Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Sod surasi

سورة ص

Sod surasi

Сод сураси

38-sura88 oyatMakkiy23-pora

Sod surasi — Qurʼoni Karimning 38-surasi. U 88 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 38:1Mushafda oʻqish ↗

    صٓ ۚ وَ ٱلۡقُرۡءَانِ ذِي ٱلذِّكۡرِ﴿١﴾

    Sod. Zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasam.

  2. 38:2Mushafda oʻqish ↗

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي عِزَّةࣲ وَ شِقَاقࣲ﴿٢﴾

    Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.

  3. 38:3Mushafda oʻqish ↗

    كَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِن قَبۡلِهِم مِّن قَرۡنࣲ فَنَادَواْ وَّ لَاتَ حِينَ مَنَاصࣲ﴿٣﴾

    Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam soʻrab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.

  4. 38:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ عَجِبُوٓاْ أَن جَآءَهُم مُّنذِرࣱ مِّنۡهُمۡ ۖ وَ قَالَ ٱلۡكَٰفِرُونَ هَٰذَا سَٰحِرࣱ كَذَّابٌ﴿٤﴾

    Ular ichlariga oʻzlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.

  5. 38:5Mushafda oʻqish ↗

    أَجَعَلَ ٱلۡأٓلِهَةَ إِلَٰهࣰا وَٰحِدًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَيۡءٌ عُجَابࣱ﴿٥﴾

    «U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»

  6. 38:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱنطَلَقَ ٱلۡمَلَأُ مِنۡهُمۡ أَنِ ٱمۡشُواْ وَ ٱصۡبِرُواْ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمۡ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَيۡءࣱ يُرَادُ﴿٦﴾

    Ularning aʼyonlari: «Yuringlar, xudolaringiz toʻgʻrisida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.

  7. 38:7Mushafda oʻqish ↗

    مَا سَمِعۡنَا بِهَٰذَا فِي ٱلۡمِلَّةِ ٱلۡأٓخِرَةِ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا ٱخۡتِلَٰقٌ﴿٧﴾

    Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoʻq. Bu, toʻqilgandan boshqa narsa emas.

  8. 38:8Mushafda oʻqish ↗

    أَءُنزِلَ عَلَيۡهِ ٱلذِّكۡرُ مِنۢ بَيۡنِنَا ۚ بَلۡ هُمۡ فِي شَكࣲّ مِّن ذِكۡرِي ۚ بَل لَّمَّا يَذُوقُواْ عَذَابِ﴿٨﴾

    Bizning ichimizdan oʻshanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yoʻq! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yoʻq! Ular azobimni tatib koʻrmadilar.

  9. 38:9Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ عِندَهُمۡ خَزَآئِنُ رَحۡمَةِ رَبِّكَ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡوَهَّابِ﴿٩﴾

    Yoki ularning huzurida Aziyzu oʻta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?

  10. 38:10Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ لَهُم مُّلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا ۖ فَلۡيَرۡتَقُواْ فِي ٱلۡأَسۡبَٰبِ﴿١٠﴾

    Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) koʻtarilsinlar!

  11. 38:11Mushafda oʻqish ↗

    جُندࣱ مَّا هُنَالِكَ مَهۡزُومࣱ مِّنَ ٱلۡأَحۡزَابِ﴿١١﴾

    Anavi yerdagi yengilgan firqalardan boʻlgan qandaydir lashkar.

  12. 38:12Mushafda oʻqish ↗

    كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحࣲ وَ عَادࣱ وَ فِرۡعَوۡنُ ذُو ٱلۡأَوۡتَادِ﴿١٢﴾

    Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan.

  13. 38:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ ثَمُودُ وَ قَوۡمُ لُوطࣲ وَ أَصۡحَٰبُ لۡـَٔيۡكَةِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلۡأَحۡزَابُ﴿١٣﴾

    Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar oʻshalardir.

  14. 38:14Mushafda oʻqish ↗

    إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ﴿١٤﴾

    Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq boʻldi.

  15. 38:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَنظُرُ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيۡحَةࣰ وَٰحِدَةࣰ مَّا لَهَا مِن فَوَاقࣲ﴿١٥﴾

    Ana oʻshalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor boʻlayotganlari yoʻq.

  16. 38:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبۡلَ يَوۡمِ ٱلۡحِسَابِ﴿١٦﴾

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.

  17. 38:17Mushafda oʻqish ↗

    ٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَ ٱذۡكُرۡ عَبۡدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلۡأَيۡدِ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ﴿١٧﴾

    Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi boʻlgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u oʻta qaytguvchidir.

  18. 38:18Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا سَخَّرۡنَا ٱلۡجِبَالَ مَعَهُۥ يُسَبِّحۡنَ بِٱلۡعَشِيِّ وَ ٱلۡإِشۡرَاقِ﴿١٨﴾

    Albatta, Biz unga togʻlarni boʻysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.

  19. 38:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلطَّيۡرَ مَحۡشُورَةࣰ ۖ كُلࣱّ لَّهُۥٓ أَوَّابࣱ﴿١٩﴾

    Toʻplangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga oʻta qaytguvchidir.

  20. 38:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ شَدَدۡنَا مُلۡكَهُۥ وَ ءَاتَيۡنَٰهُ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ فَصۡلَ ٱلۡخِطَابِ﴿٢٠﴾

    Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.

  21. 38:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ هَلۡ أَتَىٰكَ نَبَؤُاْ ٱلۡخَصۡمِ إِذۡ تَسَوَّرُواْ ٱلۡمِحۡرَابَ﴿٢١﴾

    Senga daʼvolashganlarning xabari keldimi? Oʻshanda ular mehrobga chiqishgan edi.

  22. 38:22Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ دَخَلُواْ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنۡهُمۡ ۖ قَالُواْ لَا تَخَفۡ ۖ خَصۡمَانِ بَغَىٰ بَعۡضُنَا عَلَىٰ بَعۡضࣲ فَٱحۡكُم بَيۡنَنَا بِٱلۡحَقِّ وَ لَا تُشۡطِطۡ وَ ٱهۡدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ﴿٢٢﴾

    Oʻshanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: «Qoʻrqma, bular — ikki daʼvolashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qil», dedilar.

  23. 38:23Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَآ أَخِي لَهُۥ تِسۡعࣱ وَ تِسۡعُونَ نَعۡجَةࣰ وَ لِيَ نَعۡجَةࣱ وَٰحِدَةࣱ فَقَالَ أَكۡفِلۡنِيهَا وَ عَزَّنِي فِي ٱلۡخِطَابِ﴿٢٣﴾

    «Mana bu — mening birodarim. Uning toʻqson toʻqqizta sovligʻi bor. Mening esa, birgina sovligʻim bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va soʻzlashuvda mendan ustun chiqdi».

  24. 38:24Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ لَقَدۡ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعۡجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ۖ وَ إِنَّ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلۡخُلَطَآءِ لَيَبۡغِي بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ قَلِيلࣱ مَّا هُمۡ ۗ وَ ظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّٰهُ فَٱسۡتَغۡفَرَ رَبَّهُۥ وَ خَرَّۤ رَاكِعࣰاۤ وَ أَنَابَ ۩﴿٢٤﴾

    U: «Darhaqiqat, sening sovligʻingni soʻrab, oʻz sovliqlariga (qoʻshish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, koʻp sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istigʻfor aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.

  25. 38:25Mushafda oʻqish ↗

    فَغَفَرۡنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ۖ وَ إِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلۡفَىٰ وَ حُسۡنَ مَـَٔابࣲ﴿٢٥﴾

    Bas, Biz uning oʻsha (xatosi)ni magʻfirat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  26. 38:26Mushafda oʻqish ↗

    يَٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلۡنَٰكَ خَلِيفَةࣰ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱحۡكُم بَيۡنَ ٱلنَّاسِ بِٱلۡحَقِّ وَ لَا تَتَّبِعِ ٱلۡهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدُۢ بِمَا نَسُواْ يَوۡمَ ٱلۡحِسَابِ﴿٢٦﴾

    Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yoʻlidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.

  27. 38:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَآءَ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا بَٰطِلࣰا ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ فَوَيۡلࣱ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنَ ٱلنَّارِ﴿٢٧﴾

    Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yoʻq. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun doʻzax(azobi)dan voy boʻlsin!

  28. 38:28Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ نَجۡعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَٱلۡمُفۡسِدِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَمۡ نَجۡعَلُ ٱلۡمُتَّقِينَ كَٱلۡفُجَّارِ﴿٢٨﴾

    Yoʻq! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yoʻq! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!

  29. 38:29Mushafda oʻqish ↗

    كِتَٰبٌ أَنزَلۡنَٰهُ إِلَيۡكَ مُبَٰرَكࣱ لِّيَدَّبَّرُوٓاْ ءَايَٰتِهِۦ وَ لِيَتَذَكَّرَ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٢٩﴾

    Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.

  30. 38:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَهَبۡنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيۡمَٰنَ ۚ نِعۡمَ ٱلۡعَبۡدُ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ﴿٣٠﴾

    Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u oʻta qaytguvchidir.

  31. 38:31Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ عُرِضَ عَلَيۡهِ بِٱلۡعَشِيِّ ٱلصَّٰفِنَٰتُ ٱلۡجِيَادُ﴿٣١﴾

    Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar koʻrsatildi.

  32. 38:32Mushafda oʻqish ↗

    فَقَالَ إِنِّيٓ أَحۡبَبۡتُ حُبَّ ٱلۡخَيۡرِ عَن ذِكۡرِ رَبِّي حَتَّىٰ تَوَارَتۡ بِٱلۡحِجَابِ﴿٣٢﴾

    U: «Albatta, men Robbimning zikridan koʻra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!

  33. 38:33Mushafda oʻqish ↗

    رُدُّوهَا عَلَيَّ ۖ فَطَفِقَ مَسۡحَۢا بِٱلسُّوقِ وَ ٱلۡأَعۡنَاقِ﴿٣٣﴾

    Ularni menga qaytaring!» – dedi. Soʻngra ularning oyoq va boʻyinlarini «silay» boshladi!

  34. 38:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ فَتَنَّا سُلَيۡمَٰنَ وَ أَلۡقَيۡنَا عَلَىٰ كُرۡسِيِّهِۦ جَسَدࣰا ثُمَّ أَنَابَ﴿٣٤﴾

    Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. Soʻngra, u tavba qildi.

  35. 38:35Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ ٱغۡفِرۡ لِي وَ هَبۡ لِي مُلۡكࣰا لَّا يَنۢبَغِي لِأَحَدࣲ مِّنۢ بَعۡدِيٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡوَهَّابُ﴿٣٥﴾

    U: «Ey Robbim, meni magʻfirat qilgin va menga oʻzimdan keyin biror kishiga muyassar boʻlmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen koʻplab atolarni berguvchisan», dedi.

  36. 38:36Mushafda oʻqish ↗

    فَسَخَّرۡنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجۡرِي بِأَمۡرِهِۦ رُخَآءً حَيۡثُ أَصَابَ﴿٣٦﴾

    Bas, Biz unga shamolni boʻysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.

  37. 38:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلشَّيَٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءࣲ وَ غَوَّاصࣲ﴿٣٧﴾

    Yana barcha binokor va gʻavvos shaytonlarni ham.

  38. 38:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ ءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِي ٱلۡأَصۡفَادِ﴿٣٨﴾

    Va boshqalarini ham kishanlangan holda toʻplab (boʻysundirdik).

  39. 38:39Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمۡنُنۡ أَوۡ أَمۡسِكۡ بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿٣٩﴾

    Bu Bizning ato etgan narsamizdir. Inʼom et yoki tutib qol, hisob yoʻq.

  40. 38:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلۡفَىٰ وَ حُسۡنَ مَـَٔابࣲ﴿٤٠﴾

    Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  41. 38:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ عَبۡدَنَآ أَيُّوبَ إِذۡ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّي مَسَّنِيَ ٱلشَّيۡطَٰنُ بِنُصۡبࣲ وَ عَذَابٍ﴿٤١﴾

    Bizning bandamiz Ayyubni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.

  42. 38:42Mushafda oʻqish ↗

    ٱرۡكُضۡ بِرِجۡلِكَ ۖ هَٰذَا مُغۡتَسَلُۢ بَارِدࣱ وَ شَرَابࣱ﴿٤٢﴾

    «Oyogʻing ila tepgin! Bu choʻmiladigan va ichiladigan sovuq (suv)».

  43. 38:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ وَهَبۡنَا لَهُۥٓ أَهۡلَهُۥ وَ مِثۡلَهُم مَّعَهُمۡ رَحۡمَةࣰ مِّنَّا وَ ذِكۡرَىٰ لِأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٤٣﴾

    Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat oʻlaroq va aql egalariga eslatma uchun boʻldi.

  44. 38:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ خُذۡ بِيَدِكَ ضِغۡثࣰا فَٱضۡرِب بِّهِۦ وَ لَا تَحۡنَثۡ ۗ إِنَّا وَجَدۡنَٰهُ صَابِرࣰا ۚ نِّعۡمَ ٱلۡعَبۡدُ إِنَّهُۥٓ أَوَّابࣱ﴿٤٤﴾

    «Qoʻlingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u oʻta qaytguvchidir.

  45. 38:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ عِبَٰدَنَآ إِبۡرَٰهِيمَ وَ إِسۡحَٰقَ وَ يَعۡقُوبَ أُوْلِي ٱلۡأَيۡدِي وَ ٱلۡأَبۡصَٰرِ﴿٤٥﴾

    Qoʻllar va koʻzlar sohiblari boʻlgan bandalarimiz Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubni esla.

  46. 38:46Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَخۡلَصۡنَٰهُم بِخَالِصَةࣲ ذِكۡرَى ٱلدَّارِ﴿٤٦﴾

    Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.

  47. 38:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُمۡ عِندَنَا لَمِنَ ٱلۡمُصۡطَفَيۡنَ ٱلۡأَخۡيَارِ﴿٤٧﴾

    Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandirlar.

  48. 38:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱذۡكُرۡ إِسۡمَٰعِيلَ وَ ٱلۡيَسَعَ وَ ذَا ٱلۡكِفۡلِ ۖ وَ كُلࣱّ مِّنَ ٱلۡأَخۡيَارِ﴿٤٨﴾

    Ismoil, al-Yasaʼ va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir.

  49. 38:49Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا ذِكۡرࣱ ۚ وَ إِنَّ لِلۡمُتَّقِينَ لَحُسۡنَ مَـَٔابࣲ﴿٤٩﴾

    Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun goʻzal oqibat.

  50. 38:50Mushafda oʻqish ↗

    جَنَّٰتِ عَدۡنࣲ مُّفَتَّحَةࣰ لَّهُمُ ٱلۡأَبۡوَٰبُ﴿٥٠﴾

    Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.

  51. 38:51Mushafda oʻqish ↗

    مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدۡعُونَ فِيهَا بِفَٰكِهَةࣲ كَثِيرَةࣲ وَ شَرَابࣲ﴿٥١﴾

    U yerda yonboshlagan hollarida undagi koʻplab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.

  52. 38:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ عِندَهُمۡ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرۡفِ أَتۡرَابٌ﴿٥٢﴾

    Ularning huzurida koʻzlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir.

  53. 38:53Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوۡمِ ٱلۡحِسَابِ﴿٥٣﴾

    Bu sizga hisob kuni uchun vaʼda etilgan narsalardir.

  54. 38:54Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَا لَرِزۡقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ﴿٥٤﴾

    Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yoʻqdir.

  55. 38:55Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا ۚ وَ إِنَّ لِلطَّٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابࣲ﴿٥٥﴾

    Ish bundaydir. Albatta, tugʻyonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.

  56. 38:56Mushafda oʻqish ↗

    جَهَنَّمَ يَصۡلَوۡنَهَا فَبِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ﴿٥٦﴾

    Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!

  57. 38:57Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا فَلۡيَذُوقُوهُ حَمِيمࣱ وَ غَسَّاقࣱ﴿٥٧﴾

    Mana buni tatib tursinlar: qaynoq suv va yiringni!

  58. 38:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ ءَاخَرُ مِن شَكۡلِهِۦٓ أَزۡوَٰجٌ﴿٥٨﴾

    Va boshqa uning shaklidagi qoʻsha-qoʻsha (azoblar) ham.

  59. 38:59Mushafda oʻqish ↗

    هَٰذَا فَوۡجࣱ مُّقۡتَحِمࣱ مَّعَكُمۡ لَا مَرۡحَبَۢا بِهِمۡ ۚ إِنَّهُمۡ صَالُواْ ٱلنَّارِ﴿٥٩﴾

    «Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yoʻq. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.

  60. 38:60Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ بَلۡ أَنتُمۡ لَا مَرۡحَبَۢا بِكُمۡ ۖ أَنتُمۡ قَدَّمۡتُمُوهُ لَنَا ۖ فَبِئۡسَ ٱلۡقَرَارُ﴿٦٠﴾

    Ular: «Yoʻq! Oʻzingizga marhabo yoʻq! Sizlar oʻsha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.

  61. 38:61Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَٰذَا فَزِدۡهُ عَذَابࣰا ضِعۡفࣰا فِي ٱلنَّارِ﴿٦١﴾

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan boʻlsa, unga doʻzaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» – derlar.

  62. 38:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالࣰا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلۡأَشۡرَارِ﴿٦٢﴾

    Ular: «Bizga nima boʻldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni koʻrmayapmiz?

  63. 38:63Mushafda oʻqish ↗

    أَتَّخَذۡنَٰهُمۡ سِخۡرِيًّا أَمۡ زَاغَتۡ عَنۡهُمُ ٱلۡأَبۡصَٰرُ﴿٦٣﴾

    Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki koʻzlar ulardan toydimi?!» – derlar.

  64. 38:64Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ذَٰلِكَ لَحَقࣱّ تَخَاصُمُ أَهۡلِ ٱلنَّارِ﴿٦٤﴾

    Albatta, mana shu haqdir — doʻzax ahlining oʻzaro tortishuvidir.

  65. 38:65Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنَّمَآ أَنَا۠ مُنذِرࣱ ۖ وَ مَا مِنۡ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلۡوَٰحِدُ ٱلۡقَهَّارُ﴿٦٥﴾

    Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yoʻqdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni Oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi) Allohgina bor.

  66. 38:66Mushafda oʻqish ↗

    رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡغَفَّٰرُ﴿٦٦﴾

    U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.

  67. 38:67Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ هُوَ نَبَؤٌاْ عَظِيمٌ﴿٦٧﴾

    Sen: «Bu ulugʻ bir xabardir.

  68. 38:68Mushafda oʻqish ↗

    أَنتُمۡ عَنۡهُ مُعۡرِضُونَ﴿٦٨﴾

    Siz boʻlsangiz, undan yuz oʻgirmoqdasiz.

  69. 38:69Mushafda oʻqish ↗

    مَا كَانَ لِيَ مِنۡ عِلۡمِۭ بِٱلۡمَلَإِ ٱلۡأَعۡلَىٰٓ إِذۡ يَخۡتَصِمُونَ﴿٦٩﴾

    Oliy toʻplam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim boʻlmagan edi.

  70. 38:70Mushafda oʻqish ↗

    إِن يُوحَىٰٓ إِلَيَّ إِلَّآ أَنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرࣱ مُّبِينٌ﴿٧٠﴾

    Menga faqat oʻzimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.

  71. 38:71Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ قَالَ رَبُّكَ لِلۡمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّي خَٰلِقُۢ بَشَرࣰا مِّن طِينࣲ﴿٧١﴾

    Esla! Oʻshanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.

  72. 38:72Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا سَوَّيۡتُهُۥ وَ نَفَخۡتُ فِيهِ مِن رُّوحِي فَقَعُواْ لَهُۥ سَٰجِدِينَ﴿٧٢﴾

    Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.

  73. 38:73Mushafda oʻqish ↗

    فَسَجَدَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمۡ أَجۡمَعُونَ﴿٧٣﴾

    Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.

  74. 38:74Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّآ إِبۡلِيسَ ٱسۡتَكۡبَرَ وَ كَانَ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٧٤﴾

    Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʻldi.

  75. 38:75Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ يَٰٓإِبۡلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسۡجُدَ لِمَا خَلَقۡتُ بِيَدَيَّ ۖ أَسۡتَكۡبَرۡتَ أَمۡ كُنتَ مِنَ ٱلۡعَالِينَ﴿٧٥﴾

    U zot: «Ey, iblis, Oʻz qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan boʻldingmi?!» – dedi.

  76. 38:76Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ أَنَا۠ خَيۡرࣱ مِّنۡهُ خَلَقۡتَنِي مِن نَّارࣲ وَ خَلَقۡتَهُۥ مِن طِينࣲ﴿٧٦﴾

    U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.

  77. 38:77Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَٱخۡرُجۡ مِنۡهَا فَإِنَّكَ رَجِيمࣱ﴿٧٧﴾

    U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.

  78. 38:78Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ عَلَيۡكَ لَعۡنَتِيٓ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلدِّينِ﴿٧٨﴾

    Va, albatta, senga jazo kunigacha mening laʼnatim boʻlgay», dedi.

  79. 38:79Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ رَبِّ فَأَنظِرۡنِيٓ إِلَىٰ يَوۡمِ يُبۡعَثُونَ﴿٧٩﴾

    U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» – dedi.

  80. 38:80Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلۡمُنظَرِينَ﴿٨٠﴾

    U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.

  81. 38:81Mushafda oʻqish ↗

    إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡوَقۡتِ ٱلۡمَعۡلُومِ﴿٨١﴾

    Maʼlum vaqt kunigacha», dedi.

  82. 38:82Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغۡوِيَنَّهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٨٢﴾

    U: «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini igʻvo qilaman.

  83. 38:83Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا عِبَادَكَ مِنۡهُمُ ٱلۡمُخۡلَصِينَ﴿٨٣﴾

    Magar, ulardan xalos qilingan bandalaringgina (igʻvoga uchmas)», dedi.

  84. 38:84Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَٱلۡحَقُّ وَ ٱلۡحَقَّ أَقُولُ﴿٨٤﴾

    U zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.

  85. 38:85Mushafda oʻqish ↗

    لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَ مِمَّن تَبِعَكَ مِنۡهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٨٥﴾

    Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab toʻldirurman», dedi.

  86. 38:86Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ مَآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ أَجۡرࣲ وَ مَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلۡمُتَكَلِّفِينَ﴿٨٦﴾

    Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr, haq soʻramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.

  87. 38:87Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هُوَ إِلَّا ذِكۡرࣱ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿٨٧﴾

    U(Qurʼon) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.

  88. 38:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَتَعۡلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعۡدَ حِينِۭ﴿٨٨﴾

    Albatta, uning xabarini bir muddatdan soʻng bilursiz», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Sod. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sod harfi.

Mazmuni: Sura Qurayshning e’tirozlari va avvalgi qavmlarning halokati orqali takabburlik xavfini ko‘rsatadi. Dovud va Sulaymon alayhimassalom qissalari hokimiyatni shukr bilan boshqarish, Ayyub alayhissalom esa sabr va Allohga bog‘lanish namunasidir.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraSoffot surasiKeyingi sura →Zumar surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026