Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Raʼd surasi

سورة الرعد

Raʼd surasi

Momaqaldiroq · Раъд сураси

13-sura43 oyatMadaniy13-pora

Raʼd surasi — Qurʼoni Karimning 13-surasi. U 43 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Momaqaldiroq» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 13:1Mushafda oʻqish ↗

    الٓمٓر ۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ۗ وَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ ٱلۡحَقُّ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿١﴾

    Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.

  2. 13:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِي رَفَعَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيۡرِ عَمَدࣲ تَرَوۡنَهَا ۖ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِ ۖ وَ سَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ كُلࣱّ يَجۡرِي لِأَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۚ يُدَبِّرُ ٱلۡأَمۡرَ يُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّكُم بِلِقَآءِ رَبِّكُمۡ تُوقِنُونَ﴿٢﴾

    Alloh siz koʻrib turgan osmonni ustunsiz koʻtargan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni Oʻziga boʻysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot boʻlishga ishonch hosil qilsangiz.

  3. 13:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي مَدَّ ٱلۡأَرۡضَ وَ جَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِيَ وَ أَنۡهَٰرࣰا ۖ وَ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ جَعَلَ فِيهَا زَوۡجَيۡنِ ٱثۡنَيۡنِ ۖ يُغۡشِي ٱلَّيۡلَ ٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿٣﴾

    U yerni choʻzib, unda baland togʻlar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga oʻratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  4. 13:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي ٱلۡأَرۡضِ قِطَعࣱ مُّتَجَٰوِرَٰتࣱ وَ جَنَّٰتࣱ مِّنۡ أَعۡنَٰبࣲ وَ زَرۡعࣱ وَ نَخِيلࣱ صِنۡوَانࣱ وَ غَيۡرُ صِنۡوَانࣲ يُسۡقَىٰ بِمَآءࣲ وَٰحِدࣲ وَ نُفَضِّلُ بَعۡضَهَا عَلَىٰ بَعۡضࣲ فِي ٱلۡأُكُلِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٤﴾

    Va yer yuzida qoʻshni boʻlaklar bor. Shuningdek, uzumlar, bogʻlar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar boʻlib, bir xil suv ila sugʻoriladilar va ularning baʼzilarining mevasini baʼzilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  5. 13:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن تَعۡجَبۡ فَعَجَبࣱ قَوۡلُهُمۡ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا أَءِنَّا لَفِي خَلۡقࣲ جَدِيدٍ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمۡ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلۡأَغۡلَٰلُ فِيٓ أَعۡنَاقِهِمۡ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٥﴾

    Agar ajablanadigan boʻlsang, ularning: «Agar biz tuproq boʻlib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana oʻshalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana oʻshalar boʻyinlari kishanlarda boʻladiganlardir. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  6. 13:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَسۡتَعۡجِلُونَكَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبۡلَ ٱلۡحَسَنَةِ وَ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِمُ ٱلۡمَثُلَٰتُ ۗ وَ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغۡفِرَةࣲ لِّلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلۡمِهِمۡ ۖ وَ إِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٦﴾

    Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar oʻtmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun magʻfiratlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir.

  7. 13:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ ءَايَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۗ إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرࣱ ۖ وَ لِكُلِّ قَوۡمٍ هَادٍ﴿٧﴾

    Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir moʻʼjiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir.

  8. 13:8Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا تَحۡمِلُ كُلُّ أُنثَىٰ وَ مَا تَغِيضُ ٱلۡأَرۡحَامُ وَ مَا تَزۡدَادُ ۚ وَ كُلُّ شَيۡءٍ عِندَهُۥ بِمِقۡدَارٍ﴿٨﴾

    Alloh har bir urgʻochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida oʻlchovlidir.

  9. 13:9Mushafda oʻqish ↗

    عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ ٱلۡكَبِيرُ ٱلۡمُتَعَالِ﴿٩﴾

    U zot gʻoyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir.

  10. 13:10Mushafda oʻqish ↗

    سَوَآءࣱ مِّنكُم مَّنۡ أَسَرَّ ٱلۡقَوۡلَ وَ مَن جَهَرَ بِهِۦ وَ مَنۡ هُوَ مُسۡتَخۡفِۭ بِٱلَّيۡلِ وَ سَارِبُۢ بِٱلنَّهَارِ﴿١٠﴾

    Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi boʻlsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi boʻlsa — bari bir.

  11. 13:11Mushafda oʻqish ↗

    لَهُۥ مُعَقِّبَٰتࣱ مِّنۢ بَيۡنِ يَدَيۡهِ وَ مِنۡ خَلۡفِهِۦ يَحۡفَظُونَهُۥ مِنۡ أَمۡرِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوۡمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمۡ ۗ وَ إِذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِقَوۡمࣲ سُوٓءࣰا فَلَا مَرَدَّ لَهُۥ ۚ وَ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَالٍ﴿١١﴾

    Uning oldida ham, ortida ham taʼqib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini oʻzgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib boʻlmaydi va ular uchun undan oʻzga valiy ham yoʻq.

  12. 13:12Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُرِيكُمُ ٱلۡبَرۡقَ خَوۡفࣰا وَ طَمَعࣰا وَ يُنشِئُ ٱلسَّحَابَ ٱلثِّقَالَ﴿١٢﴾

    U sizlarga chaqmoqni xavf va tamaʼ qilib koʻrsatur va ogʻir bulutlarni paydo qilur.

  13. 13:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُسَبِّحُ ٱلرَّعۡدُ بِحَمۡدِهِۦ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ مِنۡ خِيفَتِهِۦ وَ يُرۡسِلُ ٱلصَّوَٰعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَن يَشَآءُ وَ هُمۡ يُجَٰدِلُونَ فِي ٱللَّهِ وَ هُوَ شَدِيدُ ٱلۡمِحَالِ﴿١٣﴾

    Va momaqaldiroq Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham Undan qoʻrqqanlaridan (hamdu tasbih ayturlar). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan Zotdir.

  14. 13:14Mushafda oʻqish ↗

    لَهُۥ دَعۡوَةُ ٱلۡحَقِّ ۚ وَ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسۡتَجِيبُونَ لَهُم بِشَيۡءٍ إِلَّا كَبَٰسِطِ كَفَّيۡهِ إِلَى ٱلۡمَآءِ لِيَبۡلُغَ فَاهُ وَ مَا هُوَ بِبَٰلِغِهِۦ ۚ وَ مَا دُعَآءُ ٱلۡكَٰفِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَٰلࣲ﴿١٤﴾

    Haq daʼvati Unikidir. Undan oʻzgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv ogʻziga yetishini kutgan odamga oʻxsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan oʻzga hech narsa emasdir.

  15. 13:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِلَّهِۤ يَسۡجُدُۤ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ طَوۡعࣰا وَ كَرۡهࣰا وَ ظِلَٰلُهُم بِٱلۡغُدُوِّ وَ ٱلۡأٓصَالِ ۩﴿١٥﴾

    Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar.

  16. 13:16Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ قُلِ ٱللَّهُ ۚ قُلۡ أَفَٱتَّخَذۡتُم مِّن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ لَا يَمۡلِكُونَ لِأَنفُسِهِمۡ نَفۡعࣰا وَ لَا ضَرࣰّا ۚ قُلۡ هَلۡ يَسۡتَوِي ٱلۡأَعۡمَىٰ وَ ٱلۡبَصِيرُ أَمۡ هَلۡ تَسۡتَوِي ٱلظُّلُمَٰتُ وَ ٱلنُّورُ ۗ أَمۡ جَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ خَلَقُواْ كَخَلۡقِهِۦ فَتَشَٰبَهَ ٱلۡخَلۡقُ عَلَيۡهِمۡ ۚ قُلِ ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَيۡءࣲ وَ هُوَ ٱلۡوَٰحِدُ ٱلۡقَهَّٰرُ﴿١٦﴾

    Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «Oʻzingizga Undan oʻzga, oʻzlariga foyda yoki zararga ega boʻlmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Koʻzi koʻr bilan koʻruvchi barobar boʻlurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar boʻlurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga oʻxshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga oʻxshash koʻrinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin.

  17. 13:17Mushafda oʻqish ↗

    أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَسَالَتۡ أَوۡدِيَةُۢ بِقَدَرِهَا فَٱحۡتَمَلَ ٱلسَّيۡلُ زَبَدࣰا رَّابِيࣰا ۖ وَ مِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيۡهِ فِي ٱلنَّارِ ٱبۡتِغَآءَ حِلۡيَةٍ أَوۡ مَتَٰعࣲ زَبَدࣱ مِّثۡلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ يَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡحَقَّ وَ ٱلۡبَٰطِلَ ۚ فَأَمَّا ٱلزَّبَدُ فَيَذۡهَبُ جُفَآءࣰ ۖ وَ أَمَّا مَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ فَيَمۡكُثُ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ كَذَٰلِكَ يَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡأَمۡثَالَ﴿١٧﴾

    U osmondan suv tushirdi. Soʻngra vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqdi. Bas, sel oʻz ustiga chiqqan koʻpikni koʻtarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida oʻtda toblanadigan narsalarda ham shunga oʻxshash koʻpik boʻlur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur.

  18. 13:18Mushafda oʻqish ↗

    لِلَّذِينَ ٱسۡتَجَابُواْ لِرَبِّهِمُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ وَ ٱلَّذِينَ لَمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَهُۥ لَوۡ أَنَّ لَهُم مَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا وَ مِثۡلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفۡتَدَوۡاْ بِهِۦٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ سُوٓءُ ٱلۡحِسَابِ وَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ﴿١٨﴾

    Robbilariga ijobat etganlarga goʻzallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega boʻlsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana oʻshalarga yomon hisob boʻlur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.

  19. 13:19Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَن يَعۡلَمُ أَنَّمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَ ٱلۡحَقُّ كَمَنۡ هُوَ أَعۡمَىٰٓ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿١٩﴾

    Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa koʻr odamga oʻxsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.

  20. 13:20Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهۡدِ ٱللَّهِ وَ لَا يَنقُضُونَ ٱلۡمِيثَٰقَ﴿٢٠﴾

    Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir.

  21. 13:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُمۡ وَ يَخَافُونَ سُوٓءَ ٱلۡحِسَابِ﴿٢١﴾

    Ular Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsani bogʻlarlar, Robbilaridan choʻchirlar va yomon hisobdan qoʻrqarlar.

  22. 13:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ ٱبۡتِغَآءَ وَجۡهِ رَبِّهِمۡ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ أَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ سِرࣰّا وَ عَلَانِيَةࣰ وَ يَدۡرَءُونَ بِٱلۡحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عُقۡبَى ٱلدَّارِ﴿٢٢﴾

    Ular Robbilari yuzini koʻzlab, sabr qilarlar. Namozni toʻkis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana oʻshalarga oqibat diyori bordir.

  23. 13:23Mushafda oʻqish ↗

    جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ يَدۡخُلُونَهَا وَ مَن صَلَحَ مِنۡ ءَابَآئِهِمۡ وَ أَزۡوَٰجِهِمۡ وَ ذُرِّيَّٰتِهِمۡ ۖ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَدۡخُلُونَ عَلَيۡهِم مِّن كُلِّ بَابࣲ﴿٢٣﴾

    Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih boʻlganlari kirarlar. Soʻngra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:

  24. 13:24Mushafda oʻqish ↗

    سَلَٰمٌ عَلَيۡكُم بِمَا صَبَرۡتُمۡ ۚ فَنِعۡمَ عُقۡبَى ٱلدَّارِ﴿٢٤﴾

    «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom boʻlsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar).

  25. 13:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهۡدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ مِيثَٰقِهِۦ وَ يَقۡطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَ يُفۡسِدُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱللَّعۡنَةُ وَ لَهُمۡ سُوٓءُ ٱلدَّارِ﴿٢٥﴾

    Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarga, ana oʻshalarga laʼnat va ularga yomon diyor bor.

  26. 13:26Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ ۚ وَ فَرِحُواْ بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ مَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا مَتَٰعࣱ﴿٢٦﴾

    Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod boʻldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.

  27. 13:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوۡلَآ أُنزِلَ عَلَيۡهِ ءَايَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلۡ إِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِيٓ إِلَيۡهِ مَنۡ أَنَابَ﴿٢٧﴾

    Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir moʻʼjiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va oʻziga yoʻnalganlarini hidoyat qilur», deb ayt.

  28. 13:28Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ تَطۡمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكۡرِ ٱللَّهِ ۗ أَلَا بِذِكۡرِ ٱللَّهِ تَطۡمَئِنُّ ٱلۡقُلُوبُ﴿٢٨﴾

    Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?

  29. 13:29Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ طُوبَىٰ لَهُمۡ وَ حُسۡنُ مَـَٔابࣲ﴿٢٩﴾

    Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va goʻzal maskan bor.

  30. 13:30Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ أَرۡسَلۡنَٰكَ فِيٓ أُمَّةࣲ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهَآ أُمَمࣱ لِّتَتۡلُوَاْ عَلَيۡهِمُ ٱلَّذِيٓ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ وَ هُمۡ يَكۡفُرُونَ بِٱلرَّحۡمَٰنِ ۚ قُلۡ هُوَ رَبِّي لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ وَ إِلَيۡهِ مَتَابِ﴿٣٠﴾

    Shunday qilib, seni oʻzlaridan oldin ham ummatlar oʻtgan bir ummatga ularga oʻzingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Uning Oʻzigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning Oʻzigadir», deb ayt.

  31. 13:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّ قُرۡءَانࣰا سُيِّرَتۡ بِهِ ٱلۡجِبَالُ أَوۡ قُطِّعَتۡ بِهِ ٱلۡأَرۡضُ أَوۡ كُلِّمَ بِهِ ٱلۡمَوۡتَىٰ ۗ بَل لِّلَّهِ ٱلۡأَمۡرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمۡ يَاْيۡـَٔسِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن لَّوۡ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَهَدَى ٱلنَّاسَ جَمِيعࣰا ۗ وَ لَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ تُصِيبُهُم بِمَا صَنَعُواْ قَارِعَةٌ أَوۡ تَحُلُّ قَرِيبࣰا مِّن دَارِهِمۡ حَتَّىٰ يَأۡتِيَ وَعۡدُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخۡلِفُ ٱلۡمِيعَادَ﴿٣١﴾

    Agar Qurʼon ila togʻlar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki oʻliklar tilga kiritiladigan boʻlganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning vaʼdasi kelguncha, oʻz ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas.

  32. 13:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدِ ٱسۡتُهۡزِئَ بِرُسُلࣲ مِّن قَبۡلِكَ فَأَمۡلَيۡتُ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ ثُمَّ أَخَذۡتُهُمۡ ۖ فَكَيۡفَ كَانَ عِقَابِ﴿٣٢﴾

    Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. Soʻngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq boʻlgan edi?!

  33. 13:33Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَنۡ هُوَ قَآئِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفۡسِۭ بِمَا كَسَبَتۡ ۗ وَ جَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ قُلۡ سَمُّوهُمۡ ۚ أَمۡ تُنَبِّـُٔونَهُۥ بِمَا لَا يَعۡلَمُ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَم بِظَٰهِرࣲ مِّنَ ٱلۡقَوۡلِ ۗ بَلۡ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ مَكۡرُهُمۡ وَ صُدُّواْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنۡ هَادࣲ﴿٣٣﴾

    Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yoʻq, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab koʻrsatildi va ular yoʻldan toʻsdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas.

  34. 13:34Mushafda oʻqish ↗

    لَّهُمۡ عَذَابࣱ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ لَعَذَابُ ٱلۡأٓخِرَةِ أَشَقُّ ۖ وَ مَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقࣲ﴿٣٤﴾

    Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi boʻlmas.

  35. 13:35Mushafda oʻqish ↗

    مَّثَلُ ٱلۡجَنَّةِ ٱلَّتِي وُعِدَ ٱلۡمُتَّقُونَ ۖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ أُكُلُهَا دَآئِمࣱ وَ ظِلُّهَا ۚ تِلۡكَ عُقۡبَى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ ۚ وَّ عُقۡبَى ٱلۡكَٰفِرِينَ ٱلنَّارُ﴿٣٥﴾

    Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, doʻzaxdir.

  36. 13:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَفۡرَحُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ ۖ وَ مِنَ ٱلۡأَحۡزَابِ مَن يُنكِرُ بَعۡضَهُۥ ۚ قُلۡ إِنَّمَآ أُمِرۡتُ أَنۡ أَعۡبُدَ ٱللَّهَ وَ لَآ أُشۡرِكَ بِهِۦٓ ۚ إِلَيۡهِ أَدۡعُواْ وَ إِلَيۡهِ مَـَٔابِ﴿٣٦﴾

    Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand boʻlurlar. Guruhlar ichida uning baʼzisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina daʼvat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.

  37. 13:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ أَنزَلۡنَٰهُ حُكۡمًا عَرَبِيࣰّا ۚ وَ لَئِنِ ٱتَّبَعۡتَ أَهۡوَآءَهُم بَعۡدَ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا وَاقࣲ﴿٣٧﴾

    Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen oʻzingga kelgan ilmdan soʻng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir doʻst va na bir saqlovchi boʻlmas.

  38. 13:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا رُسُلࣰا مِّن قَبۡلِكَ وَ جَعَلۡنَا لَهُمۡ أَزۡوَٰجࣰا وَ ذُرِّيَّةࣰ ۚ وَ مَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأۡتِيَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلࣲ كِتَابࣱ﴿٣٨﴾

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Paygʻambar Allohning iznisiz oyat-moʻʼjiza keltirgan emas. Har bir ajalning oʻz kitobi bordir.

  39. 13:39Mushafda oʻqish ↗

    يَمۡحُواْ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ وَ يُثۡبِتُ ۖ وَ عِندَهُۥٓ أُمُّ ٱلۡكِتَٰبِ﴿٣٩﴾

    Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir.

  40. 13:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعۡضَ ٱلَّذِي نَعِدُهُمۡ أَوۡ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيۡكَ ٱلۡبَلَٰغُ وَ عَلَيۡنَا ٱلۡحِسَابُ﴿٤٠﴾

    Ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini senga koʻrsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.

  41. 13:41Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا نَأۡتِي ٱلۡأَرۡضَ نَنقُصُهَا مِنۡ أَطۡرَافِهَا ۚ وَ ٱللَّهُ يَحۡكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكۡمِهِۦ ۚ وَ هُوَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿٤١﴾

    Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni koʻrmaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini taʼqib qilguvchi yoʻqdir. U hisobi tez Zotdir.

  42. 13:42Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَدۡ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ فَلِلَّهِ ٱلۡمَكۡرُ جَمِيعࣰا ۖ يَعۡلَمُ مَا تَكۡسِبُ كُلُّ نَفۡسࣲ ۗ وَ سَيَعۡلَمُ ٱلۡكُفَّٰرُ لِمَنۡ عُقۡبَى ٱلدَّارِ﴿٤٢﴾

    Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga boʻlishini bilajaklar.

  43. 13:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَسۡتَ مُرۡسَلࣰا ۚ قُلۡ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدَۢا بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ وَ مَنۡ عِندَهُۥ عِلۡمُ ٱلۡكِتَٰبِ﴿٤٣﴾

    Kufr keltirganlar: «Paygʻambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Ra’d. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — momaqaldiroq.

Mazmuni: Sura tabiatdagi belgilar va inson hayotidagi hodisalar orqali Allohning qudratini eslatadi. Haq va botilning farqi, qalbning zikr bilan xotirjam bo‘lishi, payg‘ambarga qarshi chiqishning oqibati va yaxshi amalning barqaror mevasi ta’kidlanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraYusuf surasiKeyingi sura →Ibrohim surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026