سورة الزمر
Zumar surasi
Guruhlar · Зумар сураси
Zumar surasi — Qurʼoni Karimning 39-surasi. U 75 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Guruhlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
تَنزِيلُ ٱلۡكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَكِيمِ﴿١﴾
Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu hakiym boʻlgan Alloh tomonidandir.
إِنَّآ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ فَٱعۡبُدِ ٱللَّهَ مُخۡلِصࣰا لَّهُ ٱلدِّينَ﴿٢﴾
Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.
أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلۡخَالِصُ ۚ وَ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ مَا نَعۡبُدُهُمۡ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلۡفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحۡكُمُ بَيۡنَهُمۡ فِي مَا هُمۡ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي مَنۡ هُوَ كَٰذِبࣱ كَفَّارࣱ﴿٣﴾
Ogoh boʻlingkim, xolis din Allohnikidir. Undan oʻzga avliyo (doʻstlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari boʻyicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.
لَّوۡ أَرَادَ ٱللَّهُ أَن يَتَّخِذَ وَلَدࣰا لَّٱصۡطَفَىٰ مِمَّا يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱللَّهُ ٱلۡوَٰحِدُ ٱلۡقَهَّارُ﴿٤﴾
Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (yaʼni, Qahhorligidan butun olamni Oʻziga boʻysundirib va yakka Oʻzi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas).
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ ۖ يُكَوِّرُ ٱلَّيۡلَ عَلَى ٱلنَّهَارِ وَ يُكَوِّرُ ٱلنَّهَارَ عَلَى ٱلَّيۡلِ ۖ وَ سَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَ ٱلۡقَمَرَ ۖ كُلࣱّ يَجۡرِي لِأَجَلࣲ مُّسَمًّى ۗ أَلَا هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡغَفَّٰرُ﴿٥﴾
U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kechani kunduz ustiga oʻraydigan, kunduzni kecha ustiga oʻraydigan, quyosh va oyni boʻysundiradigan Zotdir. Har biri belgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh boʻlingkim, U aziyzu oʻta magʻfiratli Zotdir.
خَلَقَكُم مِّن نَّفۡسࣲ وَٰحِدَةࣲ ثُمَّ جَعَلَ مِنۡهَا زَوۡجَهَا وَ أَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ ثَمَٰنِيَةَ أَزۡوَٰجࣲ ۚ يَخۡلُقُكُمۡ فِي بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمۡ خَلۡقࣰا مِّنۢ بَعۡدِ خَلۡقࣲ فِي ظُلُمَٰتࣲ ثَلَٰثࣲ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ لَهُ ٱلۡمُلۡكُ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُصۡرَفُونَ﴿٦﴾
U sizlarni bir jondan yaratdi. Soʻngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga oʻtkazib, asta yaratadir. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan oʻzga hech bir ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?!
إِن تَكۡفُرُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِيٌّ عَنكُمۡ ۖ وَ لَا يَرۡضَىٰ لِعِبَادِهِ ٱلۡكُفۡرَ ۖ وَ إِن تَشۡكُرُواْ يَرۡضَهُ لَكُمۡ ۗ وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةࣱ وِزۡرَ أُخۡرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرۡجِعُكُمۡ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٧﴾
Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot Oʻz bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi boʻlur. Hech bir ogʻirlik koʻtarguvchi jon oʻzga jonning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham oʻta bilguvchi Zotdir.
وَ إِذَا مَسَّ ٱلۡإِنسَٰنَ ضُرࣱّ دَعَا رَبَّهُۥ مُنِيبًا إِلَيۡهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُۥ نِعۡمَةࣰ مِّنۡهُ نَسِيَ مَا كَانَ يَدۡعُوٓاْ إِلَيۡهِ مِن قَبۡلُ وَ جَعَلَ لِلَّهِ أَندَادࣰا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ قُلۡ تَمَتَّعۡ بِكُفۡرِكَ قَلِيلًا إِنَّكَ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلنَّارِ﴿٨﴾
Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. Soʻngra unga U zot Oʻz fazlidan neʼmat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yoʻlidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.
أَمَّنۡ هُوَ قَٰنِتٌ ءَانَآءَ ٱلَّيۡلِ سَاجِدࣰا وَ قَآئِمࣰا يَحۡذَرُ ٱلۡأٓخِرَةَ وَ يَرۡجُواْ رَحۡمَةَ رَبِّهِۦ ۗ قُلۡ هَلۡ يَسۡتَوِي ٱلَّذِينَ يَعۡلَمُونَ وَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٩﴾
Yoʻqsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qoʻrqib, Robbi rahmatidan umidvor boʻlgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar.
قُلۡ يَٰعِبَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمۡ ۚ لِلَّذِينَ أَحۡسَنُواْ فِي هَٰذِهِ ٱلدُّنۡيَا حَسَنَةࣱ ۗ وَ أَرۡضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى ٱلصَّٰبِرُونَ أَجۡرَهُم بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿١٠﴾
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda goʻzal amal qilganlarga goʻzallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, toʻliq berilur», deb ayt.
قُلۡ إِنِّيٓ أُمِرۡتُ أَنۡ أَعۡبُدَ ٱللَّهَ مُخۡلِصࣰا لَّهُ ٱلدِّينَ﴿١١﴾
Sen: «Albatta, men dinni Oʻzi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.
وَ أُمِرۡتُ لِأَنۡ أَكُونَ أَوَّلَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿١٢﴾
Va men musulmonlarning avvalgisi boʻlishimga amr etilganman», deb ayt.
قُلۡ إِنِّيٓ أَخَافُ إِنۡ عَصَيۡتُ رَبِّي عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿١٣﴾
Sen: «Albatta, men agar Robbimga isyon etsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt.
قُلِ ٱللَّهَ أَعۡبُدُ مُخۡلِصࣰا لَّهُۥ دِينِي﴿١٤﴾
Sen: «Dinimni Oʻziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.
فَٱعۡبُدُواْ مَا شِئۡتُم مِّن دُونِهِۦ ۗ قُلۡ إِنَّ ٱلۡخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَ أَهۡلِيهِمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ أَلَا ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡخُسۡرَانُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٥﴾
Bas, sizlar Undan oʻzga nimani xohlasangiz, oʻshanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh boʻlingkim, ana oʻsha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.
لَهُم مِّن فَوۡقِهِمۡ ظُلَلࣱ مِّنَ ٱلنَّارِ وَ مِن تَحۡتِهِمۡ ظُلَلࣱ ۚ ذَٰلِكَ يُخَوِّفُ ٱللَّهُ بِهِۦ عِبَادَهُۥ ۚ يَٰعِبَادِ فَٱتَّقُونِ﴿١٦﴾
Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitur. «Ey bandalarim, Menga taqvo qilinglar!»
وَ ٱلَّذِينَ ٱجۡتَنَبُواْ ٱلطَّٰغُوتَ أَن يَعۡبُدُوهَا وَ أَنَابُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ لَهُمُ ٱلۡبُشۡرَىٰ ۚ فَبَشِّرۡ عِبَادِ﴿١٧﴾
Togʻutdan, unga ibodat qilishdan chetda boʻlganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar berki...
ٱلَّذِينَ يَسۡتَمِعُونَ ٱلۡقَوۡلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحۡسَنَهُۥٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَ أُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿١٨﴾
Ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergasharlar. Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir.
أَفَمَنۡ حَقَّ عَلَيۡهِ كَلِمَةُ ٱلۡعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِي ٱلنَّارِ﴿١٩﴾
Yoki u haqida azob soʻzi haq boʻlgan kimsani — doʻzaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!
لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ رَبَّهُمۡ لَهُمۡ غُرَفࣱ مِّن فَوۡقِهَا غُرَفࣱ مَّبۡنِيَّةࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ وَعۡدَ ٱللَّهِ لَا يُخۡلِفُ ٱللَّهُ ٱلۡمِيعَادَ﴿٢٠﴾
Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning vaʼdasi shu! Alloh vaʼdaga xilof qilmas.
أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ فَسَلَكَهُۥ يَنَٰبِيعَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ثُمَّ يُخۡرِجُ بِهِۦ زَرۡعࣰا مُّخۡتَلِفًا أَلۡوَٰنُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصۡفَرࣰّا ثُمَّ يَجۡعَلُهُۥ حُطَٰمًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٢١﴾
Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qoʻyganini koʻrmadingmi?! Soʻngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sargʻaygan holida koʻrarsan. Soʻngra uni quruq choʻpga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
أَفَمَن شَرَحَ ٱللَّهُ صَدۡرَهُۥ لِلۡإِسۡلَٰمِ فَهُوَ عَلَىٰ نُورࣲ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ فَوَيۡلࣱ لِّلۡقَٰسِيَةِ قُلُوبُهُم مِّن ذِكۡرِ ٱللَّهِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿٢٢﴾
Alloh koʻksini Islomga keng qilib ochib qoʻygan shaxs oʻz Robbidan boʻlgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحۡسَنَ ٱلۡحَدِيثِ كِتَٰبࣰا مُّتَشَٰبِهࣰا مَّثَانِيَ تَقۡشَعِرُّ مِنۡهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُمۡ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمۡ وَ قُلُوبُهُمۡ إِلَىٰ ذِكۡرِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهۡدِي بِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنۡ هَادٍ﴿٢٣﴾
Alloh eng goʻzal soʻzni oʻxshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qoʻrqadiganlarning terilari titrar. Soʻngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yoʻq.
أَفَمَن يَتَّقِي بِوَجۡهِهِۦ سُوٓءَ ٱلۡعَذَابِ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ وَ قِيلَ لِلظَّٰلِمِينَ ذُوقُواْ مَا كُنتُمۡ تَكۡسِبُونَ﴿٢٤﴾
Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib koʻring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (moʻmin ila teng boʻlarmidi)?!
كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ فَأَتَىٰهُمُ ٱلۡعَذَابُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٢٥﴾
Ulardan oldingilar ham yolgʻonchi qilganlar, bas, ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob kelgan.
فَأَذَاقَهُمُ ٱللَّهُ ٱلۡخِزۡيَ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ لَعَذَابُ ٱلۡأٓخِرَةِ أَكۡبَرُ ۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ﴿٢٦﴾
Alloh ularga bu dunyoda xorlikni tottirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan boʻlur.
وَ لَقَدۡ ضَرَبۡنَا لِلنَّاسِ فِي هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ مِن كُلِّ مَثَلࣲ لَّعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٢٧﴾
Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlarga turli misollar keltirdik. Shoyadki, eslasalar.
قُرۡءَانًا عَرَبِيًّا غَيۡرَ ذِي عِوَجࣲ لَّعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴿٢٨﴾
Arabcha Qurʼonni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki, taqvo qilsalar.
ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا رَّجُلࣰا فِيهِ شُرَكَآءُ مُتَشَٰكِسُونَ وَ رَجُلࣰا سَلَمࣰا لِّرَجُلٍ هَلۡ يَسۡتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ۚ بَلۡ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٢٩﴾
Alloh bir misol keltiradir. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd boʻlsin. Yoʻq, koʻplari bilmaslar.
إِنَّكَ مَيِّتࣱ وَ إِنَّهُم مَّيِّتُونَ﴿٣٠﴾
Albatta, sen ham oʻlguvchisan, ular ham oʻlguvchidirlar.
ثُمَّ إِنَّكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ عِندَ رَبِّكُمۡ تَخۡتَصِمُونَ﴿٣١﴾
Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
فَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى ٱللَّهِ وَ كَذَّبَ بِٱلصِّدۡقِ إِذۡ جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيۡسَ فِي جَهَنَّمَ مَثۡوࣰى لِّلۡكَٰفِرِينَ﴿٣٢﴾
Allohga nisbatan yolgʻon gapirgan va oʻziga sodiq (soʻz) kelganida uni yolgʻonga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!
وَ ٱلَّذِي جَآءَ بِٱلصِّدۡقِ وَ صَدَّقَ بِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُتَّقُونَ﴿٣٣﴾
Sodiq (soʻz)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana oʻshalar taqvodorlardir.
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمۡ ۚ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٣٤﴾
Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana oʻsha, goʻzal amal qilguvchilarning mukofotidir.
لِيُكَفِّرَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ أَسۡوَأَ ٱلَّذِي عَمِلُواْ وَ يَجۡزِيَهُمۡ أَجۡرَهُم بِأَحۡسَنِ ٱلَّذِي كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٣٥﴾
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini oʻchirib, qilib yurgan eng goʻzal amallari ajri ila mukofotlar.
أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبۡدَهُۥ ۖ وَ يُخَوِّفُونَكَ بِٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنۡ هَادࣲ﴿٣٦﴾
Alloh Oʻz bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qoʻrqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yoʻq.
وَ مَن يَهۡدِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّضِلٍّ ۗ أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِعَزِيزࣲ ذِي ٱنتِقَامࣲ﴿٣٧﴾
Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yoʻq. Alloh Aziyzu intiqom egasi emasmi?!
وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّنۡ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلۡ أَفَرَءَيۡتُم مَّا تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ إِنۡ أَرَادَنِيَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ هَلۡ هُنَّ كَٰشِفَٰتُ ضُرِّهِۦٓ أَوۡ أَرَادَنِي بِرَحۡمَةٍ هَلۡ هُنَّ مُمۡسِكَٰتُ رَحۡمَتِهِۦ ۚ قُلۡ حَسۡبِيَ ٱللَّهُ ۖ عَلَيۡهِ يَتَوَكَّلُ ٱلۡمُتَوَكِّلُونَ﴿٣٨﴾
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb soʻrasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, oʻshalar Uning zararini aritguvchi boʻla olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, oʻshalar Uning marhamatini tutib qolguvchi boʻla olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.
قُلۡ يَٰقَوۡمِ ٱعۡمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمۡ إِنِّي عَٰمِلࣱ ۖ فَسَوۡفَ تَعۡلَمُونَ﴿٣٩﴾
Sen: «Ey qavmim, oʻz holingizcha amal qilavering. Albatta, men ham amal qilguvchiman. Bas, tezda bilursiz,
مَن يَأۡتِيهِ عَذَابࣱ يُخۡزِيهِ وَ يَحِلُّ عَلَيۡهِ عَذَابࣱ مُّقِيمٌ﴿٤٠﴾
Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt.
إِنَّآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ لِلنَّاسِ بِٱلۡحَقِّ ۖ فَمَنِ ٱهۡتَدَىٰ فَلِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيۡهَا ۖ وَ مَآ أَنتَ عَلَيۡهِم بِوَكِيلٍ﴿٤١﴾
Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻziga foyda. Kim zalolatga ketsa, oʻziga zarar. Sen ularga vakil (qoʻriqchi) emassan.
ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلۡأَنفُسَ حِينَ مَوۡتِهَا وَ ٱلَّتِي لَمۡ تَمُتۡ فِي مَنَامِهَا ۖ فَيُمۡسِكُ ٱلَّتِي قَضَىٰ عَلَيۡهَا ٱلۡمَوۡتَ وَ يُرۡسِلُ ٱلۡأُخۡرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿٤٢﴾
Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, oʻlishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini maʼlum muddatgacha qoʻyib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.
أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُفَعَآءَ ۚ قُلۡ أَوَلَوۡ كَانُواْ لَا يَمۡلِكُونَ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَعۡقِلُونَ﴿٤٣﴾
Yoki Allohdan oʻzga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega boʻlmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt.
قُل لِّلَّهِ ٱلشَّفَٰعَةُ جَمِيعࣰا ۖ لَّهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ ثُمَّ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٤٤﴾
Sen: «Barcha shafoat yolgʻiz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolgʻiz Unikidir. Soʻngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.
وَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَحۡدَهُ ٱشۡمَأَزَّتۡ قُلُوبُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ ۖ وَ إِذَا ذُكِرَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦٓ إِذَا هُمۡ يَسۡتَبۡشِرُونَ﴿٤٥﴾
Qachonki Allohning yolgʻiz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan oʻzgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.
قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ عَٰلِمَ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ أَنتَ تَحۡكُمُ بَيۡنَ عِبَادِكَ فِي مَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿٤٦﴾
Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Foyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening Oʻzing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.
وَ لَوۡ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا وَ مِثۡلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفۡتَدَوۡاْ بِهِۦ مِن سُوٓءِ ٱلۡعَذَابِ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۚ وَ بَدَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مَا لَمۡ يَكُونُواْ يَحۡتَسِبُونَ﴿٤٧﴾
Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga toʻlov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan oʻzlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir boʻlur.
وَ بَدَا لَهُمۡ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٤٨﴾
Va ularga oʻzlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir boʻlur va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsa oʻrab olur.
فَإِذَا مَسَّ ٱلۡإِنسَٰنَ ضُرࣱّ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلۡنَٰهُ نِعۡمَةࣰ مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلۡمِۭ ۚ بَلۡ هِيَ فِتۡنَةࣱ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٤٩﴾
Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. Soʻngra unga Biz Oʻzimizdan neʼmat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yoʻq! U sinovdir. Lekin koʻplari bilmaslar.
قَدۡ قَالَهَا ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ فَمَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٥٠﴾
Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari oʻzlariga asqotmadi.
فَأَصَابَهُمۡ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ ۚ وَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡ هَٰٓؤُلَآءِ سَيُصِيبُهُمۡ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ وَ مَا هُم بِمُعۡجِزِينَ﴿٥١﴾
Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boʻldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boʻlur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.
أَوَلَمۡ يَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يُؤۡمِنُونَ﴿٥٢﴾
Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.
قُلۡ يَٰعِبَادِيَ ٱلَّذِينَ أَسۡرَفُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ لَا تَقۡنَطُواْ مِن رَّحۡمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغۡفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿٥٣﴾
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, oʻz jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat etar. Albatta, Uning Oʻzi oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir», deb ayt.
وَ أَنِيبُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّكُمۡ وَ أَسۡلِمُواْ لَهُۥ مِن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَكُمُ ٱلۡعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴿٥٤﴾
Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim boʻling. Soʻngra sizga yordam berilmas.
وَ ٱتَّبِعُوٓاْ أَحۡسَنَ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَكُمُ ٱلۡعَذَابُ بَغۡتَةࣰ وَ أَنتُمۡ لَا تَشۡعُرُونَ﴿٥٥﴾
Sizga oʻzingiz sezmagan holda toʻsatdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng goʻzal narsaga ergashing.
أَن تَقُولَ نَفۡسࣱ يَٰحَسۡرَتَىٰ عَلَىٰ مَا فَرَّطتُ فِي جَنۢبِ ٱللَّهِ وَ إِن كُنتُ لَمِنَ ٱلسَّٰخِرِينَ﴿٥٦﴾
Jon: «Alloh haqida yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin. Toʻgʻrisi, men masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», demasidan oldin...
أَوۡ تَقُولَ لَوۡ أَنَّ ٱللَّهَ هَدَىٰنِي لَكُنتُ مِنَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٥٧﴾
Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim», demasidan oldin...
أَوۡ تَقُولَ حِينَ تَرَى ٱلۡعَذَابَ لَوۡ أَنَّ لِي كَرَّةࣰ فَأَكُونَ مِنَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٥٨﴾
Yoki azobni koʻrgan chogʻida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish boʻlganida, goʻzal amal qilguvchilardan boʻlar edim», demasidan oldin...
بَلَىٰ قَدۡ جَآءَتۡكَ ءَايَٰتِي فَكَذَّبۡتَ بِهَا وَ ٱسۡتَكۡبَرۡتَ وَ كُنتَ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٥٩﴾
«Yoʻq! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolgʻonga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan boʻlding!» der.
وَ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ تَرَى ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَى ٱللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسۡوَدَّةٌ ۚ أَلَيۡسَ فِي جَهَنَّمَ مَثۡوࣰى لِّلۡمُتَكَبِّرِينَ﴿٦٠﴾
Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolgʻon soʻzlaganlarni koʻrsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!
وَ يُنَجِّي ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ بِمَفَازَتِهِمۡ لَا يَمَسُّهُمُ ٱلسُّوٓءُ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿٦١﴾
Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham boʻlmaslar.
ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَيۡءࣲ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ وَكِيلࣱ﴿٦٢﴾
Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.
لَّهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۗ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٦٣﴾
Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana oʻshalar ziyonkorlardir.
قُلۡ أَفَغَيۡرَ ٱللَّهِ تَأۡمُرُوٓنِّيٓ أَعۡبُدُ أَيُّهَا ٱلۡجَٰهِلُونَ﴿٦٤﴾
Sen: «Ey, johillar! Meni Allohdan oʻzgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» – deb ayt.
وَ لَقَدۡ أُوحِيَ إِلَيۡكَ وَ إِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكَ لَئِنۡ أَشۡرَكۡتَ لَيَحۡبَطَنَّ عَمَلُكَ وَ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴿٦٥﴾
Batahqiq, senga va sendan oldin oʻtganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan boʻlursan.
بَلِ ٱللَّهَ فَٱعۡبُدۡ وَ كُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ﴿٦٦﴾
Yoʻq! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan boʻl!» – deb vahiy qilingan.
وَ مَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدۡرِهِۦ وَ ٱلۡأَرۡضُ جَمِيعࣰا قَبۡضَتُهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ ٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطۡوِيَّٰتُۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٦٧﴾
Ular Allohning qadrini toʻgʻri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qoʻliga yigʻilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.
وَ نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَن فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخۡرَىٰ فَإِذَا هُمۡ قِيَامࣱ يَنظُرُونَ﴿٦٨﴾
Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim boʻlsa, qulab oʻldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. Soʻngra unga yana bir bor puflandi. Bas, toʻsatdan ular turib intizor boʻlurlar.
وَ أَشۡرَقَتِ ٱلۡأَرۡضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَ وُضِعَ ٱلۡكِتَٰبُ وَ جِاْيٓءَ بِٱلنَّبِيِّـۧنَ وَ ٱلشُّهَدَآءِ وَ قُضِيَ بَيۡنَهُم بِٱلۡحَقِّ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٦٩﴾
Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qoʻyildi. Paygʻambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi.
وَ وُفِّيَتۡ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّا عَمِلَتۡ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَا يَفۡعَلُونَ﴿٧٠﴾
Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) toʻliq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni oʻta yaxshi bilguvchidir.
وَ سِيقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا فُتِحَتۡ أَبۡوَٰبُهَا وَ قَالَ لَهُمۡ خَزَنَتُهَآ أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ رُسُلࣱ مِّنكُمۡ يَتۡلُونَ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِ رَبِّكُمۡ وَ يُنذِرُونَكُمۡ لِقَآءَ يَوۡمِكُمۡ هَٰذَا ۚ قَالُواْ بَلَىٰ وَ لَٰكِنۡ حَقَّتۡ كَلِمَةُ ٱلۡعَذَابِ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٧١﴾
Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir», dedilar.
قِيلَ ٱدۡخُلُوٓاْ أَبۡوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئۡسَ مَثۡوَى ٱلۡمُتَكَبِّرِينَ﴿٧٢﴾
«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon boʻldi.
وَ سِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ رَبَّهُمۡ إِلَى ٱلۡجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَ فُتِحَتۡ أَبۡوَٰبُهَا وَ قَالَ لَهُمۡ خَزَنَتُهَا سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمۡ طِبۡتُمۡ فَٱدۡخُلُوهَا خَٰلِدِينَ﴿٧٣﴾
Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar.
وَ قَالُواْ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي صَدَقَنَا وَعۡدَهُۥ وَ أَوۡرَثَنَا ٱلۡأَرۡضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ ٱلۡجَنَّةِ حَيۡثُ نَشَآءُ ۖ فَنِعۡمَ أَجۡرُ ٱلۡعَٰمِلِينَ﴿٧٤﴾
Ular: «Bizlarga bergan vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boʻldi!
وَ تَرَى ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ حَآفِّينَ مِنۡ حَوۡلِ ٱلۡعَرۡشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمۡدِ رَبِّهِمۡ ۚ وَ قُضِيَ بَيۡنَهُم بِٱلۡحَقِّ ۚ وَ قِيلَ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٧٥﴾
Va farishtalarni Arshni oʻrab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda koʻrursan. Ular orasida haq ila hukm qilindi va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano boʻlsin!» – deyildi.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Zumar. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — guruhlar.
Mazmuni: Sura ixlos va tavhidni markaziy mavzu qiladi. Ibodatni faqat Alloh uchun qilish, butlarga vosita sifatida sig‘inish xatosi, chin tavbaning eshigi, qiyomatda guruhlarning ajralishi va mo‘minlarning jannatga hurmat bilan kirishi tasvirlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.