Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Muʼminun surasi

سورة المؤمنون

Muʼminun surasi

Mo‘minlar · Муъминун сураси

23-sura118 oyatMakkiy18-pora

Muʼminun surasi — Qurʼoni Karimning 23-surasi. U 118 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Mo‘minlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 23:1Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ أَفۡلَحَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١﴾

    Batahqiq, moʻminlar najot topdilar.

  2. 23:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ هُمۡ فِي صَلَاتِهِمۡ خَٰشِعُونَ﴿٢﴾

    Ular namozlarida xushuʼ qiluvchilardir.

  3. 23:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ عَنِ ٱللَّغۡوِ مُعۡرِضُونَ﴿٣﴾

    Ular behuda narsalardan yuz oʻgirguvchilardir.

  4. 23:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ لِلزَّكَوٰةِ فَٰعِلُونَ﴿٤﴾

    Ular zakotni ado qilguvchilardir.

  5. 23:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ لِفُرُوجِهِمۡ حَٰفِظُونَ﴿٥﴾

    Ular farjlarini saqlovchilardir.

  6. 23:6Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا عَلَىٰٓ أَزۡوَٰجِهِمۡ أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُمۡ فَإِنَّهُمۡ غَيۡرُ مَلُومِينَ﴿٦﴾

    Magar oʻz jufti halollari va qoʻllarida mulk boʻlganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.

  7. 23:7Mushafda oʻqish ↗

    فَمَنِ ٱبۡتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡعَادُونَ﴿٧﴾

    Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana oʻshalar tajovuzkorlardir.

  8. 23:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ لِأَمَٰنَٰتِهِمۡ وَ عَهۡدِهِمۡ رَٰعُونَ﴿٨﴾

    Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.

  9. 23:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُمۡ عَلَىٰ صَلَوَٰتِهِمۡ يُحَافِظُونَ﴿٩﴾

    Ular namozlarini muhofaza qilguvchilardir.

  10. 23:10Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡوَٰرِثُونَ﴿١٠﴾

    Ana oʻshalar voris boʻlguvchilardir.

  11. 23:11Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلۡفِرۡدَوۡسَ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿١١﴾

    Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.

  12. 23:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ مِن سُلَٰلَةࣲ مِّن طِينࣲ﴿١٢﴾

    Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik.

  13. 23:13Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ جَعَلۡنَٰهُ نُطۡفَةࣰ فِي قَرَارࣲ مَّكِينࣲ﴿١٣﴾

    Soʻngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik.

  14. 23:14Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ خَلَقۡنَا ٱلنُّطۡفَةَ عَلَقَةࣰ فَخَلَقۡنَا ٱلۡعَلَقَةَ مُضۡغَةࣰ فَخَلَقۡنَا ٱلۡمُضۡغَةَ عِظَٰمࣰا فَكَسَوۡنَا ٱلۡعِظَٰمَ لَحۡمࣰا ثُمَّ أَنشَأۡنَٰهُ خَلۡقًا ءَاخَرَ ۚ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ أَحۡسَنُ ٱلۡخَٰلِقِينَ﴿١٤﴾

    Soʻngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan goʻsht yaratdik, chaynalgan parcha goʻshtdan suyak yaratdik, bas, suyakka goʻsht qopladik, soʻngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.

  15. 23:15Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنَّكُم بَعۡدَ ذَٰلِكَ لَمَيِّتُونَ﴿١٥﴾

    Soʻngra, albatta, sizlar bundan keyin oʻlguvchilardirsiz.

  16. 23:16Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنَّكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ تُبۡعَثُونَ﴿١٦﴾

    Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.

  17. 23:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَا فَوۡقَكُمۡ سَبۡعَ طَرَآئِقَ وَ مَا كُنَّا عَنِ ٱلۡخَلۡقِ غَٰفِلِينَ﴿١٧﴾

    Batahqiq, Biz ustingizda yetti yoʻlni yaratdik. Biz maxluqotdan gʻofil boʻlgan emasmiz.

  18. 23:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءَۢ بِقَدَرࣲ فَأَسۡكَنَّٰهُ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ إِنَّا عَلَىٰ ذَهَابِۭ بِهِۦ لَقَٰدِرُونَ﴿١٨﴾

    Biz osmondan oʻlchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.

  19. 23:19Mushafda oʻqish ↗

    فَأَنشَأۡنَا لَكُم بِهِۦ جَنَّٰتࣲ مِّن نَّخِيلࣲ وَ أَعۡنَٰبࣲ لَّكُمۡ فِيهَا فَوَٰكِهُ كَثِيرَةࣱ وَ مِنۡهَا تَأۡكُلُونَ﴿١٩﴾

    Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum bogʻlari paydo qildik, sizga u(bogʻ)larda koʻp mevalar boʻlib, ulardan yersizlar.

  20. 23:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ شَجَرَةࣰ تَخۡرُجُ مِن طُورِ سَيۡنَآءَ تَنۢبُتُ بِٱلدُّهۡنِ وَ صِبۡغࣲ لِّلۡأٓكِلِينَ﴿٢٠﴾

    Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yogʻ va yeguvchilarga nonxurish ila oʻsur.

  21. 23:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ لَكُمۡ فِي ٱلۡأَنۡعَٰمِ لَعِبۡرَةࣰ ۖ نُّسۡقِيكُم مِّمَّا فِي بُطُونِهَا وَ لَكُمۡ فِيهَا مَنَٰفِعُ كَثِيرَةࣱ وَ مِنۡهَا تَأۡكُلُونَ﴿٢١﴾

    Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sugʻorurmiz va siz uchun ularda koʻpgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.

  22. 23:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ عَلَيۡهَا وَ عَلَى ٱلۡفُلۡكِ تُحۡمَلُونَ﴿٢٢﴾

    Va ularga va kemalarga yuklanursiz.

  23. 23:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوۡمِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ﴿٢٣﴾

    Batahqiq, Biz Nuhni qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan oʻzga hech bir iloh yoʻqdir. Nahotki qoʻrqmasangiz?!» dedi.

  24. 23:24Mushafda oʻqish ↗

    فَقَالَ ٱلۡمَلَؤُاْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوۡمِهِۦ مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُكُمۡ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيۡكُمۡ وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَٰٓئِكَةࣰ مَّا سَمِعۡنَا بِهَٰذَا فِيٓ ءَابَآئِنَا ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٢٤﴾

    Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga oʻxshash bashar, xolos, sizdan afzal boʻlib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.

  25. 23:25Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هُوَ إِلَّا رَجُلُۢ بِهِۦ جِنَّةࣱ فَتَرَبَّصُواْ بِهِۦ حَتَّىٰ حِينࣲ﴿٢٥﴾

    U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.

  26. 23:26Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرۡنِي بِمَا كَذَّبُونِ﴿٢٦﴾

    U: «Ey Robbim, meni yolgʻonchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.

  27. 23:27Mushafda oʻqish ↗

    فَأَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡهِ أَنِ ٱصۡنَعِ ٱلۡفُلۡكَ بِأَعۡيُنِنَا وَ وَحۡيِنَا فَإِذَا جَآءَ أَمۡرُنَا وَ فَارَ ٱلتَّنُّورُ فَٱسۡلُكۡ فِيهَا مِن كُلࣲّ زَوۡجَيۡنِ ٱثۡنَيۡنِ وَ أَهۡلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيۡهِ ٱلۡقَوۡلُ مِنۡهُمۡ ۖ وَ لَا تُخَٰطِبۡنِي فِي ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِنَّهُم مُّغۡرَقُونَ﴿٢٧﴾

    Bas, Biz unga: «Bizning koʻz oʻngimizda va vahiyimiz ila kema yasa. Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora boʻlganda, u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar, magar kimning ziddiga oldin soʻzimiz oʻtgan boʻlsa (chiqarma). Zulm qilganlar haqida Menga xitob qilma. Albatta, ular gʻarq qilinguvchilardir.

  28. 23:28Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا ٱسۡتَوَيۡتَ أَنتَ وَ مَن مَّعَكَ عَلَى ٱلۡفُلۡكِ فَقُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي نَجَّىٰنَا مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٢٨﴾

    Bas, sen oʻzing bilan birga boʻlganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar boʻlsin», degin.

  29. 23:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُل رَّبِّ أَنزِلۡنِي مُنزَلࣰا مُّبَارَكࣰا وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلۡمُنزِلِينَ﴿٢٩﴾

    Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen Oʻzing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik.

  30. 23:30Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ وَ إِن كُنَّا لَمُبۡتَلِينَ﴿٣٠﴾

    Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi boʻlgan edik.

  31. 23:31Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَنشَأۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِمۡ قَرۡنًا ءَاخَرِينَ﴿٣١﴾

    Soʻngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.

  32. 23:32Mushafda oʻqish ↗

    فَأَرۡسَلۡنَا فِيهِمۡ رَسُولࣰا مِّنۡهُمۡ أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ﴿٣٢﴾

    Bas, ularning ichiga oʻzlaridan boʻlgan Paygʻambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan oʻzga iloh yoʻqdir, nahotki, qoʻrqmasangiz», deb yubordik.

  33. 23:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلۡمَلَأُ مِن قَوۡمِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ أَتۡرَفۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرࣱ مِّثۡلُكُمۡ يَأۡكُلُ مِمَّا تَأۡكُلُونَ مِنۡهُ وَ يَشۡرَبُ مِمَّا تَشۡرَبُونَ﴿٣٣﴾

    Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga roʻbaroʻ boʻlishini yolgʻonga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qoʻygan zodagonlari: «Bu, sizga oʻxshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.

  34. 23:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِنۡ أَطَعۡتُم بَشَرࣰا مِّثۡلَكُمۡ إِنَّكُمۡ إِذࣰا لَّخَٰسِرُونَ﴿٣٤﴾

    Agar oʻzingizga oʻxshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.

  35. 23:35Mushafda oʻqish ↗

    أَيَعِدُكُمۡ أَنَّكُمۡ إِذَا مِتُّمۡ وَ كُنتُمۡ تُرَابࣰا وَ عِظَٰمًا أَنَّكُم مُّخۡرَجُونَ﴿٣٥﴾

    U sizga, oʻlsangiz, tuproq va suyak boʻlsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi boʻlishingizni vaʼda qilmoqdami?!

  36. 23:36Mushafda oʻqish ↗

    هَيۡهَاتَ هَيۡهَاتَ لِمَا تُوعَدُونَ﴿٣٦﴾

    Hayhot! Hayhot! Sizga vaʼda qilingan narsa naqadar uzoq!

  37. 23:37Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنۡيَا نَمُوتُ وَ نَحۡيَا وَ مَا نَحۡنُ بِمَبۡعُوثِينَ﴿٣٧﴾

    Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻqdir. Oʻlamiz, tirilamiz va biz qayta tirilguvchi emasmiz.

  38. 23:38Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا وَ مَا نَحۡنُ لَهُۥ بِمُؤۡمِنِينَ﴿٣٨﴾

    U faqat Allohga nisbatan yolgʻon uydirgan odam, xolos. Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.

  39. 23:39Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرۡنِي بِمَا كَذَّبُونِ﴿٣٩﴾

    U: «Ey Robbim, meni yolgʻonchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.

  40. 23:40Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ عَمَّا قَلِيلࣲ لَّيُصۡبِحُنَّ نَٰدِمِينَ﴿٤٠﴾

    U zot: «Ozginadan soʻng ular nadomat chekuvchi boʻlurlar», dedi.

  41. 23:41Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلصَّيۡحَةُ بِٱلۡحَقِّ فَجَعَلۡنَٰهُمۡ غُثَآءࣰ ۚ فَبُعۡدࣰا لِّلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤١﴾

    Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu choʻpga aylantirdik. Dafʼ boʻlsin zolim qavmlar!

  42. 23:42Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَنشَأۡنَا مِنۢ بَعۡدِهِمۡ قُرُونًا ءَاخَرِينَ﴿٤٢﴾

    Soʻngra ulardan keyin boshqa asr avlodlarini paydo qildik.

  43. 23:43Mushafda oʻqish ↗

    مَا تَسۡبِقُ مِنۡ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَ مَا يَسۡتَـٔۡخِرُونَ﴿٤٣﴾

    Hech bir ummat oʻz ajalidan oldin ham ketmas, ortda ham qolmas.

  44. 23:44Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَرۡسَلۡنَا رُسُلَنَا تَتۡرَا ۖ كُلَّ مَا جَآءَ أُمَّةࣰ رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۖ فَأَتۡبَعۡنَا بَعۡضَهُم بَعۡضࣰا وَ جَعَلۡنَٰهُمۡ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعۡدࣰا لِّقَوۡمࣲ لَّا يُؤۡمِنُونَ﴿٤٤﴾

    Soʻngra Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga oʻz Paygʻambari kelsa, uni yolgʻonchi qildilar. Bas, Biz ham ularni baʼzilari ortidan baʼzilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu soʻzga aylantirdik. Bas, dafʼ boʻlsin iymon keltirmaydigan qavmlar!

  45. 23:45Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ وَ أَخَاهُ هَٰرُونَ بِـَٔايَٰتِنَا وَ سُلۡطَٰنࣲ مُّبِينٍ﴿٤٥﴾

    Soʻngra Biz Muso va birodari Horunni oyatlarimiz va ochiq hujjat ila.

  46. 23:46Mushafda oʻqish ↗

    إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦ فَٱسۡتَكۡبَرُواْ وَ كَانُواْ قَوۡمًا عَالِينَ﴿٤٦﴾

    Firʼavn va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va oʻzini yuqori qoʻygan qavm boʻldilar.

  47. 23:47Mushafda oʻqish ↗

    فَقَالُوٓاْ أَنُؤۡمِنُ لِبَشَرَيۡنِ مِثۡلِنَا وَ قَوۡمُهُمَا لَنَا عَٰبِدُونَ﴿٤٧﴾

    Bas, ular: «Oʻzimizga oʻxshagan ikki basharga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizga qullik qilguvchi boʻlib turibdi-ku?!» dedilar.

  48. 23:48Mushafda oʻqish ↗

    فَكَذَّبُوهُمَا فَكَانُواْ مِنَ ٱلۡمُهۡلَكِينَ﴿٤٨﴾

    Bas, ikkovlarini yolgʻonchi qildilar va halok qilinganlardan boʻldilar.

  49. 23:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡكِتَٰبَ لَعَلَّهُمۡ يَهۡتَدُونَ﴿٤٩﴾

    Batahqiq, Biz, shoyadki, hidoyat topsalar deb, Musoga Kitobni bergan edik.

  50. 23:50Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا ٱبۡنَ مَرۡيَمَ وَ أُمَّهُۥٓ ءَايَةࣰ وَ ءَاوَيۡنَٰهُمَآ إِلَىٰ رَبۡوَةࣲ ذَاتِ قَرَارࣲ وَ مَعِينࣲ﴿٥٠﴾

    Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik.

  51. 23:51Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلرُّسُلُ كُلُواْ مِنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَ ٱعۡمَلُواْ صَٰلِحًا ۖ إِنِّي بِمَا تَعۡمَلُونَ عَلِيمࣱ﴿٥١﴾

    Ey Paygʻambarlar! Pok narsalardan yenglar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchiman.

  52. 23:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمۡ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ وَ أَنَا۠ رَبُّكُمۡ فَٱتَّقُونِ﴿٥٢﴾

    Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling.

  53. 23:53Mushafda oʻqish ↗

    فَتَقَطَّعُوٓاْ أَمۡرَهُم بَيۡنَهُمۡ زُبُرࣰا ۖ كُلُّ حِزۡبِۭ بِمَا لَدَيۡهِمۡ فَرِحُونَ﴿٥٣﴾

    Bas, ular ishlarini oʻz oralarida pora-pora qilib boʻlib yubordilar. Har firqa oʻz huzurlaridagi narsa ila xursanddirlar.

  54. 23:54Mushafda oʻqish ↗

    فَذَرۡهُمۡ فِي غَمۡرَتِهِمۡ حَتَّىٰ حِينٍ﴿٥٤﴾

    Bas, sen ularni gʻaflatlarida bir muddat qoʻyib qoʻy.

  55. 23:55Mushafda oʻqish ↗

    أَيَحۡسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِۦ مِن مَّالࣲ وَ بَنِينَ﴿٥٥﴾

    Ular Bizning oʻzlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.

  56. 23:56Mushafda oʻqish ↗

    نُسَارِعُ لَهُمۡ فِي ٱلۡخَيۡرَٰتِ ۚ بَل لَّا يَشۡعُرُونَ﴿٥٦﴾

    Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yoʻq! Ular sezmaslar.

  57. 23:57Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ هُم مِّنۡ خَشۡيَةِ رَبِّهِم مُّشۡفِقُونَ﴿٥٧﴾

    Albatta, Robbilaridan qoʻrqib xavfda turuvchilar.

  58. 23:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ يُؤۡمِنُونَ﴿٥٨﴾

    Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.

  59. 23:59Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمۡ لَا يُشۡرِكُونَ﴿٥٩﴾

    Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.

  60. 23:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يُؤۡتُونَ مَآ ءَاتَواْ وَّ قُلُوبُهُمۡ وَجِلَةٌ أَنَّهُمۡ إِلَىٰ رَبِّهِمۡ رَٰجِعُونَ﴿٦٠﴾

    Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.

  61. 23:61Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ يُسَٰرِعُونَ فِي ٱلۡخَيۡرَٰتِ وَ هُمۡ لَهَا سَٰبِقُونَ﴿٦١﴾

    Ana oʻshalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular oʻsha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.

  62. 23:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا نُكَلِّفُ نَفۡسًا إِلَّا وُسۡعَهَا ۚ وَ لَدَيۡنَا كِتَٰبࣱ يَنطِقُ بِٱلۡحَقِّ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٦٢﴾

    Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni soʻzlaydir. Ularga zulm qilinmas.

  63. 23:63Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ قُلُوبُهُمۡ فِي غَمۡرَةࣲ مِّنۡ هَٰذَا وَ لَهُمۡ أَعۡمَٰلࣱ مِّن دُونِ ذَٰلِكَ هُمۡ لَهَا عَٰمِلُونَ﴿٦٣﴾

    Yoʻq! Ularning qalblari bundan gʻaflatdadir. Ularning bundan boshqa amallari bordir. Ular oʻshalarni qilguvchilardir.

  64. 23:64Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذۡنَا مُتۡرَفِيهِم بِٱلۡعَذَابِ إِذَا هُمۡ يَجۡـَٔرُونَ﴿٦٤﴾

    Toki ularning maishatparastlarini azob ila tutganimizda, birdan faryod solurlar.

  65. 23:65Mushafda oʻqish ↗

    لَا تَجۡـَٔرُواْ ٱلۡيَوۡمَ ۖ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ﴿٦٥﴾

    «Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.

  66. 23:66Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ كَانَتۡ ءَايَٰتِي تُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ فَكُنتُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَٰبِكُمۡ تَنكِصُونَ﴿٦٦﴾

    Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.

  67. 23:67Mushafda oʻqish ↗

    مُسۡتَكۡبِرِينَ بِهِۦ سَٰمِرࣰا تَهۡجُرُونَ﴿٦٧﴾

    U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda soʻzlar aytar edingiz», deymiz.

  68. 23:68Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَمۡ يَدَّبَّرُواْ ٱلۡقَوۡلَ أَمۡ جَآءَهُم مَّا لَمۡ يَأۡتِ ءَابَآءَهُمُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٦٨﴾

    Nahotki ular bu soʻzni tadabbur qilib koʻrmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?

  69. 23:69Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ لَمۡ يَعۡرِفُواْ رَسُولَهُمۡ فَهُمۡ لَهُۥ مُنكِرُونَ﴿٦٩﴾

    Yoki oʻz Paygʻambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi boʻlmoqdalarmi?

  70. 23:70Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَقُولُونَ بِهِۦ جِنَّةُۢ ۚ بَلۡ جَآءَهُم بِٱلۡحَقِّ وَ أَكۡثَرُهُمۡ لِلۡحَقِّ كَٰرِهُونَ﴿٧٠﴾

    Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yoʻq! U ularga haq ila keldi. Ularning koʻplari esa, haqni yomon koʻrguvchidirlar.

  71. 23:71Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوِ ٱتَّبَعَ ٱلۡحَقُّ أَهۡوَآءَهُمۡ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَ ٱلۡأَرۡضُ وَ مَن فِيهِنَّ ۚ بَلۡ أَتَيۡنَٰهُم بِذِكۡرِهِمۡ فَهُمۡ عَن ذِكۡرِهِم مُّعۡرِضُونَ﴿٧١﴾

    Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yoʻq! Biz ularga oʻz sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz oʻgirmoqdalar.

  72. 23:72Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ تَسۡـَٔلُهُمۡ خَرۡجࣰا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيۡرࣱ ۖ وَ هُوَ خَيۡرُ ٱلرَّٰزِقِينَ﴿٧٢﴾

    Yoki sen ulardan xaroj soʻrayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.

  73. 23:73Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّكَ لَتَدۡعُوهُمۡ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٧٣﴾

    Albatta, sen ularni toʻgʻri yoʻlga chaqirasan.

  74. 23:74Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ عَنِ ٱلصِّرَٰطِ لَنَٰكِبُونَ﴿٧٤﴾

    Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yoʻldan ozguvchidirlar.

  75. 23:75Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ رَحِمۡنَٰهُمۡ وَ كَشَفۡنَا مَا بِهِم مِّن ضُرࣲّ لَّلَجُّواْ فِي طُغۡيَٰنِهِمۡ يَعۡمَهُونَ﴿٧٥﴾

    Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tugʻyonlarida bardavom boʻlib, adashib-uloqib yuraveradilar.

  76. 23:76Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَخَذۡنَٰهُم بِٱلۡعَذَابِ فَمَا ٱسۡتَكَانُواْ لِرَبِّهِمۡ وَ مَا يَتَضَرَّعُونَ﴿٧٦﴾

    Batahqiq, Biz ularni azob ila tutdik, bas, ular Robbilariga boʻyin ham egmadilar, tazarruʼ ham qilmadilar.

  77. 23:77Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا فَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَابࣰا ذَا عَذَابࣲ شَدِيدٍ إِذَا هُمۡ فِيهِ مُبۡلِسُونَ﴿٧٧﴾

    Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, toʻsatdan noumid boʻlguvchilardir.

  78. 23:78Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنشَأَ لَكُمُ ٱلسَّمۡعَ وَ ٱلۡأَبۡصَٰرَ وَ ٱلۡأَفۡـِٔدَةَ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَشۡكُرُونَ﴿٧٨﴾

    U zot sizga quloqni, koʻzlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!

  79. 23:79Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي ذَرَأَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴿٧٩﴾

    U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina toʻplanursizlar.

  80. 23:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ وَ لَهُ ٱخۡتِلَٰفُ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿٨٠﴾

    U zot tiriltirur va oʻldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?

  81. 23:81Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ قَالُواْ مِثۡلَ مَا قَالَ ٱلۡأَوَّلُونَ﴿٨١﴾

    Yoʻq! Ular avvalgilar aytgan narsaga oʻxshash narsani aytdilar.

  82. 23:82Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَءِذَا مِتۡنَا وَ كُنَّا تُرَابࣰا وَ عِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبۡعُوثُونَ﴿٨٢﴾

    Ular: «Biz oʻlib, tuproq va suyak boʻlganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?

  83. 23:83Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ وُعِدۡنَا نَحۡنُ وَ ءَابَآؤُنَا هَٰذَا مِن قَبۡلُ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٨٣﴾

    Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu vaʼda qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.

  84. 23:84Mushafda oʻqish ↗

    قُل لِّمَنِ ٱلۡأَرۡضُ وَ مَن فِيهَآ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٨٤﴾

    Sen: «Agar bilsangiz, yer va undagi kimsalar kimnikidir?» deb ayt.

  85. 23:85Mushafda oʻqish ↗

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلۡ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿٨٥﴾

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki eslatma olmasangiz?!» degin.

  86. 23:86Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلسَّبۡعِ وَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٨٦﴾

    Sen: «Etti osmonning Robbi kim? Ulugʻ arshning Robbi kim?» deb ayt.

  87. 23:87Mushafda oʻqish ↗

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلۡ أَفَلَا تَتَّقُونَ﴿٨٧﴾

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qoʻrqmasangiz?!» deb ayt.

  88. 23:88Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَنۢ بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيۡءࣲ وَ هُوَ يُجِيرُ وَ لَا يُجَارُ عَلَيۡهِ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٨٨﴾

    Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qoʻlida boʻlgan, Oʻzi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt.

  89. 23:89Mushafda oʻqish ↗

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلۡ فَأَنَّىٰ تُسۡحَرُونَ﴿٨٩﴾

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt.

  90. 23:90Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ أَتَيۡنَٰهُم بِٱلۡحَقِّ وَ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿٩٠﴾

    Yoʻq! Biz ularga haqni keltirdik. Ular esa yolgʻonchilardir.

  91. 23:91Mushafda oʻqish ↗

    مَا ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ مِن وَلَدࣲ وَ مَا كَانَ مَعَهُۥ مِنۡ إِلَٰهٍ ۚ إِذࣰا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَٰهِۭ بِمَا خَلَقَ وَ لَعَلَا بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ ۚ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ﴿٩١﴾

    Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh boʻlmagan. Shundoq boʻlganida, har bir iloh oʻzi yaratgan narsasi bilan ketib, baʼzilari baʼzilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok boʻldi.

  92. 23:92Mushafda oʻqish ↗

    عَٰلِمِ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ فَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٩٢﴾

    U zot gʻaybni va hozirni bilguvchidir. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan oliydir.

  93. 23:93Mushafda oʻqish ↗

    قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّي مَا يُوعَدُونَ﴿٩٣﴾

    Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga vaʼda qilingan narsani koʻrsatadigan boʻlsang...

  94. 23:94Mushafda oʻqish ↗

    رَبِّ فَلَا تَجۡعَلۡنِي فِي ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٩٤﴾

    Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.

  95. 23:95Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّا عَلَىٰٓ أَن نُّرِيَكَ مَا نَعِدُهُمۡ لَقَٰدِرُونَ﴿٩٥﴾

    Albatta, Biz ularga vaʼda qilayotgan narsamizni senga koʻrsatishga qodirmiz.

  96. 23:96Mushafda oʻqish ↗

    ٱدۡفَعۡ بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ ٱلسَّيِّئَةَ ۚ نَحۡنُ أَعۡلَمُ بِمَا يَصِفُونَ﴿٩٦﴾

    Sen esa, yomonlikni goʻzal narsa ila dafʼ qil. Biz nima vasf qilayotganlarini yaxshi bilguvchimiz.

  97. 23:97Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنۡ هَمَزَٰتِ ٱلشَّيَٰطِينِ﴿٩٧﴾

    Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh soʻrayman!

  98. 23:98Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحۡضُرُونِ﴿٩٨﴾

    Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir boʻlishlaridan panoh soʻrayman», deb ayt.

  99. 23:99Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَهُمُ ٱلۡمَوۡتُ قَالَ رَبِّ ٱرۡجِعُونِ﴿٩٩﴾

    Toki ulardan biriga oʻlim kelgan chogʻda: «Ey Robbim, meni qaytargin.

  100. 23:100Mushafda oʻqish ↗

    لَعَلِّيٓ أَعۡمَلُ صَٰلِحࣰا فِيمَا تَرَكۡتُ ۚ كَلَّآ ۚ إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَآئِلُهَا ۖ وَ مِن وَرَآئِهِم بَرۡزَخٌ إِلَىٰ يَوۡمِ يُبۡعَثُونَ﴿١٠٠﴾

    Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yoʻq! Albatta, bu (quruq) soʻz boʻlib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha toʻsiq bordir.

  101. 23:101Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَئِذࣲ وَ لَا يَتَسَآءَلُونَ﴿١٠١﴾

    Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.

  102. 23:102Mushafda oʻqish ↗

    فَمَن ثَقُلَتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿١٠٢﴾

    Kimning mezonlari ogʻir kelsa, bas, ana oʻshalar oʻzlari najot topguvchilardir.

  103. 23:103Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَنۡ خَفَّتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فِي جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ﴿١٠٣﴾

    Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana oʻshalar oʻzlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi boʻlibdilar.

  104. 23:104Mushafda oʻqish ↗

    تَلۡفَحُ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ وَ هُمۡ فِيهَا كَٰلِحُونَ﴿١٠٤﴾

    Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda badbashara holda boʻlurlar.

  105. 23:105Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَكُنۡ ءَايَٰتِي تُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ فَكُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ﴿١٠٥﴾

    Sizlarga oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, siz ularni yolgʻonga chiqargan emasmidingiz?!

  106. 23:106Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ رَبَّنَا غَلَبَتۡ عَلَيۡنَا شِقۡوَتُنَا وَ كُنَّا قَوۡمࣰا ضَآلِّينَ﴿١٠٦﴾

    Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz oʻzimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm boʻlgan ekanmiz.

  107. 23:107Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡهَا فَإِنۡ عُدۡنَا فَإِنَّا ظَٰلِمُونَ﴿١٠٧﴾

    Ey Robbimiz, bizni bundan chiqargin, agar yana (eski holimizga) qaytsak, bas, albatta, zolimlardan boʻlurmiz», derlar.

  108. 23:108Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱخۡسَـُٔواْ فِيهَا وَ لَا تُكَلِّمُونِ﴿١٠٨﴾

    U zot: «U(er)da xor boʻlib qolavering va Menga gapirmang!

  109. 23:109Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ كَانَ فَرِيقࣱ مِّنۡ عِبَادِي يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغۡفِرۡ لَنَا وَ ٱرۡحَمۡنَا وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿١٠٩﴾

    Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni magʻfirat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar.

  110. 23:110Mushafda oʻqish ↗

    فَٱتَّخَذۡتُمُوهُمۡ سِخۡرِيًّا حَتَّىٰٓ أَنسَوۡكُمۡ ذِكۡرِي وَ كُنتُم مِّنۡهُمۡ تَضۡحَكُونَ﴿١١٠﴾

    Bas, siz ularni masxara qildingiz. Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi. Siz ulardan kular edingiz.

  111. 23:111Mushafda oʻqish ↗

    إِنِّي جَزَيۡتُهُمُ ٱلۡيَوۡمَ بِمَا صَبَرُوٓاْ أَنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡفَآئِزُونَ﴿١١١﴾

    Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular oʻzlari yutuqqa erishguvchilardir.

  112. 23:112Mushafda oʻqish ↗

    قَٰلَ كَمۡ لَبِثۡتُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ عَدَدَ سِنِينَ﴿١١٢﴾

    U zot: «Er yuzida necha adad yil qoldingiz?» dedi.

  113. 23:113Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ لَبِثۡنَا يَوۡمًا أَوۡ بَعۡضَ يَوۡمࣲ فَسۡـَٔلِ ٱلۡعَآدِّينَ﴿١١٣﴾

    Ular: «Bir kun yoki kunning baʼzisicha qoldik. Hisoblovchilardan soʻra», dedilar.

  114. 23:114Mushafda oʻqish ↗

    قَٰلَ إِن لَّبِثۡتُمۡ إِلَّا قَلِيلࣰا ۖ لَّوۡ أَنَّكُمۡ كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿١١٤﴾

    U zot: «Agar bilsangiz, juda oz qoldingiz, xolos», dedi.

  115. 23:115Mushafda oʻqish ↗

    أَفَحَسِبۡتُمۡ أَنَّمَا خَلَقۡنَٰكُمۡ عَبَثࣰا وَ أَنَّكُمۡ إِلَيۡنَا لَا تُرۡجَعُونَ﴿١١٥﴾

    Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda boʻlgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?!

  116. 23:116Mushafda oʻqish ↗

    فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلۡمَلِكُ ٱلۡحَقُّ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡكَرِيمِ﴿١١٦﴾

    Bas, haq podshoh Alloh yuksakdir. Hech bir iloh yoʻq. Magar U — karamli arshning Robbi bor.

  117. 23:117Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَدۡعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ لَا بُرۡهَٰنَ لَهُۥ بِهِۦ فَإِنَّمَا حِسَابُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفۡلِحُ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿١١٧﴾

    Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yoʻqdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar.

  118. 23:118Mushafda oʻqish ↗

    وَ قُل رَّبِّ ٱغۡفِرۡ وَ ٱرۡحَمۡ وَ أَنتَ خَيۡرُ ٱلرَّٰحِمِينَ﴿١١٨﴾

    Sen: «Ey Robbim, magʻfirat qil, rahim qil. Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Mu’minun. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — mo‘minlar.

Mazmuni: Sura haqiqiy mo‘minlarning sifatlarini namoz, behuda ishlardan uzoqlik, zakot, iffаt, omonat va ahdga vafo kabi amallar orqali tasvirlaydi. Insonning yaratilishi, Nuh alayhissalom qissasi va qiyomat manzaralari bilan bu sifatlarning hayotiy ahamiyati ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraHaj surasiKeyingi sura →Nur surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026