سورة الصافات
Soffot surasi
Saf tortganlar · Соффот сураси
Soffot surasi — Qurʼoni Karimning 37-surasi. U 182 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Saf tortganlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلصَّٰٓفَّٰتِ صَفࣰّا﴿١﴾
Safda tizilib turuvchilar ila qasam.
فَٱلزَّٰجِرَٰتِ زَجۡرࣰا﴿٢﴾
Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.
فَٱلتَّٰلِيَٰتِ ذِكۡرًا﴿٣﴾
Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam.
إِنَّ إِلَٰهَكُمۡ لَوَٰحِدࣱ﴿٤﴾
Albatta, ilohingiz yagonadir.
رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا وَ رَبُّ ٱلۡمَشَٰرِقِ﴿٥﴾
U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.
إِنَّا زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنۡيَا بِزِينَةٍ ٱلۡكَوَاكِبِ﴿٦﴾
Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik.
وَ حِفۡظࣰا مِّن كُلِّ شَيۡطَٰنࣲ مَّارِدࣲ﴿٧﴾
Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun.
لَّا يَسَّمَّعُونَ إِلَى ٱلۡمَلَإِ ٱلۡأَعۡلَىٰ وَ يُقۡذَفُونَ مِن كُلِّ جَانِبࣲ﴿٨﴾
Ular yuksak toʻpliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar.
دُحُورࣰا ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابࣱ وَاصِبٌ﴿٩﴾
Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir.
إِلَّا مَنۡ خَطِفَ ٱلۡخَطۡفَةَ فَأَتۡبَعَهُۥ شِهَابࣱ ثَاقِبࣱ﴿١٠﴾
Magar birorta soʻzni oʻgʻrilikcha tinglagan shaxs boʻlsa, uni yoquvchi olov taʼqib etar.
فَٱسۡتَفۡتِهِمۡ أَهُمۡ أَشَدُّ خَلۡقًا أَم مَّنۡ خَلَقۡنَآ ۚ إِنَّا خَلَقۡنَٰهُم مِّن طِينࣲ لَّازِبِۭ﴿١١﴾
Bas, sen ulardan soʻra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik.
بَلۡ عَجِبۡتَ وَ يَسۡخَرُونَ﴿١٢﴾
Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.
وَ إِذَا ذُكِّرُواْ لَا يَذۡكُرُونَ﴿١٣﴾
Qachonki eslatilsalar, eslamaslar.
وَ إِذَا رَأَوۡاْ ءَايَةࣰ يَسۡتَسۡخِرُونَ﴿١٤﴾
Qachonki biror oyat(belgi)ni koʻrsalar, qattiqroq masxara qilurlar.
وَ قَالُوٓاْ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ مُّبِينٌ﴿١٥﴾
Ular: «Bu (Qurʼon) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.
أَءِذَا مِتۡنَا وَ كُنَّا تُرَابࣰا وَ عِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبۡعُوثُونَ﴿١٦﴾
Oʻlsak-da, tuproq va suyak boʻlsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلۡأَوَّلُونَ﴿١٧﴾
Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar.
قُلۡ نَعَمۡ وَ أَنتُمۡ دَٰخِرُونَ﴿١٨﴾
Sen: «Ha! Xor boʻlgan hollaringizda!» degin.
فَإِنَّمَا هِيَ زَجۡرَةࣱ وَٰحِدَةࣱ فَإِذَا هُمۡ يَنظُرُونَ﴿١٩﴾
Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da!
وَ قَالُواْ يَٰوَيۡلَنَا هَٰذَا يَوۡمُ ٱلدِّينِ﴿٢٠﴾
Va ular: «Voh, shoʻrimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar.
هَٰذَا يَوۡمُ ٱلۡفَصۡلِ ٱلَّذِي كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ﴿٢١﴾
«Bu, sizlar yolgʻonga chiqarib yurgan ajrim kunidir.
ٱحۡشُرُواْ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ وَ أَزۡوَٰجَهُمۡ وَ مَا كَانُواْ يَعۡبُدُونَ﴿٢٢﴾
Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan...
مِن دُونِ ٱللَّهِ فَٱهۡدُوهُمۡ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلۡجَحِيمِ﴿٢٣﴾
Allohdan oʻzga narsalarini toʻplanglar. Bas, ularni jahiym yoʻliga hidoyat qiling» (deyilur).
وَ قِفُوهُمۡ ۖ إِنَّهُم مَّسۡـُٔولُونَ﴿٢٤﴾
Va ularni toʻxtatinglar! Albatta, ular soʻralguvchidirlar.
مَا لَكُمۡ لَا تَنَاصَرُونَ﴿٢٥﴾
Sizlarga nima boʻldi? Oʻzaro yordamlashmayapsiz?!
بَلۡ هُمُ ٱلۡيَوۡمَ مُسۡتَسۡلِمُونَ﴿٢٦﴾
Yoʻq! Ular bugungi kunda taslim boʻlguvchilardir.
وَ أَقۡبَلَ بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ يَتَسَآءَلُونَ﴿٢٧﴾
Ular bir-birlariga savol berurlar.
قَالُوٓاْ إِنَّكُمۡ كُنتُمۡ تَأۡتُونَنَا عَنِ ٱلۡيَمِينِ﴿٢٨﴾
Ular: «Albatta, sizlar bizga oʻng tomondan kelar edingiz», derlar.
قَالُواْ بَل لَّمۡ تَكُونُواْ مُؤۡمِنِينَ﴿٢٩﴾
Ular: «Yoʻq! Siz oʻzingiz moʻmin boʻlmagan edingiz.
وَ مَا كَانَ لَنَا عَلَيۡكُم مِّن سُلۡطَٰنِۭ ۖ بَلۡ كُنتُمۡ قَوۡمࣰا طَٰغِينَ﴿٣٠﴾
Bizning ustingizdan hukmronligimiz boʻlmagan edi. Yoʻq! Siz oʻzingiz tugʻyonga ketgan qavm edingiz.
فَحَقَّ عَلَيۡنَا قَوۡلُ رَبِّنَآ ۖ إِنَّا لَذَآئِقُونَ﴿٣١﴾
Bas, hammamizga Robbimizning (azob) soʻzi haq boʻldi. Albatta, biz totguvchilarmiz.
فَأَغۡوَيۡنَٰكُمۡ إِنَّا كُنَّا غَٰوِينَ﴿٣٢﴾
Ha, biz sizlarni igʻvo qildik. Albatta, biz igʻvo qilguvchi edik», derlar.
فَإِنَّهُمۡ يَوۡمَئِذࣲ فِي ٱلۡعَذَابِ مُشۡتَرِكُونَ﴿٣٣﴾
Bas, ular u kunda azobda sherik boʻlguvchilardir.
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَفۡعَلُ بِٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٣٤﴾
Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz.
إِنَّهُمۡ كَانُوٓاْ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ يَسۡتَكۡبِرُونَ﴿٣٥﴾
Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.
وَ يَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُوٓاْ ءَالِهَتِنَا لِشَاعِرࣲ مَّجۡنُونِۭ﴿٣٦﴾
«Axir, biz bir jinni shoirni deb oʻz xudolarimizni tark qilguvchi boʻlaylikmi?!» – der edilar.
بَلۡ جَآءَ بِٱلۡحَقِّ وَ صَدَّقَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿٣٧﴾
Yoʻq! U haqni keltirdi va Paygʻambarlarni tasdiq qildi.
إِنَّكُمۡ لَذَآئِقُواْ ٱلۡعَذَابِ ٱلۡأَلِيمِ﴿٣٨﴾
Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz.
وَ مَا تُجۡزَوۡنَ إِلَّا مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٣٩﴾
Qilib oʻtgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz.
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿٤٠﴾
Magar Allohning ixlosli bandalariga....
أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ رِزۡقࣱ مَّعۡلُومࣱ﴿٤١﴾
Ana oʻshalarga, oʻzlariga maʼlum rizq bordir.
فَوَٰكِهُ وَ هُم مُّكۡرَمُونَ﴿٤٢﴾
Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...
فِي جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ﴿٤٣﴾
Naʼiym jannatlarida...
عَلَىٰ سُرُرࣲ مُّتَقَٰبِلِينَ﴿٤٤﴾
Soʻrilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida boʻlurlar.
يُطَافُ عَلَيۡهِم بِكَأۡسࣲ مِّن مَّعِينِۭ﴿٤٥﴾
Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur.
بَيۡضَآءَ لَذَّةࣲ لِّلشَّٰرِبِينَ﴿٤٦﴾
U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir.
لَا فِيهَا غَوۡلࣱ وَ لَا هُمۡ عَنۡهَا يُنزَفُونَ﴿٤٧﴾
Unda hech bir zarar yoʻqdir va undan sarxush ham boʻlmaslar.
وَ عِندَهُمۡ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرۡفِ عِينࣱ﴿٤٨﴾
Oldilarida koʻzlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo koʻzlilar bordir.
كَأَنَّهُنَّ بَيۡضࣱ مَّكۡنُونࣱ﴿٤٩﴾
Ular xuddi asrab qoʻyilgan tuxumga oʻxsharlar.
فَأَقۡبَلَ بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ يَتَسَآءَلُونَ﴿٥٠﴾
Bas, ular bir-birlaridan soʻray boshlarlar.
قَالَ قَآئِلࣱ مِّنۡهُمۡ إِنِّي كَانَ لِي قَرِينࣱ﴿٥١﴾
Ichlaridan bir soʻzlovchi: «Aniqki, mening bir doʻstim bor edi.
يَقُولُ أَءِنَّكَ لَمِنَ ٱلۡمُصَدِّقِينَ﴿٥٢﴾
U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?!
أَءِذَا مِتۡنَا وَ كُنَّا تُرَابࣰا وَ عِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَدِينُونَ﴿٥٣﴾
Oʻlib, tuproq va suyaklar boʻlib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan boʻlurmizmi?!» – der edi.
قَالَ هَلۡ أَنتُم مُّطَّلِعُونَ﴿٥٤﴾
Sizlar ham qarayapsizlarmi?» – dedi.
فَٱطَّلَعَ فَرَءَاهُ فِي سَوَآءِ ٱلۡجَحِيمِ﴿٥٥﴾
Bas, oʻzi qarab, uni doʻzaxning oʻrtasida koʻrdi.
قَالَ تَٱللَّهِ إِن كِدتَّ لَتُرۡدِينِ﴿٥٦﴾
U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.
وَ لَوۡلَا نِعۡمَةُ رَبِّي لَكُنتُ مِنَ ٱلۡمُحۡضَرِينَ﴿٥٧﴾
Agar Robbimning neʼmati boʻlmaganida, men ham (doʻzaxga) hozir qilinganlardan boʻlur edim», dedi.
أَفَمَا نَحۡنُ بِمَيِّتِينَ﴿٥٨﴾
«Biz oʻlguvchi emas ekanmizmi?!
إِلَّا مَوۡتَتَنَا ٱلۡأُولَىٰ وَ مَا نَحۡنُ بِمُعَذَّبِينَ﴿٥٩﴾
Faqat birinchi oʻlimimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?!
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٦٠﴾
Albatta, bu ayni ulugʻ yutuqdir.
لِمِثۡلِ هَٰذَا فَلۡيَعۡمَلِ ٱلۡعَٰمِلُونَ﴿٦١﴾
Bas, amal qilguvchilar mana shunga oʻxshash narsa uchun amal etsinlar».
أَذَٰلِكَ خَيۡرࣱ نُّزُلًا أَمۡ شَجَرَةُ ٱلزَّقُّومِ﴿٦٢﴾
Manzil oʻlaroq ana oʻsha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi?
إِنَّا جَعَلۡنَٰهَا فِتۡنَةࣰ لِّلظَّٰلِمِينَ﴿٦٣﴾
Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik.
إِنَّهَا شَجَرَةࣱ تَخۡرُجُ فِيٓ أَصۡلِ ٱلۡجَحِيمِ﴿٦٤﴾
Darhaqiqat, u bir daraxt boʻlib, doʻzax qaʼridan chiqur.
طَلۡعُهَا كَأَنَّهُۥ رُءُوسُ ٱلشَّيَٰطِينِ﴿٦٥﴾
Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshar.
فَإِنَّهُمۡ لَأٓكِلُونَ مِنۡهَا فَمَالِـُٔونَ مِنۡهَا ٱلۡبُطُونَ﴿٦٦﴾
Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni toʻldirguvchilardir.
ثُمَّ إِنَّ لَهُمۡ عَلَيۡهَا لَشَوۡبࣰا مِّنۡ حَمِيمࣲ﴿٦٧﴾
Soʻngra, buning ustiga, ular uchun oʻta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor.
ثُمَّ إِنَّ مَرۡجِعَهُمۡ لَإِلَى ٱلۡجَحِيمِ﴿٦٨﴾
Soʻngra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga boʻlur.
إِنَّهُمۡ أَلۡفَوۡاْ ءَابَآءَهُمۡ ضَآلِّينَ﴿٦٩﴾
Chunki, ular oʻz otalarini adashgan holda topdilar.
فَهُمۡ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمۡ يُهۡرَعُونَ﴿٧٠﴾
Endi esa, ular oʻshalarning izidan chopmoqdalar.
وَ لَقَدۡ ضَلَّ قَبۡلَهُمۡ أَكۡثَرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٧١﴾
Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning koʻplari adashganlar.
وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا فِيهِم مُّنذِرِينَ﴿٧٢﴾
Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik.
فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُنذَرِينَ﴿٧٣﴾
Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿٧٤﴾
Magar Allohning xalos qilgan bandalarigina (halokatga uchramadilar).
وَ لَقَدۡ نَادَىٰنَا نُوحࣱ فَلَنِعۡمَ ٱلۡمُجِيبُونَ﴿٧٥﴾
Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz.
وَ نَجَّيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥ مِنَ ٱلۡكَرۡبِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٧٦﴾
Biz unga va uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.
وَ جَعَلۡنَا ذُرِّيَّتَهُۥ هُمُ ٱلۡبَاقِينَ﴿٧٧﴾
Va uning zurriyotlarini, oʻzlarini boqiy qolguvchilar qildik.
وَ تَرَكۡنَا عَلَيۡهِ فِي ٱلۡأٓخِرِينَ﴿٧٨﴾
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
سَلَٰمٌ عَلَىٰ نُوحࣲ فِي ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٧٩﴾
Barcha olamlarda Nuhga salom boʻlsin!
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٨٠﴾
Albatta, Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
إِنَّهُۥ مِنۡ عِبَادِنَا ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٨١﴾
Albatta, u moʻmin bandalarimizdandir.
ثُمَّ أَغۡرَقۡنَا ٱلۡأٓخَرِينَ﴿٨٢﴾
Soʻngra, qolganlarni gʻarq qildik.
وَ إِنَّ مِن شِيعَتِهِۦ لَإِبۡرَٰهِيمَ﴿٨٣﴾
Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir.
إِذۡ جَآءَ رَبَّهُۥ بِقَلۡبࣲ سَلِيمٍ﴿٨٤﴾
Oʻshanda u oʻz Robbiga sogʻlom qalb ila kelmishdi.
إِذۡ قَالَ لِأَبِيهِ وَ قَوۡمِهِۦ مَاذَا تَعۡبُدُونَ﴿٨٥﴾
Oʻshanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!
أَئِفۡكًا ءَالِهَةࣰ دُونَ ٱللَّهِ تُرِيدُونَ﴿٨٦﴾
Allohdan oʻzga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!
فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٨٧﴾
Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi.
فَنَظَرَ نَظۡرَةࣰ فِي ٱلنُّجُومِ﴿٨٨﴾
Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi.
فَقَالَ إِنِّي سَقِيمࣱ﴿٨٩﴾
Va: «Albatta, men bemorman», dedi.
فَتَوَلَّوۡاْ عَنۡهُ مُدۡبِرِينَ﴿٩٠﴾
Darhol, undan yuz oʻgirib yurib ketdilar.
فَرَاغَ إِلَىٰٓ ءَالِهَتِهِمۡ فَقَالَ أَلَا تَأۡكُلُونَ﴿٩١﴾
Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!
مَا لَكُمۡ لَا تَنطِقُونَ﴿٩٢﴾
Sizga nima boʻldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi.
فَرَاغَ عَلَيۡهِمۡ ضَرۡبَۢا بِٱلۡيَمِينِ﴿٩٣﴾
Soʻng ularga yaqinlashib, oʻng qoʻl bilan ura boshladi.
فَأَقۡبَلُوٓاْ إِلَيۡهِ يَزِفُّونَ﴿٩٤﴾
U tomon shoshib, bir-birlarini turtib kelishdi.
قَالَ أَتَعۡبُدُونَ مَا تَنۡحِتُونَ﴿٩٥﴾
U: «Oʻzingiz yoʻnib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!» – dedi.
وَ ٱللَّهُ خَلَقَكُمۡ وَ مَا تَعۡمَلُونَ﴿٩٦﴾
Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!
قَالُواْ ٱبۡنُواْ لَهُۥ بُنۡيَٰنࣰا فَأَلۡقُوهُ فِي ٱلۡجَحِيمِ﴿٩٧﴾
Ular: «Uning uchun (oʻchoq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar.
فَأَرَادُواْ بِهِۦ كَيۡدࣰا فَجَعَلۡنَٰهُمُ ٱلۡأَسۡفَلِينَ﴿٩٨﴾
Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.
وَ قَالَ إِنِّي ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّي سَيَهۡدِينِ﴿٩٩﴾
U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.
رَبِّ هَبۡ لِي مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٠٠﴾
Robbim, menga solihlardan ato et», dedi.
فَبَشَّرۡنَٰهُ بِغُلَٰمٍ حَلِيمࣲ﴿١٠١﴾
Bas, Biz unga bir halim oʻgʻilning xushxabarini berdik.
فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ ٱلسَّعۡيَ قَالَ يَٰبُنَيَّ إِنِّيٓ أَرَىٰ فِي ٱلۡمَنَامِ أَنِّيٓ أَذۡبَحُكَ فَٱنظُرۡ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَٰٓأَبَتِ ٱفۡعَلۡ مَا تُؤۡمَرُ ۖ سَتَجِدُنِيٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰبِرِينَ﴿١٠٢﴾
Bas, qachonki (bola) uning oʻzi bilan birga yuradigan boʻlganida: «Ey oʻgʻilcham, men tushimda seni soʻyayotganimni koʻrmoqdaman, boqib koʻr, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.
فَلَمَّآ أَسۡلَمَا وَ تَلَّهُۥ لِلۡجَبِينِ﴿١٠٣﴾
Ikkovlari taslim boʻlib, uni peshonasicha yotqizganida.
وَ نَٰدَيۡنَٰهُ أَن يَٰٓإِبۡرَٰهِيمُ﴿١٠٤﴾
Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim!
قَدۡ صَدَّقۡتَ ٱلرُّءۡيَآ ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٠٥﴾
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz goʻzal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz».
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلۡبَلَٰٓؤُاْ ٱلۡمُبِينُ﴿١٠٦﴾
Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni oʻzidir.
وَ فَدَيۡنَٰهُ بِذِبۡحٍ عَظِيمࣲ﴿١٠٧﴾
Biz uning oʻrniga katta qurbonlik fido qildik.
وَ تَرَكۡنَا عَلَيۡهِ فِي ٱلۡأٓخِرِينَ﴿١٠٨﴾
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِبۡرَٰهِيمَ﴿١٠٩﴾
Ibrohimga salom boʻlsin!
كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١١٠﴾
Biz goʻzal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
إِنَّهُۥ مِنۡ عِبَادِنَا ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١١١﴾
Chunki, u moʻmin bandalarimizdandir.
وَ بَشَّرۡنَٰهُ بِإِسۡحَٰقَ نَبِيࣰّا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١١٢﴾
Yana, Biz unga solihlardan bir Paygʻambar boʻlajak Isʼhoqning xushxabarini berdik.
وَ بَٰرَكۡنَا عَلَيۡهِ وَ عَلَىٰٓ إِسۡحَٰقَ ۚ وَ مِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحۡسِنࣱ وَ ظَالِمࣱ لِّنَفۡسِهِۦ مُبِينࣱ﴿١١٣﴾
Va unga ham, Isʼhoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan goʻzal amal qilguvchi ham, oʻziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham boʻlur.
وَ لَقَدۡ مَنَنَّا عَلَىٰ مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ﴿١١٤﴾
Batahqiq, Biz Muso va Horunga neʼmat berdik.
وَ نَجَّيۡنَٰهُمَا وَ قَوۡمَهُمَا مِنَ ٱلۡكَرۡبِ ٱلۡعَظِيمِ﴿١١٥﴾
Ikkovlariga va qavmlariga katta gʻamdan najot berdik.
وَ نَصَرۡنَٰهُمۡ فَكَانُواْ هُمُ ٱلۡغَٰلِبِينَ﴿١١٦﴾
Va ularga nusrat berdik, bas, ular gʻolib boʻldilar.
وَ ءَاتَيۡنَٰهُمَا ٱلۡكِتَٰبَ ٱلۡمُسۡتَبِينَ﴿١١٧﴾
Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik.
وَ هَدَيۡنَٰهُمَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلۡمُسۡتَقِيمَ﴿١١٨﴾
Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
وَ تَرَكۡنَا عَلَيۡهِمَا فِي ٱلۡأٓخِرِينَ﴿١١٩﴾
Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik.
سَلَٰمٌ عَلَىٰ مُوسَىٰ وَ هَٰرُونَ﴿١٢٠﴾
Muso va Horunga salom boʻlsin!
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٢١﴾
Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
إِنَّهُمَا مِنۡ عِبَادِنَا ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٢٢﴾
Chunki, ikkovlari moʻmin bandalarimizdandirlar.
وَ إِنَّ إِلۡيَاسَ لَمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٢٣﴾
Albatta, Ilyos ham yuborilgan Paygʻambarlardandir.
إِذۡ قَالَ لِقَوۡمِهِۦٓ أَلَا تَتَّقُونَ﴿١٢٤﴾
Oʻshanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!
أَتَدۡعُونَ بَعۡلࣰا وَ تَذَرُونَ أَحۡسَنَ ٱلۡخَٰلِقِينَ﴿١٢٥﴾
Baʼlga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini...
ٱللَّهَ رَبَّكُمۡ وَ رَبَّ ءَابَآئِكُمُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٢٦﴾
Oʻz Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمۡ لَمُحۡضَرُونَ﴿١٢٧﴾
Bas, uni yolgʻonchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir.
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿١٢٨﴾
Magar Allohning muxlis bandalarigina (hozir qilinmaslar).
وَ تَرَكۡنَا عَلَيۡهِ فِي ٱلۡأٓخِرِينَ﴿١٢٩﴾
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِلۡ يَاسِينَ﴿١٣٠﴾
Ilyosiynga salom boʻlsin.
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٣١﴾
Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
إِنَّهُۥ مِنۡ عِبَادِنَا ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿١٣٢﴾
Chunki, u moʻmin bandalarimizdandir.
وَ إِنَّ لُوطࣰا لَّمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٣٣﴾
Albatta, Lut ham yuborilgan Paygʻambarlardandir.
إِذۡ نَجَّيۡنَٰهُ وَ أَهۡلَهُۥٓ أَجۡمَعِينَ﴿١٣٤﴾
Oʻshanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik.
إِلَّا عَجُوزࣰا فِي ٱلۡغَٰبِرِينَ﴿١٣٥﴾
Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan boʻldi.
ثُمَّ دَمَّرۡنَا ٱلۡأٓخَرِينَ﴿١٣٦﴾
Soʻngra qolganlarini halok etdik.
وَ إِنَّكُمۡ لَتَمُرُّونَ عَلَيۡهِم مُّصۡبِحِينَ﴿١٣٧﴾
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan oʻtib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
وَ بِٱلَّيۡلِ ۚ أَفَلَا تَعۡقِلُونَ﴿١٣٨﴾
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan oʻtib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
وَ إِنَّ يُونُسَ لَمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٣٩﴾
Albatta, Yunus ham yuborilgan Paygʻambarlardandir.
إِذۡ أَبَقَ إِلَى ٱلۡفُلۡكِ ٱلۡمَشۡحُونِ﴿١٤٠﴾
Oʻshanda u toʻlgan kemaga qochdi.
فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ ٱلۡمُدۡحَضِينَ﴿١٤١﴾
Bas, qurʼa tashlashdi va u magʻlublardan boʻldi.
فَٱلۡتَقَمَهُ ٱلۡحُوتُ وَ هُوَ مُلِيمࣱ﴿١٤٢﴾
Bas, uni malomatga loyiq boʻlgan holida nahang baliq yutdi.
فَلَوۡلَآ أَنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلۡمُسَبِّحِينَ﴿١٤٣﴾
Agar u koʻp tasbih aytguvchilardan boʻlmaganida edi,
لَلَبِثَ فِي بَطۡنِهِۦٓ إِلَىٰ يَوۡمِ يُبۡعَثُونَ﴿١٤٤﴾
Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi.
فَنَبَذۡنَٰهُ بِٱلۡعَرَآءِ وَ هُوَ سَقِيمࣱ﴿١٤٥﴾
Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik.
وَ أَنۢبَتۡنَا عَلَيۡهِ شَجَرَةࣰ مِّن يَقۡطِينࣲ﴿١٤٦﴾
Va uning ustiga qovoq daraxtini oʻstirib qoʻydik.
وَ أَرۡسَلۡنَٰهُ إِلَىٰ مِاْئَةِ أَلۡفٍ أَوۡ يَزِيدُونَ﴿١٤٧﴾
Va uni yuz ming yoki undan koʻproqqa Paygʻambar qilib yubordik.
فَـَٔامَنُواْ فَمَتَّعۡنَٰهُمۡ إِلَىٰ حِينࣲ﴿١٤٨﴾
Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni maʼlum muddat bahramand qildik.
فَٱسۡتَفۡتِهِمۡ أَلِرَبِّكَ ٱلۡبَنَاتُ وَ لَهُمُ ٱلۡبَنُونَ﴿١٤٩﴾
Bas, ulardan soʻra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga oʻgʻillar ekanmi?!
أَمۡ خَلَقۡنَا ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ إِنَٰثࣰا وَ هُمۡ شَٰهِدُونَ﴿١٥٠﴾
Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh boʻlib turganlarmi?
أَلَآ إِنَّهُم مِّنۡ إِفۡكِهِمۡ لَيَقُولُونَ﴿١٥١﴾
Ogoh boʻlingkim! Ular oʻz uydirmalarida derlar:
وَلَدَ ٱللَّهُ وَ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿١٥٢﴾
«Alloh tugʻdi». Albatta, ular yolgʻonchilardir.
أَصۡطَفَى ٱلۡبَنَاتِ عَلَى ٱلۡبَنِينَ﴿١٥٣﴾
U zot oʻgʻillarni qoʻyib, qizlarni tanlab olibdimi?
مَا لَكُمۡ كَيۡفَ تَحۡكُمُونَ﴿١٥٤﴾
Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz?
أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿١٥٥﴾
Axir, eslamaysizlarmi?!
أَمۡ لَكُمۡ سُلۡطَٰنࣱ مُّبِينࣱ﴿١٥٦﴾
Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?!
فَأۡتُواْ بِكِتَٰبِكُمۡ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٥٧﴾
Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, kitobingizni keltiring!
وَ جَعَلُواْ بَيۡنَهُۥ وَ بَيۡنَ ٱلۡجِنَّةِ نَسَبࣰا ۚ وَ لَقَدۡ عَلِمَتِ ٱلۡجِنَّةُ إِنَّهُمۡ لَمُحۡضَرُونَ﴿١٥٨﴾
Va ular U bilan jinlar orasida nasab (daʼvosi) qildilar. Holbuki, jinlar oʻzlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.
سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ﴿١٥٩﴾
Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿١٦٠﴾
Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir).
فَإِنَّكُمۡ وَ مَا تَعۡبُدُونَ﴿١٦١﴾
Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham...
مَآ أَنتُمۡ عَلَيۡهِ بِفَٰتِنِينَ﴿١٦٢﴾
U zotga qarshi fitnaga solguvchi boʻla olmassiz.
إِلَّا مَنۡ هُوَ صَالِ ٱلۡجَحِيمِ﴿١٦٣﴾
Illo, kim jahannamga kirguvchi boʻlsa.
وَ مَا مِنَّآ إِلَّا لَهُۥ مَقَامࣱ مَّعۡلُومࣱ﴿١٦٤﴾
Bizdan har birimizning maʼlum maqomimiz bordir.
وَ إِنَّا لَنَحۡنُ ٱلصَّآفُّونَ﴿١٦٥﴾
Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz.
وَ إِنَّا لَنَحۡنُ ٱلۡمُسَبِّحُونَ﴿١٦٦﴾
Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz.
وَ إِن كَانُواْ لَيَقُولُونَ﴿١٦٧﴾
Holbuki, ular der edilar:
لَوۡ أَنَّ عِندَنَا ذِكۡرࣰا مِّنَ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٦٨﴾
«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma boʻlganida...
لَكُنَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿١٦٩﴾
Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan boʻlar edik».
فَكَفَرُواْ بِهِۦ ۖ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿١٧٠﴾
Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar.
وَ لَقَدۡ سَبَقَتۡ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٧١﴾
Batahqiq, Paygʻambar etib yuborilgan bandalarimizga soʻzimiz oʻtgandir.
إِنَّهُمۡ لَهُمُ ٱلۡمَنصُورُونَ﴿١٧٢﴾
Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.
وَ إِنَّ جُندَنَا لَهُمُ ٱلۡغَٰلِبُونَ﴿١٧٣﴾
Va, albatta, Bizning lashkarimizgina gʻolib boʻlishi haqida.
فَتَوَلَّ عَنۡهُمۡ حَتَّىٰ حِينࣲ﴿١٧٤﴾
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz oʻgir.
وَ أَبۡصِرۡهُمۡ فَسَوۡفَ يُبۡصِرُونَ﴿١٧٥﴾
Va ularning (tomoshasini) koʻr! Bas, tezda oʻzlari ham koʻrajaklar.
أَفَبِعَذَابِنَا يَسۡتَعۡجِلُونَ﴿١٧٦﴾
Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?!
فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمۡ فَسَآءَ صَبَاحُ ٱلۡمُنذَرِينَ﴿١٧٧﴾
Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon boʻlur.
وَ تَوَلَّ عَنۡهُمۡ حَتَّىٰ حِينࣲ﴿١٧٨﴾
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz oʻgir.
وَ أَبۡصِرۡ فَسَوۡفَ يُبۡصِرُونَ﴿١٧٩﴾
Va (ularning tomoshasini) koʻr! Bas, tezda oʻzlari ham koʻrajaklar.
سُبۡحَٰنَ رَبِّكَ رَبِّ ٱلۡعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ﴿١٨٠﴾
Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir.
وَ سَلَٰمٌ عَلَى ٱلۡمُرۡسَلِينَ﴿١٨١﴾
Va yuborilgan Paygʻambarlarga salom boʻlsin!
وَ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٨٢﴾
Olamlarning Robbi Allohga hamdlar boʻlsin!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Soffat. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — saf tortuvchilar.
Mazmuni: Sura farishtalarning saf tortishi, tavhid va qiyomat mavzularini kuchli ohangda yoritadi. Nuh, Ibrohim, Ismoil, Yunus va boshqa payg‘ambarlar qissalari orqali Allohga sadoqat, qurbonlikka tayyorlik, duo va najotning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.