سورة القمر
Qamar surasi
Oy · Қамар сураси
Qamar surasi — Qurʼoni Karimning 54-surasi. U 55 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Oy» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱقۡتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَ ٱنشَقَّ ٱلۡقَمَرُ﴿١﴾
Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy boʻlindi.
وَ إِن يَرَوۡاْ ءَايَةࣰ يُعۡرِضُواْ وَ يَقُولُواْ سِحۡرࣱ مُّسۡتَمِرࣱّ﴿٢﴾
Agar bir oyat(moʻʼjiza)ni koʻrsalar, yuz oʻgirarlar va: «Bu — oʻtkinchi sehr», derlar.
وَ كَذَّبُواْ وَ ٱتَّبَعُوٓاْ أَهۡوَآءَهُمۡ ۚ وَ كُلُّ أَمۡرࣲ مُّسۡتَقِرࣱّ﴿٣﴾
Va yolgʻonga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish oʻz oʻrnini topuvchidir.
وَ لَقَدۡ جَآءَهُم مِّنَ ٱلۡأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزۡدَجَرٌ﴿٤﴾
Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.
حِكۡمَةُۢ بَٰلِغَةࣱ ۖ فَمَا تُغۡنِ ٱلنُّذُرُ﴿٥﴾
Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi.
فَتَوَلَّ عَنۡهُمۡ ۘ يَوۡمَ يَدۡعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَيۡءࣲ نُّكُرٍ﴿٦﴾
Bas, Ulardan yuz oʻgir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.
خُشَّعًا أَبۡصَٰرُهُمۡ يَخۡرُجُونَ مِنَ ٱلۡأَجۡدَاثِ كَأَنَّهُمۡ جَرَادࣱ مُّنتَشِرࣱ﴿٧﴾
Qabrlardan, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga oʻxshab chiqib kelurlar.
مُّهۡطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلۡكَٰفِرُونَ هَٰذَا يَوۡمٌ عَسِرࣱ﴿٨﴾
Chaqiruvchiga qarab boʻyinlarini choʻzib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.
كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحࣲ فَكَذَّبُواْ عَبۡدَنَا وَ قَالُواْ مَجۡنُونࣱ وَ ٱزۡدُجِرَ﴿٩﴾
Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolgʻonchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolgʻonchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga toʻsiqlar qoʻyishdi.
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّي مَغۡلُوبࣱ فَٱنتَصِرۡ﴿١٠﴾
Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men magʻlub boʻldim, yordam ber», dedi.
فَفَتَحۡنَآ أَبۡوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءࣲ مُّنۡهَمِرࣲ﴿١١﴾
Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.
وَ فَجَّرۡنَا ٱلۡأَرۡضَ عُيُونࣰا فَٱلۡتَقَى ٱلۡمَآءُ عَلَىٰٓ أَمۡرࣲ قَدۡ قُدِرَ﴿١٢﴾
Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.
وَ حَمَلۡنَٰهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلۡوَٰحࣲ وَ دُسُرࣲ﴿١٣﴾
Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga koʻtardik.
تَجۡرِي بِأَعۡيُنِنَا جَزَآءࣰ لِّمَن كَانَ كُفِرَ﴿١٤﴾
U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot boʻlib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.
وَ لَقَد تَّرَكۡنَٰهَآ ءَايَةࣰ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿١٥﴾
Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!
فَكَيۡفَ كَانَ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿١٦﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!
وَ لَقَدۡ يَسَّرۡنَا ٱلۡقُرۡءَانَ لِلذِّكۡرِ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿١٧﴾
Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتۡ عَادࣱ فَكَيۡفَ كَانَ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿١٨﴾
Od (Hudni) yolgʻonchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ رِيحࣰا صَرۡصَرࣰا فِي يَوۡمِ نَحۡسࣲ مُّسۡتَمِرࣲّ﴿١٩﴾
Biz davomli mashʼum kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik.
تَنزِعُ ٱلنَّاسَ كَأَنَّهُمۡ أَعۡجَازُ نَخۡلࣲ مُّنقَعِرࣲ﴿٢٠﴾
U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qoʻporib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi.
فَكَيۡفَ كَانَ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿٢١﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!
وَ لَقَدۡ يَسَّرۡنَا ٱلۡقُرۡءَانَ لِلذِّكۡرِ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿٢٢﴾
Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتۡ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ﴿٢٣﴾
Samud ogohlantiruvchilarni yolgʻonga chiqardi.
فَقَالُوٓاْ أَبَشَرࣰا مِّنَّا وَٰحِدࣰا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذࣰا لَّفِي ضَلَٰلࣲ وَ سُعُرٍ﴿٢٤﴾
Ular: «Biz oʻzimizdan boʻlgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday boʻlsa, albatta, adashuvda va jinnilikda boʻlamiz.
أَءُلۡقِيَ ٱلذِّكۡرُ عَلَيۡهِ مِنۢ بَيۡنِنَا بَلۡ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرࣱ﴿٢٥﴾
Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yoʻq, u yolgʻonchi va kekkaygandir», dedilar.
سَيَعۡلَمُونَ غَدࣰا مَّنِ ٱلۡكَذَّابُ ٱلۡأَشِرُ﴿٢٦﴾
Ertaga kim yolgʻonchi va kekkaygan ekanini bilurlar.
إِنَّا مُرۡسِلُواْ ٱلنَّاقَةِ فِتۡنَةࣰ لَّهُمۡ فَٱرۡتَقِبۡهُمۡ وَ ٱصۡطَبِرۡ﴿٢٧﴾
Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.
وَ نَبِّئۡهُمۡ أَنَّ ٱلۡمَآءَ قِسۡمَةُۢ بَيۡنَهُمۡ ۖ كُلُّ شِرۡبࣲ مُّحۡتَضَرࣱ﴿٢٨﴾
Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (oʻz vaqtida) hozir boʻlinar.
فَنَادَوۡاْ صَاحِبَهُمۡ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ﴿٢٩﴾
Bas, ular oʻz sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va soʻyib yubordi.
فَكَيۡفَ كَانَ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿٣٠﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ صَيۡحَةࣰ وَٰحِدَةࣰ فَكَانُواْ كَهَشِيمِ ٱلۡمُحۡتَظِرِ﴿٣١﴾
Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qoʻra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga oʻxshab qoldilar.
وَ لَقَدۡ يَسَّرۡنَا ٱلۡقُرۡءَانَ لِلذِّكۡرِ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿٣٢﴾
Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتۡ قَوۡمُ لُوطِۭ بِٱلنُّذُرِ﴿٣٣﴾
Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolgʻonchiga chiqardi.
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمۡ حَاصِبًا إِلَّآ ءَالَ لُوطࣲ ۖ نَّجَّيۡنَٰهُم بِسَحَرࣲ﴿٣٤﴾
Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) boʻron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chogʻi najot berdik.
نِّعۡمَةࣰ مِّنۡ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي مَن شَكَرَ﴿٣٥﴾
Bu, Biz tarafimizdan neʼmat boʻldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.
وَ لَقَدۡ أَنذَرَهُم بَطۡشَتَنَا فَتَمَارَوۡاْ بِٱلنُّذُرِ﴿٣٦﴾
Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.
وَ لَقَدۡ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيۡفِهِۦ فَطَمَسۡنَآ أَعۡيُنَهُمۡ فَذُوقُواْ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿٣٧﴾
Ular undan mehmonlarini topshirishni soʻradilar. Bas, koʻzlarini koʻr qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib koʻrsinlar.
وَ لَقَدۡ صَبَّحَهُم بُكۡرَةً عَذَابࣱ مُّسۡتَقِرࣱّ﴿٣٨﴾
Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.
فَذُوقُواْ عَذَابِي وَ نُذُرِ﴿٣٩﴾
Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni totib koʻringlar!
وَ لَقَدۡ يَسَّرۡنَا ٱلۡقُرۡءَانَ لِلذِّكۡرِ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿٤٠﴾
Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
وَ لَقَدۡ جَآءَ ءَالَ فِرۡعَوۡنَ ٱلنُّذُرُ﴿٤١﴾
Darhaqiqat, Firʼavn ahliga ogohlantirishlar keldi.
كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذۡنَٰهُمۡ أَخۡذَ عَزِيزࣲ مُّقۡتَدِرٍ﴿٤٢﴾
Bizning oyatlarimizning barchasini yolgʻonga chiqarishdi. Bas, Biz ularni gʻolib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.
أَكُفَّارُكُمۡ خَيۡرࣱ مِّنۡ أُوْلَٰٓئِكُمۡ أَمۡ لَكُم بَرَآءَةࣱ فِي ٱلزُّبُرِ﴿٤٣﴾
Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!
أَمۡ يَقُولُونَ نَحۡنُ جَمِيعࣱ مُّنتَصِرࣱ﴿٤٤﴾
Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishar?!
سَيُهۡزَمُ ٱلۡجَمۡعُ وَ يُوَلُّونَ ٱلدُّبُرَ﴿٤٥﴾
U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.
بَلِ ٱلسَّاعَةُ مَوۡعِدُهُمۡ وَ ٱلسَّاعَةُ أَدۡهَىٰ وَ أَمَرُّ﴿٤٦﴾
Ha, ularga vaʼda qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.
إِنَّ ٱلۡمُجۡرِمِينَ فِي ضَلَٰلࣲ وَ سُعُرࣲ﴿٤٧﴾
Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.
يَوۡمَ يُسۡحَبُونَ فِي ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمۡ ذُوقُواْ مَسَّ سَقَرَ﴿٤٨﴾
Yuztuban doʻzaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib koʻring, (deyilur).
إِنَّا كُلَّ شَيۡءٍ خَلَقۡنَٰهُ بِقَدَرࣲ﴿٤٩﴾
Albatta, Biz har narsani oʻlchov bilan yaratdik.
وَ مَآ أَمۡرُنَآ إِلَّا وَٰحِدَةࣱ كَلَمۡحِۭ بِٱلۡبَصَرِ﴿٥٠﴾
Bizning farmonimiz bir soʻzdan oʻzga emas. Koʻz yumib ochguncha boʻlur.
وَ لَقَدۡ أَهۡلَكۡنَآ أَشۡيَاعَكُمۡ فَهَلۡ مِن مُّدَّكِرࣲ﴿٥١﴾
Darhaqiqat, Biz sizga oʻxshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, oʻzi?!
وَ كُلُّ شَيۡءࣲ فَعَلُوهُ فِي ٱلزُّبُرِ﴿٥٢﴾
Va ularning har bir ishlari kitoblardadir.
وَ كُلُّ صَغِيرࣲ وَ كَبِيرࣲ مُّسۡتَطَرٌ﴿٥٣﴾
Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.
إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي جَنَّٰتࣲ وَ نَهَرࣲ﴿٥٤﴾
Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlardadirlar.
فِي مَقۡعَدِ صِدۡقٍ عِندَ مَلِيكࣲ مُّقۡتَدِرِۭ﴿٥٥﴾
Sidq oʻrindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Qamar. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — oy.
Mazmuni: Sura qiyomat yaqinligi va avvalgi qavmlarning ogohlantirishni rad etgani haqida qayta-qayta eslatadi. Nuh, Od, Samud, Lut va Fir’avn qissalari qisqa, kuchli uslubda kelib, ogohlantirishdan yuz o‘girishning muqarrar oqibatini ko‘rsatadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.