Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Hijr surasi

سورة الحجر

Hijr surasi

Hijr vodiysi · Ҳижр сураси

15-sura99 oyatMakkiy14-pora

Hijr surasi — Qurʼoni Karimning 15-surasi. U 99 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Hijr vodiysi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 15:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓر ۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ وَ قُرۡءَانࣲ مُّبِينࣲ﴿١﴾

    Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qurʼonning oyatlaridir.

  2. 15:2Mushafda oʻqish ↗

    رُّبَمَا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡ كَانُواْ مُسۡلِمِينَ﴿٢﴾

    Hali, kufr keltirganlar musulmon boʻlishni ham istab qolurlar.

  3. 15:3Mushafda oʻqish ↗

    ذَرۡهُمۡ يَأۡكُلُواْ وَ يَتَمَتَّعُواْ وَ يُلۡهِهِمُ ٱلۡأَمَلُ ۖ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿٣﴾

    Ularni tek qoʻy, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashgʻul boʻlib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.

  4. 15:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَهۡلَكۡنَا مِن قَرۡيَةٍ إِلَّا وَ لَهَا كِتَابࣱ مَّعۡلُومࣱ﴿٤﴾

    Biz maʼlum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yoʻq.

  5. 15:5Mushafda oʻqish ↗

    مَّا تَسۡبِقُ مِنۡ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَ مَا يَسۡتَـٔۡخِرُونَ﴿٥﴾

    Hech bir ummat oʻz ajalidan oʻzib keta olmas va ortda ham qola olmas.

  6. 15:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِي نُزِّلَ عَلَيۡهِ ٱلذِّكۡرُ إِنَّكَ لَمَجۡنُونࣱ﴿٦﴾

    Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.

  7. 15:7Mushafda oʻqish ↗

    لَّوۡمَا تَأۡتِينَا بِٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٧﴾

    Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar.

  8. 15:8Mushafda oʻqish ↗

    مَا نُنَزِّلُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ وَ مَا كَانُوٓاْ إِذࣰا مُّنظَرِينَ﴿٨﴾

    Biz farishtalarni faqat haq ila tushiramiz, xolos. U holda ularga qarab turilmas.

  9. 15:9Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا نَحۡنُ نَزَّلۡنَا ٱلذِّكۡرَ وَ إِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ﴿٩﴾

    Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.

  10. 15:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ فِي شِيَعِ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٠﴾

    Batahqiq, sendan oldin ham avvalgilar guruhlariga (Paygʻambar) yuborganmiz.

  11. 15:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَأۡتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿١١﴾

    Ularga qaysi bir Paygʻambar kelsa, uni masxara qilmasdan qoʻymas edilar.

  12. 15:12Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ نَسۡلُكُهُۥ فِي قُلُوبِ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿١٢﴾

    Shunga oʻxshash, Biz uni jinoyatchilar qalbiga solamiz.

  13. 15:13Mushafda oʻqish ↗

    لَا يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ وَ قَدۡ خَلَتۡ سُنَّةُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٣﴾

    U(Qurʼon)ga iymon keltirmaslar. Batahqiq, avvalgilarning sunnati — odati shundoq oʻtgandir.

  14. 15:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ فَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَابࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَظَلُّواْ فِيهِ يَعۡرُجُونَ﴿١٤﴾

    Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.

  15. 15:15Mushafda oʻqish ↗

    لَقَالُوٓاْ إِنَّمَا سُكِّرَتۡ أَبۡصَٰرُنَا بَلۡ نَحۡنُ قَوۡمࣱ مَّسۡحُورُونَ﴿١٥﴾

    Ular: «Albatta, koʻzlarimiz bogʻlandi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar.

  16. 15:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ جَعَلۡنَا فِي ٱلسَّمَآءِ بُرُوجࣰا وَ زَيَّنَّٰهَا لِلنَّٰظِرِينَ﴿١٦﴾

    Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qoʻydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qoʻydik.

  17. 15:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ حَفِظۡنَٰهَا مِن كُلِّ شَيۡطَٰنࣲ رَّجِيمٍ﴿١٧﴾

    Uni har bir quvilgan shaytondan muhofaza qildik.

  18. 15:18Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا مَنِ ٱسۡتَرَقَ ٱلسَّمۡعَ فَأَتۡبَعَهُۥ شِهَابࣱ مُّبِينࣱ﴿١٨﴾

    Magar birortasi oʻgʻrilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.

  19. 15:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡأَرۡضَ مَدَدۡنَٰهَا وَ أَلۡقَيۡنَا فِيهَا رَوَٰسِيَ وَ أَنۢبَتۡنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَيۡءࣲ مَّوۡزُونࣲ﴿١٩﴾

    Biz yerni yoyib, ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydik va unda oʻlchangan turli narsalarni oʻstirib qoʻydik.

  20. 15:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا لَكُمۡ فِيهَا مَعَٰيِشَ وَ مَن لَّسۡتُمۡ لَهُۥ بِرَٰزِقِينَ﴿٢٠﴾

    Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qoʻydik.

  21. 15:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن مِّن شَيۡءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَ مَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرࣲ مَّعۡلُومࣲ﴿٢١﴾

    Hech bir narsa yoʻqki, uning xazinalari Bizning huzurimizda boʻlmasa. Biz uni faqat maʼlum miqdor-la nozil qilurmiz.

  22. 15:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَرۡسَلۡنَا ٱلرِّيَٰحَ لَوَٰقِحَ فَأَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَسۡقَيۡنَٰكُمُوهُ وَ مَآ أَنتُمۡ لَهُۥ بِخَٰزِنِينَ﴿٢٢﴾

    Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni toʻplab oluvchi emassiz.

  23. 15:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّا لَنَحۡنُ نُحۡيِۦ وَ نُمِيتُ وَ نَحۡنُ ٱلۡوَٰرِثُونَ﴿٢٣﴾

    Albatta, Biz oʻzimiz tiriltirurmiz va Biz merosxoʻrmiz.

  24. 15:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ عَلِمۡنَا ٱلۡمُسۡتَقۡدِمِينَ مِنكُمۡ وَ لَقَدۡ عَلِمۡنَا ٱلۡمُسۡتَـٔۡخِرِينَ﴿٢٤﴾

    Batahqiq, sizdan oldin kelganlarni bildik. Batahqiq, keyin kelganlarni ham bildik.

  25. 15:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحۡشُرُهُمۡ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمࣱ﴿٢٥﴾

    Albatta, sening Robbing Oʻzi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.

  26. 15:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ مِن صَلۡصَٰلࣲ مِّنۡ حَمَإࣲ مَّسۡنُونࣲ﴿٢٦﴾

    Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.

  27. 15:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡجَآنَّ خَلَقۡنَٰهُ مِن قَبۡلُ مِن نَّارِ ٱلسَّمُومِ﴿٢٧﴾

    Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik.

  28. 15:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ رَبُّكَ لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّي خَٰلِقُۢ بَشَرࣰا مِّن صَلۡصَٰلࣲ مِّنۡ حَمَإࣲ مَّسۡنُونࣲ﴿٢٨﴾

    Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.

  29. 15:29Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا سَوَّيۡتُهُۥ وَ نَفَخۡتُ فِيهِ مِن رُّوحِي فَقَعُواْ لَهُۥ سَٰجِدِينَ﴿٢٩﴾

    Bas, qachonki uni toʻgʻrilab boʻlganimda va ichiga Oʻz ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.

  30. 15:30Mushafda oʻqish ↗

    فَسَجَدَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمۡ أَجۡمَعُونَ﴿٣٠﴾

    Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar.

  31. 15:31Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّآ إِبۡلِيسَ أَبَىٰٓ أَن يَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ﴿٣١﴾

    Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.

  32. 15:32Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰٓإِبۡلِيسُ مَا لَكَ أَلَّا تَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ﴿٣٢﴾

    U zot: «Ey, iblis! Senga ne boʻldi, sajda qiluvchilar bilan birga boʻlmading?» dedi.

  33. 15:33Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَمۡ أَكُن لِّأَسۡجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقۡتَهُۥ مِن صَلۡصَٰلࣲ مِّنۡ حَمَإࣲ مَّسۡنُونࣲ﴿٣٣﴾

    U: «Sen quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.

  34. 15:34Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَٱخۡرُجۡ مِنۡهَا فَإِنَّكَ رَجِيمࣱ﴿٣٤﴾

    U zot: «Bas, sen undan chiq! Albatta, sen quvilgansan!

  35. 15:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ عَلَيۡكَ ٱللَّعۡنَةَ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلدِّينِ﴿٣٥﴾

    Va, albatta, senga to jazo kunigacha laʼnat boʻlur!» dedi.

  36. 15:36Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ فَأَنظِرۡنِيٓ إِلَىٰ يَوۡمِ يُبۡعَثُونَ﴿٣٦﴾

    U: «Ey Robbim, meni ular qayta tiriladigan kungacha qoʻyib qoʻygin», dedi.

  37. 15:37Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلۡمُنظَرِينَ﴿٣٧﴾

    U zot: «Albatta, sen qoʻyib qoʻyilganlardansan.

  38. 15:38Mushafda oʻqish ↗

    إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡوَقۡتِ ٱلۡمَعۡلُومِ﴿٣٨﴾

    Maʼlum vaqt kunigacha», dedi.

  39. 15:39Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغۡوَيۡتَنِي لَأُزَيِّنَنَّ لَهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَأُغۡوِيَنَّهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٣٩﴾

    U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab koʻrsataman va, albatta, ularning hammasini igʻvo qilaman.

  40. 15:40Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا عِبَادَكَ مِنۡهُمُ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿٤٠﴾

    Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.

  41. 15:41Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَٰذَا صِرَٰطٌ عَلَيَّ مُسۡتَقِيمٌ﴿٤١﴾

    U zot: «Ushbu zimmamdagi toʻgʻri yoʻldir:

  42. 15:42Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ عِبَادِي لَيۡسَ لَكَ عَلَيۡهِمۡ سُلۡطَٰنٌ إِلَّا مَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلۡغَاوِينَ﴿٤٢﴾

    Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yoʻqdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir.

  43. 15:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ جَهَنَّمَ لَمَوۡعِدُهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٤٣﴾

    Albatta, jahannam ularning barchasining vaʼda qilingan joyidir.

  44. 15:44Mushafda oʻqish ↗

    لَهَا سَبۡعَةُ أَبۡوَٰبࣲ لِّكُلِّ بَابࣲ مِّنۡهُمۡ جُزۡءࣱ مَّقۡسُومٌ﴿٤٤﴾

    Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan boʻlagi bordir», dedi.

  45. 15:45Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونٍ﴿٤٥﴾

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir.

  46. 15:46Mushafda oʻqish ↗

    ٱدۡخُلُوهَا بِسَلَٰمٍ ءَامِنِينَ﴿٤٦﴾

    Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar, (deyilur).

  47. 15:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَزَعۡنَا مَا فِي صُدُورِهِم مِّنۡ غِلٍّ إِخۡوَٰنًا عَلَىٰ سُرُرࣲ مُّتَقَٰبِلِينَ﴿٤٧﴾

    Ularning dillaridagi gʻilli-gʻishtlarni chiqarib tashladik. Soʻrilarda bir-birlariga boqib, doʻst boʻlgan hollarida oʻltirurlar.

  48. 15:48Mushafda oʻqish ↗

    لَا يَمَسُّهُمۡ فِيهَا نَصَبࣱ وَ مَا هُم مِّنۡهَا بِمُخۡرَجِينَ﴿٤٨﴾

    Ularni u joyda charchoq tutmas va ular undan chiqariluvchi ham emaslar.

  49. 15:49Mushafda oʻqish ↗

    نَبِّئۡ عِبَادِيٓ أَنِّيٓ أَنَا ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿٤٩﴾

    Bandalarimga xabar bergil: «Albatta, Mening Oʻzim gʻofuru rohiymdirman».

  50. 15:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنَّ عَذَابِي هُوَ ٱلۡعَذَابُ ٱلۡأَلِيمُ﴿٥٠﴾

    Va, albatta, azobim alamli azobdir.

  51. 15:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَبِّئۡهُمۡ عَن ضَيۡفِ إِبۡرَٰهِيمَ﴿٥١﴾

    Ularga Ibrohimning mehmonlari xabarini ber.

  52. 15:52Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ دَخَلُواْ عَلَيۡهِ فَقَالُواْ سَلَٰمࣰا قَالَ إِنَّا مِنكُمۡ وَجِلُونَ﴿٥٢﴾

    Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qoʻrqmoqdamiz», dedi.

  53. 15:53Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ لَا تَوۡجَلۡ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ عَلِيمࣲ﴿٥٣﴾

    Ular: «Qoʻrqma, biz senga oʻta bilimdon oʻgʻilning xushxabarini beramiz», dedilar.

  54. 15:54Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَبَشَّرۡتُمُونِي عَلَىٰٓ أَن مَّسَّنِيَ ٱلۡكِبَرُ فَبِمَ تُبَشِّرُونَ﴿٥٤﴾

    U: «Meni keksalik tutganida, xushxabar berasizlarmi? Nimaning xushxabarini beryapsizlar, oʻzi?» dedi.

  55. 15:55Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ بَشَّرۡنَٰكَ بِٱلۡحَقِّ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلۡقَٰنِطِينَ﴿٥٥﴾

    Ular: «Biz senga haq ila bashorat berdik. Bas, sen noumid boʻluvchilardan boʻlma», dedilar.

  56. 15:56Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ وَ مَن يَقۡنَطُ مِن رَّحۡمَةِ رَبِّهِۦٓ إِلَّا ٱلضَّآلُّونَ﴿٥٦﴾

    U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina oʻz Robbisining rahmatidan noumid boʻlurlar», dedi.

  57. 15:57Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَمَا خَطۡبُكُمۡ أَيُّهَا ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿٥٧﴾

    U: «Ey elchilar, nima ish ila yuborildingiz?» dedi.

  58. 15:58Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ إِنَّآ أُرۡسِلۡنَآ إِلَىٰ قَوۡمࣲ مُّجۡرِمِينَ﴿٥٨﴾

    Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.

  59. 15:59Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٥٩﴾

    Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.

  60. 15:60Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱمۡرَأَتَهُۥ قَدَّرۡنَآ إِنَّهَا لَمِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿٦٠﴾

    Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan boʻlishini taqdir qildik», dedilar.

  61. 15:61Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَ ءَالَ لُوطٍ ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿٦١﴾

    Elchilar Lut ahliga kelganlarida...

  62. 15:62Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّكُمۡ قَوۡمࣱ مُّنكَرُونَ﴿٦٢﴾

    U: «Albatta, siz notanish qavmsiz», dedi.

  63. 15:63Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ بَلۡ جِئۡنَٰكَ بِمَا كَانُواْ فِيهِ يَمۡتَرُونَ﴿٦٣﴾

    Ular: «Yoʻq! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.

  64. 15:64Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَتَيۡنَٰكَ بِٱلۡحَقِّ وَ إِنَّا لَصَٰدِقُونَ﴿٦٤﴾

    Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgoʻylardurmiz.

  65. 15:65Mushafda oʻqish ↗

    فَأَسۡرِ بِأَهۡلِكَ بِقِطۡعࣲ مِّنَ ٱلَّيۡلِ وَ ٱتَّبِعۡ أَدۡبَٰرَهُمۡ وَ لَا يَلۡتَفِتۡ مِنكُمۡ أَحَدࣱ وَ ٱمۡضُواْ حَيۡثُ تُؤۡمَرُونَ﴿٦٥﴾

    Ahling ila kechaning bir boʻlagida yoʻlga chiq, sen ularning ortidan kuzatib bor. Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin. Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar», dedilar.

  66. 15:66Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَضَيۡنَآ إِلَيۡهِ ذَٰلِكَ ٱلۡأَمۡرَ أَنَّ دَابِرَ هَٰٓؤُلَآءِ مَقۡطُوعࣱ مُّصۡبِحِينَ﴿٦٦﴾

    Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chogʻi kesilajakdir».

  67. 15:67Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ أَهۡلُ ٱلۡمَدِينَةِ يَسۡتَبۡشِرُونَ﴿٦٧﴾

    Va shahar ahli sevinib, yetib keldilar.

  68. 15:68Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ ضَيۡفِي فَلَا تَفۡضَحُونِ﴿٦٨﴾

    U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.

  69. 15:69Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ لَا تُخۡزُونِ﴿٦٩﴾

    Va: «Allohdan qoʻrqinglar! Meni xor qilmanglar», dedi.

  70. 15:70Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَوَلَمۡ نَنۡهَكَ عَنِ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٧٠﴾

    Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar.

  71. 15:71Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِيٓ إِن كُنتُمۡ فَٰعِلِينَ﴿٧١﴾

    U: «Agar (bu ishni) qiluvchi boʻlsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.

  72. 15:72Mushafda oʻqish ↗

    لَعَمۡرُكَ إِنَّهُمۡ لَفِي سَكۡرَتِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿٧٢﴾

    Sening umring ila qasamki, albatta, ular oʻz sarxushliklarida tentiramoqdalar.

  73. 15:73Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلصَّيۡحَةُ مُشۡرِقِينَ﴿٧٣﴾

    Bas, ularni quyosh chiqish paytida dahshatli qichqiriq tutdi.

  74. 15:74Mushafda oʻqish ↗

    فَجَعَلۡنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَ أَمۡطَرۡنَا عَلَيۡهِمۡ حِجَارَةࣰ مِّن سِجِّيلٍ﴿٧٤﴾

    Bas, Biz bu(shahar)ning ostini ustin qildik va ular ustiga loyi qotgan toshlar yogʻdirdik.

  75. 15:75Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّلۡمُتَوَسِّمِينَ﴿٧٥﴾

    Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat-belgilar bordir.

  76. 15:76Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهَا لَبِسَبِيلࣲ مُّقِيمٍ﴿٧٦﴾

    Albatta, u (shahar) boqiy yoʻl ustidadir.

  77. 15:77Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةࣰ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٧٧﴾

    Albatta, bunda moʻminlar uchun ibrat bordir.

  78. 15:78Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن كَانَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡأَيۡكَةِ لَظَٰلِمِينَ﴿٧٨﴾

    Albatta, bir-biriga kirishib ketgan daraxtzor egalari zolimlardan boʻlganlar.

  79. 15:79Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنتَقَمۡنَا مِنۡهُمۡ وَ إِنَّهُمَا لَبِإِمَامࣲ مُّبِينࣲ﴿٧٩﴾

    Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yoʻl ustidadir.

  80. 15:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ كَذَّبَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡحِجۡرِ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٨٠﴾

    Batahqiq, Hijr egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqardilar.

  81. 15:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ ءَايَٰتِنَا فَكَانُواْ عَنۡهَا مُعۡرِضِينَ﴿٨١﴾

    Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz oʻgiruvchi boʻldilar.

  82. 15:82Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَانُواْ يَنۡحِتُونَ مِنَ ٱلۡجِبَالِ بُيُوتًا ءَامِنِينَ﴿٨٢﴾

    Ular togʻdan oʻyib uy yasab, omonlikda yurar edilar.

  83. 15:83Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلصَّيۡحَةُ مُصۡبِحِينَ﴿٨٣﴾

    Bas, subhidam chogʻida ularni qattiq qichqiriq tutdi.

  84. 15:84Mushafda oʻqish ↗

    فَمَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٨٤﴾

    Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.

  85. 15:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ ۗ وَ إِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَأٓتِيَةࣱ ۖ فَٱصۡفَحِ ٱلصَّفۡحَ ٱلۡجَمِيلَ﴿٨٥﴾

    Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen goʻzal shaklda yuz oʻgir.

  86. 15:86Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلۡخَلَّٰقُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٨٦﴾

    Albatta, Robbing yaratguvchi va bilguvchi Zotdir.

  87. 15:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَٰكَ سَبۡعࣰا مِّنَ ٱلۡمَثَانِي وَ ٱلۡقُرۡءَانَ ٱلۡعَظِيمَ﴿٨٧﴾

    Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchini va Ulugʻ Qurʼonni berdik.

  88. 15:88Mushafda oʻqish ↗

    لَا تَمُدَّنَّ عَيۡنَيۡكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعۡنَا بِهِۦٓ أَزۡوَٰجࣰا مِّنۡهُمۡ وَ لَا تَحۡزَنۡ عَلَيۡهِمۡ وَ ٱخۡفِضۡ جَنَاحَكَ لِلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٨٨﴾

    Biz ulardan baʼzi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham boʻlma! Moʻminlarga qanotingni pastlat!

  89. 15:89Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُلۡ إِنِّيٓ أَنَا ٱلنَّذِيرُ ٱلۡمُبِينُ﴿٨٩﴾

    Va: «Albatta, men ochiq-oydin ogohlantirguvchiman», deb ayt.

  90. 15:90Mushafda oʻqish ↗

    كَمَآ أَنزَلۡنَا عَلَى ٱلۡمُقۡتَسِمِينَ﴿٩٠﴾

    Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga oʻxshash.

  91. 15:91Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ جَعَلُواْ ٱلۡقُرۡءَانَ عِضِينَ﴿٩١﴾

    Qurʼonni parcha-parcha qilganlarga.

  92. 15:92Mushafda oʻqish ↗

    فَوَرَبِّكَ لَنَسۡـَٔلَنَّهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٩٢﴾

    Bas, Robbing ila qasamki, albatta, ularning hammasidan soʻrarmiz.

  93. 15:93Mushafda oʻqish ↗

    عَمَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٩٣﴾

    Qilib yurgan ishlari haqida.

  94. 15:94Mushafda oʻqish ↗

    فَٱصۡدَعۡ بِمَا تُؤۡمَرُ وَ أَعۡرِضۡ عَنِ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴿٩٤﴾

    Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz oʻgir.

  95. 15:95Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا كَفَيۡنَٰكَ ٱلۡمُسۡتَهۡزِءِينَ﴿٩٥﴾

    Albatta, Biz senga istehzo qiluvchilardan kifoya qilurmiz.

  96. 15:96Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَجۡعَلُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۚ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿٩٦﴾

    Ular Alloh bilan birga boshqa iloh (sherik) qilurlar. Bas, tezda bilurlar.

  97. 15:97Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ نَعۡلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدۡرُكَ بِمَا يَقُولُونَ﴿٩٧﴾

    Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.

  98. 15:98Mushafda oʻqish ↗

    فَسَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ وَ كُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ﴿٩٨﴾

    Bas, Robbing hamdi ila tasbih ayt va sajda qilguvchilardan boʻl.

  99. 15:99Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡبُدۡ رَبَّكَ حَتَّىٰ يَأۡتِيَكَ ٱلۡيَقِينُ﴿٩٩﴾

    Va senga aniq narsa (oʻlim) kelgunicha Robbingga ibodat qil.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Hijr. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — hijr hududi.

Mazmuni: Sura Qur’onning Alloh tomonidan asralishini ta’kidlaydi va avvalgi qavmlarning vahiyga munosabatini eslatadi. Odam alayhissalom va Iblis qissasi insonning dushmani, kibr va itoat masalasini ochib beradi; Allohning rahmati va azobi birga yodga olinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraIbrohim surasiKeyingi sura →Nahl surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026