سورة النجم
Najm surasi
Yulduz · Нажм сураси
Najm surasi — Qurʼoni Karimning 53-surasi. U 62 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Yulduz» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلنَّجۡمِ إِذَا هَوَىٰ﴿١﴾
Botayotgan yulduz bilan qasam.
مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمۡ وَ مَا غَوَىٰ﴿٢﴾
Sizning Birodaringiz adashgani ham yoʻq, yoʻldan ozgani ham yoʻq.
وَ مَا يَنطِقُ عَنِ ٱلۡهَوَىٰٓ﴿٣﴾
U havodan nutq qilmas.
إِنۡ هُوَ إِلَّا وَحۡيࣱ يُوحَىٰ﴿٤﴾
U (Qurʼon) vahiydan oʻzga narsa emas.
عَلَّمَهُۥ شَدِيدُ ٱلۡقُوَىٰ﴿٥﴾
U(Muhammad)ga shiddatli quvvat egasi taʼlim berdi.
ذُو مِرَّةࣲ فَٱسۡتَوَىٰ﴿٦﴾
Mirrat egasi koʻtarildi.
وَ هُوَ بِٱلۡأُفُقِ ٱلۡأَعۡلَىٰ﴿٧﴾
Va u oliy ufqda edi.
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّىٰ﴿٨﴾
Soʻngra yaqinlashdi va juda ham yaqin boʻldi.
فَكَانَ قَابَ قَوۡسَيۡنِ أَوۡ أَدۡنَىٰ﴿٩﴾
Bas, ikki kamon miqdoriday joyda boʻldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.
فَأَوۡحَىٰٓ إِلَىٰ عَبۡدِهِۦ مَآ أَوۡحَىٰ﴿١٠﴾
Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan boʻlsa, yetkazdi.
مَا كَذَبَ ٱلۡفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ﴿١١﴾
Qalb (koʻz) koʻrganini yolgʻonga chiqarmadi.
أَفَتُمَٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ﴿١٢﴾
U bilan oʻzi koʻrgan narsa ustida tortishasizlarmi?!
وَ لَقَدۡ رَءَاهُ نَزۡلَةً أُخۡرَىٰ﴿١٣﴾
Va, darhaqiqat, uni boshqa safar koʻrdi.
عِندَ سِدۡرَةِ ٱلۡمُنتَهَىٰ﴿١٤﴾
Sidratul muntaha(tugash daraxti) oldida.
عِندَهَا جَنَّةُ ٱلۡمَأۡوَىٰٓ﴿١٥﴾
Uning huzurida maʼvo jannati bor.
إِذۡ يَغۡشَى ٱلسِّدۡرَةَ مَا يَغۡشَىٰ﴿١٦﴾
Oʻshanda, u(daraxt)ni oʻraydigan narsa oʻrab turibdi.
مَا زَاغَ ٱلۡبَصَرُ وَ مَا طَغَىٰ﴿١٧﴾
Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.
لَقَدۡ رَأَىٰ مِنۡ ءَايَٰتِ رَبِّهِ ٱلۡكُبۡرَىٰٓ﴿١٨﴾
Darhaqiqat, oʻz Robbisining ulkan belgilaridan koʻrdi.
أَفَرَءَيۡتُمُ ٱللَّٰتَ وَ ٱلۡعُزَّىٰ﴿١٩﴾
Lot va Uzzoni oʻylab koʻrdingizmi?
وَ مَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلۡأُخۡرَىٰٓ﴿٢٠﴾
Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (oʻylab koʻrdingizmi)?
أَلَكُمُ ٱلذَّكَرُ وَ لَهُ ٱلۡأُنثَىٰ﴿٢١﴾
Sizlarga erkak-u, U zotga ayolmi?
تِلۡكَ إِذࣰا قِسۡمَةࣱ ضِيزَىٰٓ﴿٢٢﴾
Undoq boʻlsa, bu notoʻgʻri taqsim-ku!
إِنۡ هِيَ إِلَّآ أَسۡمَآءࣱ سَمَّيۡتُمُوهَآ أَنتُمۡ وَ ءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلۡطَٰنٍ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَ مَا تَهۡوَى ٱلۡأَنفُسُ ۖ وَ لَقَدۡ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلۡهُدَىٰٓ﴿٢٣﴾
U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qoʻygan nomlardan oʻzga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.
أَمۡ لِلۡإِنسَٰنِ مَا تَمَنَّىٰ﴿٢٤﴾
Yoki har inson nimani xohlasa, shu boʻlaveradimi?
فَلِلَّهِ ٱلۡأٓخِرَةُ وَ ٱلۡأُولَىٰ﴿٢٥﴾
Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.
وَ كَم مِّن مَّلَكࣲ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ لَا تُغۡنِي شَفَٰعَتُهُمۡ شَيۡـًٔا إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ أَن يَأۡذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَ يَرۡضَىٰٓ﴿٢٦﴾
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh Oʻzi xohlagan va rozi boʻlganlarga izn bersa.
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِٱلۡأٓخِرَةِ لَيُسَمُّونَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ تَسۡمِيَةَ ٱلۡأُنثَىٰ﴿٢٧﴾
Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
وَ مَا لَهُم بِهِۦ مِنۡ عِلۡمٍ ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ۖ وَ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغۡنِي مِنَ ٱلۡحَقِّ شَيۡـࣰٔا﴿٢٨﴾
Ularda bu haqda hech qanday ilm yoʻq. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat oʻrniga oʻtmas.
فَأَعۡرِضۡ عَن مَّن تَوَلَّىٰ عَن ذِكۡرِنَا وَ لَمۡ يُرِدۡ إِلَّا ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا﴿٢٩﴾
Bizning zikrimizga orqa oʻgirgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz oʻgir.
ذَٰلِكَ مَبۡلَغُهُم مِّنَ ٱلۡعِلۡمِ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَنِ ٱهۡتَدَىٰ﴿٣٠﴾
Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yoʻlidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.
وَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ لِيَجۡزِيَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔواْ بِمَا عَمِلُواْ وَ يَجۡزِيَ ٱلَّذِينَ أَحۡسَنُواْ بِٱلۡحُسۡنَى﴿٣١﴾
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni goʻzal (mukofot) ila mukofotlar.
ٱلَّذِينَ يَجۡتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلۡمَغۡفِرَةِ ۚ هُوَ أَعۡلَمُ بِكُمۡ إِذۡ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ وَ إِذۡ أَنتُمۡ أَجِنَّةࣱ فِي بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمۡ ۖ فَلَا تُزَكُّوٓاْ أَنفُسَكُمۡ ۖ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ﴿٣٢﴾
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda boʻladiganlardir. Albatta, Robbing magʻfirati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chogʻingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, oʻzingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.
أَفَرَءَيۡتَ ٱلَّذِي تَوَلَّىٰ﴿٣٣﴾
Yuz oʻgirib ketganni koʻrdingmi?!
وَ أَعۡطَىٰ قَلِيلࣰا وَ أَكۡدَىٰٓ﴿٣٤﴾
U ozgina berdi va toʻxtadi.
أَعِندَهُۥ عِلۡمُ ٱلۡغَيۡبِ فَهُوَ يَرَىٰٓ﴿٣٥﴾
Uning huzurida gʻayb ilmi bor-u, u koʻrib turibdimi?
أَمۡ لَمۡ يُنَبَّأۡ بِمَا فِي صُحُفِ مُوسَىٰ﴿٣٦﴾
Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?
وَ إِبۡرَٰهِيمَ ٱلَّذِي وَفَّىٰٓ﴿٣٧﴾
Va vafo qilgan Ibrohimning?
أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةࣱ وِزۡرَ أُخۡرَىٰ﴿٣٨﴾
Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini koʻtarmas.
وَ أَن لَّيۡسَ لِلۡإِنسَٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ﴿٣٩﴾
Har bir insonga oʻz qilganidan boshqa narsa yoʻq.
وَ أَنَّ سَعۡيَهُۥ سَوۡفَ يُرَىٰ﴿٤٠﴾
Va, albatta, uning qilmishi tezda koʻrinur.
ثُمَّ يُجۡزَىٰهُ ٱلۡجَزَآءَ ٱلۡأَوۡفَىٰ﴿٤١﴾
Soʻngra jazo yoki mukofoti toʻliq berilur.
وَ أَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلۡمُنتَهَىٰ﴿٤٢﴾
Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.
وَ أَنَّهُۥ هُوَ أَضۡحَكَ وَ أَبۡكَىٰ﴿٤٣﴾
Va, albatta, kuldirgan ham Oʻzi, yigʻlatgan ham Oʻzidir.
وَ أَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَ أَحۡيَا﴿٤٤﴾
Albatta, oʻldirgan ham Oʻzi, tiriltirgan ham Oʻzi.
وَ أَنَّهُۥ خَلَقَ ٱلزَّوۡجَيۡنِ ٱلذَّكَرَ وَ ٱلۡأُنثَىٰ﴿٤٥﴾
Albatta, ikki juftni — erkak va ayolni yaratgan ham Oʻzi.
مِن نُّطۡفَةٍ إِذَا تُمۡنَىٰ﴿٤٦﴾
Otilib chiqqan nutfadan.
وَ أَنَّ عَلَيۡهِ ٱلنَّشۡأَةَ ٱلۡأُخۡرَىٰ﴿٤٧﴾
Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham Oʻzi.
وَ أَنَّهُۥ هُوَ أَغۡنَىٰ وَ أَقۡنَىٰ﴿٤٨﴾
Va, albatta, behojat qilgan ham Oʻzi, badavlat qilgan ham Oʻzi.
وَ أَنَّهُۥ هُوَ رَبُّ ٱلشِّعۡرَىٰ﴿٤٩﴾
Va, albatta Sheʼroning robbisi ham Uning Oʻzi.
وَ أَنَّهُۥٓ أَهۡلَكَ عَادًا ٱلۡأُولَىٰ﴿٥٠﴾
Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham Oʻzi.
وَ ثَمُودَاْ فَمَآ أَبۡقَىٰ﴿٥١﴾
Va Samudni boqiy qoldirmagan ham Oʻzi.
وَ قَوۡمَ نُوحࣲ مِّن قَبۡلُ ۖ إِنَّهُمۡ كَانُواْ هُمۡ أَظۡلَمَ وَ أَطۡغَىٰ﴿٥٢﴾
Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham Oʻzi). Chunki, ular oʻta zolim va oʻta tugʻyonga ketgan edilar.
وَ ٱلۡمُؤۡتَفِكَةَ أَهۡوَىٰ﴿٥٣﴾
Va toʻntarilganni qulatgan (ham Oʻzi).
فَغَشَّىٰهَا مَا غَشَّىٰ﴿٥٤﴾
Bas, uni oʻragan narsa oʻrab oldi.
فَبِأَيِّ ءَالَآءِ رَبِّكَ تَتَمَارَىٰ﴿٥٥﴾
Shunday ekan, Robbingning qaysi neʼmatlariga shak keltirasan?
هَٰذَا نَذِيرࣱ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلۡأُولَىٰٓ﴿٥٦﴾
Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir.
أَزِفَتِ ٱلۡأٓزِفَةُ﴿٥٧﴾
Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.
لَيۡسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ كَاشِفَةٌ﴿٥٨﴾
Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yoʻq.
أَفَمِنۡ هَٰذَا ٱلۡحَدِيثِ تَعۡجَبُونَ﴿٥٩﴾
Bu soʻzdan sizlar ajablanasizlarmi?
وَ تَضۡحَكُونَ وَ لَا تَبۡكُونَ﴿٦٠﴾
Va kulasizlar-u, yigʻlamaysizlarmi?
وَ أَنتُمۡ سَٰمِدُونَ﴿٦١﴾
Va holbuki, sizlar beparvosizlar.
فَٱسۡجُدُواْۤ لِلَّهِۤ وَ ٱعۡبُدُواْ ۩﴿٦٢﴾
Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Najm. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yulduz.
Mazmuni: Sura vahiy manbaining ilohiy ekanini tasdiqlab, Rasulullohning ko‘rgan buyuk belgilarini eslatadi. Butlarga oid xurofotlar rad etilib, inson faqat taxminiga ergashmasligi, sajda va ibodat bilan Allohga yaqinlashishi buyuriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.