَ أَوۡبَارِهَا وَ أَشۡعَارِهَآ أَثَٰثࣰا وَ مَتَٰعًا إِلَىٰ حِينࣲ﴿٨٠﴾
Alloh sizga uylaringizni oromgoh qildi. U sizga chorva hayvonlarining terisidan koʻchadigan va qoʻnadigan kuningizda yengil koʻtariladigan uylar qildi. Ularning junlari, yunglari va qillaridan maʼlum vaqtgacha jihoz va mato boʻladigan qildi.
وَ ٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّمَّا خَلَقَ ظِلَٰلࣰا وَ جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلۡجِبَالِ أَكۡنَٰنࣰا وَ جَعَلَ لَكُمۡ سَرَٰبِيلَ تَقِيكُمُ ٱلۡحَرَّ وَ سَرَٰبِيلَ تَقِيكُم بَأۡسَكُمۡ ۚ كَذَٰلِكَ يُتِمُّ نِعۡمَتَهُۥ عَلَيۡكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تُسۡلِمُونَ﴿٨١﴾
Alloh sizga Oʻzi yaratgan narsalardan soyalar qilib qoʻydi va sizga togʻlardan boshpanalar, sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qoʻydi. Shunday qilib, U sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon boʻlsangiz.
فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا عَلَيۡكَ ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿٨٢﴾
Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, sening zimmangda ochiq-oydin yetkazib qoʻyish, xolos.
يَعۡرِفُونَ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُنكِرُونَهَا وَ أَكۡثَرُهُمُ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٨٣﴾
Ular Allohning neʼmatini tanirlar, keyin esa, inkor qilurlar. Ularning koʻplari kofirlardir.
وَ يَوۡمَ نَبۡعَثُ مِن كُلِّ أُمَّةࣲ شَهِيدࣰا ثُمَّ لَا يُؤۡذَنُ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ لَا هُمۡ يُسۡتَعۡتَبُونَ﴿٨٤﴾
U kunda barcha ummatlardan guvoh keltirurmiz, soʻngra, kufr keltirganlarga (uzr uchun) izn ham berilmas va ular itobga ham qaytarilmaslar.
وَ إِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلۡعَذَابَ فَلَا يُخَفَّفُ عَنۡهُمۡ وَ لَا هُمۡ يُنظَرُونَ﴿٨٥﴾
Zulm qilganlar azobni koʻrgan vaqtlarida, ulardan u yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.
وَ إِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ أَشۡرَكُواْ شُرَكَآءَهُمۡ قَالُواْ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ شُرَكَآؤُنَا ٱلَّذِينَ كُنَّا نَدۡعُواْ مِن دُونِكَ ۖ فَأَلۡقَوۡاْ إِلَيۡهِمُ ٱلۡقَوۡلَ إِنَّكُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿٨٦﴾
Va shirk keltirganlar oʻzlarining «sherik»larini koʻrgan chogʻlarida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan oʻzga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolgʻonchidirsizlar», deb soʻz tashlarlar.
وَ أَلۡقَوۡاْ إِلَى ٱللَّهِ يَوۡمَئِذٍ ٱلسَّلَمَ ۖ وَ ضَلَّ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٨٧﴾
Oʻshal kunda u(mushrik)lar Allohga taslim boʻlurlar va uydirib yurgan narsalari botil boʻlur.
ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ زِدۡنَٰهُمۡ عَذَابࣰا فَوۡقَ ٱلۡعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يُفۡسِدُونَ﴿٨٨﴾
Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarga fasod qilganlari uchun azob ustiga azob ziyoda qildik.
وَ يَوۡمَ نَبۡعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةࣲ شَهِيدًا عَلَيۡهِم مِّنۡ أَنفُسِهِمۡ ۖ وَ جِئۡنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ وَ نَزَّلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ تِبۡيَٰنࣰا لِّكُلِّ شَيۡءࣲ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣰ وَ بُشۡرَىٰ لِلۡمُسۡلِمِينَ﴿٨٩﴾
Har bir ummatga oʻzidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik.
إِنَّ ٱللَّهَ يَأۡمُرُ بِٱلۡعَدۡلِ وَ ٱلۡإِحۡسَٰنِ وَ إِيتَآيِٕ ذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ يَنۡهَىٰ عَنِ ٱلۡفَحۡشَآءِ وَ ٱلۡمُنكَرِ وَ ٱلۡبَغۡيِ ۚ يَعِظُكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿٩٠﴾
Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga vaʼz qilur. Shoyadki, eslasangiz.
وَ أَوۡفُواْ بِعَهۡدِ ٱللَّهِ إِذَا عَٰهَدتُّمۡ وَ لَا تَنقُضُواْ ٱلۡأَيۡمَٰنَ بَعۡدَ تَوۡكِيدِهَا وَ قَدۡ جَعَلۡتُمُ ٱللَّهَ عَلَيۡكُمۡ كَفِيلًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا تَفۡعَلُونَ﴿٩١﴾
Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni taʼkid qilinganidan soʻng buzmang. Batahqiq, Allohni oʻzingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.
وَ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّتِي نَقَضَتۡ غَزۡلَهَا مِنۢ بَعۡدِ قُوَّةٍ أَنكَٰثࣰا تَتَّخِذُونَ أَيۡمَٰنَكُمۡ دَخَلَۢا بَيۡنَكُمۡ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِيَ أَرۡبَىٰ مِنۡ أُمَّةٍ ۚ إِنَّمَا يَبۡلُوكُمُ ٱللَّهُ بِهِۦ ۚ وَ لَيُبَيِّنَنَّ لَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ مَا كُنتُمۡ فِيهِ تَخۡتَلِفُونَ﴿٩٢﴾
Toʻqigani kuchli boʻlgandan soʻng uni soʻkib yuborgan xotinga oʻxshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq boʻlgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.
وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمۡ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ وَ لَٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۚ وَ لَتُسۡـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٩٣﴾
Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir. Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan soʻralursiz.
وَ لَا تَتَّخِذُوٓاْ أَيۡمَٰنَكُمۡ دَخَلَۢا بَيۡنَكُمۡ فَتَزِلَّ قَدَمُۢ بَعۡدَ ثُبُوتِهَا وَ تَذُوقُواْ ٱلسُّوٓءَ بِمَا صَدَدتُّمۡ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ لَكُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿٩٤﴾
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmang. Bas, qadam sobit boʻlganidan soʻng toymasin va Allohning yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomonlikni tatib yurmang. Sizga ulkan azob boʻlmasin.
وَ لَا تَشۡتَرُواْ بِعَهۡدِ ٱللَّهِ ثَمَنࣰا قَلِيلًا ۚ إِنَّمَا عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٩٥﴾
Allohning ahdini oz bahoga sotib yubormang. Agar bilsangiz, siz uchun, albatta, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroqdir.
مَا عِندَكُمۡ يَنفَدُ وَ مَا عِندَ ٱللَّهِ بَاقࣲ ۗ وَ لَنَجۡزِيَنَّ ٱلَّذِينَ صَبَرُوٓاْ أَجۡرَهُم بِأَحۡسَنِ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٩٦﴾
Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.
مَنۡ عَمِلَ صَٰلِحࣰا مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَلَنُحۡيِيَنَّهُۥ حَيَوٰةࣰ طَيِّبَةࣰ ۖ وَ لَنَجۡزِيَنَّهُمۡ أَجۡرَهُم بِأَحۡسَنِ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٩٧﴾
Erkagu ayol, kim moʻmin holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.
فَإِذَا قَرَأۡتَ ٱلۡقُرۡءَانَ فَٱسۡتَعِذۡ بِٱللَّهِ مِنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ﴿٩٨﴾
Qurʼon oʻqigan chogʻingda, Allohdan quvilgan shayton (sharri)dan panoh soʻragin.
إِنَّهُۥ لَيۡسَ لَهُۥ سُلۡطَٰنٌ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ﴿٩٩﴾
Albatta, iymon keltirganlarga va oʻz Robbilariga tavakkal qilganlarga u(shayton)ning sultoni yoʻq.
إِنَّمَا سُلۡطَٰنُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَوَلَّوۡنَهُۥ وَ ٱلَّذِينَ هُم بِهِۦ مُشۡرِكُونَ﴿١٠٠﴾
Uning sultoni faqat uni doʻst tutadiganlarga va u sababli mushrik boʻlganlarga, xolos.
وَ إِذَا بَدَّلۡنَآ ءَايَةࣰ مَّكَانَ ءَايَةࣲ وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا يُنَزِّلُ قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مُفۡتَرِۭ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٠١﴾
Qachonki, Biz bir oyat oʻrnini boshqa bir oyat ila almashtirsak, — holbuki, Alloh nimani nozil qilishni Oʻzi yaxshi bilguvchidir — ular: «Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar. Yoʻq! Ularning koʻplari bilmaslar.
قُلۡ نَزَّلَهُۥ رُوحُ ٱلۡقُدُسِ مِن رَّبِّكَ بِٱلۡحَقِّ لِيُثَبِّتَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ هُدࣰى وَ بُشۡرَىٰ لِلۡمُسۡلِمِينَ﴿١٠٢﴾
Sen uni ruhul qudus Robbingdan iymon keltirganlarni sobitqadam qilish uchun va musulmonlarga hidoyat va xushxabar etib haq ila tushirganini ayt.
وَ لَقَدۡ نَعۡلَمُ أَنَّهُمۡ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُۥ بَشَرࣱ ۗ لِّسَانُ ٱلَّذِي يُلۡحِدُونَ إِلَيۡهِ أَعۡجَمِيࣱّ وَ هَٰذَا لِسَانٌ عَرَبِيࣱّ مُّبِينٌ﴿١٠٣﴾
Batahqiq, bilamizki, albatta, ular: «Unga faqat bashar taʼlim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَا يَهۡدِيهِمُ ٱللَّهُ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ﴿١٠٤﴾
Albatta, Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyatga solmaydi va ularga alamli azob bordir.
إِنَّمَا يَفۡتَرِي ٱلۡكَذِبَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡكَٰذِبُونَ﴿١٠٥﴾
Yolgʻonni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina toʻqirlar. Ana oʻshalar oʻzlari yolgʻonchilardir.
مَن كَفَرَ بِٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ إِيمَٰنِهِۦٓ إِلَّا مَنۡ أُكۡرِهَ وَ قَلۡبُهُۥ مُطۡمَئِنُّۢ بِٱلۡإِيمَٰنِ وَ لَٰكِن مَّن شَرَحَ بِٱلۡكُفۡرِ صَدۡرࣰا فَعَلَيۡهِمۡ غَضَبࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمࣱ﴿١٠٦﴾
Kim iymondan soʻng Allohga kufr keltirsa, — qalbi iymon ila orom topa turib zoʻrlanganlar bundan mustasno — kim koʻksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan gʻazab bor. Ularga ulkan azob bor.
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱسۡتَحَبُّواْ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا عَلَى ٱلۡأٓخِرَةِ وَ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿١٠٧﴾
Bu, ularning dunyo hayotini oxiratdan ustun qoʻyganlari sababidandir. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat etmas.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ وَ سَمۡعِهِمۡ وَ أَبۡصَٰرِهِمۡ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡغَٰفِلُونَ﴿١٠٨﴾
Ana oʻshalarning qalblari, quloqlari va koʻzlariga Alloh muhr bosgandir. Ana oʻshalar gʻofillardir.
لَا جَرَمَ أَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿١٠٩﴾
Hech shubha yoʻqki, oxiratda ular ziyon koʻrguvchilardir.
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُواْ مِنۢ بَعۡدِ مَا فُتِنُواْ ثُمَّ جَٰهَدُواْ وَ صَبَرُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعۡدِهَا لَغَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١١٠﴾
Soʻngra, albatta, Robbing fitnaga uchraganlaridan keyin hijrat etib, jihod qilgan va sabr etganlari uchun, albatta, Robbing shulardan keyin magʻfiratli va rahimlidir.
يَوۡمَ تَأۡتِي كُلُّ نَفۡسࣲ تُجَٰدِلُ عَن نَّفۡسِهَا وَ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا عَمِلَتۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿١١١﴾
U kunda har jon oʻzi haqida tortishish uchun kelur va har bir jonga amaliga yarasha vafo qilinur hamda ularga zulm etilmas.
وَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا قَرۡيَةࣰ كَانَتۡ ءَامِنَةࣰ مُّطۡمَئِنَّةࣰ يَأۡتِيهَا رِزۡقُهَا رَغَدࣰا مِّن كُلِّ مَكَانࣲ فَكَفَرَتۡ بِأَنۡعُمِ ٱللَّهِ فَأَذَٰقَهَا ٱللَّهُ لِبَاسَ ٱلۡجُوعِ وَ ٱلۡخَوۡفِ بِمَا كَانُواْ يَصۡنَعُونَ﴿١١٢﴾
Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. Soʻng, u Allohning neʼmatlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi.
وَ لَقَدۡ جَآءَهُمۡ رَسُولࣱ مِّنۡهُمۡ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَ هُمۡ ظَٰلِمُونَ﴿١١٣﴾
Batahqiq, ularga oʻzlaridan Paygʻambar keldi. Bas, ular uni yolgʻonchiga chiqardilar. Keyin, zolim boʻlganlari uchun, ularni azob tutdi.
فَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلࣰا طَيِّبࣰا وَ ٱشۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ إِيَّاهُ تَعۡبُدُونَ﴿١١٤﴾
Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan boʻlsangiz, Allohning neʼmatiga shukr qiling.
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَيۡتَةَ وَ ٱلدَّمَ وَ لَحۡمَ ٱلۡخِنزِيرِ وَ مَآ أُهِلَّ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۖ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ غَيۡرَ بَاغࣲ وَ لَا عَادࣲ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١١٥﴾
Sizlarga faqat oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini va Allohdan oʻzgaga atab soʻyilgan narsalarnigina harom qildi. Kim zolim va haddan oshuvchi boʻlmagan holida majbur boʻlib qolsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir.
وَ لَا تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلۡسِنَتُكُمُ ٱلۡكَذِبَ هَٰذَا حَلَٰلࣱ وَ هَٰذَا حَرَامࣱ لِّتَفۡتَرُواْ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ لَا يُفۡلِحُونَ﴿١١٦﴾
Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish uchun tillaringiz vasf qilgan yolgʻonni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolgʻon toʻquvchilar najot topmaslar.
مَتَٰعࣱ قَلِيلࣱ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١١٧﴾
Ozgina matoh va alamli azob bor.
وَ عَلَى ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمۡنَا مَا قَصَصۡنَا عَلَيۡكَ مِن قَبۡلُ ۖ وَ مَا ظَلَمۡنَٰهُمۡ وَ لَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ يَظۡلِمُونَ﴿١١٨﴾
Yahudiy boʻlganlarga esa, senga bundan oldin aytib bergan narsalarimizni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular oʻzlariga zulm qilgan edilar.
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةࣲ ثُمَّ تَابُواْ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ وَ أَصۡلَحُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعۡدِهَا لَغَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١١٩﴾
Soʻngra, albatta, Robbing bilmasdan yomon amal qilganlarga, undan keyin esa, tavba qilib yaxshi amallarni qilganlarga, albatta, Robbing shulardan soʻng magʻfiratli va rahimlidir.
إِنَّ إِبۡرَٰهِيمَ كَانَ أُمَّةࣰ قَانِتࣰا لِّلَّهِ حَنِيفࣰا وَ لَمۡ يَكُ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٢٠﴾
Albatta, Ibrohim Allohning itoat qilguvchi, haqqa moyil ummati edi. Mushriklardan boʻlgan emas.
شَاكِرࣰا لِّأَنۡعُمِهِ ۚ ٱجۡتَبَىٰهُ وَ هَدَىٰهُ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿١٢١﴾
Uning neʼmatlariga shukr qilguvchi edi. U zot uni tanlab oldi va sirotul mustaqiymga hidoyat qildi.
وَ ءَاتَيۡنَٰهُ فِي ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣰ ۖ وَ إِنَّهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٢٢﴾
Unga bu dunyoda yaxshi (hayot) berdik. Oxiratda esa, u, albatta, solihlardandir.
ثُمَّ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ أَنِ ٱتَّبِعۡ مِلَّةَ إِبۡرَٰهِيمَ حَنِيفࣰا ۖ وَ مَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿١٢٣﴾
Soʻngra, senga: «Ibrohimning haqqa moyil millatiga ergash. U mushriklardan boʻlmagan edi», deb vahiy qildik.
إِنَّمَا جُعِلَ ٱلسَّبۡتُ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱخۡتَلَفُواْ فِيهِ ۚ وَ إِنَّ رَبَّكَ لَيَحۡكُمُ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿١٢٤﴾
Shanba, faqat, u toʻgʻrisida ixtilof qilganlar zimmasiga yuklandi, xolos. Albatta, Robbing qiyomat kunida ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.
ٱدۡعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِٱلۡحِكۡمَةِ وَ ٱلۡمَوۡعِظَةِ ٱلۡحَسَنَةِ ۖ وَ جَٰدِلۡهُم بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِينَ﴿١٢٥﴾
Robbingning yoʻliga hikmat va yaxshi mavʼiza ila daʼvat qil. Va ular ila goʻzal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing Oʻz yoʻlidan adashganlarni oʻta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham oʻta bilguvchidir.
وَ إِنۡ عَاقَبۡتُمۡ فَعَاقِبُواْ بِمِثۡلِ مَا عُوقِبۡتُم بِهِۦ ۖ وَ لَئِن صَبَرۡتُمۡ لَهُوَ خَيۡرࣱ لِّلصَّٰبِرِينَ﴿١٢٦﴾
Agar iqob qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizga qilingan iqobga oʻxshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.
وَ ٱصۡبِرۡ وَ مَا صَبۡرُكَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ وَ لَا تَحۡزَنۡ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا تَكُ فِي ضَيۡقࣲ مِّمَّا يَمۡكُرُونَ﴿١٢٧﴾
Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila boʻlur. Ular (holi)ga xafa boʻlma. Ular qilayotgan makrdan siqilma.
إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ وَّ ٱلَّذِينَ هُم مُّحۡسِنُونَ﴿١٢٨﴾
Albatta, Alloh taqvo qilganlar va goʻzal ishlar qilganlar bilandir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Nahl. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — asalari.
Mazmuni: Sura son-sanoqsiz ne’matlarni sanab, insonni shukr va tafakkurga chaqiradi. Asalaridan tortib yomg‘ir, chorva va turli rizqlargacha bo‘lgan misollar bilan Allohning yagona ekani ko‘rsatiladi; adolat, ihson, va’daga vafo va sabrga katta urg‘u beriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.