Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›G‘ofir surasi

سورة غافر

G‘ofir surasi

Kechiruvchi · Ғофир сураси

40-sura85 oyatMakkiy24-pora

G‘ofir surasi — Qurʼoni Karimning 40-surasi. U 85 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Kechiruvchi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 40:1Mushafda oʻqish ↗

    حمٓ﴿١﴾

    Haa. Miym.

  2. 40:2Mushafda oʻqish ↗

    تَنزِيلُ ٱلۡكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡعَلِيمِ﴿٢﴾

    Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu oʻta ilmli Alloh tomonidandir.

  3. 40:3Mushafda oʻqish ↗

    غَافِرِ ٱلذَّنۢبِ وَ قَابِلِ ٱلتَّوۡبِ شَدِيدِ ٱلۡعِقَابِ ذِي ٱلطَّوۡلِ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ إِلَيۡهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿٣﴾

    U, gunohni magʻfirat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi boʻlgan Zotdir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Qaytish Uning Oʻzigaginadir.

  4. 40:4Mushafda oʻqish ↗

    مَا يُجَٰدِلُ فِيٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَلَا يَغۡرُرۡكَ تَقَلُّبُهُمۡ فِي ٱلۡبِلَٰدِ﴿٤﴾

    Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qoʻymasin.

  5. 40:5Mushafda oʻqish ↗

    كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحࣲ وَ ٱلۡأَحۡزَابُ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ ۖ وَ هَمَّتۡ كُلُّ أُمَّةِۭ بِرَسُولِهِمۡ لِيَأۡخُذُوهُ ۖ وَ جَٰدَلُواْ بِٱلۡبَٰطِلِ لِيُدۡحِضُواْ بِهِ ٱلۡحَقَّ فَأَخَذۡتُهُمۡ ۖ فَكَيۡفَ كَانَ عِقَابِ﴿٥﴾

    Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolgʻonchi qilgan edilar. Har ummat oʻz Paygʻambarini tutishga qasd qildi va haqni yoʻqotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday boʻldi!

  6. 40:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ حَقَّتۡ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّهُمۡ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ﴿٦﴾

    Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) soʻzi xuddi ana shunday haq boʻldi. Albatta, ular doʻzax egalaridir.

  7. 40:7Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يَحۡمِلُونَ ٱلۡعَرۡشَ وَ مَنۡ حَوۡلَهُۥ يُسَبِّحُونَ بِحَمۡدِ رَبِّهِمۡ وَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦ وَ يَسۡتَغۡفِرُونَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۖ رَبَّنَا وَسِعۡتَ كُلَّ شَيۡءࣲ رَّحۡمَةࣰ وَ عِلۡمࣰا فَٱغۡفِرۡ لِلَّذِينَ تَابُواْ وَ ٱتَّبَعُواْ سَبِيلَكَ وَ قِهِمۡ عَذَابَ ٱلۡجَحِيمِ﴿٧﴾

    Arshni koʻtarib turganlar va uning atrofidagilar Robbilariga hamd ila tasbih ayturlar, Unga iymon keltirurlar va iymon keltirganlarga magʻfirat soʻrab: «Ey Robbimiz, rahmating va ilming ila har bir narsani qurshagansan, bas, tavba qilib, yoʻlingga ergashganlarni magʻfirat qilgin va ularni doʻzax azobidan saqlagin.

  8. 40:8Mushafda oʻqish ↗

    رَبَّنَا وَ أَدۡخِلۡهُمۡ جَنَّٰتِ عَدۡنٍ ٱلَّتِي وَعَدتَّهُمۡ وَ مَن صَلَحَ مِنۡ ءَابَآئِهِمۡ وَ أَزۡوَٰجِهِمۡ وَ ذُرِّيَّٰتِهِمۡ ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٨﴾

    Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih boʻlganlarini ham Oʻzing ularga vaʼda qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening Oʻzing aziyzu oʻta hikmatli zotsan.

  9. 40:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ قِهِمُ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ وَ مَن تَقِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ يَوۡمَئِذࣲ فَقَدۡ رَحِمۡتَهُۥ ۚ وَ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٩﴾

    Va ularni yomonliklardan saqla, oʻsha kuni kimni yomonliklardan saqlasang, batahqiq, unga rahim qilibsan. Ana oʻsha buyuk yutuqdir», (derlar).

  10. 40:10Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنَادَوۡنَ لَمَقۡتُ ٱللَّهِ أَكۡبَرُ مِن مَّقۡتِكُمۡ أَنفُسَكُمۡ إِذۡ تُدۡعَوۡنَ إِلَى ٱلۡإِيمَٰنِ فَتَكۡفُرُونَ﴿١٠﴾

    Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chogʻingizdagi Allohning gʻazabi sizning oʻzingizga (hozirgi) gʻazabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur.

  11. 40:11Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ رَبَّنَآ أَمَتَّنَا ٱثۡنَتَيۡنِ وَ أَحۡيَيۡتَنَا ٱثۡنَتَيۡنِ فَٱعۡتَرَفۡنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلۡ إِلَىٰ خُرُوجࣲ مِّن سَبِيلࣲ﴿١١﴾

    Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta oʻldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni eʼtirof etdik. Endi chiqishning biron yoʻli bormi?» – dedilar.

  12. 40:12Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكُم بِأَنَّهُۥٓ إِذَا دُعِيَ ٱللَّهُ وَحۡدَهُۥ كَفَرۡتُمۡ وَ إِن يُشۡرَكۡ بِهِۦ تُؤۡمِنُواْ ۚ فَٱلۡحُكۡمُ لِلَّهِ ٱلۡعَلِيِّ ٱلۡكَبِيرِ﴿١٢﴾

    Bunday boʻlishingiz Allohning yolgʻiz Oʻziga daʼvat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulugʻ Allohnikidir.

  13. 40:13Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُرِيكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ وَ يُنَزِّلُ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ رِزۡقࣰا ۚ وَ مَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَن يُنِيبُ﴿١٣﴾

    Uning Oʻzi sizga oyat (belgi)larini koʻrsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan Zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar.

  14. 40:14Mushafda oʻqish ↗

    فَٱدۡعُواْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ وَ لَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿١٤﴾

    Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolvoring.

  15. 40:15Mushafda oʻqish ↗

    رَفِيعُ ٱلدَّرَجَٰتِ ذُو ٱلۡعَرۡشِ يُلۡقِي ٱلرُّوحَ مِنۡ أَمۡرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ لِيُنذِرَ يَوۡمَ ٱلتَّلَاقِ﴿١٥﴾

    U, darajasi yuksak, Arsh egasi boʻlgan Zotdir. U, Oʻz amri ila bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur.

  16. 40:16Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ هُم بَٰرِزُونَ ۖ لَا يَخۡفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِنۡهُمۡ شَيۡءࣱ ۚ لِّمَنِ ٱلۡمُلۡكُ ٱلۡيَوۡمَ ۖ لِلَّهِ ٱلۡوَٰحِدِ ٱلۡقَهَّارِ﴿١٦﴾

    Oʻsha kunda ular zohir boʻlurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolgʻiz, Qahhor Allohnikidir!

  17. 40:17Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡيَوۡمَ تُجۡزَىٰ كُلُّ نَفۡسِۭ بِمَا كَسَبَتۡ ۚ لَا ظُلۡمَ ٱلۡيَوۡمَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ﴿١٧﴾

    Bugungi kunda har bir jon oʻzi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugunga kunda zulm yoʻqdur. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi Zotdir.

  18. 40:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنذِرۡهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡأٓزِفَةِ إِذِ ٱلۡقُلُوبُ لَدَى ٱلۡحَنَاجِرِ كَٰظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنۡ حَمِيمࣲ وَ لَا شَفِيعࣲ يُطَاعُ﴿١٨﴾

    Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. Oʻshanda jonlar xalqumga kelib, gʻam-gʻussaga toʻlib turarlar. Zolimlar uchun hech bir doʻst ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yoʻq.

  19. 40:19Mushafda oʻqish ↗

    يَعۡلَمُ خَآئِنَةَ ٱلۡأَعۡيُنِ وَ مَا تُخۡفِي ٱلصُّدُورُ﴿١٩﴾

    U zot koʻzlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur.

  20. 40:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ يَقۡضِي بِٱلۡحَقِّ ۖ وَ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَقۡضُونَ بِشَيۡءٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ﴿٢٠﴾

    Alloh haq ila hukm qilur. Undan oʻzga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning Oʻzi oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi Zotdir.

  21. 40:21Mushafda oʻqish ↗

    أَوَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُواْ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَانُواْ هُمۡ أَشَدَّ مِنۡهُمۡ قُوَّةࣰ وَ ءَاثَارࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمۡ وَ مَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقࣲ﴿٢١﴾

    Axir, ular yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldin oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oʻshalar ulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Bas, Alloh oʻshalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan oʻzga bir saqlovchi boʻlmadi.

  22. 40:22Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَانَت تَّأۡتِيهِمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَكَفَرُواْ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ قَوِيࣱّ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٢٢﴾

    Bunday boʻlishining sababi shuki, ularga Paygʻambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.

  23. 40:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَ سُلۡطَٰنࣲ مُّبِينٍ﴿٢٣﴾

    Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik:

  24. 40:24Mushafda oʻqish ↗

    إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ هَٰمَٰنَ وَ قَٰرُونَ فَقَالُواْ سَٰحِرࣱ كَذَّابࣱ﴿٢٤﴾

    Firʼavnga, Homonga va Qorunga. Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar.

  25. 40:25Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلۡحَقِّ مِنۡ عِندِنَا قَالُواْ ٱقۡتُلُوٓاْ أَبۡنَآءَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ وَ ٱسۡتَحۡيُواْ نِسَآءَهُمۡ ۚ وَ مَا كَيۡدُ ٱلۡكَٰفِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَٰلࣲ﴿٢٥﴾

    Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chogʻda, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning oʻgʻillarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.

  26. 40:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ فِرۡعَوۡنُ ذَرُونِيٓ أَقۡتُلۡ مُوسَىٰ وَ لۡيَدۡعُ رَبَّهُۥٓ ۖ إِنِّيٓ أَخَافُ أَن يُبَدِّلَ دِينَكُمۡ أَوۡ أَن يُظۡهِرَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ٱلۡفَسَادَ﴿٢٦﴾

    Firʼavn: «Meni qoʻyinglar, Musoni oʻldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qoʻrqmoqdaman», dedi.

  27. 40:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ مُوسَىٰٓ إِنِّي عُذۡتُ بِرَبِّي وَ رَبِّكُم مِّن كُلِّ مُتَكَبِّرࣲ لَّا يُؤۡمِنُ بِيَوۡمِ ٱلۡحِسَابِ﴿٢٧﴾

    Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz boʻlgan Zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh soʻrayman», dedi.

  28. 40:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ رَجُلࣱ مُّؤۡمِنࣱ مِّنۡ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ يَكۡتُمُ إِيمَٰنَهُۥٓ أَتَقۡتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّيَ ٱللَّهُ وَ قَدۡ جَآءَكُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ مِن رَّبِّكُمۡ ۖ وَ إِن يَكُ كَٰذِبࣰا فَعَلَيۡهِ كَذِبُهُۥ ۖ وَ إِن يَكُ صَادِقࣰا يُصِبۡكُم بَعۡضُ ٱلَّذِي يَعِدُكُمۡ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي مَنۡ هُوَ مُسۡرِفࣱ كَذَّابࣱ﴿٢٨﴾

    Firʼavn ahlidan boʻlgan, iymonini berkitib yuradigan bir moʻmin kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun oʻldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻziga zarar. Agar rostgoʻy boʻlsa, unda u vaʼda qilayotgan baʼzi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob boʻlgan shaxsni hidoyat qilmas.

  29. 40:29Mushafda oʻqish ↗

    يَٰقَوۡمِ لَكُمُ ٱلۡمُلۡكُ ٱلۡيَوۡمَ ظَٰهِرِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَمَن يَنصُرُنَا مِنۢ بَأۡسِ ٱللَّهِ إِن جَآءَنَا ۚ قَالَ فِرۡعَوۡنُ مَآ أُرِيكُمۡ إِلَّا مَآ أَرَىٰ وَ مَآ أَهۡدِيكُمۡ إِلَّا سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ﴿٢٩﴾

    Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam berar?!» – dedi. Firʼavn: «Men sizga oʻzim koʻrayotgan narsadan boshqani koʻrsatmasman va sizlarni toʻgʻri yoʻldan boshqaga yoʻllamasman», dedi.

  30. 40:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِيٓ ءَامَنَ يَٰقَوۡمِ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُم مِّثۡلَ يَوۡمِ ٱلۡأَحۡزَابِ﴿٣٠﴾

    Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga oʻxshash kun...

  31. 40:31Mushafda oʻqish ↗

    مِثۡلَ دَأۡبِ قَوۡمِ نُوحࣲ وَ عَادࣲ وَ ثَمُودَ وَ ٱلَّذِينَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ ۚ وَ مَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلۡمࣰا لِّلۡعِبَادِ﴿٣١﴾

    Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga oʻxshash hol boʻlishidan qoʻrqurman. Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas.

  32. 40:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَٰقَوۡمِ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ يَوۡمَ ٱلتَّنَادِ﴿٣٢﴾

    Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qoʻrqurman.

  33. 40:33Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ تُوَلُّونَ مُدۡبِرِينَ مَا لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنۡ عَاصِمࣲ ۗ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنۡ هَادࣲ﴿٣٣﴾

    U kunda ortga qarab qochursiz. Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi boʻlmas. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas.

  34. 40:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ جَآءَكُمۡ يُوسُفُ مِن قَبۡلُ بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَمَا زِلۡتُمۡ فِي شَكࣲّ مِّمَّا جَآءَكُم بِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا هَلَكَ قُلۡتُمۡ لَن يَبۡعَثَ ٱللَّهُ مِنۢ بَعۡدِهِۦ رَسُولࣰا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَنۡ هُوَ مُسۡرِفࣱ مُّرۡتَابٌ﴿٣٤﴾

    Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u oʻzingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Paygʻambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi boʻlgan kimsani zalolatga ketkazdi.

  35. 40:35Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِيٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيۡرِ سُلۡطَٰنٍ أَتَىٰهُمۡ ۖ كَبُرَ مَقۡتًا عِندَ ٱللَّهِ وَ عِندَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۚ كَذَٰلِكَ يَطۡبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلۡبِ مُتَكَبِّرࣲ جَبَّارࣲ﴿٣٥﴾

    Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq gʻazabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zoʻravon qalbni muhrlar», dedi.

  36. 40:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ فِرۡعَوۡنُ يَٰهَٰمَٰنُ ٱبۡنِ لِي صَرۡحࣰا لَّعَلِّيٓ أَبۡلُغُ ٱلۡأَسۡبَٰبَ﴿٣٦﴾

    Firʼavn dedi: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam.

  37. 40:37Mushafda oʻqish ↗

    أَسۡبَٰبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَ إِنِّي لَأَظُنُّهُۥ كَٰذِبࣰا ۚ وَ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرۡعَوۡنَ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَ صُدَّ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۚ وَ مَا كَيۡدُ فِرۡعَوۡنَ إِلَّا فِي تَبَابࣲ﴿٣٧﴾

    Osmonlarning sabablariga yetsam, soʻngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolgʻonchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Firʼavnga uning yomon amali ziynatlandi va u yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.

  38. 40:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِيٓ ءَامَنَ يَٰقَوۡمِ ٱتَّبِعُونِ أَهۡدِكُمۡ سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ﴿٣٨﴾

    Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilurman.

  39. 40:39Mushafda oʻqish ↗

    يَٰقَوۡمِ إِنَّمَا هَٰذِهِ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا مَتَٰعࣱ وَ إِنَّ ٱلۡأٓخِرَةَ هِيَ دَارُ ٱلۡقَرَارِ﴿٣٩﴾

    Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat, oʻshaning oʻzi barqarorlik diyoridir.

  40. 40:40Mushafda oʻqish ↗

    مَنۡ عَمِلَ سَيِّئَةࣰ فَلَا يُجۡزَىٰٓ إِلَّا مِثۡلَهَا ۖ وَ مَنۡ عَمِلَ صَٰلِحࣰا مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَ هُوَ مُؤۡمِنࣱ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ يُرۡزَقُونَ فِيهَا بِغَيۡرِ حِسَابࣲ﴿٤٠﴾

    Kim biror yomonlik qilsa, faqat oʻshanga yarasha jazo oladi, xolos. Erkakdir, ayoldir, har kim moʻmin boʻlgan holida solih amal qilsa, bas, ana oʻshalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar.

  41. 40:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَٰقَوۡمِ مَا لِيٓ أَدۡعُوكُمۡ إِلَى ٱلنَّجَوٰةِ وَ تَدۡعُونَنِيٓ إِلَى ٱلنَّارِ﴿٤١﴾

    Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni doʻzaxga chaqirursiz?!

  42. 40:42Mushafda oʻqish ↗

    تَدۡعُونَنِي لِأَكۡفُرَ بِٱللَّهِ وَ أُشۡرِكَ بِهِۦ مَا لَيۡسَ لِي بِهِۦ عِلۡمࣱ وَ أَنَا۠ أَدۡعُوكُمۡ إِلَى ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡغَفَّٰرِ﴿٤٢﴾

    Siz meni Allohga kufr keltirishimga va oʻzim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni aziyzu oʻta magʻfiratli Zotga chaqirmoqdaman.

  43. 40:43Mushafda oʻqish ↗

    لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ لَيۡسَ لَهُۥ دَعۡوَةࣱ فِي ٱلدُّنۡيَا وَ لَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ وَ أَنَّ مَرَدَّنَآ إِلَى ٱللَّهِ وَ أَنَّ ٱلۡمُسۡرِفِينَ هُمۡ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ﴿٤٣﴾

    Hech shubha yoʻqki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham daʼvatga haqqi yoʻqdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni oʻshalar doʻzax egalaridir.

  44. 40:44Mushafda oʻqish ↗

    فَسَتَذۡكُرُونَ مَآ أَقُولُ لَكُمۡ ۚ وَ أُفَوِّضُ أَمۡرِيٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ﴿٤٤﴾

    Hali, men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning Oʻziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq koʻrib turguvchidir», dedi.

  45. 40:45Mushafda oʻqish ↗

    فَوَقَىٰهُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِ مَا مَكَرُواْ ۖ وَ حَاقَ بِـَٔالِ فِرۡعَوۡنَ سُوٓءُ ٱلۡعَذَابِ﴿٤٥﴾

    Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Firʼavn ahlini yomon azob oʻrab oldi.

  46. 40:46Mushafda oʻqish ↗

    ٱلنَّارُ يُعۡرَضُونَ عَلَيۡهَا غُدُوࣰّا وَ عَشِيࣰّا ۚ وَ يَوۡمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ أَدۡخِلُوٓاْ ءَالَ فِرۡعَوۡنَ أَشَدَّ ٱلۡعَذَابِ﴿٤٦﴾

    U olovdir. Unga ertayu kech koʻndalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoim boʻlganida esa: «Firʼavn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur.

  47. 40:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ يَتَحَآجُّونَ فِي ٱلنَّارِ فَيَقُولُ ٱلضُّعَفَٰٓؤُاْ لِلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُوٓاْ إِنَّا كُنَّا لَكُمۡ تَبَعࣰا فَهَلۡ أَنتُم مُّغۡنُونَ عَنَّا نَصِيبࣰا مِّنَ ٱلنَّارِ﴿٤٧﴾

    Oʻshanda ular doʻzaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi boʻlgan edik. Endi siz bizning doʻzax nasibamizdan biror boʻlagini dafʼ qilasizlarmi?!» – derlar.

  48. 40:48Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُوٓاْ إِنَّا كُلࣱّ فِيهَآ إِنَّ ٱللَّهَ قَدۡ حَكَمَ بَيۡنَ ٱلۡعِبَادِ﴿٤٨﴾

    Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib boʻldi», derlar.

  49. 40:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ ٱلَّذِينَ فِي ٱلنَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ٱدۡعُواْ رَبَّكُمۡ يُخَفِّفۡ عَنَّا يَوۡمࣰا مِّنَ ٱلۡعَذَابِ﴿٤٩﴾

    Doʻzaxda turganlar jahannam qoʻriqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar.

  50. 40:50Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ أَوَلَمۡ تَكُ تَأۡتِيكُمۡ رُسُلُكُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ ۚ قَالُواْ فَٱدۡعُواْ ۗ وَ مَا دُعَٰٓؤُاْ ٱلۡكَٰفِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَٰلٍ﴿٥٠﴾

    Ular: «Sizga Paygʻambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar.

  51. 40:51Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَ يَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ﴿٥١﴾

    Albatta, Biz Paygʻambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz.

  52. 40:52Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ لَا يَنفَعُ ٱلظَّٰلِمِينَ مَعۡذِرَتُهُمۡ ۖ وَ لَهُمُ ٱللَّعۡنَةُ وَ لَهُمۡ سُوٓءُ ٱلدَّارِ﴿٥٢﴾

    U kunda zolimlarga maʼziratlari naf bermas. Ularga laʼnat boʻlgʻay va ularga yomon hovli joy boʻlgʻay.

  53. 40:53Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا مُوسَى ٱلۡهُدَىٰ وَ أَوۡرَثۡنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱلۡكِتَٰبَ﴿٥٣﴾

    Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik.

  54. 40:54Mushafda oʻqish ↗

    هُدࣰى وَ ذِكۡرَىٰ لِأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ﴿٥٤﴾

    Aql egalariga hidoyatchi va eslatma boʻlsin uchun.

  55. 40:55Mushafda oʻqish ↗

    فَٱصۡبِرۡ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ وَ ٱسۡتَغۡفِرۡ لِذَنۢبِكَ وَ سَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ بِٱلۡعَشِيِّ وَ ٱلۡإِبۡكَٰرِ﴿٥٥﴾

    Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Gunohing uchun istigʻfor ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt.

  56. 40:56Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِيٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيۡرِ سُلۡطَٰنٍ أَتَىٰهُمۡ إِن فِي صُدُورِهِمۡ إِلَّا كِبۡرࣱ مَّا هُم بِبَٰلِغِيهِ ۚ فَٱسۡتَعِذۡ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ﴿٥٦﴾

    Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan oʻzga narsa yoʻq. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh soʻra. Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi Zotdir.

  57. 40:57Mushafda oʻqish ↗

    لَخَلۡقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ أَكۡبَرُ مِنۡ خَلۡقِ ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٥٧﴾

    Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.

  58. 40:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَسۡتَوِي ٱلۡأَعۡمَىٰ وَ ٱلۡبَصِيرُ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ لَا ٱلۡمُسِيٓءُ ۚ قَلِيلࣰا مَّا تَتَذَكَّرُونَ﴿٥٨﴾

    Koʻr bilan koʻruvchi barobar boʻlmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar.

  59. 40:59Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَأٓتِيَةࣱ لَّا رَيۡبَ فِيهَا وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٥٩﴾

    Albatta, soat (qiyomat)kelguvchidir. Unda shubha yoʻq. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.

  60. 40:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالَ رَبُّكُمُ ٱدۡعُونِيٓ أَسۡتَجِبۡ لَكُمۡ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسۡتَكۡبِرُونَ عَنۡ عِبَادَتِي سَيَدۡخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ﴿٦٠﴾

    Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi.

  61. 40:61Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيۡلَ لِتَسۡكُنُواْ فِيهِ وَ ٱلنَّهَارَ مُبۡصِرًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشۡكُرُونَ﴿٦١﴾

    Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, koʻrsatuvchi etib kunduzni qilib bergan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.

  62. 40:62Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ خَٰلِقُ كُلِّ شَيۡءࣲ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤۡفَكُونَ﴿٦٢﴾

    Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?!

  63. 40:63Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ يُؤۡفَكُ ٱلَّذِينَ كَانُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجۡحَدُونَ﴿٦٣﴾

    Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar ana shunday burilib keturlar.

  64. 40:64Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ قَرَارࣰا وَ ٱلسَّمَآءَ بِنَآءࣰ وَ صَوَّرَكُمۡ فَأَحۡسَنَ صُوَرَكُمۡ وَ رَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ ۖ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦٤﴾

    Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni goʻzal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) boʻldi.

  65. 40:65Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلۡحَيُّ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱدۡعُوهُ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۗ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦٥﴾

    U zot tirikdir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar boʻlsin.

  66. 40:66Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِنِّي نُهِيتُ أَنۡ أَعۡبُدَ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَمَّا جَآءَنِيَ ٱلۡبَيِّنَٰتُ مِن رَّبِّي وَ أُمِرۡتُ أَنۡ أُسۡلِمَ لِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦٦﴾

    Sen: «Albatta, men oʻzimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr etildim», deb ayt.

  67. 40:67Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن تُرَابࣲ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةࣲ ثُمَّ مِنۡ عَلَقَةࣲ ثُمَّ يُخۡرِجُكُمۡ طِفۡلࣰا ثُمَّ لِتَبۡلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمۡ ثُمَّ لِتَكُونُواْ شُيُوخࣰا ۚ وَ مِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ مِن قَبۡلُ ۖ وَ لِتَبۡلُغُوٓاْ أَجَلࣰا مُّسَمࣰّى وَ لَعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٦٧﴾

    U sizni tuproqdan, soʻngra nutfadan, soʻngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. Soʻngra U sizni buvak holingizda chiqarur. Soʻngra kamolga yetishingiz uchun, soʻngra qari boʻlishingiz uchun (ulgʻaytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham boʻlur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz.

  68. 40:68Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِي يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۖ فَإِذَا قَضَىٰٓ أَمۡرࣰا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ﴿٦٨﴾

    U zot tiriltirur va oʻldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Boʻl!» der va u boʻlur.

  69. 40:69Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِيٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ أَنَّىٰ يُصۡرَفُونَ﴿٦٩﴾

    Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadiganlarni koʻrmaysanmi?! Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

  70. 40:70Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِٱلۡكِتَٰبِ وَ بِمَآ أَرۡسَلۡنَا بِهِۦ رُسُلَنَا ۖ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿٧٠﴾

    Kitobni va Biz Paygʻambarlarimiz ila yuborgan narsani yolgʻonga chiqarganlar tezda bilurlar.

  71. 40:71Mushafda oʻqish ↗

    إِذِ ٱلۡأَغۡلَٰلُ فِيٓ أَعۡنَٰقِهِمۡ وَ ٱلسَّلَٰسِلُ يُسۡحَبُونَ﴿٧١﴾

    Oʻshanda ular boʻyinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar.

  72. 40:72Mushafda oʻqish ↗

    فِي ٱلۡحَمِيمِ ثُمَّ فِي ٱلنَّارِ يُسۡجَرُونَ﴿٧٢﴾

    Oʻta qaynoq suvga, soʻngra olovda kuydirilurlar.

  73. 40:73Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ قِيلَ لَهُمۡ أَيۡنَ مَا كُنتُمۡ تُشۡرِكُونَ﴿٧٣﴾

    Soʻngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani.

  74. 40:74Mushafda oʻqish ↗

    مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُواْ ضَلُّواْ عَنَّا بَل لَّمۡ نَكُن نَّدۡعُواْ مِن قَبۡلُ شَيۡـࣰٔا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلۡكَٰفِرِينَ﴿٧٤﴾

    Allohdan oʻzga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yoʻqolib qoldilar. Yoʻq. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur.

  75. 40:75Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكُم بِمَا كُنتُمۡ تَفۡرَحُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ وَ بِمَا كُنتُمۡ تَمۡرَحُونَ﴿٧٥﴾

    Mana shular yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.

  76. 40:76Mushafda oʻqish ↗

    ٱدۡخُلُوٓاْ أَبۡوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئۡسَ مَثۡوَى ٱلۡمُتَكَبِّرِينَ﴿٧٦﴾

    Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon!

  77. 40:77Mushafda oʻqish ↗

    فَٱصۡبِرۡ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ ۚ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعۡضَ ٱلَّذِي نَعِدُهُمۡ أَوۡ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيۡنَا يُرۡجَعُونَ﴿٧٧﴾

    Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga vaʼda qilgan narsalarimizning baʼzilarini koʻrsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar.

  78. 40:78Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا رُسُلࣰا مِّن قَبۡلِكَ مِنۡهُم مَّن قَصَصۡنَا عَلَيۡكَ وَ مِنۡهُم مَّن لَّمۡ نَقۡصُصۡ عَلَيۡكَ ۗ وَ مَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأۡتِيَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۚ فَإِذَا جَآءَ أَمۡرُ ٱللَّهِ قُضِيَ بِٱلۡحَقِّ وَ خَسِرَ هُنَالِكَ ٱلۡمُبۡطِلُونَ﴿٧٨﴾

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Paygʻambar Allohning iznisiz oyat (moʻʼjiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va oʻshanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.

  79. 40:79Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَنۡعَٰمَ لِتَرۡكَبُواْ مِنۡهَا وَ مِنۡهَا تَأۡكُلُونَ﴿٧٩﴾

    Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan baʼzilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan baʼzilarini yersizlar.

  80. 40:80Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَكُمۡ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَ لِتَبۡلُغُواْ عَلَيۡهَا حَاجَةࣰ فِي صُدُورِكُمۡ وَ عَلَيۡهَا وَ عَلَى ٱلۡفُلۡكِ تُحۡمَلُونَ﴿٨٠﴾

    Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz.

  81. 40:81Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُرِيكُمۡ ءَايَٰتِهِۦ فَأَيَّ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُنكِرُونَ﴿٨١﴾

    Va U zot sizlarga Oʻz oyat(belgi)larini koʻrsatur. Bas, Allohning qaysi oyat(belgi)larini inkor qilursizlar?!

  82. 40:82Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۚ كَانُوٓاْ أَكۡثَرَ مِنۡهُمۡ وَ أَشَدَّ قُوَّةࣰ وَ ءَاثَارࣰا فِي ٱلۡأَرۡضِ فَمَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُم مَّا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿٨٢﴾

    Axir, ular yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oʻshalar bulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.

  83. 40:83Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَتۡهُمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَرِحُواْ بِمَا عِندَهُم مِّنَ ٱلۡعِلۡمِ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٨٣﴾

    Qachonki ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular oʻzlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni oʻzlari istehzo qilgan narsa oʻrab oldi.

  84. 40:84Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا رَأَوۡاْ بَأۡسَنَا قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَحۡدَهُۥ وَ كَفَرۡنَا بِمَا كُنَّا بِهِۦ مُشۡرِكِينَ﴿٨٤﴾

    Qachonki azobimizni koʻrganlarida: «Biz Allohning yolgʻiz Oʻziga iymon keltirdik va Unga sherik qilgan narsalarimizga kufr keltirdik», dedilar.

  85. 40:85Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمۡ يَكُ يَنفَعُهُمۡ إِيمَٰنُهُمۡ لَمَّا رَأَوۡاْ بَأۡسَنَا ۖ سُنَّتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِي قَدۡ خَلَتۡ فِي عِبَادِهِۦ ۖ وَ خَسِرَ هُنَالِكَ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴿٨٥﴾

    Bizning azobimizni koʻrganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy boʻlib kelgan sunnati shu. Ana oʻshanda kofirlar ziyon koʻrdilar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: G‘ofir. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — mag‘firat qiluvchi.

Mazmuni: Sura Allohning mag‘firati va jazosi o‘rtasidagi muvozanatni ko‘rsatadi. Fir’avn oilasidan iymonini yashirgan bir mo‘minning dalillari, Muso alayhissalom voqeasi va takabburlikning oqibatlari orqali haqiqatni himoya qilish va sabrga chaqiriladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraZumar surasiKeyingi sura →Fussilat surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026