سورة إبراهيم
Ibrohim surasi
Ibrohim · Иброҳим сураси
Ibrohim surasi — Qurʼoni Karimning 14-surasi. U 52 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
الٓر ۚ كِتَٰبٌ أَنزَلۡنَٰهُ إِلَيۡكَ لِتُخۡرِجَ ٱلنَّاسَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذۡنِ رَبِّهِمۡ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَمِيدِ﴿١﴾
Alif. Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziyz va maqtalgan Zotning yoʻliga chiqarishing uchun nozil qildik.
ٱللَّهِ ٱلَّذِي لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ وَيۡلࣱ لِّلۡكَٰفِرِينَ مِنۡ عَذَابࣲ شَدِيدٍ﴿٢﴾
Alloh osmonlaru yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Zotdir. Kofirlar holiga shiddatli azobdan voy boʻlsin.
ٱلَّذِينَ يَسۡتَحِبُّونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا عَلَى ٱلۡأٓخِرَةِ وَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ يَبۡغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ضَلَٰلِۭ بَعِيدࣲ﴿٣﴾
Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal koʻradiganlar, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar va u(yoʻl)ning egri boʻlishini xohlaydiganlardir. Ana oʻshalar yiroq adashuvdadirlar.
وَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوۡمِهِۦ لِيُبَيِّنَ لَهُمۡ ۖ فَيُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٤﴾
Qaysiki Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, bayon qilib berishi uchun, oʻz qavmi tili ila yuborganmiz. Bas, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadi, kimni xohlasa, hidoyatga soladir. U Aziyz va hikmatli Zotdir.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنۡ أَخۡرِجۡ قَوۡمَكَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ وَ ذَكِّرۡهُم بِأَيَّىٰمِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّكُلِّ صَبَّارࣲ شَكُورࣲ﴿٥﴾
Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik.
وَ إِذۡ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوۡمِهِ ٱذۡكُرُواْ نِعۡمَةَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ إِذۡ أَنجَىٰكُم مِّنۡ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ يَسُومُونَكُمۡ سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ وَ يُذَبِّحُونَ أَبۡنَآءَكُمۡ وَ يَسۡتَحۡيُونَ نِسَآءَكُمۡ ۚ وَ فِي ذَٰلِكُم بَلَآءࣱ مِّن رَّبِّكُمۡ عَظِيمࣱ﴿٦﴾
Oʻshanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang: U sizni Oli Firʼavndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. Oʻgʻillaringizni soʻyib tashlab, qizlaringizni tirik qoldirardilar. Ana oʻshanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi.
وَ إِذۡ تَأَذَّنَ رَبُّكُمۡ لَئِن شَكَرۡتُمۡ لَأَزِيدَنَّكُمۡ ۖ وَ لَئِن كَفَرۡتُمۡ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدࣱ﴿٧﴾
(Yana uning): «Va Robbingiz (sizga): «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», deb bildirgan(ini eslang).
وَ قَالَ مُوسَىٰٓ إِن تَكۡفُرُوٓاْ أَنتُمۡ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا فَإِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِيٌّ حَمِيدٌ﴿٨﴾
Muso dedi: «Agar siz va yer yuzidagi kimsalar hammangiz kufr keltirsangizlar ham, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.
أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ نَبَؤُاْ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكُمۡ قَوۡمِ نُوحࣲ وَ عَادࣲ وَ ثَمُودَ وَ ٱلَّذِينَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ لَا يَعۡلَمُهُمۡ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَرَدُّوٓاْ أَيۡدِيَهُمۡ فِيٓ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَ قَالُوٓاْ إِنَّا كَفَرۡنَا بِمَآ أُرۡسِلۡتُم بِهِۦ وَ إِنَّا لَفِي شَكࣲّ مِّمَّا تَدۡعُونَنَآ إِلَيۡهِ مُرِيبࣲ﴿٩﴾
Sizga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan oʻzga hech kim bilmaydiganlarning xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ular esa, qoʻllarini ogʻizlariga qoʻyib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar.
قَالَتۡ رُسُلُهُمۡ أَفِي ٱللَّهِ شَكࣱّ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ يَدۡعُوكُمۡ لِيَغۡفِرَ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمۡ وَ يُؤَخِّرَكُمۡ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۚ قَالُوٓاْ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُنَا تُرِيدُونَ أَن تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعۡبُدُ ءَابَآؤُنَا فَأۡتُونَا بِسُلۡطَٰنࣲ مُّبِينࣲ﴿١٠﴾
Paygʻambarlari ularga: «Osmonlaru yerning yaratguvchisi boʻlmish Allohga shak bormi? U sizlarni gunohlaringizni magʻfirat qilishga va oʻzingizni maʼlum muddatga qoldirishga chaqirmoqda-ku!» dedilar. Ular esa: «Siz bizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emassiz. Bizni otalarimiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqchisiz. Bas, bizga ochiq-oydin hujjat keltiring», dedilar.
قَالَتۡ لَهُمۡ رُسُلُهُمۡ إِن نَّحۡنُ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُكُمۡ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَمُنُّ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ ۖ وَ مَا كَانَ لَنَآ أَن نَّأۡتِيَكُم بِسُلۡطَٰنٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١١﴾
Paygʻambarlari ularga: «Biz sizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga (paygʻambarlik) inʼom qilur. Biz oʻzimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
وَ مَا لَنَآ أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى ٱللَّهِ وَ قَدۡ هَدَىٰنَا سُبُلَنَا ۚ وَ لَنَصۡبِرَنَّ عَلَىٰ مَآ ءَاذَيۡتُمُونَا ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُتَوَكِّلُونَ﴿١٢﴾
Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yoʻlimizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِرُسُلِهِمۡ لَنُخۡرِجَنَّكُم مِّنۡ أَرۡضِنَآ أَوۡ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا ۖ فَأَوۡحَىٰٓ إِلَيۡهِمۡ رَبُّهُمۡ لَنُهۡلِكَنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٣﴾
Kufr keltirganlar oʻz Paygʻambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuborurmiz yoki, albatta, millatimizga qaytursizlar», dedilar. Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.
وَ لَنُسۡكِنَنَّكُمُ ٱلۡأَرۡضَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنۡ خَافَ مَقَامِي وَ خَافَ وَعِيدِ﴿١٤﴾
Va ulardan soʻng u yerga sizni joylashtirurmiz. Bu esa, maqomimdan xavf qilganlar va tahdidimdan qoʻrqqanlar uchundir», deb vahiy qildi.
وَ ٱسۡتَفۡتَحُواْ وَ خَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدࣲ﴿١٥﴾
Fathu nusrat soʻradilar va har bir jabrchi, sarkash kimsa noumidlikka uchradi.
مِّن وَرَآئِهِۦ جَهَنَّمُ وَ يُسۡقَىٰ مِن مَّآءࣲ صَدِيدࣲ﴿١٦﴾
Uning ortida jahannam bordir. Yiring suv ila sugʻoriladir.
يَتَجَرَّعُهُۥ وَ لَا يَكَادُ يُسِيغُهُۥ وَ يَأۡتِيهِ ٱلۡمَوۡتُ مِن كُلِّ مَكَانࣲ وَ مَا هُوَ بِمَيِّتࣲ ۖ وَ مِن وَرَآئِهِۦ عَذَابٌ غَلِيظࣱ﴿١٧﴾
Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas. Unga har tomondan oʻlim keladi-yu, oʻla olmas. Uning ortidan esa, qattiq azob bor.
مَّثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمۡ ۖ أَعۡمَٰلُهُمۡ كَرَمَادٍ ٱشۡتَدَّتۡ بِهِ ٱلرِّيحُ فِي يَوۡمٍ عَاصِفࣲ ۖ لَّا يَقۡدِرُونَ مِمَّا كَسَبُواْ عَلَىٰ شَيۡءࣲ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلۡبَعِيدُ﴿١٨﴾
Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli, xuddi boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydir. Ular oʻz kasblaridan biror narsaga ega boʻlmaslar. Ana oʻsha uzoq adashuvning oʻzidir.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ ۚ إِن يَشَأۡ يُذۡهِبۡكُمۡ وَ يَأۡتِ بِخَلۡقࣲ جَدِيدࣲ﴿١٩﴾
Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradir.
وَ مَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزࣲ﴿٢٠﴾
Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.
وَ بَرَزُواْ لِلَّهِ جَمِيعࣰا فَقَالَ ٱلضُّعَفَٰٓؤُاْ لِلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُوٓاْ إِنَّا كُنَّا لَكُمۡ تَبَعࣰا فَهَلۡ أَنتُم مُّغۡنُونَ عَنَّا مِنۡ عَذَابِ ٱللَّهِ مِن شَيۡءࣲ ۚ قَالُواْ لَوۡ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ لَهَدَيۡنَٰكُمۡ ۖ سَوَآءٌ عَلَيۡنَآ أَجَزِعۡنَآ أَمۡ صَبَرۡنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصࣲ﴿٢١﴾
Ularning hammalari Alloh huzurida paydo boʻldilar. Bas, zaiflar mutakabbirlarga: «Albatta, biz sizlarga tobe boʻlgan edik. Endi, sizlar ustimizdagi Allohning azobidan biror narsani yengillata olasizlarmi?» dedilar. Ular: «Agar Alloh bizni hidoyat qilganida, biz ham sizlarni, albatta, hidoyat qilar edik. Biz uchun endi, dod-voy qilamizmi yoki sabr qilamizmi — bari bir. Biz uchun qochar joy yoʻq», dedilar.
وَ قَالَ ٱلشَّيۡطَٰنُ لَمَّا قُضِيَ ٱلۡأَمۡرُ إِنَّ ٱللَّهَ وَعَدَكُمۡ وَعۡدَ ٱلۡحَقِّ وَ وَعَدتُّكُمۡ فَأَخۡلَفۡتُكُمۡ ۖ وَ مَا كَانَ لِيَ عَلَيۡكُم مِّن سُلۡطَٰنٍ إِلَّآ أَن دَعَوۡتُكُمۡ فَٱسۡتَجَبۡتُمۡ لِي ۖ فَلَا تَلُومُونِي وَ لُومُوٓاْ أَنفُسَكُم ۖ مَّآ أَنَا۠ بِمُصۡرِخِكُمۡ وَ مَآ أَنتُم بِمُصۡرِخِيَّ إِنِّي كَفَرۡتُ بِمَآ أَشۡرَكۡتُمُونِ مِن قَبۡلُ ۗ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٢٢﴾
Ish bitib boʻlganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq vaʼdani qilgan edi. Men esa, sizga vaʼda berdim-u, vaʼdamga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yoʻq edi. Faqat daʼvat qilsam, oʻzingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi.
وَ أُدۡخِلَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا بِإِذۡنِ رَبِّهِمۡ ۖ تَحِيَّتُهُمۡ فِيهَا سَلَٰمٌ﴿٢٣﴾
Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritildi. Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi soʻrashishlari «Salom»dir.
أَلَمۡ تَرَ كَيۡفَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا كَلِمَةࣰ طَيِّبَةࣰ كَشَجَرَةࣲ طَيِّبَةٍ أَصۡلُهَا ثَابِتࣱ وَ فَرۡعُهَا فِي ٱلسَّمَآءِ﴿٢٤﴾
Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga oʻxshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda.
تُؤۡتِيٓ أُكُلَهَا كُلَّ حِينِۭ بِإِذۡنِ رَبِّهَا ۗ وَ يَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡأَمۡثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٢٥﴾
Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir. Alloh, shoyad eslasalar deb, odamlarga misollar keltiradir.
وَ مَثَلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةࣲ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ ٱجۡتُثَّتۡ مِن فَوۡقِ ٱلۡأَرۡضِ مَا لَهَا مِن قَرَارࣲ﴿٢٦﴾
Yomon soʻzning misoli, xuddi yomon daraxtga oʻxshaydir. U yerdan uzilib qolgan, uning qarori yoʻqdir.
يُثَبِّتُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱلۡقَوۡلِ ٱلثَّابِتِ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ يُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلظَّٰلِمِينَ ۚ وَ يَفۡعَلُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ﴿٢٧﴾
Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit soʻz ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur.
أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ بَدَّلُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ كُفۡرࣰا وَ أَحَلُّواْ قَوۡمَهُمۡ دَارَ ٱلۡبَوَارِ﴿٢٨﴾
Allohning neʼmatini kufrga almashtirgan va qavmlarini halokat diyoriga tushirganlarni koʻrmadingmi?
جَهَنَّمَ يَصۡلَوۡنَهَا ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡقَرَارُ﴿٢٩﴾
Jahannamga kirurlar. Bu qandoq ham yomon qarorgoh!
وَ جَعَلُواْ لِلَّهِ أَندَادࣰا لِّيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِهِۦ ۗ قُلۡ تَمَتَّعُواْ فَإِنَّ مَصِيرَكُمۡ إِلَى ٱلنَّارِ﴿٣٠﴾
Ular Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlar qildilar. Sen ularga: «Huzurlanib qoling! Bas, albatta, boradigan joyingiz doʻzaxdir», deb ayt!
قُل لِّعِبَادِيَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُنفِقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ سِرࣰّا وَ عَلَانِيَةࣰ مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ يَوۡمࣱ لَّا بَيۡعࣱ فِيهِ وَ لَا خِلَٰلٌ﴿٣١﴾
Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni toʻla-toʻkis ado etsinlar. Savdo-sotiq, ogʻaynigarchilik yoʻq boʻlgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَأَخۡرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزۡقࣰا لَّكُمۡ ۖ وَ سَخَّرَ لَكُمُ ٱلۡفُلۡكَ لِتَجۡرِيَ فِي ٱلۡبَحۡرِ بِأَمۡرِهِۦ ۖ وَ سَخَّرَ لَكُمُ ٱلۡأَنۡهَٰرَ﴿٣٢﴾
Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan, Oʻz amri ila dengizda suzmogʻi uchun kemalarni sizga boʻysundirgan va anhorlarni sizga boʻysundirgan Zotdir.
وَ سَخَّرَ لَكُمُ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ دَآئِبَيۡنِ ۖ وَ سَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ﴿٣٣﴾
U sizga doimiy harakatdagi quyosh va oyni ham, shuningdek, kecha ila kunduzni ham xizmatchi qilib qoʻydi.
وَ ءَاتَىٰكُم مِّن كُلِّ مَا سَأَلۡتُمُوهُ ۚ وَ إِن تَعُدُّواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ لَا تُحۡصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَظَلُومࣱ كَفَّارࣱ﴿٣٤﴾
Va U sizga barcha soʻragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmassizlar. Albatta, inson oʻta zolim va oʻta noshukrdir.
وَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِيمُ رَبِّ ٱجۡعَلۡ هَٰذَا ٱلۡبَلَدَ ءَامِنࣰا وَ ٱجۡنُبۡنِي وَ بَنِيَّ أَن نَّعۡبُدَ ٱلۡأَصۡنَامَ﴿٣٥﴾
Esla, Ibrohim shunday demishdi: «Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin.
رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضۡلَلۡنَ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ فَمَن تَبِعَنِي فَإِنَّهُۥ مِنِّي ۖ وَ مَنۡ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٣٦﴾
Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan koʻpini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy boʻlsa, albatta, Oʻzing magʻfirat qilguvchi va rahimlisan.
رَّبَّنَآ إِنِّيٓ أَسۡكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيۡرِ ذِي زَرۡعٍ عِندَ بَيۡتِكَ ٱلۡمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱجۡعَلۡ أَفۡـِٔدَةࣰ مِّنَ ٱلنَّاسِ تَهۡوِيٓ إِلَيۡهِمۡ وَ ٱرۡزُقۡهُم مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمۡ يَشۡكُرُونَ﴿٣٧﴾
Ey Robbimiz, haqiqatda men oʻz zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni toʻkis ado etishlari uchun. Bas, Oʻzing odamlardan baʼzilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar.
رَبَّنَآ إِنَّكَ تَعۡلَمُ مَا نُخۡفِي وَ مَا نُعۡلِنُ ۗ وَ مَا يَخۡفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِن شَيۡءࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَا فِي ٱلسَّمَآءِ﴿٣٨﴾
Ey Robbimiz, albatta, Sening Oʻzing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas.
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي وَهَبَ لِي عَلَى ٱلۡكِبَرِ إِسۡمَٰعِيلَ وَ إِسۡحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبِّي لَسَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ﴿٣٩﴾
Keksalik paytimda menga Ismoil va Isʼhoqni ato qilgan Allohga hamd boʻlsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir.
رَبِّ ٱجۡعَلۡنِي مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَ مِن ذُرِّيَّتِي ۚ رَبَّنَا وَ تَقَبَّلۡ دُعَآءِ﴿٤٠﴾
Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni toʻkis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.
رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لِي وَ لِوَٰلِدَيَّ وَ لِلۡمُؤۡمِنِينَ يَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡحِسَابُ﴿٤١﴾
Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va moʻminlarni hisob qilinadigan kuni magʻfirat aylagin».
وَ لَا تَحۡسَبَنَّ ٱللَّهَ غَٰفِلًا عَمَّا يَعۡمَلُ ٱلظَّٰلِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمۡ لِيَوۡمࣲ تَشۡخَصُ فِيهِ ٱلۡأَبۡصَٰرُ﴿٤٢﴾
Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma. Faqatgina, ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadir, xolos.
مُهۡطِعِينَ مُقۡنِعِي رُءُوسِهِمۡ لَا يَرۡتَدُّ إِلَيۡهِمۡ طَرۡفُهُمۡ ۖ وَ أَفۡـِٔدَتُهُمۡ هَوَآءࣱ﴿٤٣﴾
Ular boshlarini koʻtargan holda yugururlar. Koʻzlari oʻzlariga qaytmas. Koʻngillari esa, boʻm-boʻsh boʻlur.
وَ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ يَوۡمَ يَأۡتِيهِمُ ٱلۡعَذَابُ فَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ رَبَّنَآ أَخِّرۡنَآ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ قَرِيبࣲ نُّجِبۡ دَعۡوَتَكَ وَ نَتَّبِعِ ٱلرُّسُلَ ۗ أَوَلَمۡ تَكُونُوٓاْ أَقۡسَمۡتُم مِّن قَبۡلُ مَا لَكُم مِّن زَوَالࣲ﴿٤٤﴾
Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir. Oʻshanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qoʻyib turgin, Sening daʼvatingni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz», derlar. Bundan oldin sizlarga zavol yoʻqligiga qasam ichmagan edingizmi?!
وَ سَكَنتُمۡ فِي مَسَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَ تَبَيَّنَ لَكُمۡ كَيۡفَ فَعَلۡنَا بِهِمۡ وَ ضَرَبۡنَا لَكُمُ ٱلۡأَمۡثَالَ﴿٤٥﴾
Va oʻziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi? Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan boʻlmadimi? Sizga misollar keltirmadikmi?
وَ قَدۡ مَكَرُواْ مَكۡرَهُمۡ وَ عِندَ ٱللَّهِ مَكۡرُهُمۡ وَ إِن كَانَ مَكۡرُهُمۡ لِتَزُولَ مِنۡهُ ٱلۡجِبَالُ﴿٤٦﴾
Darhaqiqat, ular oʻz makrlarini qildilar. Holbuki, ularning makrlari, garchi makrlaridan togʻlar zavolga uchraydigan boʻlsa ham, Allohning huzuridadir.
فَلَا تَحۡسَبَنَّ ٱللَّهَ مُخۡلِفَ وَعۡدِهِۦ رُسُلَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزࣱ ذُو ٱنتِقَامࣲ﴿٤٧﴾
Sen, Alloh Paygʻambarlariga bergan vaʼdasiga xilof qiluvchi deb, gumon qilma. Albatta, Alloh Aziyz va intiqom egasidir.
يَوۡمَ تُبَدَّلُ ٱلۡأَرۡضُ غَيۡرَ ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱلسَّمَٰوَٰتُ ۖ وَ بَرَزُواْ لِلَّهِ ٱلۡوَٰحِدِ ٱلۡقَهَّارِ﴿٤٨﴾
Bu, yer boshqa yerga va osmonlar ham (boshqa osmonlarga) almashtiriladigan va u(odam)lar yolgʻizu qahhor Alloh huzurida paydo boʻlishadigan Kunda boʻladir.
وَ تَرَى ٱلۡمُجۡرِمِينَ يَوۡمَئِذࣲ مُّقَرَّنِينَ فِي ٱلۡأَصۡفَادِ﴿٤٩﴾
Va u kunda jinoyatchilarni kishanlar ila toʻplangan hollarida koʻrasan.
سَرَابِيلُهُم مِّن قَطِرَانࣲ وَ تَغۡشَىٰ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ﴿٥٠﴾
Ularning kiyimlari qora moydan boʻlib, yuzlarini olov qoplagandir.
لِيَجۡزِيَ ٱللَّهُ كُلَّ نَفۡسࣲ مَّا كَسَبَتۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿٥١﴾
Alloh har bir jonga qilgan kasbiga yarasha jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob qilguvchidir.
هَٰذَا بَلَٰغࣱ لِّلنَّاسِ وَ لِيُنذَرُواْ بِهِۦ وَ لِيَعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا هُوَ إِلَٰهࣱ وَٰحِدࣱ وَ لِيَذَّكَّرَ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٥٢﴾
Bu (Qurʼon) odamlar uchun, ularning u ila ogohlantirilishlari, U yagona iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslashlari uchun bayonotdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Ibrohim. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ibrohim payg‘ambar.
Mazmuni: Sura payg‘ambarlarning odamlarni zulmatdan nurga chiqarish vazifasini ko‘rsatadi. Muso alayhissalomning qavmi, Ibrohim alayhissalomning duosi va shukr mavzusi orqali ne’matning qadri, kufrning xavfi va Allohga bog‘lanishning kuchi yoritiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.